Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The study of some works by Ibn Sina and Beruni in
Uzbekistan
Javlonbek ABDURAHIMOV
1
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
15 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
25 December 2024
This article reveals the significance of some of the most
important books written by Abu Rayhan al-Biruni and Abu Ali
ibn Sina and preserved manuscripts, researched and published
by the scientific staff of the Abu Rayhan al-Biruni Institute of
Oriental Studies of the Uzbek Academy of Sciences, by
comparing them with other sources.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss11/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
al-Beruni,
Ibn Sina,
Canons of Medicine,
Institute of Oriental Studies,
medicine,
manuscripts.
Ibn Sino va Beruniy qalamiga mansub ayrim asarlarning
O‘zbekistonda o‘rganilishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
al-Beruniy,
Ibn Sino,
Tib qonunlari,
Sharqshunoslik instituti,
tibbiyot,
qo‘lyozmalar.
Ushbu maqola Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino
tomonidan yozilgan va hozirga qadar saqlanib qolgan qo‘lyozma
asarlarning O‘z FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimlari tomonidan tadqiq
qilingan va nashr etilgan kitoblarning muhim hisoblangan bir
qanchasini boshqa manbalar bilan solishtirish orqali ularning
ahamiyatini ochib berilgan.
1
PhD Student, Fergana State University. E-mail: abdurahimovjavlonbek11@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
332
Изучение некоторых произведений Ибн Сины и
Беруни в Узбекистане
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
аль
-
Беруни,
Ибн Сина,
Законы медицины,
Институт востоковедения,
медицина,
рукописи.
В
данной
статье
рассматривается
значимость
рукописных произведений, авторами которых являются
Абу Райхан Беруни и Абу Али ибн Сина, сохранившихся до
наших дней. Статья проводит сравнение этих рукописей с
другими ключевыми источниками, изученными и
опубликованными научными сотрудниками Института
востоковедения имени Абу Райхана Беруни Академии наук
Республики Узбекистан.
KIRISH
O‘rta asrlar Sharqning buyuk mutafakkir olimlari hisoblangan Abu Rayhon Beruniy
va Abu Ali ibn Sino tomonidam yaratilgan bir
qancha ilmiy yangilik va qo‘lyozmalar
hozirgi zamonaviy ilm-
fan yutuqlariga erishishimizning asosiy faktorlaridan biri bo‘lib
xizmat qilgan va ayrim sohalar hali ham o‘z ta’sirini saqlab turmoqda. Xususan, Ibn
Sinoning tib qonunlari kitobi hali hanuz tibbiyot xodimlari hamda keng xalq ommasi
tomonidan foydalanib kelinmoqda. Abu Rayhon Beruniy asarlari esa jahon tan olgan
olimlar tomonidan yaratilgan ko‘plab yangiliklarga asos bo‘lib xizmat qilgan va ba’zi
fanlar uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Sh
u davrga qadar ko‘plab olimlar tomonidan Beruniy va Ibn Sino hamda ular
yaratgan qimmatli asarlari to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar berilgan va ular ustida
anchagina tadqiqot ishlarini olib borishgan. Bunday tadqiqotlar butun dunyo bo‘ylab
amalga oshirilgan
bo‘lib, ularning aksariyati ingliz, rus, fransuz, nemis hamda turk
tillarida. Ushbu tadqiqotlardan qolishmagan holda O‘zbekistonlik sharqshunos olimlar
tomonidan ham bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilgan va ayrim tadqiqotlar davom
etmoqda.
ASOSIY QISM
Buxorolik olim Abu Ali ibn Sino (980-
1037) asosan o‘zining meditsina va falsafa
sohasidagi asarlari bilan shuhrat qozongan . Ibn Sinoning hayoti va ilmiy ijodi to‘g‘risida
ma’lumotlar ko‘plab kitoblar va maqolalarda keltirilganli sababli ular to‘g‘risida y
ozishni
joiz deb topmadik va Sharqshunoslik instituti olimlari tomonidan tadqiq qilingan Ibn
Sino va Abu Rayhon Beruniyning kimyo, tibbiyot va dorishunoslik sohasiga oid asarlari
qo‘lyozmalari va ularning nashrlari to‘g‘risida ayrim ma’lumotlarni keltirdik
.
Ibn Sino haqiyqiy ensiklopedist olim sifatida o‘z davridagi fanlarning deyarlik
hammasi bilan muvoffaqiyatli
ravishda shug‘ullangan va ularga oid ilmiy asarlar
yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asari qayd etilgan bo‘lsa ham, zamonlar
o‘tishi
bilan ularning ko‘pi yo‘qolib ketgan va bizgacha faqat 240 (ba’zi manbalarda 242)
tasi yetib kelgan. Shu 240 dan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 40 tasi
tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 23 tasi tibbiyot imliga, 7 tasi
astronomiyaga, 1 tasi matematikaga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi
adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo‘lgan ilmiy yozishmalarga bag‘ishlangan.
Mana shu asarlarni ayrimlari Sharqshunoslik instituti xodimlari tomonidan tadqiq
etildi va o‘zbek va rus tillariga tarjima qilinib, shu ikki tilda nashr etildi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
333
Ibn Sinoning tabobat fani sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. U o‘z asarlarida eng
qadimgi fanlardan biri bo‘lgan meditsinaning o‘zidan oldingi ming yillik tarqqiyotiga
yak
un yasabgina qolmay, uni yangi yuqori bosqichga ko‘tardi, hatto bu fanning keyingi
asrlarda erishgan bir qancha yutuqlarini oldindan ko‘ra bildi. Olimning bizgacha yetib
kelgan tibbiy asarlaridan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
I.
“Urjuza fi
-t-
tibb”. Ibn Sino tabobat ilmini o‘rganuvchilarga mo‘ljallangan darslik
sifatida tuzgan bu asarni she’r bilan yozgan. “Urjuza”ning o‘zbekcha qilingan tarjimasi
1972-yil Toshkentda bosilib chiqdi.
II.
“Al
-adviyat al-
qalbiya” (“Yurak dorilari”). Yurak kasalliklarini davolash o‘sha vaqtda
ham tabobat ilmining eng muhim masalalarida biri bo‘lganligi uchun Ibn Sino bu haqda
maxsus risola yozgan. Uning o‘zbekcha tarjimasi 1966
-yil Toshkentda nashr etilgan.
III.
“Kitob al
-qonun fi-t-
tibb” (“Tib qonunlari”) Ibn Sinoning
tabobatga oid eng yirik
shoh asari hisoblanadi. O‘z davrida meditsina mufassal qomusi hisoblangan bu asarning
inson sog‘ligi va kasalliklariga oid bo‘lgan barcha masalalar mantiqiy tartibda to‘la bayon
etilgan. “Qonun” 1012–
1023-yillar mobaynida yozilgan b
o‘lib, uning qo‘lyozma nusxalari
tezlik bilan tarqaladi.
Bu asar tezda Yevropaga ham yetib keladi. XII asrdayoq Kremonlik Gerard
(1114
–1187) “Qonun” ni arabchadan lotinchaga tarjima qiladi va shundan keyin Yevropa
universitetlarida meditsina fani Ibn Sino
asari bo‘yicha o‘qitila boshladi. “Qonun” o‘zining
asosiy qo‘llanma va darslik sifatidagi qiymatini 500 yildan ortiqroq vaqtgacha saqlab
qoladi. Birinchi bor u uyg‘onish davridagi gumanizm markazlaridan bo‘lgan Strasburg
shahrida 1473-yilda bosilib chiqadi. Umuman
“Qonun” 40 martadan ortiq to‘la holda
nashr etilgan.Ayrim qismlarining nashri esa son-sanoqsizdir.
Uning arabcha matni 1593-yilda Rimda nashr etilgan edi. Keyinchalik XIX asrda bir
necha bor qaytadan bosildi. “Qonun” ning ayrim qismlari ingliz, n
emis va fransuz tillariga
tarjima qilingan bo‘lsa ham, bu muhim asar keyingi vaqtlargacha hozirgi zamon tillarida
birontasiga to‘la holda tarjima qilinmagan edi. Bu qiyin va ma’sulyatli ishni o‘zbek
sharqshunoslari mediklar bilan hamkorlikda amalga oshirdi
lar: “Qonun”ning besh kitobi
o‘zbek va rus tillarida 1954–
61-yillar mobaynida Toshkentda nashr etildi.
“Tib qonunlari” ning birinchi kitobi uzoq va mashaqqatli mehnatlardan so‘ng
1954-yili nashr etildi. Ushbu kitobda meditsinaning umumiy nazariyasi, anatomiya
kasallliklarning kelib chiqish sabablari, kasallik alomatlari, davolashning umumiy
asoslari va sag‘liqni saqlash haqida bayon etilgan.
“Tib qonunlari” ni o‘zbek va rus tillariga tarjima qilinishi nafaqat ilmiy davrada
balki keng omma uchun ham juda mas
hhur va kerakli tarjimalardan bo‘lib qoladi. Ushbu
qo‘lyozmalarni tarjima va tahrir qilishda bevosita ishtirok etgan Ubaydulla Karimov
yangi tarjima qilingan “Qonun”ning qo‘lyozmasi tez sur’atlarda tugab qolganligi va
ko‘plab insonlar tomonidan ushbu kitobni so‘rab murojatlar tushayotganligini yozadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, “Tib qonunlari” nining birinchi qismi
tarjima qilinishi
fan tarixi bilan shug‘ullanuvchi olimlar, shifokorlar bilan bir qatorda keng xalq ommasini
ham o‘ziga qiziqtib qo‘ydi.
Buning sababi esa tibbiyot xodimlar insonlarni davolashda
undan foydalanishi va u asosida yangi tadqiqotlar olib borish tibbiy yangiliklarni yaratish
bo‘lsa, tarixchi olimlar uchun esa bu davr tibbiyoti, tarixi va dorishunosligi haqida ko‘plab
ma’lumotlar ega bilish hamda ulardan tarixni o‘qitishni rivojlantirishda foydalanish
bo‘lgani holda oddiy insonlaar esa o‘zlarining ayrim kasallilariga shifo topishni niyat
qilgan edilar.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
334
Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan “Qonun”ning ikkinchi kitobi ham 1956
-
yili o‘zbek va r
us
tillarida nashr etildi. Ikkinchi kitob farmakologiyaga bag‘ishlangan bo‘lib, kitobda
810 ta sodda dori (tabiatda tayyor holatda uchraydigan o‘simliklar, ildizlar va h.k.) larning
nomlari berilgan va bu nomlar alfabit tarzida
shakllantirilgan. Dori nomlariga qo‘shincha
tarzida esa ularning ta’rifi va qaysi kasalliklarga davo bo‘lishi ko‘rsatib berilgan.
1960-
yilining o‘zida “Qonun”ning uchinchi va to‘rtinchi kitobilari o‘zbek va rus
tillariga tarjima qilinib, keng jamoatchilikka taqdim etildi. Uchinchi kitob inson
organizmining har bir a’zosida bo‘ladigan kasallliklar, ularni aniqlash va davolash usullari
bayon qilingan bo‘lib, bu kitob hajmi jihatdan eng yirigi hisoblanadi. To‘rtinchi kitob esa
insonning biron bir a’zosiga xos bo‘lmagan, balki butun tanasida yuz berishi mumkin
bo‘lgan kasalliklarga bag‘ishlangan.
“Qonun”ning beshinchi kitobi esa 1961
-yili tarjima qilinib nashr etildi. Beshinchi
kitob murakkab dorilar va ularni tayyorlash to‘g‘risida.
“Qonun”ni tarjima qilish va
tarjimani tahlil qilishda Sharqshunoslik institutining ilmiy
xodimlari
–
filologiya fanlari kondidatlari A.K. Arends, Yu.N. Zavadovskiy, U.I. Karimov,
S. Mirzayev, M.A. Sale, shuningdek, A.
Rasulov va A. O‘rinboyevlar ishtirok etdi.
Al-Beruniy
–
Xorazmning buyuk allomasi, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya,
matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko‘plab
fanlarda oid qomusiy asarlar muallifi. Beruniy O‘rta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida
aylanishi mumki
nligini aytib, Yerning aylana o‘lchamini aniqlagan. Beruniyni chinakam
o‘rta asrlar Sharqining ilm
-
fan qomusiy olimi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Amerikalik
tarixchi Dj.Sarton buyuk olim haqida: “Astronomiya va matematika, astrologiya va
jo‘g‘rofiya, antropo
logiya va etnografiya, arxeologiya va falsafa, botanika va minerologiya
uning buyuk nomisiz qashshoqlashib qolgan bo‘lardi” degan.
Abu Rayhon Beruniy qalamiga mansub bir qancha asarlar ham Sharqshunoslik
instituti xodimlari tomonidan tadqiq qilingan va qo‘lyozmalarning o‘zbekcha va ruscha
tarjimalari nashr etilgan. Beruniy qalamiga mansub va 1030-yili yozib tamomlangan
“Hindiston” nomli yirik asari “Tahqiq mo li
-l-
Hind min ma’quda maqbula fi
-l-aql av
marzula” (“Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydgan ta’limotlarini aniqlash kitobi”)
A.B. Xalidov hamda Yu.N.
Zavadovskiy tomonidan o‘zbek va rus tillariga tarjima qilingan
va 1963-yili nashr etilgan.
Beruniyning yana bir asari “Geodeziya’’ ya’ni “Tahdid nihoyat al
-amoniya li tashidi
masofat al-
masokin” (“Tur
ar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi
chegaralarini aniqlash”) Toshkentda 1966
-yili P. G. Bulgakova tomonidan nashr etilgan.
Beruniyning dorishunoslikka bag‘ishlangan va mashhur “Saydana” asari “Kitob as
-
saydana fit tibb” (“Tabobatda dorishunoslik”) ham bor bo‘lib, asar qo‘lyozmasi 1927
-yili
Turkiyaning Bursa shahridagi kutubxonadan topilgan edi.
Ushbu qo‘lyozma asosida
Sharqshunoslik institutining bir guruh ilmiy xodimlari bevosita U. Karimov ishtirokida
uning ruscha izohli tarjimasini 1973-yili nashrdan chiqardilar. Keyinchalik ham ushbu
kitob bir necha bor qayta nashr etildi.
Beruniy qalamiga mansub yana bir asar “Mineralogiya” ya’ni “Kitob al
-Jamohir
fi-
Ma’rifat al
-
Javohir” (“Qimmatbaho javohirlar haqida bilimlar kitobi”) 2017
-yili
akademik A. Qayumov tarjimonligi ostida nashrdan chiqdi. Ushbu asar bundan bir qancha
vaqtlar oldin aniqrog‘i 1963
-yili A.M. Belenitskiy boshchiligida rus tiliga tarjima qilinib,
SSSR FA homiyligida nashr etilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
335
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R
O‘YXATI:
1.
Abu Rayhon Beruniy. Hindiston. Per. A. B. Xalidov, Yu. N. Zavadovskiy.
//Tanlangan asarlar, Tom II. Toshkent: Fan, 1963. // Qayta nashr: M.: Ladomir, 1995.
2.
Beruniy Abu Rayhon. Geodeziya. (Turar-
joylar o‘rtasidagi masofani aniqlash
uchun joylarning chegaralarini aniqlash). P. G. Bulgakova //Tanlangan asarlar, Tom III.
Toshkent: Fan, 1966.
3.
Beruniy Abu Rayhon. Meditsinada farmakognoziya. U. I. Karimov. // Tanlangan
asarlar, Tom III. Toshkent: Fan, 1987.
4.
Karimov U. Buyuk tabib. Toshkent oqshomi. 1978. 5-6-dekabr. B
–
3.
5.
Dorivor giyohlar qomusi. Guliston 1973. 8-son. B
–
26.
6.
Fan va turmush. 1960. 2-son. B
–
9.
7.
Karimov U. Eskislopedist // Toshkent oqshomi. 1978. 5-6-dekabr. B
–
3.
8.
https://arboblar.uz/uz/people/abu-rajkhan-beruni
