Авторы

  • Мухлис Муродов
    Докторант, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss11/S-pp280-286

Ключевые слова:

кредитный договор разрешение споров медиация арбитраж судебная система национальный и международный опыт банковский омбудсман права заемщиков заемщик Узбекистан международная практика Гражданский кодекс

Аннотация

В статье анализируется порядок и методы разрешения споров, возникающих из кредитных договоров. С развитием и изменениями кредитных отношений на глобальном уровне, необходимы эффективные и справедливые механизмы для разрешения споров в этой сфере, включая медиацию, арбитраж и судебную систему. Рассматриваются международный опыт, в частности практики Германии, США и других европейских стран, а также исследуется, как эти методы могут быть применены в правовой системе Узбекистана. Статья предлагает эффективные механизмы и подходы для разрешения споров по кредитным договорам, основываясь на сравнении национального и зарубежного опыта.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Procedures and methods for resolving disputes arising
from credit agreements: national and international
experiences

Mukhlis MURODOV

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2024

Received in revised form

15 October 2024
Accepted 25 October 2024

Available online

25 December 2024

The article analyzes the procedures and methods for

resolving disputes arising from credit agreements. With the

global development and transformation of credit relations,

effective and fair mechanisms for resolving disputes in this field

are necessary, including mediation, arbitration, and the court
system. The article examines international experiences,

particularly the practices of Germany, the USA, and other

European countries, and explores how these methods can be

applied to Uzbekistan’s legal framework. By comparing national

and foreign practices, the article proposes efficient mechanisms

and approaches for resolving disputes arising from credit

agreements.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss11/S-pp

280-286

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

credit agreement,

dispute resolution,
mediation,

arbitration,

court system,

national and international
experience,

bank ombudsman,

debtor rights,

borrower,

international practice,

civil code.

Kredit shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal
etish tartibi va usullari: milliy va xorijiy tajribada

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

kredit shartnomasi,
nizolarni hal qilish,
mediatsiya,

arbitraj,

sud tizimi,

milliy va xalqaro tajriba,
bank ombudsmani,

qarzdorlar huquqlari,

Ushbu maqolada kredit shartnomasidan kelib chiqadigan

nizolarni hal etish tartibi va usullari tahlil qilinadi. Kredit

munosabatlarining global miqyosda rivojlanishi va o‘zgarishi

bilan birga, bu sohada yuzaga keladigan nizolarni samarali va

adolatli hal qilish uchun zarur mexanizmlar, shu jumladan

mediatsiya, arbitraj va sud tizimi ko‘rib chiqiladi. Xalqaro

tajriba, xususan Germaniya, AQSh va boshqa Yevropa

1

Doctoral Candidate, Tashkent State University of Law.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2024) / ISSN 2181-1415

281

kredit oluvchi,

xalqaro amaliyot,

fuqarolik kodeksi.

davlatlaridagi amaliyotlar tahlil etilgan va O‘zbekiston

amaliyotida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali yondashuvlar
o‘rganilgan. Maqola kred

it shartnomasidan kelib chiqadigan

nizolarni hal etishda milliy va xorijiy tajribalarni solishtirish

orqali samarali mexanizmlar va usullarni taklif etadi.

Кредитный договор и споры: порядок и методы
разрешения споров на основании национального и
международного опыта

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

кредитный договор,

разрешение споров,
медиация,

арбитраж,

судебная система,

национальный и
международный опыт,
банковский омбудсман,

права заемщиков,
заемщик,

Узбекистан,

международная практика,
Гражданский кодекс.

В статье анализируется порядок и методы разрешения

споров,

возникающих

из

кредитных

договоров.

С развитием и изменениями кредитных отношений на

глобальном

уровне,

необходимы

эффективные

и

справедливые механизмы для разрешения споров в этой
сфере, включая медиацию, арбитраж и судебную систему.

Рассматриваются международный опыт, в частности

практики Германии, США и других европейских стран, а

также исследуется, как эти методы могут быть применены
в правовой системе Узбекистана. Статья предлагает

эффективные

механизмы и подходы для разрешения

споров по кредитным договорам, основываясь на

сравнении национального и зарубежного опыта.

Bugungi kunda kredit munosabatlari hayotning bir qismiga aylangan bo‘lib, bank

-

moliya tizimining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Kredit nazorati asosidagi yillik

amaliyotga o‘rnatilgan hisob

-kitoblar yildan-yilga ortib bormoqda. Biroq, kredit

munosabati bilan bog‘liq holda turli xil nizolar ham yuzaga kelishi mumkin. Kredit
beradigan mablag‘laridan kelib chiqadigan nizolar

ning oldini olish va ularni ishlab

chiqish mexanizmlarini takomillashtirish muammosi milliy, shuningdek xalqaro doirada
ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada turli mamlakatlarda ushbu
munosabatlarni takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. Mazkur maqolada kredit
munosabatidan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish asoslari, mavjud mexanizmlar,

shuningdek bu bo‘yicha milliy va xorijiy tajriba qiyosiy tahlil qilinadi. Bunda tashqari,

nizogacha va sud tartiblarini yaratish institutlari masalalari, mediatsiyadagi samarador
mexanizmlar ko

rib chiqiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kredit shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etish tartibi va usullari

xalqaro miqyosda va turli huquqiy tizimlarda muhim masala sifatida tan olinadi. Kredit

shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar, asosan, kredit beruvchilarning to‘lovlarni

qayt

arib olish imkoniyati va kredit oluvchilarning o‘z majburiyatlarini to‘g‘ri va adolatli

bajarishi bilan bog‘liq. Xususan, bu munosabatda bir nechta bahsli muammolar mavjud
bo‘lib, ulardan biri asosan kredit oluvchi va kredit beruvchining teng huquqliligi

tamoyilining buzilishdan kelib chiqadi. Chunki, deyarli barcha kredit shartnomalarida

kredit beruvchining manfaatlari ko‘proq himoya qilingan. Xususan, Germaniya
qonunchiligiga ko‘ra, kredit shartnomalari bilan bog‘liq nizolarni sud orqali hal qilishda


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2024) / ISSN 2181-1415

282

kredit oluvchiga nisbatan nohaqlik yuzaga kelmasligi uchun qonunchilikda maxsus

me’yorlar joriy etilgan. Bu haqda F. Muller o‘z tadqiqotida kredit oluvchilar ko‘pincha
sudlarda iqtisodiy jihatdan zaif tomon bo‘ladi, shu sababli sud tizimlari ularga nisbatan

ad

olatli qaror chiqarishda ehtiyotkor bo‘lishlari lozimligini ta’kidlab o‘tadi. Bu qoidaga

mos ravishda xalqaro amaliyotda, ba’zi mamlakatlarda, masalan, AQShda kredit
shartnomalari bilan bog‘liq nizolar ko‘pincha kredit beruvchining foydasiga hal qilinadi,
chunki moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan yirik banklar va moliya institutlari sud
jarayonlarini boshqarishda ustunlikka ega bo‘ladi. Shundan kelib chiqib ushbu sohada

taraflar uchun imkon qadar nizoni tez va adolatli hal etish uchun kuchli mexanizm

bo‘lish

i lozim. Chunonchi,

Germaniyada

kredit shartnomasidan kelib chiqadigan

nizolarni hal qilishda mediatsiya va arbitraj tizimlari keng qo‘llaniladi. Chunki, sud tizimi
orqali kredit nizolarini hal qilish kredit oluvchi va kredit beruvchi o‘rtasida uzoq

muddatli ishonchsizlikka olib kelishi mumkin. Mediatsiya esa har ikkala tomonni
qoniqtiradigan kelishuvga erishish uchun eng samarali usullardan biri hisoblandi.
Jumladan, Germaniyada kredit munosabatlarini tartibga solishning asosiy huquqiy tartibi
Germaniya Fu

qarolik kodeksi (Bürgerliches Gesetzbuch

BGB) da belgilangan.

Kodeksning 488

507-

moddalari bevosita iste’mol krediti shartnomalariga bag‘ishlangan.

Bundan tashqari, Bank faoliyati to‘g‘rida qonuni ham mavjud bo‘lib undan bevosita va

bilvosita kredit-pul munosabatlaridan kelib chiqadigan munosabatlar tartibga solinadi.

Germaniya qonunchiligiga ko‘ra, yuqorida keltirib o‘tilgani kabi nizolarni sudgacha hal
qilish tartibdan keng qo‘llanadi.Xususan, Germaniyda Bank ombudsmani instituti mavjud
bo‘lib, u German

iya xususiy banklar uyushmasi (Bundesverband deutscher Banken)

tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, 1992

-yildan

buyon xususiy banklar ombudsmani

instituti

sifatida faoliyat yuritadi. Bank ombudsmani institutining faoliyati Germaniya

bank qonunchiligi, xususan

, “Kredit muassasalari to‘g‘risida”gi qonun hamda Xususiy

banklar uyushmasining nizomi asosida tartibga solinadi. Ombudsman bank va mijoz

o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib chiqish va hal etish vakolatiga ega bo‘lgan mustaqil organ

hisoblanib, unga murojaat qilish tartibi bepul amalga oshiriladi. Ombudsmanning asosiy
vakolatlari:

Bank va mijoz o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib chiqish;

Taraflarga maslahat berish;

Qarorlar qabul qilish;

Tavsiyalar berish bilan shug‘ullanish.

Bundan tashqari qonunchilikda bu

mexanizmga taalluqli bo‘lgan nizolar doirasiga

asosan, kredit shartnomalari bo‘yicha nizolar, bank xizmatlari bilan bog‘liq shikoyatlar,

foiz stavkalari bo‘yicha kelishmovchiliklar, bank komissiyalari masalalari kiritiladi.

Nizolar asosan nizoning oddiy yoki murakkabligiga qarab, 30 yoki 90 kun ichida,

nizoning holatiga qarab muddat uzaytirilgan holatda ko‘rib chiqiladi. Ahamiyatli jihati

shuki, nizo yuzasidan chiqarilgan qarorlar miqdori 5000 yevrogacha bo‘lgan nizolar

bo‘yicha banklar uchun majburiy kuchga, undan yuqori bo‘lganlari esa ixtiyoriy ijro

kuchiga ega hisoblanadi. Qaror ixtiyoriy ijro etilmagan taqdirda sud orqali majburiy ijro

etilishi mumkin.

Keyingi o‘rinlarda Germaniyada ushbu munosabatdan kelib chiqadigan

nizolarni hal qilishda mediatsiyadan foydalanishi keng tarqalgan, xususan, 2012-yilda

Mediatsiya to‘g‘risidagi qabul qilingan qonun asosida tartibga solinadi. Jumladan,

mediatorlar maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, moliya sohasida tajribaga ega mutaxassislar

bo‘lishi talab etiladi. Germaniya qonunchiligiga ko‘ra, kredit shartnomasi tomonlaridan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2024) / ISSN 2181-1415

283

biri nizoni hal qilish uchun tasdiqlangan mediatsiya markazi yoki mediatorga murojaat

qilishi orqali mediatsiya jarayonini boshlaydi. Bu so‘rov nizoning tafsilotlari va

ko‘zlangan natijani o‘z ichiga oli

shi kerak. Germaniyada kredit shartnomasi nizolarini

mediatsiya asosida hal qilish uning an’anaviy sud tartibiga nisbatan iqtisodiy tejamkor,

samarali va munosabatlarni saqlovchi muqobili hisoblanadi. Nizolarni hal qilishning

keyingi shakli sud hisoblanadi. Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar, odatda,

fuqarolik sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Germaniya sud tizimi uch bosqichli bo‘lib,

birinchi instansiya (Amtsgericht yoki Landgericht), apellatsiya (Oberlandesgericht) va

oliy instansiya (Bun

desgerichtshof) sudlaridan iborat. Birinchi instansiya sudlari, ya’ni

Amtsgericht va Landgericht kredit shartnomasi bilan bog‘liq ko‘plab nizolarni ko‘rib

chiqishadi. Bu sudlar mayda mulkiy nizolar, kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan

shikoyatlar, to‘

lovlar va undirib olishlar kabi masalalarni hal etishadi. Agar tomonlardan

biri birinchi instansiya sudining qaroriga rozi bo‘lmasa, ular Oberlandesgericht

apellatsiya sudiga murojaat qilishlari mumkin. Apellatsiya sudlari qabul qilingan

qarorlarni qayta k

o‘rib chiqadi, ularni tasdiqlashi yoki bekor qilishi mumkin. Agar ular

apellatsiya sudining qaroriga ham rozi bo‘lmasalar, Bundesgerichtshof oliy sudiga

shikoyat qilishlari mumkin. Bundesgerichtshof sudlari chegara-huquqiy va konstitutsion

masalalarni hal

etish bilan shug‘ullanadi. Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan

nizolar ko‘pincha mablag‘lar undirib olish, shartnoma shartlarini buzish, shartnomani

bekor qilish va shu kabi masalalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday hollarda, banklar va

moliya institutl

ari o‘zlarining yuridik xizmatlaridan foydalangan holda, sudga murojaat

qilib, mulkiy manfaatlarini himoya qilishadi. Shuningdek, kredit shartnomasiga doir

nizolar hal qilishda

AQSH

tajribasini tahlil qilish o‘rinli, M.

Harrington o‘z tadqiqotida

shunday yozadi:

“AQShda kredit shartnomalari bilan bog‘liq sud jarayonlari odatda kredit

beruvchilarning foydasiga hal qilinadi, chunki banklar va moliya institutlari kuchli huquqiy

resurslarga ega bo‘lib, kredit oluvchilar ustidan ustunlikka ega bo‘ladi”

. Yevropa Ittifoqi

davlatlari va AQShda kredit nizolarini hal etish jarayonida mediatsiya va arbitraj keng

tarqalgan. Bu usullarning afzalliklari shundaki, ular sud tizimiga yuk bo‘lmasdan,

nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishga imkon beradi. AQSHda kredit s

hartnomalaridan kelib

chiqadigan nizolarni hal etish jarayoni juda rivojlangan. Kredit beruvchi muassasalar,

odatda, nizolarni hal etish uchun maxsus bo‘limlarga ega. Bu bo‘limlar, qarzdorlar bilan

ishlash va muammolarni hal etish uchun tajribali mutaxassislarni jalb qiladi. Shuningdek,

AQSHda kredit shartnomalari bilan bog‘liq nizolarni hal etish uchun ko‘plab qonunlar va

qoidalar mavjud. Masalan, Fair Debt Collection Practices Act (FDCPA) qarzdorlarni

himoya qilishga qaratilgan qonunlardan biridir. Bu qonun, qarzdorlarni noqulay

sharoitlarda qoldirmaslik va ularning huquqlarini himoya qilishga yordam beradi.

U yerda ham boshqa davlatlarda kabi nizolarni muqobil usulda hal qilish usullardan keng

tarqalgan. Jumladan, qarzdor muammolar yuzaga kelganda, avvalo, kredit beruvchi bank

yoki moliyaviy muassasaga murojaat qiladi. Bu bosqichda muammo haqida ma’lumot

berish va yechim izlash jarayoni boshlanadi. Agar muammo hal etilmasa, tomonlar

o‘rtasida muzokaralar o‘tkaziladi. Bu jarayonda qarzdor va kredit beruvchi o‘zaro

kelishuvga erishishga harakat qiladi. Agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, tomonlar

arbitrajga murojaat qilishlari mumkin. Arbitraj nizoni hal etishning muqobil usuli bo‘lib,

mustaqil arbiter tomonidan qaror qabul qilinadi. Agar arbitraj ham natija bermasa,

tomonlar sudga murojaat qilishlari mumkin. Sud jarayoni ko‘proq vaqt va mablag‘ talab

qiladi, shuning uchun bu oxirgi chora sifatida ko‘riladi. AQSHda Kredit shartnomasi

nizolari, ko‘pincha, quyidagi masalalar bo‘yicha sud tartibida hal etil

adi:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2024) / ISSN 2181-1415

284

Kreditni to‘lash yoki undirib olish;

Shartnoma shartlarini buzish;

Shartnomani bekor qilish;

Kafolat va garov masalalari;

Foiz stavkalari va to‘lovlar.

Shuningdek, AQSHda kredit shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hakamlik

sudlari orqali hal et

ish qo‘llaniladi. Hakamlik jarayonida mustaqil hakam tomonlar

o‘rtasidagi nizoni o‘rganib, qonuniy va adolatli yechim chiqaradi. Hakamlik sudlari

nizolarni tez va arzon shaklda hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Ammo, Hakamlik
sudining qarorlarini ijrosi t

araflar uchun majburiy kuchga ega bo‘lmaydi.

Fransiya qonunchiligida kredit oluvchilarga qo‘shimcha muddatlar berish va qarz

qaytarishda yengilliklar yaratish nazarda tutilgan. Bu jarayon kredit oluvchining
moliyaviy holatini yaxshilash va uni bankrotlikdan saqlashga yordam beradi.

O‘zbekistonda kredit shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarning hal qilishda eng
tarqalgan usuli sud hisoblandi. Umumiy amaliyotga ko‘ra, kredit shartnomasidan kelib
chiqadigan majburiyatlar ijrosini ta’minlash usuli hisoblanga

n kafillik, garov

shartnomadagi va kafolatdagi taraflar hamda uchinchi shaxslar o‘rtasidagi huquqiy
munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi

Fuqarolik kodeksi, “Garov to‘g‘risida”gi,

“Garov reyestri to‘g‘risida”gi, “Ipoteka to‘g‘risida”

gi O‘zbekiston Respubli

kasining

qonunlari, banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Sud amaliyotiga ko‘ra,

sudlar kredit tashkilotlari va qarz oluvchilarning taraflarni kredit

shartnomasini bajarishga majburlash to‘g‘risidagi da’volarini ko‘rishda taraflarning
tuzilgan ushbu shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlari vujudga kelgan paytni

inobatga olishlari lozimligi belgilangan. Kredit shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni
sud tartibida taraflardan birining talabi bilan boshqa taraf tomonidan shartnoma

shartlari jiddiy ravishda buzilganda yoki vaziyat jiddiy o‘zgarganda, shuningdek qonun
yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi

mumkin. Yuqori foiz stavkalarini belgilash, kreditni qaytarish

yoki foiz to‘lashni

kechiktirganlik uchun jarima qo‘llash, kredit valyutasi kursining o‘zgarishi kredit
o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishiga olib keladigan vaziyatning jiddiy o‘zgarishi deb

hisoblanishi mumkin emas. Shu bilan birga, mediatsiya va arbitraj tizimlari ham mavjud

bo‘lib, ammo, ular hali to‘liq rivojlanmaganligi sababli ko‘plab nizolar sud tizimiga

yuklanadi. Bu sud tizimida ortiqcha yuklama keltirib chiqaradi va nizolarni tezkor hal
qilish imkoniyatini cheklaydi. Bu eng muhim muammolardan bir

i sifatida e’tirof etiladi.

Ikkinchidan,

kredit oluvchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yetarlicha

mexanizmlar mavjud emas. Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarni hal

qilishda eng muhim omillardan biri garovga qo‘yilgan mol

-mulkning musodara qilinishi

masalasidir. O‘zbekiston qonunchiligida kredit oluvchilarning majburiyatlarini
bajarmagan taqdirda garovga qo‘yilgan mol

-mulk kredit beruvchi foydasiga musodara

qilinishi mumkin. Bu jarayon ko‘plab hollarda kredit oluvchi uchun moliyaviy

qiyinchiliklarni yanada kuchaytiradi. Ushbu muammolarni hal qilish uchun nizolarni hal
etish tizimini xorijiy tajriba asosida rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir. Mediatsiya

va arbitraj tizimlarini keng qo‘llash, kredit oluvchilar uchun himoya mexanizml

arini

kuchaytirish va sud tizimida muammolarni bartaraf etish orqali kredit nizolarini samarali
va adolatli hal etish mumkin.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2024) / ISSN 2181-1415

285

XULOSA

Kredit shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etish tartibi va usullari

bugungi kunda nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham muhim va dolzarb

masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Kredit munosabatlari bank

-moliya tizimining

ajralmas qismi sifatida o‘zgarmas darajada iqtisodiy hayotning asosiy elementlariga

aylanib bormoqda. Bu munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar esa, odatda, kredit

beruvchilar va kredit oluvchilar o‘rtasidagi huquqiy va iqtisodiy noaniqliklar bilan
bog‘liq. Bu nizolarni hal qilishda, sohada mavjud bo‘lgan yuridik mexanizmlar, shu
jumladan mediatsiya, arbitraj va sud tizimi asosiy rol o‘ynaydi.

Xalqaro tajriba, xususan, Germaniya, AQSh va boshqa Yevropa davlatlaridagi

amaliyotlar kredit nizolarini hal qilishda muqobil usullarning samarali qo‘llanilishini
ko‘rsatadi. Mediatsiya va arbitraj tizimlari nafaqat nizolarni tez va arzon hal qilishga,

balki

taraflar o‘rtasidagi ishonchni saqlashga ham yordam beradi. Germaniyada bu

usullar o‘ta muvaffaqiyatli qo‘llanilib, bank ombudsmani instituti orqali kredit oluvchilar
huquqlarini himoya qilishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. AQShda esa, kredit

shartnomasi

dan kelib chiqadigan nizolar ko‘pincha banklar foydasiga hal etilgan bo‘lsa

-

da, qarzdorlar uchun himoya mexanizmlarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar, masalan,

Fair Debt Collection Practices Act mavjud.

O‘zbekistonda esa kredit nizolarini hal qilishda as

osiy usul sifatida sud tizimi

qo‘llaniladi. Bu holatning kamchiliklaridan biri –

sudlarga ishlarning ortiqcha yuklanishi

va kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarni tezkor va samarali hal qilish
imkoniyatining cheklanishidir. Buning natijasida kr

editorlar va qarzdorlar o‘rtasidagi

nizolarni hal qilishda adolatli va samarali mexanizmlar yetishmayapti. Shu bois
mediatsiya va arbitraj tizimlari rivojlantirilishi, shuningdek, kredit oluvchilarning
huquqlarini himoya qilish mexanizmlari kuchaytirilishi zarur.

Xalqaro tajriba, shu jumladan Germaniya va AQShdagi amaliyotlar O‘zbekiston

Respublikasida kredit shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish tizimini
rivojlantirishga yordam berishi mumkin. Yangi, samarali mexanizmlarning joriy etilishi
k

redit oluvchilar uchun qo‘shimcha himoya mexanizmlarini taqdim etadi va sud

tizimidagi ortiqcha yukni kamaytiradi. Shunday qilib kredit shartnomalaridan kelib
chiqadigan nizolarni hal etish tizimining takomillashuvi milliy iqtisodiyotning
barqarorligini ta

’minlash va bank

-

moliya tizimiga bo‘lgan ishonchni oshirish uchun katta

ahamiyatga ega hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI

:

1.

Walters, J. (2019). Financial Dispute Resolution in International Context.

London: Oxford Press;

2.

Müller, P. (2015). Consumer Protection in Credit Contracts in Germany. Berlin:

Springer.https://ideas.repec.org/s/kap/jcopol2.html;

3.

Harrington, M. (2020). The Legal Framework of Credit Disputes in the US. New

York:

Cambridge

University

Press

https://www.bakermckenzie.com/-

/media/files/people/caroline-dos-santos/banking-and-finance-disputes-to-arbitrate-or-
not-to-arbitrate-that-is-the-q.pdf;

4.

Walters, J. (2019). Financial Dispute Resolution in International Context.

London: Oxford Press;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2024) / ISSN 2181-1415

286

5.

Bürgerliches

Gesetzbuch

(BGB),

2021.

https://www.gesetze

-im-

internet.de/bgb/__2022.html;

6.

Gesetz

über

das

Kreditwesen

(Kreditwesengesetz

KWG).

https://www.gesetze-im-internet.de/kredwg/BJNR008810961.html;

7.

Bundesverband deutscher Banken, "History of Banking Ombudsman", 2022;

8.

German Banking Act (KWG), 2023. https://kanzlei-herfurtner.com/german-

banking-act/;

9.

Schmidt,

K.,

"Banking

Dispute

Resolution

in

Germany",

2022.

https://arbitrationblog.kluwerarbitration.com/author/richard_schmidt/;

10.

Annual

Report

of

German

Banking

Ombudsman,

2023.

https://www.fdic.gov/about/2023-annual-report-activities;

11.

Deutsche Kreditwirtschaft, "Annual Report on Banking Ombudsman", 2023.

https://www.fdic.gov/about/2023-annual-report-activities;

12.

Meyer, H., "Enforcement of Ombudsman Decisions", 2022

13.

Mediationsgesetz,

2012

https://www.gesetze-im-

internet.de/mediationsg/MediationsG.pdf;

14.

Harrington, M. (2020). The Legal Framework of Credit Disputes in the US. New

York:

Cambridge

University

Press.

https://www.bakermckenzie.com/-

/media/files/people/caroline-dos-santos/banking-and-finance-disputes-to-arbitrate-or-
not-to-arbitrate-that-is-the-q.pdf;

15.

Brightman, K. (2016). Dispute Resolution in International Finance. London:

Routledge;

16.

Legal Information Institute. https://www.law.cornell.edu/rules/frcp;

17.

Fair

Debt

Collection

Practices

Act.

https://www.consumer.ftc.gov/articles/debt-collection;

18.

https://www.nolo.com/legal-encyclopedia/credit-contract-disputes.html;

19.

Lefevre, F. (2019). Debt Relief and Borrower Protection in French Law. Paris:

Presses Universitaires de France;

20.

https://www.cambridge.org/core/journals/law-and-history-

review/article/abs/disciplining-the-market-debt-imprisonment-public-credit-and-the-
construction-of-commercial-personhood-in-revolutionary-
france/B31B1D4A5979CC8598CD9ADE2DDDF8A1;

21.

Kredit va qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rish bo‘yicha sud

amaliyoti. https://sud.uz;

22.

O‘zbekiston respublikasining Garov to‘g‘risidagi qonuni https://lex.uz/docs/

-

59914.

Библиографические ссылки

Walters, J. (2019). Financial Dispute Resolution in International Context. London: Oxford Press;

Müller, P. (2015). Consumer Protection in Credit Contracts in Germany. Berlin: Springer.https://ideas.repec.org/s/kap/jcopol2.html;

Harrington, M. (2020). The Legal Framework of Credit Disputes in the US. New York: Cambridge University Press https://www.bakermckenzie.com/-/media/files/people/caroline-dos-santos/banking-and-finance-disputes-to-arbitrate-or-not-to-arbitrate-that-is-the-q.pdf;

Walters, J. (2019). Financial Dispute Resolution in International Context. London: Oxford Press;

Bürgerliches Gesetzbuch (BGB), 2021. https://www.gesetze-im-internet.de/bgb/__2022.html;

Gesetz über das Kreditwesen (Kreditwesengesetz - KWG). https://www.gesetze-im-internet.de/kredwg/BJNR008810961.html;

Bundesverband deutscher Banken, "History of Banking Ombudsman", 2022;

German Banking Act (KWG), 2023. https://kanzlei-herfurtner.com/german-banking-act/;

Schmidt, K., "Banking Dispute Resolution in Germany", 2022. https://arbitrationblog.kluwerarbitration.com/author/richard_schmidt/;

Annual Report of German Banking Ombudsman, 2023. . https://www.fdic.gov/about/2023-annual-report-activities;

Deutsche Kreditwirtschaft, "Annual Report on Banking Ombudsman", 2023. https://www.fdic.gov/about/2023-annual-report-activities;

Meyer, H., "Enforcement of Ombudsman Decisions", 2022

Harrington, M. (2020). The Legal Framework of Credit Disputes in the US. New York: Cambridge University Press. https://www.bakermckenzie.com/-/media/files/people/caroline-dos-santos/banking-and-finance-disputes-to-arbitrate-or-not-to-arbitrate-that-is-the-q.pdf;

Brightman, K. (2016). Dispute Resolution in International Finance. London: Routledge;

Legal Information Institute. https://www.law.cornell.edu/rules/frcp;

Fair Debt Collection Practices Act. https://www.consumer.ftc.gov/articles/debt-collection;

Lefevre, F. (2019). Debt Relief and Borrower Protection in French Law. Paris: Presses Universitaires de France;

Kredit va qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti. https://sud.uz;

O‘zbekiston respublikasining Garov to‘g‘risidagi qonuni https://lex.uz/docs/-59914.