Авторы

  • Хуршида Салаватова
    Самостоятельный соискатель, Ургенчский государственный педагогический институт

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss6-pp501-508

Ключевые слова:

педагогика общество социо-установки средства воспитания личность образование просвещение воспитание нравственность национальное сознание национальное воспитание гармоничное поколение

Аннотация

Данная статья посвящена социально-педагогической необходимости формирования у студентов навыков национальной самосознательности. В статье исследуется значение национального самосознания для студенческой молодежи, социальная среда, влияющая на его формирование, система образования и культурные ценности в обществе. Также рассмотрено, что для формирования национального самосознания предусмотрены такие практические инструменты, как общественные мероприятия, образовательные и культурные проекты, национальные праздники и культурные вечера. Статья служит ориентиром для педагогов, педагогов и всех участников системы образования в деле широкого продвижения и формирования национальных ценностей среди молодежи.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The socio-pedagogical necessity of developing national
self-awareness skills in students

Khurshida SALAVATOVA

1


Urgench State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2024

Received in revised form

15 November 2024
Accepted 15 December 2024

Available online

25 January 2025

This article discusses the socio-pedagogical necessity of

developing national self-awareness skills in students and

analyzes social and pedagogical factors in the development of

national self-awareness. The article examines the importance of

national self-awareness for student youth, the social
environment influencing its formation, the education system,

and cultural values in society. It also presents practical tools for

the formation of national identity, such as social events,

educational and cultural projects, national holidays, and
cultural evenings. The article considers the development of

national self-awareness necessary from the perspective of

societal progress, strengthening national unity, and educating

students to be responsible individuals loyal to their nation. The
article serves as a guide for teachers, educators, and all

participants in the education system in widely promoting and

fostering national values among young people.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-

iss6-pp

501-508

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

pedagogy,

society,

social relations,

educational tools,

personality,

education,

enlightenment,

upbringing,

spirituality,

national consciousness,
national education,

harmoniously developed
generation.

Talabalarda milliy o‘zlikni anglash ko‘nikmalarini

shakllantirishning ijtimoiy pedagogik zaruriyati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

pedagogika,

jamiyat,

ijtimoiy-munosabat,

ta’lim vositalari,

shaxs,

ta’lim,

ma’rifat,

Mazkur maqola talabalarda milliy o‘zlikni anglash

ko‘nikmalarini

shakllantirishning ijtimoiy pedagogik zaruriyati

haqida bo‘lib, milliy o‘zlikni anglashni rivojlantirishda ijtimoiy
va pedagogik omillarni tahlil qiladi. Maqolada milliy o‘zlikni

anglashning talaba yoshlar uchun ahamiyati, uning

shakllanishiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy muhit, ta’lim tizimi va

jamiyatdagi madaniy qadriyatlar o‘rganilgan. Shuningdek, milliy

1

Independent Researcher, Urgench State Pedagogical Institute. E-mail: kh.salavatova@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

502

tarbiya,

ma’naviyat,

milliy ong,

milliy tarbiya,

barkamol avlod.

o‘zlikni anglashning shakllanishi uchun ijtimoiy tadbirlar,

tarbiyaviy va madaniy loyihalar, milliy bayramlar va madaniyat
kechalari kabi amaliy vositalar

taqdim etilgan. Milliy o‘zlikni

anglashni shakllantirishni jamiyatning rivojlanishi, milliy

birlikni mustahkamlash va talabalarda mas’uliyatli, millatiga

sodiq shaxslarni tarbiyalash nuqtai nazaridan zarur deb

hisoblaydi. Maqola, o‘qituvchilar, pedagoglar va ta’lim

tizimining barcha ishtirokchilari uchun milliy qadriyatlarni

yoshlar orasida keng targ‘ib qilish va ularni shakllantirishda

ko‘rsatma sifatida xizmat qiladi.

Социально

-

педагогическая необходимость формирования

у учащихся навыков национального самосознания

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

педагогика,

общество,

социо

-

установки,

средства воспитания,

личность,

образование,

просвещение,

воспитание,

нравственность,

национальное сознание,

национальное воспитание,

гармоничное поколение.

Данная статья посвящена социально

-

педагогической

необходимости формирования у студентов навыков

национальной самосознательности. В статье исследуется

значение национального самосознания для студенческой

молодежи,

социальная

среда,

влияющая

на

его

формирование, система образования и культурные

ценности в обществе. Также рассмотрено, что для

формирования

национального

самосознания

предусмотрены такие практические инструменты, как

общественные

мероприятия,

образовательные

и

культурные

проекты,

национальные

праздники

и

культурные вечера. Статья служит ориентиром для

педагогов, педагогов и всех участников системы

образования

в

деле

широкого

продвижения

и

формирования национальных ценностей среди молодежи.

KIRISH

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim va fan

tizimida olib borilayotgan islohotlarning

tub zamirida ma’naviy yetuk, o‘z

-

o‘zini anglagan, axloqiy tarbiyalangan, iste’dodli, kreativ

fikrlovchi kelajak avlod kadrlarini tayyorlash eng dolzarb muammo sifatida ilgari

surilmoqda. Jumaladan, O‘zbekiston Resp

ublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev[1] BMT

Bosh Assambleyasining 2017 yil 23 sentyabrdagi 75 sessiyasida so‘zlagan ma’ruzasida

yosh-

avlod ertangi kuni va kelajagi masalasiga to‘xtalar ekan: shunday deb ta’kidlaydi,

“mamlakatimiz aholisining yarmidan ko‘pini

yoshlar tashkil etadi. Respublikamizda har

bir yigit

qizning jamiyatda munosib o‘rin egallashi va o‘z salohiyatini namoyon etishi

bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda”. O‘zbekistonda Yoshlar parlamentlari,

Yoshlar ishlari agentligi faoliyat ko‘rsat

moqda. Avgust oyida Birlashgan Millatlar

Tashkiloti shafeligida yoshlar huquqlariga bag‘ishlangan Samarqand xalqaro forumi

muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Fursatdan foydalanib, yana bir bor Yoshlar huquqlari

to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Konvensiyasini qabul qilish bo‘yicha

O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab –

quvvatlashga chaqiraman»

- deb butun dunyo

minbaridan turib bildirgan fikrlari jahon ommasida juda katta qiziqish bilan qabul

qilindi[1].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

503

ASOSIY QISM

Xususan, mamlakatimizda kelajak avlod kadrlarini tayyorlash hamda ularning

bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti[2]

2019-yil 19-

mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarida ilgari surgan besh muhim tashabbuslari

ham ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalashda oliy ta’lim muassasasining o‘rni va roli

juda yuqori ekanligini ta’kidlab o‘tish mumkin. Bizga ma’lumki, ushbu ilgari surilgan

“beshta eng muhim tashabbusda ham yosh

-

avlodga bo‘lgan talab va etiborni

kuchaytirish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, yoshlarda axborot

texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik

-

savodxonlikni targ‘ib qilishi, madaniyat, san’atga bo‘lgan ijodini rivojlantirish xotin

-qizlar

bandligini ta’minlash[2]”ning ustuvor vazifal

arni bajarish orqali davlatimiz kelajagi

bo‘lgan ertangi kuni uchun, yetuk, kelajak avlod yoshlarini ma’naviy barkamol bo‘lib

voyaga yetishlarida milliy o‘zlikni anglash kompetensiyalarini rivojlantirish masalasi

alohida o‘rin tutadi[2]. Bo‘lajak o‘qituvch

ini kreativ

ijodiy raqobatbardosh kadrlar

sifatida tarbiyalashda ajdodlarimiz tomonidan e’tirof etilgan axloqiy

-tarbiyaviy ilmiy

meroslarda vatanparvarlik tarbiyasi, uning jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga kirishish

jarayoni kabi vazifalar muhim o‘rin

tutadi. Xususan, ajdodlarimiz tomonidan bizgacha

qoldirilgan vatanparvarlikni madh etuvchi qadimgi afsona, mif, asotir va rivoyatlari.

Shuningdek, Tomaris, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, Amir

Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, kabi buyuk sarkardalarning azmu-shijoati,

qobiliyati, jasorati va mahorati haqiqiy ibrat namunasidir deb ta’kidlash mumkin[3].

Akademik R.X.Djuraev[4] talaba yoshlarning ta’lim –

tarbiya jabhasida individual

shaxsiy sifatlarini rivojlantirish jihatlari masalasiga

to‘xtalib shunday ifodalaydi, “ta’lim

-

tarbiya jarayonini tashkil etish, talabalarni ta’limga majburlash tarzida emas, balki har

bir talabaning individual sifat xususiyatlari, ijodiy yondashish, ijtimoiy-siyosiy, tarbiyaviy

ishlarini maqsadga-muvafiq tarzda hisobga olgan xolda tashkil etish, talaba har bir ishda

namuna bo‘lish, talab va ehtiyojlarni tushunish, qat’iy

- intizomga rioya etish, ilmiy-

nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash[4]” kabi eng muhim omil sifatida ta’kidlab o‘tgan.

Rus olimi G.Andreeva[5] shaxsning ijtimoiylashuvi hamda individual sifatlarini

rivojlantirish masalalariga to‘xtalar ekan: “ijtimoiylashuv jarayonida yoshlarning ularda

ijtimoiy me’yorning milliy qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayoni sifatida, muayyan

jarayonlarda ular shaxs si

fatida shakllanish to‘g‘risida to‘xtalib” bo‘lib olim, talaba shaxsi

o‘zi

-

o‘zini rivojlantirish kompetensiyalari uning jamiyat hayotida ijtimoiylashuviga ham

katta ta’sir ko‘rsatadi deb ifodalaydi[5].

Talabalarda milliy o‘zlikni anglash ko‘nikmalarini shak

llantirish ijtimoiy pedagogik

zaruriyati haqida qilingan ishlar haqida yozilgan materialda quyidagi muhim jihatlarni

keltirish mumkin:

Milliy o‘zlikni anglash nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki jamiyatning umumiy o‘sishi

uchun ham juda muhimdir. O‘zligini anglagan, o‘z millatini hurmat qiladigan va uning

madaniyati, tarixini qadrlaydigan shaxslar jamiyatda o‘z o‘rnini topadi va milliy birlikni

saqlashda faol ishtirok etadi. Pedagogik jihatdan, milliy o‘zlikni anglash talaba shaxsining

tarbiyaviy, axloqiy va

estetik jihatdan shakllanishida asosiy o‘rin tutadi. Bu, shuningdek,

yosh avlodning yurtiga bo‘lgan muhabbatini va unga sodiqligini mustahkamlashda

muhim ahamiyatga ega.

Milliy o‘zlikni anglash masalasi haqida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.

Ushb

u

tadqiqotlar

milliy

o‘zlikni

anglash

ko‘nikmalarini

shakllantirishda

o‘qituvchilarning roli, ta’lim jarayonida milliy qadriyatlar va an’analarning ahamiyati,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

504

shuningdek, ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan dasturlarni o‘zgartirish zaruriyati

haqida ko‘plab tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotchilar talabalarda milliy o‘zlikni

anglashning ijtimoiy ta’lim berish jarayonida yaxshilanishi uchun bir qator metodik

yondashuvlar va dasturlarni ishlab chiqdilar.

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimida milliy

o‘zlikni anglashni rivojlantirishga

qaratilgan bir qator dasturlar ishlab chiqilgan. Masalan, ta’limda milliy qadriyatlarni

o‘rgatish, tarixiy merosni qadrlash, xalq san’ati va madaniyatini o‘rgatish kabi

masalalarga katta e’tibor beriladi. Bu jarayonlar,

asosan, o‘quvchilarni milliy o‘zlikni

anglashga yo‘naltiradi va ularga o‘z tarixini, madaniyatini, an’analari va qadriyatlarini

o‘rganish imkonini beradi. Milliy o‘zlikni anglash ko‘nikmalarini shakllantirishda

o‘qituvchilarning o‘quvchilarga individual y

ondashuvi, metodik ishlanmalari, adabiyotlar

va media vositalaridan foydalanish hamda o‘zaro muloqotga asoslangan metodlarni joriy

etish katta ahamiyatga ega.

Talabalarda milliy o‘zlikni anglash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun interfaol

metodlar, jumladan, guruhli ishlar, munozaralar, treninglar va ishchi loyihalar keng

qo‘llaniladi. Ushbu metodlar talabalarning mustaqil fikrlash va o‘z milliy o‘zligini

anglashga bo‘lgan intilishlarini rivojlantiradi. Talabalar o‘z millatining tarixi, madaniyati,

etnogr

afik o‘ziga xosliklari haqida o‘zaro fikr almashadilar va yangi bilimlarni

o‘zlashtiradilar.

Milliy o‘zlikni anglashda ijtimoiy muhitning ta’siri juda muhim omil bo‘lib, talaba

va yoshlarning shaxsiy rivojlanishida, ular o‘zining milliy kimligini anglashid

a katta rol

o‘ynaydi. Ijtimoiy muhit deganda, insonni o‘rab turgan va uning rivojlanishiga, ta’lim

olishiga, hayot tarziga ta’sir ko‘rsatadigan barcha omillarni tushunish mumkin. Milliy

o‘zlikni anglash ham aynan ijtimoiy muhit orqali shakllanadi. Bu jaray

onda bir qator

omillar, jumladan, oila, ta’lim muassasalari, jamiyatdagi madaniy va tarixiy an’analar,

do‘stlar, tengdoshlar, ommaviy axborot vositalari va internet kabi vositalar faol ishtirok

etadi. Quyida ijtimoiy muhitning milliy o‘zlikni anglashga ta’sirini ko‘rib chiqamiz. Oila —

ijtimoiy muhitning birinchi va eng asosiy bosqichidir. Ota-

onalar va oila a’zolari

yoshlarning milliy o‘zlikni anglashiga, o‘z madaniyatini, tarixini va an’analari haqida

tasavvurlarini shakllantirishga katta ta’sir ko‘rsatad

i. Oila muhitida yoshlar milliy

qadriyatlarni, urf-

odatlarni, tilni o‘rganish va hurmat qilishni boshlaydi. Ota

-

onalar o‘z

farzandlariga milliy o‘zlikni anglashda, milliy tarixi va madaniyatini qadrlashda eng

muhim ustozlardir. Shuningdek, oila ichida bolalar milliy adabiyot, xalq naql va

rivoyatlariga ham alohida e’tibor berishadi. Ta’lim muassasalari —

talabalarda milliy

o‘zlikni anglashni rivojlantirishda eng muhim omil hisoblanadi. Maktabda va oliy ta’lim

muassasalarida o‘tiladigan milliy tarix, adabiyot, madaniyat va san’at kabi fanlar

yoshlarning o‘z millatiga bo‘lgan hurmatini oshiradi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning

milliy qadriyatlarni o‘rgatishdagi roli beqiyosdir. Ular nafaqat bilim beradilar, balki

yoshlarni milliy g‘urur va ma’rifatga yo‘naltiradilar. O‘qituvchilarning metodik

yondashuvi va talabalarga milliy o‘zlikni anglashga yordam beradigan innovatsion

pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ijobiy natijalar beradi.

Ijtimoiy muhitning yana bir muhim jihati

bu jamiyatda mavjud bo‘lgan madan

iy

va tarixiy an’analar. Har bir millatning o‘ziga xos urf

-

odatlari, festivallari, san’ati, musiqa

va raqslari, tili va diniga bo‘lgan hurmat yoshlar uchun milliy o‘zlikni anglashda muhim

manba hisoblanadi. Milliy bayramlar va tadbirlar, folklor va madaniy festivallar yoshlar

uchun milliy qadriyatlarni o‘rganish va o‘zini millatining bir qismi sifatida his qilish

uchun katta imkoniyatdir. Milliy o‘zlikni anglashda tengdoshlarning, do‘stlarning va


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

505

ijtimoiy guruhlarning ta’siri ham katta ahamiyatga ega. Yoshlar o‘z tengdoshlari bilan

muloqot qilish, ularga o‘xshashlikni sezish orqali o‘zlarining milliy kimliklarini yanada

mustahkamlashadi. Do‘stlar, o‘qishdagi hamkasblar, klublar va ijtimoiy guruhlar orqali

yoshlar o‘zaro fikr almashadilar, turli milliy qadriyatlarni o‘rganadilar va jamiyatda milliy

o‘zlikni anglashning ahamiyatini tushunadilar.

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, gazetalar) va

internet (ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, video platformalar) milliy o‘zlikni anglashda katta

ta’sirga ega. Ommaviy axborot vositalari orqali milliy tarixi, madaniyati, san’ati haqida

yangi bilimlarni olish mumkin. Internet orqali yoshlar o‘z milliy kimligini anglashga oid

axborotlarni osonlik bilan topa oladilar. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari va

internetda milliy madaniyatning rivojlanishi, o‘zlikni anglashga qaratilgan kontentning

ko‘payishi yoshlarning milliy g‘ururini oshiradi.

Milliy o‘zlikni anglashga ta’sir qiluvchi omillardan biri jamiyatning ijtimoiy va

siyosiy holatidir. Mamlakatda ijtimoiy va siyosiy barqarorlik, milliy birlik va mustahkam

davlat tizimi talabalarda o‘z millatini anglash va uni rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni

kuchaytiradi. Milliy o‘zlikni anglashda mamlakatning mustaqilligi va milliy erkinlik hissi

muhim o‘rin tutadi. Yurtning erkinligi va taraqqiyoti yoshlarni o‘z millatiga sodiq

bo‘lishga undaydi.

Bugungi kunda globalizatsiya jarayoni ham milliy o‘zlikni anglashga ta’sir

ko‘rsatmoqda. Global madaniyatning ommalashuvi, dunyo miqyosida yangi

texnologiyalarning joriy etilishi, turli madaniyatlarning bir-biriga aralashishi yoshlarning

milliy o‘zlikni anglashiga tahdid solishi mumkin. Biroq, globalizatsiya sharoitida milliy

madaniyatni saqlab qolish va rivojlantirish uchun an’anaviy qadriyatlarni yosh avlodga

et

kazish va ularni zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘rganishga chaqirish muhimdir.

Milliy o‘zlikni anglash ijtimoiy muhitning ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi. Oila, ta’lim

muassasalari, madaniy an’analar, tengdoshlar, ommaviy axborot vositalari va gl

obal

ijtimoiy jarayonlar talabalarda milliy o‘zlikni anglashga katta ta’sir ko‘rsatadi. Milliy

o‘zlikni anglash faqatgina shaxsiy jihatdan emas, balki jamiyatda o‘z o‘rnini topish, milliy

birlikni

Milliy o‘zlikni anglashning shakllanishida ijtimoiy muhit katta rol o‘ynaydi.

Jamiyatdagi turli ijtimoiy guruhlar, o‘qituvchilar, ota

-onalar va boshqa muhitlar

talabalarning milliy o‘zlikni anglashdagi ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim

ahamiyatga ega. O‘zbekistonning turli hududlarida milliy qadriyatlarni targ‘ib qilishga

qaratilgan ijtimoiy loyihalar, festivallar, tadbirlar va madaniy an’analar orqali yoshlarni

milliy o‘zligini anglashga chaqirishgan. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida

milliy o‘zlikni anglashni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Umumta’lim

maktablarida, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida milliy qadriyatlarni tarbiyalashga

doir maxsus kurslar, o‘quv dasturlari va ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan

birga, oliy ta’lim muassasalarida talabalarni milliy madaniyatga, san’atga va tarixga

hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida maxsus fanlar kiritilgan.

Milliy o‘zlikni anglashni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy tadbirlar yoshlarning

o‘z millatiga bo‘lgan hurmatini oshirish, o‘z tarixini, madaniyatini va qadriyat

larini

anglashda muhim rol o‘ynaydi. Bu tadbirlar talabalarda milliy g‘urur va milliy o‘zlikni

anglashni rivojlantirishga xizmat qiladi. Quyida milliy o‘zlikni anglashni shakllantirishga

qaratilgan ba’zi ijtimoiy tadbirlar haqida so‘z yuritamiz:

Milliy bayramlar va yodgorlik tadbirlari, ayniqsa, mustaqillik bayrami, davlatning

asosiy sanalari, tarixiy shaxslar va madaniy merosga bag‘ishlangan kunlar yoshlar


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

506

orasida milliy o‘zlikni anglashni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu tadbirlarda

talabalarga o

‘z milliy tarixini va madaniyatini chuqurroq tushunish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, bunday tadbirlar davomida yoshlar o‘z millatining tarixiy ahamiyatini,

madaniy qadriyatlarini, urf-

odatlarini va an’analari haqida bilim olishadi. Milliy san’at,

adab

iyot, musiqa, raqs va boshqa madaniy elementlarni namoyish etadigan ko‘rgazmalar

talabalarda milliy g‘ururni va o‘zlikni anglashni rivojlantiradi. Milliy an’analarni

namoyish etadigan konsertlar, ko‘rgazmalar, teatr tomoshalari va musobaqalar talabalar

orasida milliy madaniyatni qadrlashni kuchaytiradi. Yoshlar bunday tadbirlarda ishtirok

etish orqali o‘z milliy kimligini anglashadi. Milliy o‘zlikni anglashni shakllantirishda

tarixiy yodgorliklar va muzeylarga ekskursiyalar muhim ahamiyatga ega. Tarixiy

obi

dalar, yodgorliklar, arxeologik joylar va muzeylar orqali yoshlar o‘z millatining

tarixiga yanada yaqinroq bo‘lishadi. Tarixiy joylarga tashrif buyurish, o‘sha yerdagi

tarixiy hodisalar va shaxslar haqida bilish talabalarni milliy o‘zlikni anglashga undayd

i.

Adabiyot va madaniyat kechalari, milliy yozuvchilar, shoirlar va san’atkorlar ijodini

o‘rganish, ularning asarlarini tahlil qilish talabalarga milliy o‘zlikni anglashda yordam

beradi. Adabiyot kechalari, shuningdek, milliy san’at va musiqani o‘rganish,

xalq naql va

rivoyatlarini yoshlar orasida targ‘ib qilish maqsadida tashkil etiladi. Bu tadbirlar

yoshlarning madaniy merosni saqlash va rivojlantirishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi.

Milliy qadriyatlarni yoshlar orasida keng tarqatish maqsadida o‘tkazilad

igan

treninglar va seminarlar, ayniqsa, milliy o‘zlikni anglash va milliy madaniyatni qadrlashni

o‘rgatish uchun samarali usuldir. Ushbu tadbirlarda yoshlar milliy qadriyatlar, tarix, urf

-

odatlar, an’analar haqida o‘rganadilar va bu bilimlarni amaliyotda qo‘llashni o‘rganadilar.

Seminarlar va treninglar shuningdek, yoshlarni jamiyatda faol, mas’uliyatli va millatiga

sodiq shaxslar bo‘lib shakllanishga undaydi.

Sport musobaqalari va o‘yinlar orqali yoshlar milliy birlikni his qiladilar. Milliy

sport turlari

bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalar, jamoaviy o‘yinlar va sport festivallari,

yoshlarning bir-

biri bilan hamkorlikda ishlashini ta’minlaydi. Bunday tadbirlar orqali

talabalarda milliy o‘zlikni anglash va milliy g‘ururni oshirishga katta hissa qo‘shiladi.

Y

oshlarni milliy o‘zlikni anglashga undovchi ijtimoiy va tarbiyaviy loyihalar tashkil

etish ham samarali tadbirlar sirasiga kiradi. Milliy an’analarni, qadriyatlarni va

madaniyatni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan ijtimoiy loyih

a

va aksiyalar talabalarni milliy g‘ururni rivojlantirishga yordam beradi. Masalan, ekologik

tadbirlar, xayriya aksiyalari yoki jamiyatning boshqa ijtimoiy ehtiyojlariga yo‘naltirilgan

loyihalar talabalarga o‘z millatining rivojlanishiga hissa qo‘shish imk

oniyatini beradi.

Xalqaro madaniyatlar festivali kabi tadbirlarda ishtirok etish talabalarga o‘z milliy

madaniyatini dunyoga tanishtirish va boshqa madaniyatlar bilan tanishish imkonini

beradi. Bunday festivallar orqali talaba o‘z millatining yuksak qadriy

atlarini namoyish

qilishi mumkin. Shuningdek, bu tadbirlar yoshlarni o‘zlarining milliy o‘zligini anglashga

undaydi va global madaniyatlar o‘rtasida milliy madaniyatni saqlashga qaratilgan

imkoniyatlar yaratadi. Vatanparvarlikni, milliy o‘zlikni anglashni va ma’naviyatni targ‘ib

qilishga qaratilgan tadbirlar talabalarni o‘z yurtiga bo‘lgan sevgi, sadoqat va sadoqatni

mustahkamlashga yordam beradi. Bu turdagi tadbirlar har yilgi davlat bayramlarida

o‘tkazilib, yoshlarning millatiga bo‘lgan hurmatini oshiradi

.

Milliy o‘zlikni anglashni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy tadbirlar talabalarda

milliy g‘urur va ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu tadbirlar

orqali yoshlar milliy tarix, madaniyat va qadriyatlarni chuqurroq tushunadilar va

o‘z

millatiga bo‘lgan sadoqatni yanada kuchaytiradilar. Bunday tadbirlar o‘qituvchilar, ota

-


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

507

onalar va jamiyat tomonidan birgalikda tashkil etilishi, milliy o‘zlikni anglashni samarali

ravishda rivojlantirishga olib keladi.

Talabalarda milliy o‘zlikni anglash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan

pedagogik va ijtimoiy ishlar, shubhasiz, jamiyatning kelajagi uchun muhimdir.

Yoshlarning milliy qadriyatlar va an’analarni qadrlashi, o‘z milliy madaniyati va tarixiga

hurmat bilan qarashi, jamiyatda mustahka

m ijtimoiy birlikni shakllantiradi. Ta’lim

jarayonida milliy o‘zlikni anglashni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi,

o‘qituvchilarning malakasi va metodik yondashuvlar orqali bu jarayonni samarali amalga

oshirish mumkin bo‘ladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, ushbu ishlar talabalar va yoshlar orasida milliy o‘zlikni

anglashni rivojlantirishda mustahkam asos yaratadi va jamiyatning barqaror

rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Milliy o‘zlikni anglash:

Milliy o‘zlikni anglash —

bu o‘z xalqining t

arixini, madaniyatini, urf-odatlarini,

tilini va qadriyatlarini to‘g‘ri anglash va ularga hurmat bilan qarashdir. Milliy o‘zlikni

anglash talabaning nafaqat o‘ziga, balki jamiyatga bo‘lgan mas'uliyatini ham oshiradi.

Shakllantirishning ijtimoiy pedagogik zaruriyatlari:

1. Milliy madaniyatni hurmat qilish:

Talabalar o‘z millatining madaniyatiga

bo‘lgan hurmatini rivojlantirishlari kerak. Bu esa o‘z navbatida jamiyatda etnik va

madaniy barqarorlikni ta'minlaydi.

2. Tarixiy ongni shakllantirish:

Talabalar o‘z

xalqining tarixini, uning

g‘alabalarini va mashaqqatlarini bilishlari lozim. Bu ular uchun milliy o‘zlikni anglashning

mustahkam asosi bo‘ladi.

3. Til va adabiyotning ahamiyati:

Til milliy o‘zlikni anglashda katta rol o‘ynaydi.

O‘z tilini bilish va uni rivojlantirish talabalarda milliy o‘zlikni anglashni shakllantiradi.

4. Pedagogik yondashuvlar:

O‘quvchilarga o‘z millatini va madaniyatini

o‘rgatishda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qo‘llash zarur. Bu orqali talabalar faqat

bilim olishni emas, balki o‘z millati haqida anglashni ham o‘rganadilar.

5.

Ijtimoiy muhitning ta’siri:

Talabalar o‘z jamiyatida yashayotgan bo‘lsa, ular

uchun milliy o‘zlikni anglash ijtimoiy zaruratga aylanadi. Oila, maktab, universitet va

keng jamiyat bularni o‘zaro birlashtirishi k

erak.

Talabalarda milliy o‘zlikni anglashni shakllantirish, ularning shaxsiy va ijtimoiy

rivojlanishining muhim qismidir. Bu ijtimoiy pedagogik zaruriyat, chunki u jamiyatni

barqaror rivojlantirish, madaniy xotirani saqlash va ijtimoiy moslashuvni kuchaytirish

imkoniyatini yaratadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1. Xalq so‘zi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 23 sentyabrdagi BMT

75 sessiyasidagi nulqi. 2017 y. 24 sentyabrь soni

2. Xalq so‘zi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019

yil 19 martdagi

“Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish

bo‘yicha muhim vazifalar”nutqi... 2020 y. 20 mart

3. Begmatov A. Ma'naviyat falsafasi yoxud Islom Karimov asarlarida yangi falsafiy

tizimning yaratilishi.

Toshkent.: Sharq, 2000 y.

64-65 b.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

508

4. Djurayev R. Organizatsionno-

pedagogicheskiye osnovы intensif

-

ikatsii sistemы

professionalьnoy podgotovki v uchebnыx zavedeniyax professionalьnogo obrazovaniya.:

Avtoref. dis. … dok. ped. nauk. –

SPb.: 1995.g.

5. Andreyeva G. Sotsialьnaya psixologiya.

-M.: 1999 g.-373 s.

6. Zimnyaya, I.A. Klyuchevыye kompetentnosti kak rezulьtativno selevaya osnova

kompetentnostnogo podxoda v obrazovanii: avtorskaya versiya I.Zimnyaya. - M.:

Izdatelьstvo: Issledovatelьskiy sentr problem kachestva podgotovki spetsialistov

2004. -

37 s

7. Qosimova N.D. O‘smirlar ijtimoiylashuvida ibrat ijtimoiy psixologik

xususiyatlarini ahamiyati.:..diss. Pis.f.n.: -T., 2010 y.-46 bet

8. Ro‘ziyeva D. Oliy ta'lim muassasasi talabalarida milliy iftixor tuyg‘usini

shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari: Dis. ... ped. fan. dok.

T., 2007.

255 b. 37 | P

a g e International Conference on Developments in Education Hosted from Delhi, India

https: econferencezone.org 23rd Nov. 2022

9. Tursunboyevich, O. A. (2021). Pedagogical and psychological opportunities for

the development of social active civil competences in students. ACADEMICIA: An

International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1888-1897.

10.Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European

Scientific Journal.

2019.

№. 1.

11.Abduganiyev O. Formation of legal training aimed at competitiveness in pupils

of secondary schools //European Journal of Research and Reflection in Educational

Sciences.

2019.

T. 9.

№. 7.

Библиографические ссылки

Xalq so‘zi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 23 sentyabrdagi BMT 75 sessiyasidagi nulqi. 2017 y. 24 sentyabrь soni

Xalq so‘zi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 martdagi “Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha muhim vazifalar”nutqi... 2020 y. 20 mart

Begmatov A. Ma'naviyat falsafasi yoxud Islom Karimov asarlarida yangi falsafiy tizimning yaratilishi. – Toshkent.: Sharq, 2000 y. – 64-65 b.

Djurayev R. Organizatsionno-pedagogicheskiye osnovы intensif-ikatsii sistemы professionalьnoy podgotovki v uchebnыx zavedeniyax professionalьnogo obrazovaniya.: Avtoref. dis. … dok. ped. nauk. – SPb.: 1995.g.

Andreyeva G. Sotsialьnaya psixologiya.-M.: 1999 g.-373 s.

Zimnyaya, I.A. Klyuchevыye kompetentnosti kak rezulьtativno selevaya osnova kompetentnostnogo podxoda v obrazovanii: avtorskaya versiya I.Zimnyaya. - M.: Izdatelьstvo: Issledovatelьskiy sentr problem kachestva podgotovki spetsialistov 2004. - 37 s

Qosimova N.D. O‘smirlar ijtimoiylashuvida ibrat ijtimoiy psixologik xususiyatlarini ahamiyati.:..diss. Pis.f.n.: -T., 2010 y.-46 bet

Ro‘ziyeva D. Oliy ta'lim muassasasi talabalarida milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari: Dis. ... ped. fan. dok. – T., 2007. – 255 b. 37 | P a g e International Conference on Developments in Education Hosted from Delhi, India https: econferencezone.org 23rd Nov. 2022

Tursunboyevich, O. A. (2021). Pedagogical and psychological opportunities for the development of social active civil competences in students. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1888-1897.

Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. – 2019. – №. 1.

Abduganiyev O. Formation of legal training aimed at competitiveness in pupils of secondary schools //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. – 2019. – T. 9. – №. 7.