Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Aspects of developing students' prophylaxis competence
through teaching hygiene
Shavkat TURDIYEV
1
Fergana Medical Institute of Public Health
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
15 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
25 December 2024
This article highlights and analyzes the issues of developing
students' preventive competence through teaching hygiene.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss11/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
medicine,
hygiene,
cognitive activity,
pedagogical creativity,
didactic opportunity,
methodology,
medical practice,
organizational component.
Gigiyena fanini o‘qitish orqali
talabalar profilaktik
kompetentligini rivojlantirish aspektlari
ANNOTATSIYA
Kalit so
‘
zlar:
tibbiyot,
gigiyena,
kognitiv faoliyat,
pedagogik ijodkorlik,
didaktik imkoniyat,
metodika,
tibbiy amaliyot,
tashkiliy komponent.
Ushbu maqolada gigiyena fanini o‘qitish orqali talabalarning
profilaktik kompetentligini rivojlantirish masalalari yoritilgan
va tahlil qilingan.
1
Fergana Medical Institute of Public Health.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
85
Аспекты развития профилактической компетентности
студентов путем обучения гигиене
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
медицина,
гигиена,
познавательная
деятельность,
педагогическое
творчество,
дидактическая
возможность,
методика,
медицинская практика,
организационный
компонент.
В данной статье освещаются и анализируются вопросы
развития профилактической компетентности студентов
посредством обучения гигиене.
KIRISH
Tibbiy ta’lim sohasida gigiyena fanini o‘qitish, o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish va
o‘tkazish, gigiyena sohasiga oid vositalar, tamoyillarni qo‘llash, harakatlarga o‘rgatish,
yosh davrlariga nisbatan vosita va uslub tanlash, jismoniy yuklamalarmi miqdor va sifat
jihatidan boshqarish va individuallashtirish, jismoniy mashg‘ulotlarni rejalashtirish,
nazorat va tahlil qilib borish, tibbiyot faoliyatining asosiy tomonlarini boshqarish, tibbiy
tibbiyot sohasidagi ilmiy-
tadqiqot ishlarini olib borish bilan bog‘liq kompleks masalalar
majmuasini qamrab oladi.
Gigiyena moduli dasturi davlat ta’lim standarti asosida tuzilgan va o‘quv rejaning
klinik oldi moduli blokiga taalluqli bo‘lib, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qit
iladigan
barcha tibbiy fanlarni o‘qitishda bog‘lovchi bo‘g‘im sifatida talabalarning ilmiy tafakkuri,
keng dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish, tibbiy kasbiy etika tamoyillari
asosida tarbiyalash uchun xizmat qiladi.
Fanni o‘qitishdan maqsad –
kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, xar
tomonlama jismonan yetuk mutaxassislar tayyorlash, bakalavrga ushbu fan yo‘nalishida
olib borilayotgan izlanishlar to‘g‘risida ma’lumot berish.
Fanning vazifasi:
–
Gigiyena moduli, maqsadi va vazifalari haqida tushuncha berish;
–
talabalarning nazariy ma’lumotidan boshlang‘ich amaliy ko‘nikmalarni bajarish
darajasiga qadamma-
qadam o‘rgatish;
–
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tadbiq etib, mantiqiy
fikrlash va bilimini saqlash darajasini oshirish;
–
zamonaviy tekshirish usullari haqida tushuncha berish;
–
Gigiyena modulining asoslari, inson organizmi bilan atrof muhit o‘rtasidagi
bog‘liqligining asoslari, gigiyenik reglamentlashtirish prinsiplari;
–
turli shakldagi patologiyalarning kelib chiqishida tashqi muhitdagi omillarning
tutgan o‘rni, atrof muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlar va kasalliklarning
birlamchi profilaktikasi bilan tanishtirish;
–
atrof muhit omillarining holatini tekshirish, uni tahlil qilish va olingan natijalarni
gigiyenanuqtai-nazardan baholash (ovqatlanish Gigiyenasi, davolash-profilaktika
muassasalari Gigiyenasi, mehnat Gigiyenasi, bolalar va o‘smirlar Gigiyenasi, radiatsion
gigiyena sohasida) ni o‘rgatish;
–
sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
86
–
talabaning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o‘stirishga qaratilgan standartga mos
amaliy ko‘nikmalarni assistent
-talaba, talaba-fantom uslubida avtomatizm darajasiga
yetkazish.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Tibbiy ta’lim talabalari fanni o‘rganish orqali quyidagi kasbiy kompetensiyalarga
ega bo‘lishi lozim:
–
Tibbiyot sohasidagi kasbiy bilimlarni qo‘llash;
–
axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan
bo‘lishi, o‘z kasb faoliyatida
mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olishi;
–
tegishli bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha raqobotbardosh umumkasbiy
tayyorgarlikka ega bo‘lishi;
–
yangi bilimlami mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini
ilmiy asosda tashkil qila olishi;
–
sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida ilmiy tasvvur
hamda e’tiqodga, o‘zini jismoniy shiniqtirish o‘quv va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim;
–
tanlangan tibbiyot turi uchun dolzarb hisoblangan pedagogik nazorat va
korreksiya texnologiyalari, inson jismoniy holatini boshqarish vositalari va usullarini
qo‘llay olish;
–
innovatsion g‘oyalardan foydalanishga tayyor bo‘lish;
–
odam organizmiga turli xildagi ijtimoiy
–
gigiyenik omillarning (ovqatlanish,
mehnat, turmush
, o‘qish va tarbiyalash sharoitlari va b.) ta’siri bilan bog‘liq holda
ularning umumiy gigiyenik ta’riflari va sog‘lomlashtirish tadbirlarining asoslarini;
–
davolash-
profilaktika muassasalariga bo‘lgan gigiyenik talablarni bilishi va
ulardan foydalana olishi;
–
ovqatlanishning adekvatligini baholash;
–
kasalxona xonalarining mikroiqlimni o‘rganish va baholash;
–
kasalxona xonalari havosining antropogen kimyoviy ifloslanganligini tekshirish
va baholash (karbonat angidrid gazi misolida);
–
kasalxona
xonalarining tabiiy va sun’iy yoritilganlik holatini baholash;
–
ichimlik suvining zararsizlantirilish sifatini tekshirish va baholash;
–
davolash-profilaktika muassasalarida davolovchi
–
himoyalovchi va sanitar va
epidemiologik tadbirlarni ta’minlash uchu
n sharoitlarni baholash malakalariga (shu
jumladan amaliy ko‘nikmalariga) ega bo‘lishi kerak.
Aytish lozimki, ushbu kompetensiyalar orqali tibbiy ta’lim talabalari kelajakda
shifokor sifatida faoliyat yuritishi uchun kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
NATIJALAR
Tibbiy ta’lim talabalarining yuqoridagi kabi kompetensiyalarga ega bo‘lishida,
albatta, gigiyena fani muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu kompetensiyalar tibbiy ta’lim talabalarining kelgusida gigiyena fanini
valeologiya, fizika, anatomiya, tibbiy biologiya, tibbiy kimyo, biologik kimyo,
mikrobiologiya, epidemiologiya, normal va patologik fiziologiya, mikrobiologiya,
biofizika, ichki kasalliklar, yuqumli kasalliklar fani bilan integratsiya qilgan holda
o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
G
igiyena fanini o‘qitish jarayonida talabalarni bo‘lajak shifokorlar sifatida
tayyorlashning ma’naviy –
ma’rifiy, ijtimoiylashuv komponentlaridan foydalanish, davlat
ta’lim standartining maxsus talablari, o‘quv dasturlari, amaliy mashg‘ulotlar uchun
tuzilga
n uslubiy ko‘rsatmalar, dars jarayonida yuzaga keladigan muammolarni
modellashtirish hamda hal qilish xususiyatlaridan kelib chiqib belgilangan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
87
Ushbu qonuniyatlar va tendensiyalarni aniqlash oliy tibbiy ta’lim sohasidagi
gigiyena fanining global vazifasi, innovatsion pedagogik tizimlarni asoslash bilan
bog‘liqdir, ya’ni gigiyena fani ni innovatsion metod orqali o‘qitish tizimini joriy etish –
o‘qitish tamoyillari va prinsiplariga asoslanadi. O‘qituvchilar va talabalar faoliyatini
tartibga soluvchi eng muhim jihat
–
insonparvarlashtirish, ta’lim mazmunining ilmiy
mohiyati, mavjudligi va izchilligi, o‘qitish metodikasining ko‘rinishi, uning deontologik va
kasbiy yo‘naltirilganligidadir.
Bugun mamlakatimizda milliy tibbiy ta’lim sohasini modernizatsiya qilish,
tibbiy
ta’limga xalqaro ta’lim standartlarini joriy qilish bo‘lajak shifokorlarni aholi salomatligini
muhofaza etishga o‘rgatish bo‘yicha kompleks ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek,
tibbiy ta’limda ta’lim olayotgan yoshlarga ma’naviy –
ma’rifiy sa
marali tizimini yaratish
bo‘yicha izchil ishlarni amalga oshirish masalalari hukumatimiz tomonidan qabul
qilinayotgan qaror va farmonlarda o‘z aksini topmoqda.
2019
–
2025-
yillarda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini
rivojlantirish konsep
siyasiga muvofiq, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va
ilm
–
fani tizimini yanada takomillashtirish, uning amaliy sog‘liqni saqlashga integratsiya
qilinishini ta’minlash hamda tibbiy yordam ko‘rsatish darajasini oshirish maqsadida:
–
birlamchi tibbiyot
–
sanitariya yordami muassasalari uchun umumiy amaliyot
vrachlari ishida ehtiyoj yuqori bo‘lgan tor mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlarni
tayyorlashni tashkil etish;
–
tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta’limini
jarayonlariga o‘qitishning kredit –
modul tizimini joriy etish;
–
tibbiyot va farmatsevtika kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash
tizimining markazlashtirilishiga barham berish, ularning uzluksiz kasbiy ta’lim bilan
to‘liq qamrab olinishini ta’
minlash;
–
tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish
kurslarida o‘qitish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobga olishni ta’minlash;
–
tibbiyot va farmatsevtika ilm
–
fanini, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidag
i
innovatsiyalarni jahon darajasigacha rivojlantirib, ularni ilmiy maydoniga integratsiya
qilishini ta’minlash;
–
kadrlar tayyorlash, ta’lim, ilm –
fan va amaliyotni integratsiya qilishning
uzluksizligini ta’minlash maqsadida tibbiyot va farmatsevtika muas
sasalarining
klinikalari, o‘quv –
ishlab chiqarish bazalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Yuqorida qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, tibbiy ta’limda o‘quv –
tarbiya jarayonini
tashkil qilishda zamonaviy tendensiyalarga yondashishimiz talab etiladi
hamda tibbiy ta’lim
talabalarida profilaktik kompetentlikning o‘rni va ahamiyatini tahlil qilamiz.
Gigiyenaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishini o‘rganish uchun biz ijtimoiy
–
madaniy mexanizmlar sifatida tarixiy rivojlanishni, rivojlanishiga ta
’sir ko‘rsatadigan,
ta’lim jarayonida fanlararo aloqalar asosida individual g‘oyalarni tanlash va o‘rganishga
e’tibor qaratishimiz zarur.
MUHOKAMA
Demak, gigiyena fanini o‘qitish orqali har tomonlama rivojlangan, profilaktik
kompetentlikka ega shifokorlarni tarbiyalashimiz lozim.
Oliy tibbiy ta’limda bo‘lajak shifokorlarni gigiyena fani orqali profilaktik
kompetentligini rivojlantirish masalalariga yondoshlar ekanmiz, tibbiy ta’lim
talabalarining kasbiy
–
ma’naviy, axloqiy fazilatlari
masalalarini ham tadqiq etish zarur.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
88
Kasbiy ma’naviyat shaxsning ta’lim
-tarbiya jarayonida uning faoliyatida axloqiy
talablarini qay darajada ekanligi va qay darajada singdirilishi bilan tavsiflanadi. Tibbiy
ta’lim talabalari kasbiy ma’naviyat me’yorlari b
ilan muayyan munosabatlarga kirishib,
ularda o‘zining axloqiy mohiyatini anglaydi hamda uning tarbiyalanganlik darajasi
madaniyati bilan belgilanadi.
Tibbiy ta’lim muassasalarida ta’limning maqsadi –
bo‘lajak shifokorning shaxsiy va
kasbiy shakllanishi, un
ing umumiy madaniyatini oshirish, o‘zini o‘zi tarbiyalash
jarayonlarini boshlash, shu asosda tibbiy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishdir.
Tibbiy ta’lim muassasalarida talabalar profilaktik kompetentligini rivojlantirish
muammolarini hal qilish u
chun bo‘lajak shifokorlarni o‘z ustida ishlashi, o‘z –
o‘zini
tarbiyalashi, tibbiy etika qoidalariga amal qilishi, kasbiy bilim, malakalarga ega bo‘lish
ko‘nikmalarini shakllantirish zarur.
Shuningdek, tibbiy ta’lim jarayoni bo‘lajak shifokorlarda madaniy
, ijtimoiy, axloqiy
va kasbiy rivojlanishining birligini anglatuvchi shifokor shaxsini har tomonlama
rivojlantirishida namoyon bo‘ladi.
Tibbiy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan bunday talablar
zamonaviy jamiyat va davlatning ruhiy, kasbiy
va madaniy yo‘naltirilgan, shuningdek,
o‘zgaruvchan ijtimoiy va tabiiy muhitda yashaydigan shaxsni shakllantirishga qaratilgan
ijtimoiy buyurtmasi bilan belgilanadi.
Bu jarayonda profilaktik kompetensiyalar axloqiy fazilatlarning bir ko‘rinishi sifatida
kognitiv jarayonning mohiyati va shaxsni rivojlantirishda uni amalga oshirish xususiyatlarini
oshib berishi lozim. Bo‘lajak shifokorning profilaktik kompetentligi –
uning bilimlari,
ko‘nikmalar, tamoyillar va e’tiqoddan iborat bo‘lib, bu fazilatlarni amalga
oshirish
ko‘nikmalari va qobiliyatlari, bo‘lajak shifokorning kundalik faoliyatida namoyon bo‘ladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, gigiyena fanini o‘rganish davomida tibbiy
ta’lim talabalarining bilim, tasavvur va ko‘nikmalari asosida mustaqil ishlas
h
samaradorligini oshirish, ularni ilmiy fikrlashga o‘rgatish, o‘quv faniga qiziqishini kuch
ayttirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulot mobaynida
faolligini kuchaytirish muhim ahamiyatga ega. Bunday faoliyatda fanning didaktik
imkoniyatlarining ulushi kattadir.
Qolaversa, talabalarni gigiyena fani orqali profilaktik kompetentligini shakllantirishda
hamda ularning tibbiy madaniyatini rivojlantirishda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari o‘quv
jarayonida alohida e’tibor berilib, uning uslubiy ta’minoti to‘la yaratilishi zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Kadirоva M. Tibbiy ta’lim jarayоnida kasbiy kоmpеtеntlikni mеtоdik
takоmillashtirish tеxnоlоgiyalari (tibbiyоtda pеdagоgikani о‘qitish misоlida). Pеdagоgika
fanl
ari dоktоri ... diss. –
Namangan, 2023.
–
202 b.
2.
Qonun
hujjatlari
ma’lumotlari
milliy
bazasi.
07.12.2018
й.,
https://lex.uz/doss/4096197
3.Komilov N. Role of historical factors of history of medicine pedagogy /
International scientific conference innovative trends in science, practice and education.
No. 3, 2024. -R.95-98
4.Komilov N. Analysis of the main aspects of increasing the exclusive competence
of students through teaching the history of medicine / Theoretical aspects in the
formation of pedagogical sciences. No. 2, 2024. -R.18-20
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
89
5.Komilov N. Teaching history of medicine to foreign students is a vital factor of
pedagogy // World of Scientific news in Science. No. 3/2. 2024. -R.51-55
6.Komilov N. Didactic opportunities of teaching history of medicine to foreign
students studying in higher medical educational institutions //
Академические
исследования
в
современной
науке
, 2024.
№19.
-
С.118
-122
