Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Analysis of the Constitutional Complaint Mechanism Based
on International and National Experience
Noila NURMAMATOVA
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2025
Received in revised form
15 January 2025
Accepted 25 February 2025
Available online
25 March 2025
This article highlights the significance of the constitutional
complaint institution and its role in resolving legal issues for
citizens and organizations. Additionally, it analyzes the legal
basis, criteria, and procedural requirements for accepting
constitutional complaints based on the experiences of
Uzbekistan, Germany, and Austria. The article emphasizes that
in the German model, the principle of "individualized necessity"
is of primary importance, while the Austrian experience
requires applicants to provide evidence proving the legal
impact of their complaint. Furthermore, the article compares
the establishment of procedural deadlines and their role in
ensuring the effectiveness of the judicial system with the
principles of the Venice Commission. Through a comparative
approach, certain shortcomings in Uzbekistan's experience are
identified, and proposals for improving procedural deadlines
are presented.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
constitutional complaint,
German experience,
Austrian model,
procedural time limits,
individual necessity,
Venice Commission.
Konstitutsiyaviy shikoyat institutining xalqaro va milliy
tajriba asosida tahlili
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
konstitutsiyaviy shikoyat,
Germaniya tajribasi,
Avstriya modeli,
protsessual muddatlar,
individuallashtirilgan
zaruriyat,
Venetsiya komissiyasi.
Mazkur maqolada konstitutsiyaviy shikoyat institutining
ahamiyati, uning fuqarolar va tashkilotlar uchun huquqiy
muammolarni hal qilishdagi roli yoritilgan. Shuningdek,
O‘zbekiston, Germaniya va Avstriya tajribalari asosida
konstitutsiyaviy shikoyatlarni qabul qilishning huquqiy asoslari,
mezonlari va protsessual talablari tahlil qilingan. Germaniya
modelida “individuallashtirilgan zaruriyat” tamoyili asosiy
1
PhD Student, Tashkent State University of Law. E-mail: nurmamatovanoila@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
2
ahamiyatga ega ekanligi, Avstriya tajribasida esa murojaatchi
tomonidan qonuniy ta’sirni dalillar bi
lan isbotlash talab etilishi
ko‘rsatilgan.
Bundan
tashqari,
maqolada
protsessual
muddatlarning belgilanishi va ularning sud tizimidagi
samaradorlikni ta’minlashdagi o‘rni Venetsiya komissiyasi
tamoyillari bilan solishtirilgan. O‘zbekiston tajribasida mavju
d
bo‘lgan ayrim kamchiliklar qiyosiy yondashuv orqali aniqlanib,
protsessual muddatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar
keltirilgan.
Конституционная
жалоба:
анализ
на
основе
международного и национального опыта
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
конституционная жалоба,
опыт Германии,
австрийская модель,
процессуальные сроки,
индивидуальная
необходимость,
Венецианская комиссия.
В данной статье рассматривается значимость института
конституционной жалобы, его роль в решении правовых
проблем граждан и организаций. Также на основе опыта
Узбекистана, Германии и Австрии проанализированы
правовые основы, критерии и процессуальные требования к
принятию конституционных жалоб. В модели Германии
основное внимание уделяется принципу «индивидуальной
необходимости», тогда как в австрийской практике
требуется, чтобы заявитель предоставил доказательства
правового воздействия. Кроме того, в статье рассматривается
установление процессуальных сроков и их роль в
обеспечении эффективности судебной системы на основе
принципов Венецианской комиссии. Путем сравнительного
подхода выявлены определенные недостатки в практике
Узбекистана, а также предложены рекомендации по
совершенствованию процессуальных сроков.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Konstitutsiyaviy shikoyat instituti fuqarolar va yuridik
shaxslar hamda davlat hokimiyati o‘rtasida huquqiy chegaralarni belgilashda muhim
vosita hisoblanadi. Shikoyatni qabul qilishning huquqiy asoslari va jarayonning me’yoriy
talablari konstitutsiyaviy
sudning samarali faoliyat yuritishida va aholi o‘rtasida sudga
nisbatan ishonch ta’minlanishida muhim o‘rin tutadi.
A. Saidov konstitutsiyaviy shikoyat institutini inson huquqlarini himoya qilishning
samarali vositasi sifatida ko‘rib, uning O‘zbekiston hu
quqiy tizimiga integratsiyalashuvi
mamlakatda huquqiy davlat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etadi.
U shuningdek, bu institutning joriy etilishi fuqarolarning huquqiy madaniyatini
oshirishga ham hissa qo‘shishini ta’kidlaydi
[1]. I. Bekov esa konstitutsiyaviy shikoyat
institutining joriy etilishi O‘zbekistonda sud hokimiyatining mustaqilligini
mustahkamlashga xizmat qilishini va bu orqali fuqarolarning sudga bo‘lgan ishonchini
oshirishga imkon yaratishini, bu institutning samarali faoliyat yuritishi uchun
sudyalarning malakasini oshirish va ularni maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish zarurligini
qayd etadi [2].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
3
Konstitutsiyaviy sud tomonidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish bosqichlari bir qancha
jarayonlarni
o‘z ichiga qamrab oladi. Jumladan, konstitutsiyaviy shikoyatni ko‘rib
chiqishga asos bo‘lgan hujjat hamda shikoyat qilish huquqiga kimlar egaligi, shikoyatni
qabul qilish mezonlari va dastlabki tarzda tekshiruv, ishni sud majlisiga tayyorlash,
protsessual muddatlar, murojaatlarning rad etilish asoslari kabi bosqichlar mavjud.
Mazkur boshqichlarning barchasi konstitutsiyaviy shikoyatning sudda ko‘rib
chiqilishi va mazmunan hal etilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
TADQIQOTNING MAQSADI
O‘zbekiston Respublikasida konstitutsiyaviy shikoyat
institutining rivojlanishi va
samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlashdir. Tadqiqotda Germaniya va Avstriya kabi
davlatlarning tajribalari qiyosiy tahlil qilinib, O‘zbekiston Respublikasi konstitutisiyaviy
shikoyat institutini rivojlantirish yuzasidan takliflar taqdim etiladi.
METODOLOGIYA
Mazkur maqolani yozishda taqqoslash (komparativ), tahlil (analiz), huquqiy-
ekspretiza va tarixiy yondashuv metodlari qo‘llanildi. Komparativ metod orqali
O‘zbekiston, Germaniya va Avstriya tajribalari solishtirilib, ularning o‘ziga xos
xususiyatlari tahlil qilindi. Tahliliy metod konstitutsiyaviy shikoyat institutining huquqiy
asoslarini chuqur o‘rganish va protsessual talablarga oid me’yorlarni aniqlashda
qo‘llanildi. Huquqiy
-ekspretiza metodi shikoyat institutining samaradorligini baholash va
takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishlatildi. Tarixiy metod esa
konstitutsiyaviy shikoyat institutining evolyutsiyasini o‘rganish va xalqaro huquqiy
tajribalarni tahlil qilishda asos bo‘ldi.
TAHLIL
O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi faoliyati “Konstitutsiyaviy sud
to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Ushbu
qonunlar fuqarolar va tashkilotlarga Konstitutsiyaga zid deb hisoblagan hujjat yoki
harakatlar ustidan shikoyat qilish imkoniyatini beradi. Shikoyat faqatgina
konstitutsiyada belgilangan normalar buzilishi yuzasidan berilishi mumkin, bu esa
shikoyat qilinishiga sabab bo‘lgan huquqiy normaning aniqligini ta’minlaydi.
Germaniya va Avstriya tajribalariga nazar tashlasak, shikoyatlarni qabul qilishning
asoslari qat’iy me’yorlar bilan tartibga solingan. Germaniya Federativ Respublikasida
shaxslar va tashkilotlar Federal Konstitutsiyaviy Sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lib,
ular o‘zlarinin
g konstitutsiyada belgilangan asosiy huquqlari buzilganligini isbotlashlari
lozim [
3]. Germaniya tajribasida “individuallashtirilgan zaruriyat” tamoyili asosiy rol
o‘ynaydi, ya’ni shikoyat qiluvchi shaxs o‘z huquqlarining bevosita buzilganini isbotlashi
ke
rak. Avstriyada esa konstitutsiyaviy shikoyat ko‘rib chiqilishi uchun u qonunchilik yoki
ijro etuvchi hokimiyatning harakatlari natijasida yuzaga kelgan zarar bilan bog‘liq bo‘lishi
kerak. Masalan, agar biror qonun yoki qaror shaxsning iqtisodiy faoliyatini cheklasa yoki
uning mulkiy huquqlariga putur yetkazsa, murojaat qiluvchi ushbu ta’sirni dalillar bilan
asoslashi kerak [4]. Bu tizimning asosiy maqsadi ortiqcha shikoyatlarni kamaytirish va faqat
haqiqiy huquqiy buzilishlarni ko‘rib chiqishga yo‘naltiril
gan samarali sud jarayonini
ta’minlashdir. Avstriya tajribasi, Germaniya tajribasiga o‘xshash tarzda, konstitutsiyaviy
sudga murojaat qilish imkoniyatlarini aniq chegaralar bilan tartibga soladi.
O‘zbekistonda konstitutsiyaviy shikoyatni fuqarolar va yuridik shaxslar o‘zlarining
konstitutsiyaviy huquqlari yoki erkinliklari buzilgan deb hisoblagan taqdirda berishlari
mumkin. Albatta, bu jarayoni to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirishning iloji yo‘q. Qonunchilik
normalariga ko‘ra, konstitutsiyaviy shikoyat berish
uchun arizachi barcha sud
bosqichlarini bosib o‘tishi lozim.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
4
Germaniya modelida har qanday fuqaro yoki tashkilot, agar ularning asosiy
huquqlari buzilgan bo‘lsa, Federal Konstitutsiyaviy Sudga murojaat qilishi mumkin
[5].
Shu bilan birga, Avstriyada muroj
aat qiluvchilar, odatda, qonunchilikning o‘z faoliyatiga
yoki huquqlariga bevosita ta’sir qilganligini ko‘rsatishlari shart
[6].
O‘zbekiston tajribasida ushbu qoidalarning tatbiqi Germaniya va Avstriya
modellari bilan qiyoslaganda, ba’zi noaniqliklarni ko‘
rsatadi. Masalan, Germaniya
tajribasida shaxsiy manfaatlar va zaruriyat tamoyillariga katta ahamiyat beriladi, bu esa
shikoyatlarning ortiqcha yuklanishiga yo‘l qo‘ymaslikda muhim omil hisoblanadi.
O‘zbekistonda esa fuqaro tomonidan shikoyatning Konstitutsiyaviy sud tomonidan ko‘rib
chiqilishi jarayoniga yetib borish mashaqqatli va uzoq vaqt saraflanadigan jarayon
hisoblanadi.
Keyingi tahlil qilinishi lozim bo‘lgan masala shikoyatning Konstitutsiyaviy sud
tomonidan belgilangan talablarga mosligini tekshiri
sh bo‘lib, bu jarayon O‘zbekiston
qonunchiligida shikoyatlarning dastlabki tekshiruvi sifatida ko‘zda tutiladi.
Germaniya va Avstriya tajribasida konstitutsiyaviy shikoyatlarni qabul qilish
jarayoni aniq va tizimli mezonlar asosida amalga oshiriladi. Jumladan, bu davlatlarda
sudga murojaat qiluvchi shaxs yoki tashkilot tomonidan taqdim etilgan dalillar va
huquqiy asoslar qattiq tekshiriladi. Germaniya modelida, Federal Konstitutsiyaviy Sud
shikoyatni ko‘rib chiqishda quyidagi omillarni o‘rganadi:
–
asosiy h
uquqlarning buzilishi: shikoyat qiluvchi o‘zining konstitutsiyada belgilangan
asosiy huquqlari buzilganligini ko‘rsatib berishi lozim. Misol uchun, biror qonun yoki qaror
insonning shaxsiy hayotiga noqonuniy aralashishni keltirib chiqarsa, murojaatchi ushbu
qonunning konstitutsiyaga zidligini asoslash uchun dalillar keltirishi kerak.
–
shikoyatni “individuallashtirish” tamoyili: u tamoyilga ko‘ra, shikoyatni qabul qilish
uchun murojaatchi bevosita o‘ziga nisbatan zarar yetganligini ko‘rsatishi shart. Masala
n,
umumiy qonunchilikka nisbatan shikoyat faqatgina shu qonun bevosita fuqaroning
huquqlarini buzgan holatda ko‘rib chiqiladi. Sud shikoyatni qabul qilishdan avval, zarar
yetganligini va bu zarar konstitutsiyaviy ahamiyatga ega ekanligini aniqlaydi [7].
Avstriya tajribasida esa, Konstitutsiyaviy Sudga murojaat qilish jarayonida
murojaatchining qonuniy manfaatlari buzilganligini ko‘rsatish talab qilinadi. Misol uchun:
–
qonun yoki qarorning ta’sir doirasi: murojaatchi ushbu qonun yoki qarorning
bevosita uning huquqlariga qanday ta’sir qilganini aniqlab, asoslashi lozim. Avstriya
Konstitutsiyaviy Sudi qonuniy me’yorning amaldagi zararli oqibatlarini ko‘rsatib bergan
holdagina shikoyatni qabul qiladi [8].
–
shikoyatni qabul qilish mezonlari: shikoyatga huquqiy va daliliy asoslar taqdim
etilishi shart. Misol uchun, shikoyatchi taqdim qilgan dalillar o‘ziga zarar yetganini aniq
isbotlagan bo‘lsa, bu sud tomonidan dastlabki qabul qilish bosqichida tasdiqlanadi. Shu
bilan birga, agar qonun amaliyotda ha
li qo‘llanmagan bo‘lsa yoki ta’siri abstrakt ravishda
buzilish sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa, shikoyat odatda rad etiladi. Ya’ni, shikoyatda amaliy
ta’sir va shaxsiy manfaatlar yo‘q bo‘lsa va shikoyat nazariy jihatdan qonun yoki
normaning xatoligini isbotla
shga qaratilgan bo‘lsa, ushbu shikoyat rad etiladi.
Bu jarayonlarning mohiyati shundaki, Germaniya va Avstriya sudlari
konstitutsiyaviy shikoyatlarni qabul qilishda yuqori sifatli huquqiy asosga ega bo‘lgan
murojaatlarni qabul qilishga intiladilar. Bunda asosiy maqsad ortiqcha yukni kamaytirish
va faqat konstitutsiyaviy muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan shikoyatlarni qabul
qilishdir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
5
Konstitutsiyaviy shikoyatlarni kiritish uchun protsessual muddatlarning
belgilanishi sud tizimining samaradorligini osh
irish va shikoyatlarning o‘z vaqtida ko‘rib
chiqilishini ta’minlash uchun zarurdir. Ushbu muddatlar nafaqat fuqarolar uchun qulaylik
yaratadi, balki sud tizimining ortiqcha yuklanishining oldini oladi. Venetsiya komissiyasi
konstitutsiyaviy nazorat institutini takomillashtirishda protsessual muddatlarni
belgilashni muhim omil sifatida ta’kidlagan.
Venetsiya komissiyasi protsessual muddatlar bo‘yicha quyidagi tamoyillarni
tavsiya etadi:
–
muddatning maqbulligi: shikoyatni berish uchun belgilangan muddat
shikoyatchiga yetarli vaqt berishi kerak. Shu bilan birga, sud tizimining tezkor ishlashini
ta’minlash uchun muddat ortiqcha cho‘zilmasligi lozim;
–
muddatning boshlanish nuqtasi: protsessual muddat shikoyatchi o‘z huquqlari
buzilganini bilgan yoki bilishi
kerak bo‘lgan kundan hisoblanishi kerak. Bu yondashuv
shikoyatlarni o‘z vaqtida topshirish va sud jarayonlarining samaradorligini oshirishga
qaratilgan.
–
maxsus sharoitlar: ba’zi holatlarda (masalan, yangi dalillar paydo bo‘lganda yoki
obyektiv sabablarg
a ko‘ra) protsessual muddatlarni uzaytirish yoki tiklash imkoniyatlari
bo‘lishi kerak
[9].
Aytish lozimki, protsessual muddatlar bo‘yicha Germaniya, Ispaniya va Polsha kabi
davlatlarning tajribasi Venetsiya komissiyasining tamoyillariga mos keladi. Germaniya
Federal Konstitutsiyaviy Sudida shikoyat berish muddati odatda bir oyni tashkil etadi. Bu
muddat shikoyatchi huquqlari buzilganini bilgan kundan boshlanadi. Ushbu qat’iy
muddat sud tizimining tezkor ishlashini ta’minlaydi
[10]. Ispaniyada esa konstitutsiyaviy
shikoyat muddati uch oyni tashkil etadi. Ushbu muddat huquqlari buzilgan deb
hisoblangan kundan e’tiboran boshlanadi
[11]. Polshada protsessual muddat uch oy
bo‘lib, tribunal shikoyatlarni mazkur muddat ichida qabul qiladi. Muddatning buzilishi
shikoyatning avtomatik rad etilishiga olib keladi [12].
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi
qonunchiligida shikoyatning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha bir qancha kamchiliklar ko‘zga
tashlanadi. Jumladan,
protsessual muddatlar masalasi aniq belgilanmaganligidir. Ya’ni
shikoyat barcha sud bosqichlarini bosib o‘tgach, Konstitutsiyaviy sudga bir yildan
kechiktirmay taqdim etilishi kerak. Bu esa ortiqcha mujmallikka olib kelishi mumkin.
Sababi barcha sud instan
siyalarida ishning ko‘rib chiqilishi turiga qarab vaqt oladi va bu
esa portsessual muddatlarning turli xil talqin etilishiga sabab bo‘ladi va sud tizimida
ortiqcha murakkabliklarni keltirib chiqarish ehtimoli mavjud.
Taklif.
Shu sababdan yuqoridagi tahlillar asosida quyidagilarni taklif etamiz:
1.
Shikoyat qilish uchun bir oy yoki uch oy muddat belgilanishi.
Amaliyotda
aniq muddatlarning mavjudligi taraflarning o‘z huquqlaridan o‘z vaqtida
foydalanishlariga imkon yaratadi va sud ishlari cho‘zilib ketishining
oldini oladi.
2.
Maxsus sharoitlarda protsessual muddatlarni tiklash imkoniyati
yaratilishi.
Agar taraflar uzrli sabablarga ko‘ra belgilangan muddatni o‘tkazib
yuborsalar, ularga sud tomonidan qayta murojaat qilish imkoniyati berilishi lozim, bu esa
adolat ta
moyilini ta’minlaydi.
3.
Muddatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish orqali sud
jarayonining aniqligini ta’minlash.
Belgilangan protsessual muddatlarning huquqiy
jihatdan aniq va tushunarli bo‘lishi taraflarning protsessual huquqlarini kafolatlaydi
hamda sud muhokamalarining tartibli va samarali kechishiga xizmat qiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
6
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Saidov, A. (2019). Inson huquqlarini himoya qilishda konstitutsiyaviy shikoyat
institutining
o‘rni.
Huquq
va
burch
jurnali,
3(2),
22
-30.
URL:https://www.uzbekistan.org.ua/
2.
Bekov, I. (2020). Konstitutsiyaviy shikoyat instituti: nazariya va amaliyot.
Yurisprudensiya jurnali, 2(1), 33-42 URL:https://tsul.uz/
3.
Grimm, D. (2020). The Role of Fundamental Rights After Sixty-Five Years of
Constitutional Jurisprudence in Germany. International Journal of Constitutional Law,
13(1), 9
–
29. URL: https://doi.org/10.1093/icon/mov005
4.
Jabloner, C. (1998). Kelsen and His Circle: The Viennese Years. European Journal
of
International
Law,
9(2),
368
–
374.
URL:
https://academic.oup.com/ejil/article/9/2/368/446316
5.
Feld, L. P., & Wieland, V. (2021). The German Federal Constitutional Court Ruling
and the European Central Bank’s Strate
gy. Journal of Financial Regulation, 7(2), 217
–
253.
URL: https://doi.org/10.1093/jfr/fjab006
6.
Visser, M. D. (2015). Constitutional Review in Europe: A Comparative Analysis.
Bloomsbury Publishing. URL: https://www.bloomsbury.com/uk/constitutional-review-
in-europe-9781782252450/
7.
Grimm, D. (2020). The Role of Fundamental Rights After Sixty-Five Years of
Constitutional Jurisprudence in Germany. International Journal of Constitutional Law,
13(1), 9
–
29.URL: https://doi.org/10.1093/icon/mov005
8.
Jabloner, C. (1998). Kelsen and His Circle: The Viennese Years. European Journal
of International Law, 9(2), 368
–
374.
9.
Venice Commission. (2021). *Checklist for Constitutional Justice*. Council of
Europe. URL: https://www.venice.coe.int
10.
Grimm, D. (2020). The Role of Fundamental Rights After Sixty-Five Years of
Constitutional Jurisprudence in Germany. *International Journal of Constitutional Law*,
13(1), 9
–
29. URL: https://doi.org/10.1093/icon/mov005
11.
Sajó, A., & Uitz, R. (2017). The Constitution of Freedom: An Introduction to
Legal Constitutionalism. Oxford University Press. URL: https://doi.org/10.1093/oso/
9780198732174.001.0001
12.
Visser, M. D. (2015). Constitutional Review in Europe: A Comparative Analysis.
Bloomsbury Publishing. URL: https://www.bloomsbury.com/uk/constitutional-review-
in-europe-9781782252450/
