Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Coverage of issues related to the irrigation system during
the Timurid period in foreign sources
Muazzamkhon MAKHMUDOVA
1
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
15 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
25 December 2024
This article provides information on the study of irrigation
system issues by foreign researchers in the reign of Amir Temur
and Timurids.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss11/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Irrigation system,
dam,
reservoir,
irrigation facilities,
irrigation networks.
Xorijiy manbalarda temuriylar davri sug‘orish tizimi
masalalarining yoritilishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Irrigatsiya tizimi,
to‘g‘on,
sardoba,
sug‘orish inshootlari,
sug‘orish tarmoqlari.
Ushbu
maqolada
xorijiy
tadqiqotchilar
tomonidan
Amir Temur va temuriylar saltanatida irrigatsiya tizimi
masalalarining
o‘rganilishi haqida ma’lumot beriladi.
Освещение вопросов оросительной системы периода
Темуридов в зарубежных источниках
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
оросительная система,
плотина,
водохранилище,
ирригационные
сооружения,
оросительные сети.
В данной статье представлена информация об изучении
вопросов
ирригационной
системы
зарубежными
исследователями в период правления Амира Темура и
Тимуридов.
1
PhD, Senior Lecturer, Department of World History, Fergana State Universit.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
307
Jahonning ko‘plab davlatlarida tadqiqotchilar tomonidan Amir Temur va
temuriylar
saltanatining turli jihatlari o‘rganilib, jahon tarixi sahifalari yangi ma’lumotlar
bilan to‘ldirildi. Ayniqsa, xorij olimlari temuriylar saltanati tarixini katta qiziqish bilan
tadqiq qilib, temuriylar davrida Xurosonning irrigatsiya tizimini yorituvchi ayrim
tadqiqotlarni amalga oshirdi.
AQSHlik malakali tilshunos, Uillyam Mur Klevenjer Tehron va Mashhad
shaharlarida ilmiy izlanishlar olib borgan. Tadqiqotchi Xurosondagi tarixiy to‘g‘onlarni
o‘rgangan
[1]. Klevenjer tadqiqotida tarixiy
to‘g‘onlarning joylashuvi, qaysi davrga
mansubligi, to‘g‘on qurilishida foydalanilgan materiallar, to‘g‘onning sig‘imi haqida
qimmatli ma’lumotlarni keltiradi.
AQSHlik olim Terri Allen 1981-
yili Garvard universitetida “Temuriylar davrida
Hirot” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, so‘ngra 1983
-yilda
dissertatsiya monografiya shaklida nashr etilgan [2]
. T.Allen tadqiqotga material to‘plash
maqsadida Hirot shahriga boradi, safar davomida temuriylar davrida qurilgan masjidlar,
maqbaralar, ziyor
atgohlarni o‘rganadi. Tadqiqotda temuriylar davrida Hirotning
sug‘orish tizimi ham yoritilgan.
Turkiyalik temurshunos olim Ismoil Aka “Buyuk Temur davlati” asarida Amir
Temur va temuriylar davridagi irrigatsiya tizimi haqida qisman ma’lumot bergan
[3],
uni
ng mazmunan bir xil bo‘lgan “XV asrning birinchi yarmida temuriylarning
dehqonchilik va savdo faoliyati”
[4] nomli maqolalari turk va ingliz tilida nashr qilingan.
Ushbu tadqiqotlarda temuriylar davrida qishloq xo‘jaligi va savdo aloqalari bilan
birgalikda
, sug‘orish tizimiga ham urg‘u berilgan.
Qohiradagi Amerika universiteti professori Bernard O'
Keyn “Xurosondagi
temuriylar me’morchiligi” mavzusida ikki qismdan iborat juda katta hajmli doktorlik
dissertatsiyasini himoya qiladi [5]. Temuriylar homiyligida 1415
–
1510-
yillar oralig‘ida
qurilgan 61 ta arxitektura yodgorligi dissertatsiyaning asosiy qismidan joy olgan [6].
Bernard O'Keyn temuriylar davrida Xuroson viloyatida qurilgan to‘g‘onlarning tarixi
haqida batafsil ma’lumot beradi hamda to‘g‘on
larning rasmini dissertatsiyaning ilova
qismiga kiritadi.
E. Bosvor va boshqa mualliflar hamkorligida Gollandiyaning Brill nashriyotida
1986-
yilda “Islom ensiklopediyasi”ning V jildi nashr qilingan
[7]
. “Islom ensiklopediyasi”
islomshunoslik sohasidagi nam
unaviy ma’lumotnoma hisoblanadi. Ensiklopediya islom
diniga e’tiqod qiluvchi davlatlar haqida atroflicha ma’lumot beradi. “Islom
ensiklopediyasi”ning V jildida Misr, Iroq, Eron, Shimoliy Afrika va Islom davridagi
Ispaniya, Usmonli turklar imperiyasi, Hindi
ston (Islom diniga e’tiqod qiluvchi qismi) va
Movarounnahrning irrigatsiya tizimi haqida so‘z yuritilgan. Kitobda temuriylar davrida
mavjud bo‘lgan Xuroson viloyatidagi Guliston to‘g‘oni haqida ma’lumotlar berilgan.
Kanadalik olima Liza Golomberk va AQSHlik yozuvchi Donald Uilberlar temuriylar
davrida (1360
–
1510) Turon, Xuroson, Eron va Mozandaronda qurilgan 257 ta
binolarning katalogini tuzishadi [8]. L.
Golomberk va D.Uilberlar tomonidan “Eron va
Turonda temuriylar arxitekturasi” nomli ikki jildli monogra
fiya nashr qilinadi [9].
Monografiyada temuriylar davrining siyosiy tarixi, arxitekturasi va me’moriy uslublari
haqida hikoya qiluvchi 10 ta esse joy olgan. Arxitekturaga oid ushbu monografiyada
Xuroson viloyatining irrigatsiya tizimida amalga oshirilgan ishlar haqida ham
ma’lumotlar berilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
308
P.
Kristensenning “Eronshahrning tanazzulga uchrashi: Yaqin Sharqdagi irrigatsiya
va atrof-muhit, mil. avv. 500-yildan milodiy 1500-
yilgacha” asari dastlab Kopengagenda
1993-
yilda nashr qilingan, oradan 23 yil o‘tgandan so‘ng 2016
-yilda Londonda qayta
nashr qilindi [10]. Muallif asarda tabiat va jamiyatning tarixiy rivojlanishida irrigatsiya
tizimining ahamiyatini ochib berishga harakat qilgan. Mazkur asarda Amir Temur va
temuriylar saltanatining tarixi va o‘sha davrd
a irrigatsiya tizimining rivojlanishi
to‘g‘risida ma’lumotlar bayon qilingan.
Buyuk Britaniyalik arxeologlar G.
Xerman va X.Kennedi “Marv yodgorliklari:
Qoraqum an’anaviy binolari” asarini 1999
-yilda nashr qildirgan [11]. Ular arxeologik va
yozma manbalar asosida Turkmanistonning Marv vohasida mil. avv. VI asrdan to milodiy
XIX asrgacha bunyod etilgan ko‘shk, saroylar, ayvonlar, sardobalar, yaxtanglarni
o‘rgangan. Asarda temuriylar davriga oid Anau sardobasi haqida ma’lumot berilgan.
Eron elchixona
sining madaniyat markazi tomonidan Turkmanistonda “Marvnoma”
to‘plami nashr qilingan
[12]
. To‘plamda Qadimgi Marv tarixi bo‘yicha izlanishlar olib
borgan olimlarning tadqiqotlari o‘
rin olgan. Asardan joy olgan tadqiqotda Marvning
temuriylar davridagi irrig
atsiya tizimi haqida so‘z boradi.
Irrigatsiya va suv resurslarini boshqarish bo‘yicha mutaxassis B.
Rout Afg‘oniston
AREU tadqiqot markazi bilan birgalikda “Suv qanday oqadi: Afg‘onistondagi irrigatsiya
tizimining tipologiyasi” mavzusida tadqiqot olib bord
i [13]. Ushbu tadqiqotda
Afg‘onistondagi sug‘orish tizimining tipologiyasi ishlab chiqildi va taqdim etildi.
Tadqiqotda Husayn Boyqaro davrida qazilgan Juyi Nav kanalining hozirgi kundagi
ahamiyati ochib berilgan.
Kanadaning Toronto universiteti professori, forsshunos Mariya Subtelnining
“O‘tish davridagi temuriylar: O‘rta asrlarda Eronda turk
-
fors siyosati va akkulturatsiyasi”
asari XV asrda Markaziy Osiyo va Eron, xususan, Xuroson mintaqasi tarixi bo‘yicha
qimmatli tadqiqot hisoblanadi [15]. Asarda temur
iylarning forslar hayotiga ta’siri
manbalar orqali asoslangan. Mariya Subtelni asarda asosiy e’tiborini Sulton Husayn
Boyqaro hukmronligiga qaratgan. Asarning 4 va 6-boblarida temuriylar davri
iqtisodiyotining uchta potensial yechimi ko‘rib chiqiladi: temu
riylar davrida
dehqonchilik, diniy vaqflar va mashhur ziyoratgohlardan qishloq xo‘jaligini boshqarish
uchun joy sifatida foydalanish. Asarda Husayn Boyqaro dehqonchilikka eng qiziqqan
hukmdor sifatida tasvirlangan. Asarning 4-
bobida temuriylar davrida sug‘
orish tizimida
amalga oshirilgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tilgan. “Sug‘orish tarmoqlarini kengaytirish”
deb nomlangan bo‘limda temuriylar davrida Xurosonning irrigatsiya tizimi, temuriylar
tomonidan sug‘orish inshootlarining barpo etilishi tadqiq qilin
gan.
Irrigatsiya va drenaj bo‘yicha Eron Milliy Qo‘mitasi tomonidan nashr qilingan
“Qadimgi Eronda suv va sug‘orish texnikasi” kitobida Eronning qadimgi sug‘orish tizimi,
kanallar, korizlar, to‘g‘onlar qurilish texnikasi haqida so‘z yuritilgan
[16]. Ushbu kitobda
temuriylar davrida bunyod etilgan to‘g‘onlarning tuzilishi va holati yoritilgan hamda
ularning hozirgi kundagi rasmi keltirilgan.
Hindiston universiteti, Geografiya bo‘limining davlatlararo suv nizolari bo‘yicha
tadqiqotchisi S.
Chokkakula Afg‘oniston AREU tadqiqot markazi bilan hamkorlikda
“Sug‘orish tengsizliklarini so‘roq qilish” mavzusidagi tadqiqotini 2009
-yilda nashr
qildirdi [
17]. Ushbu hisobotda Afg‘onistonning hozirgi Hirot viloyati, Injil tumanidagi
sug‘orish tizimiga oi
d tadqiqotlar natijalari taqdim etilgan. Tadqiqotning maqsadi
odatdagi kanal sug‘orish tizimida suv taqsimotidagi tengsizliklarni o‘rganishdan iborat.
Tadqiqotda Abdurahmon Jomiyning suvni to‘g‘ri taqsimlashga bag‘ishlangan asari haqida
ma’lumot berilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
309
Turkiyaning G‘oziy Usmonposhsho Ijtimoiy Fanlar instituti tadqiqotchisi Mustafo
Shahin 2013-
yilda “O‘rta asrlarda Hirot mintaqasi (G‘aznaviylar davlatining tashkil
topishidan boshlab temuriylar sulolasining qulashigacha) (961
–1507)” mavzusida
doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan [18]. Ushbu dissertatsiyaning uchinchi bobida
temuriylar davrida Hirotning sug‘orilish tarixi alohida bayon qilingan. Mustafo Shahinnig
“O‘rta asrlarda Hirot mintaqasida qishloq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligida sug‘orish va
sug‘orish huquqi” nomli tadqiqot ishida ham Hirotning temuriylar sulolasi hukmronligi
davridagi sug‘orilish tarixi yozma manbalar asosida yoritilgan
[19].
Eronlik tadqiqotchi E.
Saidianning “Ob anbar, issiq qurg‘oqchil hududlarda
barqaror an’anaviy suv ta’minoti tizimi, Eron xalq me’morchiligining ajoyib namunasi”
maqolasida Eronda qurilgan sardobalar, uning tuzilishi, vazifasi yoritilgan [20].
Tojikiston tarixini yorituvchi uch tomdan iborat asar XI
–XV asrlarni o‘z ichiga
olgan [21]. Asarning 7 va 8-boblari Amir Temur va temuriylar davri tarixini aks ettiradi.
Asarda temuriylar davrida bunyod etilgan irrigatsiya inshootlari haqida so‘z boradi.
Kristina Noelle-
Karimiyning “Hirot o‘rtadagi marvarid va Xuroson xaritasi
(XV
–XIX asrlar)” nomli asari Hirotning XV–
XI
X asrlardagi tarixiga bag‘ishlanadi
[22].
Asarda Hirotning XV asrda temuriylar saltanatining poytaxti sifatida siyosiy-iqtisodiy va
madaniy jihatdan rivojlanishi bayon qilingan. Asarda Hirotning keyingi asrlardagi siyosiy
tarixi va Afg‘onistonga qo‘shilib
ketish sabablari yoritilgan. Muallif temuriylar davri
tarixchisi Hofizi Abru va Mu’iniddin Isfizoriy ma’lumotlariga asoslanib, Xuroson viloyati
tarkibidagi hududlarning irrigatsiya tizimini yoritishga harakat qilgan.
Dastlab mirzalik, so‘ng Qorabog‘ xonlig
ida vazir, xonlik tugatilgandan keyin viloyat
sudida faoliyat yuritgan Mirzo Jamol Javonshir Qorabog‘iy “Qorabog‘ tarixi” asarining
muallifi hisoblanadi. Ushbu asarning xronologiyasi Qorabog‘ xonligining arablar
bosqinidan to Rossiya imperiyasi bosqinigach
a bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi
[23].
Asarda mo‘g‘ullar tomonidan vayron etilgan Baylaqon shahrining Amir Temur tomonidan
qayta tiklanishi hamda Barlos nahrining qazilishi bayon qilingan.
Eronlik bir guruh tadqiqotchilar “Eronning
shimoli-sharqida temuriylar tomonidan
qurilgan qadimiy to‘g‘onlar (1350–1490)” nomli tadqiqot ishini 2015
-yilda nashr
qildirishadi [
24]. Ushbu tadqiqotda temuriylar homiyligida qurilgan va o‘sha davr uchun
o‘ta murakkab bo‘lgan sug‘orish inshooti –
to‘g‘onlarning tarixi va tuzilishi, to‘g‘on
qurilishida foydalanilgan materiallar, to‘g‘onning chidamliligi va hozirgi kundagi
ahamiyati yoritilgan.
Turkiyaning Anqara universiteti tadqiqotchisi Tuba Kalkanning “Sulton Shohrux
davrida Hirot iqtisodiyoti” nomli m
aqolasida Shohrux Mirzo hukmronligi davrida
(1405
–1447) Hirotning iqtisodiy hayotini tashkil etuvchi dehqonchilik, chorvachilik, tog‘
-
kon, savdo va sanoat markazlari tilga olingan [
25]. Tadqiqotda mo‘g‘ullarning vayronkor
bosqinidan so‘ng temuriylar davrida Xurosonda amalga oshirilgan sug‘orish sohasidagi
keng ko‘lamli ishlar, to‘g‘on va sug‘orish kanallari qurilishi, yerlarni o‘zlashtirish va ekin
maydonlarini kengaytirish to‘g‘risida so‘z boradi.
Turikiyalik tadqiqotchi Ensar Majitning arab, fors va turk manbalari asosida
yozilgan “Temuriylar davrida Ozarbayjon” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida Amir
Temurning Ozarbayjon tarixidagi tutgan o‘rni tadqiq qilingan
[26]. Dissertatsiya uchta
bobdan iborat, uning birinchi bobi to‘rtinchi bo‘limi “Baylaqon
rekonstruksiyasi va Nahri
Barlos kanalining ochilishi”ga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Amir Temur tomonidan
Ozarbayjonda qazdirilgan kanallar haqida chalkash ma’lumotlar berilgan. E.
Masit
dissertatsiyasining ilovalarida hozirgi kunda Barlos kanalining (aslida Baylaqon kanali)
rasmini keltirib o‘tgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
310
Eronning Payame Nur universiteti tadqiqotchilari Sh. Farahnaki va J. Norouzilarning
“Temuriylar davrida Xuroson va Movarounnahrning dehqonchilik holatini o‘rganish”
mavzusida yozilgan tadqiqotida Xuroson va Mova
rounnahr qishloq xo‘jaligining ayrim
jihatlari ko‘rib chiqilgan [27]. Ushbu tadqiqot temuriylar hukmronligining boshlanishidan
Husayn Boyqarogacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotda temuriylar tomonidan
hududlarni obodonlashtirish, shuningdek, yerlarni qayta ishlash loyihalarini amalga
oshirish, sug‘orish tarmoqlarini barpo etish yoki qayta qurish, hududda yerga egalik qilishda
samarali boshqaruvni ta’minlash haqida bayon qilingan.
Avstraliyaning Adelaida universiteti olimasi Z.
Ranjbari “Botanika
va poetik
manzaralar. Ilk safaviylar bog‘lari haqidagi ikkita forscha matnni o‘qish” mavzusidagi
dissertatsiyasini 2018-yilda himoya qilgan [28]. Ushbu tadqiqotning birinchi manbasi
Qosim Ibn Yusuf Abu Nasr Xaroviyning “Irshod az
-
ziroat” asari hisoblanadi.
Ushbu asarda
temuriylar davrida sug‘orma dehqonchilik va qishloq xo‘jaligi, temuriylarning
bog‘dorchilik san’ati haqida so‘z boradi.
G‘ulom Muhammad Azim
va Tetsuya Andolar Hirotning eski shahar qismida
qurilgan sardobalarni dariy (fors) tilidagi
manbalar, tarixiy xaritalar, sun’iy yo‘ldosh
tasvirlari, fotosuratlar, adabiyotlar va dala tadqiqotlari orqali o‘rganishadi.
G‘ulom
Muhammad Azim va Tetsuya Ando Hirotning eski shahar qismidagi sardobalar haqida
to‘rtta tadqiqotchining izlanishlarini birla
shtirib, eski shaharda qurilgan 26 ta sardobani
aniqladilar. Ushbu sardobalar kurtlar, temuriylar, safaviylar va duroniylar davrida
qurilgan. Ushbu sardobalarning 15 tasi vayron qilingan, 11 tasi hozirgi kunda ham
mavjud. Sardobalarning 4 tasi temuriylar davrida qurilgan.
AQSHlik olim Robert Dunkan MakChesnining “Markaziy Osiyoning to‘rtta
ziyoratgohi” asari Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasi, Balxdagi Hoja Abu Nasr Porso
mozori, Mozori Sharif Ravzasi, Qandahordagi Xirqat an-Nabiy ziyoratgohlarning
arxitek
turasiga bag‘ishlangan. Asarda ushbu ziyoratgohlar me’morchiligining yaratilishi
va evolyutsiyasi bayon qilingan. Asarda Sulton Husayn Boyqaro tomonidan Nahri Shohiy
kanaliga mablag‘ ajratilishi qayd etilgan.
Mazkur masala yuzasidan adabiyotlar tahlil qilinganda, xorijiy olimlarning
tadqiqotlarida Amir Temur va temuriylar saltanatining irrigatsiya tizimi masalalarini qisman
o‘rganilganligini ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa, ingliz, fors, turk tillarida nashr qilingan
tadqiqotlarda Movarounnahr va Xurosonning su
g‘orish tarmoqlari va suv inshootlari
to‘g‘risida bizga hali noma’lum bo‘lgan qiziqarli faktlar mavjud. Bu esa mazkur tadqiqotni
ilmiy jihatdan boyishiga xizmat qilgan. Xorijiy tadqiqotchilardan M.Subtelni o‘z asarida
temuriylar davrida irrigatsiya tizimining rivojlanishiga alohida bob ajratgan. Ingliz olimi
T.
Allen Afg‘onistonning Hirot viloyatiga safar qilib, bu yerda temuriylar davrida buyod
etilgan sug‘orish tarmoqlarini ko‘zdan kechirgan va temuriylar davridan to hozirgi kungacha
Hirotda mavjud bo‘lgan kanallar va ariqlar ro‘yxatini tuzib chiqqan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Clevenger W.M. Dams in
Ḫorāsān Some Preliminary Observations // Eas
t and
West, Vol. 19, No. 3/4 (September-December 1969).
–
557 p.
2.
Allen T. Timurid Herat.
–
Wiesbaden: Reichert, 1983.
–
95 p.
3.
Исмоил Ака. Буюк Темур давлати. –
Тошкент: Чўлпон, 1996. –
152 б.
4.
Ismail Aka. XV. yüzyilin ilk yarisinda timurlular’da ziraî ve ticarî faaliyetler //
Tarih Enstitüsü Dergisi. –
Istanbul: Istanbul
Üniversitesi Edebiyat Fakültesi
, 1981.
–
459
s.; Ismail Aka. The agricultural and commercial activities of the timurids in the first half of
the 15th century // Oriente Moderno, 15 (76), Nr. 2, Volume I, 1996.
–
344 p.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
311
5.
Bernard O'Kane. Timurid architecture in Khurasan. Part I. Doctor of Philosophy.
–
Edinburgh: University of Edinburgh, 1982.
–
272 p.; Bernard O'Kane. Timurid
architecture in Khurasan. Part II. Doctor of Philosophy.
–
Edinburgh: University of
Edinburgh, 1982.
–
360 p.
6.
Blair Sh. Reviewed Work(s): The Timurid Architecture of Iran and Turan by Lisa
Golombek: Timurid Architecture in Khurasan by Bernard O'Kane // Iranian Studies, Vol.
22, No. 1, 1989.
–
P 74.
7.
Bosworth E and others. The Encyclopaedia of Islam. Vol. V.
–
Leiden: Brill, 1986.
–
1264 p.
8.
]Blair Sh. Reviewed Work(s): The Timurid Architecture of Iran and Turan by
Lisa Golombek: Timurid Architecture in Khurasan by Bernard O'Kane // Iranian Studies,
Vol. 22, No. 1, 1989.
–
P. 74.
9.
Golombek L., Wilber D. The Timurid Architecture of Iran and Turan. Vol. I.
–
New
Jersey: Princeton University press, 1988.
–
510 p.
10.
Christensen, P. The Decline of Iranshahr: Irrigation and Environments in the
Middle East, 500 B.C. to A.D. 1500. Translated by Steven Sampson.
–
London-New York:
I.B. Tauris, 2016.
–
414 p.
11.
Herrmann G., Kennedy H. Monuments of Merv traditional buildings of the
Karakum.
–
London: The Society of Antiquaries of London, 1999.
–
244 p.
12.
Мерв
-
наме
(“Книга о Мерве”)
.
–
Ашгабат: Культурный центр Посольства
ИРИ в Туркменистане
, 2003.
–
336 с.
13.
Rout B. How the Water Flows: A Typology of Irrigation Systems in Afghanistan.
–
Kabul: AREU, 2008.
–
76 p.
14.
Subtelny M. Timurids in Transition: Turko-Persian Politics and Acculturation in
Medieval Iran.
–
Leiden-Boston: Brill, 2007.
–
414 p.
15.
Gholam Reza Kuros, Mr. Majid Labbaf Khaneiki. Water and irrigation
techniques in Ancient Iran.
–
Tehran: IRNCID, 2007.
–
202 p.
16.
Chokkakula S. Interrogating Irrigation Inequalities. Canal Irrigation Systems in
Injil District, Herat.
–
Kabul: AREU, 2009.
–
44 p.
17.
Şahin M. Orta çağda Herât bölgesi(Gaznelilerin kuruluşundan timurlularin yikilişina
kadar), (961-1507). Doktora Tezi.
–
Tokat: Gaziosmanpaşa Üniversitesi, 2013. –
516 s.
18.
Şahin M. Orta çağ’da Herât bölgesinde tarim, ta
rimsal sulama ve sulama hukuku //
A. Ü. Türkiyat Araştırmaları Enstitüsü Dergisi [TAED], № 50. –
Erzurum, 2013.
–
347 s.
19.
Saeidian A. Ab-anbar, sustainable traditional water supply system in hot arid
regions, remarkable example of Iranian vernacular architecture // Elixir Sustain. Arc.
56A, 2013.
–
13590 p.
20.
История таджикского народа. Том III. (Период развития феодального
общества). –
Душанбе: Дониш, 2013. –
580 с
.
21.
Noelle-Karimi Ch. The pearl in its midst Herat and the mapping of Khurasan
(15th
–
19th Centuries).
–
Wien: Austrian Academy of Sciences Press, 2014.
–
374 p.
22.
Mirza Cemal Cavanşir Karabağî. Karabağ Tarihi // Hikmet Yurdu, Yıl: 7, C: 7,
Sayı: 14, Temmuz –
Ara
lık, 2014/2. –
255 s.
23.
Kangi A., Rahnamard J., Alizade M., Ghandehary. The ancient dams built by the
Timurids (1350 to 1490 A.D.) in North East of Iran // WALIA journal 31 (S1).
–
Addis
Ababa, 2015.
–
210 p.
24.
Kalkan T. Sultan Şâhruh döneminde Herât ekonomisi
// The Journal of
Academic Social Science Studies. Number: 31, p. 523-538, Winter II 2015.
–
553 s.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
312
25.
Macit E. Timurlular zamaninda Azerbaycan. Doktora tezi.
–
Erzurum: Atatürk
Üniversitesi, 2017. –
310 s.
26.
Farahnaki Sh., Norouzi J. A Study of the agricutural status of Khorasan and
Transoxiana during the timurid era // Semi-Annually Biannual Research Journal of Iran
Local Histories: fall 2016-winter 2017, volume 5, number 1(9).
–
207 p.
27.
Ranjbari Z. Botanic and Poetic Landscapes. A Reading of Two Persian Texts on
Early Safavid Gardens. Doctor of Philosophy.
–
Adelaide: The university of Adelaide,
2018.
–
254 p.;
28.
Ghulam Mohammad Asim, Tetsuya Ando. A study on cisterns in the Herat old
city, Afghanistan // Journal of Architecture and Planning (Transactions of AIJ). Volume
85 Issue (769) 781-789, 2020.
–
P. 789.
29.
McChesney R. Four Central Asian Shrines.
–
LEIDEN: Brill, 2021.
–
454 p.
