Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The importance of innovative technologies in teaching
special subjects
Nasiba BAKHRIDDINOVA
1
Bukhara Institute of Engineering and Technology
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
15 November 2024
Accepted 15 December 2024
Available online
25 January 2025
The article provides information on using innovative
technologies in teaching special subjects. It covers the
effectiveness of using innovative technologies during the lesson
and describes the methods of using innovative technologies in
detail.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
innovative technology,
modular technology,
problem-based technology,
didactic games.
Mutaxassislik
fanlarini
o‘qitishda
innovatsion
texnologiyalarning ahamiyati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
innovatsion texnologiya,
modulli texnologiya,
muammoli texnologiya,
didaktik
o‘yinlar.
Maqolada mutaxassislik fanlarini o‘qitishda innovatsion
texnologiyalarning ahamiyati to‘g‘risida maʼlumot berilgan.
Dars jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning
samaradorligi keng yoritilgan. Innovatsion texnologiyalarning
qo‘llanish usullari batafsil bayon etilgan.
Значение инновационных технологий в обучении
специальным предметам
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
инновационная
технология,
модульная технология,
проблемная технология,
дидактические игры.
В
статье
рассмотрены
аспекты
применения
инновационных технологий в обучении специальных
предметов. Особое внимание уделено анализу их
эффективности в образовательном процессе. Подробно
описаны методы внедрения инновационных технологий в
учебную деятельность, а также их влияние на качество
обучения и усвоение материала.
1
Associate Professor, Department of Industrial Ecology, Bukhara Institute of Engineering and Technology.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
288
Uchinchi Renessans bizdan xalqaro hamjamiyatga ilm-fan, texnologiyalar, axborot,
madaniyat va iqtisodiyot sohalarida yanada chuqurroq integratsiya bo‘lishini talab etadi
.
Аmmo o‘zligimizni, tilimizni, milliy xususiyatlarimizni, maʼnaviyatimizni saqlab
qolishimiz shart. Bu esa taʼlim
-
tarbiya tizimiga jiddiy eʼtibor qaratishni bildiradi.
Mustaqil O‘zbekiston siyosatining ustuvor vazifalaridan biri –
mamlakat kelajagi
bo‘lgan yoshlarni har tomonlama yetuk, bilimdon, jismonan baquvvat, maʼnaviy jihatdan
barkamol qilib tarbiyalashga qaratilgan. Zamonaviy taʼlim muassasasidagi o‘quv
jarayonining asosiy vazifasi
–
bu o‘qitish sifatini yangi pog‘onaga ko‘tarishdir. Oliy
taʼlimning
davlat taʼlim standarti o‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy
talablarida taʼlim va tarbiya jarayonini mustaqil fikrlaydigan, qarorlar qabul qilishga
qodir, har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilganligini
ta
ʼminlash lozimligiga alohida ahamiyat berilgan. Аlbatta ushbu qo‘yilgan talablar oliy
o‘quv yurtlarida taʼlim
-
tarbiya jarayonini yuqori darajaga ko‘tarish, o‘qitishni yangi
metodlar asosida amalga oshirish, talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish,
ularda mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, kasbga bo‘lgan qiziqishini takomillashtirish,
talabalarning kasbiy madaniyatini shakllantirish va bilim darajasini oshirish kabi
vazifalarning sifatli darajada bajarilishini taqozo etadi. Zamonaviy dars jarayonida har bir
talabaga uning o‘ziga xos xususiyatlari va shaxsiy tajribasini hisobga olgan holda o‘quv
jarayonida ishtirok etishi uchun sharoit va imkoniyat yaratilmoqda.
Dars jarayonida zamonaviy texnogiyalarni joriy etish, jarayonning oraliq
natij
alarini kuzatish, tadqiqot qilinayotgan texnologiyalarni o‘rganish va tahlil qilish kabi
vazifalar amalga oshirilmoqda.
Yoshlarga taʼlim
-
tarbiya berishda taʼlimdagi o‘qitish metodlarining zamonaviy
kompleksini, metodik va didaktik materiallarni yaratish ha
mda mavjud darslik va o‘quv
qo‘llanmalarini o‘rganishga o‘zgacha yondashish talab qilinmoqda. Taʼlim jarayonida
tajriba tadqiqotlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad –
taʼlim berishning sifatini
yangi pog‘onaga ko‘tarishdir.
Talabalarning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi darsning sifati va
samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shuning uchun o‘qituvchi
talabaga beriladigan taʼlimning sifatini oshirishda darsni to‘g‘ri rejalashtirishi, eng avvalo
darsning maqsadini to‘g‘r
i va aniq belgilab olishi zarur. Maqsadni belgilashda
birinchidan, natijaga erishish uchun ketadigan vaqtni, ikkinchidan, talabaning
imkoniyatlarini, uchinchidan, talabani shu maqsadga erishishga harakat qilishga
undaydigan metodlarni, to‘rtinchidan, natij
ani aniqlaydigan nazorat turlarini belgilab
olishi kerak bo‘ladi. Yuqorida qayd etilgan maqsadga erishishda asosiy talablardan biri –
o‘qitish jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishdir.
Pedagogik texnologiya talabani mustaqil
o‘qishga, bilim olishga, fikrlashga
o‘rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
Mutaxassislik fanlari
dan “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani darslarida qo‘llanilishi
mumkin bo‘lgan ayrim metodlar xususida so‘z yuritamiz.
1.
Modulli taʼlim
texnologiyasi. Bu talabalarda darslik, ilmiy-ommabop va
qo‘shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalari, ijodiy va mustaqil fikrlashni
rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladi. Modulli taʼlim texnologiyasining o‘ziga xos jihati
o‘rganilayotgan mavzu
bo‘yicha talabalarning mustaqil va ijodiy ishlashiga imkon
beradigan modulli dastur tuzishdir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
289
2.
Muammoli taʼlim texnologiyasi. Muammoli vaziyat yaratish, savollar qo‘yish,
masalalar va topshiriqlarni taklif qilish, muammoli vaziyatni yechishga qaratilgan
muhokamani uyushtirish va xulosalarniig to‘g‘riligini tasdiqlashdir.
3. Interfaol metod texnologiyasi, talabalarning ijodkorligiga tayanish, darsda erkin
bahs-
munozara sharoitini tug‘dirish. Buning uchun auditoriya kichik
guruhlarga
bo‘linadi.
Bugungi kunda turli sohalar uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashning eng
muhim jihati
–
bo‘lajak mutaxassislarning ishlab chiqarish korxonalarida mehnat
xavfsizligini ta’minlashga tayyorgarligini shakllantirish bo‘lib, bu sohada malaka oshirish
uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni talab qiladi.
Oliy ta’lim tizimidagi yana bir mutaxassislik fani –
“
Mehnatni muhofaza qilish va
texnika xavfsizligi
”
fanining maqsadi korxonalarda mehnatni muhofaza qilish va
xavfsizlikni ta’minlash orqali samarali kasbiy f
aoliyatni amalga oshirish uchun bilim,
ko‘nikma, malakalarni ta’minlashdan iborat. Shu bilan birga, talabalarda shaxsiy va
jamoaviy xavfsizlik uchun mas'uliyatni rivojlantirish va ish joyida mehnat xavfsizligini
ta’minlaydigan barcha chora
-
tadbirlarni to‘l
iq hajmda majburiy amalga oshirish zarurligi
to‘g‘risida xabardorlikni rivojlantirish kerak. Talabalarni mehnat muhofazasiga o‘rgatish
jarayonini, eng avvalo, innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali sifat jihatidan
yaxshilash mumkin.
Zamonaviy
sharoitda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitishda
innovatsiyalarning ahamiyati keskin ortib bormoqda. Buning sababi shundaki, ko‘plab
korxonalar, ularda qo‘llanilayotgan asbob
-uskunalar, texnologiyalar, tashkiliy tuzilmalar
doimiy ravishda rekonstruksiya qilinmoqda, qayta tashkil etilmoqda va yangilanmoqda.
Xodimlarda mehnatni muhofaza qilish normalari va qoidalariga rioya qilish uchun
shaxsiy javobgarlik hissini singdirish alohida ahamiyatga ega. Bularning barchasi
talabalarga tayyor bilimlarni beris
hga emas, balki to‘plangan tajribani hisobga olgan
holda innovatsion kognitiv faoliyat uchun sharoit yaratishga asoslangan bo‘lishi kerak.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi bilimlarni rivojlantirish uchun mos bo‘lgan
interfaol usullarni va murakkab ishlab chiqarish muammolarini hal qilish uchun zarur
bo‘lgan yaxlit kasbiy ko‘nikmalar tizimini tanlash ta’limni isloh qilishning zamonaviy
tendentsiyalari asosida, mehnatni muhofaza qilishning xususiyatlarini hisobga olgan
holda amalga oshiriladi. “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” fanini o‘rganish
jarayonida amaliy darsda “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga
olish” mavzusini o‘rganishda qo‘llaniladigan “ish o‘yini” kabi innovatsion usul muhim rol
o‘ynaydi.
Ishbilarmonlik o‘yini shaklida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishda quyidagi vazifalar
qo‘yiladi:
• talabalarni faollashtirish;
• amaliy ko‘nikmalarni egallashi;
• bilimlarni tizimlashtirish;
• o‘quv materialining xilma
-xilligi;
• ishtirokchilar tomonidan ma’lumotlarni tezkor qayta ishlashni ta’minlash;
• talabalarning munozarali masalalarni hal qilish qobiliyatini aniqlash;
• ishtirokchilarning notiqlik mahoratini rivojlantirish;
•
o‘quv jarayonida olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘llashning aniq
namoyon bo‘lishi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
290
Xulosa qilib aytganda, yangi pedagogik texnologiyalar-
yaʼni,innovatsion
texnologiyalardan taʼlim jarayoniga foydalanish –
davr talabidir. O‘qituvchi ijodkor
bo‘lishi, yangi innovatsion texnologiyalarning xilma
-xil shakllarini, usullarini yaratib
borishi, ular
ni taʼlim jarayonida qo‘llab borishi zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO
‘
YXATI:
1.
Ibragimova G.N. Interfaol o‘o‘qitish metodlari va texnologiyalari talabalarning kreativlik
qobiliyatlapini rivojlantirish. I Monografiya. - T
.: «
Fan va texnologiyalar
», 2016.
-77-b.
2.
Современные технологии обучения в профессиональном образовании А.Ф. Щепотин,
В.Д. Федоров –
М.: НПЦ «Профессионал –
Ф», 2005.
-
40 с.
3. Didactic Content of Constructively-Projective Function of Students Learning: the
Extrapolation in Information Technology / R.A. Kutuev, E.N. Nurieva, T.R. Safiullina, N.I.
Kryukova, N.P. Tagirova, G.V. Karpenko // International Journal of Environmental and Science
Education. Т. 11. № 18, 2016.
-
С. 11969
-11977.
4.
Nasiba Baxriddinova. “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” fanidan dars jarayonida
innovatsion texnologiyalardan foydalanish.”Taʼlim, fan va innovatsiya” jurnali 2023
-yil 6-son
5.
Бахриддинова Н. М., Савриева И. Б. Контроль и реализация действий как элемент
саморазвития учащихся......
. ISSN 2072-
0297 «Молодой
ученный» научный
журнал
10(90)-
2015
6. Bakhriddinova N.M. Psychology and Economic Aspects of Life Safety. International Journal of
Academic and Applied Research (IJAAR), Vol. 4, Issue 7, July - 2020, Pages: 32-37
7. Baxriddinova N.M., Zaripova M.Dj. PROTECTION OF PRODUCTION SHUMA I VIBRATION
European Scholar Journal (ESJ) Available Online at: https://www.scholarzest.com Vol. 2 No. 5,
MAY 2021, ISSN: 2660-5562
8. Bahriddinova Nasiba Muradovna. THE IMPACT OF VIBRATION ON THE HUMAN BODY,
ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, ISSN: 2249-7137 Vol. 11,
Issue 10, October 2021
9. N. M. Bakhriddinova. Harmful Production Factors and Safety Regulations in the Food Industry.
The Peerian Journal,Open Access | Peer ReviewedVolume 6, May, 2022. ISSN (E): 2788-0303,
Website: www.peerianjournal.com Email:
10. N. M. Bakhriddinova. Industrial Dust and Its Effects on the Human Body. The Peerian Journal,
Open Access | Peer ReviewedVolume 6, May, 2022. ISSN (E): 2788-0303, Website:
www.peerianjournal.com Email:
11. N. M. Bakhriddinova HARMFUL FACTORS IN PRODUCTION PROCESSES AND MEASURES
FOR PROTECTION AGAINST THEM International Journal of Education, Social Science &
Humanities. Finland Academic Research Science Publishers ISSN: 2945-4492 Volume-11| Issue-
11| Published: |22-11-2023| https://doi.org/10.5281/zenodo.10156060
12. N. M. Bakhriddinova OCCUPATIONAL DISEASES IN OIL PROCESSING International Journal
of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers ISSN:
2945-4492 Volume-11| Issue-11| Published: |22-11-2023
13.
Бахриддинова
Н
.
М.” Профессионально
-
ориентированный подход к обучению
общепрофессиональным дисциплинам в технических вузах “Педагогические чтения,
посвященные памяти профессора С.И.Злобина ,Перм
-2015
