Авторы

  • Мафтуна Ражабова
    Базовый докторант, Узбекский государственный университет мировых языков

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss11/S-pp355-360

Ключевые слова:

толерантность моральный принцип новый коммуникационный механизм терпение религиозная толерантность Вестфальский договор политический контекст ЮНЕСКО декларация международные отношения

Аннотация

В данной статье научно анализируется происхождение категории «толерантность» и ее политико-правовые основы. На системной основе рассматривались вопросы фактора толерантности и его формирования в системе международных отношений.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Issues of forming the category of tolerance in a political
context

Maftuna RAJABOVA

1


Uzbekistan State University of World Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2024

Received in revised form

15 October 2024
Accepted 25 October 2024

Available online

25 December 2024

This article provides a scientific analysis of the origin of the

category of Tolerance and its political and legal foundations.

The issue of the factor of tolerance and its formation in the

system of international relations is considered on a systematic

basis.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss11/S-pp

355-360

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

tolerance,

moral principle,

new communication
mechanism,

patience,

religious tolerance,

Treaty of Westphalia,
political context,

UNESCO,

declaration,

international relations.

“Tolerantlik”

kategoriyasini

siyosiy

kontekstda

shakllantirish masalalari

АННОТАЦИЯ

Калит сўзлар:

tolerantlik,

axloqiy tamoyil,

yangi muloqot

mexanizmi,

sabr,

diniy bag‘rikenglik,

Vestfaliya shartnomasi,
siyosiy kontekst,

YUNESKO,

deklaratsiya,

xalqaro munosabatlar.

Mazkur maqolada “tolerantlik” kategoriyasining kelib

chiqishi va uning siyosiy-huquqiy asoslari ilmiy tahlil etilgan.

Tolerantlik omili va uni xalqaro munosabatlar tizimida

shakllantirish mas

alalari tizimli asosda ko‘rib chiqilgan.

1

PhD Candidate, Uzbekistan State University of World Languages. E-mail: rajaboovamaftuna@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2024) / ISSN 2181-1415

356

Вопросы формирования категории "толерантность" в

политическом контексте

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

толерантность,

моральный принцип,

новый

коммуникационный

механизм,

терпение,

религиозная

толерантность,

Вестфальский договор,

политический контекст,

ЮНЕСКО,

декларация,

международные

отношения

.

В данной статье научно анализируется происхождение

категории «толерантность» и ее политико

-

правовые

основы. На системной основе рассматривались вопросы

фактора толерантности и его формирования в системе

международных отношений.

KIRISH

Bugungi globallashuv va zamonaviy axborot texnologiyalari jadal rivojlanib

borayotgan davrda o‘zaro mehr

-oqibat, ishonch, hamkorlik va tinchlikka asoslangan

tolerantlik omilining o‘rni va roli nihoyatda kattadir. Tolerantlik jamiyatning siyosiy

madaniyati, fuqarolik munosabatlari va barqarorlik darajalarini baholashda muhim

mezon hisoblanadi. Hozirgi kunda tolerantlik kategoriyasi va uni turli xil sohalar,

xususan siyosiy fanlar kesimida shakllantirish masalasi dolzarb ilmiy yo‘nalishga aylanib

bormoqda.

Umumiy ma’noda tolerantlik –

bu boshqa shaxsga ham, boshqa madaniy an’anaga

ham hurmat bilan munosabatda bo‘lishdir. Bundan tashqari, tolerantlik o‘zgani o‘ziga

teng qadriyat sifatida e’tirof etishni, boshqasining mavjudligiga xayrixoh munosabatda

bo‘lish

ni va uning fikrini hurmat qilishni, muloqotga tayyorlikni, haqiqatga olib

boradigan turli yo‘llar mavjudligini tushunishni anglatadi. Tolerantlik insonning boshqa

individlar va tizimlar bilan muloqot qilish hamda o‘zaro munosabatda bo‘lishga ochiqligi

sif

atida namoyon bo‘ladi [1].

Biroq, tolerantlik hali o‘rnatilgan umuminsoniy qadriyat emas. Plyuralizmning

zamonaviy davri o‘z

-

o‘zidan tolerantlikka ta’sir ko‘rsatgani yo‘q. O‘z an’analarini rad etish

nafaqat erkinlikka, balki boshqa tavsiflovchi axloqqa bo

‘ysunishga olib keladi. Jamiyat

zo‘ravonlikgacha bo‘lgan har qanday xatti

-harakatga befarqlik va liberal munosabatda

emas, balki har bir xalq madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini hurmat qilish va erkinlik

bilan cheklangan chegaralarda so‘z erkinligi kafol

atiga asoslangan yangi muloqot

mexanizmiga muhtoj. Buni amalga oshirish turli madaniy an’analar yutuqlarini ro‘yobga

chiqarish, tinchlikparvarlik va butun birlikka qaratilgan alohida xalqlar va shaxslar

tajribasini sinchkovlik bilan o‘rganish hamda toleran

tlikka asoslangan bilim tizimini

ishlab chiqish orqali erishish mumkin.

Tolerantlik kategoriyasiga oid ilmiy-falsafiy konsepsiyalarni tahlil qilganda siyosiy

omilni yetakchi o‘ringa chiqishini e’tirof etish lozim. Chunki tolerantlik tasodifiy

kechadigan t

o‘da yoki olomonning xohish

-irodasi, his-

tuyg‘ularining ifodasi emas, balki u

etnoslarning, millatlarning tub manfaatlarini ifoda etadigan ijtimoiy-siyosiy hodisadir.

Har qanday ijtimoiy hodisa pirovard natijada siyosiy tizim, davlat hayotiga borib taqaladi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2024) / ISSN 2181-1415

357

va siyosiy boshqaruvning strategik maqsadlariga ta’sir etadi. Ammo, tolerantlikka faqat

siyosiy voqelik sifatida yondashish yetarli emas. Tolerantlik ijtimoiy munosabatlarning

tarkibiy qismi sifatida keng yondashishni taqozo etadi.

Tolerantlik kategori

yasi ijtimoiy fanlarda noaniq va nihoyatda murakkab, ko‘p

o‘lchovli tushuncha bo‘lib, tadqiqotchilar orasida bu borada to‘liq bir aniqlik mavjud

emas. Tolerantlikka axloqiy tamoyil, xulq-

atvor modeli, ijtimoiy ko‘rinishlarda individual

yoki ijtimoiy munosabat shakli va boshqalar sifatida qaraladi[2]. Qarashlar turlicha

bo‘lmasin, tolerantlik tushunchasini aniqlash uchun siyosiy fikr tarixi, shuningdek, ushbu

g‘oyani himoya qilishdagi o‘zgarishlar va davomiylikni o‘rganish hamda bag‘rikenglik

jarayonini kuzatish lozim.

Tolerantlik tushunchasining vujudga kelishi o‘rta asrlarga borib taqaladi. Larussa

lug‘atiga ko‘ra, tolerance so‘zi 1361

-

yilda ishlatilib o‘tilgan. Ingiliz etimologiyasining

Oxford lug‘atiga asosan “tolerance” tushunchasini XV asrga, “tolerantion” atamasini XVI

asrga taalluqli ekanligini bildiradi. Agar XV asrda bu atama “chidamlilik”, “og‘riqqa

chidamlilik qobiliyati” degan ma’nolarni bildirsa, XVI asrga kelib, “ijozat”, “cheklov”,

“tiyilish” degan ma’nolarni bildiradi [3].

“Tolerantlik” atamasi ilmiy muomalaga XX asr o‘rtalarida ingliz immunolog olimi

Piter Brayan Medavar tomonidan kiritilgan bo‘lib, mazkur tushuncha organizm immun

tizimining unga ko‘chirib o‘tkazilgan boshqacha hujayralarga nisbatan toqatliligini

ifodalash uchun qo‘llanilgan

[4]. Keyinchalik, ushbu tushuncha boshka fanlarda ham faol

ishlatila boshlandi.

Tolerantlikning birinchi tarixiy-

siyosiy shakli diniy bag‘rikenglik bo‘lib, uning

tamoyili Vestfaliya shartnomasida (1648 yil) o‘rnatilgan. Bu shartnoma butun Germaniya

bo‘ylab lyuteranlar, kalvinistlar va katoliklarning huquqlarini tenglashtirish ma’nosida

dinlarning tengligi uchun asos yaratdi [5].

XIX asrda “sabr” fe’li bir nechta ma’nolarni bildirgan: chidamoq, azoblanmoq,

turmoq, nimanidir kutmoq, shoshilmaslik. Ko‘p ma’

nolilikka qaramay, sabr kategoriyasi

ma’nolar ichida eng possiv rolni o‘ynaydi. Etika lug‘atida A.A. Guseynova va I.S.Kona

tomonidan sabr ma’nosiga aniqlik kiritiladi: “Sabr –

boshqa insonlarning xatti-harakati,

odatlarini, dunyoqarashlari va fikrlashini xarakterlaydigan axloqiy fazilatdir hamda

bosim o‘tkazilmagan holatda tinchlik va kelishuvga tushuntirishlar orqali erishishdir.

Mazkur so‘z aniqligining so‘z yutug‘i shundaki, uning asosi o‘zga millat, xalqlar va

dinlarga nisbatan bag‘rikeng munosabatidad

ir. D.N.Ushakova nashri ostida chop etilgan

izohli lug‘atga asosan “tolerantlik” so‘zi –

fransuz tilida “tolerant” –

sabrli ma’nosida

keladi. V.I.Dalya lug‘atiga asosan “sabr” atamasi o‘ziga xos xususiyat bo‘lib, kimgadir

kichik ko‘ngillik, kechirimlilik bilan chidashdir. Ko‘plab zamonaviy lug‘atlar ham shunday

izoh beradi. Masalan, А.М.Proxorova nashri ostida chop etilgan “Sovet davri ensiklopedik

lug‘ati”da “tolerantlik” –

bu o‘zgalarning fikrlari, diniy qarashlari, xulq

-atvoriga

chidashdir. “Zamonaviy chet tili so‘zlari lug‘ati”da “tolerantlik” tushunchasi “sabr,

kimgadir nisbatan yaxshi munosabatdir”. А.P.Sadoxin tolerantlik tushunchasi millat va

elatlarning tarixiy tajribasidan kelib chiqib, turli xil qarash va munosabatlarni bildirishini

ta’kidlab o‘

tadi [6].

Bag‘rikenglik kategoriyasi turli kontekstlarda qo‘llanilishiga qaramay, haligacha

uning to‘liq mazmuni mavhumligicha qolmoqda. Zamonaviy paradigmada tolerantlik

demokratik qadriyat va axloq kodeksi sifatida ko‘rsatilmoqda. Diniy nuqtayi nazardan

tolerantlik

bu boshqalarning e’tiqodlariga nisbatan bag‘rikeng va hurmatli

munosabatda bo‘lish va asosiy e’tibor dogmatizmga qaratiladi. Siyosiy kontekstda esa

asosiy e’tibor boshqalarning nimaga ishonishi yoki o‘ylashiga emas, balki odamlar nima


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2024) / ISSN 2181-1415

358

qilayotganidan iborat. Dinlararo munozaralarda va siyosatda shakllanadigan

bag‘rikenglik tushunchalarining bir umumiy xususiyati bor: “o‘zgalar” tomonidan amalga

oshirilgan harakatlar motivlarini tushunish juda oson, deb ishoniladi va bunday

tushunish (“empatiya”) tolerantlikning asosiy shartidir [7].

Ahamiyati o‘ta yuqori ekaniga qaramay, bag‘rikenglik mavzusi hozirgi davrda

yuzaki qaragandagina ochiq, ba’zilarning fikricha esa, hatto hal etilgan bo‘lib ko‘rinadi.

Biroq bizningcha,bunday mulohazalar noo‘rin. 1965 yilda Geroert Markuze “Sof

bag‘rikenglikning tanqidi” nomli kitobida toqatlilik, bag‘rikenglikni tanqid ostiga olishga

uringan edi. Xususan, olimning fikriga ko‘ra, toqatlilik repressiv xususiyatga ega.

Jamiyatni maqbul, yaxshi tomonga o‘zgartirishning eng optimal yo‘li, bu mutlaq

toqatsizlikdir. Shu ma’noda, jahon ilmiy adabiyotida mazkur muammo bo‘yicha bahs

-

munozaralar hali xamon qizg‘in davom etmoqda [8].

Bag‘rikenglik tamoyiliga nisbatan qo‘llaniladigan yondashuvlarning tahlilidan

ma’lum bo‘ladi

-ki

, ushbu tushunchaning mazmuni bo‘yicha olim va tadqiqotchilar orasida

yakdillik mavjud emas. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, hozirda uning mohiyatini

tadqiq etishga qaratilgan bir nechta zamonaviy ilmiy yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatish

mumkin. Xususan, shartli ravishda, tolerantlik fenomenining mazmunini ochib berishga

qaratilgan ratsional, qadriyatli hamda subyektiv yondashuvlar shakllangan.

Bag‘rikenglikning ratsional asoslarga ega bo‘lgan birlamchi talqinlariga J.Lokkning

o‘zgalarning qarashlari va e’ti

qodlarini tan olishga doir fikrlari, J.St.Millning turli xil hayot

tarzlarining yonma-

yon mavjud bo‘lishining tabiiyligi haqidagi konsepsiyasi misol bo‘la

oladi. Mazkur mumtoz faylasuflarining qarashlari zamonaviy G‘arb mamlakatlari olimlari

tomonidan muay

an darajada rivojlantirilmoqda. Jumladan, P.Nikolson bag‘rikenglikning

ratsional talqini chegaralaridan tashqariga chiqish va ushbu tamoyilni alohida mustaqil

foydali ma’naviy ne’mat sifatida olib qarash mumkinligiga urg‘u beradi. S.Mendusning

fikricha esa

, bag‘rikenglik paradoksal hodisa, chunki individ tomonidan uning amalga

oshirilishi o‘ta murakkabdir. Yana bir olim A.Makintayr bag‘rikenglikni umumiy majburiy

qadriyat ekaniga shubha bilan qaraydi, uning talqiniga ko‘ra, zamonaviy madaniyatda

ma’naviy

-axloqiy hamjihatlikka erishishning ratsional kafolatlari mavjud emas [9].

Tolerantlik kategoriyasini nazariy va amaliy qo‘llashda 1995

-yil 16 noyabrda

Parijda YUNESKO Bosh Konferensiyasining 28-

sessiyasida e’lon qilingan “Tolerantlik

tamoyillari deklaratsiy

asi”da berilgan ta’rifga tayanilmoqda. Ushbuhujjatda bunday

deyilgan:

Tolerantlik

bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o‘zini ifodalashning

va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul

qilish va to‘g‘

ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur

fikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi.

Bag‘rikenglik –

turli-

tumanlikdagi birlikdir. Bu faqat ma’naviy burchgina emas,

balki, siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Tolerantlik

tinchlikka erishishni musharraf

qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga elituvchidir.

Tolerantlik

yon berish, andisha yoki xushomad emas. Tolerantlik

eng avvalo

insonning universal huquqlari va asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol

munosabatdir. Har qanday vaziyatda ham tolerantlik ana shu asosiy qadriyatlarga

tajovuzlarning bahonasi bo‘lib xizmat qilmaydi. Tolerantlikni alohida shaxslar, guruhlar

va davlatlar namoyon qilishi lozim [10].

Tolerantlik tamoyillari asosiy huquq va erkinliklar sifatida huquqiy hujjatlarda

mustahkamlangan va xalqaro deklaratsiyalarda e’lon qilingan. Bu yerda asosiy hujjat –

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, shuningdek, Fuqarolik va siyosiy huquqlar


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2024) / ISSN 2181-1415

359

to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro

pakt hisoblanadi[11]. Yevropa Kengashi doirasida Inson huquqlari va asosiy

erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha Yevropa konvensiyasi amal qilmoqda.

Konvensiyaning 12-Protokoli kuchga kirdi, uni ratifikatsiya qilgan davlatlarga hech

qanday kamsitilishlarsiz har qanday huquqlarni kafolatlash majburiyati yuklandi va

majburiyatlarni bajarmagan taqdirda jazo mexanizmi nazarda tutiladi. “Tolerantlik

tamoyillari Deklaratsiyasi” tolerantlik sohasidagi eng muhim xalqaro hujjat bo‘lib, u

barcha xalqlarning tinchligi va ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy rivojlanishi uchun

zarurdir.

XULOSA

Jahon miqyosida xalqaro aloqalar kengayib, murakkablashib borayotgan davrda

zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida b

ag‘rikenglik omilini rivojlantirish zarurati

ortib bormoqda. Siyosiy konteksda tolerantlik turli e’tiqod, qarashlar va

madaniyatlarning birgalikda yashashini qabul qilish hamda hurmat qilish tamoyillarini

anglatadi. Jamiyat va davlatda sog‘lom tolerant muh

itning mavjudligi siyosiy erkinlik,

fuqarolarning o‘z fikrini erkin ifoda etishi va tanlash huquqining kafolatlanishi,

plyuralizmning shakllanishi, demokratik qadriyatlarning rivojlanishi va siyosiy

barqarorlikning ta’minlanishiga olib keladi. Bundan tashq

ari, tolerantlik madaniyati

jamiyatda turli xil ijtimoiy ziddiyatlarni kamaytiradi va siyosiy konfilektlarni tinch yo‘l

bilan hal qilish imkonini beradi. Shuningdek, tolerantlik inson huquqlarini himoya qilish

va fuqarolik jamiyatining rivojlanishi, shaxsl

ar va guruhlar o‘rtasidagi tenglikni

rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, globalizatsiya jarayonida tolerantlik

omili xalqaro munosabatlarni barqarorlashtiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1. Баева Л.В. Толерантность: идея, образы, персоналии.: Доктор философских

наук. монография. –Астрахань: Издательский дом “Астраханский университет”.

2009.

–С. 5

-6.

2. Гулиев М.А. Политическая толерантность в урегулировании этнических

конфликтов.: Кандидата политических наук. Дисс. Автореф. –

Ростов

-

на

-

Дону,

2003.

С. 14.

3. Маркова Е.А. Толерантность в политическом процессе (региональный

аспект).: Кандидата политических наук. Дисс –

Чита, 2007. –С. 12.

4. Меньшикова Н.С. Феномен “толерантность”, сущностная характеристика и

правовые

основы

формирования

культуры

толерантности

в

эпоху

мультикультурализма. // Вестник Санкт

-

Петербургского университета МВД

России № 3 (67) 2015. –

C. 87.

5. Tomas Saulius. What is “tolerance” and “tolerance education”? philosophicl

perspectives. // Ugdymas kuno cultura

sportas Nr. № 2(89); 2013; –

Litva.

P. 56.

6. Mуллагалиева Л.К. Язык толерантности.: Доктор педагогических наук.

Монографии. –

Уфа. 2012. –

C. 10-11.

7. E’zoza Karimova O‘zbek tolerantligining o‘ziga xos xususiyatlari. Oliy o‘quv

yurtlari talabalari uch

un o‘quv qo‘llanma. –

Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar

uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti. 2006. B. 5.

8. Xamimov M.I. YUNESKO faoliyatida diniy bag‘rikenglik tamoyillari. Falsafa fan.

Dokt. diss.

Тошкент: 2009. –

B.42.

9. Қушаев У.Р. Жаҳон динларида бағрикенглик ғояларининг уйғунлиги.

Фалсафа фанлари бўйича фан докт. дисс. –

Тошкент: 2017. –Б. 19.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2024) / ISSN 2181-1415

360

10.

Declaration

of

Principles

on

Tolerance.

[Elektron

manba:]

https://www.oas.org/dil/1995%20Declaration%20of%20Principles%20on%20Toleran

ce%20UNESCO.pdf

11. Saidov S.Sh. “Human Capital” as the Basis for the Development of Society. //

Journal of Media & Management. 2020, Volume 2(2).

P. 17-21.

Библиографические ссылки

Баева Л.В. Толерантность: идея, образы, персоналии.: Доктор философских наук. монография. –Астрахань: Издательский дом “Астраханский университет”. 2009. –С. 5-6.

Гулиев М.А. Политическая толерантность в урегулировании этнических конфликтов.: Кандидата политических наук. Дисс. Автореф. – Ростов-на-Дону, 2003. – С. 14.

Маркова Е.А. Толерантность в политическом процессе (региональный аспект).: Кандидата политических наук. Дисс – Чита, 2007. –С. 12.

Меньшикова Н.С. Феномен “толерантность”, сущностная характеристика и правовые основы формирования культуры толерантности в эпоху мультикультурализма. // Вестник Санкт-Петербургского университета МВД России № 3 (67) 2015. –C. 87.

Tomas Saulius. What is “tolerance” and “tolerance education”? philosophicl perspectives. // Ugdymas kuno cultura sportas Nr. № 2(89); 2013; – Litva. –P. 56.

Mуллагалиева Л.К. Язык толерантности.: Доктор педагогических наук. Монографии. – Уфа. 2012. –C. 10-11.

E’zoza Karimova O‘zbek tolerantligining o‘ziga xos xususiyatlari. Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti. 2006. B. 5.

Xamimov M.I. YUNESKO faoliyatida diniy bag‘rikenglik tamoyillari. Falsafa fan. Dokt. diss. – Тошкент: 2009. –B.42.

Қушаев У.Р. Жаҳон динларида бағрикенглик ғояларининг уйғунлиги. Фалсафа фанлари бўйича фан докт. дисс. – Тошкент: 2017. –Б. 19.

Declaration of Principles on Tolerance. [Elektron manba:] https://www.oas.org/dil/1995%20Declaration%20of%20Principles%20on%20Tolerance%20UNESCO.pdf

Saidov S.Sh. “Human Capital” as the Basis for the Development of Society. // Journal of Media & Management. 2020, Volume 2(2). – P. 17-21.