Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Legal aspects of contracts of sale in Islamic law
Anvarjon
YULDОSHBEKOV
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
15 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
25 December 2024
This article provides a detailed overview of the legal aspects
of Islamic law contracts of sale and purchase. Islamic
commercial principles are based on honesty, fairness, and
mutual consent, and the rights and obligations of the parties
involved in the conclusion of the contract must be fully
protected. The article examines the concepts of ribo (interest)
and karar (uncertainty), their prohibition in sales contracts, as
well as the basic conditions of honest trade, the liability of the
parties and the protection of property rights. Furthermore, the
clearness, comprehensibility of contracts, and the honesty of the
parties play an important role in Islamic law. The article also
covers the rules for concluding contracts based on the
principles of jurisprudence. Islamic financial transactions
ensure that trade is beneficial for both parties, ensures social
justice, and is fair.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss11/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Islamic law,
contract of sale,
legal aspects,
honest trade,
non-interest-bearing trade,
property rights,
client and seller rights,
contract terms,
financial transactions,
legal principles.
Islom huquqida oldi-sotdi shartnomalarining huquqiy
jihatlari
АННОТАЦИЯ
Kalit so
‘
zlar:
Islom huquqi,
oldi-sotdi shartnomasi,
huquqiy jihatlar,
halol savdo,
ribosiz savdo,
mol-mulk huquqi,
mijoz va sotuvchi huquqlari,
shartnoma shartlari,
moliyaviy muomala,
fiqhiy tamoyillar.
Mazkur maqolada Islom huquqi oldi-sotdi shartnomalarining
huquqiy jihatlarini batafsil yoritib beradi. Islomiy tijorat
tamoyillari halollik, adolat va o‘zaro rozilikka asoslangan bo‘lib,
shartnoma tuzishda ishtirok etuvchi tomonlar huquqlari va
majburiyatl
ari to‘liq himoyalangan bo‘lishi kerak. Maqolada
ribo (foiz) va qarar (noaniqlik) tushunchalari, ularning oldi-
sotdi shartnomalarida taqiqlanishi, shuningdek, halol savdoning
asosiy shartlari, tomonlarning javobgarligi va mulkiy
huquqlarning
himoyasi
ko‘ri
b
chiqiladi.
Shuningdek,
1
Lecturer, Department of Business Law, Tashkent State University of Law.
E-mail: anvarbekyuldashbekov07@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
240
shartnomalarning aniq, tushunarli bo‘lishi va tomonlarning
halol niyatda bo‘lishi Islom huquqida muhim o‘rin tutadi.
Maqola Fiqh tamoyillari asosida shartnoma tuzish qoidalarini
ham yoritadi. Islomiy moliyaviy muomalalar savdo-sotiqda har
ikki tomon uchun ham foydali bo‘lishi, ijtimoiy adolatni
ta’minlashi va halol bo‘lishini ta’minlaydi.
Юридические аспекты договоров купли
-
продажи в
исламском праве
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Исламское право,
договор купли
-
продажи,
юридические аспекты,
халяльная торговля,
беспроцентные сделки,
права собственности,
права покупателя и
продавца,
условия договора,
финансовые сделки,
принципы фикха.
В данной статье подробно освещаются правовые
аспекты договоров купли
-
продажи в исламском праве.
Принципы исламской торговли основаны на честности,
справедливости и взаимном согласии, при этом права и
обязанности сторон, участвующих в заключении договора,
должны
быть
полностью
защищены.
В
статье
рассматриваются такие понятия, как риба (проценты) и
гарар (неопределенность), их запрет в договорах купли
-
продажи, а также основные условия ведения халяльной
торговли,
ответственность
сторон
и
защита
имущественных прав. Кроме того, подчеркивается, что
договоры должны быть ясными и понятными, а стороны
должны действовать с честными намерениями, так как эти
элементы играют важную роль в исламском праве. Статья
также освещает правила заключения договоров на основе
принципов фикха.
Исламские финансовые сделки направлены на то, чтобы
торговля была выгодной для обеих сторон, обеспечивала
социальную справедливость и оставалась халяльной
(допустимой).
KIRISH
Islom huquqi (Shariat) musulmon jamiyatining har bir qismida muhim ahamiyat
kasb etadi, shu jumladan tijorat munosabatlarida ham. Islom huquqi iqtisodiy hayotda
halollik, adolat va barqarorlikni ta’minlashni maqsad qilib qo‘yadi. Savdo
-sotiq va tijorat
amaliyotlari Islomda keng yoritilgan va bu jarayonlar o‘
ziga xos fiqhiy qoidalarga
asoslanadi. Oldi-sotdi shartnomalari ham Islom iqtisodiy tizimining ajralmas qismidir va
bu shartnomalar taraflar o‘rtasida adolat va halollikni ta’minlashga qaratilgan.
Butun islom moliyatizimi shariat tomonidan belgilangan bir qancha tamoyillarga
asoslanadi. Shariatga ko‘ra, bitimlar adolatli, shaffof, aniq va tomonlar uchun foydali
bo‘lishi kerak (Al
-
Qur’on 7:85).Demak, bitimlar vijdonan qilingan bo‘lishi kerak va qaror
ehtimolidan qochish kerak.
Oldi-sotdi shartnomalari Islom huquqida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ular
moddiy mulk va mol-mulk muomalasini halol tarzda amalga oshirishga qaratilgan.
Islomiy tijorat tamoyillari faqat moddiy manfaatlarni ko‘zlashdan iborat emas, balki
ijtimoiy barqarorlik va adolatni ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shartnomalar
taraflar o‘rtasidagi o‘zaro rozilik asosida tuziladi va bu jarayonda har ikki tomonning
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
241
manfaatlari, huquqlari va majburiyatlari himoyalangan bo‘lishi zarur. Shu sababli, Islom
huquqi doirasida oldi-sotdi shartnoma
lari aniq, tushunarli va shaffof bo‘lishi talab
qilinadi.
Shuningdek, oldi-sotdi shartnomalari tuzish jarayonida tomonlar orasidagi halollik
va ishonch tamoyillari, shartnomalarning aniq bo‘lishi, tomonlarning huquqlari va
javobgarliklari, shuningdek, savdo-sotiqning Islomiy moliyaviy muomalalariga mos
kelishi mavzulari keng ko‘lamda muhokama qilinadi.
Islom huquqida oldi-sotdi shartnomalari nafaqat iqtisodiy manfaatlar uchun, balki
ijtimoiy adolatni ta‘minlash va jamiyat barqarorligiga xizmat qilish uchun
tuziladi.
Islom shartnoma huquqining dastlabki manbasi Qur’onning nozil qilingan
oyatlari orqali ayon bo‘ladi: “Ey iymon keltirganlar!(Barcha) farzlarni
bajaring”(Ma’bad surasi, 1
-
oyat); “Allohning ahdiga kirganingizda vafo
qiling va
qasamlaringizni mustahkamlaganingizdan keyin buzmang”(Qur’oni Karim, 16:91) [1].
Islomda shartnomalar tomonlarning o‘zaro roziliklari asosida tuziladi. Islom
faqihlari shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatarga ham to‘xtalib o‘tganlar. I
slom
huquqining majburiyat ta’limotiga ko‘ra, insonni Allohning oldidagi majburiyati eng
asosiy majburiyat hisoblanadi[2]. Fuqarolik majburiyatlari esa ikkinchi darajali
hisoblanishi keltirib o‘tiladi.
Islom huquqida oldi-sotdi
shartnomalarining huquqiy jihatlari bo‘yicha batafsil
ma’lumot berilgan bo‘lib, u o’zida quyidagi huquqiy prinsiplarni namoyon qiladi:
-
halollik va adolat tamoyillari;
-
ribo (foiz) va g‘arar (noaniqlik) taqiqlari;
-
o‘zaro rozilik va shaffoflik;
-mulk huquqini himoya qilish;
-Islomiy tijoratning ijtimoiy adolati kabilarni qamrab oladi.
Shuningdek, Islom huquqiga ko‘ra majburiyatlar cheklangan va cheklanmagan kabi
turlarga bo‘linadi. Cheklanmagan majburiyatlar garchi qonun bilan belgilanmagan
bo‘lsada, kishil
ar uni bajarishga majbur hisoblanishadi.
Korporativ tijorat va xalqaro bitimlar Islom huquqi tamoyillariga mos kelishi
uchun barqarorlik va halollikni o‘z ichiga olishi zarur. Misol uchun, xalqaro savdo
shartnomalarida
kelishilgan
shartlarni
aniq
hujjatlashtirish,
tomonlarning
majburiyatlarini ochiq va shaffof ko‘rsatish amaliyoti Islom tamoyillariga mosdir.
Elektron tijorat platformalari shartnomalarida ham halollik va adolat muhim o‘rin tutadi,
masalan, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda (refund
siyosatlari) shaffoflik talab
etiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Islom huquqida tijorat jarayonlarida halollik va adolat tamoyillari muhim o‘rin
tutadi. Barcha shartnomalar tomonlar o‘rtasida ochiq va halol bo‘lishi, noaniqlik va
adolatsizlikdan
xoli bo‘lishi lozim. Bu jarayonda sotuvchi va xaridor o‘z majburiyatlarini
adolatli bajarishi talab etiladi.
Huquqshunos olimlar B.Xodjayev va H.Radjapovlar “Islom moliyasining huquqiy
asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmasida islom huquqi oldi
-sotdi shartnomalarning rukniga
quyidagicha to‘xtalib o‘tishgan bo‘lib, unga ko‘ra oldi
-sotdi shartnomasi ikki rukndan
iborat ekanligi, ya’ni taklif va qabuldan iboratligini ta’kidlashadi. Hanafiy ulamolari
shartnoma taraflari va predmeti shartnoma ruknlari emas, balki shartlari ekanligini
keltirib o‘tishadi. Ya’ni taklif va qabul rozilikni nazarda tutadi va taraflarning
mavjudligini va savdo predmetini o‘z ichiga oladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
242
Boshqa tomondan, aksar fiqh maktablari oldi-sotdi shartnomasining quyidagi
uchta rukni borligi
ni ta’kidlaydilar: taklif va qabulni o‘z ichiga olgan izhor (sig‘a),
ahdlashuvchi taraflar (al-aqidan) va oldi-sotdi shartnomasining predmeti yoki mol-mulk
(mahalul-
aqd)[3]. Demak, islom huquqi shartnomalarida tomonlarning o‘zaro roziligi
muhim hisoblanadi. Har qanday oldi-sotdi shartnomasida tomonlarning erkin ravishda
kelishuvga erishishi kerak. Shartnoma majburiyati erkin rozilik asosida shakllanishi
shart. Shu bilan birga, shartnoma shartlari shaffof va tushunarli bo‘lishi lozim.
Shu bilan birga, islom huquqida oldi-sotdi shartnomalari nafaqat iqtisodiy foydani,
balki ijtimoiy adolatni ham ta’minlashga qaratilgan. Barcha tijorat amaliyotlari adolat va
tenglik tamoyillariga mos bo‘lishi kerak. Boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tengsizlikni
kamaytirish, j
amiyatda adolatni ta’minlash savdo
-sotiqning asosiy maqsadlaridan biri
hisoblanadi.
Muhammad Taqi Usmani o‘zining "An Introduction to Islamic Finance"
kitobida ushbu masalga quyidagicha to‘xtaladi. Salam shartnomasi islomiy moliya tizimi
kontekstida o‘rgan
iladi. Usmoniy bu shartnomaning foizsiz (ribo) moliyaviy
mexanizmlarda qanday qo‘llanishini tushuntiradi. Salamning iqtisodiyotdagi o‘rni,
xususan, qishloq xo‘jaligi sektoridagi qo‘llanishi tahlil qilinadi. [4]
Islom olimlarining aksariyati oldi-sotdi shartnomalarining halollik, adolat, ochiqlik
va o‘zaro rozilik asosida tuzilishi lozimligini ta’kidlaydilar. Shuningdek, ribo va qarar kabi
zararli amaliyotlar taqiqlanishi va mulkiy huquqlar to‘liq himoyalangan bo‘lishi kerak. Bu
fikrlar Islomiy savdo-sotiq t
izimining jamiyatda adolat va barqarorlikni ta’minlashga
qaratilganligini ko‘rsatadi.
XULOSA
Islom huquqi tijorat va oldi-sotdi shartnomalari sohasida halollik, adolat, va
ochiqlik tamoyillarini asos qilib olgan. Ushbu tamoyillar Qur’on oyatlari va hadisl
ar
asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ular taraflar o‘rtasida adolatni ta’minlash va iqtisodiy
barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Oldi-sotdi shartnomalari Islom iqtisodiy tizimining muhim qismidir. Ushbu
shartnomalar halollik va adolat tamoyillarini, ribo (foiz) va qarar (noaniqlik) kabi zararli
amaliyotlarni taqiqlashni, shuningdek, o‘zaro rozilik va shaffoflikni ta’minlashni talab
qiladi. Shu bilan birga, shartnomalar mulk huquqini himoya qiladi va ijtimoiy adolatni
ta’minlashga xizmat qiladi.
Islom olimlari tomonidan shartnomalarning tarkibi va tamoyillari yuzasidan turli
yondashuvlar taqdim etilgan. Hanafiy ulamolari shartnomalarni asosan taklif va qabulga
asoslanishini ta’kidlasa, boshqa fiqh maktablari ahdlashuvchi tomonlar va predmetni
ham muhim
rukunlar sifatida ko‘rsatadilar. Ushbu yondashuvlar shartnomalarning
qamrovini yanada aniqlashtiradi.
Muhammad Taqiy Usmoniyning ishlari va Salam shartnomasining iqtisodiyotdagi
ahamiyati ribosiz moliyaviy tizimni rivojlantirishda Islom huquqining amaliy
q
o‘llanishini ko‘rsatadi. Bu tizim ayniqsa qishloq xo‘jaligi sektorida samarali qo‘llanilib,
iqtisodiy barqarorlikka hissa qo‘shadi.
Xulosa qilib aytganda, Islom huquqiy tamoyillari nafaqat tijoratni tartibga solish,
balki jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy ba
rqarorlikni ta’minlash uchun ham mo‘ljallangan.
Halollik, adolat va ochiqlikka asoslangan ushbu tamoyillar zamonaviy iqtisodiy
muammolarga ham samarali yechimlar taklif qiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
243
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1. Akhmadjonov , O. X., &
Abdullaev, A. A. o‘g‘li. (2023). ISLOM BANK TIZIMI UCHUN
SHARTNOMA HUQUQI VA ASOSIY TAMOYILLARI. Educational Research in Universal
Sciences, 2(5), 600
–
613. Retrieved from
http://erus.uz/index.php/er/article/view/2691
2.
Саидов А.Х. Основы мусульманского права. –
Т.: Академия МВД, 1994. –
С.5
-7.
3.
Islom moliyasining huquqiy asoslari [Matn]: o‘quv qo‘llanma / Baxshillo Xodjayev,
Husain Radjapov.
–
T.: “LESSON PRES” MChJ nashriyoti, 2023. –
272 b.
4. Muhammad Taqi Usmani, "An Introduction to Islamic Finance", 1998, sahifa 42-43.
