Авторы

  • Лилия Убайдуллаева
    ООО "in Science"

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss5-pp303-307

Ключевые слова:

таможенные преступления оперативно-розыскная деятельность оперативно-розыскные и криминалистические методы оперативно-розыскное мероприятие уголовный процесс Уголовно-процессуальный кодекс Уголовный кодекс нарушение таможенного законодательства

Аннотация

В данной научной статье рассматриваются вопросы совершенствования правовых основ оперативно-розыскных и криминалистических методов при раскрытии таможенных преступлений в Республике Узбекистан на сегодняшний день. В частности, приводятся мнения ученых, изучавших нормативно-правовые документы, регулирующие практику раскрытия таможенных преступлений, а также анализируются виды нормативно-правовых актов и предлагаются пути их совершенствования.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Measures to enhance the legal foundation for combating

customs-related crimes

Farkhod GAFUROV

1

Law Enforcement Academy of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

15 September 2024

Accepted 15 October 2024

Available online

25 November 2024

This scientific article addresses the issues of improving the

legal framework for operational-search and forensic methods in

detecting customs-related crimes in the Republic of Uzbekistan

today. Specifically, it presents the views of scholars who have

examined the regulatory legal acts governing the practice of

uncovering customs-related crimes, as well as the types of

regulatory legal acts and proposals for their enhancement.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-

iss5-pp

303-307

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

customs crimes,

operational investigative

activities,

operational investigative

and forensic methods,

operational investigative

measures,

criminal proceedings,

Criminal Procedure Code,

Criminal Code,

violation of customs

legislation.

Bojxona sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishning

huquqiy asoslarini takomillashtirish choralari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

bojxona sohasidagi

jinoyatlar,

tezkor-qidiruv faoliyati,

tezkor-qidiruv va

kriminalistik usullar,

tezkor-qidiruv tadbirlari,

jinoyat protsessi,

Jinoyat-protsessual kodeksi,

Jinoyat kodeksi,

bojxona toʻgʻrisidagi

qonunchilikni buzish.

Mazkur ilmiy maqolada bugungi kunda O

ʻ

zbekiston

Respublikasida bojxona sohasidagi jinoyatlarni fosh etishda

tezkor-qidiruv va kriminalistik usullarning huquqiy asoslarini

takomillashtirish masalalari yoritib berilgan. Xususan, bojxona

sohasidagi jinoyatlarni fosh etish amaliyotini tartibga soluvchi

normativ-huquqiy hujjatlarni tadqiq qilgan olimlar fikrlari

hamda normativ-huquqiy hujjatlar turlari va ularni

takomillashtirish bo

ʻ

yicha takliflar bayon etilgan.

1

PhD, Independent Researcher, Law Enforcement Academy of the Republic of Uzbekistan. Tashkent, Uzbekistan.

E-mail: fedya90.ivanov@mail.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

5 (2024) / ISSN 2181-1415

304

Меры по совершенствованию правовых основ борьбы с

преступлениями в таможенной сфере

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

таможенные
преступления,
оперативно

-

розыскная

деятельность,
оперативно

-

розыскные и

криминалистические

методы,

оперативно

-

розыскное

мероприятие,

уголовный процесс,

Уголовно

-

процессуальный

кодекс,

Уголовный кодекс,

нарушение таможенного
законодательства.

В данной научной статье рассматриваются вопросы

совершенствования правовых основ оперативно

-

розыскных

и криминалистических методов при раскрытии таможенных
преступлений в Республике Узбекистан на сегодняшний

день. В частности, приводятся

мнения ученых, изучавших

нормативно

-

правовые документы, регулирующие практику

раскрытия

таможенных

преступлений,

а

также

анализируются виды нормативно

-

правовых актов и

предлагаются пути их совершенствования.


KIRISH

Bugungi kunda Oʻzbekiston

Respublikasida bojxona organlari faoliyatini

rivojlantirish, shu jumladan bojxona sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish

mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha faol islohotlar olib borilmoqda. Xususan,

zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrda qabul qilingan

“Oʻzbekiston –

2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF–

158-son farmoni bilan tasdiqlangan

“Oʻzbekiston –

2030” strategiyasining qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi

davlat boshqaruvini tashkil etish borasidagi ustuvor

yoʻnalishida huquqni muhofaza

qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirish asosiy vazifalar belgilab berilgan. Bugungi
kunda huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatida bojxona organlarining bojxona
sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatida tezkor-qidiruv va kriminalistik

usullarni qoʻllashning huquqiy asoslarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

ASOSIY QISM

Bu borada shuni takidlash joizki, bugungi kunga qadar bojxona sohasidagi

jinoyatlarga qarshi kurashishda tezkor-

qidiruv va kriminalistik usullarni qoʻllashning

huquqiy asoslarini bir qator mahalliy va xorijlik olimlar tadqiq etishgan. Jumladan,

oʻzbekistonlik olim

V.Karimov oʻz tadqiqoti doirasida tezkor

-qidiruv faoliyatini huquqiy

tartibga solish tizimini gipoteza, dispozitsiya va sanksiya kabi 3 ta tarkibiy tuzilishga

egaligini asoslab beradi, shuningdek, tezkor-qidiruv faoliyatini huquqiy tartibga solish

darajalarini xalqaro, konstitutsiyaviy, qonunlar va qonunosti hujjatlari kabi 4 darajaga

boʻlinishini as

oslab beradi [1, B-103-

147]. Bundan tashqari, oʻzbekistonlik olim

A.T.

Achilov oʻz tadqiqotida kontrabanda ashyolarining turlarini va tushunchasini yoritib

beruvchi normativ hujjatlarni tizimlashtirib, koʻrsatib bergan [2, B

-7-14]. Shu bilan birga,

oʻzbeki

stonlik olimlar Yu.S. Pulatov va R.A. Abdukaimovlar bojxona sohasidagi

jinoyatlarni fosh etish boʻyicha jinoyat

-protsessual qonunchilik normalariga amal

qilishning oʻziga xos xususiyatlarini, shu jumladan ayrim kechiktirib boʻlmaydigan tergov

harakatlarini

oʻtkazish tartibi va huquqiy asoslarini tadqiq qilgan [3, B

-6-10]. Shu bilan

birga, xorijlik olimlardan rossiyalik olimlar T.A. Dikanova va V.Ye.

Osipovlar oʻz

tadqiqotlarida bojxona sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishning tezkor-qidiruv va


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

5 (2024) / ISSN 2181-1415

305

kriminali

stik ish uslublarini huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻzaro

hamkorlikda qoʻllashning huquqiy asoslarini tadqiq qilib, ularni xalqaro, konstitutsiyaviy

va federal qonunlar hamda idoralararo normativ hujjatlar kabi 4 guruhga

boʻlinishini koʻrsatib oʻtgan [4, B

-221-236]. Rossiyalik olim A.Yu. Kozlovskiy Rossiya

Federatsiyasining tezkor-qidiruv faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni tadqiq

qilib, ularni yuqoridagi rossiyalik olimlar T.A. Dikanova va V.Ye. Osipovlar kabi xalqaro,

konstitutsiyaviy va federal qonunlar hamda qonunosti normativ hujjatlar kabi 4 guruhga

boʻlinishini koʻrsatib oʻtgan [5, B

-84].

Bundan tashqari, amerikalik olim L.

Mayers oʻz tadqiqotida AQSH Oliy sudi

fuqarolarning yashash uyidan tashqarida oʻtkaziladigan telefon soʻzlashuvlarini

eshitishni “noqonuniy aldash yoki olib qoʻyish” sifatida hech qachon tan olinishi kerak

emas degan xulosaga kelganligini, telefon soʻzlashuvlarini eshitish qonun bilan tartibga

solingan hamda AQSH Oliy sudi tomonidan telefon soʻzlashuv

lari natijasida olingan

maʼlumotlardan sudda dalil sifatida foydalanishni taqiqlamagan [6, B

-61]. Kanadalik olim

D.

Vills oʻz tadqiqotida Kanadada 1970

-yil 7-martda uyushgan jinoyatchilikka qarshi

kurashish boʻyicha tezkor maʼlumotlar yigʻish bilan shugʻul

lanuvchi xizmat tashkil

etilganligi, uning faoliyati ustav bilan tartibga solinganligini koʻrsatib oʻtgan [7, B

-18-19].

Kanadalik olimlar S. Griffits, J. Klein, S. Verdun-

Joneslarning fikriga koʻra, Kanadada

“Fuqarolarning shaxsiy hayotini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 1974

-yilda qabul qilingan

qonunga asosan, telefon soʻzlashuvlarini eshitish natijasida olingan maʼlumotlar qonuniy

yoki noqonuniy boʻlishidan qatʼiy nazar sud muhokamasida foydalanilgan [8, B

-15].

Yuqoridagi olimlar fikrlarini hamda Oʻzbekist

on Respublikasi qonunchilik tizimini

inobatga olib, bojxona sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishda tezkor-qidiruv va

kriminalistik usullarni qoʻllashning huquqiy asoslarini quyidagi 3 turga boʻlish mumkin:

1.

Xalqaro hujjatlar

(xalqaro konvensiyalar, xalqaro shartnomalar, xalqaro

kelishuvlar);

2.

Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari

(Oʻzbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi

va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining

qarorlari);

3.

Oʻzbekiston Respublikasining qonunosti hujjatlari

(Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarorlari, vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati

organlarining qarorlari).

XULOSA

Yuqoridagilardan xulosa qilib, shuni aytish joizki, bojxona sohasidagi jinoyatlarga

qarshi kurashishda tezkor-

qidiruv va kriminalistik usullarni qoʻllashni tartibga soluvchi

normativ-huquqiy hujjatlarni doimiy ravishda takomillashtirib borish zarurati mavjud.

Chunki b

ojxona sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish amaliyoti oʻzgaruvchan

xususiyatlarga ega hisoblanadi va bu oʻz navbatida yangi tezkor

-qidiruv va kriminalistik

ish uslublarini normativ-huquqiy hujj

atlarda mustahkamlab qoʻyishni taqazo qiladi.

Shu bilan birga, ushbu yoʻnalishdagi qonunchilik hujjatlarida ayrim muammolar

uchrab turibdi. Mazkur muammolarni barataraf etib, normativ-huquqiy hujjatlarni

takomillashtirib borish ham bojxona sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishda tezkor-

qidiruv va kriminalistik usullarni qoʻllashning samaradorligini oshiradi. Xususan,

bojxona

sohasidagi jinoyatlarni fosh etishda oʻtkaziladigan tezkor

-qidiruv tadbirlarining

bevosita huquqiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha quyidagi taklifni Oʻzbekiston

qonunchiligiga joriy etish maqsadga muvofiq hisoblanadi:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

5 (2024) / ISSN 2181-1415

306

Oʻzbekiston Respublikasining “Tezkor

-

qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining

3-

moddasiga oʻzgartirish kiritib, ushbu moddani quyidagi tartibda bayon etish:

“3

-modda. Tezkor-

qidiruv faoliyati sohasida qoʻllaniladigan asosiy

tushunchalar

Tezkor-qidiruv faoliyati sohasida quyidagi

asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:

tezkor-qidiruv faoliyati

ushbu Qonun bilan maxsus vakolat berilgan davlat

organlarining tezkor boʻlinmalari (bundan buyon matnda tezkor

-qidiruv faoliyatini

amalga oshiruvchi organlar deb yuritiladi) tomonidan tezkor-qid

iruv tadbirlari oʻtkazish

orqali amalga oshiriladigan faoliyat turidir;

tezkor-qidiruv faoliyatining prinsiplari

bu ushbu qonunda qayd qilingan,

tezkor-qidiruv amaliyotida ishlab chiqilgan, tezkor-qidiruv faoliyatining kuchlari,
vositalari hamda tezkor-q

idiruv tadbirlarini qoʻllashni tashkil qilish va oʻtkazish taktikasi

haqidagi rahbariy gʻoyalar va ustuvor huquqiy

-tashkiliy yondashuvlar majmuasidir;

tezkor-qidiruv tadbirlari

bu tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish

maqsadida maxsus vakolatli subyektlar tomonidan tezkor-qidiruv faoliyatiga oid qonun
hujjatlari talablariga rioya qilgan holda amalga oshiriladigan cheklangan turdagi
harakatlar majmuidir;

konspiratsiya

tezkor-

qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda foydalanilayotgan yoki

foydalanilgan kuchlar, vositalar, manbalar, usullar, tezkor-qidiruv faoliyati rejalari va
natijalari, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning shtatdagi oshkor

qilinmaydigan xodimlari hamda mazkur organlarga maxfiylik asosida koʻmaklashayotgan
shaxslar toʻgʻrisidagi, shuningdek tezkor

-

qidiruv tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish

taktikasi haqidagi maʼlumotlarni yashirinligini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan usullar

va chora-tadbirlar majmuidir;

maxfiylik asosida koʻmaklashuvchi shaxs

tezkor-qidiruv faoliyatining

vazifalarini hal etish maqsadida tezkor xodimlar tomonidan maxfiylik asosida

hamkorlikka jalb qilingan fuqarolar.”

Yuqorida keltirilgan taklifni quyidagilar bilan asoslash mumkin:

birinchidan,

Oʻzbekiston

Respublikasining

“Normativ

-huquqiy

hujjatlar

toʻgʻrisida”gi Qonunining 1

-ilovasi 6-

bandida “...loyihada qonunchilikda mavjud

boʻlmagan tushuncha va atamalar, shuningdek texnikaviy va boshqa maxsus
tushunchalardan foydalanilganda ularning taʼriflari beriladi.” deb koʻrsatilgan. Ammo
Oʻzbekiston Respublikasining “Tezkor

-

qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunida tezkor

-

qidiruv faoliyati sohasida qoʻllanilgan tezkor

-qidiruv faoliyatining prinsiplari, tezkor-

qidiruv tadbirlari, konspiratsiya tushunchalarning taʼ

rifi berilmagan;

ikkinchidan, Qirgʻiziston Respublikasining 1998

-yil 16-

oktyabrdagi “Tezkor

-

qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi 131

-son Qonunining 2-

moddasi “Asosiy tushunchalar” deb

nomlangan va tezkor-

qidiruv faoliyati sohasida qoʻllaniladigan asosiy tushun

chalarga

taʼrif berib oʻtilgan. Qirgʻiziston Respublikasi tezkor

-qidiruv faoliyati sohasidagi

qonunchilik tajribasini Oʻzbekiston Respublikasining tezkor

-qidiruv faoliyati sohasidagi

qonunchiligiga joriy etish ushbu sohasidagi qonun hujjatini takomillashtirishga xizmat
qiladi.

Mazkur taklifni Oʻzbekiston qonunchiligiga joriy etish

bojxona sohasidagi

jinoyatlarga qarshi kurashishda tezkor-

qidiruv va kriminalistik usullarni qoʻllashni

tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Bu borada shuni aytish joizki, AQSHlik advokat Jeyms Donovan shunday degan edi:


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

5 (2024) / ISSN 2181-1415

307

“Kimdir jinoiy til biriktirishga kirishganligi haqida maʼlumot boʻlgan vaqtdan boshlab,
jamiyat va davlat oʻzini himoya qilish huquqiga ega, bunday holatda murda

aniql

angandan soʻng, jinoyatchini izlashni boshlash kabi kechirib boʻlmaydigan ojizlikni

namoyon qilish hech qachon mumkin emas. Jinoiy maqsadlarda qonunga xilof aniq
harakatlarni sodir etishga qaratilgan qandaydir uyushmalar va faoliyatga tayyorgarlik

koʻrish yoki jinoyat sodir etishga tayyorgarlik koʻrilayotganligi aniqlangan vaqtdan
boshlab, jamiyat va hukumat unga toʻsqinlik qilish huquqiga ega” [9, B

-224]. Bojxona

sohasidagi jinoyatlarni rejalashtirish va sodir etishga tayyorgarlik koʻrish jarayonida

aniqlashga yordam beradigan barcha yangi tezkor-qidiruv va kriminalistik ish uslublarini
normativ-

huquqiy hujjjatlarda mustahkamlab qoʻyish va amaliyotga jor

iy etish muhim

ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

:

1.

Karimov V. “Tezkor

-

qidiruv faoliyati” darslik.

T.:

2021-y. B-103-147.

2.

Achilov A.T. “Kontrabanda holatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv va

surishtiruv harakatlarini oʻtkazish va protsessual rasmiylashtirish” nomli uslubiy
qoʻllanma. 2015

-y. B-7-14.

3.

Pulatov Yu.S. va Abdukaimov R.A. “Bojxona tizimida kriminalistik uslubiyotning

oʻziga xos xususiyatlari” nomli uslubiy qoʻllanma. Toshkent. 2008

-y. B-6-10.

4.

Диканова Т.А., Осипов В.Е. “Борьба с таможенными преступлениями и

отмыванием «грязных» денег”. Закон и право. г. Москва. 2000 г. стр. 221

-236.

5.

Козловский А.Ю. “О прававом регулировании оперативно

-

розыскной

деятельности таможенных органов Российской Федерации”. Научная статья.
Вестник Российской таможенной академии. 1/2007. стр. 84.

6.

Lewis Mayers. American Legal System. Revised edition . N.-Y. 1964. P 61.

7.

Виллс. Д Служба по сбору информации об организованной преступности в

Канаде. Police chief 1971. T.28. № 9. Сентябрь. Стр. 18

-19.

8.

Griffiths.C., Klein J., Verdun-Janes S. Criminal justice in Canada. Toronto, 1980.

P.15.

9.

Донован Дж. Незнакомцы на мосту. Дело полковника Абеля.

/

Пер. С англ.

М.:

Межд.отношения –

МП “УЛИС”, 1992. Ст. 224.

Библиографические ссылки

Karimov V. “Tezkor-qidiruv faoliyati” darslik. T.: – 2021-y. B-103-147.

Achilov A.T. “Kontrabanda holatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv harakatlarini oʻtkazish va protsessual rasmiylashtirish” nomli uslubiy qoʻllanma. 2015-y. B-7-14.

Pulatov Yu.S. va Abdukaimov R.A. “Bojxona tizimida kriminalistik uslubiyotning oʻziga xos xususiyatlari” nomli uslubiy qoʻllanma. Toshkent. 2008-y. B-6-10.

Диканова Т.А., Осипов В.Е. “Борьба с таможенными преступлениями и отмыванием «грязных» денег”. Закон и право. г. Москва. 2000 г. стр. 221-236.

Козловский А.Ю. “О прававом регулировании оперативно-розыскной деятельности таможенных органов Российской Федерации”. Научная статья. Вестник Российской таможенной академии. 1/2007. стр. 84.

Lewis Mayers. American Legal System. Revised edition . N.-Y. 1964. P 61.

Виллс. Д Служба по сбору информации об организованной преступности в Канаде. Police chief 1971. T.28. № 9. Сентябрь. Стр. 18-19.

Griffiths.C., Klein J., Verdun-Janes S. Criminal justice in Canada. Toronto, 1980. P.15.

Донован Дж. Незнакомцы на мосту. Дело полковника Абеля. / Пер. С англ. М.: Межд.отношения – МП “УЛИС”, 1992. Ст. 224.