Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The impact of physical education on psychological and
social development
Bekzod KARIMOV
1
University of Economics and Pedagogy
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
15 November 2024
Accepted 15 December 2024
Available online
25 January 2025
This article analyzes the physical and biological foundations
of the adaptation process in sports. The study examined the
adaptive mechanisms of the cardiovascular and respiratory
systems, energy metabolism, and the physiological-biochemical
processes associated with stress response. The findings
provided a basis for developing practical recommendations to
improve athletes' adaptation during training. The study
demonstrated that the div's adaptive capacities increase in
proportion to the intensity and duration of training, which is
crucial in ensuring overall performance and maintaining
athletes' health.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
adaptation in sports,
physical adaptation,
biological mechanisms,
athletes' physiological
indicators,
lactate levels,
cortisol and testosterone,
cardiovascular system,
endurance and maximum
strength.
Jismoniy tarbiyaning psixologik va ijtimoiy rivojlanishga
ta’siri
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
sportda adaptatsiya,
jismoniy moslashuv,
biologik mexanizmlar,
sportchilarning fiziologik
ko‘rsatkichlari,
laktat darajasi,
kortizol va testosteron,
yurak-qon tomir tizimi,
chidamlilik va maksimal
kuch.
Ushbu maqolada sportda adaptatsiya jarayonining jismoniy
va biologik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida yurak-qon
tomir va nafas olish tizimlarining moslashuvchanligi, energiya
almashinuvi va stressga qarshi fiziologik hamda biokimyoviy
mexanizmlar o‘rganildi. Natijalar sportchilarning mashg‘ulotlar
davomida maksimal natijaga erishishi uchun adaptatsiya
jarayonlarini yaxshilashga qaratilgan amaliy tavsiyalarni ishlab
chiqishga asos yaratdi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, sport
mashg‘ulotlarining intensivligi va davomiyligiga mos ravishda
organizmning moslashuv qobiliyatlari kuchayadi, bu esa umumiy
natijadorlik va salomatlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
1
Associate Professor, University of Economics and Pedagogy.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
363
Влияние физического воспитания на психологическое
и социальное развитие
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
адаптация в спорте,
физическая адаптация,
биологические
механизмы,
физиологические
показатели спортсменов,
уровень лактата,
кортизол и тестостерон,
сердечно
-
сосудистая
система,
выносливость и
максимальная сила.
В данной статье рассматриваются физические
и
биологические основы адаптации в спорте. Исследование
охватывает
адаптационные
механизмы
сердечно
-
сосудистой и дыхательной систем, энергетический обмен, а
также физиолого
-
биохимические процессы, связанные с
реакцией организма на стресс. На основе полученных
данных
разработаны
практические
рекомендации,
направленные на повышение эффективности адаптации
спортсменов в процессе тренировок. Результаты показали,
что адаптационные возможности организма усиливаются
пропорционально интенсивности и продолжительности
тренировок, что играет ключевую роль в повышении
спортивной результативности и сохранении здоровья
спортсменов.
KIRISH
Sport jarayonida adaptatsiya organizmning muayyan sharoitlarga moslashishi bilan
bog‘liq bo‘lib, jismoniy va biologik
tizimlarning funksional imkoniyatlarini oshirishni
ta’minlaydi. Bu jarayon sportchilarning samaradorligini oshirish, jarohatlarning oldini
olish va maksimal natijalarga erishish uchun muhim ahamiyatga ega.
Sportda adaptatsiya jarayonlarini
tushunish va ularga ta’sir qiluvchi omillarni
o‘rganish orqali mashg‘ulot jarayonini optimallashtirish mumkin. Jismoniy faollik va
biologik tizimlar o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqlik hali to‘liq tadqiq qilinmagan.
Ushbu maqola sportda adaptatsiya jarayonining asosiy jismoniy-biologik
mexanizmlarini tahlil qilish, sportchilar moslashuv qobiliyatlarini oshirish bo‘yicha
amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.
METODLAR
Tadqiqot eksperimental va nazariy tahlil usullari asosida tashkil etildi.
Eksperiment davomida turli sport turlarida faoliyat yurituvchi sportchilarning
moslashuv ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tashqi va ichki muhit omillar ta’siriga javoban
organizmning moslashuv jarayoniga adaptatsiya deyiladi. Adaptatsiyaning ijobiy
tomonlaridan organ
izmni hamma a’zolarining ta’sirotlarga javoban o‘z vazifalarini
bajarishga tayyor bo‘lganligidir. Shaxsiy yoki individual adaptatsiya deganda hayot
mobaynida rivojlanadigan moslashuv jarayoni bo‘lib, organizmning tashqi yoki ichki
muhit sharoitining ma’lum
bir omili ta’siriga nisbatan chidamlilik yoki turg‘unlik
holatining hosil bo‘lishi tushuniladi. Agar oldin hayot uchun xavf tug‘diradigan omilga
nisbatan turg‘unlik paydo bo‘lishi bilan birga yangi o‘zgargan muhitga nisbatan keng yoki
tor donozologik reak
siya javoblari hosil bo‘lsa, unda to‘liq o‘zgarish yoki chala o‘zgarish
bilan ro‘y beradigan moslashuv haqida gapirish mumkin. Adaptatsiya muammosi nazariy
va amaliy ahamiyatga ega. Ma’lumki, jamiyatda adaptatsiya aholining ma’lum bir
geografik joydan ikkinchi joyiga migratsiya
–
ko‘chib o‘tish jarayonlarida namoyon
bo‘ladi. Masalan, adaptatsiya jarayonining idora etilishi va undan to‘g‘ri foydalana olish
taktikasini ishlab chiqish ayniqsa turli yoshdagi va toifali aholini sovuq yoki issiq iqlimli
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
364
sharoitni
ng o‘zgartirishi, yuqori va stressor yuklamalarga moslashuvida ayniqsa katta
ahamiyatga ega. Adaptatsiya jarayoni rivojlanishida ikkita bosqich tafovut qilinadi:
oldingi bosqich
–
“tez vaqtli adaptatsiya” yoki takomillashmagan bosqich deb nomlanadi.
Keyingi bosqich
–
“uzoq vaqtli yoki takomillashgan adaptatsiya” deyiladi.
Boshlang‘ich bosqichda ma’lum qo‘zg‘atuvchi omil ta’sirida oldin hosil bo‘lgan
tayyor fiziologik mexanizmlar orqali adaptatsiya reaksiyasi kelib chiqadi. Tez vaqtli
adaptatsiyaning ko‘rinishlaridan misol tariqasida hayvonning og‘riqqa javoban qochishi,
sovuqqa nisbatan tanadan issiqlik ajralishi, havoda kislorod yetishmasligiga o‘pkada
ventilyatsiyaning tezlashishi, yurakning minutli hajmini oshishini ko‘rsatish mumkin.
Uzoq vaqtli adaptats
iyaning hosil bo‘lishi uchun tashqi yoki ichki muhit omillari
organizmga o‘z ta’sirini uzoq vaqt davomida va birin
-ketin takrorlanishi orqali asta-sekin
paydo bo‘ladi. Natijada organizmda qisqa muddatli adaptatsiyaning bir necha marta
takrorlanishi natijas
ida miqdoriy ko‘rsatkichlarning yangi sifat ko‘rsatkichlarga aylanishi
kuzatiladi.
Demak, organizm adaptatsiyalashmagan holdan adaptatsiyalashgan holga o‘tadi va
yangi sifatga ega bo‘ladi. Qisqa muddatli adaptatsiyadan so‘ng uzoq muddatli
adaptatsiyaning rivojlanishi hayotning davomiyligini, yangi yashash muhitlarining
egallashini, natijada yashash arealining kengayishini, insonning esa jamiyatdagi ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlarga moslashuvini ta’minlaydi. Kompensatsiya
–
moslashuv
jarayonlari natijasida s
hakllangan bo‘lib, bunday moslashuv yo‘li uchun hujayralarning
ichki tuzilishida gipertrofiya va giperplaziya hodisaning ro‘y berishi kuzatiladi.
NATIJALAR
Organizmning reaktivlik doirasi qanchalik keng bo‘la, u xavfli omillar ta’siridan
shunchalik ishonchli muhofazalangan bo‘ladi. Organizmining funksional holatining asosiy
tizimlarda zaxiralarning mavjudligi bilan belgilanadi, asosiy funksional tizimlarning
“zaxiradagi quvvati yig‘indisi” faqat salomatlikning holatinigina tavsiflab qolmay
,
insonning kasallikka munosabatini ham belgilaydi. Organizmning zaxiradagi
imkoniyatlari salomatlikning ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanib, insonning yashash
qobiliyatini ham ko‘rsatadi. Ularning ahamiyati, ayniqsa, tashqi muhitdagi o‘zgarishlar
vaqtida, tanglik va tanglikka yaqin vaziyatlarda, u yoki bu kasalliklarning rivojlanishi
vaqtida, keksayish jarayonida ortadi. Insonning zaxiradagi imkoniyatlari konsepsiyasi
organizmga tarixan ato etilgan obyektiv imkoniyatlarga tayanadi.
Sog‘lom kishi katta hajmli jismoniy ish bajarish bilan bog‘liq hayot faoliyati
jarayonida tabiiy zaxira hisobiga funksiyalarning yanada maqbullashishi yuz beradi, faol
harakatchanlik hattoki inson genomini ham o‘zgartirish qobiliyatiga ega. Demak,
adaptatsiya muammosini yechish
–
bu organizmning nafaqat jismoniy yuklamalarga
moslashuv jarayonlarining xususiyatlarini o‘rganishdir, balki adaptatsion imkoniyatlarni
hisobga olgan taqdirda shug‘ullanish jarayonini tashkil etish, balki turli stressor
vaziyatlarning ta’siri orqali inson salomatligiga ham ta’sirini tahlil qilish mumkin. Mazkur
muammoning yechimi insonning imkoniyatlarini baholashga yangicha yondashish uchun
sharoit yaratadi, kishilarni bolaligidan va butun ongli hayoti davomida ta’lim va jismoniy
tarbiya berish jarayonlari samaradorligini oshirishga olib keladi.
MUHOKAMA
Tadqiqot natijalari sportchilarda adaptatsiya jarayoni murakkab fiziologik va
biologik mexanizmlarga asoslanganini ko‘rsatadi. Jismoniy faollik davomida
organizmning energiya sarfi va fiziologik tizimlarining moslashuv darajasi sport
natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
365
•
Fiziologik tizimlar
: Yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining moslashuvi
sportchilarning umumiy chidamliligini oshiradi.
•
Biokimyoviy mexanizmlar
: Kortizolning pasayishi va testosteronning oshishi
stressga chidamlilik va mushak massasi o‘sishini ta’minlaydi.
•
Amaliy
ahamiyat
:
Bu
tadqiqot
natijalari
mashg‘ulot
jarayonini
shaxsiylashtirishda qo‘llanilishi mumkin.
Ma’lum bir omil ta’sirida muskullar tomonidan ma’lum kuch va quvvatga e
ga
bo‘lgan ish bajariladi. Jismoniy yuklamalar ta’sirida turli holat va harakatlar bajarilishida
nafaqat tayanch-
harakat apparati ishtirok etadi, balki struktur o‘zgarishlar bir qancha
morfo-
funksional tizimlarda ro‘y beradi, chunki organizm ta’sirotlarga
yaxlit tizim
sifatida javob beradi. Bir tizimda paydo bo‘lgan o‘zgarishlar boshqa tizimlarda ham
o‘zgarishlarni vujudga keltiradi. Masalan, odam organizmi yaxlit tizim sifatida
ta’sirotlarga berayotgan javobi ikkita muhim vazifani bajarishga yo‘naltirilgan
.
Birinchidan, muskullar faoliyatini ta’minlash bo‘lsa, ikkinchidan, ichki muhit
sharoitining barqarorligini yoki gomeostazini tiklashdir. Ma’lumki, muskullar faoliyati
muayyan funksional tizim orqali ta’minlanadi. Bu jarayonlarning ro‘y berishi neyrogen
va
gormonal mexanizmlar yordamida boshqariladi. Muskul ishining bajarilishi to‘g‘risidagi
axborotga javoban neyrogen boshqarish markazidan harakat reaksiyasiga javoban qon
aylanish, nafas olish va funksional tizimini tashkil etuvchi boshqa komponentlar o‘z
ishini
bajarishga tayyor bo‘lishini ta’minlaydi. Bir vaqtning o‘zida gipotalamo
-gipofizar va
simpatiko-adrenal tizimlarning faollashuvi gormonal mexanizmlar orqali boshqariladi.
Bu zanjirning faoliyati tufayli adaptatsion jarayon idora etiladi. Natijada, organizmda
stress-
reaksiya kelib chiqadi va unga javoban a’zo, to‘qima, hujayra va molekulyar
darajalardagi faoliyat faollashadi. Bu jarayonlarning ketma-
ket ro‘y berishi tufayli
adaptatsiya rivojlanishida 4 xil bosqich farqlanadi.
XULOSA
Sportda
adaptatsiya jarayoni murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, organizmning tashqi
muhit sharoitlariga moslashishini ta'minlaydi. Ushbu tadqiqotda jismoniy va biologik
mexanizmlar orqali sportchilarning jismoniy yuklamalarga moslashuv jarayoni batafsil
o‘rganildi.
Quyidagi asosiy xulosalar chiqarildi:
Fiziologik moslashuv: Yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining yaxshilanishi
sportchilarning aerob va anaerob yuklamalarni samarali qabul qilish qobiliyatini oshirdi.
Yurak urish tezligi va nafas olish tezligining pasayishi kisloroddan foydalanish
samaradorligini oshirganini ko‘rsatdi.
Biokimyoviy o‘zgarishlar: Laktat darajasining pasayishi va gormonlar (kortizol va
testosteron) muvozanatining yaxshilanishi sportchilarning yuklamalarga chidamliligini
oshirishda muhim rol o‘ynadi. Bu jarayon energiya sarfini samarali boshqarishga va
stressni kamaytirishga imkon berdi.
Jismoniy ko‘rsatkichlar: Sportchilarning maksimal kuch, tezlik va chidamlilik
ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshdi. Bu ularning jismo
niy imkoniyatlarini
kengaytirganini va mashg‘ulot dasturining samaradorligini tasdiqladi.
Tadqiqot natijalari mashg‘ulot dasturlarini shaxsiylashtirish, jarohatlardan
himoyalanishni ta'minlash va tiklanish jarayonlarini tezlashtirish uchun qo‘llanilishi
mumkin.
Sportchilarning fiziologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarini doimiy kuzatib borish
orqali mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
366
Adaptatsiya jarayonlarini tezlashtirish uchun muvozanatli oziqlanish va tiklanish
strategiyalarini qo‘llash.
Turli yosh v
a tajriba darajasidagi sportchilar uchun individual mashg‘ulot
rejimlarini ishlab chiqish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Cattell, R. B. (1965). The scientific analysis of personality. New York: Penguin.
2.
Иваницкий М.Ф. Анатомия человека
-
М.: ”Человек“.2011
3.
Wilmore, J. H., & Costill, D. L. (2004). Physiology of Sport and Exercise. Human
Kinetics.
4.
Platonov, V. N. (2004). Adaptatsiya organizma sportsmena k fizicheskim
nagruzkam. Moscow: Physical Culture and Sports Publishing.
5.
Bompa, T. O., & Carrera, M. C. (2015). Periodization Training for Sports. Human
Kinetics.
6.
Nishonboev К. N., Xamraeva Ғ.А., Eshonkulov О.Е.
–
Tibbiyot genetikasi.
–
T.: Abu
Ali ibn Sino nomidagi nashriyot, 2000.
7.
Safarova D.D.
–
Odam anatomiyasi (I jild). Darslik. T.: «O‘zDJTI
nashriyot
matbaa»: 2005.
8.
Verkhoshansky, Y. V. (1998). Special Strength Training: A Practical Manual for
Coaches. Sportivny Press.
9.
Kraemer, W. J., & Ratamess, N. A. (2004). "Hormonal responses and adaptations
to resistance exercise and training." Sports Medicine, 34(10), 339
–
361.
10.
Achten, J., & Jeukendrup, A. E. (2003). "Maximal fat oxidation during exercise in
trained men." International Journal of Sports Medicine, 24(8), 603
–
608.
11.
Спортивная медицина: учеб. пособие/ под ред. В.А. Епифанова
–
М.:
ГЭОТАР
-
Медиа, 2006.
12.
ACSM (American College of Sports Medicine). (2013). ACSM’s Guidelines for
Exercise Testing and Prescription. Lippincott Williams & Wilkins.
13.
Fitts, R. H. (1994). "Cellular mechanisms of muscle fatigue." Physiological
Reviews, 74(1), 49
–
94.
14.
McArdle, W. D., Katch, F. I., & Katch, V. L. (2015). Exercise Physiology: Energy,
Nutrition, and Human Performance. Wolters Kluwer.
