Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The essence of the concept and types of administrative
punishment
Shokhrukh
KUSHBОKOV
1
Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
15 November 2024
Accepted 15 December 2024
Available online
25 January 2025
In this article, the opinions of legal scholars who commented
on the concept of administrative punishment were deeply
analyzed, and the author developed a tariff for administrative
punishment. In addition, the experience of foreign countries on
the types of administrative punishment was studied, and
proposals were developed to add new punishments to the types
of administrative punishment.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
administrative punishment,
fine,
warning,
confiscation,
disqualification.
Ma’muriy jazo
tushunchasi va turlarining mazmun-
mohiyati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ma’muriy jazo,
jarima,
ogohlantirish,
musodara qilish,
diskvalifikatsiya.
Ushbu maqolada ma’muriy jazo tushunchasi haqida fikr
bildirgan huquqshunos olimlar fikr-mulohazalari chuqur tahlil
qilinib, muallif tomonidan ma’muriy jazo tarifi ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari, ma’muriy jazo turlariga oid xorijiy davlatlar
tajribalari o‘rganilib, ma’muriy jazo turlariga yangi jazolarni
qo‘shish bo‘yicha takliflar ish
lab chiqilgan.
1
Captain, Senior Lecturer, Department of Administrative Law, Academy of the Ministry of Internal Affairs of the
Republic of Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
419
Сущность понятия и виды административного
взыскания
ANNOTATSIYA
Ключевые слова:
административное
взыскание,
штраф,
предупреждение,
конфискация,
дисквалификация.
В данной статье проведен глубокий анализ мнений
ученых
-
правоведов
относительно
понятия
административного взыскания, на основе чего автором
предложено собственное определение данного термина.
Кроме того, изучен зарубежный опыт в области
классификации
и
применения
различных
видов
административных взысканий. На основе проведенного
анализа разработаны предложения по расширению
перечня существующих видов наказаний за счет
добавления
новых,
более
эффективных
форм
административных взысканий.
Yuridik javobgarlik aybdor shaxsga nisbatan muayyan jazo
qo‘llashda namoyon
bo‘ladi. Masalan, mehnat intizomi buzilganda –
intizomiy jazo, ma’muriy huquqbuzarlik
sodir etilganda
–
ma’muriy jazo, jinoyat sodir etilganda –
jinoiy jazo qo‘llaniladi [1].
Mavzu doirasida ma’muriy jazo tushunchasini tahlil qilar ekanm
iz, qonunchilikda,
ma’muriy jazo davlat tomonidan o‘rnatilgan shaxsni javobgarlikka tortish chorasi bo‘lib,
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 22
-moddasida
belgilanishicha, uning asosiy maqsadi preventiv (oldini oluvchi
) ta’sir ko‘rsatish hisoblanadi.
Ya’ni, huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning o‘ziga u tomonidan takroran huquqbuzarlik
sodir etilishining (xususiy prevensiya), boshqa shaxslarga esa, huquqbuzarlik sodir
etilishining (umumiy provinsiya) oldini olish maqsadid
a qo‘llaniladi [2].
E.T.
Hojiyevning fikricha, ma’muriy jazo ma’muriy (davlat) majburlov(i)ning bir
ko‘rinishi bo‘lib, boshqa majburlov choralaridan o‘ziga xos maqsadli sanksiyaga egaligi
bilan farqlanadi hamda faqatgina Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeks bilan belgilab
qo‘yiladi [3] deb tariflagan.
Nazarimizda, ushbu olim fikrlariga qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki ilg‘or xorijiy
davlatlarda Rossiya [4], Ukraina [5], Qozog‘iston Respublikasi [6], Tojikiston
Respublikasi [7] va Belarus Respublikalarida [8
] ma’muriy jazoning maqsadi va
sanksiyalari “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida”gi kodeks bilan belgilansa Moldova
Respublikasi [9] hamda Qirg‘iziston Respublikasi[10]da Huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi
kodeksi bilan belgilanadi.
Ma’muriy jazo tushunchasi
ni yoritishda I.V.
Maksimovning fikricha, ma’muriy jazo
huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsning huquqlari va erkinliklarini cheklash yoki
ulardan mahrum etishdan iborat bo‘lgan javobgarlik chorasi hisoblanadi [11]. Shunga
ko‘ra, professor Dj.X.Yuldash
ev va B.B.Adilovlarning fikricha, mazkur huquqlar va
erkinliklardan mahrum etiladi yoki ularning cheklanish darajasi jazoning og‘irlik
darajasiga bevosita bog‘liq hisoblanadi [12] deb o‘z mulohazalarini bildirganlar.
Tojikiston Respublikasi Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksida berilgan
tarifga ko‘ra,
ma’muriy jazo
–
bu ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sudya,
vakolatli davlat organi yoxud vakolatli mansabdor shaxs tomonidan jismoniy shaxsga,
yakka tartibdagi tadbirkorga,
mansabdor yoki yuridik shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan,
ushbu Kodeksda belgilangan majburlov tarzidagi javobgarlik chorasidir [13].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
420
Belarus Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksida
berilgan tarifga ko‘ra,
ma’muriy jazo
–
ma’muriy
jazo ma’muriy huquqbuzarlik sodir
etgan jismoniy shaxsga va (yoki) ma’muriy javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan yuridik
shaxsga nisbatan solinadigan ma’muriy javobgarlik chorasidir [14].
Yuqoridagi tariflarni umumiy e’tirof etgan xolda bizningcha,
ma’m
uriy jazo
–
huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsning huquqlari va erkinliklarini cheklash yoki
ulardan mahrum etishdan iborat bo‘lgan javobgarlik chorasi bo‘lib, huquqbuzarlik sodir
etgan shaxsning o‘ziga u tomonidan takroran huquqbuzarlik sodir etilis
hining (xususiy
provinsiya), boshqa shaxslarga esa, huquqbuzarlik sodir etilishining (umumiy provinsiya)
oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Savol tug‘iladi: ma’muriy jazo maqsadi nima? Ushbu jazo nimaga yo‘naltirilgan
ushbu savollarga javob topish maqsadida xorijiy davlatlar qonunchiligida berilgan
ta’riflarga nazar solsak.
Misol uchun, Rossiya Federatsiyasining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi
kodeksida ma’muriy jazo maqsadi quyidagicha o‘z aksini topgan. Jumladan,
ma’muriy
jazo
ma’muriy huquqbuza
rlik sodir etganlik uchun davlat tomonidan belgilangan
javobgarlik chorasi hisoblanadi va huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar
tomonidan ham yangi huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida
qo‘llaniladi. Ma’muriy jazo ma’muriy
huquqbuzarlik sodir etgan
jismoniy shaxsning
insoniy qadr-qimmatini kamsitish yoki unga jismoniy azob berish, shuningdek
yuridik
shaxsning
ishchanlik obro‘yiga putur yetkazish maqsadini ko‘zlashi mumkin emas [15].
Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, ma’muriy ja
zoning maqsadlari
–
ma’muriy jazo
javobgarlik chorasi bo‘lib, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni Ukraina
qonunlariga rioya qilish, umumiy qoidalarga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek,
huquqbuzarning o‘zi va boshqa shaxslar tomonidan yangi huquq
buzarliklar sodir
etilishining
oldini olish maqsadida
qo‘llaniladi [16].
Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra,
ma’muriy jazo
huquqbuzarlik
sodir etgan shaxsni qonun hujjatlari talablariga rioya etish va huquq-tartibotni hurmat
qilish ruhida tarbiy
alash, shuningdek huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa
shaxslar tomonidan ham yangi
huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish
maqsadida
qo‘llaniladi. Ma’muriy jazo ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga
jismoniy azob berish yoki uning insoniy qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek yuridik
shaxsning ishchanlik obro‘yiga zarar yetkazish maqsadini ko‘zlamaydi. Ma’muriy jazo
mulkiy zararni
qoplash vositasi hisoblanmaydi [17].
Tojikiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, ma’muriy jazoning
maqsadi
–
ma’muriy jazo ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga og‘ishmay rioya
etish ruhida tarbiyalash, shuningdek huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa
shaxslar tomonidan ham yangi ma’muriy
huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini
ol
ish maqsadida qo‘llaniladi
. Ma’muriy jazo ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan
shaxsning qadr-
qimmatini kamsitish yoki jismoniy yoki ma’naviy azob berish, qo‘rqitish,
har qanday xarakterdagi kamsitish yoki jismoniy shaxsning insoniy qadr-qimmatini
kamsitish
yoxud ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan yuridik shaxsning ishchanlik
obro‘yiga putur yetkazish maqsadini ko‘zlashi mumkin emas [18].
Yuqoridagi ta’riflardan kelib chiqib, fikrimizcha,
ma’muriy jazoning maqsadi –
profilaktik ta’sir chorasini qo‘llash hisoblanadi. Ya’ni asosiy maqsad nafaqat ma’muriy
huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, balki jinoyatlarni sodir etilishini
oldini olish maqsadida ham qo‘llaniladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
421
Ma’muriy jazo maqsadini tahlil qilgandan so‘ng ma’muriy jazo turlariga
yuzlanis
hni joiz topdik. Har bir davlatda ma’muriy jazo turlari xar
-
xilligi bilan o‘ziga xos
hisoblanadi.
Rossiya Federatsiyasining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksida
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi
ma’muriy jazolar turlari mavj
ud
:
1) ogohlantirish;
2) ma’muriy jarima;
3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki ashyosini musodara qilish;
4) jismoniy shaxsga berilgan maxsus huquqdan mahrum qilish;
5) ma’muriy qamoqqa olish;
6) chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan sh
axsni Rossiya Federatsiyasidan
ma’muriy tarzda chiqarib yuborish;
7) diskvalifikatsiya;
8) faoliyatni ma’muriy to‘xtatib turish;
9) majburiy ishlar;
10) rasmiy sport musobaqalari o‘tkaziladigan joylarga ular o‘tkaziladigan kunlarda
borishni ma’muriy taqiql
ash [19].
Ushbu davlat qonunchiligida bizning qonunchilikda mavjud bo‘lmagan jazo
turlarini uchratish mumkin. Misol uchun,
ogohlantirish
jazosi. Ushbu jazo
–
jismoniy
yoki yuridik shaxsga nisbatan rasmiy tanbehda ifodalangan ma’muriy jazo chorasi.
Ogohlant
irish yozma shaklda chiqariladi. Ogohlantirish odamlar hayoti va sog‘lig‘iga,
hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlariga, atrof
-muhitga, Rossiya Federatsiyasi
xalqlarining madaniy merosi obyektlariga (tarix va madaniyat yodgorliklariga), davlat
xavfsizligiga, tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar tahdidiga zarar
yetkazilmagan yoki zarar yetkazilishi xavfi yuzaga kelgan taqdirda, shuningdek mulkiy
zarar yetkazilmagan taqdirda birinchi marta sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar
uchun belgilanadi.
Nazarimizda, ushbu jazo turini ma’muriy jazo turi sifatida qo‘shish maqsadga
muvofiqdir. Chunki, ma’muriy qonunchiligimizning asosiy prinsiplari insonparvarlik, odillik
hisoblansa, ushbu jazo turi ushbu prinsiplarni o‘zida aks ettiradi.
Bundan tashqari, yurtimizda jazolar liberallashishini hisobga olib diskvalifikatsiya
jazosini ham ma’muriy jazo turlariga qo‘shish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Shu bois, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksiga quyidagi normani kiritishni taklif etamiz:
24
1
-modda. Ogohlantirish
Ogohlantirish
–
jismoniy shaxsga nisbatan rasmiy tanbehda ifodalangan ma’muriy
jazo chorasi. Ogohlantirish yozma shaklda chiqariladi.
Ogohlantirish odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, hayvonot va o‘siml
ik dunyosi
obyektlariga, atrof-
muhitga, O‘zbekiston Respublikasi xalqining madaniy merosi
obyektlariga (tarix va madaniyat yodgorliklariga), davlat xavfsizligiga, tabiiy va texnogen
xususiyatga ega favqulodda vaziyatlarga zarar yetkazilmagan yoki zarar yetkazilishi xavfi
yuzaga kelmagan, shuningdek mulkiy zarar yetkazilmagan taqdirda birinchi marta sodir
etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun belgilanadi.
Chunki, ushbu jazoning asosiy mag‘zi, jismoniy shaxsning federal davlat fuqarolik
xizmati lavozimlarini, Rossiya Federatsiyasi subyektining davlat fuqarolik xizmati
lavozimlarini, munitsipal xizmat lavozimlarini egallash, yuridik shaxsning ijro etuvchi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
422
boshqaruv organida lavozimlarni egallash, direktorlar kengashiga (kuzatuv kengashiga)
a’zo bo‘lish, yuridik shaxsni boshqarish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish,
Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hollarda yuridik shaxsni
boshqarish, yoki davlat va munitsipal xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga
oshirish
yoki sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish sohasidagi faoliyatni amalga
oshirish, yoxud texnik ko‘rikdan o‘tkazish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish, yoxud
yong‘in xavfini baholash (audit Diskvalifikatsiya tarzidagi ma’muriy jazo sudya
tomonidan tayinlanadi.
Hozirda yurtimiz qonunchiligida ma’lum bir lavozimlarni egallashdan mahrum
qilish, aynan muayyan huquqdan mahrum qilish nomli jinoiy jazoda o‘z aksini topgan.
Agar
diskvalifikatsiya jazosi ma’muriy qonunchiligimizda o‘z aksini topsa,
muayyan
huquqdan mahrum jazosining keragi bo‘lmas edi.
Shu bois, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksiga quyidagi normani kiritishni taklif etamiz:
282-modda. Diskvalifikatsiya
Diskvalifikatsiya
–
jismoniy shaxsning O‘zbek
iston Respublikasi davlat fuqarolik
xizmati lavozimini, davlat fuqarolik xizmati lavozimini, mahsus xizmat lavozimini egallash,
yuridik shaxsning ijroiya boshqaruv organida lavozimlarni egallash, direktorlar kengashiga
(kuzatuv kengashiga) a’zo bo‘lish, yuridik shaxsni boshqarish bo‘yicha tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan
boshqa hollarda yuridik shaxsni boshqarish faoliyatini amalga oshirish yoxud
sportchilarning (shu jumladan ularning tibbiy
ta’minoti va sport musobaqalarini o‘tkazish
sohasida faoliyatni amalga oshirish, yoxud sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish
sohasida faoliyatni amalga oshirish, yoki transport vositalarini ko‘zdan kechirish sohasida
faoliyatni Diskvalifikatsiya tarz
idagi ma’muriy jazo tayinlanadi. Diskvalifikatsiya olti oydan
uch yilgacha muddatga belgilanadi.
Xulosa qilib, aytganda ma’muriy jazo tushunchasi, maqsadi va turlarini ilmiy
-
nazariy tahlil qilish asosida quyidagi taklif tavsiyalarni berishni joiz topdik:
b
irinchidan, ma’muriy jazoga mualliflik tarifi ishlab chiqildi. Jumladan,
ma’muriy jazo
–
huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsning huquqlari va
erkinliklarini cheklash yoki ulardan mahrum etishdan iborat bo‘lgan javobgarlik chorasi
bo‘lib, huquqbuzarlik
sodir etgan shaxsning o‘ziga u tomonidan takroran huquqbuzarlik
sodir etilishining (xususiy prevensiya), boshqa shaxslarga esa, huquqbuzarlik sodir
etilishining (umumiy prevensiya) oldini olish maqsadida qo‘llaniladi;
ikkinchidan
, ilmiy-nazariy tahlillar
natijasida ma’muriy jazoning maqsadi yoritildi.
Chunonchi,
ma’muriy jazoning maqsadi
–
profilaktik ta’sir chorasini qo‘llash
hisoblanadi. Ya’ni asosiy maqsad nafaqat ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilishining
oldini olish, balki jinoyatlarni sodir etilis
hini oldini olish maqsadida ham qo‘llaniladi.
uchinchidan
, ma’muriy qonunchilikda insonparvarlik omillarini takomillashtirish
maqsadida ma’muriy jazo turlariga
“ogohlantirish”
va
“diskvalifikatsiya”
jazolarni
qo‘shish taklif etildi.
FOYDALANIGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
Norboeva D. Ma’muriy jazo nima? //Scientific progress. –
2021.
–
T. 2.
–
№. 3. –
S. 675-680.
2.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi.
[Elektron manba: https://lex.uz/docs/-97664. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
423
3.
Hojiyev E.T. Ma’muriy huquq: Kasb
-hunar kollejlari uchun darslik (4-nashri).
–
T., 2012.
–
“Ilm
-
ziyo”. –
B. 234
4.
Кодекс Российской Федерации об административных правонарушениях
[Elektron
manba:
https://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_34661/.
Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
5.
Кодекс Украины Об административных правонарушениях [Elektron manba:
https://pravoved.in.ua/section-kodeks/34-kuoap.html Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
6.
Кодекс Республики Казахстан Об административных правонарушениях
[Elektron manba: https://adilet.zan.kz/rus/docs/K1400000235. Murojaat vaqti:
10.02.2024 y].
7.
Кодекс Республики Таджикистан об административных правонарушениях
[Elektron manba: https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=30414710 Murojaat vaqti:
10.02.2024 y].
8.
Кодекс Республики Беларусь об административных правонарушениях
[Elektron manba: https://pravo.by/document/?guid=12551&p0=HK2100091&p1=1
Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
9.
Кодекс
Республики Молдова от 24 октября 2008 года № 218
-
ХВИ О
правонарушениях
[Elektron
manba:
https://continent
-
online.com/Document/?doc_id=30395669. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
10.
Кодекс Кыргызской Республики о правонарушениях.
[Elektron manba:
https://cbd.minjust.gov.kg/112306/edition/13963/ru. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
11.
Максимов И.В. Административные наказания. М., Норма. –
2009.
–
С. 175.
12.
Yuldashev D.X., Adilov B.B. Ma’muriy qamoqqa olish tushunchasi, mohiyati va
jazo tizimida tutgan o‘rni //Евразийский журнал права, финансов и прикладных
наук. –
2023.
–
Т. 3. –
№. 11. –
С. 38
-42.
13.
Кодекс
Республики
Таджикистан
об
административных
правонарушениях
[Elektron
manba:
https://online.zakon.kz/Document/
?doc_id=30414710 Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
14.
Кодекс Республики Беларусь об административных правонарушениях
[Elektron manba: https://pravo.by/document/?guid=12551&p0=HK2100091&p1=1
Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
15.
Кодекс Российской Федерации об административных правонарушениях
[Elektron
manba:
https://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_34661/.
Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
16.
Кодекс Украины Об административных правонарушениях [Elektron
manba:
https://pravoved.in.ua/section-kodeks/34-kuoap.html
Murojaat
vaqti:
10.02.2024 y].
17.
Кодекс Республики Казахстан Об административных правонарушениях
[Elektron manba: https://adilet.zan.kz/rus/docs/K1400000235. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
18.
Кодекс
Республики
Таджикистан
об
административных
правонарушениях
[Elektron
manba:
https://online.zakon.kz/Document/?
doc_id=30414710 Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
19.
Кодекс Российской Федерации об административных правонарушениях
[Elektron
manba:
https://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_34661/.
Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
