Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
A retrospective analysis of national and foreign legislation
providing for liability for the crime of preparing, storing,
distributing, or displaying materials that pose a threat to
public safety and public order
Mukhtorjon SIDDIKJONOV
1
University of Public Security of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2024
Received in revised form
15 October 2024
Accepted 25 October 2024
Available online
25 December 2024
In this scientific article, the author emphasizes that, within
the framework of the extensive reforms underway in our
country, particular attention is being devoted to ensuring a
peaceful and secure environment for the population, as well as
to fostering a culture of lawfulness and public safety in society.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss11/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
public safety,
public order,
Shanghai Convention,
Monitoring Center in the
field of Mass
Communications,
rules of conduct.
Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan
materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish
etish jinoyati uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi milliy
va xorijiy qonunchilikning retrospektiv tahlili
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
jamoat xavfsizligi,
jamoat tartibi,
Shanxay Konvensiyasi,
Ommaviy
kommunikatsiyalar sohasida
monitoring markazi,
xulq-atvor qoidalari.
Ushbu ilmiy maqolada muallif Mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar doirasida aholining tinch
va osoyishta hayotini taʼminlash hamda
jamiyatimizda qonunga
itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga
alohida eʼtibor qaratilmoqda.
1
Independent Researcher, University of Public Security of the Republic of Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
434
Ретроспективный
анализ
национального
и
зарубежного законодательства, предусматривающего
ответственность за преступление по изготовлению,
хранению,
распространению
или
демонстрации
материалов, представляющих угрозу общественной
безопасности и общественному порядку
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
общественная
безопасность,
общественный порядок,
Шанхайская конвенция,
Центр мониторинга
в сфере массовых
коммуникаций,
правила поведения.
В данной научной статье автор отмечает, что в рамках
осуществляемых в нашей стране широкомасштабных
реформ особое внимание уделяется обеспечению мирной и
спокойной жизни населения, а также формированию в
обществе культуры законопослушания и общественной
безопасности.
Darhaqiqat, xavfsizlik masalasi mamlakat rivojlanishi va taraqqiyotining muhim
shartlaridan biridir. Xavfsizlik haqida doimiy oʻylash, uni taʼminlash shu yurtda
yashayotgan har bir inson hamda davlatning asosiy vazifasi va diqqat markazida boʻlishi
lozim b
oʻlgan dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shu boisdan ham O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev oʻzlarining barcha
chiqishlarida bu mavzuga alohida toʻxtalib oʻtadilar.
Xususan, Oliy Majlisga Murojaatnomalarida ham O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti tomonidan “Mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy
yaxlitligini turli tahdidlardan himoya qilish, tinchlik va barqarorlikni yanada
mustahkamlash
–
barcha yutuqlarimizning bosh garovi ekanligini, shuningdek dunyoda
kechayotgan murakkab jarayonlar yaqin-uzoq mintaqalarda kuzatilayotgan ziddiyat va
toʻqnashuvlar sharoitida biz yurtimizda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash borasidagi
ishlarimizni yanada jadallashtirishimiz lozimligini alohida taʼkidlab oʻtganlar
.
Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021
-yil 26-
martdagi “Jamoat
xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari
faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora
-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PF
–
6196-sonli hamda 2021-yil 29-
noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat
xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PF
–
27-
sonli Farmonlari qabul qilinib, mamlakatimizda jamoat xavfsizligini taʼminl
ash
tizimini yanada rivojlantirish hamda ushbu sohadagi davlat siyosatining istiqbolli
yoʻnalishlari belgilab olinganligini koʻrsatib oʻtishimiz mumkin.
Bundan tashqari, Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan
yoʻgʻrilgan matbaa nas
hrlarini, kino, foto, audio, video mahsulotlarini va shu kabi boshqa
mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka
tortishga olib kelishi Qonun bilan belgilab qoʻyilgan. Natijada, 1998
-yilda Jinoyat
kodeksiga “244
1
-modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan
materiallarni tayyorlash yoki tarqatish” uchun javobgarlik kiritilgan. 2001
-yilda
Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Shanxay Konvensiyasi
ratifikatsiya qilingan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
435
2003-
yilda diniy adovat uygʻotishga qaratilgan va diniy ekstremizm gʻoyalarini
yoyishni oʻz ichiga olgan axborot tarqatilishiga qarshi harakatlar qilish davlatning
axborot borasidagi xavfsizligi yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan va shu munosabat
bilan vebsaytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan, bloger hamma
erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtiriladigan internet jahon axborot
tarmogʻidagi oʻz veb
-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan diniy ekstremizm,
separatizm v
a fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilish maqsadlarida foydalanilishiga
yoʻl qoʻymasligi shartligi Qonun bilan chegaralanib qoʻyilgan.
2004-
yilda esa diniy ekstremizm gʻoyalarini targʻib etishga qaratilgan axborotni
aniqlash boʻyicha Oʻzbekiston matbuot
va axborot agentligi, hozirgi Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
tuzilmasida “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi” davlat
muassasasi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashk
il qilingan.
2006-
yilda Oʻzbekiston terrorizm, separatizm va ekstremizm kabi faoliyatga
daxldor shaxslarning “Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hududiga suqilib
kirish yoʻllarini aniqlash va toʻsish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida”gi Bit
imni
ratifikatsiya qilgan. 2007-yilda ommaviy axborot vositalarida diniy ekstremizm,
separatizm va aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib qilish taqiqlab qoʻyildi. 2011
-yilda diniy
ekstremizm gʻoyalarini targʻib qilishga yoʻnaltirilgan axborotlarni tahlil qili
sh va ular
boʻyicha xulosalar tayyorlash boʻyicha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar
sohasidagi ekspert komissiyasi tashkil qilindi, 2014-
yilda Oʻzbekiston Respublikasi
hududida diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib etish
bel
gilariga ega materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatishga yoʻl qoʻyilmasligi
belgilab qoʻyildi.
2016-yilda esa ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya
tarmoqlaridan, shuningdek, internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib, jamoat
xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash,
tarqatish yoki namoyish etish uchun javobgarlik kiritildi. 2018-
yilda “Ekstremizmga
qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi,
2019-
yilda jamiyatda ekstremizmning har qanday shakl va koʻrinishiga nisbatan toqatsiz
munosabatni shakllantirish yuzasidan Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston
Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi, oʻquvchilarning ilmiy va badiiy
ad
abiyotlarni oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish orqali ularda turli mafkuraviy
tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm va boshqa yot gʻoyalarga qarshi
mustahkam immunitet shakllantirilishini taʼminlash Xalq taʼlimi vazirligi, diniy
mutaassiblik
va ekstremizm gʻoyalarini tarqatish, turli konfessiyalar oʻrtasida adovatni
yuzaga keltirishga qaratilgan xatti-
harakatlarga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning asosiy vazifalaridan biri
etib belgilandi.
Kiberekstremizm juda murakkab jinoyat hisoblanadi, u bir qarashda ogʻir
holatlarga olib kelishi va bir qarashda uncha ogʻir boʻlmagan holatlarga olib kelishi bilan
ham oʻziga xos ahamiyatga ega jinoyatlar toifasiga kiradi. Mazkur
holatni yanada
soddaroq tushuntiradigan boʻlsak, axborot
-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida
amalga oshiriladigan diniy ekstremistik faoliyat aytaylik “Telegram” ijtimoiy tarmogʻi
orqali amalga oshirilganida bitta jabrlanuvchiga ega boʻlishi ham, bir
necha ming
jabrlanuvchilarga ega boʻlishi ham mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
436
Shunga koʻra, ushbu toifadagi jinoyatlar uchun jazo tayinlashda, bizningcha, odillik
tamoyiliga amal qilish juda muhim ahamiyatga ega. Shunga koʻra, mazkur jinoyat
oqibatida kelib chiqadigan zarar jinoyatni kvalifikatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega
boʻlishi mumkinligini inobatga olib, ushbu ijtimoiy xavfli qilmish uchun javobgarlik diniy
ekstremistik faoliyatdan alohida shaklda, alohida moddada koʻrsatilishi maqsadga
muvofiq. Biroq milliy qonunchiligimiz buni inkor qilgan holda internet jahon axborot
tarmogʻidan foydalanib, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan
yoʻgʻrilgan, qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga daʼvat
etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki
ularni tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek, diniy-ekstremistik, terrorchilik
tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish
maqsadida tayyorlash, saqlash va diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik
gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan, qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib
yuborishga daʼvat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan
maʼlumotlar va materiallarni har qanday
shaklda tarqatish, xuddi shuningdek, fuqarolar
totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda
jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan
boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish, shuningdek, diniy-
ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish
yoxud namoyish etish uchun jinoiy javobgarlik Jinoyat kodeksining 244
1
-moddasi
3-
qismi “g”
-
bandida koʻrsatib oʻtilgan boʻlib, buning uchun besh yildan sakkiz yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qoʻyilgan.
Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari
oldida boshqa jinoyatchiliklar bilan bir qatorda jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga
tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish jinoyati
uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun hujjatlarining buzilishi holatlari ham uchrab
turmoqda.
Xususan, 2022-yil davomida bojxona organlari tomonidan kontrabanda va bojxona
qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish yoʻnalishida oʻtkazilgan tadbirlar natijasida
jami 17026 ta huquqbuzarliklar aniqlanib, ular boʻyicha 844 mlrd. soʻmlik tovarlar ushlab
qolingan. Ushbu huquqbuzarliklar boʻyi
cha 749 kg. giyohvandlik vositalari, 5322 dona
psixotrop moddalar, 316 ming dona kuchli taʼsir qiluvchi dorilar, 146 ta qurol va
32 mingdan ortiq taqiqlangan diniy 139 mazmundagi materiallarni noqonuniy
aylanishining (olib oʻtilishining) oldi olingan.
2021-yilda jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar 686 tani tashkil
etgan boʻlsa, shundan 244
1
-
moddasi boʻyicha Respublikada jami 519 tani tashkil etadi.
Mazkur holat 2022-
yilning 6 oyi davomida jami 574 tani tashkil etgan boʻlsa, shundan
431 tasi 244
1
-modda tarkibidagi jinoyatlarni tashkil etadi. Fuqarolarga millati, irqi,
dinidan qatʼiyy nazar, teng huquqlar qonun orqali kafolatlangan.
Ammo, tergovga qadar tekshiruvlar natijalariga koʻra qoʻzgʻatilgan ishlarda
yuqoridagi moddalarni kvalifikatsiya qilishda biroz qarama
–
qarshiliklarni koʻrish
mumkin. Jumladan, 244
1
-moddaning 1-
qismida “Diniy ekstremizm, separatizm va
aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan, qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan
koʻchirib yuborishga daʼvat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan
materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek diniy-
ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish
yoxud na
moyish etish maqsadida tayyorlash, saqlash” koʻrsatilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
437
Amaliy misollarga nazar solinadigan boʻlsa, fuqaro V. “Telegram” messenjeridagi
“+99899 xxx xx xx” raqamli sim kartaga rasmiylashtirilgan “BILLO VOXIDOV” nomli
profili koʻzdan kechirilganida, mahalladosh doʻstlari bilan birga tashkil qilgan
“DOʻSTLARIM” nomli telegram guruhda, ish boʻyicha oʻtkazilgan sudga oid dinshunoslik
ekspertizasining № 202
-
sonli xulosasiga koʻra “jannatga oshiqlar” nomli oʻzida
aqidaparastlik gʻoyalari mavjud hamda mazkur gʻoyalarni targʻib qiluvchi fayllarni
internet tarmogʻidagi “Telegram” ijtimoiy tarmog’i orqali tarqatib kelayotganligi
aniqlangan. Yana bir holat Oʻzbekiston Respublikasi IIV hamda DXX xodimlari tomonidan
oʻtkazilgan tezkor tadbir davrida, fuqaro X. ishlash
maqsadida Rossiya Federatsiyasining
Novosibirskiy shahriga borib, u yerda ommaviy axborot vositalaridan “Telegram”
ijtimoiy tarmogʻida oʻzi foydalanayotgan +795xxxxxxxx raqamiga ochilgan profili orqali
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmita
mutaxassislari”ning xulosasiga koʻra, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik
gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan ma’lumotlarni Marhamat tumanida yashovchi fuqaro Sh.ning
nomiga ochilgan profiliga yuborish orqali tarqatib kelg
anligi aniqlanib, undan “Samsung
J-
7” rusumli uyali aloqa vositasi ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan. Har
ikkala holatda ham 244
1
-
modda boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan. Har ikkala holatda ham
uchinchi qism nazarda tutilgan. Lekin har ikkalasi bo
ʻ
yicha ham ijtimoiy tarmoqlardan
foydalanish holatini koʻrish mumkin.
Oʻz oʻzidan koʻrinib turibdiki, bu yerda asosiy masala taqiqlangan materiallarning
taqiqlangan saytlardan hamda axborot telekommunikatsiyalaridan foydalanilganligida.
Statistik tahlilla
rga koʻra eng koʻp jinoiy holat sifatida 244
1
-moddaning 3-
qismi boʻyicha
jinoiy ish qoʻzgʻatilganligini guvohi boʻlish mumkin. Lekin, masalaning ikkinchi tomoni
ham borki, 244
1
-moddaning 1-qismida diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik
gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan, qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib
yuborishga daʼvat etadigan yohud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan holatlar
nazarda tutilgan. hadiksiraydi, bezovta boʻladi, koʻngli gʻashlanib, oromi yoʻqoladi, ruhan
azo
b chekadi. Unga kelajakda falokat boʻlishi muqarrardek, oʻzi yoki yaqinlarining hayoti
xavf ostida turgandek tuyuladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiining 2019
-
yil uchun moʻljallangan eng muhim
ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, https://kun.uz/99444746.
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiining 2021
-
yil uchun moʻljallangan eng muhim ustuvor
vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, https://president.uz/uz/lists/view/4057
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021
-yil 26-martdagi PF
–
6196-sonli
Farmoni, https://lex.uz/uz/docs/-5344118
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021
-yil 29-noyabrdagi PF
–
27-sonli
Farmoni, https://lex.uz/uz/docs/-5749291
5.
Oʻzbekiston Respublikasining 1998
-yil 1-
mayda qabul qilingan “Vijdon erkinligi
va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi 618–
I-
sonli Qonuni // Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 99-
modda; Oʻzbekiston Respu
blikasi qonun
hujjatlari toʻplami, 2008
-y., 52-son, 513-
modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy
bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son
6.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1998
-yil 1-maydagi
621-I-sonli Qonuni // Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5
–
6-son, 102-modda.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2024) / ISSN 2181-1415
438
7.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Terrorizm, separatizm va
ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi shanxay konvensiyasini ra
tifikatsiya qilish
haqida” 2001
-yil 30-
agustdagi № 274
-II-sonli qarori.
8.
Oʻzbekiston Respublikasining 2002
-yil 12-
dekabrda qabul qilingan “Axborot
erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi 439
-II-
sonli Qonuni // Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-
yil, № 1, 2
-modda.
9.
Oʻzbekiston
Respublikasining
2003
-yil
11-dekabrda
qabul
qilingan
“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi 560–
II-
sonli Qonuni // Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, N 1-2, 10-modda.
10.
Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida boshqaruv
tuzilmasini takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida” Raqamli texnologiyalar
sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda axborot xavfsizligini
taʼminlashning tashkiliy
-huquqiy masalalari 148 2004-yil 24-noyabrdagi 555-sonli qarori
// Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004
-y., 11-son, 108-modda.
11.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash
toʻgʻrisida” 2006
-yil 8-avgustdagi PQ
–
439-
son liqarori // Oʻzb
ekiston Respublikasi
qonun hujjatlari toʻplami, 2006
-yil, 31
–
32-son, 313-modda.
12.
Oʻzbekiston Respublikasining 1997
-yil 26-
dekabrda qabul qilingan “Ommaviy
axborot vositalari toʻgʻrisida”gi 541
-I-
sonli Qonuni // Oʻzbekiston Respublikasining
2007-yil 15-yanva
rda qabul qilingan OʻRQ–
78-
sonli Qonuni tahririda // Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-
yil, № 1, 4
-modda.
13.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy kommunikatsiyalar
sohasida monitoring tizimini
takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora
-
tadbirlar toʻgʻrisida”
2011-yil 5-avgustdagi 228-
sonli qarori // Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011
-y., 8-son, 70-modda.
14.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi
materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish
tartibini takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida” 2014
-yil 20-yanvardagi 10-sonli
qarori // Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014
-y., 1- son, 5-modda.
15.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekisto
n Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2016
-yil 25-
apreldagi OʻRQ–
405-
sonli Qonuni // Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016
-y., 17-son, 173-modda.
16.
Oʻzbekiston Respublikasining “Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida”
2018-yil 30-
iyuldagi OʻRQ–
489-sonli Qonuni // Qonun hujjatlari milliy bazasi,
31.07.2018-y., 03/18/489/1593-son.
17.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 15-noyabrdagi PF
–
5876-
sonli Farmoni bilan tasdiqlangan M
illatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston
Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi // Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi
(www.lex.uz), 2019-yil 16-noyabr.
18.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019
-yil 19-fevraldagi 146-
sonli qarori
bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisida
nizom // Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2019
-yil 20-fevral.
19.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019
-yil 23-noyabrdagi
946-sonli qarori b
ilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita toʻgʻrisida”gi Nizom // Qonun hujjatlari
maʼlumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2019
-yil 23-noyabr.
20.
Bojxona qoʻmitasining rasmiy VEB saytidan olingan maʼlumotlar,
https://customs.uz/uz/lists/
