Авторы

  • Манзурахон Юнусова
    Доктор философских наук (DSc), доцент, Андижанский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss6-pp39-45

Ключевые слова:

Независимый Узбекистан соседство процессы управления современные проблемы трансформация соседства развитие цифровизация

Аннотация

На новом этапе развития независимого Узбекистана трансформация микрорайонов стала происходить ускоренными темпами. Выполнение задач, связанных с их развитием, выявило необходимость активизации участия микрорайонов в решении современных проблем. Особое внимание уделено процессам управления в системе микрорайонов, а вопросы цифровизации анализируются на основе научной литературы.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Digitalization of administrative processes in the makhalla
system in Uzbekistan

Manzurakhon YUNUSOVA

1


Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2024

Received in revised form

15 November 2024
Accepted 15 December 2024

Available online

25 January 2025

In the article, it is highlighted that at a new stage in the

development of independent Uzbekistan, the transformation of

micro-districts has been accelerated. Over the years, as tasks

related to micro-districts have evolved, the need for expanding

their role in addressing modern challenges has become
apparent. The article examines management processes within

the micro-district system and explores issues of digitalization

through the lens of scientific literature.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-

iss6-pp

39-45

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Independent Uzbekistan,

neighborhood,

management processes,
modern problems,

neighborhood
transformation,
development,

digitalization.

O‘zbekistonda mahalla tizimidagi boshqaruv jaray

onlarini

raqamlashtirish

ANNOTATSIYA

Kalit

so‘zlar

:

Mustaqil O‘zbekiston,

mahalla,

boshqaruv jarayonlari,
zamonaviy muammolar,
mahalla transformatsiyasi,

taraqqiyot,

raqamlashtirish.

Maqolada Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining yangi

bosqichida mahalla transformatsiyasi tezlashtirilgan sur’atlar
bilan amalga oshirila boshlangani, ko‘p yillar davomida

mahallaga tegishli vazifalarni bajarish bilan birga, uning

zamonaviy muammolarni hal etishdagi ishtirokini kengaytirish

zarurati paydo bo‘lganligi, mahalla tizimidagi boshqaruv

jarayonlarini raqamlashtirish masalalari ilmiy adabiyotlar

yordamida tahlil qilingan.

1

Doctor of Sciences in Philosophy (DSc), Associate Professor, Andijan State University.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

40

Цифровизация административных процессов в системе

махалля в Узбекистане

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Независимый Узбекистан,
соседство,

процессы управления,

современные проблемы,
трансформация соседства,
развитие,

цифровизация.

На новом этапе развития независимого Узбекистана

трансформация

микрорайонов

стала

происходить

ускоренными темпами. Выполнение задач, связанных с их
развитием, выявило необходимость активизации участия

микрорайонов в решении современных проблем. Особое

внимание уделено процессам управления в системе

микрорайонов, а вопросы цифровизации анализируются на
основе научной литературы.

Mustaqillik yillarida O

zbekistonda mahalla tizimi o

ziga xos rivojlanish yo

lini

bosib o

tdi. 1991-2016-yillarda mahallaning sovet modeli butunlay yangilandi, uning

vakolatlari kengaytirildi. "Mahalla" qo

llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish jamg

armasi

sifatida o

ziga xos tizim shakllandi. Shu maqsadda mahallalarning mamlakat ijtimoiy

hayotidagi o

rni mustahkamlandi va fuqarolar mahallani to

laqonli davlat ijtimoiy

tashkiloti sifatida tan ola boshladi.

Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida

mahalla transformatsiyasi tezlashtirilgan sur’atlar bilan amalga oshirila boshlandi.
Chunki, ko‘p yillar davomida

mahallaga tegishli vazifalarni bajarish bilan birga, uning

zamonaviy muammolarni hal etishdagi ishtirokini kengaytirish zarurati paydo bo‘ldi.

Mahalla institutini qayta qurish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlandi va u bu boradagi ko‘plab g‘oyalarning muallifi
hisoblanadi. Shavkat Mirziyoyev xalq tinchligini va farovonligini ta’minlashda

mahallaning noyob imkoniyatlaridan foydalanish, buning uchun mahalla instituti

salohiyatini yanada oshirish zarurligiga alohida e’tibor qaratmoqda.

O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida o‘zini o‘zi boshqarish faoliyatida

yangi davr boshlandi. Ushbu tizimni isloh qilmasdan, davlat va jamiyat boshqaruvining
yangi ijtimoiy-

madaniy texnologiyalari samaradorligi ko‘zga tashlana olmaydi. Ta’kidlash

joizki, "O‘zbekistonda mahalla

-

bu ma’muriy

-

hududiy birlik; xalqimizning an’ana va

qadriyatlariga xos bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish usulidir”. [1]

Bugungi kunda mahalla jamiyat va davlat boshqaruvining muhim instituti sifatida

faoliyat yuritmoqda. Munitsipal hokimiyat, jamoatchilik tashabbuslari va jamoatchilik

nazorati unsurlarini o‘zida mujassam etgan ushbu tuzilma Yangi O‘zbekiston ijtimoiy
taraqqiyotining o‘sish nuqtasi bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zini o‘zi boshqarish organlariga
yangi vazifalar yuklatildi, ularning aholi muammolarini hal etish, bandlikni ta’minlash,

ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashdagi ishtirokini kuch

aytirish choralari ko‘rilmoqda.

Bularning barchasi ijtimoiy boshqaruv tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu jarayonni

falsafiy tahlil qilish, amalga oshirilayotgan islohotlarning ilmiy asoslarini ishlab chiqish,
ularni ijro hokimiyati organlariga taqdim etish muhim amaliy vazifalardan sanaladi.
Chunki ijtimoiy boshqaruv va jamoatchilik nazorati vazifalari yangi sharoitda yangicha
mazmun va mohiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida mahallaning o‘rni haqida O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev haqli ravishda ta’kidlaganidek: "...bugungi

kunda mahalla katta ijtimoiy kuch sifatida maydonga chiqishi kerak. Chunki faollar,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

41

tajribali oqsoqollar, ko‘pni ko‘rgan keksalar istasa, jamoatchilik bilan birga har qanday

muammoni

hal qilishga, adashgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga solishga qodir”. [2]

O‘zbekistonda mahalla instituti orqali jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning

huquqiy

mexanizmlari

kuchaytirildi.

Xususan,

O‘zbekiston

Respublikasi

Konstitutsiyasining 32-moddasiga

muvofiq, "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jamiyat

va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish
huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va

davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek, davlat organlari faoliyati
ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish orqali amalga
oshiriladi.

Davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining tartibi qonun bilan

belgilanadi." [3]

Isl

ohotlarning asosiy jihatlaridan biri mahalla qo‘mitalarining davlat va aholi

o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in sifatidagi rolini mustahkamlash bo‘ldi. Mahallalar ijtimoiy
qo‘llab

-

quvvatlashning muhim vositasi bo‘lib, ularning vazifalari yangi vakolatlar tufay

li

kengaydi. Islohotlar mahallalarning aholi muammolarini hal qilishda faolroq ishtirok
etishiga qaratilgan, jumladan:

• kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash;

• aholini ish bilan ta’minlash va kichik biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish;

• yoshlarni qo‘llab

-quvvatlash va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash;

• huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat tartibini saqlashda ishtirok etish.

Mahallalardagi jarayonlarni raqamlashtirish islohotlarning muhim qismi bo‘ldi.

M

ahallalarning hokimiyat organlari va aholi bilan o‘zaro hamkorligini takomillashtirish

imkonini beruvchi axborot tizimlari ishlab chiqilib, joriy etilmoqda. Natijada, ijtimoiy

nafaqalar, ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlar uchun ariza berish tartibi

soddalashtirildi. Elektron tizimlarning joriy etilishi byurokratik yukni kamaytirish va

mahalla qo‘mitalari faoliyatining shaffofligini oshirish imkonini bermoqda.

Mahalla organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston

hukumati kadrlarni o‘qitish va tayyorlashga alohida e’tibor qaratdi. Mahalla raislari va
mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarida ishlovchi boshqa xodimlar uchun malaka
oshirish dasturlarining yaratilishi islohotlarning muhim jihati bo‘ldi. Bu boshqaruvni

takomillashtirish, xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish va natijada aholiga xizmat

ko‘rsatish sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

O‘zbekistonda mahalla tizimi islohotlari ushbu muhim institut faoliyatining

samaradorligini oshirish, uning jamiyat hayotidagi va aholini ij

timoiy qo‘llab

-

quvvatlashdagi rolini kuchaytirish maqsadini ko‘zlamoqda. Raqamlashtirish, moliyaviy

mustaqillik, kadrlar salohiyatini oshirish va huquqni muhofaza qilish organlari bilan

o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash mahallalarni zamonaviylashtirib, zamo

n talablariga

javob berishga qodir qilmoqda. Bu o‘zgarishlar pirovard natijada fuqarolarning turmush

darajasini yuksaltirish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgandir.

O‘zini o‘zi boshqarish organlari, ayniqsa mahallaning maqomini oshirish o

rqali,

birinchidan, xalqimizning azaliy an’ana va qadriyatlarini mustahkamlaymiz va

rivojlantiramiz. Ikkinchidan, davlat (viloyat, tuman, shahar hokimlari) vakolatlarini
bosqichma-

bosqich o‘zini o‘zi boshqarish organlari

-

mahallalarga o‘tkazish orqali

jamiyatni demokratlashtirish va zamonaviylashtirishga imkoniyatlar yaratilmoqda.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

42

Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ijtimoiy salohiyatini rivojlantirish,

mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni raqamlashtirish orqali
"ijtimoiy ma

halla" tizimini yaratish va uni milliy tizimga joriy etish masalalari bo‘yicha

xorijiy tajribani o‘rganish muhim vazifa hisoblanadi. Finlyandiyada mahalliy o‘zini o‘zi

boshqarish organlarining ijtimoiy salohiyatini mustahkamlash, fuqarolar bilan
munosabatlarni raqamlashtirish, fuqarolik tashabbuslarini taqdim etish maqsadida
onlayn platforma yaratilgan."[4]

undefined Raqamli qo‘llab

-quvvatlash elektron xizmatlar va qurilmalar uchun

taqdim etiladigan yordam bo‘lib, masofaviy qo‘llab

-

quvvatlash, o‘qitish, mas

alan, onlayn

treninglar, kurslarni o‘z ichiga oladi. Munitsipalitetlar, kutubxonalar va barcha davlat
organlari yoki idoralari tomonidan taqdim etiladigan raqamli xizmatlar bo‘yicha
yo‘riqnomalar doimo bepul. Belorussiyaning 2021

-2025-

yillarga mo‘ljallanga

n raqamli

rivojlanish davlat dasturining beshinchi yo‘nalishi

- davlat boshqaruvini raqamlashtirish

bo‘lib, buning natijasida bir

-

biri bilan avtomatlashtirilgan tarzda o‘zaro aloqada bo‘lgan

davlat raqamli platformalari asosida qurilgan davlat raqamli axborot ekotizimini
shakllantirish imkoniyati yaratiladi. "Aqlli shahar" loyihasini amalga oshirish natijasida

shahar ekotizimini aqlli boshqarish ko‘zda tutilgan. Belarus Respublikasida amalga
oshirilayotgan raqamlashtirish siyosati O‘zbekistonda amalga oshir

ilayotgan "Raqamli

O‘zbekiston

-

2030" dasturiga o‘xshashligini ko‘rish mumkin.[5]

O‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini ta’minlashda ijtimoiy

-

madaniy texnologiyaning yana bir shakli sifatida "Ijtimoiy mahalla" loyihasini keltirish
mum

kin. Unga ko‘ra, mahallalarda "oila ketidan oila" tamoyili asosida ishlash tizimi joriy

etiladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallalarda
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish

tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin

-qizlarni kasb-

hunarga o‘qitish borasidagi

ishlarni yanada faollashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilinib, unda

mahallalardagi muammolarni hal etish bo‘yicha qator loyihalar taklif etildi.

[6]

Raqamlashtirish yoki boshqaruvda raqamli texnologiyalardan foydalanishga o‘tish

O‘zbekistonda mahalla tizimini isloh qilishning asosiy qismiga aylandi. U mahalliy o‘zini
o‘zi boshqarish organlari ishini zamonaviylashtirishga, ularning shaffofligi va

sa

maradorligini oshirishga qaratilgan. Bu, ayniqsa, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga va

aholi bilan o‘zaro munosabatlarga bo‘lgan talablarning o‘sishi sharoitida muhim

ahamiyatga ega.

Mahallalarda boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish bir nechta asosiy

maqsadlarni ko‘zlaydi:

• Samaradorlikni oshirish: raqamli texnologiyalar ma’muriy jarayonlarni

optimallashtirish, hujjatlarni qayta ishlash va qaror qabul qilish vaqtini qisqartirish
imkonini beradi.

• Shaffoflik: raqamli platformalardan foydalanish korrupsiya va suiiste’mollik

xavfini kamaytiradi, chunki barcha jarayonlar qayd etiladi va nazorat qilinadi.

• Qulaylik: raqamli xizmatlar aholining mahalla xizmatlaridan foydalanishini

osonlashtiradi, ariza topshirish va hujjatlarni olish uchun shaxsan kelish zaruratini
bartaraf etadi.

• Bürokratik yukni kamaytirish: kundalik operatsiyalarni avtomatlashtirish qog‘oz

hujjatlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi va mahalla qo‘mitalari xodimlariga tushayotgan

yukni yengillashtiradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

43

Raqamlashtirishning eng muhim elementlaridan biri - mahallalarni

boshqarishning yagona axborot tizimini joriy etishdir. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

• Ijtimoiy, demografik va iqtisodiy ko‘rsatkichlar qayd etiladigan mahalla

aholisining elektron ma’lumotlar bazalari.

• Ijtimoiy to‘lovla

r va imtiyozlarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari,

bu hisob-

kitoblarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirilishini kuzatish imkonini beradi.

• Aholiga ijtimoiy yordam masalalari bo‘yicha mahalla qo‘mitalariga masofadan

turib murojaat qili

sh, ma’lumotnomalar va boshqa xizmatlarni olish imkonini beruvchi

elektron ariza berish platformalari.

• Mahalla raislari va boshqa xodimlar vazifalar bajarilishi va ijtimoiy dasturlarning

amalga oshirilishi ustidan tezkor nazoratni olib borishi mumkin bo‘

lgan onlayn hisobot

tizimlari.

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida raqamlashtirish doirasida mahalla

aholisiga zarur xizmatlarni internet orqali olish imkonini beruvchi mobil ilovalar va
onlayn xizmatlar ishlab chiqilgan. Bu xizmatlar yordamida quyidagilarni amalga oshirish
mumkin:

• Ijtimoiy yordam, subsidiyalar yoki boshqa turdagi yordam olish uchun ariza

berish.

• Oila tarkibi, yashash joyi va boshqa hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rash.

• O‘z murojaatlarining holatini kuzatib borish va hujjatlarning tayyorligi haqida

xabarlar olish.

• Taklif va shikoyatlar bilan to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri mahalla qo‘mitasiga murojaat qilish.

Yangiliklardan biri "Mahallaning elektron pasporti" tizimi bo‘lib, u mahalla

haqidagi barcha ma’lumotlarni, shu jumladan aholi, ijtimoiy obyektlar, infratuzi

lma,

ishsizlik darajasi va boshqa ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu

davlat va mahalliy hokimiyat organlariga muammolarga tezkor javob berish va aniq

ma’lumotlar asosida hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish imkonini berad

i.

Mahalla qo‘mitalari "Elektron hukumat" kabi boshqa milliy raqamli platformalar

bilan integratsiya qilinmoqda, bu esa fuqarolarga elektron shaklda yanada keng ko‘lamli

xizmatlardan foydalanish imkonini beradi. Bunga quyidagilar kiradi:

• Davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tish;

• Ijtimoiy ta’minot ma’lumotlar bazalaridan foydalanish;

• Taqdim etilayotgan imtiyozlar va qo‘llab

-

quvvatlash dasturlari haqida ma’lumot

olish imkoniyati.

Ta’kidlash joizki, ijtimoiy muammolarning aksariyati mahallada namoyon bo‘ladi

va ularni hal etishda mahalla faollariga katta mas’uliyat yuklanadi. Shu bois, mahalla raisi

mavjud muammolarni tahlil qilar ekan, avvalo, ularning eng umumiy va dolzarblariga

e’tibor qaratishi lozim.

Mahallada ijtimoiy boshqaruvning yana bir bosqichi eng muhim muammolarni

aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha qarorlar qabul qilishdir. Bunda qaror qabul
qilish faqat yuridik jihatgagina ega emas. Ya’ni, nafaqat o‘zini o‘zi boshqarish organlari

kengashi qarorlari, balki faollarning muammoni hal qilishga qaratilgan har qanday

harakatni boshlash uchun o‘zaro kelishib olishi ham nazarda tutiladi. Masalan, kuz

-qish

mavsumida aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlashdagi uzilishlarni bartaraf etish

uchun tegishli mansabdor shaxslarga murojaatlar yuborish yoki ularni mahallaga taklif
etib, jamoatchilik eshituvlarini tashkil qilish mumkin. Shuningdek, mahalla faollarini


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

44

safarbar etish, yig‘ilish o‘tkazish va ishni boshlashni bevosita qaror qabul qilish bosqichi
sifatida ko‘rish mumkin. Ijtimoiy boshqar

uv jarayonida qarorlar qabul qilishning asosiy

xususiyatlari qanday bo‘lishi kerak? Ijtimoiy boshqaruv jarayonida qabul qilinadigan
ba’zi qarorlar majburiy xususiyatga ega emas. Masalan, mahallani obodonlashtirish va
ko‘kalamzorlashtirish, milliy va diniy

bayramlarni nishonlash, mahalla uchun ijtimoiy

ahamiyatga ega bo‘lgan bino va inshootlarni ta’mirlash kabi masalalar bo‘yicha qabul
qilinayotgan qarorlar asosan tavsiya xususiyatiga ega. Ba’zi hollarda bu qarorlarni
bajarish imkonsiz bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy yoki jismoniy holat tufayli to‘plangan
pullarni to‘liq kiritish va ommaviy hasharlarda qatnashish imkoniyati bo‘lmagan holatlar

uchraydi. Shuning uchun qaror qabul qilishda uni bajarish imkoniyatlarini ham hisobga
olish zarur. Inson va moddiy resursla

rning cheklanganligi qaror qabul qilishga ta’sir

etuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Mahallada kafolatlangan byudjet va keng

ko‘lamli ishlarni amalga oshirish uchun ko‘p sonli malakali xodimlar mavjud emas.

Shuning uchun mahallada olib borilayotgan

ishlarda bu masalalarni e’tibordan chetda

qoldirmaslik kerak. Eng muhimi, mahallada qabul qilingan oqilona va adolatli qaror qisqa
vaqt ichida har bir mahalla fuqarosi hayotiga kirib boradi va bu qarorni qabul qilishda

ma’lum bir afzalliklarni yaratishi mu

mkin.[7]

Raqamlashtirish dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kadrlar

tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Mahalla raislari va boshqa xodimlar kundalik

faoliyatida yangi texnologiyalardan samarali foydalanishlari uchun kurs va treninglar
tashkil etilmoqda. Shuningdek, yangi sharoitga moslashishga yordam beradigan

yo‘riqnomalar va uslubiy materiallar ishlab chiqilmoqda.

Aholi uchun raqamlashtirishning afzalliklari:

• Vaqtni tejash: endi mahalla qo‘mitalariga tashrif buyurish uchun vaqt sarflash

shart emas - aksariyat masalalarni onlayn hal qilish mumkin.

• Shaffoflik: barcha jarayonlar avtomatlashtirilgan, bu noqonuniy harakatlar yoki

xizmat ko‘rsatishda kechikishlar xavfini kamaytiradi.

• Qulaylik: aholi raqamli vositalardan foydalangan holda i

stalgan vaqtda yordam

so‘rab murojaat qilishi va xizmatlardan foydalanishi mumkin.

O‘zbekistonda mahalla tizimini raqamlashtirish mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish

organlarini modernizatsiya qilish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Bu nafaqat boshqaruv

jarayonin

i yengillashtirdi va shaffoflikni oshirdi, balki mahalla qo‘mitalarining aholi bilan

hamkorligini ham yaxshiladi. Raqamli texnologiyalarni joriy etish mahalla ishini yanada

samarali va aholi ehtiyojlariga yo‘naltirilgan qilmoqda, bu esa hududlarni ijtimoiy

qo‘llab

-

quvvatlash va rivojlantirish davlat dasturlarini amalga oshirishda asosiy omil
hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. –Тошкент: Давлат илмий нашриёти,

2003.

Б 548.

2.

Маҳалла

-

тинчлик ва осойишталик, ободлик ва фаровонлик марказига

айланади. “// Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев
раислигида 12 февраль куни маҳалла тизимини такомиллаштириш,
маҳаллаларда тинчлик

-

осойишталикни мустаҳкамлаш, жиноятчиликнинг

олдини олиш масалаларига бағишланган видеоселектор йиғилиши // Халқ
сўзи. 13 февраль. № 32.

-

Тошкент, 2020.

3.

https://constitution.uz/uz/clause/index - O

zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

45

4.

https://www.kansalaisaloite.fi/fi

5.

Холиқова М. Ашуров А. “Ижтимоий маҳалла” контекстида маҳаллий
бошқарувнинг ижтимоий салоҳиятини кучайтириш, фуқаролар билан
муносабатларни

рақамлаштиришнинг

самарали

услублари//

https://api.moiti.uz/media/book/% 80%D0%B8%D1%88_%D0%9C%D0%9A.pdf

6.

Юлдашев С. Ў. Ўзбекистонда жамият трансформациялашуви: ижтимоий

-

маданий технологиялар ва стратегик дастурлаш. Фалсафа фанлари
доктори(

DSc

) диссертацияси автореферати. –

Наманган. 2024 й.

7.

Юнусова М.П. Ўзбекистонда маҳалла тизими трансформациясининг ижтимоий

-

фалсафий таҳлили. Фалсафа фанлари доктори (DSc) диссертацияси
Автореферати. –

Андижон. 2023.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. –Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2003. – Б 548.

Маҳалла-тинчлик ва осойишталик, ободлик ва фаровонлик марказига айланади. “// Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида 12 февраль куни маҳалла тизимини такомиллаштириш, маҳаллаларда тинчлик-осойишталикни мустаҳкамлаш, жиноятчиликнинг олдини олиш масалаларига бағишланган видеоселектор йиғилиши // Халқ сўзи. 13 февраль. № 32.- Тошкент, 2020.

https://constitution.uz/uz/clause/index - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

Холиқова М. Ашуров А. “Ижтимоий маҳалла” контекстида маҳаллий бошқарувнинг ижтимоий салоҳиятини кучайтириш, фуқаролар билан муносабатларни рақамлаштиришнинг самарали услублари// https://api.moiti.uz/media/book/% 80%D0%B8%D1%88_%D0%9C%D0%9A.pdf

Юлдашев С. Ў. Ўзбекистонда жамият трансформациялашуви: ижтимоий-маданий технологиялар ва стратегик дастурлаш. Фалсафа фанлари доктори(DSc) диссертацияси автореферати. – Наманган. 2024 й.

Юнусова М.П. Ўзбекистонда маҳалла тизими трансформациясининг ижтимоий-фалсафий таҳлили. Фалсафа фанлари доктори (DSc) диссертацияси Автореферати. – Андижон. 2023.