Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Study of society’s ideas about
loneliness
Nilufar TEMIROVA
1
Gulistan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
15 November 2024
Accepted 15 December 2024
Available online
25 January 2025
The relevance of this study stems from the fact that
loneliness is one of the most prevalent phenomena in modern
society. The study aimed to explore people's perceptions of
loneliness, examining its characteristics through targeted
research. To achieve this, a specific research methodology was
selected, and an empirical study was conducted to analyze
perceptions of loneliness among individuals living alone and
those experiencing loneliness within a family setting. The
method of content analysis and its key features were utilized.
Through the analysis of essays written by men and women, it
was discovered that while there were some differences in the
descriptions of loneliness, the responses from both groups were
largely similar. Furthermore, it was observed that women
generally hold a more positive attitude toward loneliness
compared to men. Additionally, attitudes toward loneliness
varied slightly across different age groups.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
research,
method,
content analysis,
alienating loneliness,
self-alienating loneliness,
men,
women.
Jamiyatning yolg’izlik haqidagi tasavvurlarini o’rganish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
tadqiqot,
usul,
kontent-tahlil,
begonalashtiruvchi
yolg’izlik,
o’zini
-
o’zi
begonalashtiradigan
yolg’izlik,
erkaklar,
ayollar.
Tadqiqotning dolzarbligi bugungi kunda yolg’izlik zamonaviy
jamiyatdagi eng keng tarqalgan hodisalardan biri ekanligi bilan
bog’liq. Tadqiqot maqsadiga asoslanib, odamlarning yolg’izlik
haqidagi tasavvurlarining xususiyatlari o’rganildi. Shu
munosabat bilan tadqiqot metodologiyasi tanlab olindi hamda
yolg’iz yashovchi odamlar va oilada yashovchi
yolg’iz
kishilarning yolg’izlik haqidagi tasavvurlarining empirik tadqiqi
o’tkazildi. Kontentni tahlil qilish usuli va uning asosiy
xususiyatlari ko’rib chiqildi. Erkaklar va ayollar yozgan
1
Candidate of Philosophical Sciences, Associate Professor, Gulistan State University.
E
-
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
103
insholarni mazmunan tahlil qilish natijasida har ikki guruh
resp
ondentlarining yolg’izlik xususiyatlariga oid javoblari har
xil bo’lsa
-da, bir-
biridan deyarli farq qilmasligi ma’lum bo’ldi.
Bunda, ayollar erkaklarnikiga nisbatan yolg’izlikka nisbatan
ijobiy munosabatda ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari,
yolg’izlikka bo’lgan munosabat turli yoshda bir oz farq qiladi.
Исследование представлений социума об одиночестве
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
исследование,
метод,
контент
-
анализ,
отчуждающее
одиночество,
самоотчуждающее
одиночество,
мужчины,
женщины.
Актуальность исследования определяется тем, что
одиночество стало одним из наиболее распространенных
явлений в современном обществе. В рамках исследования
изучались
особенности
восприятия
одиночества
различными
группами
людей.
Для
достижения
поставленной цели была разработана методика и
проведено эмпирическое исследование, охватывающее
одиноко проживающих людей и тех, кто чувствует себя
одиноким, находясь в семье. В работе подробно рассмотрен
метод контент
-
анализа и его основные характеристики. На
основе анализа сочинений, написанных мужчинами и
женщинами, было выявлено, что, несмотря на различия в
описаниях одиночества, ответы респондентов обеих групп
оказались схожими. Кроме того, установлено, что женщины
в целом относятся к одиночеству более позитивно, чем
мужчины. Также обнаружены различия в отношении к
одиночеству между представителями разных возрастных
групп.
KIRISH
Yolg’izlik –
insonning uzlatdaligini, boshqalardan ajralib qolganini, jamoadan
chetlashganini (o’zini
-
o’zi
chetlatganini) ifodalovchi holat, kechinma, shaxsiy hissiyot.
Bunday vaqtda shaxs ijtimoiy aloqa va munosabatlardan butunlay yoki qisman chetlashadi,
uning ichki dunyosida boshqalardan uzoqlashish yuz beradi. “Yolg’izlik” tushunchasi ko’p
ma’noli bo’lib, i
jtimoiy-falsafiy, ruhiy, sotsiologik ifodalarga ega. Psixologiya nuqtai
nazaridan yolg’izlik turli ruhiy holatlar (depressiya, ilojsiz qolishlik, izdan chiqqan xulq
-
atvor, to’laqonli emaslik) tufayli yuz beradi. Falsafiy ma’noda yolg’izlik ijtimoiy sababla
r
bilan ifodalanadi: begonalashish, ijtimoiy adolatsizlik oqibati inson dunyoqarashi va
jamiyat hayotining ziddiyatliligi natijasi sifatida namoyon bo’ladi. Yolg’iz kishi muayyan
“vaziyat qurboni”, ijtimoiy ajralganlik natijasi, shaxsiy egoizm va o’zini bo
shqalardan ustun
qo’yish sifatida ta’riflanishi ham mumkin. Yolg’izlik muammosining sotsiologik talqini ham
har xil. Yolg’iz kishi biror ijtimoiy guruh (oila, boshlang’ich jamoa, u yoki bu guruh)da
o’zaro aloqalarning susaygani, munosabatlar mazmuni o’zgar
gani va hokazo natijasi
sifatida talqin etilishi mumkin. Umuman, sotsiologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha,
yolg’izlik muammosida alohida shaxs va ijtimoiy guruhlar aloqasining biron
-bir shakldagi
tavsifi o’z aksini topadi. Insonning iste’dodi, qobiliyati
va imkoniyati hisobga olinmagan
yoki e’tirof etilmagan hollarda ba’zi kishilar ataylab yolg’iz bo’lishni xohlaydi (URL: Oyina).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
104
Yolg‘izlik fenomenini o‘rganish tarixida to‘rt davr ajratiladi: subyektiv tajriba sifatida
yolg‘izlik haqidagi parcha
-parcha fikrlar davri (1800-
yillarning boshlarigacha); yolg‘izlik
fenomenini o‘rganishning falsafiy asoslarining shakllanish davri (XIX
-asr boshlari - XX-
asrning 30-
yillari); yolg‘izlik psixologiyasi va sotsiologiyasi sohasidagi fundamental
tadqiqotlar davri (1938-1980); xususiy nazariyalar va amaliy ishlanmalar davri (1980
yildan hozirgi kungacha).
Yolg‘izlikni fan sohasi sifatida, birinchi navbatda, mahalliy psixologik va ijtimoiy
fanlar doirasida o‘rganishni kengaytirish va chuqurlashtirish tendensiyasini ta’kidla
b, biz
yolg‘izlik sotsiologiyasi ilmiy tadqiqotning alohida tarmog‘i sifatida o‘zining dastlabki
rivojlanish bosqichlarida ekanligini qayd etdik.
Yolg‘izlik haqidagi zamonaviy g‘oyalar va tasavvurlar nuqtai nazaridan, uni
o‘rganishning ikkita tendensiyasini ajratib ko‘rsatish mumkin:
-
birinchisi, yolg‘izlikni ruhiy holat yoki subyektiv kechinma sifatida talqin qilish;
- ikkinchisi -
yolg‘izlikni asosan salbiy holat va kechinma sifatida tasavvur qilish.
Shuningdek, profilaktika choralari tizimini ishlab chi
qish va yolg‘izlikni boshdan
kechirishning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga doimiy e’tibor qaratilayotganini
ta’kidlash kerak.Bugungi kunda ilmiy adabiyotlar doirasida yolg‘izlik va uni turli yosh
davrlarida boshdan kechirish xususiyatlari haqida yetarlicha xilma-xil tasavvurlar mavjud
bo‘lishiga qaramay, bu fenomen haqida yagona, yaxlit xulosa va tasavvur hali ham mavjud
emas, xuddi shuningdek, yoshga bog‘liq boshdan kechirish shakllari va yolg‘izlik tajribasi
haqida ham aniq fikrlar yo‘q. Shuning uchun yolg‘izlik fenomenini ijtimoiy falsafa,
sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya va boshqa fanlar nuqtai nazaridan o‘rganish dolzarb
muammolardan hisoblanadi.
ADABIYOTLAR SHARHI
Yolg’izlik muammosi inson mavjudligining eng murakkab fundamental
muammolaridan
biridir. Yolg’izlikni barcha yosh guruhlariga xos bo’lgan zamonaviy
jamiyatdagi eng keng tarqalgan hodisalardan biri deb atash mumkin. Dastlab yolg’izlik
muammosi falsafiy muammo sifatida paydo bo’ldi. Yolgʻizlik muammosi bilan bogʻliq
gʻoyalarni XX asrnin
g birinchi yarmidagi buyuk mutafakkirlar: A. Kamyu, S. Kierkegor, F.
Nitsshe, J. Ortega-i-Gasset, J.-P. Sartr, M. Xaydegger. K. Yung, A. Shopengauer asarlarida
uchratish mumkin. Yolg’izlik muammosiga nafaqat faylasuflar, balki sotsiologlar,
psixologlar, shuningdek, boshqa gumanitar fanlar vakillari ham murojaat qilgan va
o’rganishda davom etmoqda. Masalan, psixologiya doirasida xorijlik ham, mahalliy olimlar
ham yolg’izlik muammosini o’rganganlar (A.R.Kirpikov, I.S.Kon, S.V.Krivtsov,
N.E.Pokrovskiy, E.E.Rogova, E.Fromm, X.Sallivan, E.Peplo, J.Yang, I. Yalom va boshqalar).
K.Mustakas o’zining “Yolg’izlik” kitobida “Inson olg’a borar ekan, o’z qobiliyatlarini
namoyon etishga, ko’kka intilishga harakat qiladi. Inson yolg’izlikda qolar ekan, o’z ichki
dunyosi bi
lan yashaydi”, deb yozadi. Mustaskas yolg’izlik inson uchun salbiy xolat bo’lsa
-
da, ayni damda ijod qilish uchun sharoit yaratadi, deb ta’kidlaydi (Mustakas,2002:60).
I.R.Murtazina o’rta va kechki balog’at yoshidagi yolg’izlikni ko’rib chiqadi hamda
ijtimo
iy va hissiy yolg’izlik shkalasining bolgar versiyasini tahlil qiladi. Uning tadqiqoti
natijalari shuni ko’rsatdiki, keksa respondentlar yoshlarga qaraganda yolg’izlikning salbiy
tomonlariga ko’proq e’tibor berishadi, muloqotga ko’proq bog’liqlikni namoyon
etishadi va
yolg’izlikka salbiy munosabatda bo’lishadi (Murtazina, 2021:1
-14).
L. Eryigitova maqolasida bugungi kunda dunyo miqyosida keksalarga davlat
tomonidan e’tibor qaratish, yolg‘izlik holatining turli jamiyatlar hayotida ijtimoiy muammo
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
105
sifatida q
aralishi, uning kelib chiqish omillari va ijtimoiy oqibatlari haqida so‘z boradi.
Shuningdek, bugunga qadar “keksalik” va “qariganda yolg‘izlanib qolish” tushunchalarga
ijtimoiy psixologik hodisa sifatida qarab kelingani ta’kidlanadi (Eryigitova, 2023).
Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqotda biz faylasuf, sotsiolog va psixolog
olimlarning ilmiy farazlariga asoslanib, beqolashtiruvchi va o‘zini o‘zi begonalashtiradigan
yolg‘izlikning namoyon bo‘lishini aniqlashga harakat qildik. Jumladan, K.Mustakas,
E.Fromm, I. Murtazinalarning ishlari bizning ilmiy farazlarimiz va tadqiqot yo‘nalishlarini
shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Vatandoshlarimizning “yolg‘izlik”ka munosabati qandayligi masalasi. 100 nafar turli
yoshdagi responde
ntlardan ayni shu muammo borasida ijtimoiy so‘rov olinganda,
so‘ralganlarning 93 foizi o‘zini yolg‘iz deb hisoblamasligini fikrini bildirdilar, 62 foizi
yolg‘izlik ijtimoiy holatidan xavfsiramasligini, 41 foizi katta shaharlarda yolg‘iz yashovchi
keksalar
ko‘payib borayotganidan tashvishda ekanligi bildirdi. Ko‘pchilikning fikricha,
odamlar o‘zlarini quyidagi sabablardan yolg‘iz his qilishlarini bildirishgan (Eryigitova,
2023:23):
insonning o‘zidagi yopiqlik va odamovilikdan
- 27%;
yaqin kishilaridan ajralib qolishidan - 40 %;
kommunikatsiyaning internet va boshqa muloqot turlarining keng tarqalish
oqibatida jonli muloqotning kamayib ketayotgani - 32%;
karyerasini qilish va jamg‘armasini ko‘paytirish istagida muloqotlarga vaqt
ajratmasligidan - 25 %;
bo‘
sh vaqtining yetishmasligi
–
19 %.Empirik tadqiqotda anonimlik sharoitlarida
Guliston shahrida yashovchi 16 kishi ishtirok etdilar (8 ta ayol va 8 ta erkak). Ularning
yoshi 30 dan 60 yoshgacha va aholining turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bo’lib, ular
i
chida oliy ma’lumotlilar, o’rta maxsus ma’lumotlilar, ma’lumotsizlar; ishchilar, davlat
xizmatchilari, o’qituvchilar, uy bekalari bor. Ularni ikkita guruhga ajratdik:
A guruhi
–
oilada yashayotgan sinalganlar (4 ta erkak va 4 ta ayol);
B guruhi
–
yolg’i
z yashayotgan sinalganlar (4 ta erkak va 4 ta ayol).
Oilada yashayotgan va yolg’iz yashayotgan odamlarda yolg’izlik haqidagi
tasavvurlarni o’rganish uchun sinalganlarga “Yolg’izlik –
bu...” mavzusida esse
-insho
yozishni taklif qildik. Insholar kontent-tahlil usulida tahlil qilindi.
Kontent-tahlil
–
bu matnlar va boshqa axborot tashuvchilari va vositalarining o’ziga
xos xususiyatlarini aniqlash va baholash usuli bo’lib, unda tadqiqot maqsadlariga ko’ra
ma’lumot mazmuni va shakllarining ma’lum semantik yoki ma’noviy birliklari (ommaviy
kommunikatsiya xabarlaridagi personajlar tavsifnomalari, odamlarning muloqot turlari,
xabarlarning janrlar va hokazo) aniqlanadi. So’ng ma’lum bir matnlarda, tashuvchilarda
yoki ommaviy axborot vositalarida ushbu birliklarni eslatish chastotasi va hajmining
tizimli o’lchovi amalga oshiriladi. Kontent
-tahlil kommunikatorning, auditoriyaning
individual psixologik xususiyatlarini, xabarlar va ularning o’zaro munosabatlarining
xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Elementar ma
zmunli tahlilidan farqli o’laroq,
kontent-
tahlil ob’yektivlik, ishonchlilik va asoslilik kabi sifat mezonlariga javob beradigan
ma’lumotlarni olish uchun ishlatiladi (Golovin, 1998:309).
Boshqacha qilib aytganda, kontent-tahlil - bu hujjatlarda aks ettirilgan turli faktlar
va tendentsiyalarni aniqlash yoki o’lchash uchun hujjatlar mazmunini sifat jihatidan va
miqdoriy tahlil qilish usulidir. Kontent tahlilini ishlab chiqish va amaliyotda qo’llashning
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
106
bir necha bosqichlari mavjud. Tadqiqot mavzu, maqsad va vazifalari hamda tadqiqot
farazlari shakllantirilgandan so’ng, tahlilning mezonlari
- tadqiqot vazifalariga mos
keladigan eng umumiy, asosiy tushunchalar aniqlanadi.
Mezonlar tizimi so’rovnomada savollar rolini o’ynaydi va matnda qaysi javoblarni
topish ker
akligini ko’rsatadi. Kontent
-tahlil amaliyotida mezonlarning ancha barqaror
tizimi ishlab chiqilgan - belgi, maqsadlar, qadriyatlar, mavzu, qahramon, muallif, janr va
boshqalar.
Ommaviy axborot vositalari xabarlarining mazmunini paradigmatik yondashuvga
asoslanib kontent-
tahlil qilish tobora keng tarqalmoqda, unga ko’ra matnlarning
o’rganiladigan xususiyatlari (muammoning mazmuni, uning paydo bo’lish sabablari,
muammoni keltirib chiqaradigan sub’yekt, muammoning taranglik darajasi, uni hal qilish
yo’llari va boshqalar) ma’lum bir tarzda tashkil etilgan tuzilma sifatida ko’rib chiqiladi
(Sotsiologicheskaya..., 2003:294).
Tahlil toifalari tizimini aniqlagandan so’ng matn tahlilining tegishli birligi tanlanadi.
Tahlil birligini quyidagicha qabul qilish mumkin:
a) so’z; b) taklif; c) mavzu; d) fikr yoki
g’oya; d) muallif; e) personaj xarakteri; g) ijtimoiy ahvol; z) matnning tahlil mezoni
ma’nosiga mos keladigan narsa bilan birlashtirilgan qismi.
Ba’zan, aniqrog’i, kontent
-
tahlil axborotning yagona usuli bo’lsa, bir vaqtning o’zida
bitta emas, balki bir nechta tahlil birligi qo’llaniladi. So’ng hisob birligi, ya’ni matnda tahlil
kategoriyasi xususiyatining paydo bo’lish chastotasini (muntazamligini) qayd etish
imkonini beruvchi tahlil birligining miqdoriy o’lchovi
o’rnatiladi. Hisoblash birliklari
ma’lum so’zlar yoki ularning birikmalari soni, qatorlar soni, bosma belgilar, sahifalar,
paragraflar, muallif varaqlari, fizik fazoviy miqdorlarda ifodalangan matn maydoni va
boshqalar bo’lishi mumkin. Umuman olganda, nat
ijalarni hisoblash tartibi tanlangan
guruhlarga tasniflashning standart usullariga o’xshaydi.
Maxsus jadvallar tuzish, kompyuter dasturlaridan va maxsus formulalardan
foydalanish qo’llaniladi. Ma’lum bir kategoriyaning solishtirma og’irligini K = ushbu
kategoriyani qamrab oladigan tahlil birliklari soni / tahlil birliklarining umumiy soni
formulasi yordamida hisoblash mumkin.
Kontent-tahlil usuli psixologiya, sotsiologiya va boshqa fanlarda anketalardagi ochiq
savollarga berilgan javoblarni tahlil qilishda, kuzatish materiallarida, psixologik test
natijalarini, fokus-guruh usuli natijalarini tahlil qilishda yordamchi vosita sifatida keng
qo’llaniladi. Shunga o’xshash usullar hatto ommaviy kommunikatsiya tadqiqotlari,
marketing va boshqa ko’plab tadqiqotlarda
ham qo’llaniladi. Kontent
-
tahlil ko’pgina
hujjatli manbalarni tekshirish uchun ishlatilishi mumkin, ammo u nisbatan katta hajmdagi
bir tartibli ma’lumotlar keltirilganda eng yaxshi ishlaydi.
Ijtimoiy falsafa, sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyada kontent-tahlil, birinchidan,
xabar mazmunini o’rganish uchun mustaqil tadqiqot usuli sifatida; ikkinchidan, boshqa
usullar bilan birgalikda, ya’ni nafaqat xabar, balki muloqot jarayonining boshqa
elementlari ham bir vaqtning o’zida o’rganilganda; uchinchidan, bos
hqa usullar bilan
olingan ma’lumotlar majmuasini qayta ishlash uchun yordamchi usul sifatida foydalanilishi
mumkin (Bolshoy..., 2004:410).
Tadqiqot muammosi bo’yicha adabiyotlar va manbalarni nazariy tahlil qilish
asosida, biz quyidagi farazni shakllantird
ik: oiladagi odamlar va yolg’iz yashovchilar
o’rtasidagi yolg’izlik haqidagi tasavvurlar har xil. Ushbu farazni tasdiqlash yoki rad etish
uchun biz eksperimental tadqiqot o’tkazdik. Kelajak haqidagi tasavvurlarni aniqlash uchun
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
107
"Yolg’izlik nima?" mavzusida
yozilgan esse-insholar mazmunini kontent-tahlil qilish
usulidan foydalandik. Tahlil mezonlarini aniqlash uchun biz S.G. Trubnikovaning tadqiqot
natijalaridan foydalandik. U yolg’izlik sub’yektiv ruhiy holat sifatida tasniflanishi mumkin,
deb o’ylaydi (Tru
bnikova, 1999). Bizning tadqiqotimizda quyidagi mezonlar tahlil
mezonlari sifatida ajratildi:
-
“begonalashtiruvchi yolg’izlik”,
-
“o’zini
-
o’zi begonalashtiradigan yolg’izlik”.
Olingan natijalarning tahlili. Respondentlar tomonidan yozilgan esse-
insholar ko’rib
chiqilib, kontent-tahlil usulidan foydalanildi va natijalari 1-jadvalga kiritildi (qarang: 1-
jadval).
1-jadval
Kontent-tahlil natijalari
Guruhlar
№
Tahlil birliklarining mezonlari
Begonalashtiruvchi yolg’izlik
O’zini
-
o’zi begonalashtiradigan yolg’izlik
А
guruhi
1
2
2
2
2
1
3
1
2
4
3
0
5
6
0
6
0
2
7
0
4
8
2
3
B guruhi
1
0
3
2
0
7
3
3
0
4
2
1
5
2
0
6
3
1
7
0
1
8
0
3
So’ng biz sinalganlar guruhlari uchun
alohida-alohida kontent-tahlili birliklari
sonining o’rtacha arifmetik qiymatini hisoblab chiqdik. Natijalar shuni ko’rsatadiki, agar
oilalarda yashovchi odamlarning yolg’izlik haqidagi tasavvurlarida "begonalashtiruvchi
yolg’izlik" kategoriyasi yetakchi o’rinni egallagan bo’lsa, yolg’iz yashovchi sub’yektlar
uchun asosiy kategoriya "o’zini o’zi begonalashtiradigan yolg’izlik" dir. Biroq, shu bilan
birga, bu farqlar arzimas ekanligini ta’kidlash kerak (2
-jadvalga qarang).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
108
2-jadval
Guruhlar bo’yicha tahlil birliklari sonining o’rtacha arifmetik qiymati
Begonalashtiruvchi
yolg’izlik
O’zini
-
o’zi begonalashtiradigan
yolg’izlik
A-guruhi
2
1,75
B-guruhi
1,25
2
Eksperimental tadqiqotimiz ma’lumotlari S.G.
Trubnikovaning xulosalarini
tasdiqlaydi. Uning ta’kidlashicha, yolg‘izlikning birinchi turi
-
begonalashtiruvchi yolg‘izlik
-
shaxsning psixologik tuzilishidagi identifikatsiya mexanizmlarining ustun ta’siridan kelib
chiqadi. Natijada, odam boshqa odamlar,
guruh bilan tanish bo‘lishga, ular bilan o‘zini
moslashtirishga odatlanib, asta-
sekin o‘zining "men" ini yo‘qotadi, bu esa begona,
tushunarsiz va qo‘rqinchli bo‘lib qoladi (Trubnikova, 1999).
Bir tendensiyaning ustunligi boshqasini to‘liq blokirovka qilin
ishini anglatmaganligi
sababli, izolyatsiya mexanizmlari ham o‘zi ni namoyon qiladi, ammo ularning ta’sir doirasi
juda tor va o‘z "men" chegaralari bilan belgilanadi. Ikkinchi turdagi holat (o‘z
-
o‘zini
begonalashtiradigan
yolg‘izlik)
shaxsning
psixologik
t
uzilishidagi
izolyatsiya
mexanizmlarining ustun ta’siri bilan bog‘liq bo‘lib, uning ekstremal shakli begonalashuvdir.
Shunday qilib, subyektlar insholarining kontent-
tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularning
yolg‘izlik haqidagi tasavvurlari faqat bir oz farq qiladi. Ya’ni, bizning oilada va yolg‘iz
yashovchi odamlarning yolg‘izlik borasidagi tasavvurlari har xil ekanligi haqidagi farazimiz
eksperimental tadqiqot davomida qisman tasdiqlangan degan xulosaga keldik.
XULOSA
Bizning tadqiqotimizda quyidagi mezonlar tahlil mezonlari sifatida aniqlandi:
-
"begonalashtiruvchi yolg’izlik";
-
"o’zini o’zi begonalashtiradigan yolg’izlik".
Agar oilada yashovchi odamlar uchun yolg‘izlik haqidagi tasavvurlarda
"begonalashtiruvchi yolg‘izlik" mezoni yetakchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, yolg‘iz yashovchi
subyektlar uchun asosiy mezon "o‘zini o‘zi begonalashtiradigan yolg‘izlik" asosiydir.
Ishtirokchilar yozgan insholarning kontent-
tahlili shuni ko‘rsatdiki, ularning
yolg‘izlik haqidagi tasavvurlari deyarli farqlanmaydi. Har bir odam ma’lum bir vaqt ichida
yolg‘iz yashab ko‘rgan, masalan, talabalik davrida ijarada yashaganda yolg‘izlikni boshdan
kechirgan. Shunday qilib, oilada yashayotgan va yolg‘iz yashayotgan odamlarda yolg‘izlik
haqidagi tasavvurlar xususiyatlarini o‘rg
anish natijasida, bu tasavvurlar har xil ekanligi
qisman tasdiqlandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Большой психологический словарь / под общ. ред. Б.Г. Мещерякова, В.П.
Зинченко (2004).
-
М.: Академия. –
605 с.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
109
2. Головин, С.Ю. (1998) Словарь практического психолога / С.Ю. Головин.
-
Минск: Харвест. –
554 с.
3. Муртазина, И.Р. (2021) Представления об одиночестве и особенности его
переживания в разные периоды взрослости // Мир науки. Педагогика и психология.
Том 9. №3. –
14 c.
4. Мустакас, К. (2002) Одиночество: междисциплинарный подход. Лабиринты
одиночества. –
М.: Наука. –
С. 60.
5. Социологическая энциклопедия / под общ. ред. А.Н. Данилова (2003).
-
Минск: Высшая школа. –
460 с.
6. Tрубникова, С.Г. (1999) Психология одиночества: генезис, виды,
проявления: дисс. канд. психол. Наук.
-
М. –
197 с.
7. Эрйигитова, Л. (2023). Кексалик ва ижтимоий ёлғизликнинг социологик
таҳлили. // ActaCAMU, 3(3), 279. –
Б. 118
-135.
8. https://oyina.uz/kiril/teahause/1563
