Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The last attempt by the Umayyads to preserve Central Asia
–
the campaigns of Nasr Ibn Sayyar to Ferghana
Erkinjon MAKHMUDOV
1
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
15 November 2024
Accepted 15 December 2024
Available online
25 January 2025
This article analyzes the military campaign of Nasr ibn
Sayyar ibn Rafi' ibn Harri ibn Rabi'ah al-Kinani al-Laysi a
renowned Arab military commander, prominent statesman, and
head of the Mudar tribe in Khorasan who took part in Qutayba
ibn Muslim’s expeditions in Transoxiana, including the Fergana
Valley. It also examines the subsequent political developments
that followed these campaigns.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Ferghana,
Arab Khalifat,
Arab invasion,
coalition,
Nasr ibn Sayyor,
Sharik,
Nilan,
Alutar,
Arslan tarkhan,
vice,
vassal,
battle of Talas,
Nothern kingdom,
Southern kingdom.
Umaviylarning Markaziy Osiyoni saqlab qolishidagi
so‘nggi urinish –
Nasr Ibn Sayyorning Farg‘onaga yurishlar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
Farg‘ona,
arab xalifati,
arab bosqinchiligi,
koalitsiya,
Nasr ibn Sayyor,
Sharik,
Nilon
,
Alutar,
Mashhur arab harbiy qo‘mondoni va yirik davlat arbobi,
Xurosondagi arablarning mudar qabilasining boshlig‘i; Qutayba
ibn Muslimning Movarounnahrdagi harbiy yurishlarida ishtirok
etgan Nasr ibn Sayyor ibn Rofi‘ ibn Harriy ibn Rabi’a al
-Kinoniy
al-
Laysiyning Farg‘ona vodiysiga harbiy yurishi, undan keying
davrdagi siyosiy jarayonlar tahlil qilingan.
1
Senior Lecturer, Department of World History, Fergana State University. E-mail: erkinmahmudov@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
410
Arslon tarxon,
noib,
vassalom,
Talas jangi,
Shimoliy podshohlik,
Janubiy podshohlik.
Последняя попытка Омейядов сохранить Центральную
Азию –
поход Насра Ибн Сайяра в Фергану
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Фергана,
Арабский халифат,
арабское вторжение,
коалиция,
Наср ибн Сайёр,
Шарик,
Нилан,
Алутар,
Арслан тархан,
порок,
вассал,
битва при Таласе,
Северное царство,
Южное царство.
Анализируется военный поход Насра ибн Саййара
ибн Рафи' ибн Харри ибн Раби'а аль
-
Кинани аль
-
Лайси,
известного
арабского
военачальника
и
крупного
государственного деятеля, главы племени мудар арабов в
Хорасане, участвовавшего в военных походах Кутайбы ибн
Муслима в Мавераннахр, в Ферганскую долину, а также
последующие политические процессы.
KIRISH
Nasr ibn Sayyor ibn Rofi‘ ibn Harriy ibn Rabi‘a al
-Kinoniy al-Laysiy (131/748-49-
yilda vafot etgan)
–
mashhur arab harbiy qo‘mondoni va yirik davlat arbobi, Xurosondagi
arablarning mudar qabilasining boshlig‘i; Qutayba ibn
Muslimning Movarounnahrdagi
harbiy yurishlari-
da ishtirok etdi va bu yerda ko‘p boyliklar qo‘lga kiritdi. Hishom ibn
‘Abd al
-Malik (105
–
125/724
–
743-yillarda hukm surgan) davrida xiroj devonining
boshlig‘i, 110/728
-29-yilda esa Samarqand hokimi etib tayin- landi. 121
–
131/
738
–
748-yillarda avval Balx hokimi, keyin butun Xuro-
son voliysi bo‘ldi, Marv
shahrida yashagan. Uning hukmronligi davrida Xurosonda Abu Muslim boshchiligidagi
‘Abbosiylar harakati avj oldi va g‘alaba qozondi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Xurosonga Nasr ibn Sayyor noib etib tayinlangandan keyin, uning dastlabki ishi
Movarounnahrning amalda mustaqil bo‘lgan hududlarini qaytadan bo‘ysundirish bo‘ldi.
Chunki, xalifalikning sharqiy chegarasi bo‘lgan Farg‘onada Movarounnahrning bosh
qa
hududlaridan farqli ravishda islom dinining mavqei mustahkam emas edi. Tarixiy
manbalarning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, arablar Farg‘onaga kirib kelgan davrdan to
VIII asr oxirigacha bo‘lgan vaqt davomida ham Farg‘ona hukmdorlari islom dinini qabul
qi
lmadi [10: 7; 2: 26]. Farg‘ona hukmdorlarining islom dinini qabul qilmaganligi bu yerda
arablarning ta’siri yuqori bo‘lmaganligidan dalolat beradi. Shu sababli Nasr ibn Sayyor
Xurosonda o‘z mavqeini mustahkamlab olgach, Choch va Farg‘ona hududlariga harbiy
yurish tashkillashtiradi. Ibn al-
Asirda keltirilishicha, Nasr ibn Sayyor farg‘onaliklarga
hujum qiladi va minglab farg‘onaliklarni asir oladi [8: 198]. Ammo bu Nasr ibn
Sayyorning Farg‘onaga qilgan asosiy yurishi emas edi. Chunki, Nasr asosiy e’tiborni
Ch
ochdagi arablarga qarshi to‘plangan kuchlarga qaratayotgan edi. Ehtimol Nasr
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
411
Farg‘onaning chegara hududlariga bosqinchilik yurishini uyushtirib ortga qaytgandir.
Sababi manbalarda Nasrning hujumi paytida Farg‘ona hukmdori yoki uning vorisi bilan
to‘qnashga
nligi qayd etilmagan [8: 199].
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Nasrning Farg‘onaga qilgan navbatdagi yurishi alohida ahamiyatga ega bo‘lib,
bunda arab qo‘shinlari Quva shahrigacha yetib borishadi. Farg‘ona hukmdorining vorisi
Nilan (Balaz) bilan bo‘lgan bir necha janglarda arablar g‘alaba qozonadi. Farg‘onaliklar
Nasrga sulh tuzishni taklif qilishadi. Bunga javoban Nasr ularga tinchlik sulhini yuboradi.
“Tarixi Tabariy” va “Al
-Komil fit-
Tarix” kabi manbalarda Nasrning Farg‘onaga bu yurishi
batafsil tasvirlangan. Juml
adan, farg‘onaliklar Nasrning kelishini oldindan bilib, otlari va
oziq-
ovqatlarni yoqib yubordilar. Nasr Farg‘ona hokimining valiahdiga qarshi yurish
qilib, uni bir qal’ada qamal qiladi. Valiahd musulmonlarni g‘aflatda qoldirib, to‘satdan
hujum qiladi va h
ayvonlarni qo‘lga kiritadi. Nasr esa shundan keyin Temim o‘g‘illarini
Muhammad al-
Musanna boshchiligida bir guruh jangchilar bilan jo‘natadi. Farg‘onaliklar
musulmonlarning otlarini o‘lja olishgan edi. Musulmonlar qo‘ldan boy berilgan otlarining
bir qismin
i o‘zlariga qaytarib olgandan so‘ng, farg‘onaliklarga qarshi hujumga o‘tadi va
ularni mag‘lubiyatga uchratdilar. Arablar Farg‘ona hukmdori vorisiga yordam bergan
dehqonni qatl etadilar [8: 199]. Dehqonning o‘g‘li bilan birgalikda ba’zi kishilarni asir
olad
ilar. Nasr dehqonning o‘g‘lini ham qatl etishni buyuradi. Xurosondagi Dihiston
viloyatining turkiy hukmdori Sulteginning katta o‘g‘li Sulaymon ibn Abu
-s-Sariy
121/738-39-yilda Xuroson amiri Nasr ibn Sayyor (121
–
131/738
–
748-yillarda hukm
surgan) kotibining
o‘rinbosari bo‘lgan. O‘sha yilda u sulh ahdnomasi bilan Farg‘ona
hukmdorining oldiga yuborilgan.
Farg‘ona hokimi Sulaymon orqali sulh tuzish taklifi to‘g‘risida jo‘natilgan Nasrning
maktubini qabul etganligini bildirib, o‘zining eng yaqin yordamchisi bo‘lg
an onasini
Sulaymon bilan birgalikda jo‘natadi. Malika (ayol) Nasr huzuriga kelgach, Nasr u bilan
suhbatlashadi [8: 200].
Shunisi diqqatga sazovorki, Nilanni muarrixlar yangi hukmdor deya tilga olmaydi,
balki shunchaki valiahd deb yozishadi. Demak, Nasrnin
g bu yurishi paytida Farg‘ona
hukmdori Alutar vafot etgan va Nilan taxtga chiqib ulgurmagan, degan xulosaga
kelishimiz mumkin.
Yuqoridagi ikki yurish manbalarda bitta yurishning ikki bosqichi sifatida
keltiriladi. Birinchi bosqichda Nasr Farg‘ona chegarala
ridan minglab odamlarni asir olib
qaytadi. Ikkinchi yurishda arablar Farg‘onaga bostirib kirib uning hukmdorini mag‘lub
etadi. Vodiyda arablarning mavqeini oshirish uchun 10 ming arab vodiy bo‘ylab
joylashtiriladi [3: 105]. 740/741 yilda esa Nasr yana Farg
‘onaga yurish qiladi [8: 211].
Ammo bu yurishning tafsilotlari tarixiy manbalarda qayd etilmagan.
Nasr ibn Sayyorning Farg‘onaga qilgan yurishlaridan so‘ng Nilan kuchsizlanib,
hokimiyatga Arslon tarxon keladi [1: 490]. Nilan haqida 739-
yildan so‘ng tarixiy
manbalarda ma’lumotlar uchramaydi. Aynan 739
-yildan boshlab xitoy manbalarida
Arslon tarxon haqidagi ilk ma’lumotlar uchraydi [6: 86]. Xitoy manbalarida Arslon tarxon
“Asilan Dagan” shaklida tilga olinadi [2: 25; 6: 86].
Farg‘onaning yangi hukmdori Arslon tarxon o‘z tashqi siyosatida Tan imperiyasiga
tayanadi. Ma’lumki, Farg‘onadan shimolda joylashgan Talas vodiysi Turk xoqonligi
g‘arbiy hududlarining ma’muriy markazi bo‘lib, turklar bu yerdan Chotqol tog‘laridan
oshib o‘tib, vodiyga hujum qilar edilar. Arslon tarxon o‘z davlatining xavfsizligini
ta’minlash maqsadida 739
-yilda Talosga yurish qildi [2: 26]. Ayni vaqtda Xitoy ham bu
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
412
hududni o‘ziga bo‘ysundirishga harakat qilardi. Natijada Qoshg‘ardagi xitoy garnizoni
ko‘magida Arslon tarxon Talos hokimi Tuaxuyeysianni mag‘lub qiladi. Bu voqeani Xitoy
manbalari ham tasdiqlaydi. “[Imperator] Shyuanzung (712–
756-
yillarda taxtda o‘tirgan,
ismi Li Lungji) ning Kayyuan davrining 27 yilida [739] Tuaxuyeysianni itoat qildirishga
[Tang
qo‘shinlari bilan] hamkorlik qilgani uchun [Farg‘ona] hukmdori (vang) Arslon
-
Tarxonga fengxua-
vang (“madaniyatga intiluvchi hukmdor”) unvoni in’om etildi” [6: 86].
Arslon tarxon davrida, Tyanbao davrining 3-yilida (744) xitoyliklar ushbu davlat
[Farg‘ona]
ga Ningyuan
–
“olisdagi sokinlik” deb nom berdilar [6: 86]. Yuqorida xitoy
manbalaridan keltirilgan fikrlar shuni tasdiqlaydiki, Farg‘ona hukmdori doimo Xitoy
bilan yaqin aloqa o‘rnatishga va arablarga qarshi kurashda Tan imperiyasi bilan ittifoq
tuzishga intilgan. Bunga dalil sifatida Arslon tarxonning Xitoy malikasi (Xeyi)ga
uylanganligi, uning vorisi Chjungje o‘z o‘g‘li Shyuyeyuyni Xitoyga yuborib, imperatordan
“xitoy urf
-
odatlarini o‘rganish uchun” uni saroy xizmatiga qabul qilishni so‘raganligini
ko‘r
ishimiz mumkin [2: 25].
749
–
750-yilda Movarounnahrda Ummaviylarning inqirozi sabab siyosiy vaziyat
murakkablashadi. Buning natijasida turli xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tgan. Shunday
qo‘zg‘olonlardan biri Sharik boshchiligidagi qo‘zg‘olon edi. Bu qo‘zg‘olo
n hijriy
131 milodiy 748/749-
yili Farg‘onada boshlanadi [4: 268]. Ularning asosiy g‘oyasi
Abu Tolib avlodlarining hokimiyatga chiqishini qo‘llab
-quvvatlash hisoblangan. Ehtimol,
ummaviylarning hukmronligi davrida ularning ta’qibidan qochib Abu Tolib avlod
larining
tarafdorlari turli chekka o‘lkalar, jumladan, Farg‘onadan siyosiy boshpana topgandir.
Sharik yuqoridagi talab bilan xalqqa murojaat qiladi. Natijada uning atrofida katta
qo‘shin jam bo‘ladi [4: 268]. Abu Muslim Sharikka qarshi Ziyod bin Solih bosh
chiligida
qo‘shin yuboradi. Ziyod bin Solix Amudaryo qirg‘oqlariga yetganda unga buxorxudot
yordamga keladi. Ular birgalikda Sharikni mag‘lub etib, uning o‘zi va ko‘plab
tarafdorlarini qatl etadilar. Sharikning boshi Abu Muslimga yuboriladi [4: 269].
VIII
asrning o‘rtalariga kelganda Farg‘ona ixshidi va Shosh hukmdori o‘rtasida
munosabatlar buziladi [7: 21]. Farg‘ona ixshidi xitoyliklardan yordam so‘raydi. Bunga
javoban Tan imperiyasi yordam sifatida katta qo‘shin yuboradi. Xitoy qo‘shini
farg‘onaliklar bil
an Toshkentga bostirib kelib [7: 21], chochliklarning mol-mulkini talon-
toroj qildi va mahalliy hukmdorni asir olib Xitoy poytaxti Chan’anga yuborgan. U yerda
Choch hukmdori qatl etildi. Toshkent shahzodasi ittifoqchilarga qarshi Xuroson noibi Abu
Muslimda
n yordam so‘raydi. Natijada besh kun davom etgan, ilmiy adabiyotlarda ilk o‘rta
asrlarning yirik jangi deya ta’riflangan “Talos jangi” bo‘lib o‘tadi. Jang davomida Tang
qo‘shinidagi Qarluq turklari xiyonat yo‘liga kirib, xitoy lashkariga arablar bilan birg
alikda
hujum qildilar. Tan qo‘shinlari qo‘mondoni Gao Shanfa to‘liq mag‘lubiyatga uchradi. Xitoy
askarlarining katta qismi o‘ldirilib, faqat bir necha nafarigina omon qolgan. O‘ng qanot
qo‘mondoni Li Siyyening yordami bilan Gao Shanfaning o‘zi qochib ketis
hga erishdi.
Chekinish yo‘li tor bo‘lib, ortga qaytish qiyin kechgan. Aftidan Farg‘ona qo‘shinlari
ittifoqchi qo‘shinlarning orqa tarafida joylashgan va shu sababli chekinayotgan xitoy
askarlarining yo‘llarini to‘sib qo‘ygan edilar. Li Siyye oldingi safga o‘tib, jangdan omon
qolgan xitoy askarlariga Farg‘ona askarlarini o‘ldirishni buyurdi. Natijada o‘z
ittifoqchilari bo‘lgan farg‘onalik askarlarning barchasi o‘ldiriladi. Tarixiy manbalarda
ushbu jangda farg‘onaliklarga kim boshchilik qilganligi haqidagi ma’lumotlar keltirib
o‘tilmagan. Milodiy 744 yildan keyin Arslon tarxonning Xitoy malikasi (Xeyi) ga uylangan
[6: 86] ligini inobatga olsak, Talos jangida farg‘onaliklarga Arslon tarxon qo‘mondonlik
qilganligini taxmin qilishimiz mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
413
751-yilda Talos dary
osi bo‘yida yuz bergan besh kunlik katta to‘qnashuvda har ikki
tarafdan qancha askar ishtirok etgani aniq emas. Lekin jangda qatnashgan Tan
askarlarining o‘zi 70 ming ekanligi adabiyotlarda qayd etilgan [9: 26]. Biroq, Talos
jangida Tan imperiyasi tarafida
turib ishtirok etgan Farg‘ona qo‘shini va qarluqlarni
hisobga olganda qo‘shinning umumiy soni 100 mingdan ortiq, deb taxmin qilish mumkin.
Arab askarlarining soni ham 100 ming atrofida bo‘lishi haqiqatga ancha yaqin. Chunki,
arablar jang davomida yaqqol ustunlikka erisha olmadi va Qarluq turklarining arablar
tarafiga o‘tib ketishi kuchlar nisbatini o‘zgartirib yubordi. Natijada 50 ming xitoy
lashkarlari qurbon bo‘ldi, 20 ming kishi asirga tushdi [5: 172].
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, ajdodlarimiz VIII asrlarda arab istilochilariga qarshi uzoq
muddat davomida kurash olib bordilar. 748-yilda Turk xoqonligi poytaxti Suyob
shahrining vayron etilishi hamda 751-
yilda Talosda xitoy qo‘shinlarining tor
-mor
qilinishi siyosiy vaziyatning arablar foydasiga o‘zgarishiga olib keldi. Ular Farg‘ona
vodiysida ham o‘z mavqeini mustahkamlashga harakat qildilar. Xalifa Mansur davrida
Farg‘ona hukmdori Qoshg‘arda yashashga va arablarga o‘lpon to‘lashga majbur bo‘ldi.
Ammo, farg‘onaliklar uzoq vaqt davomida arablarning asosiy
talabi
–
islomga o‘tishni rad
etdilar. Shunga qaramasdan bu yerda asta-sekinlik bilan islom dini yoyildi va shariat
qonunlari qaror topdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
Анарбаев А. Ахсикат –
столица древний Ферганы. –
Ташкент: Тафаккур, 2013.
–
535 с.
Бернштам А.Н. Древняя Фергана (Научно
-
популярный очерк). –
Ташкент:
Изд. АН Уз ССР, 1951. –
45 с.
Кадырова Т. Из истории крестьянских движений в Мавераннахре и Хорасане
в VIII –
начале IХ в. –
Ташкент: Фан, 1965. –
238 с.
Саид Абдулхай бин Заҳҳок бин Маҳмуд. Тарихи Гардизи. Дунёйи китоб. Бе
тасхих ва мақобала Абдулҳай Ҳабибий. Чопи аввал. –
Теҳрон, 1343ҳ. –
733 с.
Хўжаев А. Буюк Ипак Йўли. –
Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси
нашр., 2007. –
279 б.
Хўжаев А. Фарғона тарихига оид маълумотлар (Қадимий ва илк ўрта аср
Хитой манбаларидан таржималар ва уларга шарҳлар). –
Фарғона: Фарғона
нашриёти, 2013. –
288 б.
Ибн ал
-
Асир. Ал
-
Камил фи
-
т
-
Таърих (Полный свод истории) // Перевод с
арабского языка, примечания и комментарии П.Г.Булгакова. Дополнения к
переводу, примечания и комментарии, введение и указатели Ш.С.Камолиддина. –
Ташкент: Узбекистан, 2006. –
559 с.
Ibnu’l Esir. Islam tarihi. El Кamil Fi’t Tarih Tercumesi. / Ceviren Yunus Apaydin. –
Cilt 5.
–
Istambul: Turkiyat matbaacilik ve nesriyat, 1986.
–
492 c.
Nesimi Y. Ilk türk –
islam devletleri tarihi.
–
Ankara, 1992.
–
146 c.
The History of al-Tabari. / Translated by Carole Hillenbrand.
–
Vol. 26.
–
New York:
State University of New York Press, 1989.
–
300 p.
