Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
A model for developing the professional and ethical
culture of vocational education students based on
preventive measures
Ilkhomjon SIROJIDINOV
1
Institute of Development of Professional Education
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2025
Received in revised form
15 January 2025
Accepted 25 February 2025
Available online
25 March 2025
This article investigates the scientific and theoretical
foundations, methodological approaches, and practical models
of developing students' professional and ethical culture in
vocational education institutions based on preventive
measures. Drawing on the research findings, the study analyzes
effective ways to implement preventive measures in vocational
education institutions and their impact on shaping students'
professional and ethical culture.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Vocational education,
professional ethics and
culture,
preventive measures,
professional culture,
social-pedagogical services,
pedagogical modeling.
Preventiv
chora-
tadirlar
asosida
kasbiy
ta’lim
muassasalari o
‘
quvchilarning kasbiy-axloqiy madaniyatini
shakllantirish modeli
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Kasbiy ta’lim,
kasbiy-axloqiy madaniyat,
preventiv chora-tadbirlar,
kasbiy madaniyat,
ijtimoiy-pedagogik xizmat,
pedagogik modellashtirish.
Ushbu maqolada preventiv chora-tadbirlari asosida
kasbiy ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning kasbiy
-axloqiy
madaniyatini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari, uslubiy
yondashuvlari va amaliy modellari tadqiq qilinadi. Tadqiqot
natijalari asosida ka
sbiy ta’lim muassasalarida preventiv chora
-
tadbirlarini samarali tashkil etish yo‘llari va ularning
o‘quvchilarning kasbiy
-axloqiy madaniyatini shakllantirishga
ta’siri tahlil qilinadi.
1
Independent Researcher, Institute of Development of Professional Education. E-mail: sirojidinov-ilxomjon@mail.ru
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
29
Модель формирования профессионально
-
нравственной
культуры учащихся профессиональных образовательных
учреждений на основе превентивных мер
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
профессиональное
образование,
профессионально
-
этическая культура,
превентивные меры,
профессиональная
культура, социально
-
педагогическая служба,
педагогическое
моделирование.
В данной статье исследуются научно
-
теоретические
основы, методологические подходы и практические
модели
формирования
профессионально
-
этической
культуры учащихся в учреждениях профессионального
образования на основе превентивных мер. На основе
результатов
исследования
анализируются
способы
эффективной организации превентивных мероприятий в
учреждениях профессионального образования и их
влияние на формирование профессионально
-
этической
культуры учащихся.
Kasbiy ta’lim muassasalari faoliyatining asosiy maqsadi nafaqat yuqori malakali
mutaxassislar tayyorlash, balki ularning kasbiy-axloqiy madaniyatini shakllantirish
hamdir. Kasbiy-axloqiy madaniyat shaxsning kasbga nisbatan
mas’uliyatli munosabati,
mehnat intizomi, ijtimoiy va axloqiy qadriyatlarga sodiqligi, shuningdek, kasbiy
faoliyatda etik qoidalarga rioya qilish qobiliyatini ifodalaydi. Bu jihatdan, preventiv
chora-
tadbirlari asosida o‘quvchilarning kasbiy
-axloqiy madaniyatini shakllantirish
jarayonini tashkil etish ayniqsa muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Preventiv chora-tadbirlari deb, oldini olish, ogohlantirish va erta aniqlashga
qaratilgan tizimli faoliyatni tushunamiz. Bu tadbirlar orqali o‘quvchilarda kasbiy
faoliyatga nisbatan ijobiy munosabat, mehnatga hurmat va kasbiy etika qoidalariga rioya
qilish qobiliyati shakllantiriladi. Shu bilan birga, preventiv chora tadbirlari yoshlarni
noqonuniy xatti-harakatlar, korrupsiya, kasbiy etikasizlik kabi salbiy hodisalardan
himoya qilishga xizmat qiladi.
Kasbiy ta’lim muassasalarida preventiv chora
-tadbirlari asosida kasbiy-axloqiy
madaniyatni shakllantirishning samarali modelini ishlab chiqish va joriy etish bugungi
kunning dolzarb muammolaridan biridir. Bu model nafaqat o‘quvch
ilarning kasbiy
ko‘nikmalarini oshirishga, balki ularning shaxsiy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ham
yordam beradi. Bundan tashqari, preventiv chora-
tadbirlari orqali ta’lim muassasalarida
ijtimoiy sog‘lom muhitni yaratish, o‘quvchilarning jamiyatga m
oslashuvini osonlashtirish
va ularning kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatlarini ta’minlash mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12
-noyabr 2020-
yildagi “
Tibbiy
profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini
ta’minlashga oid qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida
”gi PQ–
4891-sonli Qarorida
“
Talabalar orasida sog‘lom turmush tarzi, shu jumladan sog‘lom ovqatlanish, jismoniy
faollik, sanitariya-
gigiyena qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirishga qaratilgan chora-
tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; talabalar
o‘rtasida yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini (davra
suhbatlari, savol-
javoblar, sinovlar va boshqalar) o‘tkazish
” asosiy vazifalar etib
belgilangan [1].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
30
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14
-avgust 2018-
yildagi “
Yoshlarni
ma’naviy
-
axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim
-tarbiya berish
tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida
”gi
PQ
–
3907-
sonli Qarorida “
Yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng
dunyoqarashga ega bo‘lgan fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash; yoshlarni yot
g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik,
diniy bag‘rik
englik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash; yoshlarning huquqiy
madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishining
oldini olish; yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun
shart-sh
aroitlar yaratish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” ustuvor
vazifalar etib belgilangan [2].
Kasb-
hunar ta’limida preventiv chora
-tadbirlarni amalga oshirishda asosiy
yondashuv
–
kundalik hayotda,
o‘quvchilar bilan profilaktik faoliyatni qo‘llab
-quvvatlash,
ijtimoiy yordam ko‘rsatish va zaruriy tuzatishlar kiritishdir. Ilgari qo‘llangan an’anaviy
profilaktika usullari yoshlar orasidagi narkomaniya muammosining keskinligini
kamaytirmadi. Bu shuni anglatadiki, ijtimoiy-pedagogik faoliyat amaliyoti yoshlar
kundalik hayotiga yo‘naltirilishi va narkotik moddalarga qarshi preventiv choralar
yordamida amalga oshirilishi zarur.
Ijtimoiy-
pedagogik xizmat faoliyati ta’lim bosqichini ham qamrab olishi zarur,
chunki
o‘quvchilar o‘zlarining hayotiy muammolarini hal qilishda mutaxassislar yordami
va ijtimoiy-
pedagogik qo‘llab
-quvvatlashga muhtoj. Bu talabni kuchaytiruvchi omillardan
biri shundaki, birinchi kurs
o‘
quvchilari orasida hali voyaga yetmagan yoshlar
ko‘pchilikn
i tashkil etadi.
Ijtimoiy-pedagogik xizmat va jamoat birlashmalari hamkorligida samarali
profilaktik faoliyat olib borish yoshlarda ijtimoiy faollikni rivojlantiradi. Jamoat
birlashmalarining tarbiyaviy funksiyasi quyidagilarga qaratilgan:
•
shaxsning ijobiy ijtimoiy sifatlarini shakllantirish;
•
o‘
quvchilarning ijtimoiy tajribasini rivojlantirish uchun sharoit yaratish;
•
birlashma ishtirokchilarining ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish.
Ushbu guruh ishtirokchilarini umumiy maqsad va g‘oya birlashtiradi, ularga
faoliyat shakllarini erkin tanlash va o‘z tashabbusi bilan tashkilot ishlarini amalga
oshirish imkoniyati beriladi.
O‘quvchi jamoat birlashmasiga qo‘shilib, o‘quvchilar o‘z
ijtimoiy mavqeini oshiradi, yangi ijtimoiy ro‘lga ega bo‘lib, jamiyat uchun foydal
i
faoliyatda ishtirok etadi va shaxs sifatida o‘z o‘rnini topadi.
Ijtimoiy-pedagogik xizmat va
o‘
quvchi jamoat birlashmasining birgalikdagi
narkotik moddalarga qarshi profilaktik faoliyatini yaxshi tushunish uchun ushbu
faoliyatning modelini yaratish zarur. Modellashtirish pedagogik tadqiqotlarda keng
qo‘llaniladi va bu usul amaliy va nazariy jihatlarni birlashtirish imkonini beradi.
Modellashtirish metodining asosiy tushunchasi “model” hisoblanadi. A.N.
Daxin
modelni “tadqiq qilinayotgan obyektga o‘xshash,
uning tuzilishi, xususiyatlari va
elementlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni soddalashtirilgan holda ifodalovchi sun’iy
ob’ekt” deb tariflaydi. Modelning amaliy ahamiyati tadqiq qilinayotgan ob’yektning
tomonlarini to‘g‘ri aks ettirishga bog‘liq, shuning
dek, modellashtirishning asosiy
tamoyillari
–
ko‘rgazmalilik, aniqlik va ob’yektivlik hisobga olingan bo‘lsa, pedagogik
tadqiqotda model samaradorligi oshadi [5].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
31
Modellashtirish samaradorligi dastlabki nazariya va gipotezalarning to‘g‘riligiga
bog‘liq bo‘
lib, modelning mosligi muhim ahamiyat kasb etadi. Avstriyalik mantiqshunos
K.Gedelning to‘liqsizlik va ichki qarama
-
qarshilik haqidagi teoremalariga ko‘ra, har
qanday tizimning to‘liq va yakuniy tavsifi uchun barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etish
mumkin emas [4].
Pedagogikada modellashtirish samaradorligini tavsiflash uchun “pedagogik
valildlik” tushunchasi kiritilgan bo‘lib, u “haqiqiylik” va “adekvatlik” tushunchalariga
yaqin, ammo ularga aynan to‘g‘ri kelmaydi. Pedagogik valildlikni konseptual, mezoniy
va
miqdoriy jihatdan asoslash lozim, chunki modellashtirishda ko‘pincha ko‘p omilli
hodisalar qo‘llaniladi. Shuning uchun ijtimoiy sohadagi murakkab hodisalarni
modellashtirish imkoniyatlari va natijalari borasidagi bahslar davom etmoqda va bu
masala hanu
z to‘liq yechim topmagan. Modellashtirish jarayonida har qanday model,
hatto juda murakkab bo‘lsa ham, o‘rganilayotgan ob’yektni to‘liq ifodalash yoki uning
rivojlanish yo‘nalishini to‘liq tavsiflay olmasligi e’tiborga olinishi kerak. Shu sababli,
tadqiqot
chilar modellarni yaratishda ularning to‘liqligi va valildligi o‘rtasida muvozanat
saqlashga intilishadi.
Yuqorida
bayon
etilganlarga
asoslanib,
modellashtirishda
pedagogik
modellashtirishning metodologik tamoyillariga e’tibor qaratildi:
•
Yaxlitlik tamoyili:
jarayonning faqat elementlari emas, balki ular o‘rtasidagi
bog‘lanishlarni ham aks ettirish imkoniyatini yaratish.
•
Jarayonni amalga oshirishdan oldin uni o‘rganish imkoniyati tamoyili:
jarayon haqidagi bilimni unga kirishishdan oldin to‘plash.
•
O‘z
-
o‘zini
rivojlantirish tamoyili:
ijtimoiy va tarbiyaviy vaziyatlarga qarab
dinamik va o‘zgaruvchan pedagogik modellarni yaratishga yo‘naltirilgan.
•
Reallik tamoyili:
ishlab chiqilgan pedagogik modelni amaliyotda qayta tiklash va
o‘xshash ta’lim sharoitlarida qo‘ll
ash imkonini yaratish [6].
Modellar turli tizimlar ichida mavjud bo‘lishi va birlashishi mumkin, shuningdek,
har bir model mustaqil ravishda ham mavjud bo‘lishi mumkin.
Modellarning asosiy turlari quyidagilardir:
1.
Funksional model:
tizimning ishlash xususiyatlarini va uning ichki va tashqi
elementlar bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishga mo‘ljallangan.
2.
Harakat tamoyili modeli (kontseptual model):
haqiqiy tizimning eng muhim
bog‘lanish va xususiyatlarini ifodalaydi.
3.
Tuzilmaviy model
: bu tur quyidagi komponentlarni o‘z ichiga oladi:
o
Mazunli tuzilma:
o‘rganilayotgan obyektning qismlari va ularning o‘zaro
bog‘lanishini soddalashtirilgan grafik tasvird
a ifodalaydi.
o
Topologik model:
obyektlar orasidagi bog‘lanishlarni, ularning geometrik
xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmagan holda, aks ettiradi.
Biz ijtimoiy-pedagogik xizmat va
o‘
quvchi jamoat birlashmalarining preventiv
chora-tadbirlar asosida
o‘
qvchilarning kasbiy-axloqiy madaniyatini rivojlantirishni
modellashtirish uchun tuzilmaviy modelni tanladik. Bu model jarayon bosqichlari va
bosqichlar ketma-ketligini, amallar va texnik v
ositalar yig‘indisini, ishtirokchilarning
hamkorlikdagi faoliyatini ifodalaydi [7].
Profilaktik faoliyatning umumiy tuzilmasi quyidagi komponentlardan tashkil
topadi: maqsadga yo‘naltiruvchanlik, sub’yektivlik, motivatsiya, tashkiliy
-metodik,
mazmunli, jarayonli va baholovchi-komponentlar.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
32
Maqsadli komponent
: Modelda maqsad qo‘yish juda muhim, chunki model
maqsadlarni amalga oshirish uchun vosita hisoblanadi. Ushbu profilaktik faoliyatning
maqsadi
–
o‘
quvchilarning kasbiy-axloqiy madaiyatini rivojlantirishdir.
Bu maqsadga erishish quyidagi vazifalarni hal qilishni talab etadi:
1.
Narkotik moddalarning salbiy ta’sirini minimallashtirish, o‘
quvchilarda faol
hayot tarziga bo‘lgan motivatsiyani oshirish va ularni ijtimoiy hamda shaxsiy jihatdan
ahamiyatli faoliyatga jalb qilish.
2.
Ijtimoiy faollikni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va
samarali xulq-atvor strategiyasini yaratish uchun shart-sharoit yaratish.
3.
Ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda
o‘quvchilar jamoat birlashmalarini qo‘llab
-
quvvatlash uchun kasb-
hunar ta’limi muassasasi resurslaridan foydalanish.
Mazkur yondashuv orqali kasb-
hunar ta’limi muassasalarida preventiv chora
tadbirlar asosida
o‘
quvchilar va ijtimoiy-
pedagogik xizmat o‘rtasida samarali hamkorlikni
tashkil etish mumkin bo‘ladi.
Ta’
lim muassasasining, xususan, jamoat birlashmalarining resurslarini safarbar
qilish
–
preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun muhim shartdir. Maqsad va
o‘quvchilar imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarni hal qilish –
belgilangan maqsadga
erishish
yo‘lidagi muhim qadamdir. Kasb
-
hunar ta’lim muassasalarida o‘
quvchilarning
kasbiy-axloqiy madaiyatini shakllantirish maqsadi aniq natija sifatida belgilanishi
mumkin emas. Shu sababli, bu jarayon shaxsning ichki potensialini ochishga qaratilishi
kerak, bu
esa kelajakda sog‘lom jamiyat a’zosi sifatida shaxsiy rivojlanish jarayonini
boshlaydi [8].
Preventiv faoliyatning asosiy sub’yektlari jamoat birlashmasi, ta’lim
muassasasining ijtimoiy-pedagogik xizmati mutaxassislari va
o‘
quvchilar orasidagi
ijtimoiy muh
itdir. Ushbu model doirasida tashkil etilayotgan barcha faoliyatlar ta’lim
muassasasi ma’naviy
-
ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan
boshqariladi.
Jamoat birlashmasining preventiv faoliyat ishtirokchisi sifatida tashkil etilishi
ijtimoiy-pedagogik xizmat mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Bu jarayonda
o‘quvchi jamoat birlashmasi o‘quv muassasasi tarbiyaviy tizimining bir qismi bo‘lib,
uning faoliyati ta’lim muassasasi tarbiyaviy faoliyatining ajralmas qismi sifatida
rivojlanadi. Jamoat birlashmasi nafaqat preventiv faoliyat ishtirokchisi, balki
o‘
quvchilar
orasida ushbu faoliyatning asosiy targ‘ibotchisi sifatida qaraladi [6].
Turli sub’yektlar faoliyatining umumiy va o‘ziga xos jihatlari preventiv faoliyatda
differentsiallash va integratsiya tamoyillarini talab qiladi:
1.
Differentsiallash:
Har bir sub’yektning aniq funksiyalari va preventiv ta’sir
sohalarini belgilashni talab etadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
33
MAQSAD KOMPONENTI
Ijtimoiy buyurtma: Kasbiy-axloqiy madaniyatli mutaxassislarga bo
‘
lgan ijtimoiy talab
Maqsad: Preventiv chora-tadbirlar asosida kasb-
hunar ta’limi
o
‘
quvchilarining
kasbiy-axloqiy madaniyatini shakllantirish
SUB’EKTIV
-MAZMUNLI KOMPONENT
Sub’ekt
-
sub’ekt o‘zaro ta’sirni ta’minlash;
Profilaktik ishlarni mazmunan muvofiqlashtirish;
yoshlar jamoat birlashmalarini tashkil etish;
kasb-
hunar ta’lim muassasasi direktor o‘
rinbosari
va profilaktika inspektorining faoliyatini
uzviylashtirish
Yondashuvlar: tizimli, faoliyatli, kompetentli
Tamoyillar: yaxlitlik, reallik, o
‘
z-o
‘
zini
rivojlantirish; Jarayonni amalga oshirishdan
oldin uni o‘rganish imkoniyati
Vazifalar: preventiv chora-tadbirlar asosida o
‘
quvchilarning kasbiy-axloqiy madaniyatini
shakllantirishnning pedagogik shart-
sharoitlarini ta’minlash, modellashtirish, metodikani
takomillashtirish, baholash mexaizmini ishlab chiqish
Pedagogik shart-sharoitlar: tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik,
ergonomik, -uslubiy-didaktik
JARAYONLI KOMPONENT
Kasbiy-axloqiy
madaniyat
komponentlari:
kognitiv, kreativ,
konativ
Kasbiy-axloqiy
madaniyati
sakllatirishda
o
‘
qitiladigan fanlar:
tarix, pedagogika
Akadmik ta’lim shakllari:
seminar, mustaqil ta’lim
Metodlar: illyustrativ,
differensial o
‘
qitish,
loyihalash, evristik ta’lim
Vositalar:
Kompyutr
texnikasi,
topshiriqlar
tizimi
Shakllatiriluvchi kompetensiyalar: kognitiv, kreativ, kommunikativ
Pedagogik tajria-sinov bosqichlari: aniqlovchi, shakllantiruvchi, yakuniy
Baholash mezonlari: kognitiv, kreativ, konativ
Kasbiy-axloqiy madaiyati shakllaganlik darajalari: reproduktiv, produktiv, kreativ
Natija: Kasbiy-axloqiy madaniyati sakllagan mutaxassis
BAHOLOVCHI-NATIJAVIY KOMPONENT
1-rasm. Preventiv chora-tadbirlar asosida o
‘
quvchilarning kasbiy-axliqiy
madaniyatini shakllantirish modeli
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
34
2.
Integratsiya:
o
turli shakllardagi hamkorlikda faoliyatni tashkil etish;
o
hamkorlik va o‘zaro tushunishni mustahkamlash;
o
boshqaruv organining o‘zaro hamkorlikdagi sub’yektlarning sa’y
-harakatlarini
muvofiqlashtirishga yo‘naltirilganligi.
Hamkorlikda olib boriladigan faoliyatda har bir ishtirokchi o‘ziga xos funksiyani
bajaradi.
O‘quvchilar, o‘qituvchilar va ularning yaqin ijtimoiy muhitining hamkorlikd
agi
faoliyati samarasi ularning mavjud muammolarni hal qilish yo‘llarini izlash va
professional yordam olish darajasiga bog‘liq. Ta’lim muassasasi ma’muriyatining yordami
ham katta ahamiyatga ega.
Modelning motivatsion komponenti
o‘
quvchilarda kasbiy-axloqiy madaniyatni
shakllantirish, ijtimoiy sog‘lom hayotga intilish, o‘quvchilarda sog‘lom shaxsiy xulq
-atvor
va ijtimoiy sog‘lom odatlar shakllanishini nazarda tutadi [4].
Profilaktik faoliyat tizimini takomillashtirish va uni samarali amalga oshirish
uchun
quyidagilar qo‘llaniladi:
•
pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar (davra suhbatlari, maslahatlar va
boshqalar);
•
profilaktik dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish va ta’lim muassasasi sharoitida
joriy etish.
Loyihalash texnologiyasi ijtimoiy-pedagogik xizmat va jamoat birlashmasining
hamkorlikdagi faoliyatida birlashtiruvchi bo‘g‘in hisoblanadi va belgilangan maqsadga
erishish uchun xizmat qiladi.
Bugungi kunda loyihalash texnologiyasining o‘ziga xosligi shundaki, u amallar
algoritmi
sifatida qaraladi va ko‘paytirilishi mumkin bo‘lib, o‘xshash ijtimoiy masalalarni
hal etish uchun qo‘llaniladi. Shuning uchun loyihalash texnologiyasidan kasb
-hunar
ta’limida foydalanish dolzarb, chunki o‘
quvchilarni loyihaviy faoliyatga jalb qilish ularda
kasbiy-axloqiy madaniyatni shakllantirishga yordam beradi.
Loyihaviy faoliyat
–
o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy, tashabbuskor va jamoaviy faoliyat
turi bo‘lib, ijtimoiy
-
pedagogik texnologiya talablarini to‘liq aks ettiradi. Loyihalash
texnologiyasida ba’zi ilmiy tamoyillar qo‘llaniladi, lekin bu tamoyillar muayyan sohada
o‘ziga xos mazmun kasb etadi. Yu.Yu.Antropova fikricha, loyihalash usullarining
samaradorligi bilim olish faoliyatini tartibga soluvchi tamoyillarning mavjudligi bilan
ta’minlanadi
[3]. Ular quyidagilardir:
1.
Aniqlik
–
usullarni tushunishga yengillik yaratadi.
2.
Determinatlik
–
tamoyillarni qo‘llashda tasodifiylikka yo‘l qo‘yilmaydi.
3.
Yo‘naltirilganlik
–
muayyan maqsad va vazifalarga bo‘ysunadi.
4.
Natijaviylik
–
rejalashtirilgan natijalar bilan bir qatorda boshqa muhim
natijalarni ham ta’minlaydi.
5.
Ishonchlilik
–
boshlang‘ich natijani olish ehtimolini oshiradi.
6.
Tejamkorlik
–
vaqt va mablag‘ni minimal sarflab natijaga erishish imkonini
beradi.
Preventiv antnarkotik faoliyat loyihalari va dasturlari doirasida quyidagi interfaol
shakl va usullarni qo‘llash mumkin: ta’lim muassasasida axborot va motivatsion
uchrashuvlar, aksiyalar, antnarkotik faoliyat bo‘yicha mutaxassislar bilan davra
suhbatlari, treninglar, videofilmlar tomosha qilish va muhokama qilish, antnarkotik
reklama roliklari yaratish, brifinglar va boshqalar.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
35
Preventiv faoliyat dasturlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ushbu faoliyatni amalga
oshirishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
1.
Antinarkotik
ma’rifiy faoliyat faqat maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan xodimlar
tomonidan, tasdiqlangan konsepsiyaga asoslangan kompleks dasturlar doirasida amalga
oshirilishi kerak.
2.
Dasturlarni amalga oshirishda narkotiklar va ularning insonning psixologik,
ijtimoiy va i
qtisodiy farovonligiga ta’siri haqida to‘g‘ri, o‘rinli va yetarli ma’lumotlar
taqdim etilishi kerak.
3.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga
alohida e’tibor qaratilishi kerak.
4.
Ma’lumotlar auditoriya xususiyatlarini (yosh, jins, e’tiqod) hisobga olgan holda
taqdim etilishi kerak.
Modelning mazmuniy komponenti
o‘
quvchilarning narkotik moddalarga qarshi
xatti-
harakatlarini shakllantirish jarayonining izchil va barqarorligini ta’minlaydi. Bu
komponent
o‘
quvchilarda kasbiy-axloqiy madaniyatni shakllantirish uchun zarur bilim,
ko‘nikma, munosabat va shaxsiy sifatlarni rivojlantiradi.
Antinarkotik xatti-harakat insonning narkotik holatlarga qarshi barqaror reaktsiya
sifatida shakllangan ijtimoiy sog‘lom ko‘nikmalar majmuidir. Shaxsga yo‘naltirilgan
tarbiya paradigmasiga asoslanib, bu komponent har bir
o‘
quvchini shaxsiy xususiyatlari,
qobiliyatlari, imkoniyatlari va qadriyatlari asosida rivojlantirishga qaratilgan.
Jamoat birlashmalari antinarkotik faoliyatni jamoat ishlariga
qo‘shib, o‘
quvchilar
muammolarini hal qilishga qaratilgan turli tadbirlarni amalga oshirishi kerak. Bu
o‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy ahamiyatli ko‘nikmalarni rivojlantirish va narkotik
moddalarning zararli ta’sirini kamaytirishga hissa qo‘shadi.
Kasb-hun
ar ta’limida antinarkotik faoliyat kasbiy
-axloqiy madaniyatni
rivojlantirishga qaratilgan gumanitar fanlar va fakultativ mashg‘ulotlar orqali amalga
oshiriladi. Bular jumlasiga tarix, madaniyatshunoslik, psixologiya, pedagogika kabi fanlar
kiradi. O‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘plab o‘
quvchilar bu fanlarni ikkinchi darajali deb
hisoblashini ko‘rsatadi, lekin aynan shu fanlar kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish
imkonini beradi.
Ushbu model bo‘yicha ishlashning asosiy tamoyili ijobiy ijtimoiy
-madaniy muhit
yaratishdan iborat bo‘lib, bunda prventiv chora
-
tadbirlar o‘tkazilib, o‘
quvchilarning
sog‘lom ijtimoiy hayot tarzini shakllantirishga qaratilgan profilaktik faoliyat amalga
oshiriladi.
Amaliyot ko‘rsatganidek, yoshlar ko‘pincha muammolari bilan yolg‘iz qol
adi va
zarur yordam kech yetib keladi. Ular tushunilmay qolishdan qo‘rqishadi yoki yordam
bera oladigan mutaxassislarni topolmaydilar. Bunday vaziyatlarda ular ko‘pincha birinchi
navbatda tengdoshlari yordamiga murojaat qiladi. Shu bilan birga, yoshlar ijtimoiy
guruhlarga kirib qolishi va narkotik moddalar iste’moliga moyil bo‘lishi mumkin. Shu
sababli, jamoat birlashmasi ijobiy yoshlar submadaniyatini aks ettiruvchi, qiyin
vaziyatlardan chiqishning sog‘lom alternativ yo‘llarini ko‘rsatadigan tashkilot bo‘l
ishi
kerak.
O‘
quvcilarda kasbiy-axloqiy madaniyatni shakllanganlik darajasini baholash uchun
quyidagi mezon va ko‘rsatkichlar aniqlangan:
1.
Motivatsion mezon:
Sog‘lom turmush tarzini olib borishga ijobiy
motivatsiyaning mavjudligi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
36
2.
Kognitiv mezon:
Sog‘liqning qadriyat sifatida anglanishi, zararli odatlarning
xavfini tushunish va psixologik barqarorlik.
3.
Faoliyat mezoni:
Sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchi o
datlar, preventiv
faoliyatda shaxsiy ishtirok.
Mazkur mezonlarga asoslanib, antinarkotik xatti-harakatning ikki darajasi
ajratilgan:
1.
Yetarli daraja:
Bu darajada sog‘lom turmush tarziga barqaror motivatsiya,
sog‘lig‘iga ongli munosabat va
narkotiklardan voz kechish hamda preventiv faoliyatda
faol ishtirok mavjud bo‘ladi.
2.
Yetarli b
o‘
lmagan daraja:
Motivatsiyaning yetarli darajada rivojlanmaganligi,
sog‘liq qadriyatini anglashning pastligi, narkotik moddalar iste’moliga moyillik.
Ushbu tuzilmaviy kasbiy-axloqiy madaniyatni shakllantirish jarayonidagi
komponentlarning
o‘zaro
bog‘liqligini
ifodalaydi.
Komponentlar
o‘rtasidagi
munosabatlar, xususan, tashkilotchilik, kommunikativ va boshqaruv aloqalari ijtimoiy-
pedagogik o‘zaro ta’sir jarayonida namoyon bo‘ladi. Komponentlarning tizimli
integratsiyasi, nazorat va baholashni yanada samarali amalga oshirishga imkon beradi.
Kasbiy-axloqiy madaniyatni shakllantirish samaradorligini oshirish uchun zaruriy
tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar quyidagilar:
1.
Ijtimoiy-pedagogik hamkorlikni rivojlantirish va jamoat birlashmasining
antinarkotik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi boshqa tuzilmalar bilan hamkorlik qilishini
ta’minlash.
2.
Yoshlar muhitidagi narkotik muammolarni kompleks yondashuv yordamida hal
qilish va
qiziqqan tomonlar o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Ushbu model orqali kasb-hunar maktablarida
o‘
quvchilarni preventive faoliyatga
jalb etish, ularda kasbiy-axloqiy madaniyatni shakllantirish va ijtimoiy foydali
ko‘nikmalarni rivojlantirish mumk
in.
Hozirgi sharoitda yoshlar orasida narkomaniyaga qarshi kurash masalasida ta’lim
muassasasi pedagogik jamoasining barcha qiziqqan tomonlar bilan kompleks va
maqsadli hamkorlik o‘rnatishi juda muhimdir. Ushbu hamkorlik, har bir sub’yektning
umumiy va o‘z
iga xos faoliyatiga asoslangan holda, ushbu hududdagi barcha vakolatli
tuzilmalar sa’y
-harakatlarining birlashgan natijasi sifatida shakllanadi.
Mazkur sharoitni ta’minlash uchun quyidagi aloqalarni o‘rnatish zarur:
•
Jamoat birlashmasi,
profilaktika inspektorlari va ta’lim muassasasi
mutaxassislari o‘rtasidagi hamkorlik
;
•
Ta’lim muassasasi mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik
[jamoat
birlashmasi bilan profilaktika ispektorlari o‘rtasida axborot almashinuvi va
integratsiyalangan faoliyat yuritish].
Yoshlar jamoat birlashmasining rivojlanishi uchun D.N. Lebedev mutaxassislar
–
yoshlar harakatining tashkilotchilari tajribasini saqlab qolish, malakali yosh kadrlarni
jalb qilish, xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etishni muhim deb hisoblaydi.
Tajribaning vorisligi faoliyatdagi “zaif” jihatlarni minimallashtirish, yutuqlar va xatolarni
hisobga olish, mavjud muammoni hal qilishda jamoat birlashmalarining faoliyatini
muvaffaqiyatli tashkil etish imkonini beradi.
Yoshlar jamoat birlashmasi bilan ishlash uchun malakali yosh kadrlarni jalb qilish
preventiv antinarkotik faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish jarayoniga
innovatsiyalarni joriy etishga yordam beradi hamda ijodkor, faol va
o‘
quvchi yoshlar
muammolariga befarq bo‘lmagan mutaxas
sislar bilan jamoani boyitadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
37
Vazifalar bo‘yicha xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy qilish orqali faoliyat yangi
bosqichga ko‘tarilib, volontyorlar bilan ishlashda eng maqbul usul tanlanadi va
tashkilotchilarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqaradi.
Ishlab chiqilgan modelning muvaffaqiyati quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
•
Hamkorlik kengligi
–
preventiv antinarkotik profilaktika faoliyatida barcha
muhim subyektlarning faol ishtiroki;
•
Aloqalar to‘liqligi va rivojlanishi
–
hamkorlikdagi sub’yektlar o‘rtasidagi
aloqalar mazmunining to‘laligi va rivojlanishi;
•
Funksional maqsadlilik
–
hamkorlikda ishtirok etayotgan sub’yektlarning
faoliyatining maqsadliligi;
•
Yagona gumanistik va konstruktiv yondashuvning mavjudligi
.
Yoshlar
jamoat birlashmalarining faoliyati mazmunining o‘zgarishidagi asosiy
nuqta, uning ijtimoiy-
amaliy ahamiyat kasb etishida bo‘lib, bu o‘quvchilarning o‘z
ijtimoiy-psixologik, axloqiy va kasbiy-
axloqiy o‘zini o‘zi tashkil etish va ijtimoiy
boshqaruvda ishtiro
k etish imkoniyatlari va istiqbollariga mas’uliyatli munosabatni
shakllantirish zaruriyatidir.
Tashkilotning muvaffaqiyati, ko‘p jihatdan, o‘zgaruvchan sharoitlarda
ustuvorliklarni to‘g‘ri tanlash qobiliyatiga bog‘liq. Jamoat birlashmalari o‘z adaptivligin
i
faqat moddiy resurslarni ko‘paytirish orqali emas, balki ijtimoiy e’tirofni qo‘lga kiritish
orqali ham rivojlantirishi mumkin. Yoshlar jamoat birlashmalari yoshlar va umuman
jamiyat ehtiyojlari, manfaatlari va kayfiyatlarini “his etib”, ushbu asosda yang
i ijtimoiy
haqiqatni yaratishga qaratilgan.
Shunday qilib, ijtimoiy-pedagogik xizmat va yoshlar jamoat birlashmasining
birgalikdagi preventiv antinarkotik faoliyatining mohiyatini, uning asosiy funksiyalari va
yo‘nalishlarini aks ettirish uchun biz modella
shtirish metodini tanladik. Kasb-hunar
ta’limida ijtimoiy
-pedagogik xizmat va yoshlar jamoat birlashmalarining birgalikdagi
preventiv antinarkotik faoliyatining tuzilmaviy modeli (maqsadli, sub’yektli, motivatsion,
tashkiliy-metodik, jarayonli, mazmunli va baholovchi-rezultativ komponentlardan iborat)
ushbu jarayonni ta’lim massasasining tarbiyaviy jarayonining ajralmas qismi sifatida
ifodalaydi va
o‘
quvchilarda kasbiy-axloqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan.
Kasbiy-axloqiy madaniyatni baholash mezonlari biz ajratgan antinarkotik xatti-
harakatlarning kognitiv, kreativ va konativ elementlariga asoslanadi va
o‘
quvchilarning
narkotik masalalarini tushunish, ularni tahlil qilish, o‘zgartirish va preventiv antinarkotik
faoliyatda qo‘llash istagini va ehtiyojini o‘z ichiga oladi.
Mazkur model bo‘yicha kasb
-
hunar ta’limida ijtimoiy
-pedagogik xizmat bilan
birgalikda tashkil etilgan yoshlar jamoat birlashmalarining preventiv antinarkotik
faoliyati
o‘
quvchilarda kasbiy-axloqiy madaniyatni shakllantirish jarayonida yuqori
natijalarga erishishni ta’minlashi mumkinligi haqidagi taxminni sinab ko‘rish lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 12.11.2020 yildagi PQ-4891-
son. Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat
salomatligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida.
2.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 14.08.2018 yildagi PQ-3907-
son. Yoshlarni ma’naviy
-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiy
alash, ularga ta’lim
-
tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora
-tadbirlari
to‘g‘risida.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
38
3.
Антропова Ю.Ю. Проектное управление как инструмент развития системы
социального обслуживания населения в современных условиях // Вестник ЧелГУ.
2009. №11. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/proektnoe
-upravlenie-kak-instrument-
razvitiya-sistemy-sotsialnogo-obsluzhivaniya-naseleniya-v-sovremennyh-usloviyah.
4.
Godel K. What is Cantor Continuum Problem? // American Mathematical
Monthly. 1947. № 54/9. P. 515
-525. Reprinted with English translation in the: Collected
Works. N.Y., 1990. Vol. 2. 3.
5.
Дахин А.Н. Педагогическое моделирование: сущность, эффективность и ...
неопределенность / А.Н. Дахин // Педагогика. –
2003. -
№ 4. –
С. 21
-26.
6.
Maqsudov Xushnur. (2022). Giyohvandlikka qarshi kurashga oid qonunlarning
ijrosi ustidan prokuror nazorati tushunchasi. Obщyestvo
i innovasii. 3. 470-473.
10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp470-473.
7.
Obiagu, AN., & Onele, AV. (2024). "Prevalence and causes of drug abuse among
youth-recipients of school-based drug education programs." Canadian Journal of Family
and Youth, 56-bet.
8.
Spooner, C. (1999). "Causes and correlates of adolescent drug abuse." Drug and
Alcohol Review, 45-bet.
9.
Tulu, SK., & Keskis, W. (2015). "Assessment of causes, prevalence and
consequences of alcohol and drug abuse among Mekelle University students." American
Journal of Applied Psychology, 49-bet.
10.
Xayitmatov, Zoxidjon. (2023). Markaziy Osiyo mintaqasida giyohvandlikning
salbiy oqibatlaridan yoshlarni saqlash muammolari. Obщyestvo i innovasii. 4. 360
-364.
10.47689/2181-1415-vol4-iss5/S-pp360-364.
11.
Van Zyl, AE. (2013). "Drug use amongst South African youths: Reasons and
solutions." Mediterranean Journal of Social Sciences, 35-bet.
