Авторы

  • Нодирахон Комилова
    Студент, Ферганский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss11/S-pp181-186

Ключевые слова:

молодые баскетболисты физическая подготовка методы тренировки выносливость скорость плиометрика интервальные тренировки психологическая подготовка спортивная методика индивидуальный подход тренеры баскетбол

Аннотация

Статья посвящена развитию методов тренировки, применяемых для совершенствования физической подготовки юных баскетболистов. В ней рассматриваются наиболее эффективные подходы к тренировкам, направленные на достижение высоких спортивных результатов. Особое внимание уделяется современным методам, способствующим развитию ключевых физических качеств, таких как сила, выносливость, скорость и координация. Среди описанных методов выделяются интервальные, плиометрические и нагрузочные упражнения, а также упражнения на развитие гибкости.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Development of training methods and techniques for
improving the physical fitness of young basketball players

Nodirahon KOMILOVA

1


Fergana State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2024

Received in revised form

15 October 2024
Accepted 25 October 2024

Available online

25 December 2024

This article focuses on the development of training methods

and techniques used to improve the physical fitness of young

basketball players. It highlights the most effective approaches to

preparing young athletes for achieving high performance. The

training process incorporates modern methods aimed at
developing key physical attributes, such as strength, endurance,

speed, and coordination, with a particular emphasis on interval,

plyometric, resistance, and flexibility exercises.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss11/S-pp

181-186

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Young basketball players,

physical preparation,
training methods,
endurance,

speed,

plyometric training,

interval training,
psychological preparation,

sports methodology,
individual approach,
coaches,

basketball sport.

Yosh

basketbolchilarning

jismoniy

tayyorgarligini

takomillashtirishda trening usullari va metodikalarini
rivojlantirish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

yosh basketbolchilar,
jismoniy tayyorgarlik,
trening usullari,

chidamlilik,

tezlik,

plyomometrik trening,
interval trening, psixologik

tayyorgarlik,

Ushbu maqolada yosh basketbolchilarning jismoniy

tayyorgarligini takomillashtirishda qo‘llaniladigan trening

usullari va metodikalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan.

Maqolada, yosh sportchilarni yuqori natijalarga erishishga

tayyorlash uchun eng samarali jismoniy tayyorgarlik

metodlarining ta’rifi berilgan. Shuningdek, trening jarayonida

kuch, chidamlilik, tezlik va koordinatsiya kabi muhim jismoniy

1

Student, Fergana State University.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2024) / ISSN 2181-1415

182

sport metodikasi,

individual yondashuv,

trenerlar,

basketbol sporti.

sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy usullar, shu

jumladan interval, plyomometrik, yuklamali va fleksibilitetni
oshirish mashqlari muhokama qilinadi.

Развитие

методов

и

методики

тренинга

в

совершенствовании физической подготовки юных

баскетболистов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

молодые баскетболисты,

физическая подготовка,

методы тренировки,

выносливость,

скорость,

плиометрика,

интервальные

тренировки,

психологическая

подготовка,

спортивная методика,

индивидуальный подход,

тренеры,

баскетбол.

Статья посвящена развитию методов тренировки,

применяемых

для

совершенствования

физической

подготовки юных баскетболистов. В ней рассматриваются

наиболее

эффективные

подходы

к

тренировкам,

направленные на достижение высоких спортивных

результатов. Особое внимание уделяется современным

методам,

способствующим

развитию

ключевых

физических качеств, таких как сила, выносливость,

скорость и координация. Среди описанных методов

выделяются

интервальные,

плиометрические

и

нагрузочные упражнения, а также упражнения на развитие

гибкости.

KIRISH

O

zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF

6099-son

Farmonida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug

ullanish hamda

sog

lom turmush tarzi bo

yicha hayotiy ko

nikmalarni shakllantirish orqali har bir

fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo

lishini ta

minlash, zararli

odatlardan voz kechish, to

g

ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va

reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali

tashkil qilish, bu borada tegishli infratuzilma va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish

maqsadida quyidagilar belgilangan:

Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada

rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib

belgilansin;

har bir oila, mahalla va tuman (shahar)da, maktabgacha, umumiy o‘rta,

o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda

jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga

shart-sharoitlar yaratish;

ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va

hududlar o‘rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish;

aholi turli guruhlarining sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni

ta’minlaydigan shart

-

sharoitlar yaratish, tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan

hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirish,

zararli odatlardan, xususan, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilis

hdan voz

kechish yo‘li bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari (semizlik) va bevaqt vafot

etishni kamaytirish;

aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini keng targ‘ib qilish, shu

jumladan, tartibsiz va kechki uyqu oldidan ovqatlanish odatlaridan voz kechish;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2024) / ISSN 2181-1415

183

sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini oilalar, mahallalar, maktabgacha

ta’lim va umumta’lim muassasalari darajasida sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi
sifatida targ‘ib qilish;

maktabgacha ta’lim, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim

muassasalarida, korxona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda jismoniy

tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy moddiy

-texnika bazasini

shakllantirish;

piyodalar va velosiped yo‘laklar

ining umumiy uzunligi 3

5 kilometrni tashkil

etishi hamda o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lishi;

zamonaviy, energotejamkor (harakat sensorlari bilan jihozlangan) yoritish

tizimlari va yorug‘lik qaytaruvchi, yo‘laklarning boshlanishi, oralig‘i va yakunini
ko‘rsatuvchi yo‘l belgilari bilan to‘liq ta’minlanishi;

piyodalar va velosiped yo‘laklarini barpo etishda alohida harakatlanish

imkoniyatlari yaratilishi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “to‘siqsiz muhit”

tashkil etilishi alohida ta’kidlab o‘tilgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI QISMI

Basketbol

jismoniy va ruhiy jihatdan yuqori talablarni qo'yadigan sport turi

bo'lib, unda tezkorlik, kuch, chidamlilik, balans va ko'plab boshqa jismoniy qobiliyatlar

muhim ahamiyatga ega. Ushbu sport turi o‘yinchilardan nafaqat te

xnik va taktika

ko‘nikmalarini, balki mukammal jismoniy tayyorgarlikni ham talab qiladi. Shu sababli,

yosh basketbolchilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish, ularning
raqobatbardoshligini oshirish va umuman sportda yuqori natijalarga erishish uchun
trening usullarini va metodikalarni doimiy ravishda rivojlantirish zarur.

Hozirgi zamon basketbol o‘yinining rivojlanish tarixi 1891

-yilning dekabr oyidan

boshlangan. Sprigfild shahridagi (AQSH, Massachusets shtati) hristian

ishchilar maktabi

(hozirgi Springfild kolleji)ning anatomiya va fiziologiya o‘qituvchisi doktor Djeyms
A.Neysmit talabalarning qish faslidagi jismoniy mashg‘ulotlarini bir qator jonlantirishga
qaror qildi. Neysmit tomonidan ijro qilingan o‘yinning dastlabki varianti

beshta asosiy

shartdan va 13 ta asosiy qoidalardan iborat bo‘lgan. O‘sha o‘yinning dastlabki qoidalari

1892-yil 15-

yanvarda “Uchburchak” (“Triugolnik”) degan gazeta sahifalarida bosilib

chiqadi. Neysmit yangi o‘yin uchun futbol to‘pini tanlaydi, chunki bu

to‘pni qo‘l bilan ilib

olish oson bo‘lib, uni oshirish qiyin hamda yerga urilgan vaqtda to‘p yerdan doimo
yuqoriga otilib o‘ynashi unga ma’qul bo‘lgan. Bunday o‘yinning avj olishi hozirgi zamon

basketboli ishqibozlarini hayron qoldirishi mumkin (aytmoqchi

, o‘sha zamonlarda ham

o‘yinning nomi huddi hozirgi singari: “basketbol” deb yozilgan). Neysmit shaftoli terishga
mo‘ljallangan savatchani zal ichidagi balkonga o‘rnatib qo‘ygan, savatchaning yonidagi
narvon ustida farrosh o‘tirgan. Uning vazifasi muvvafaq

iyatli tashlangan va savatchaga

tushirilgan to‘pni savatcha ichidan olib, pastga o‘yinchilarga uzatib turishdan iborat

bo‘lgan

[2,4].

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI QISMI

O‘zbekistonlik mualliflar tomonidan yozilgan asarlarda chidamlilikning sog‘lom

turmush tarzidagi roli keng yoritilgan. Masalan, A.A. Pulatov, F.V. Ganiyeva,
B.M. Miradilov, D.T .Xusanova, F.A. Pulatov darsliklarida yosh basketbolchilarning

jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishda qo‘llaniladigan

maxsus mashqlar va

metodikalar, o‘smirlik davrida mushaklarning o‘sishi va nerv

-mushak aloqalarining

kuchayishi, F.V. G

aniyeva, M.A. Qdirova, D.T. Xusanova, T. Madaminovlar Basketbolda


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2024) / ISSN 2181-1415

184

to‘pni urib yugurish teх

nikasi va tezligini vaziyatli mashqlar asosida shakllantirishda

samarali rivojlantirish usullari, O.S. Jumanov, A.R. Beknazarovlar mashqlar paytida
yuklamani asta-sekin oshirib borish kuchni samarali rivojlantirishning asosiy tamoyillar
bayon qilganlar.

Adabiyotlarni tahlil qilish natijasida kuch jismoniy sifatlarini rivojlant

irish bo‘yicha

bir qator muhim mulohazalar mavjud. Ushbu mulohazalar, asosan, nazariy asoslar,

mashq qilish tamoyillari va yoshga mos yondashuvlarni qamrab oladi va izohlanadi.

Umuman olganda, adabiyotlar kuchni rivojlantirishda tizimli yondashuv, yuklamalarni

optimallashtirish va motivatsiyani oshirish orqali o‘quvchilarning umumiy jismoniy

tayyorgarligini sezilarli darajada yaxshilash mumkinligini ta’kidlaydi [7,13]

.

Har qanday mashg’ulotlar darsi boshlanishida o’yinchilarda ish qobiliyatining

sekin-asta

oshishi, ya’ni ishga kirishish davri kuzatiladi. Ushbu davr har qanday muskul

faoliyatiga xos bo’lib, biologik qrnuniyat darajasiga egadir. Ishga kirishish davrida

harakatlarning kerakli stereotipi ishga tushadi: koordinatsiya yangilanadi, ish birligiga

ke

tadigan quvvat miqdori kamayadi, ya’ni uning foydali harakat koeffisienti ortadi,

vegetativ funksiyalarni boshqarish yaxshilanadi, shu bilan birga alohida tizimlar

faollashuv jarayoni bir vaqtning o’zida ketmaydi. Mashg’ulot darsining asosiy qismida

uning eng muhim muammosi hal etiladi [3,118].

Xalqaro mutahasislar Trening metodikalarining ilmiy asoslari:

Yangi ilmiy

tadqiqotlar yosh sportchilarni tayyorlashda integratsiyalashgan yondashuvlarni qo‘llashni

ta’kidlamoqda. Masalan,

Dello Iacovo

o‘tkazgan tadqi

qotda, basketbolchilarning jismoniy

tayyorgarligini yaxshilash uchun interval treninglar va zamonaviy funktsional mashqlarni

qo‘llashning samaradorligi haqida gapirilgan. Ushbu usullar, shuningdek, o‘yinchilarning

chidamliligini, tezligini va kuchini oshirishga yordam beradi.

NATIJA VA MUHOKAMA

1. Yuklamali trening

Ma

lumot:

Bu usulda sportchi faoliyat davomida qadam-baqadam ortib

boradigan jismoniy yuklamalarga duchor qilinadi. Har bir treningda mushaklar va

organizmni samarali ravishda rivojlantirish uchun yuqori intensivlikdagi mashqlar

kiritiladi.

Qo‘llanilishi

: Kuch, tezlik va chidamlilikni oshirishda samarali.

2. Interval treningi

Ma’lumot:

Bu usulda qisqa muddatli yuqori intensivlikdagi mashqlarni dam olish

yoki past intensivlikdagi harakatlar bilan almashtirish usuli qo‘llaniladi.

Qo‘llanilishi

: Bu usul yugurish, sprint yoki boshqa tezlikni talab qiladigan

mashqlarni bajarayotganda qo‘llan

adi. Bu tezlik, chidamlilik va jismoniy kuchni

yaxshilashga yordam beradi.

3. Zanjir usuli (Chain training)

Ma

lumot:

Bir nechta mashqlar ketma-ketligini bajarish orqali jismoniy holatni

yaxshilashga qaratilgan trening usuli. Mashqlar bir-

biriga bog‘langan

bo‘lib, har biri

boshqa bir mashqni kuchaytiradi.

Qo‘llanilishi

: Kuch va chidamlilikni oshirish uchun foydalidir.

4. Plyomometrik trening

Ma

lumot:

Plyomometrik treninglar juda tez va yuqori intensivlikda harakat

qilishga qaratilgan. Bu turdagi mashqlar asosan elastiklik, kuch va tezlikni rivojlantiradi.

Qo‘llanilishi:

Basketbolchilar uchun sakrash, tez o‘zgartirishlar va tezkor

harakatlarni rivojlantirishda qo‘llanadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2024) / ISSN 2181-1415

185

5. Izometric trening (Stavka usuli)

Ma’lumot:

Bu usulda sportchi harakatni amalga oshirmasdan, balki biror

pozitsiyada kuchni ma’lum bir muddat ushlab turadi. Bunday mashqlar mushaklarning

kuchini oshiradi va stabilizatsiya qobiliyatini yaxshilaydi.

Qo‘llanilishi:

Kuchni va mushaklarning statik chidamliligini oshirishda

foydalidir.

6. Kross-trening

Ma’lumot:

Turli xil sport turlari yoki jismoniy faoliyatni birgalikda bajarish

orqali organizmni muvozanatli rivojlantirish.

Qo‘llanilishi:

Basketbolchilar uchun chidamlilikni va umumiy jismoniy

tayyorgarlikni oshirishda qo‘llaniladi.


XULOSA VA TAKLIFLAR QISMI

1.

Yosh basketbolchilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishda trening

usullari va metodikalarni rivojlantirish

muvaffaqiyatli sport faoliyatining asosi

hisoblanadi. Basketbol sporti, o‘zining dinamik va intensiv xarakteri bilan, o‘yinchilardan

yu

qori jismoniy ko‘rsatkichlar talab qiladi. Shuning uchun, yosh sportchilarni

tayyorlashda zamonaviy, ilmiy asoslangan metodik yondashuvlar muhim ahamiyatga ega.

Trening jarayonida jismoniy ko‘nikmalarni rivojlantirish, jarohatlanish xavfini

kamaytirish va

umumiy sog‘liqni saqlashni yaxshilash kabi omillarni hisobga olish zarur.

2.

Yosh basketbolchilarni tayyorlashda trening usullari va metodikalari

o‘yinchilarning individual xususiyatlari, yosh toifalari va jismoniy holatlariga

moslashtirilishi kerak. Shuningdek, bu metodikalar zamonaviy sport tibbiyoti,
psixologiya va biomexanika yutuqlariga asoslanishi lozim. Bunday yondashuvlar nafaqat

jismoniy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, balki o‘yinchilarning motivatsiyasini oshirish,

ularning psixologik holatini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2024) / ISSN 2181-1415

186

3.

Kelajakda yosh basketbolchilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishda

trening metodikalarini yanada diversifikatsiya qilish, ularni ilmiy izlanishlar bilan
boyitish va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu
tarzda, sportchilarning raqobatbardoshligini oshirish, ularning jismoniy va psixologik

salohiyatini maksimal darajada rivojlantirish mumkin bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining PF-6099-son Farmoni. Lex.uz

2.

Jumanov O.S, Beknazarov A.R. Sport o‘yinlari nazariyasi va uslubiyati

(basketbol), “Umid design” toshkent –

2021. b 4.

3.

Баскетбол: 100 упражнений и советов для юных игроков: пер. с англ./ Ник

Сортэл. –

М.: АСТ: Астрель, 2005. –237 с. 9. Баскетбол. Теория и методика обучения /

под общ. ред. Д.С. Нестеровского. –

М.: Академия, 2004. –

336 с.

4.

Farmanov O‘.A. Sport va harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi (basketbol).

Buxoro

nashriyoti, 2019. 188.-b.

5.

Ганиева Ф.В. Баскетбол ўйинининг расмий қоидалари. Т.: 2007.

-

124 б. 12.

6. Ганиева Ф.В., Кубейсинова У.Т., Якупова У.Ж., Хусанова Д.Т. Нетрадиционная
технология восстановления прыжковой работоспособности при занятиях
баскетболом. // Методическое пособие. Т.: 2013.

52с.

13.

6.

G

aniyeva F.V., Qdirova M.A., Xusanova D.T. Madaminov T. Basketbolda to

pni

urib yugurish te

х

nikasi va tezligini vaziyatli mashqlar asosida shakllantirish uslubiyati.

// Ilmiy-uslubiy tavsiyanoma. T.: 2015.

50b. 14.

7.

G

aniyeva F.V. Basketbol. // Oliy o

quv yurtlari umumiy kurs talabalari uchun

o

quv qo

llanma. T.: 2009.

69 b.

8.

Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. O‘quv qo‘llanma Toshkent.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6099-son Farmoni. Lex.uz

Jumanov O.S, Beknazarov A.R. Sport o‘yinlari nazariyasi va uslubiyati (basketbol), “Umid design” toshkent – 2021. b 4.

Баскетбол: 100 упражнений и советов для юных игроков: пер. с англ./ Ник Сортэл. – М.: АСТ: Астрель, 2005. –237 с. 9. Баскетбол. Теория и методика обучения / под общ. ред. Д.С. Нестеровского. – М.: Академия, 2004. – 336 с.

Farmanov O‘.A. Sport va harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi (basketbol). “Buxoro” nashriyoti, 2019. 188.-b.

Ганиева Ф.В. Баскетбол ўйинининг расмий қоидалари. Т.: 2007. -124 б. 12. 6. Ганиева Ф.В., Кубейсинова У.Т., Якупова У.Ж., Хусанова Д.Т. Нетрадиционная технология восстановления прыжковой работоспособности при занятиях баскетболом. // Методическое пособие. Т.: 2013. - 52с. 13.

G’aniyeva F.V., Qdirova M.A., Xusanova D.T. Madaminov T. Basketbolda to’pni urib yugurish teхnikasi va tezligini vaziyatli mashqlar asosida shakllantirish uslubiyati. // Ilmiy-uslubiy tavsiyanoma. T.: 2015. - 50b. 14.

G’aniyeva F.V. Basketbol. // Oliy o‘quv yurtlari umumiy kurs talabalari uchun o‘quv qo’llanma. T.: 2009. – 69 b.

Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. O‘quv qo‘llanma Toshkent