Авторы

  • Мавлюда Кадирова
    Докторант, Наманганский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss5-pp282-285

Ключевые слова:

будущий учитель личностные качества историко-художественные произведения метод кейс-стади

Аннотация

В данной статье рассматривается роль и значение историко-художественных произведений в формировании личностных качеств будущих учителей. Также анализируется эффективность использования метода кейс-стади в этом процессе. На основе научных и практических примеров рассматривается положительное влияние метода кейс-стади на образовательный процесс.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Case-study method in developing personal qualities in
future educators through artistic-historical works

Mavluda KADIROVA

1


Namangan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

15 September 2024
Accepted 15 October 2024

Available online

25 November 2024

This article examines the role and significance of historical

and artistic works in shaping the personal qualities of future

teachers. It also analyzes the effectiveness of the case study

method in this context. The positive impact of the case study

method on the educational process is explored using scientific
and practical examples.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-

iss5-pp282-285

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

future teacher,

personal qualities,

artistic and historical works,
case study method

Bo‘lajak pedagoglarda badiiy

-tarixiy asarlar vositasida

shaxsiy sifatlarni rivojlantirishda keys-stadi metodi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

bo‘lajak pedagog,

shaxsiy sifatlar,

badiiy-tarixiy asarlar,

keys-stadi metodi.

Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarning shaxsiy sifatlarini

shakllantirishda badiiy-tarixiy

asarlarning o‘rni va ahamiyati

yoritilgan. Shuningdek, bu jarayonda keys-stadi metodidan

foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Keys-stadi
metodining ta

lim jarayonidagi ijobiy ta

siri ilmiy va amaliy

misollar asosida ko‘rib chiqilgan.

1

PhD Student, Namangan State University. E-mail: mavludaqodirova@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

5 (2024) / ISSN 2181-1415

283

Метод кейс

-

стади в развитии личностных качеств

будущих

педагогов

через

художественно

-

исторические произведения

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

будущий учитель,

личностные качества,

историко

-

художественные

произведения,

метод кейс

-

стади

.

В данной статье рассматривается роль и значение

историко

-

художественных произведений в формировании

личностных

качеств

будущих

учителей.

Также

анализируется эффективность использования метода кейс

-

стади в этом процессе. На основе научных и практических

примеров рассматривается положительное влияние

метода кейс

-

стади на образовательный процесс.

Shaxsiy faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari, barcha ma’naviy va jismoniy

kuchlarning eng yuqori sa’y

-harakatlari, Vatan uchun fidoyilik imkoniyati bilan

uyg‘unlashib, armiya uchun ma’naviy omilning ahamiyatini belgilaydi, uni shaxsiy

qismning muhim tarkibiy qismiga aylantiradi.

Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, armiyaning ma’naviy

-axloqiy tarbiya tizimi

ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oyalar, e’tiqodlar, qadriyatlardan tashqarida mavjud

bo‘lishi mumkin emas, ular davlat institutlari tomonidan ham, armiyaning o‘zi tomonidan

ham har tomonlama himoya qilinishi va rivojlanishi kerak.

Bo‘lajak pedagoglarda shaxsiy sifatlarini rivojlantirishda ma’naviy

-axloqiy

mazmunini oshirish, talabalarda mustaqillik g‘oyalari, yuksak ma’naviyat va

insoniylikning milliy an’analarga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va

mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo‘yi

cha keng

ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish, Bo‘lajak pedagoglarda shaxsiy

sifatlarini rivojlantirishga

ma’naviy

-

ma’rifiy ishlarni izchil tashkil etish, ularning amaliy

qiymatga ega bo‘lishini ta’minlash jarayonida innovatsion yondashuvla

r asosida interfaol

metodlar bilan munosabatlarga kirishishni ta’minlab beradi

.

Ibora shaklida talqin etiladigan interfaol yondashuv mazmuniga ko‘ra “interfaol”

hamda “yondashish” atamalaridan tarkib topgan. “Interfaol” tushunchasi ingliz tili

(ingl.

“interact”, rus. “interaktiv”; “inter” –

o‘zaro,

“act” –

harakat qilmoq)dan tarjima qilganda

lug‘aviy jihatdan o‘zaro (birgalikda) harakat qilmoq ma’nosini anglatadi

[1; 41-b.].

Yondashuv

” tushunchasi “yondashmoq” harakat nomini ifodalovchi fe’l

negizida

shakllangan bo‘lib, “muayyan bir ishga ma’lum bir nuqtai nazardan qaramoq”

[1; 38-b.]

ma’nosini ifodalaydi.

Tadqiqotning mohiyatiga ko‘ra,

tarixiy-badiiy asarlar vositasida talabalarda

shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga interfaol yondashuv tegi

shli jarayonni interfaol ta’lim

texnologiyalari, ularning ustuvor tamoyillari, ushbu texnologiyalarning tarkibiy asosi

bo‘lgan interfaol metodlar yordamida tashkil etilishini anglatadi.

Tarixiy-badiiy asarlar vositasida

bo‘lajak pedagoglarda shaxsiy sifat

larini samarali

rivojlantirish maqsadida ma’naviy

-

ma’rifiy tadbirning mavzusi, xarakterli xususiyati,

o‘rganilayotgan muammoning ijobiy echimini kafolatlashda ahamiyatli ekanini inobatga

olgan holda “Keys

-

stadi” interfaol metodidan foydalandik.

Keys-stadi metodi i

ngliz tilidan tarjima qilinganda “

case

” –

“hodisa”, “vaziyat”

ma’nolarini anglatadi. Keys

-

stadi pedagogik jarayonda o‘qitish va tarbiya xarakteridagi

“real vazifa, vaziyatlarni hal qilish”

[3]

orqali samaradorlikka erishishni ta’minlovch

i


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

5 (2024) / ISSN 2181-1415

284

muammoli-

vaziyatli tahlil metodidir. Ushbu metodni ta’lim va tarbiya jarayonlarida

qo‘llash orqali quyidagi malaka va amaliy ish tajribasining takomillashuvchiga erishiladi:

“muammolarni aniqlash, tanlash va hal qilish; axborotlar bilan ishlash –

bayon qilingan

vaziyatlarda yoritilgan tafsilotlarning mohiyatini anglash; axborotlar va dalillarni

tahlillash va sintezlash; taxmin hamda xulosalarni ilgari surish; muqobil g‘oyalarni

baholash; qarorlar qabul qilish; boshqalarni tinglash va ularning fikrlarini t

ushunish”

[3].

Pedagogik jarayonda o‘quv va tarbiyaviy xarakterga ega keyslardan foydalanish

talabalarda tahliliy, amaliy, ijodiy, kommunikativ, ijtimoiy, o‘z

-

o‘zini tahlil qilish kabi

malaka va ko‘nikmalarni rivojlantiradi. M.

Usmonboevaning e’tirofiga ko‘ra,

o‘rganilayotgan muammo, masalalarning xarakteri, yo‘nalishi, murakkablik darajasiga
ko‘ra o‘quv keyslari ko‘p yoki kam sonli elementlardan iborat tarkibiy tuzilmaga ega
bo‘ladi

[4; 10

17-b.]. Mualifning fikricha, bunda keys-stadining

texnologiya

yoki

metod

sifatida qo‘llanilayotgani inobatga olinadi (1

-jadvalga qarang):

1-jadval

Keys-stadi (case-study)ning tarkibiy tuzilmasi

Texnologiya sifatida qo‘llanilganda

Metod sifatida

qo‘llanilganda

1. Keys bayoni.
2.

Keys topshirig‘i (topshiriqlari) yoki savoli

(savollari).

3. Foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar.

4. Metodik ko‘rsatmalar.

5. Keysni echish jarayoni.
6. Keys echimini taqdimot asosida tahlil qilish.

7. Pedagog (keysolog)ning echimi

1. Keys bayoni.
2.

Keys topshirig‘i (topshiriqlari) yoki

savoli (savollari).

3. Tavsiya qilingan adabiyotlar.
4. Pedagogning echimi

Tadqiqotni olib borish davrida tajriba maydonlari bo‘lgan bo‘lajak pedagoglarda

shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga

Makon tuyg‘usi mening qalbimda” yohud “Vatan tug‘i

jonimdan afzal”

nomli muammoli keys topshiriqlarini bajarishg tadbiri o‘tkazildi.

Bellashuv jarayonida M.

Osimning “Shiroq”

va “To‘maris”; X.

Davronning “Massagetlar

malikasi va forslar podshohi”

kabi asarlar asosida Umumqo‘shin fakulteti 2

-batalon

3-vzvod 5-guruh (28 ta) respondent-

talabalarning e’tiboriga quyidagi keyslar tavsiya

qilindi.

Bellashuv maqsadi:

bo‘lajak pedagoglarda shaxsiy sifatlarini rivojlantirishda

tarixiy-

badiiy asarlarning g‘oyalari asosida muammoli vaziyat –

keys yuzasidan fikrlash

hamda to‘g‘ri echi

mni topish qobiliyatiga egaliklarini aniqlash; talabalarda zukkolik va

topqirlik, uzoqni ko‘ra olish va bashorat qila olish qobiliyatlarini rivojlantirish.

Bo‘lajak pedagoglarda shaxsiy sifatlarini rivojlantirishning mustaqil fikrlash

qobiliyatiga ega bo‘lishi nazariy bilimlarni amalda samarali qo‘llash, dala o‘quv
mashg‘ulotlarida vaziyatni oqilona hal qilishga yordam beradi. Keyslar orqali keys

echimini aniqlashda

chuqur mulohazalilik, echimni topishda, bir-

biriga muqobil bo‘lgan

bi

r nechta yo‘llarni o‘ylab ko‘rishda –

har qanday vaziyatdan chiqib keta olishlik va

uddaburonlik, tadbirkorlik, belgilangan echimlar orasidan eng optimalini tanlash

o‘tkir

zehnlilik, javoblarni taqdim etishda

notiqlik va eng asosiysi keysning asosiy qahramoni

jangchilarni shaxsiy sifatlarini o‘zida singdirishda –

shaxsiy sifat kabi sifatlar

o‘zlashtiriladi va mulohaza yuritish, munozara qilish va teran fikrlash qobiliyatlari

rivojlantiriladi. Keys topshiriqlari ana shu maqsadlar uchun xizmat qiladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

5 (2024) / ISSN 2181-1415

285

Bellashuv vazifalari:

1. Ishtirokchi guruhlarni shakllantirish va ularni nomlash (guruhlarni

shakllantirishda turli interfaol usullardan foydalanish mumkin. Masalan: talabalarga

milliy qahramonlar nomlari yozilgan varaqchalarni tanlashni so‘raladi. 10 ta

varaqchadan 5 tasida Shiroq

, Spitamen, Muqanna, To‘maris va Alp Er Tunga nomlari va

5 tasida Amir Temur, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Z.M. Bobur nomlari yozilgan

bo‘ladi. Tadqiqotchi talabalarga guruhlarga bo‘linish uchun izohni keltirmaydi, bunda

ulardan zukkolikni talab qiladi. Talabalar tarixiy shaxslarning ismlariga qarab 2 guruhga

ajradilar va kelishilgan holda guruhlariga nom qo‘yadilar. Tadbir so‘nggida guruhga

aynan nega shunday nom qo‘yilganligi so‘raladi).

2. Guruhlarga bosqichma-bosqich k

eys topshirig‘ini taqdim qilish. Bunda har bir

keysni echish uchun vaqt me’yorlari aniq qilib belgilanadi

3.

Guruh echimlarini taqdim qilinishi. (Echimlarning taqdim qilinishi guruh a’zolari

hohishiga qarab belgilanadi, ammo echimni bir marta taqdim etgan ishtirokchi keyingi

gal guruhidagi boshqa a’zoga imkon berishi so‘raladi.)

4. Guruhlarning echimlarini muhokama qilish. Har bir keys taqdimoti echimi tahlil

qilinadi va so‘nggida pedagog echimi havola qilinadi (12

-ilovaga qarang).

5. Guruhlarning echimlarini baholash. Bunda echimlarning baholash mezonlari va

ko‘rsatkichlari talabalarga tanishtiriladi (12

-ilovaga qarang).

6.

Guruhlar tomonidan har bir keys topshirig‘i yuzasidan to‘plangan ballarni

umumlashtirish va g‘olib guruhni e’lon

qilish. (Interfaol doskaga guruhlarning nomlari

yozilib, har bir keys echimiga qo‘yilgan ballar taqdimotidan va tahllilardan keyin yozib

boriladi. Tadbir nihoyasida guruhlar tomonidan to‘plangan ballar yig‘indisi hisoblanib,

g‘olib guruh aniqlanadi va rag‘

batlantiriladi).

Bellashuv vositalari:

interfaol doska, keys topshiriqlari bayon qilingan varaqlar,

guruhlar foydalanishi uchun ish qog‘ozlari, markerlar, flomasterlar.

Belllashuv ishtirokchilari:

har biri 5 nafar talabadan iborat 2 ta, 3 ta va hokazo

kichik guruhlar.

Kutiladigan natija:

guruhlar a’zolarining fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal qila

olish qobiliyatiga egaligi.

Izoh:

Bo‘lajak pedagoglarda shaxsiy sifatlarini rivojlantirish

da ushbu

bellashuvni

tashkil qilishda talabalar ikkita, uchta, to‘rtta va hokazo kichik guruhlarga biriktiriladi. Har

bir guruhga sardor belgilanadi. Guruhlar e’tiboriga jami to‘rtta keys havola qilinadi. Har bir

keys topshirig‘ini bajarish uchun vaqt belgilanadi (

7 daqiqa). Belgilangan vaqt nihoyasiga

etgach, guruh a’zolari navbatma navbat o‘z echimlarini tadbir ishtirokchilariga taqdim qiladi.

Echimlar

bo‘lajak pedagoglarda shaxsiy sifatlarini rivojlantirish

ning tajribali professor-

o‘qituvchilari (3 nafar) tomonid

an baholanadi. Belllashuv yakunida har bir guruh tomonidan

to‘plangan ballar umumlashtiriladi va g‘olib guruh e’lon qilinadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO

YXATI:

1.

Qurbonov A. Yoshlarning harbiy vatanpavarlik ruhida tarbiyalashda milliy

g‘oyaning o‘rni (ijt

imoy-falsafiy tahlil): fals. fan. nom. dis. ... avtoref.

Toshkent, 2018.

25 b.

2.

Воспитание детей в школе: Новые подходы и новые технологии / Под ред.

Н.Е.Щурковой. –

М.: Новая школа, 2010. –

303 с.

3.

Zamilova R.E. “Qahramonlar va qahramonlik”ning shaxs shakllanishiga ta’siri:

fals. fan. nom. dis. ... avtoref.

Toshkent, 2017.

27 b.

4.

Joʼrayev N.S. Kichik maktab yoshidagi oʼquvchilarda oʼqish motivlarini

shakllantirishning psixologik xususiyatlari. Ped. fan. nomz. ... diss.

Toshkent: 2009.

143 b.

Библиографические ссылки

Qurbonov A. Yoshlarning harbiy vatanpavarlik ruhida tarbiyalashda milliy g‘oyaning o‘rni (ijtimoy-falsafiy tahlil): fals. fan. nom. dis. ... avtoref. – Toshkent, 2018. – 25 b.

Воспитание детей в школе: Новые подходы и новые технологии / Под ред. Н.Е.Щурковой. – М.: Новая школа, 2010. – 303 с.

Zamilova R.E. “Qahramonlar va qahramonlik”ning shaxs shakllanishiga ta’siri: fals. fan. nom. dis. ... avtoref. – Toshkent, 2017. – 27 b.

Joʼrayev N.S. Kichik maktab yoshidagi oʼquvchilarda oʼqish motivlarini shakllantirishning psixologik xususiyatlari. Ped. fan. nomz. ... diss. – Toshkent: 2009. – 143 b.