Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Some information on the mining sector of the Bukhara
Emirate (based on archive documents)
Manzura ABDURAIMOVA
1
Navoi State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
15 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
25 December 2024
This article is dedicated to the development of the mining
industry in the Bukhara Emirate. Based on archival sources,
documents are analyzed, and conclusions are drawn regarding
key aspects of the mining sector's growth. The article partially
highlights the geological features of regions rich in mineral
resources and mentions the names of specific locations.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss11/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
mining industry,
I-126 fund,
Suvqitoy area,
Sugitur mountains,
lower Vanch,
water wax.
Buxoro amirligi konchilik sohasiga oid ayrim ma’lumotlar
(arxiv hujjatlari asosida)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
kon sanoati,
I-126-
jamg‘arma fondi,
Suvqito‘y mavzeyi,
Suqitur tog‘lari,
quyi Vanch,
suv mum.
Ushbu maqola Buxoro amirligi konchilik sohasining
rivojlanishiga bag‘ishlangan. Muallif tomonidan arxiv manbalari
asosida
hujjatlar tahlil qilingan, kon sanoati rivoji bo‘yicha
ayrim ma’lumotlar yuzasidan xulosalar taqdim etilgan.
Maqolada,
shuningdek,
foydali
qazilmalar
joylashgan
hududlarning geologik imkoniyatlari
qisman keltirib o‘tilgan va
joy nomlari berib borilgan.
1
Doctoral student, Navoi State University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
499
Некоторые
сведения
о
горнодобывающем
месторождении Бухарского эмирата (по архивным
документам)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
горнодобывающая
промышленность,
фонд И
-126,
Сувкитойский район,
горы Сугитур,
низовья Ванча,
водный воск.
Статья посвящена развитию горнодобывающей отрасли
Бухарского эмирата. На основе архивных источников
проводится анализ документов, позволяющий сделать
выводы о ключевых аспектах развития горнодобывающей
промышленности.
В
тексте
частично
освещаются
геологические особенности регионов, богатых полезными
ископаемыми, а также упоминаются названия мест их
размещения.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur maqolada tadqiqot metodologiyasi sifatida tarixiy tadqiqot nuqtayi
nazaridan kelib chiqqan holda arxiv manbalari tahlil qilingan. Shuningdek, analiz, sintez
metodlaridan foydalangan holda mavzu doirasining ayrim jihatlari yoritib berilgan.
MAVZUNING O‘RGANILGANLIK DARAJASI
O‘rganilayotgan davrda amirlik hayotining turli sohalarida ma’danlarni ishlab
chiqarish va unda
n foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar turkiy,
rus va g‘arbiy Yevropa
tillaridagi turli xil tarixiy, geografik, adabiy va esdalik kabi
asarlarda eslatib o‘tilgan. Turli
xil manbalardan aniqlangan faktlarni, shuningdek, ilmiy, badiiy adabiyotlar, arxiv
mat
eriallari, davriy nashrlar, qo‘llanmalar va esdaliklarda topilgan ma’lumotlarni har
tomonlama o‘rganish bilan ushbu muammoning muhim masalalarini yoritishda
qo‘llaniladi. Mazkur maqolada asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida
saqlanayotgan mavzuga doir hujjatlardan I-126-
Fond Buxoro amirining qo‘shbegi
devonxonasi arxivi hujjatlarini o‘rganish tadqiqot mavzusining ilmiy salohiyatini yanada
kuchaytirishga imkon beradi.
ASOSIY QISM.
Buxoro amirligi konchilik sohasi bo‘yicha tarixiy manbalardan ma’lumki, hududda
konchilik, ayniqsa, tuz, oltin va kumush kabi qimmatbaho metallarni qazib olish bilan
bog‘liq jarayonlar mavjud bo‘lgan.
Bu davrda konchilik qisman rivojlangan va tabiiy
resurslarni qazib olish amalda qo‘llanilgan. Konchilik s
ohasiga oid rus tadqiqotchilari,
arxiv materiallarda keltirilgan manbalar buni tasdiqlaydi. Tarixiy manbalar shundan
guvohlik beradiki, foydali qazilmalar mavjudligi aniqlanadi, lekin bu ma’danlardan
foydalanish va qazib olish texnikasining nochor ekanligi kon sanoatini sust
rivojlanganday ko‘rsatadi. Ayniqsa, XIX–
XX asrda rus mutaxassislarining jalb qilinishi
vaziyatni jadallashtiradi. Arxiv manbalari, rus tadqiqotchilarining esdalik hisobotlaridan
shu narsa oydinlashadiki, amirlikda tog‘
-kon sanoati Yevro
padagidek bo‘lmagan, asosiy
tarmoq sifatida yo‘naltirilmagan. Bu esa konchilik sohasining xo‘jalikning asosiy
tarmog‘iga aylanmay qolishiga ta’sir etgan.
Konchilik sanoati o‘rta asrlardan boshlab muhim ahamiyat kasb etgan, ammo bu
davrdagi kon sanoati zamo
naviy konchilikdan farqli bo‘lgan. Buxoro amirligida konchilik
asosan yer osti boyliklarini oddiy usullarda qazib olish bilan cheklangan. Amirlikning
iqtisodiy faoliyati va konchilik an’analari haqida ma’lumot beruvchi tarixiy asarlar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
500
mavjud. Bu asarlar ko
n sanoatining o‘sha davrdagi ahvoli, konlardan foydalanganlik
holatlari va yer osti boyliklariga bo‘lgan qiziqish
haqida umumiy tasavvur beradi.
Jumladan, Buxoro amirligida tuz qazib olish amirlikda iqtisodiyotning muhim
tarmoqlaridan hisoblanadi. Ayniqsa,
cho‘l hududlarda joylashgan tuz konlari mahalliy
aholini tuz bilan ta’minlashda katta ahamiyat kasb etgan. Temir ma’danlarini qazib olish
va undan qurol-
yarog‘lar, maishiy asboblar tayyorlash amaliyoti ham mavjud bo‘lgan.
Arxiv manbalarini tadqiq etish s
huni ko‘rsatadiki, I
-126-
jamg‘arma hujjatida
keltirilgan manbada quyidagilar ta’kidlanadi: “…ariza beruvchi amirga bergan hisobotida
bo‘lib o‘tgan voqeani amirga bayon qilgan.
Uning bildirganlariga ko‘ra, uning huzuriga
davlat xizmatchisi bo‘lgan Muqimxo‘ja qorovulbegi Karmana viloyatidagi toshko‘mir
izlovchi muhandis bilan kelgan, u topilgan Suvqito‘y mavzesidan o‘zi topgan bir qop
toshko‘mirni topganligini, ushbu mavzening
boshqa joylarini izlab toshko‘mir topa
olmaganligini, undan so‘ng Qarnab mavzesiga
3-4 nafar mardikor bilan borib, Qarnab
tog‘laridan
bir qop turli toshlar bilan toshko‘mir ham topganligini, uni aravaga ortib
Toshkent viloyatiga yuborilganligini ma’lum qilgan. Shu bilan Suqitur tog‘larini ko‘rib
sayohat qilib, mazkur tog‘lardan topgan to
shlarni ham sandiqqa joylab, Karmana
viloyatidagi stansiyaga, undan Toshkentga yuborgan”
[1;1]ligi haqida manbada
keltiriladi. Ushbu manbada ko‘rsatilgan, Suvqito‘y mavzeyi hozirgi Karmana viloyati
hududiga to‘g‘ri keladi. Toshko‘mirning
mavjudligi hududning geologik tuzilishi va tabiiy
resurslar bo‘yicha boy ekanligidan dalolat beradi. Suqitur tog‘lari haqida aniq geografik
ma’lumotlar bo‘lmasa
-
da, lekin bu nom Karmana va Qashqadaryo viloyatlaridagi tog‘li
hududlar bilan bog‘liq bo‘lishi
mumkin.
Shuningdek, yana bir arxiv hujjatida ma’lum qilinadiki, “…kapitan to‘raning
Muhammadyoqub ismli odami vazoratpanoh Mullo Jonmuhammadbiy parvonachining
kon kovlash yuzasidan xatini menga ko‘rsatdi, men esa unga odam qo‘shib Mirdosh
mavzesidan to‘g‘ri o‘tib, soylarni ko‘rib, Uchqora tog‘ini ko‘rib, u yerdan hech narsa
topmasdan, u yerdan ham qaytib, Korsonli tog‘i etaklaridagi Yong‘oqli mavzesidan mis va
temir konlarini topib, u yerdan o‘tib Ko‘ksaroy mavzesi tog‘larini kovlab to Ko‘ztoshi
mavzesigach
a Avazsoylidan hech narsa topmasdan, o‘sha yerdan mening odamimga
javob berib, o‘zi topgan mis va temir namunalaridan menga ham berib yuborib, o‘zi
Nurota mahkumiga o‘tib ketibdi”
[2;2], degan xabarlarni olish mumkin. Umuman
olganda, temir eritish uchun te
gishli miqdorda ko‘mir sotib olish talabi yuqori va ayniqsa,
quyi Vanchda temir qazib olishda eng og‘riqli nuqtadir. Odatda atrofdagi tog‘larda
o‘rmonlar ko‘proq bo‘lgan va shuning uchun ko‘mir qazib olish osonroq bo‘lgan yuqori
qishloqlar ruda konlaridan uzoqroqda joylashgan [3;9]. Ushbu manbada keltirilgan,
Korsonli tog‘i O‘zbekistonning Zarafshon va Turkiston tog‘ tizmalari yaqinida joylashgan
bo‘lishi mumkin. Ushbu hududlar O‘zbekistonning
Samarqand, Jizzax viloyatlaridagi tog‘li
mintaqalarga yaqin, g‘a
rbda Nurota tizmalari bilan tutashgan.
Yana bir arxiv manbasida esa: “…seshanba kuni birgalikda borib buloqni
ko‘rganimizda buloqdan chiqayotgan suv tarkibida qora yog‘ga o‘xshash narsa
chiqayotganiga qarab, ushbu suv mum (neft) konlari qa’ridan chiqayotg
anidan dalolat
berishini, suvdagi qora tosh mum (neft) tog‘lari borligini, ushbu buloqning shimoliy
tarafida bir joyni ko‘rsatib, bu oltingugurt bo‘lishini ma’lum qildi. Suvdagi yog‘dan, mum
toshidan va oltingugurtdan birozdan namuna oldi. Chorshanba kuni buloq boshidan
qaytib, bu buloq Sherobod qo‘rg‘onidan 3 sang masofa uzoqlikda ekan, ushbu mehmon
yana 2 kun qo‘rg‘on (Sherobod) da tunab qoldi va Juma kuni Sha’bon oyining 18 kuni
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
501
Kalif viloyatidagi Qorluq mavzesiga qarab yo‘l oldi. Mazkur mehmon bergan
1 shisha
qora yog‘, oltingugurt va qora toshni sizga yuborishni to‘g‘ri deb bildim”
[2;2]. Bu
manbalardan olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, Buxoro amirligi hududi foydali
qazilmalarga boy va imkoniyatlari keng ekanligidan dalolat beradi.
XULOSA
Xulosa
o‘rnida shuni aytish mumkinki, Buxoro amirligi davrida kon sanoati
bugungi kabi rivojlanmagan bo‘lsa
-
da, mavjud manbalarda bu sanoatning boshlang‘ich
qirralari va o‘sha davr texnologiyalari aks etgan. Ushbu manbalar orqali amirlik
hududidagi konchilikning dastlabki izlari va ularning iqtisodiy ahamiyati haqida tasavvur
qilish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1. O‘MDA.I
-126,1-
ro‘yxat,1039
-ish,1-varaq
2. O‘MDA.I
-126,1-
ro‘yxat,1041
-ish,2-varaq
3.
Андреев
М.С. Выработка железа в долине Ванча.Т.:1926.С.
-9.
