Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Changes in the system of personnel training in the field of
water resources management in the Republic of
Uzbekistan (using the example of the Ferghana Valley)
Golibjon RAKHMONOV
1
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
15 November 2024
Accepted 15 December 2024
Available online
25 January 2025
The article analyzes the issues of developing knowledge,
skills, and abilities in managing water resources, managing the
quantity and quality of water resources at the level of water
bodies and consumers, integrated water resource management,
and ensuring water resource sustainability in water resource
management for managerial and pedagogical personnel of
higher educational institutions involved in the training of highly
qualified modern personnel for the water management and
reclamation sector.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Water management,
reclamation,
managerial and pedagogical
personnel,
water resource
management,
sustainability,
industry.
O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini
boshqarish
sohasidagi kadrlar tayyorlash tizimidagi o‘zgarishlar
(Farg‘ona vodiysi misolida)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Suv xo
‘
jaligi,
melioratsiya,
rahbar va pedagogik kadrlar,
suv resurslarini boshqarish,
barqarorlik,
sanoat.
Maqolada Suv
xo‘jaligi va melioratsiya sohasi uchun yuqori
malakali zamonaviy kadrlarni tayyorlashda ishtirok etadigan
oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagogik kadrlariga suv
resurslarini boshqarish, suv resurslarini miqdorini va sifatini
suv havzalari va iste’
molchilar darajasida boshqarish, suv
resurslarini integrallashgan holda boshqarish hamda suv
resurslarini boshqarishda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha
bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirish masalalari tahlil
qilingan.
1
PhD Student, Fergana State University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
217
Изменения в системе подготовки кадров в области
управления водными ресурсами в Республике
Узбекистан (на примере Ферганской долины)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
водное хозяйство,
мелиорация,
управленческо
-
педагогические кадры,
управление водными
ресурсами,
устойчивость,
промышленность.
В статье рассматриваются вопросы управления
водными ресурсами, включая контроль их количества и
качества как на уровне водных объектов, так и на уровне
потребителей. Особое внимание уделено комплексному
подходу к управлению водными ресурсами, что актуально
для преподавателей и управленческого состава высших
учебных
заведений,
занимающихся
подготовкой
высококвалифицированных
специалистов.
Также
проанализирована роль современных кадров в сфере
водного хозяйства и мелиорации, а кроме того, затронуты
вопросы формирования знаний, умений и компетенций,
необходимых для обеспечения устойчивого управления
водными ресурсами.
Hozirgi kunda dunyoda, ayniqsa, arid hududlarda [1] suv resurslari muhofazasi va
ulardan samarali foydalanish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Jahonning ba
’
zi arid
hududlari suv resurslari yetishmasligi tufayli ekologik inqiroz o
‘
choqlariga aylanmoqda.
Ushbu muammo dunyo hamjamiyati e
’
tiborini o
‘
ziga tortmoqda. Birlashgan Millatlar
tashkiloti
“
Global miqyosda suv resurslariga bo
‘
lgan talabning o
‘
sishi 1% ni tashkil etadi...
Kelgusi ikki o‘n yilliklar davomida ushbu talab sezilarli darajada ortadi. Sanoat va
ma
ishiy sohalarning suvga bo‘lgan talabi qishloq xo‘jaligidagiga nisbatan ancha tezroq
o‘sadi”
[2] deb hisoblaydi. Bu holat suv resurslaridan samarali foydalanishda
daryolarning gidrologik rejimi va suv bilan ta’minlanganligining hozirgi holatini hisobga
olishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasida shunday
dedi:
“Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga doir muammolar haqida
gapirar ekanmiz, mintaqaning umumiy suv resurslaridan birgalikda foydalanish kabi
muhim masalani chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Biz BMT Bosh kotibining “
suv, tinchlik va
xavfsizlik muammolari chambarchas bog‘liq”
ekaniga doir pozitsiyasini to‘liq
qo‘llabquvvatlaymiz. Ishonchim komilki, suv muammosining mintaqa mamlakatlari va
xalqlarining manfaatlarini teng hisobga oluvchi muqobili yo‘q. O‘zbekiston BMTning
preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi tomonidan ishlab chiqilgan
Amudaryo va Sirdaryo havzalaridagi suv resurslaridan foydalanishga doir konvensiyalar
loyihalar
ini qo‘llab quvvatlaydi” [
3].
Farg‘ona vodiysining umumiy suv resurslaridagi xavfsizlik muammolariga suv
xo‘jalik tizimini boshqarish nuqtayi nazaridan qaraymiz. Suv xo‘jalik tizimini
boshqarishning asosiy maqsadi
–
jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy talablarini qondirish
uchun suv resurslaridan oqilona foydalanish hisoblanadi. Suv xo‘jalik tizimining bunday
ifodalanishi juda muhim tavsifga ega va bevosita suv xo‘jalik tizimi ishlarini baholash
uchun foydalanib bo‘lmaydi. Shuning uchun suv xo‘jalik tizimini
boshqarishning
maqsadini aniqlash talabi dekompozitsiya yo‘li bilan uni alohida maqsadlarda amalga
oshirib, boshqarishning umumiy maqsadini tashkil etadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
218
O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi”
Qonuni
8-
moddasida “Suvdan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek suvdan
foydalanishni bevosita yoki havza (hududiy) boshqarmalari orqali tartibga soluvchi
maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa davlat organlari tomonidan
amalga oshiriladi”
[
4] deb e’tirof etilgan bo‘lib, ushbu qonunda suv xo‘jaligini
boshqarishning havzali prinsipi ko‘zda tutilgan. Boshqarishning asosiy tuzilish elementi
daryo havzasining suv xo‘jalik majmu
asidan, turli xil iqtisodiyot tarmoqlarining suv
resurslaridan birgalikda foydalanishi hisoblanadi. Havzaning suv xo‘jalik majmuasi
inshootlarini barcha majmualar bilan boshqarish tashqi ta’sirlar, tabiiy muhit bilan
norasmiy va murakkab o‘zaro aloqalar mu
nosabati ifodalanadi.
Shu munosabat bilan havzaning suv xo‘jalik majmuasini avtomatlashtirib
boshqarish zarurligi kelib chiqadi, ya’ni qaysiki boshqarish maqsadlari uchun havza
hududida joylashgan obyektlarning shakllanishi, oqimlarni boshqarish va oqizish,
oqimlardan foydalanish va suv iste’moli obyektlari, boshqarish tizimi va oqova suvlar
obyektlarining yig‘ indisi sifatida tasvirlash mumkin.
Havzada suv xo‘jalik majmuasini boshqarish atrof
-muhitni va suv obyektlarini
muhofaza qilishni hisobga olib, xalq
xo‘jaligida maksimal samaradorlikka erishish uchun
suv xo‘jalik majmuasi qatnashuvchilarining talablariga ko‘ra, suv resurslarini optimal
taqsimlashdan iborat.
Amalga oshirilayotgan islohotlarning barcha bosqichlarida O‘zbekiston
Respublikasining asosiy ustuvor vazifasi aholini ijtimoiy himoya qilish va atrof-muhitni
muhofaza etish bo‘yicha ishonchli kafolatlar hamda choratadbirlar ko‘rilishini
ta’minlashdan iborat. Hukumatning tabiatni muhofaza qilishga oid siyosati va suvdan
oqilona foydalanish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan
choratadbirlar quyidagi asosiy tamoyillarga asoslangan:
•
atrof-muhitni aholi turmush darajasini oshirishning muhim omili sifatida saqlash
va qayta tiklash bo‘yicha iqtisodiy hamda ekologik
siyosatni muvofiqlashtirish;
•
tabiatning ayrim tarkibiy qismlarini muhofaza qilishdan ekotizimlarni umumiy
va kompleks ravishda himoyalashga o‘tish;
•
jamiyatning barcha a’zolarining atrof muhitni muhofaza qilish, uning xilma
-
xilligini saqlash va vaziyatni yaxshilash, aholi hayoti uchun qulay sharoitlarni yaratish
borasidagi javobgarligi.
Shuningdek, ushbu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida mamlakatimizda
so‘nggi yillarda suv xo‘jaligi sohasida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Suv xo‘jaligi
vazirligi tashkil etilib, sohani rivojlantirish Konsepsiyasi va strategiyalar tasdiqlandi.
Jumladan, suv xo‘jaligining o‘rta va yuqori bo‘g‘inlaridagi tizimli muammolarni hal qilish
maqsadida mamlakatimiz Prezidentining “Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizi
mini
joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida”gi
[5]
Farmoni qabul qilindi.
Shu paytga qadar mamlakatimizda Yagona suv kadastrini muvofiqlashtiruvchi
organ O‘zgidromet edi.
Davlat suv kadastrini yuritishda Suv xo‘
jaligi vazirligi
–
suvdan foydalanish
bo‘yicha, Tog‘
-kon sanoati va geologiya vazirligi
–
yer osti suvlari bo‘yicha,
Gidrometeorologiya xizmati agentligi
–
yer usti suvlari bo‘yicha mas’ul hisoblanardi.
Farmon bilan Suv xo‘jaligi vazirligi barcha manbalar bo‘yicha yagona suv balansini
yurituvchi hamda Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid ishlarni
muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilandi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
219
Quyidagilar Suv xo‘jaligi vazirligining asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
–
yagona suv balansi va Davlat suv kadastrini yuritish;
–
transchegaraviy va ichki daryolar, soylar suvlarini samarali boshqarish hamda
tabiiy ko‘llar, suv inshootlari va yer osti manbalarida yetarli suv zaxirasini yaratish orqali
mamlakat suv xavfsizligini
ta’minlash;
–
raqamli texnologiyalarni keng qo‘llagan holda suv resurslarini boshqarish va suv
hisobini yuritishning shaffof tizimini yo‘lga qo‘yish;
–
sohaga resurs tejovchi zamonaviy texnologiyalarni, ilm-fan yutuqlari va nou-
xaularni keng joriy etish;
–
suvdan foydalanish va suvni boshqarishga bozor mexanizmlarini keng joriy qilish
orqali suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish.
Farmonning muhim jihatlaridan biri shundaki, Suv xo‘jaligi vazirligining faoliyati
uch bo‘g‘inga ajratilib, vert
ikal boshqaruv tizimi tashkil qilinadi. Bunda:
–
yuqori bo‘g‘in
–
davlat suv siyosatini yuritish, regulyator;
–
o‘rta bo‘g‘in
–
suv ob’ektlarini ekspluatatsiya qilish, qurish hamda sohaga biznes
jarayonlarini olib kirish;
–
quyi bo‘g‘in
–
bevosita
iste’molchilarga suvni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi [6].
Suv resurslari tanqisligi O‘zbekistonning izchil rivojlanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi
mumkin bo‘lgan asosiy omillardandir. Mamlakat ayni kunlarda suv yetishmasligi, suv
manbalarining qurish
i va ifloslanishi bilan bog‘liq ayrim muammolarga duch kelmoqda.
Shu bois keng jamoatchilikni, ilmiy va davlat tuzilmalarini bu borada yuz berishi mumkin
bo‘lgan muammo va mintaqaviy tahdidlardan o‘z vaqtida ogoh etish ayni bugungi
kunning muhim masalalaridandir. Shuningdek, u Markaziy Osiyodagi besh davlatning suv
resurslarini hamkorlikda boshqarish va Orolbo‘yining buzilgan tabiiy ekotizimini
tiklashga qaratilgan sa’y
-harakatlari dolzarbdir.
Farmonga ko‘ra Suv qonunchiligi ustidan nazorat tizimi kuchaytir
iladi.
Suvxo‘jaliknazorat inspeksiyasiga barcha suv manbalarini nazorat qilish vakolatini berish
hamda maxsus kiyim-
bosh joriy etish, jamoatchilik nazoratini rag‘batlantirish va boshqa
chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Transchegaraviy hamkorlik va xalqaro tashkilotlar bilan ishlash samaradorligini
oshirish ko‘zda tutilgan. “Amudaryo” va “Sirdaryo” havzalari suv xo‘jaligi birlashmalari
hamda “Markaziy Osiyo davlatlararosuv xo‘jaligi komissiyasi”
[7] ilmiy markazi
faoliyatini takomillashtirish nazarda tutilgan.
O‘zbekistonda suv resurslaridan tejamli va oqilona foydalanish hamda suv
resurslarini muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqilgan. Iqtisodiyot,
aholi va ekotizimning suv bilan ta’minlanishiga doir vaziyat batafsil bayon qilingan
. Suv
resurslari sifati, suvdan foydalanuvchilar va uni iste’mol qiluvchilarga oid muammolar,
shuningdek, jadal ko‘payayotgan aholi ehtiyojlari va ekotizimni saqlab qolishga qaratilgan
talablarni qondirish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish yo‘llari tahl
il etilgan. Suv
resurslarini boshqarishning institutsional asoslari va suvga oid muammolarni hal etish
jarayoniga jamoatchilikni jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Bulardan tashqari, sohada raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, ilm va
amaliyotning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash,kadrlar salohiyatini oshirish ham doimiy
e’tiborda bo‘ladi.
Xususan, O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish quyidagi yo‘nalishlarda
amalga oshirilmoqda:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
220
1.
Suv xo‘jaligi obyektlarida
raqamlashtirish: Zamonaviy axborot-texnologiyalari
orqali suv ta’minoti, sarflash, hisobot va monitoringni avtomatlashtirish.
2. Boshqaruv samaradorligini oshirish
: Xususiy sektor bilan hamkorlikni yo‘lga
qo‘yish va davlat boshqaruvini tarkibiy yangilash.
3. Suv saqlash havzalari barpo qilish: Suvni saqlash uchun zamonaviy inshootlarni
va infrastrukturalarni yaratish.
4.
Tabiiy va sun’iy suv yoritish loyihalarini rivojlantirish
: Damchalar, suv
rezervuarlari va suv saqlash ob’ektlarini
kengaytirish.
5. Suv sifati va miqdorini doimiy monitoring qilish tizimini joriy qilish: Ekologik
ifloslanishlarning oldini olish, suvning organoleptik va ximyoviy turmushga zarar
keltirishini kamaytirish.
6. Tabiiy suv resurslarini muhofaza qilish: Artga qaytariladigan ekologiyaviy
loyihalarga e’tibor qaratish.
7.
Suv xo‘jaligi va boshqaruv sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash
:
Akademik dasturlar, treninglar va kurslar orqali kadrlar salohiyatini rivojlantirish.
8. Aholining suvni saqlash va oqilon
a foydalanish bo‘yicha bilimlarini oshirish.
9.
Ommaviy targ‘ibotlar, tashviqa yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish.
10.
Suv ta’minoti, kanalizatsiya, drenaj, sug‘orish sohasidagi muhim
infratuzilmalarni modernizatsiyalash.
11. Obyektlarni remont qilish, innovatsion usullardan foydalanish orqali
samaradorlikni oshirish.
12. Davlat-
xususiy sherikchiligi asosida suv xo‘jaligi sohasidagi investitsiyalarni
jalb qilish.
13. Sektorda innovatsiya va texnikalarni joriy qilish uchun xususiy sektorni
rag‘batlan
tirish.
O‘zbekistonning suv resurslari bo‘yicha istiqbolli rejalari nafaqat suvdan oqilona
foydalanish, balki ekologik barqarorlik, aholiga to‘liq suv ta’minotini ta’minlash,
innovatsiyalarni joriy qilish, infratuzilmalarni yaxshilashga
qaratilgan. Bu rejalar sug‘orish,
ta’minot, ekologik muhofaza va boshqaruv samaradorligini ko‘tarishga xizmat qiladi. Davlat
-
xususiy sherikchiligi asosida suv xo‘jaligi sohasidagi investitsiyalarni jalb qilish.
Sektorda innovatsiya va texnikalarni joriy qilish uchun xususiy sektorni
rag‘batlantirish. O‘zbekistonning suv resurslari bo‘yicha istiqbolli rejalari nafaqat suvdan
oqilona foydalanish, balki ekologik barqarorlik, aholiga to‘liq suv ta’minotini ta’minlash,
innovatsiyalarni joriy qilish, infratuzilmalarni yaxshilashga qaratilgan. Bu rejalar
sug‘orish, ta’minot, ekologik muhofaza va boshqaruv samaradorligini ko‘tarishga xizmat
qiladi. Muxtasar aytganda, ushbu hujjat suv xo‘jaligi sohasida zamonaviy boshqaruvni
joriy qilish, xodimlar maoshini oshirish,
suv hisobini yo‘lga qo‘yish, umumlashtirish va
suv balansini yuritish, iste’molchilar uchun qulayliklar yaratishga xizmat qiladi. Suv
boshqaruvi tizimlaridagi bir qator kamchiliklarning mavjudligi
suv
resurslarini
integratsiyalashgan holda boshqarish
uslub
laridan foydalanish vaqti kelgani ta’kidlanadi.
Shuni qayd etish kerakki, Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy suv muammolarini
hal etish borasida birgalikda ayrim sa’y
-harakatlarni amalga oshirdi. Biroq ushbu
davlatlarning suv resurslari va mavsumiy ehtiyojlarga turlicha yondashuvi, shuningdek,
iqtisodiyotining eski tuzim jarayonlariga bog‘liq bo‘lib qolayotgani ularning samarali
natijalarga erishish borasidagi o‘zaro hamjihatligiga to‘sqinlik qilmoqda. Suv resurslari
bo‘yicha samarali mintaqaviy hamkorl
ik hamda suv resurslarini milliy darajada
boshqarish borasida tegishli amaliyotini qo‘llash iqtisodiyotni tabaqalashtirish va
chuqurlashtirish imkonini beradigan barqaror rivojlanish omilidir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
221
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Yil davomida yog'ingarchilik miqdori juda kam bo'lgan va tuprog'i qurib,
o'simliklar uchun noqulay sharoitlar hukm suradigan geografik hududlardir
2.
Всемирный доклад Организaции Объединенных Нaций о состоянии
водных ресурсов, 2018 г. www.unesco.org/water/wwap
3.
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев БМТ Бош Ассамблеясида
сўзлаган нутқидан. http://uza.uz/oz/politics/zbekiston
-prezidenti-shavkat-mirziyeev-
bmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017
4.
O
‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni.
https://lex.uz/docs/-12328?ONDATE=15.09.2017%2000
5.
https://lex.uz/docs/6913766?ONDATE=08.05.2024%2000
6.
https://krminwater.uz/11/05/2024/3126/
7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv
tizimini joriy qilish va
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida”
07.05.2024 yildagi pf-74-son Farmoni. https://lex.uz/
