Авторы

  • Хабибулло Холматов
    Доцент, кафедра гуманитарных наук, Чирчикское высшее танковое командно-инженерное училище

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1-pp269-275

Ключевые слова:

Сталинград высота 115.2 стратегическая оборона стратегическое окружение операция бой атака пулемет миномет военное мастерство боевая техника

Аннотация

В этой статье описывается пример мужества, проявленного сыновьями Узбекистана на полях сражений в ходе Сталинградской стратегической оборонительной операции и операции по окружению противника. В частности, во время обороны Сталинграда на высоте 115,2 группа из 11 бойцов из Средней Азии под командованием Михаила Кабрибова в течение 12 дней сражалась с противником, численность которого в 30 раз превышала их собственную. Враг неоднократно атаковал высоту, обороняемую этими бойцами, обстреливал её из пулемётов, миномётов и орудий. Однако ничто не могло заставить воинов оставить свои позиции. Они не пропустили врага и тем самым создали условия для успеха своего батальона. В память о погибших бойцах эта высота была названа "Высота 11 героев Востока".


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The heroic feat of 11 Eastern heroes who displayed valor
in the battles on the outskirts of Stalingrad

Khabibullo KHOLMATOV

1


Chirchik Higher Tank Command Engineering Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2024

Received in revised form

15 December 2024
Accepted 20 January 2025

Available online

25 February 2025

This article describes the exemplary courage displayed by

the sons of Uzbekistan on the battlefields during the Stalingrad

strategic defense and encirclement operation. Notably, in the

defense of Stalingrad, on hill 115.2, a group of 11 Central Asian

fighters led by Mikhail Kabribov fought for 12 days against an
enemy force 30 times their size. The enemy repeatedly attacked

the hill these warriors were defending, unleashing a barrage of

machine gun fire, mortar shells, and artillery. However, nothing

could compel the warriors to abandon their positions. They
successfully prevented the enemy from breaking through,

thereby creating conditions for their battalion's success. In

memory of the fallen warriors, this hill was named "The Hill of

the 11 Heroes of the East".

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1-pp

269-275

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Stalingrad,

Hill 115.2,

strategic defense,

strategic encirclement,

operation,

battle,

attack,

machine gun,

mortar,

military skill,

military equipment.

Stalingrad ostonasidagi janglarda qahramonlik ko‘rsatgan

Sharqning 11 qahramoni jasorati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Stalingrad,

115,2 tepalik,

strategik mudofaa,

strategik qurshab olish,
operatsiya,

jang,

hujum,

pulemyot,

minomyot,

harbiy mahorat,

harbiy texnika.

Ushbu maqolada Stalingrad strategik mudofaa va qurshab

olish

operatsi1

yasida

O‘zbekiston

farzandlari

jang

maydonlarida ko‘rsatgan jasorat namunasi bayon etilgan.

Xususan Stalingrad mudofaasida 115,2 tepaligida Mixail

Kabribov boshchiligida O‘rta Osiyolik jangchilardan iborat 11
kishi

o‘zlaridan

30 marotaba ko‘p bo‘lgan dushman bilan 12 kun da

vomida jang

qilishgan. Bu jangchilar mudofaa qilayotgan tepalikka dushman

bir necha marta hujum qilgan, pulemyotdan o‘q yog‘dirgan,
minomyot va to‘plardan o‘qqa tutgan. Biroq jangchilarni o‘z

1

Associate Professor, Department of Humanities, Chirchik Higher Tank Command Engineering Institute.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

1 (2025) / ISSN 2181-1415

270

joylarini tashlab ketishga hech narsa majbur qila olmagan. Ular

dushmanni o‘tkazmadilar va shu bilan o‘z batalonlarining
muvaffaqiyat qozonishiga sharoit yaratdilar. Halok bo‘lgan

jangchilar xotirasi uchun bu tepalik “Sharqning 11 qahramoni

tepaligi” deb nomlangan.

Подвиг 11 героев Востока, проявивших героизм

в сражениях при обороне Сталинграда

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Сталинград,

высота 115,2,

стратегическая оборона,

стратегическое

окружение,

операция,

бой,

атака,

пулемет,

миномет,

военное мастерство,

боевая техника.

В этой статье описывается пример мужества,

проявленного сыновьями Узбекистана на полях сражений

в ходе Сталинградской стратегической оборонительной

операции и операции по окружению противника.

В частности, во время обороны Сталинграда на высоте

115,2 группа из 11 бойцов из Средней Азии под

командованием Михаила Кабрибова в течение 12 дней

сражалась с противником, численность которого в 30 раз

превышала их собственную. Враг неоднократно атаковал

высоту, обороняемую этими бойцами, обстреливал её из

пулемётов, миномётов и орудий. Однако ничто не могло

заставить воинов оставить свои позиции. Они не

пропустили врага и тем самым создали условия для успеха

своего батальона. В память о погибших бойцах эта высота

была названа «Высота 11

героев Востока»

.

Hammamizga ma’lumki, Ikkinchi jahon urushi O‘zbekiston uchun o‘ta muhim va

sinovlarga boy voqea bo‘lgan.

Bunda nafaqat umumiy g‘alaba uchun jonini fido qilgan

ko‘plab o‘zbekistonliklarning jasorati, balki respublikamiz butun sobiq

Sovet Ittifoqiga

ko‘rsatgan ma’naviy

jasorat namunasi

haqida ham gapirish o‘rinlidir. Gap x

alqimizning

buyuk G‘alabaga qo‘shgan hissasi hali to‘liq o‘rganilmaganligi haqida bormoqda, ammo

keyingi yillarda ushbu yo‘nalishda juda katta ishlar amalga oshirila boshlandi. Xususan,

ilgari yopiq bo‘lgan arxiv hujjatlarini, ilmiy jamoatchilik uchun ma’lum bo‘lmagan

materiallarni o‘rganish uchun imkoniyat yaratildi.

Bu borada sobiq Ittifoq respublikalari va chet ellardagi arxiv tashkilotlari, muzeylar va

fondlar, tarixchi olimlar va mutaxassislar, keng jamoatchilik bilan hamkorlik kuchaytirildi.

Ilmiy izlanishlar natijasida xalqimizning Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki haqida,

qahramon ajdodlarimiz haqida juda muhim yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Hozirgi vaqtda

ular ommaviy axborot vositalarida, kitob va albomlarda keng yoritib borilmoqda.

2023-yil 3-

fevral kuni Stalingrad jangida erishilgan g‘alabaning 80 yilligi

nishonlandi.

Stalingrad jangi Ikkinchi jahon urushining eng yirik janglaridan biri

bo‘lib,

jang Moskva yoki Kursk janglari kabi urushda tub burilish yasadi. 1942-yil iyulida

boshlangan ushbu jangning eng muhim pallasi

o‘sha

yil

ning

avgusti

bo‘ldi

o‘sha

oyda

sovet

qo‘shinlari

jangda burilish yasab, nemislar ustidan

g‘alaba

qozona boshladi

[1].

Jang

1943-yil fevralida sovet

qo‘shinlarining

to‘liq

g‘alabasi

bilan yakunlandi. Qaqshatqich

zarbaga uchragan Gitler Germaniyasi bu jangdan

so‘ng

o‘ziga

kelolmadi va chekina

boshlab, pirovardida

mag‘lub

bo‘ldi.

Stalingradda olib borilgan janglarda Samarqa

nd va Farg‘onada tuzilgan 90

va

94-

o‘qchi d

iviziyalarning jasorati jaranglagan edi. Stalingrad yaqinidagi janglarda


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

1 (2025) / ISSN 2181-1415

271

o‘zbekistonliklardan

iborat 33-gvardiya va 112-

o‘qchi diviziyalari, boshqa ko‘plab

bo‘linmalar va harbiy qismlar qahramonona jang qildilar.

Lekin o‘zbeklar jasoratining

yaqqol namunasi bu Stalingrad mudofaasida 115,2 tepaligida 21 Armiya 76 o‘qchi

diviziya 216 gvardiya o‘qchi polki vzvod komandiri Mixail Naftalievich Kabribov

boshchiligida O‘rta Osiyolik jangchilardan iborat 11 kishi o‘zlaridan 30 marotaba ko‘p

bo‘lgan dushman bilan 12 kun davomida qahramonona jang qilishgani tillarda doston

bo‘ldi.

40 nafar askardan iborat vzvodning 90 foiz tarkibini o‘zbeklar tashkil etgan

[2].

Don daryosining o‘ng sohilidagi bu bir parcha yerga Oliy Bosh qo‘mondonlik

qarorgohi juda katta ahamiyat kasb etgan edi. Front kartalarida uni harbiychasiga

belgilab, ustiga 115,2 raqamni yozib qo‘yishgandi. Qarorgoh vakillari va Janubi

-

G‘arbiy

front qo‘mondoni mana shu joydan, Kletsk rayonidan Sta

lingrad jangining hal qiluvchi

bosqichi boshlanishi kerak deb hisoblardilar [3].

O‘sha kezlar Kletsk qishlog‘ining nomi gazeta sahifalaridan tushmay qolgandi.

Informbyuro ma’lumotlari “Kletsk rayonida og‘ir janglar bo‘lmoqda” degan xabarlar bilan

boshlanardi.

Marshal G.K.

Jukov “Esdaliklar va mulohazalar” kitobida shunday yozgan: “13, 14,

15-

sentyabr kunlari stalingradliklar uchun mashaqqatli, nihoyatda og‘ir kunlar bo‘lgan

edi. Dushman hech narsa bilan hisoblashmay shahar xarobalaridan yorib o‘tib qadamma

-

qadam Volgaga yaqinlashardi. Odamlarning bardoshi tugagandek edi. Lekin dushman
oldinga tashlangan hamon 62 va 64-armiyalarimizning shonli jangchilari uni

ro‘parasidan o‘qqa tutdilar. Shahar xarobalari qal’aga aylandi. Biroq kuch soat sayin

kamayib borayotgan edi.

...T

o‘la ishonch bilan dadil aytamanki, Stalingrad fronti qo‘shinlarining qat’iy qarshi

zarbalari, aviats

iyaning to‘xtovsiz zarbalari bo‘lmaganda Stalingradning boshiga yana

ham o

g‘ir kunlar tushardi” [4].

Bu bir parcha yerni urushgacha hech qanday nom bilan a

tashmasdi. Cho‘lda oppoq

bo‘lib ko‘rinadigan tepalik gumbaziga bo‘r surtib qo‘yilgandek edi. Front kartalarida uni
harbiychasiga belgilab, ustiga 115,2 raqamni yozib qo‘yishgandi.

Sentyabr oyining boshida 76-

o‘qchi diviziyaga qarashli

bataloniga Starokletskni va

115,2 belgili tepalikni egallash vazifasi qo‘yildi. Kichik leytenant Mixail Kabribov
boshchiligidagi to‘qqiz

nafar o‘zbek, qozoq va tatarlardan iborat bu guruh tepalikni

300 nafar fashistga qarshi himoya qilishgan [5].

Ular Mixail Kabribov, Abdura

hmon Erdonov, Boboyor G‘afforov, Diyor Axmedov,

Subxon Fayziev, Normurod Hayitov, Safar Mardonov, Komil Xuzin, Bahrom Alibekov,
Sobir Tolipov, Xudoyqul Musaevlar edi.

Tepalikda to‘rt ambrazurali dushman doti bor edi. U yerdan turib fashistlar

pulemyotdan o

‘q yomg‘iri yog‘dirardi. Janchilar dushman dotga tomon olti soat emaklab

bordilar.

Abdurahmon birinchi bo‘lib beton teshikka granatani tashlashga muvaffaq bo‘ldi.

Ambrazuralar o

g‘zi bir nafasda qum to‘ldirilgan qoplar bilan to‘sildi. Ikki fashist asir

olindi. Lekin vzvod ham katta talafot ko‘rdi. Bor

-

yo‘g‘i o‘n ikki jangchi qolgandi. Ulardan

biriga asirlarni berib polk shtabiga jo‘nat

ganlar. U qaytib kelmadi. Chamasi, shtabgacha

yetib borolmagan.

B

o‘linma tomonidan tepalik qo‘lga kiritildi, lekin uni du

shman hujumidan saqlab

qolish q

iyin vazifa edi. Fashistlar bunday qulay tayanch nuqtasini boy berib qo‘yganliklariga

sira ham chiday olmasdilar. Ikki kun qattiq jang bilan tepalikni saqlab turildi. Ayniqsa
17-sentyabr kuni o

g‘ir bo‘ldi. Ertalabdan kechgacha dushman o‘n bir marta hujum


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

1 (2025) / ISSN 2181-1415

272

uyushtirdi. Dushman piyoda qo‘shinlari tanklar madadida oldinga yopirilib kelardi.

Kichik l

eytenant Kabribovning vzvodi so‘l qanotda edi. Fashistlarning qarshi

hujumga o‘tganligini payqagan

Mixail

Kabribov o‘z jangchilariga s

hunday murojaat qildi.

“Jangga tayyorlaning! O‘lsak o‘lamiz, lekin chekinmaymiz». Dushman tobora yaqinlashib
kelardi. O‘n bir vatanparvar so‘nggi tomchi qon qolguncha jang qilishga so‘z berdi”.

Hammayoqni tutun va chang qoplagandi,

hikoya qiladi Mixail Naftalievich,

Boboyor G‘afforovning pulemyot stvoli qizib cho‘g‘ bo‘lib ketdi. Abdurahmon ham

shoshilmay o‘zini yo‘qotmasdan o‘q uzardi. Fashist

lar esa tobora bostirib kelayotgandi.

Hali u, hali bu jangchidan “Komandir! Patronlar tugadi” degan so‘zlar

ni eshitardim.

G‘afforovning pulyomet

i

birdan tinib qoldi. Qarasam jangovar do‘stim og‘ir yaralanib

qonga belangan, lekin qo‘lida qurolni mahkam tutib turardi[6].

Dushman saflari juda yaqinlashib qolgandi. Qora tutun orasidan ularning

sharpalarini ko‘rish,

yangidan-

yangi qo‘shilayotgan saflarini sezish mumkin edi.

Fashistlar uch yuzdan kam emasdi

har bir jangchiga

o‘ttiztadan

fashist

to‘g‘ri ke

lardi.

Pulemyot, miltiqlardan baravar o‘t och

ildi. Dushman

qo‘shinlari birin

-ketin yer tishlay

boshladi. Ammo kichik leytenant Kabribovning vzvodi jangchilari ham siyraklashib qoldi.

“Afsus, Berlingacha borolmadim”, shivirladi

qonsirayotgan Xudoyqul. Uning ustiga

shinelimni yechib yopib qo‘ydim. Hujjatlarim, uydan kelgan xatlar shu shinelda edi.

Chamasi, keyin uni topib olishgan-

u, men ham o‘lganlar safiga qo‘shilganman

[7].

“Bu o‘lib tirilgan odam” jangning so‘nggi daqiqalarini sira yodidan chiqarmaydi.

So‘nggi patronlar ham tamom bo‘lgandi. Sher yurak bo‘lib ketgan yigitlar o‘limga tik

borib, aql bovar qilmaydigan qahra

monlik ko‘rsatishardi. Ular fashistlar otgan uzun

dastali granatalarni ilib olib shu zahoti uni qayta dushmanning o‘zi

tomon

irg‘itishardi.

Fashist galalari esa tugamasdi.

Vatan uchun, olg‘a!

So‘nggi buyruqni berib nayzabozlik jangi bosh

ladim. Oppoq tepalik qip-qizil

qondan sirg‘anchiq bo‘lib ketgan. Oyoqda turish amri mahol. Qulog‘im ostida avtomatdan

uzilgan o‘qlar eshitildi. Ko‘ksimga nimadir zarb bilan urildi. Xotiramda qolgan oxirgi

lahza hamon ko‘z oldimdan ketmaydi: g‘azabdan yonib

ketgan Komil Xuzin nayzasiga fa-

shistni ilib olgan, u dahshat bilan qichqirardi... [7].

22-

sentyabrdagi ma’lumotnoma shunday so‘zlar bilan tugagan edi: “O‘n bir

qahramon, o‘zbek va qozoq xalqlarining sodiq farzandlari so‘nggi tomchi qonlari

qolguncha jang qildilar, ammo bir qadam ham chekinmadilar. Ularni Vatanga muhabbat,

o‘z xalqiga sadoqat hissi ruhlantirib turdi” [9].

Butun frontda tildan-

tilga o‘ta boshlagan bu qahramonlikni “Komsomolskaya

pravda” gazetasi o‘sha kezlari o‘z o‘quvchilariga maroq bilan

hikoya qilib berdi. Gazeta

maxsus muxbiri A. Gutorovich bu shiddatli jang tafsilotlarini tarix sahifasiga bitib qo‘ydi:

“Bizning qismimiz bir necha soatdan keyin fashistlarni surib, tepalikka bostirib kirdi.

Jangchilarimiz bu yerda dahshatli bir manzarani

ko‘rdilar. Har bir jangchimiz

10

–15 tadan dushman soldatini o‘ldirgan edi. Sharqning 11 farzandi tepalik bo‘sag‘asida

fashistlarning yo‘lini to‘sib, qismlarimizga dushmanni uloqtirib tashlashga imkon berdi [10].

Jangchilarimiz botirlarcha kurashib halok b

o‘lgan qahramonlarning jasadlarini

qidirib yurganlarida, ingragan ovoz eshitdilar. Ular qonga belangan pulemyotchi Boboyor

G‘afforovni topdilar. Pulemyotchi misli ko‘rilmagan bu jangni o‘rtoqlariga so‘zlab berdi va

ularning qo‘lida jon berdi.

Biz ularni

bu tomonga o‘tkazmadik, dedi shivirlab.

Bu uning so‘nggi so‘zi edi.

Qahramonlarning jasadlarini ko‘mdilar... Ularning boshlarini sharqqa serquyosh


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

1 (2025) / ISSN 2181-1415

273

mamlakatga qaratib qo‘ydilar” [

7].

Ko‘mdilar. Erk uchun qurbon bo‘lganlarni, Volgani Sirdek, Amu, Zarafshon

dek aziz

ko‘rganlarni, olis yurtni o‘z uyim deb bilganlarni, har biri o‘nlab yovuzni nayzaga

ilganlarni, qullikdan hurlikni sevganlarni, o‘n sakkiz yoshida shon

-

shuhratga to‘lganlarni,

ochilmay xazon bo‘lganlarni ko‘mdilar. G‘alaba nashidasini surmay, farz

andlar kulgisini

ko‘rmay, qizlar nazokatini ham bilmay, Reyxstagga ol bayroq ilmay armonda ketganlarni

ko‘mdilar.

Haqiqatda esa o‘sha tunda Kabribov bilan Erdonov og‘ir yaralanib hushdan

ketgach, asir tushib qoladilar.

Madori qurib tamom bo‘lgan Kabribov sal o‘ziga kelgandan so‘ng qochishni

o‘ylaydi. Ochlik, bo‘ynidagi og‘ir jarohati azob berardi. Qorong‘i tushganda qandaydir bir

qishloqqa kirib yashirinishga muvaffaq bo‘ladi. Taqdir uni Donesk yaqinidagi Staro

-

Beshevo qishlog‘ida yashovchi keksa

kolxozchi ayol Pelageya Petrovna Borlova bilan

uchrashtiradi. Pelageya Petrovna va uning qizi Mariya jangchini oyoqqa turg‘azish uchun

qo‘ldan kelgan hamma chorani ko‘radilar. Keyin Kabribov front chizig‘idan o‘tadi. So‘ng

yana janglarda qatnashadi. Ukrainada, Perekopda, Sapun-

Gorada do‘stlarining qoni

uchun fashistlardan ikki yil davomi

da o‘ch oladi. 1944

-yilning sentyabrida batalon

komandiri Kabribov Litvada oltinchi marta yaralanib, gospitalga tushib qoladi. Kletsk

yaqinidagi jasorati uchun olgan ordeni

yoniga Vatan urushi ordeni hам qo‘shiladi

[6].

Abdurahmon Erdonov deyarli urushning oxirigacha tutqunlikda azob chekdi.

1945-yil bahorida Fransiya hududida uni fransuz Qarshilik harakati jangchilari harbiy

mahbuslar lageridan qutqaradilar.

Buni qarangki, komandirim bi

lan o‘sha tepalikni ikkinchi marta ko‘rishga

muvaffaq bo‘ldim, deydi Abdurahmon aka.

Tanish tepalikka ko‘tarilyapman

-

u, o‘sha kuzdagi qonli voqealar ko‘z o‘ngimda

gavdalanadi. U vaqtda juda qiyin bo‘lgan edi. Komandirimiz tadbirkorlik qilm

aganda

vazifani uddalab bo‘lmasdi. Tepalikdagi beton ambrazuradan o‘lim yomg‘iri yog‘ilib,

boshni ko‘targani qo‘ymasdi. Shunda Mixail Naftalievich yuk xaltalarimizni bo‘shatib

unga qum to‘ldirishni buyurdi.

Boshimizni og‘ir xalta bilan to‘sib yer bag‘irlab

oldinga intilamiz. Xaltani ham kalla

bilan surib boraverdim. Har qadamda kimdandir ayrilamiz. Sheriklarimdan biri granata

otish uchun ko‘tarilganini bilaman. U shu on pulemyot o‘qiga uchdi. Qo‘lidagi granata esa

o‘zining tagida portlab ketdi.

Olti soat sh

u taxlitda sudralibmiz. Xaltacham yonidan dotning og‘zi ko‘ringanday

bo‘ldi. Unga granatani qanday uloqtirganimni o‘zim ham sezmay qoldim. Shu zahoti

sheriklarimiz ambrazura og‘zini qopchalari bilan to‘ldirib yuborishdi…

[7].

Bu jang haqida besh kundan so‘

ng Qizil Bayroqli 76-

tog‘

-

o‘qchi diviziya siyosiy

bo‘limining boshlig‘i podpolkovnik Rusov 21

-

armiya siyosiy bo‘limiga quyidagilarni yozib

ma’lum qildi. “Leytenant Kabribov boshliq bir guruh jangchilarning qahramonona

harakatlari tafsilotlari aniqlandi. Fashistlar boy berilgan marrani qaytarib olish uchun

1942-yil 17-

sentyabrda Starokletsk tumanida katta qarshi hujum uyushtirdi”

[10].

Yordam uchun yetib kelgan kuchlar tirik qolgan fashistlarni tepalikdan surib

chiqarishdi. 12 kun davom etgan jang tugagach, maydonda 150 nemis askarlari va

ofitserlarining jasadlari borligi aniqlandi[6].

Urush tugagandan keyin bu yerga omon qolgan jangchilar, qizil iztoparlar,

qahramonlarning qarindosh-

urug‘lari keldilar. Cho‘l o‘rtasidagi mana shu tepalikda

mislsiz jasorat ko‘

rsatib jon berganlar xotirasini esladilar. Ular bu joyga

“Sharqlik o‘n bir


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

1 (2025) / ISSN 2181-1415

274

qahramon tepaligi

nomini berdilar. Chunki tepalikda jang qilgan o‘n bir qahramonning

sakkiz nafari o‘z

bek, bitta tatar yana biri qozoq va biri ozarbayjon edi. Tepalikka

o‘rnatilgan

marmar yodgorlikka ularning nomlari zarhal harflar bi

lan o‘yib yozib qo‘yildi:

Mixail Kabribov, Abdurahmon Erdonov, Boboyor G‘afforov, Diyor Axmedov, Subxon

Fayziev, Normurod Hayitov, Safar Mardonov, Komil Xuzin, Bahrom Alibekov, Sobir

Tolipov, Xudoyqul Musaev.

Urushdan ancha keyin marmar taxtadan ikki jangchining familiyalari

o‘chirib

qo‘yishga to‘g‘ri keldi. Mixail Kabribov bilan Abdurahmon Erdonov hayot ekan. Biri

Bokuda, ikkinchisi Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yashar ekan.

Mixail Kabribov 1966-

yil qadrdon quroldosh do‘sti

Abdurahmon Erdonov bilan

diydor uchrashdilar. Bu uchrashuvni Mixail Kabribov quyidagicha xotirlaydi

Ishonasizmi, biz 10

15 daqiqa bir-

birimizdan ko‘z uzolmasdan yig‘ladik. O‘sha mudhish

suronli kunlarni xotirlay boshladik.

Erdonovdan bildimki u va mendan boshqa hech kim tirik qolmagan ekan

[11].”

Jurnalistlar sobiq vzvod komandirining hikoyasidan 1942-

yilning o‘sha unutilmas kunlari

haqida ko‘p voqealarni bilib oldilar.

Tepalikka qayta chiqqanda nimaga duch keldi

ng deng. Yerda qo‘rg‘oshin

parchalari, tosh-

temir aralash tuproqda eski bir yog‘och dastak qo‘lga unnadi. Unda

allaq

anday yozuvni o‘qish mumkin edi.

Bilasanmi, Abdurahmon, bu nima?

ajablanib so‘radi Kabribov.

Subxon Fayzievning sapyor kurakchasi-ku, hayajondan lol qolgandi sh

е

rigim.

Darhaqiqat dastakka jangchi ismi va familiyasining bosh harflari o‘yib yozib qo‘yilgan edi [1

2].

Dahshatli urushning hanuzgacha saqlangan mana shu yodgorligi bahonasi marhum

hamqishlog‘im Subxon va Diyor haqida Qamashidan, bizga yaqin Oqrabot qishlog‘idan

bo‘lgan Boboyor G‘afforov, Normurod Haitovlar haqida, narpaylik Safar Mardonov, Sobir

Tolipov, Xudoyqul Musaevlar haqida, boshqa sher yurak azamatlar haqida ko‘p

narsalarni eslashdik. Bilsak Safar h

am o‘sha jangda omon qolgan ekan. U keyin, 1944

-yil

21-

martda qahramonlarcha halok bo‘lgan.

Aslida o‘n bir qahramonning sakkiz nafari o‘zbekistonlik edi. Qozog‘istonlik Komil

Xuzin millat mansubligi bo‘yicha tatar, Stalingrad viloyatida yashagan Sobir Toli

pov

qozoq edi. Samarqand viloyati, Narpay tumanidan Bahrom Alimbekov

1912-yilda

tug‘ilgan, Hudoyqul Musaev –

1918-

yilda tug‘ilgan, Safar Mardonov –

1923-yilda

tug‘ilgan.

Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanidan Boboyor G‘afforov –

1920-yilda

tug‘ilgan, Di

yor Ahmedov

1920-

yilda tug‘ilgan, Subhon Fayziev –

1922-

yilda tug‘ilgan,

Normurod Hayitov

1923-

yilda tug‘ilgan, Abdurahmon Erdonov –

1923-

yilda tug‘ilgan,

urushdan omon

qaytgan[13].

Subxon Fayzievning sapyor kurakchasini Bokuga olib keldik. Uni Mixail Kabribov

urushgacha o‘zi ta’lim olgan 18

- maktab muzeyiga yodgorlik sifatida topshirdi.

O‘sha jangdagi qahramonlikdan guvohlik beruvchi yana bir tarixiy yodgorlik bilan

Volgograd muzeyida tanishish mumkin. Front qo‘mondoni general K.K.

Rokossovskiy

leytenant Kabribov va o‘n qahramonni jangovar ordenlar bilan mukofotlash to‘g‘risida

buyruq bergan edi.

Don fronti qo‘shinlari bo‘yicha 1942

-yil 29-oktyabrdagi 35/n-sonli

buyrug‘i bilan M.

Kabribovning o‘zi Lenin, qolgan jangchilarning bari Qi

zil Bayroq ordeni

bilan taqdirlangandi. Ana shu buyruq bilan birga “Qahramonlar xotirasiga bayroqlarni

eging!” maqolasi Don frontida chiqib turgan “Krasnaya Armiya” gazetasining 1942

-yil


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

1 (2025) / ISSN 2181-1415

275

5-noyabr sonida bosilgan. Bu eksponat ham Sharq qahramonlari tepaligidagi jasoratdan

avlodlarga hikoya qiladi.

Yozuvchi Ilya Erenburg shunday deb yozgan edi: “Men Volga yaqinida o‘zbeklar

tomonidan ozod qilingan rus qishlog‘ini ko‘rdim. Farg‘ona vodiysida tinch odamlar
yashagan. Ular mehnatni, do‘stona suhbatlarni, yulduzli osmonni yaxshi ko‘rishardi.

Ular qurol ko‘tarishmagan. Ammo

dahshatli onlar

keldi va o‘zbeklar jasorat bilan jangga

kirishdilar. Vatanimizning boshqa yigitlari bilan yonma-yon ular hayot, nafas, non, orzu,
erkinlikni himoya qiladilar

.

FOYDALANGAN ADAB

IYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston halqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qushkan

xissasi.Toshkent. “O‘zbekiston”,2020.75 b

2.

Saidolimov S., Sa’dullaev K. Volgabo‘yi janglarida o‘zbekistonliklarning jasorati /

Ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqining

Ikkinchi jahon urushi yillarida front va front ortida

ko‘rsatgan beqiyos jasorati: tarix, talqin, texnologiya. Ilmiy maqolalar to‘plami. –

Toshkent, 2023.

B. 77

104.

3.

Dilbar Ismatullayeva

“Orqaga bir qadam ham tashlamang!” Ikkinchi jahon

urushida tub burilish yasagan Stalingrad jangi haqida. 23.08.2020, IZOH (0) 4659.

4.

Г. К. Жуков «Воспоминания и размышления». Москва. 1970 год. 405

ст.

5.

М.Чистяков

.

Журнал «Смена» «Мы –

сталинградцы»

№ 373

-

374 в декабрь

1942 год

.

6.

И

.

Михайлова

.

«Герой без звезды»: лейтенант Кабрибов

. 19.08.2018

7.

Xotira kitobi.Qomuslar Bosh tahririyati.Toshkent.1995yil.168-169 bet

8.

O‘zbekiston halqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qushkan

xissasi.Toshkent. “O‘zbekiston”,2020.75 b

9.

А. Гуторович

.

«Комсомольская правда» [газета],

1942

, № 205 (5300),ЦАМО,

ф.

158,

оп.

12819.

д.

152,

лл.18,32,71,119,165

10.

«Mixail Naftalievich Kabribovning

1977 yil 28 martida O‘zbekiston SSR Oliy

Soveti Prezidiumi raisiga yo‘llagan xati»

O‘zbekiston Milliy arxivi

R-2844-

jamg‘arma.

1-

ro‘yxat, 195

-

hujjatlar yig‘ma jildi.

11.

Юдин Ю.

Их оставалось только двое / газета “Правда Востока” от

18

апреля 1974 года

12.

O‘zbekiston Milliy arxivi R

-2844-

jamg‘arma, 1

-

ro‘yxat, 185

-

hujjatlar yig‘ma

jildi, 18

19 varaqlar.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston halqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qushkan xissasi.Toshkent. “O‘zbekiston”,2020.75 b

Saidolimov S., Sa’dullaev K. Volgabo‘yi janglarida o‘zbekistonliklarning jasorati / Ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi yillarida front va front ortida ko‘rsatgan beqiyos jasorati: tarix, talqin, texnologiya. Ilmiy maqolalar to‘plami. – Toshkent, 2023. – B. 77–104.

Dilbar Ismatullayeva “Orqaga bir qadam ham tashlamang!” Ikkinchi jahon urushida tub burilish yasagan Stalingrad jangi haqida. 23.08.2020, IZOH (0) 4659.

Г. К. Жуков «Воспоминания и размышления». Москва. 1970 год. 405 ст.

М.Чистяков. Журнал «Смена» «Мы – сталинградцы» № 373-374 в декабрь 1942 год.

И.Михайлова. «Герой без звезды»: лейтенант Кабрибов. 19.08.2018

Xotira kitobi.Qomuslar Bosh tahririyati.Toshkent.1995yil.168-169 bet

O‘zbekiston halqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qushkan xissasi.Toshkent. “O‘zbekiston”,2020.75 b

А. Гуторович. «Комсо¬мольская правда» [газета], 1942, № 205 (5300),ЦАМО, ф. 158, оп. 12819. д. 152, лл.18,32,71,119,165

«Mixail Naftalievich Kabribovning 1977 yil 28 martida O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisiga yo‘llagan xati» O‘zbekiston Milliy arxivi R-2844-jamg‘arma. 1-ro‘yxat, 195-hujjatlar yig‘ma jildi.

Юдин Ю. Их оставалось только двое / газета “Правда Востока” от 18 апреля 1974 года

O‘zbekiston Milliy arxivi R-2844-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 185-hujjatlar yig‘ma jildi, 18–19 varaqlar.