Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Uzbekistan: on the path of the supremacy of the
Constitution and law
Shakhbozbek KHASANBOYEV
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
15 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
25 December 2024
The article examines the crucial role of upholding the
supremacy of the Constitution and the rule of law in the ongoing
reforms within our country. It highlights how this contributes to
the deepening of socio-political life in society and enhances the
nation's prestige and image on the international stage.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss11/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Constitution,
supremacy of the law,
stability,
international rankings,
reforms,
rule of law,
corruption,
justice,
state bodies,
public control.
O‘zbekiston: Konstitutsiya va qonun ustuvorligi yo‘lida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Konstitutsiya,
Qonun ustuvorligi,
Barqarorlik,
Xalqaro reytinglar,
Islohotlar,
Huquq ustuvorligi,
Korrupsiya,
Adolat,
Davlat organlari,
Jamoatchilik nazorati.
Maqolada yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar
jarayonida Konstitutsiya va qonun ustuvorligining ta’minlanishi
jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotini yanada chuqurlashtirish,
xalqaro maydonda davlatning nufuzi va imijini yaxshilashda
muhim rol o‘ynayotganligi haqida so‘z boradi.
1
PhD Student, Tashkent State University of Law. E-mail: shaxbozxasanboyev09@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
76
Узбекистан: на пути превосходства Конституции и
закона
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Конституция,
Превосходство закона,
Стабильность,
Международные
рейтинги,
Реформы,
Превосходство права,
Коррупция,
Справедливость,
Государственные органы,
Общественный контроль.
В статье подчеркивается, что в ходе проводимых реформ
в нашей стране обеспечение верховенства Конституции и
закона играет ключевую роль. Это способствует
углублению социально
-
политической жизни общества и
повышению престижа государства, а также укреплению его
имиджа на международной арене.
Konstitutsiya va qonun
ustuvorligini ta’minlash orqali mamlakatda barqarorlik
ta’minlanadi bu orqali mamlakatda qonunlar barcha uchun ishlashi ta’minlanadi.
Shu bilan birga, fuqarolarning davlatga b
o‘
lgan ishonchi ortishiga, mamlakatning xalqaro
maydonda ham nufuzi ortishiga bu orqali davlatning xalqaro ijobiy imidji yaxshilanishiga
erishiladi. Bundan tashqari davlatga investitsiya oqimi kirib kelishi ham yaxshilanadi.
Mamlakatimizning xalqaro imidjini yaxshilash hamda xalqaro reytinglardagi
o‘
rnini
yaxshilash borasida ham bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Xususan, qonun ustuvorligini ta’minlash borasida ham o‘
tkazilgan islohotlatlar
natijasida bir qator reytinglarda
Oʻzbekistonning o‘
rni sezilarli yaxshilandi. Bundan
tashqari
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi qarori bilan
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash
chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida boshqaruv sifati va siyosatning samaradorligini
oʻlchash, mamlakatda yuz berayotgan oʻzgarishlar jarayonini baholash, tadqiqotlar
natijalaridan kelib chiqqan holda islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga
yordam beruvchi ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari Milliy
monitoring tizimining tarkibiy qismi etib belgilandi, loyihalar va amaldagi normativ-
huquqiy hujjatlarni mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yuksaltirishga
toʻsqinlik qilayotgan normalarni aniqlash nuqtai nazaridan ekspert tahlil qilish hamda
tahlil natijalariga koʻra tegishli
tavsiyalar ishlab chiqish belgilandi.
Mazkur jarayonda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash alohida ahamiyat
kasb etib, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni yanada chuqurlashuviga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng is
lohotlar natijasida Oʻzbekiston Respublikasi bir
qator nufuzli xalqaro reytinglarda yuqori natijalarga erishib kelmoqda.
Jumladan, World Justice Project loyihasi doirasida yillik huquq ustuvorligi
hisobotlarini berib boruvchi World Justice Project Rule of Law Index boʻyicha
Oʻzbekistonning oʻrni yildan yilga yaxshilanib bormoqda. Ushbu indeks 8 omil va
44 pastki omillar orqali natijani hisoblaydi. Ular quyidagilar:
–
Davlat vakolatlaridagi cheklashlar;
–
Korrupsiya yoʻqligi
;
–
Ochiq hukumat;
–
Asosiy huquqlar;
–
Tartib va xavfsizlik;
–
Normativ tartibot;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
77
–
Fuqarolik odillik;
–
Jinoiy odillik;
–
Jinoiy odillik.
Oʻzbekiston ushbu reytingda 2016
-yil 113 davlat ichida 93-
oʻrinni egallagan boʻlsa,
ushbu koʻrsatkich 2024
-yilga kelib 142 davlat ichida 83-
oʻrinda qayt qilindi. Bu mamlakatda
amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning natijasi hisoblanadi. Shu bilan birga
qonun ustuvorligi bo‘yicha bir qancha yutuqlarga erishganimizdan dalolat beradi.
Konstitutsiyaning ustunligi uning barcha normativ-huquqiy hujjatlardan ustunligi
hamda barcha qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning faqat Konstitutsiya
asosida qabul qilinishini anglatadi. Barcha davlat organlari va tashkilotlari
o‘
zlari qabul
qilayotgan hujjatlar konsitutsiya va qonunga muvofiq qabul qilinishi bilan birga
Konstitutsiyaning 15-
moddasida belgilanganidek “Davlat va uning organlari, boshqa
tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar”
ya’ni barcha davlat organlari hamda
tashkilotlar, mansabdor shaxslar
o‘
z faoliyati ham Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq
kelish majburiyati yuklatilgan. Bu davlat organlari hamda tashkilotlarning
o‘
z hokimiyat
vakolatlarini suiste’mol qilishini oldini oladi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar jarayoni qonunchilik
tizimida ham
o‘
z aksini topmoqda Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil
18-
noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi nutqida
ta’kidlab o‘tganidek: “Quyi palata tomonidan 130 dan ortiq yangi va yaxlit qonunlar qabul
qilindi. Bu
–
oldingi davrga nisbatan 1,5 k
arra koʻp.
Bularning barchasi yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni mustahkamlash
va yanada jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi, desak, adolatdan boʻladi”.
Ushbu qonunchilikdagi k
o‘
plab
o‘
zgarishlar vaqtida Konstitutsiya va qonun
ustunligi muhim hisoblanadi. Chunki, qonun qabul qilish bir jarayon hisoblansa ularni
amalda q
o‘
llash boshqa jarayondir. Qonunchilikdagi
o‘
zgarishlar qonun ustuvorli
ta’minlanmasa, amaliyotga joriy qilinmasdan qolib ketishi mumkin. Bu esa islohotlar xalq
manfaatiga
xizmat qilmay qolishiga olib keladi. Sohibqiron Amir Te’mur ta’kidlaganidek:
“Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo‘ladi”.
Konstitutsiya va qonun ustuvorligi konstitutsiyaning asosiy prinsipi sifatida
koʻrsatilgan boʻlib unga rioya qilinish
i zarur. Zero, Prezident Sh.M. Mirziyoyev
ta’kidlaganidek: “Konstitutsiya va qonun ustuvorligi hamda qonuniylik tamoyillarining
soʻzsiz taʼminlanishi inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning muhim kafolatidir”
Yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning muvaffaqiyati, tinchlik va
taraqqiyotning mustahkam asosi Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlashga
bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun, barcha sohalar va tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan
fuqarolar, ayniqsa rahbar xodimlar, Konstitutsiya va qonunlarni chuqur bilib, ularning
ijrosini samarali tarzda tashkil etish, hamda jamiyatning barcha a’zolari bu qonunlarga
qat’iyan rioya qiladigan muhitni yaratish bugungi kunda juda muhim va dolzarb
vazi
faga aylanganligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 13-dekabrdagi
PQ
–
4551-
son qarorida ham ta’kidlandi. Shu bilan birga ushbu qarorda bir qator vazifar
belgilandi xususan, Konstitutsiya va qonun ustuvorligini, davlat organlari qarorlari,
mansabdor shaxslarning xatti-
harakatlari qonunlarga to‘liq muvofiq bo‘lishini ta’minlash,
qonunlar ijrosini samarali tashkil etish,
Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda davlat idoralari faoliyatini
jamoatchilik nazorati bilan boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, mustaqil va
obyektiv ommaviy axborot vositalarini qo‘llab
-quvvatlash, shuningdek, fuqarolik jamiyati
institutlarini yanada rivojlantirish,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
78
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yangi bosqichga ko‘tarish, huquqiy
axborotni zamonaviy usullar bilan keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, har bir
fuqaro va mansabdor shaxsda Konstitutsiya va qonunlarga hurmatni shakllantirish,
Adolatli sudlov tizimini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining obro‘sini
oshirish va uning haqi
qiy mustaqilligini ta’minlash,
Davlat va jamiyat boshqaruvida, shuningdek, davlat organlarining kundalik
faoliyatida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini yanada kuchaytirish, huquqni muhofaza
qiluvchi organlarni xalqning manfaatlarini himoya qiladigan tashkilotlarga aylantirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023
-yil 8-maydagi PF
–
67-son
Farmonida ham “davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari yangi tahrirdagi
Konstitutsiyani amalga oshirish bo‘yicha chora
-
tadbirlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash
uchun shaxsan javobgar” ekanligi belgilab qo‘
yildi. Bu esa, raxbarlarga Konstitutsiya
ustuvorligini
o‘
zlari chiqarayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda hamda
o‘
z ish
faoliyatida ta’minlashda majburiyat yuklaydi. Shu bilan birga ushbu qaro
rda yangi
tahrirdagi Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega ekanligidan kelib chiqib, davlat organlari
va tashkilotlari, shu jumladan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri va so‘zsiz qo‘llanishi belgilandi. Bu orqali qonu
n hamda qonun osti
hujjatlariga
o‘
zgartish va q
o‘
shimchalar kiritilmagan vaj bilan Konstitutsiya normalariga
amal qilmaslik holatlarini oldi olindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 2023
-yil
23-iyundagi 16-son Plenum qarorida ham Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga egaligi
haqidagi qoida uning normalari barcha qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan
ustun turishi, Konstitutsiya normalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi oliy yuridik
kuchga ega normativ-
huquqiy asos sifatida qo‘llashi qayd etild
i.
Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlashda nafaqat normativ
-huquqiy
hujjatlarni yangilash balki ularni amalga oshirish bu borada ta’sirchan jamoatchilik
nazoratini k
o‘
magi ham zarur ahamiyatga ega. Chunki, ushbu Konstitutsiyaning asosiy
prinsipi
ni ta’minlashda jamoatchilik muhim ahamiyatga ega. Konstitutsiyaning
ustuvorligini ta’minlash, barcha normativ
-huquqiy hujjatlarning unga mos kelishini
nazarda tutib, fuqarolarda qonunlarga hurmat hissini shakllantirish jamiyatning
barqarorligini mustahkamlaydi.
Bularning barchasi Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlashni, davlat
organlarining faoliyatini ochiq va samarali boshqarishni, shuningdek, jamiyatda huquqiy
madaniyatni rivojlantirishni davom ettirish zarurligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, u
shbu
jarayonlar mamlakatimizning tinchlik, taraqqiyot va xalqaro maydondagi o‘rnini
mustahkamlashda davom etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2.
Mirziyoyev Sh.M., Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy
bahodir.
3.
Mirziyoyevning Sh.M., 2024-yil 18-
noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasidagi nutqi.
4.
Temur tuzuklari.
5.
Oʻzbekiston qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi www.lex.uz
