Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The main differences between inheritance by right of
representation and inheritance transmission in legal
inheritance relations
Kamola SOLIYEVA
1
Tashkent State Universite of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
15 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
25 December 2024
The issue of the difference between inheritance by right of
representation and inheritance by transmission remains one of
the most pressing topics today. Currently, as the scope of
inheritable objects continues to expand, matters of inheritance
law are becoming increasingly important. The desire to give or
donate one's property is natural for any person, which is why
inheritance issues have practical significance. It is possible to
determine to whom a person intends to bequeath their
property through a will. The testator decides this
independently, without any pressure, of their own free will and
volition. In the absence of a will, the property is inherited
according to the law. Inheritance rights primarily guarantee
personal disposal of material assets in the event of a person's
death. The article examines certain legal issues that ensure the
transfer of the right to accept inheritance from "unsuccessful"
heirs to other persons, namely the legal successors of the heirs.
Conclusions have been drawn regarding the distinction
between inheritance by right of representation and inheritance
transmission.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss11/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
inheritance transmission,
inheritance by right of
representation,
testator,
heir,
will.
1
PhD student, Tashkent State Universite of Law.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
362
Meros huquqiy munosabatlarda taqdim etish huquqi
bo‘yicha meros olish va meros
transmissiyasining asosiy
farqlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
meros transmissiyasi,
taqdim etish huquqi
bo‘yicha vorislik,
meros qoldiruvchi,
merosxo‘r,
vasiyatnoma.
Meros transmissiyasi va taqdim etish huquqi bo‘yicha
vorislik o‘rtasidagi farq masalasi bugungi kunda ham dolzarb
muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Hozirgi vaqtda meros
obyektlar doirasi ancha kengayib borishi bilan meros huquqi
masalalari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘z mulkini
berish yoki sovg‘a qilish har qanday insonning tabiiy istagidir,
shu sababli meros masalalari amaliy xususiyatga ega. Shaxs o‘z
mol-mulkini kimga vasiyat qilmoqchi ekanligini vasiyatnoma
tuzish orqali aniqlash mumkin. Meros qoldiruvchi buni mustaqil
ravishda, hech kimning tazyiqisiz, o‘z xohishi va ixtiyori bilan
hal qiladi. Vasiyatnoma mavjud bo‘lmagan taqdirda mol
-mulk
qonun bo‘yicha meros qilib olinadi. Meros huquqi eng avvalo,
inson vafot etgan taqdirda o‘z moddiy boylik
larini shaxsan
tasarruf etish kafolatini beradi. Maqolada merosni qabul
qilish huquqining “muvaffaqiyatsiz” merosxo‘rlardan boshqa
shaxslarga, ya’ni merosxo‘rlarning huquqiy vorislariga o‘tishini
kafolatlovchi ayrim yuridik masalalar ko‘rib chiqilgan. Taq
dim
etish huquqi bo‘yicha vorislikdan meros transmissiyasini
farqlash to‘g‘risida xulosalar chiqarilgan.
Основные различия между наследованием по праву
представления и наследственной трансмиссией в
наследственных правоотношениях
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
наследственная
трансмиссия,
наследование по праву
представления,
наследодатель,
наследник,
завещание.
Вопрос о различиях между наследственной трансмиссией
и наследованием по праву представления остается
актуальной проблемой современного наследственного права.
Сегодня, с учетом значительного расширения круга
наследуемых объектов, вопросы, связанные с наследованием,
приобретают все большую практическую значимость.
Передача или дарение имущества –
естественное желание
каждого человека, поэтому регулирование наследственных
отношений имеет важное прикладное значение. Завещание
предоставляет возможность самостоятельно определить, кому
будет передано имущество, исходя из воли наследодателя, без
какого
-
либо внешнего давления. В случае отсутствия
завещания наследование осуществляется по закону.
Наследственное право, прежде всего, гарантирует
возможность распоряжения материальными ценностями
человека на случай его смерти. В статье приведены
выводы, уточняющие разграничение наследственной
трансмиссии и наследования по праву представления, что
способствует более четкому пониманию этих ключевых
институтов наследственного права.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
363
Bugungi kunda meros transmissiyasi va taqdim etish huquqi asosida meros olish
qandaydir mol-mulklarni qo
‘
lga kiritishning juda kamdan-kam uchraydigan usullari
hisoblanadi.
Ko‘pincha bu tushunchalar meros ishlarida kam qo‘llanilishi sababli
chalkashtirib yuboriladi. Biroq ko‘rib chiqilayotgan tushunchalar o‘rtasida jiddiy farqlar
mavjud bo‘lib, ularni batafsil o‘rganish lozim. Bu meros oluvchining vafoti natijasida
merosning boshqa shaxsga o‘tish imkoniyati masalasini yaxshiroq tushunish uchun zarurdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan meros huquqi nafaqat
inson va fuqaroning huquqiy maqomining rasmiy qismi, balki jismoniy shaxsning haqiqiy
huquqi hisoblanadi, chunki u xususiy mulk bilan bevosita bog‘liqdir.
Har bir inson o‘zi hayoti davomida to‘plagan barcha mol
-mulkini vafot etgan
taqdirda o‘z yaqinlari va qarindoshlariga qoldirishi yoki sovg‘a qilishi muhim ahamiyatga
ega. O‘z mulkini taqsimlash, bo‘lish va shu orqali o‘zining so‘nggi xohish
-irodasini
ifodalash imkoniyati qadimgi zamonlardan beri mavjud bo‘lib kelgan. Zamonaviy
fuqarolik-huquqiy munosabatlar, xususan, meros masalalari taqdim etish huquqi
asosidagi vorislik va meros transmissiyasi tartibidagi vorislik bilan namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida meros huquqida huquqiy
munosabatlarning har xil turlari bilan tavsiflangan ikkita mustaqil tushuncha mavjud:
–
taqdim etish huquqi;
–
meros transmissiyasi.
Taqdim etish huquqi bo‘yicha vorislik sohasidagi fuqarolik huquqiy
munosabatlarining obyektlari quyidagilar hisoblanadi:
–
meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli b
o‘lgan ashyolar;
–
vafot etgan shaxsning shaxsiga taalluqli bo‘lmagan mulkiy huquqlar.
“Meros yoki meros Mulki” tushunchasi meros bo‘yicha o‘tadigan huquq va
majburiyatlar majmuasi, shuningdek meros tariqasida o‘tadigan mol
-mulkni anglatadi.
Unga meros och
ilgan paytda marhumga tegishli bo‘lgan barcha narsalar va boshqa mol
-
mulk, mulkiy huquqlar va majburiyatlar kiradi. Shaxsiy nomulkiy huquqlar va turli
nomoddiy boyliklar, shuningdek aliment to‘lovlari, fuqaroning sog‘lig‘iga yetkazilgan
zararni qoplash va
boshqa shunga o‘xshash holatlar meros tarkibiga kiritilmaydi.
Ko‘rsatilgan ta’riflarning asosiy xususiyatlarini tahlil qilib, biz O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 1140-moddasiga muvofiq taqdim etish huquqi
bo‘yicha meros qoldirish
–
bu meros
qoldiruvchining vafot etgan merosxo‘rining
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri avlodlari vorislikka chaqiriladigan huquqiy munosabat ekanligini
aniqladik. Ushbu huquqni faqat meros qoldiruvchi vafot etgan kunda uning bevosita
avlodi (o‘g‘li yoki qizi) hayotda bo‘lmagan taq
dirdagina amalga oshirish mumkin. Bu esa
meros ochilgan paytda meros qoldiruvchi va uning nabiralari o‘rtasida haqiqatan ham
bog‘lovchi bo‘g‘in yo‘qligini anglatadi. Shu bilan birga, agar meros qoldiruvchi vafot etgan
kunda ushbu shart mavjud bo‘lmasa, ya’ni uning farzandlari tirik bo‘lsa, ular noloyiq deb
topilmagan va vasiyat qiluvchi tomonidan moddiy ne’matlardan mahrum etilmagan
bo‘lsa, taqdim etish huquqi qo‘llanilmaydi.
Taqdim etish huquqidan farqli o‘laroq, meros transmissiyasi shunday huquqiy
munosa
batki, unda meros ochilganidan so‘ng merosga chaqirilgan merosxo‘r merosga
tegishli tarzda kirishga ulgurmay vafot etadi. Bunday holatlarda birinchi vafot etgan
merosxo‘rning merosxo‘rlari vorislikka chaqiriladi. Shu bilan birga, agar vafot etgan
merosxo‘r
o‘zining barcha mol
-
mulkini vasiyat qilgan bo‘lsa, vasiyatnoma bo‘yicha
merosxo‘rlar vorislikka chaqiriladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
364
Maqola huquqning umumiy nazariyasi va fuqarolik-huquqiy fan qoidalariga,
huquqshunos olimlarning ilmiy ishlariga asoslanadi. Xususan, huquqshunos olim
O.S. Ioffe davlat tomonidan egasiz qolgan meros mulkining meros qilib olinishi
vorislikning mustaqil asosi hisoblanadi, deb hisoblagan [1]. V.K. Dronnikov esa majburiy
ulush huquqini amalga oshirish tartibidagi merosni alohida ajratib ko‘r
satgan [2].
Yuqorida nomlari zikr etilgan olimlarning asarlari tufayli meros transmissiya
tushunchasi paydo bo‘ldi. Ushbu ta’rifni ko‘rib chiqar ekanmiz, huquqshunoslarning bu
mavzuga oid turli nuqtai nazarlarini belgilab o‘tishni zarur deb hisoblaymiz. Ma
salan,
taniqli rus huquqshunos olimi V.I.
Sinayskiyning fikriga ko‘ra, meros transmissiyaning
mohiyati shundan iboratki, shaxsning merosni qabul qilish yoki rad etish huquqi uning
merosxo‘rlariga o‘tadi [3]. Yana bir huquqshunos olim O.N.
Sodiqovning fikrini ham
keltirib o‘tish joiz: “
Zamonaviy qoidalarda meros transmissiyaga oid eng sezilarli farq
shundaki, merosxo‘rning ochilgan merosda huquqiy vorislik subyekti sifatida vafot etishi
munosabati bilan yuzaga keladigan meros munosabatlarini, o‘zi meros qold
iruvchi
maqomida bo‘lgan merosxo‘rning o‘z mol
-mulkiga nisbatan vafot etishi munosabati bilan
yuzaga kelgan boshqa meros munosabatlaridan yetarlicha aniq va ravshan ajratib
ko‘rsatilganidadir”
[4].
Shunday qilib, ko‘rsatilgan tushunchalarning muhim farqi m
eros qoldiruvchining
vafoti paytida bevosita vorisning mavjudligi yoki yo‘qligi hamda meros mulki keyinchalik
o‘tadigan shaxsdir. Bundan tashqari, merosga ega bo‘lish uchun belgilangan muddat ham
farqlovchi belgi hisoblanadi. Agar taqdim etish huquqi haqida gap ketsa, merosni qabul
qilish muddatlariga nisbatan umumiy qoida
–
olti oy qo‘llaniladi. Meros transmissiyasi
qo‘llanilganda esa, qonun voris vafot etgan sanadan boshlab va birinchi meros
qoldiruvchining vafot etgan kunidan boshlab olti oygacha bo‘lgan
muddatni belgilaydi.
Agar bu davr 3 oydan kam bo‘lsa, u tegishli ravishda shu vaqt oralig‘iga uzaytiriladi.
Murojaat qilish muddati o‘tkazib yuborilgan taqdirda, bunday o‘tkazishning uzrli
sabablari mavjud bo‘lsa, u sud tartibida tiklanishi mumkin.
Muhimi shundaki, meros transmissiyasi holatida majburiy ulush huquqi
qo‘llanilmaydi. Meros transmissiyasi huquqini va vakillik huquqini amalga oshirishda
merosni qabul qilib olish to‘g‘risidagi ariza bilan birinchi meros qoldiruvchining vafot
etgan joyidagi notariusga murojaat qilish lozim. Meros qoldiruvchi va vafot etgan
merosxo‘rning vafot etgan joyi bir xil bo‘lishidan qat’i nazar, ikkita alohida ariza bilan
murojaat qilish zarur.
Taqdim etish huquqi bo‘yicha meros olish qonunga ko‘ra merosxo‘rlarni vorislik
ka
chaqirishning o‘ziga xos tartibi hisoblanadi. Taqdim etish huquqi bo‘yicha meros olish
shartlari vasiyatnomada noloyiq deb topilgan va moddiy ne’matlardan mahrum etilgan
merosxo‘rlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Ko‘rsatilgan merosxo‘rlarni vorislikka chaq
irish
faqat qonunda qat’iy belgilangan hollarda amalga oshiriladi. Ta’kidlash joizki,
vasiyatnoma bo‘yicha meros qoldirishda taqdim etish huquqi qonunchilikda nazarda
tutilmagan. Taqdim etish huquqi qonun bo‘yicha meros olish yo‘li bilan tavsiflanadi.
Mero
sga vorislikka chaqirilgan merosxo‘r meros ochilganidan so‘ng qonun
hujjatlarida belgilangan muddatda uni qabul qilishga ulgurmay vafot etgan taqdirda,
merosni qabul qilish huquqi (meros transmissiyasi) o‘tkazilishi mumkin. Meros qilib
olishda bu huquq ham
qonun bo‘yicha, ham vasiyatnoma asosida o‘tishi mumkin. Meros
transmissiyasi tartibida merosni qabul qilish huquqi, moddiy boyliklarni qabul qilishga
ulgurmagan merosxo‘r (ikkinchi meros qoldiruvchi) vafotidan keyin ochilgan meros
tarkibiga kirmasligi to‘g‘risidagi ko‘rsatma bu merosxo‘rga tegishli mustaqil huquqlar
haqida gap borayotganini belgilaydi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
365
Taqdim etish huquqi bo‘yicha merosxo‘rlar jismoniy shaxslardir. Ularni vakillik
huquqi bo‘yicha merosga chaqirish potensial huquqiy vorislar va meros qoldi
ruvchining
qarindoshlik darajasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan navbatga asoslanadi.
Meros transmissiyasiga kelsak, bu holda merosni qabul qilish huquqini merosni
qabul qilish huquqidan foydalanishga ulgurmagan vafot etgan merosxo‘rdan uning
merosxo‘rlariga o‘tkazish amalga oshiriladi. Ya’ni, birinchi meros qoldiruvchining
vafotidan keyin yangi huquqning paydo bo‘lishi emas, balki mavjud huquqning merosga
o‘tishi ro‘y beradi.
Shuningdek, meros transmissiyasini taqdim etish huquqi bo‘yicha meros olish
bilan
taqqoslamaslik kerak. Taqdim etish huquqi bo‘yicha meros olishda qonun bo‘yicha
vorislik huquqiga ega bo‘lgan shaxs meros ochilishidan oldin vafot etgan bo‘ladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, taqdim etish huquqi bo‘yicha vorislik
–
bu
shunday o‘ziga
xos meros tartibiki, bunda meros qoldiruvchining vafotidan so‘ng qonun
bo‘yicha merosxo‘r bo‘lgan muayyan shaxs meros ochilgan kunga qadar uning o‘rnini
egallaydi va meros ochilgan kunga kelib tirik bo‘lganida olishi mumkin bo‘lgan moddiy
boyliklarning ma
’lum bir qismiga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritadi. Meros
transmissiyasi esa
–
vorislikka chaqirilgan, biroq meros ochilganidan so‘ng uni
belgilangan muddatda qabul qilishga ulgurmay vafot etgan merosxo‘rdan merosni qabul
qilib olish huquqining qonun
bo‘yicha uning merosxo‘rlariga (agar barcha mol
-mulk
vasiyat qilingan bo‘lsa
–
uning vasiyat bo‘yicha merosxo‘rlariga) o‘tishidir.
Shunday qilib, meros transmissiyasi jarayoni ham vasiyatnoma asosida, ham
qonun bo‘yicha vorislik orqali amalga oshirilishi m
umkin.
Meros olishga chaqirilgan merosxo‘r vafot etib, merosni qabul qilishga yoki undan
voz kechishga ulgurmagan taqdirda, merosni qabul qilish huquqining boshqa shaxsga
o‘tishi (meros transmissiyasi) vujudga keladi. Bunday holatda merosga bo‘lgan huquq
v
afot etgan shaxsning merosxo‘rlariga o‘tadi. Bu vaziyat, dastlab, meros ishlarida oddiy
ko‘rinishi mumkin. Biroq, bunday masala yuzaga kelganda, har qanday holatda ham
malakali mutaxassisning maslahatini olish maqsadga muvofiqdir. Meros transmissiyasi
amal
ga oshirilayotganda notariusga ariza taqdim etish lozim bo‘ladi.
Fuqarolarning ba’zi huquqiy masalalarda adashishi tez
-tez kuzatiladigan
tendensiya bo‘lib, bu meros huquqlarini noto‘g‘ri rasmiylashtirishga olib keladi. Bu esa
ushbu toifadagi ishlar bo‘yich
a sud nizolarining sabablaridan biri hisoblanadi. Shu bilan
birga, sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi normalarini qo‘llash
jarayonida ham ko‘pincha xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Xususan, meros mol
-mulkning
tarkibini aniqlashda qiyinchiliklar yuzaga keladi, chunki yangi qonunchilik meros
tariqasida o‘tadigan obyektlar doirasini sezilarli darajada kengaytirgan. Merosga
chaqiriladigan merosxo‘rlar doirasini, shuningdek, ularga merosda tegishli bo‘lgan
ulushlar miqdorini aniqlashda ham muammolar mavjud.
Taqdim etish huquqi bo‘yicha merosni qabul qilishning quyidagi shartlari ajratib
ko‘rsatiladi:
1.
Merosxo‘rning meros ochilishidan oldin meros qoldiruvchi bilan bir vaqtda vafot etishi.
2.
Merosxo‘rning meros ochilishidan oldin vafot
etishi.
3. Meros qoldiruvchi tomonidan rasmiylashtirilib ulgurilmagan vasiyatnoma.
Ushbu shartlarni batafsil ko‘rib chiqamiz. Taqdim etish huquqi bo‘yicha vorislik
–
bu qonun doirasida ma’lum huquqiy vorislarni vorislikka chaqirishning o‘ziga xos
maxsus me
xanizmini nazarda tutuvchi vorislikning alohida turi. O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksi merosxo‘rning ulushini olishni, agar uning vafoti meros qoldiruvchi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
366
bilan bir vaqtda yoki undan oldin sodir bo‘lgan bo‘lsa, belgilab beradi. Taqdim etish
huquq
i faqat qonun bo‘yicha vafot etgan asosiy vorislar foydasiga amal qiladi. Agar ular
tirik bo‘lganida, albatta, ularning qonuniy huquqiy vorislariga nisbatan navbat tamoyiliga
rioya qilgan holda, darhol vorislikka chaqirilgan bo‘lar edi. Meros qoldirishning
dastlabki
uch navbati vakillarining avlodlari (ya’ni: nabiralar, jiyanlar, amakivachchalar va opa
-
singillar) to‘liq hajmda vakillik qilish imkoniyatidan foydalanishlari va mol
-mulkni
ularning vafot etgan ajdodlari chaqirilgan tartibda meros qilib olishlari mumkin. Bundan
tashqari, ularga beriladigan meros ulushi marhum ajdod o‘zi umid qilishi mumkin bo‘lgan
hajmga teng bo‘ladi. Agar bitta meros ulushiga bir vaqtning o‘zida bir nechta merosxo‘r
da’vo qilsa, u barcha merosxo‘rlar o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Vafot etgan asosiy huquqiy voris aynan shu vaziyatda merosxo‘rlikka
chaqiriladigan va vakillik huquqini nazarda tutadigan navbatga mansub bo‘lishi shart.
Chunki ko‘rib chiqilayotgan holatda navbat tamoyili amal qiladi. Agar birinchi navbatdagi
vorislar ma
vjud bo‘lsa, ikkinchi navbatdagi vorisimiz o‘zi hisoblayotgan meros ulushiga
da’vogar bo‘la olmaydi.
Asosiy huquqiy voris meros qoldiruvchining vafotidan oldin yoki u bilan bir vaqtda,
lekin har qanday holatda ham meros ochilishidan avval vafot etishi lozi
m. Agar merosxo‘r
meros ochilganidan so‘ng vafot etsa, bu holda merosiy transmissiya kuchga kiradi. Vafot
etgan asosiy huquqiy voris vasiyatnoma bo‘yicha merosdan mahrum etilmagan yoki unga
noloyiq deb topilmagan bo‘lishi kerak. Ushbu holatlar mavjud bo‘lg
anda taqdim etish huquqi
o‘z kuchini yo‘qotadi. Bunday qoidalar asosiy huquqiy vorisning avlodlariga ham taalluqlidir.
Agar mol-
mulk allaqachon vasiyatnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa, uni faqat mazkur yuridik
hujjatda familiyasi qayd etilgan shaxslargina oladi.
Vasiyat qilinmagan meros massasining bir qismi yoki barcha qismi qonun bo‘yicha
meros qilib olinishi mumkin. Bunday mol-
mulk mavjud bo‘lmagan taqdirda, taqdim etish
huquqi o‘z kuchini yo‘qotadi. Taqdim etish huquqi asosida meros oluvchi barcha shaxslar,
u
shbu holatda, o‘zlari vakillik qilayotgan asosiy merosxo‘rning emas, balki aynan
dastlabki meros qoldiruvchining huquqiy vorislari hisoblanadi. Bu yerda asosiy vorisning
huquqiy vorisligi tartibi emas, balki vorislikka alohida da’vat etish holati mavjud.
T
aqdim etish huquqi bo‘yicha kirish shartlarini ko‘rib chiqib, ularni meros
transmissiyasi shartlari bilan qisqacha taqqoslaymiz:
–
taqdim etish huquqida vafot etgan merosxo‘rning avlodlarida meros huquqlari
merosning o‘zi ochilishidan oldin paydo bo‘ladi,
chunki u meros qoldiruvchidan oldin
vafot etadi. Meros transmissiyasi esa meros ochilgandan keyin va faqat merosga
chaqirilgan, lekin uni qabul qilishga ulgurmagan huquqiy vorislarga nisbatan yuz beradi;
–
taqdim etish huquqini tan olish uchun asos
qonun bo‘yicha vafot etgan shaxsning
merosxo‘rlariga beriladi. Transmissiya esa nafaqat qonuniy vorislarga, balki vafot etgan
shaxs o‘z mol
-
mulkidan biror narsani vasiyat qilgan shaxslarga ham taalluqli bo‘ladi. Shu
sababli, mol-mulkning vasiyat qilingan q
ismi transmissiya bo‘yicha vafot etgan shaxsning
merosxo‘rlariga o‘tishi mumkin;
–
taqdim etish huquqi bo‘yicha merosga chaqiriladigan shaxslar doirasi faqat
qonun bo‘yicha merosxo‘rlikning dastlabki uch navbati vakillariga kiradigan va qonunda
aniq ko‘rsatilgan avlodlarnigina o‘z ichiga oladigan merosxo‘rning o‘zi vafot etgan
holdagina qo‘llaniladi. Transmissiyaga kelsak, bu meros huquqida ishtirokchilar doirasi
qat’iy belgilanmagan. Ya’ni, u chaqirilgan va vafot etgan vorisning navbatidan qat’i nazar,
shu
ningdek uning huquqiy vorisining meros olish asosidan qat’i nazar qo‘llaniladi;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
367
–
meros ulushlarining miqdoriga kelsak, ham taqdim etish huquqi bo‘yicha, ham
transmissiya orqali merosxo‘rlar bu ulushlarni teng ravishda taqsimlaydilar. Biroq, agar
vafot etg
an huquqiy voris vasiyatnoma qoldirgan bo‘lsa, unga tegishli meros ulushidagi
qismlar uning merosxo‘rlari o‘rtasida vasiyatnoma asosida meros massasini taqsimlash
paytida bo‘linadi. Bu holda ulushlar teng taqsimlanmasligi mumkin;
–
muddatlarga kelsak, taqd
im etish huquqi bo‘yicha meros olish meros ochilgan
paytdan boshlab 6 oy o‘tgach, meros huquqlarini rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, o‘z kuchini
yo‘qotadi. Meros transmissiyasida maxsus muddatlar mavjud bo‘lib, ular meros ochilgan
paytdan boshlanadi va vafot e
tgan huquqiy vorisning merosxo‘rlarida transmissiya
huquqi yuzaga kelgunga qadar davom etadi. Agar asosiy merosxo‘rdan keyin qolgan
merosni qabul qilish muddati uch oydan kam bo‘lsa, u xuddi shu muddatgacha
uzaytirilishi mumkin.
Muhimi shundaki, faqat qonu
n bo‘yicha merosxo‘r bilan qarindoshlik aloqasida
bo‘lgan shaxslargina taqdim etish huquqi asosida meros olishi mumkin. Vasiyatnoma
bo‘yicha merosxo‘rlarning avlodlari taqdim etish huquqi asosida meros olmaydilar.
Bundan tashqari, meros transmissiyasi holatida meros qoldiruvchining merosdan voz
kechishi quyidagicha amalga oshiriladi: qonun yoki vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘r
merosni qabul qilish uchun belgilangan muddat davomida notarial tartibda
rasmiylashtirilgan ariza ko‘rinishidagi tegishli hujjatni taq
dim etgan holda merosdan voz
kechishi lozim. Marhumning moddiy boyliklarini qabul qilish muddati o‘tgandan so‘ng
merosdan voz kechish mumkin emas. Merosda majburiy ulush olish huquqiga ega bo‘lgan
shaxslar o‘zlariga tegishli merosdan voz kechish huquqiga e
ga. Bunday holatda meros
vasiyatnoma shartlariga muvofiq o‘tadi. Shunday qilib, merosdan voz kechish so‘zsiz
xususiyatga ega bo‘lib, keyinchalik uni o‘zgartirish yoki qaytarib olish mumkin emas.
Merosxo‘r notariusga merosni qabul qilishni rad etish to‘g‘ri
sidagi ariza bilan
murojaat qilganidan so‘ng, u kelgusida merosga da’vo qilish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Shuningdek, agar merosxo‘r notariusga merosni qabul qilish yoki merosga bo‘lgan huquq
to‘g‘risidagi guvohnoma berilishi haqida ariza topshirgan bo‘lsa,
merosdan voz kechishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
Shu sababli taqdim etish huquqi bo‘yicha meros olishning meros
transmissiyasidan asosiy farqlari quyidagilardir:
–
taqdim etish huquqi bo‘yicha o‘tuvchi mol
-mulk meros massasiga kiradi, meros
transmissiyasida esa o‘tuvchi mol
-mulk bunga kirmaydi;
–
taqdim etish huquqi bo‘yicha meros olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning
muayyan doirasi mavjud, meros transmissiyasida esa shaxslar doirasi cheklanmagan
xususiyatga ega;
–
taqdim etish huquqi bo‘y
icha meros faqat qonun asosida, meros transmissiyasida
esa ham qonun, ham vasiyatnoma asosida amalga oshiriladi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, xulosa qiladigan bo‘lsak, taqdim etish huquqi
bo‘yicha merosxo‘rlik va meros transmissiyasi bir
-biridan jiddiy farq qiladi. Meros ishini
ochishda to‘g‘ri tartibni tanlash uchun bu farqlarni bilish va ularni huquqiy savodxonlik
bilan qo‘llash zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Иоффе О.С. Советское гражданское право: курс лек ций. –
Ленинград: ЛГУ,
1965
. Ч. 3. 410 с
.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
368
2.
Дронников В.К. Наследственное право Украинской ССР / научн. ред. Г.К.
Матвеев. –
Киев, 1974. 159 с.
3.
Синайский В.И. Русское гражданское право. –
Москва: Статут, 2002. 638 с.
4.
Гражданское право: учебник / под ред. О.Н. Садикова. –
Москва: Контракт,
Инфра
-
М, 2006. 608 с
.
5.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. https://lex.uz/docs/180552
