Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The legal nature of the copyright agreement and its
requirements
Maksud MUSTAFOEV
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
15 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
25 December 2024
The article examines the civil-legal nature of copyright
agreements under the legislation of the Republic of Uzbekistan.
It explores the legal essence, structure, and form of copyright
agreements, as well as the rights and obligations of the parties
involved. Additionally, the article discusses the requirements
that must be fulfilled by individuals who have agreed to enter
into a copyright agreement.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss11/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
copyright,
related rights,
property rights,
copyright agreement,
exclusive rights,
non-exclusive rights,
payment terms.
Mualliflik shartnomasining huquqiy tabiati va uning
talablari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
mualliflik huquqi,
turdosh huquqlar,
mulkiy huquqlar,
mualliflik shartnomasi,
mutlaq huquqlar,
nomutlaq huquq,
haq to‘lash shartlari.
Maqolada
mualliflik
shartnomasining
O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligi asosidagi fuqarolik-huquqiy tabiati
tahlil qilingan. Bunda mualliflik shartnomasining huquqiy
tabiati, tuzilishi, shakli va undagi taraflarning huquq va
majburiyatlari haqida so‘z boradi. Shuningdek, maqolada
mualliflik shartnomasini tuzish bo‘yicha kelishuvga erishgan
shaxslar qanday talablarga rioya qilishlari kerakligi muhokama
qilingan.
1
Independent researcher, Tashkent State University of Law.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
132
Правовая природа авторского договора и его
требования
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
авторское право,
смежные права,
имущественные права,
авторский договор,
исключительные права,
неисключительные права,
условия оплаты.
В статье анализируется гражданско
-
правовая природа
авторского
договора
на
основе
законодательства
Республики
Узбекистан.
Рассматриваются
правовая
сущность, структура и форма авторского договора, а также
права и обязанности сторон, участвующих в его
заключении и исполнении. Кроме того, исследуются
требования, которые должны соблюдаться сторонами,
достигшими соглашения о заключении авторского
договора, с целью обеспечения его законности и
эффективности.
KIRISH
So
‘
nggi yillarda mamlakatimizda intellektual mulk, xususan, mualliflik huquqi
muhofazasini ta
ʼ
minlash va uning himoyasini kuchaytirish bo
‘
yicha bir qator islohotlar
amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar mualliflarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini
ta
ʼ
minlash, asarlardan muallifning ruxsatisiz foydalanishga chek qo
‘
yish, mualliflik
shartnomasi talablariga qat
’
iy rioya qilish kabi masalalar bilan uzviy bog
‘
liq.
Bugungi kunda O
‘
zbekistonda mualliflik huquqini muhofaza qilishning zamonaviy
huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish sohasida bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari
amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada, ayniqsa, mualliflik huquqini muhofaza qilishning
shartnomaviy-huquqiy asoslari va mexanizmlarini takomillashtirish, asarlardan
foydalanishda, ayniqsa mualliflik shartnomasida taraflarning huquq va majburiyatlarini
qat
’
iy belgilashda qo
‘
llanadigan turli vosita hamda usullarini takomillashtirish dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda.
Shuni alohida ta
’
kidlash kerakki, so
‘
nggi yill
а
rda mualliflik huquqi va turdosh
huquqlarning buzilishiga doir da
’
volar soni ko
‘
payib bormoqda. Badiiy asarlarni,
audiovizual asarlarni himoya qilish amaliyoti, ya
’
ni ushbu huquqlar doirasida sudlarda
ko
‘
rib chiqilgan ishlar mualliflar huquqlarini himoya qilish masalasi asosiy ustuvor
yo
‘
nalishga aylanib borayotganini ko
‘
rsatmoqda.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, intellektual mulk sohasida 2020
-yilda 65 ta,
2022-
yilda 550 dan ortiq sud protsesslari bo‘lib o‘tgan. Mazkur sohadagi
huquqbuzarliklar soni 2020-
yilda 81 ta bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021
-yilda 887 ta,
2022-
yilga borib esa 1006 tani tashkil qilgan. Xususan, mazkur sudlarda ko‘rilgan
ishlarning 42 tasi bevosita mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning buzilishi bilan
bog‘liq bo‘lgan.
Bu mualliflar o‘zlarining huquqlarini talab qilish ko‘rsat
gichi yildan-yilga oshib
borayotganini anglatadi. Biroq, shu bilan birga, ushbu ko‘rsatgichlar mualliflik
huquqlarini himoya qilish sohasida hali qilinadigan ishlar anchagina ekanligidan ham
dalolat beradi.
Shu sababli ushbu maqola asosida mualliflik shartnomasi nima ekanligi, uning
huquqiy tabiati qandayligi, undagi taraflarning huquq va majburiyatlari hamda uning
majburiy talablari nimalardan iboratligi haqida batafsil muhokama qilamiz.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
133
MUHOKAMA
O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g’risida”gi
Qonunining 5-
moddasiga ko‘ra, mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan,
adabiyot va san’at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr
-qimmati, shuningdek
ifodalanish usulidan qat’i nazar, tatbiq etiladi. Ular quyidagilar bo‘lishi mumkin:
▪
yozma (qo‘lyozma, mashinkalangan yozuv, notali yozuv va hokazo);
▪
og‘zaki (omma oldida so‘zlash, omma oldida ijro etish va hokazo);
▪
ovozli yoki video yozuv (mexanik, magnitli, raqamli, optik va hokazo);
▪
tasvir (rasm, eskiz, manzara, tarh, chizma, kino-, tele-, video- yoki fotokadr va
hokazo);
▪
hajmli-fazoviy (haykal, model, maket, inshoot va hokazo);
▪
boshqa shakllardagi.
Sanab o‘tilgan obyektlar mualliflik huquqi bilan himoyalanadi. Bunda g‘oyalar,
prinsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki konsepsiyalarga nisbatan mualliflik
huquqi tatbiq etilmaydi.
Yuqorida keltirilgan obyektlar bo‘yicha bir necha xil shartnomalar tuzilishi
mumkin. Ulardan biri mualliflik shartnomasi hisoblanadi.
Mualliflik shartnomasi
–
muall
if o‘z mulkiy huquqlarini boshqa shaxsga mutlaq
yoki mutlaq bo‘lmagan tarzda o‘tkazishni nazarda tutuvchi shartnoma hisoblanadi.
Mualliflik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim.
Asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanish bo‘yicha mutl
aq
huquqlar muallifga tegishlidir. Yuridik va jismoniy shaxslar asardan faqat huquq egasi
yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin.
Mutlaq huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi
faqat ushbu huquqlar o‘tkazilayotgan shaxs asardan muayyan usulda va shartnomada
belgilangan doirada foydalanishiga ruxsat beradi.
Mutlaq bo‘lmagan hollarda esa huquq egasi bir nechta huquqni o‘zida qoldiradi
yoki barcha foydalanuvchilar uchun teng imkoniy
atlar beriladi, deyishimiz mumkin. Ya’ni
bunday turdagi mualliflik shartnomasi foydalanuvchiga asardan shunday huquqlarni
boshqa shaxsga o‘tkazgan mutlaq huquqlar egasi yoki ruxsat olgan boshqa shaxslar bilan
teng ravishda foydalanishga ijozat beradi. Masa
lan, mutlaq bo‘lmagan huquqlarni
o‘tkazish bo‘yicha shartnomada muallif ikkinchi tarafga faqatgina asarni tarjima qilish
yoki ko‘paytirish huquqini taqdim etishi mumkin.
Muallifning asardan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqlari quyidagi harakatlarni
amalga oshirish yoki bunday harakatlarga ruxsat berish huquqini anglatadi:
▪
asarni takrorlash (takrorlash huquqi);
▪
asarning asl nusxasini yoki nusxalarini sotish yoki mulk huquqini o‘zgacha tarzda
boshqa shaxsga o‘tkazish yo‘li bilan tarqatish (
tarqatish huquqi);
▪
asarni barchaning e’tiboriga yetkazish (barchaning e’tiboriga yetkazish huquqi);
▪
asarning asl nusxasini yoki nusxalarini prokatga berish (prokatga berish
huquqi);
▪
tarqatish maqsadida asarning nusxalarini, shu jumladan mutlaq mualliflik
huquqlari egasining ruxsati bilan tayyorlangan nusxalarini import qilish (import qilish
huquqi);
▪
asarni sim (kabel) orqali yoki boshqa shu kabi vositalar yordamida uzatish yo‘li
bilan barchaning e’tibori uchun yuborish (kabel orqali yuborish huquqi);
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
134
▪
asarga tuzatishlar kiritish, uni aranjirovka qilish yoki boshqacha tarzda qayta
ishlash (qayta ishlash huquqi);
▪
asarni omma oldida namoyish etish (omma oldida namoyish etish huquqi);
▪
asarni omma oldida ijro etish (omma oldida ijro etish huquqi);
▪
asarni sim
siz vositalar yordamida uzatish yo‘li bilan barchaning e’tibori uchun
yuborish (efirga uzatish huquqi);
▪
asarni tarjima qilish (tarjima qilish huquqi);
▪
asarni barchaning e’tiboriga takroran yuborish, agar bunday yuborish dastlabki
yuborishni amalga oshirgan tashkilotdan boshqa tashkilot tomonidan amalga oshirilsa
(barchaning e’tiboriga takroran yuborish huquqi).
Muallif o‘z asaridan foydalanishning har bir turi uchun haq olish huquqiga ega.
Agar chop etilgan asarning nusxalari ularni sotish yoki mulk huquqin
i o‘zgacha tarzda
boshqa shaxsga o‘tkazish orqali fuqarolik muomalasiga qonuniy kiritilgan bo‘lsa, ularni
kelgusida muallifning roziligisiz va unga haq to‘lamasdan tarqatishga yo‘l qo‘yiladi.
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning
38-moddasida
mualliflik shartnomasi va unga doir talablar belgilangan. Mualliflik shartnomasida
quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
❖
asardan foydalanish usullari (shartnoma asosida o‘tkaziladigan aniq huquqlar
doirasi);
❖
asardan foydalanishning har bir usul
i uchun to‘lanadigan haq miqdori yoki
to‘lanadigan haq miqdorini belgilash tartibi, shuningdek, uni to‘lash tartibi hamda
muddatlari.
Mualliflik shartnomasida taraflar o‘zlari uchun zarur deb topgan boshqa shartlarni
ham nazarda tutishlari mumkin.
Muallifl
ik shartnomasida asardan foydalanish huquqi qancha muddatga o‘tkazilishi
to‘g‘risida shart bo‘lmasa, shartnoma tuzilgan sanadan boshlab 5 yil o‘tganidan keyin,
agar foydalanuvchi kamida olti oy oldin bu haqda yozma ravishda ogohlantirilgan bo‘lsa,
shartnoma muallif tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi amal qiladigan hudud doirasi
to‘g‘risida shart bo‘lmagan taqdirda, shartnomaga asosan o‘tkazilayotgan huquqning
amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi hududi bil
an cheklanadi.
Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish bo‘yicha huquqlar boshqa shaxsga
o‘tkazilishi to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri nazarda tutilmagan bo‘lsa, bu huquqlar o‘tkazilmagan deb
hisoblanadi.
Shartnoma tuzilgan paytda asardan foydalanish haqida hali ma’lum bo‘lmagan
huquqlar mualliflik shartnomasi predmeti bo‘lishi mumkin emas.
To‘lanadigan haq mualliflik shartnomasida asardan foydalanishning tegishli usuli
uchun olinadigan daromaddan foiz tarzida belgilanadi. Agar buni asarning xususiyati yoki
undan foy
dalanishning o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq holda amalga oshirish mumkin
bo‘lmasa, shartnomada qayd etilgan summa tarzida belgilanadi.
Agar asarni nashr etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish haqidagi
mualliflik shartnomasida haq to‘lash qat’iy
summa tarzida belgilansa, shartnomada
asarning eng ko‘p adadi belgilab qo‘yilishi shart.
Mualliflik shartnomasining muallifni kelgusida mazkur sohada yana boshqa asarlar
yaratishini cheklaydigan sharti o‘z
-
o‘zidan haqiqiy emas, deb hisoblanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
135
Mualliflik
shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni umuman yoki tegishli darajada
bajarmagan taraf boshqa tarafga yetkazilgan zararning o‘rnini, shu jumladan boy berilgan
foydani qoplashi shart.
XULOSA
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston
Respublikasida intellektual mulk
sohasini, xususan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning himoyasi va uni
rivojlantirish yo‘lida keng ko‘lamda ishlar amalga oshirilmoqda. Bularni o‘z isbotini
yuqorida ta’kidlangan ma’lumotlardan bilish mumkin. Biroq man
a shu kabi yuqori
darajadagi harakatlarga qaramay, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasida hali
ham mavjud kamchiliklar va turli xil huquqbuzarliklarda o‘z aksini topmoqda. Ushbu
kamchiliklarni bartaraf etish uchun shu sohaga doir jahon shartnoma va konvensiyalarini
qabul qilish va xorijiy mamlakatlar qonunchiligini amaliy tahlil etgan holda ularning
yutuqli tajribalarini o‘z qonunchiligimizga tatbiq etish lozim.
Shu bilan birga, mualliflar har qanday shakldagi shartnomalarni imzolashdan oldin
ularning huquqlari yetarli darajada himoyalanganligini va ular rozi bo‘lgan shartlarni
to‘liq tushunishlari kerak. Bunda mualliflar va boshqa foydalanuvchilar mualliflik huquqi
shartnomalariga o‘z yechimlarni kiritish orqali har ikki tomonning manfaatlarin
i himoya
qiluvchi o‘zaro manfaatli shartnomalar yaratishlari maqsadga muvofiq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Қонунчилик
маълумотлари
миллий базаси, 01.05.2023 й., 03/23/837/0241
-
сон
. https://lex.uz/docs/6445145
2.
Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик кодекси –
Т.; “Адолат”
нашриёти, 2015. –
153-
б.
3.
O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
to‘g’risida”gi Qonuni. 20.07.2006
-
yildagi O‘RQ
-42-
son. O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to
‘plami, 2006
-y., 28-29-son, 260-modda. https://lex.uz/docs/-1022944
4.
Интеллектуал мулк. Дарслик. Масъул муҳаррирлар: ю.ф.д., проф.,
О.Оқюлов, ю.ф.ф.д. (PhD), доцент Н.Э.Гафурова // Муаллифлар жамоаси. –
Т.: ТДЮУ
нашриёти, 2019. –
588 бет.
5.
Cафоева С.М. Интеллектуал мулк объектларидан тижорат муомаласида
фойдаланишнинг ҳуқуқий шакллари. Ўқув қўлланма / ю.ф.д. проф.
С.С.Гулямовнинг таҳрири остида. –
Т.:2009. –
108б.
6.
Yakubova I. Mualliflik huquqi. Darslik.
–
Toshkent: TDYU, 2020.
–
50b.
7.
А
.
Юлдашов. “Муаллифлик
ҳуқуқини
халқаро
доирада
муҳофаза
қилишнинг
муҳим
жиҳатлари
ва
шартномавий
-
ҳуқуқий
базани
ривожлантириш”.
Юридик
фанлар
ахборотномаси
–
Вестник
юридических
наук
–
Review of law
sciences.
Махсус сон. 2020 й. 231
-
б.
8.
https://lex.uz/
9.
https://im.adliya.uz/
10.
https://parliament.gov.uz/
