Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Ensuring quality in vocational education is the foundation
for preparing skilled personnel for the labor market
Nodir ERGASHEV
1
Institute of Development of Professional Education
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2025
Received in revised form
15 January 2025
Accepted 25 February 2025
Available online
25 March 2025
Ensuring quality in vocational education is crucial for
graduates to acquire knowledge, skills, and qualifications that
meet labor market demands. An effective quality control system
serves to enhance the reliability, relevance, and efficiency of
vocational education programs. This process encompasses
standardized curricula, qualified educators, industry partnerships,
and robust assessment mechanisms. Key components include
accreditation,
competency-based
education,
continuous
assessment, and alignment with national and international quality
standards. Quality assurance in the vocational education system
plays a vital role in boosting graduates' competitiveness in the
labor market, promoting lifelong learning, and supporting
sustainable economic development.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
vocational education,
ensuring education quality,
vocational education
providers,
monitoring,
curricula,
labor market,
industrial partnerships.
Kasbiy ta’limda sifatni ta’minlash mehnat bozori uchun
malakali kadrlar tayyorlashning asosi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
kasbiy ta’lim,
ta’lim sifatini ta’minlash,
kasbiy ta’lim provayderlari,
monitoring,
o‘quv dasturlar,
mehnat bozori,
sanoat hamkorligi.
Kasbiy ta’limda sifatni ta’minlash bitiruvchilarning mehnat
bozori talablariga mos bilim, ko‘nikma va malakaga ega
bo‘lishlarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Samarali sifat
nazorati tizimi kasbiy ta’lim dasturlarining ishonchliligi,
dolzarbligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu
jarayon standartlashtirilgan o‘quv dasturlari, malakali
pedagoglar, sanoat bilan hamkorlik va ishonchli baholash
mexanizmlarini o‘z ichiga oladi. Asosiy tarkibiy qismlar qatoriga
akkreditatsiya, kompetensiyaga aso
slangan ta’lim, doimiy
baholash va milliy hamda xalqaro sifat standartlariga
1
Independent Researcher, Institute of Development of Professional Education. E-mail: ergashev_nodir@mail.ru
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
20
moslashish kiradi. Kasbiy ta’lim tizimida sifatni ta’minlash
bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini
oshirish, uzluksiz ta’limni rag‘batlantirish va barqaror iqti
sodiy
rivojlanishni qo‘llab
-
quvvatlashda muhim o‘rin tutadi.
Обеспечение качества в профессиональном образовании
–
основа подготовки квалифицированных кадров для
рынка труда
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
профессиональное
образование,
обеспечение качества
образования,
провайдеры
профессионального
образования,
мониторинг,
учебные программы,
рынок труда,
сотрудничество с
промышленностью.
Обеспечение качества в профессиональном образовании
играет важную роль в гарантии того, что выпускники
обладают знаниями, навыками и компетенциями,
соответствующими
требованиям
рынка
труда.
Эффективная система контроля качества способствует
надежности, актуальности и эффективности программ
профессионального образования. Этот процесс включает
стандартизированные
учебные
программы,
квалифицированных преподавателей, сотрудничество с
промышленностью и надежные механизмы оценки.
Ключевыми составляющими являются аккредитация,
компетентностно
-
ориентированное обучение, постоянная
оценка и соответствие национальным и международным
стандартам качества. Обеспечение качества в системе
профессионального образования играет важную роль в
повышении конкурентоспособности выпускников на
рынке труда, стимулировании непрерывного обучения и
поддержке устойчивого экономического развития.
KIRISH
Mamlakatimizda so‘ng yillarda olib borilayotgan jadal islohotlar davrida yoshlarni
kasb-hunarli qilish, mehnat bozori uchun ish beruvchilar talablariga mos kadrlarni
tayyorlash diqqat
markazida turibdi. Ushbu jarayonlarda kasbiy ta’lim ishchi kuchini
shakllantirishning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, shaxslarni mehnat bozori va iqtisodiy
rivojlanish uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar va malaka bilan ta’minlaydi. Jadal
texnologik taraqq
iyot va mehnat bozori talablarining o‘zgarishi sharoitida kasbiy ta’lim
tizimining sifatini ta’minlash raqobatbardosh va malakali ishchi kuchini tayyorlash uchun
muhim ahamiyat kasb etadi. Kasbiy ta’limda sifatni ta’minlash tizimli yondashuvni talab
qilib,
u standartlashtirilgan o‘quv dasturlari, o‘qituvchilarning malakasi, akkreditatsiya,
sanoat bilan hamkorlik va doimiy monitoring hamda baholashni o‘z ichiga oladi.
Shu bilan birga, kasbiy ta’lim tizimi bir qator muammolarga duch kelmoqda,
jumladan eskirga
n o‘quv dasturlari, yetarli o‘qitishi infratuzilmasining yo‘qligi, sanoat
bilan hamkorlikning cheklanganligi va baholash hamda sertifikatlash jarayonlaridagi
nomutanosibliklar. Bu muammolar kasbiy ta’lim dasturlarining samaradorligini
pasaytiradi va bitiru
vchilarning mehnat bozorida talabgir bo‘lishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Shuning uchun, kasbiy ta’lim tizimining dolzarbligi, ishonchliligi va
samaradorligini ta’minlash uchun mustahkam sifat nazorati mexanizmlari zarur.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
21
Ushbu maqolada kasbiy ta’lim tizimida sifatni ta’minlashning ahamiyati, uning
asosiy tarkibiy qismlari, mavjud muammolari va rivojlantirish strategiyalari hamda
xorijiy davlatlarda kasbiy ta’limda sifatni ta’minlash tajribalari tahlil qilinadi. Sifatni
ta’minlash mexanizmlarini kuchaytirish orqali kasbiy ta’lim tizimi malaka
yetishmovchiligini kamaytirish, uzluksiz ta’limni rag‘batlantirish va barqaror iqtisodiy
rivojlanishni qo‘llab
-
quvvatlashda muhim o‘rin tutadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Tadqiqot mavzusiga doir bir qator olimlar t
omonidan o‘rganishlar olib borilgan
bo‘lib, U.
Begimkulov, O. Musurmonova, R. Axliddinov, M. Maxmudov, L. Golish,
B. Qayumov, Sh. Sharofaddinov hamda xorijliklar N. Gorshunova, O. Gazman,
S. Burdinskaya, S. Trapitsion, J. Vafudu, Y. Kamin, M. Nikolovska, Z. Raicevik, S. Feyerick
va A.
Oviedo kabi olim va tadqiqotchilar o‘zlarining ilmiy izlanishlarida asosan uzuksiz
ta’limda sifatni ta’minlashdagi muammolar, yechimlar va tavsiyalar berishgan.
Kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitishga oid ta’lim sifatini ta’minlash
ga doir mavzularda
izlanishlar olib borgan S. Burdinskaya, S. Trapitsion, J. Vafudu, Y. Kamin, M. Nikolovska,
Z. Raicevik, S. Feyerick va A.
Oviedolar o‘zlarining ilmiy izlanishlarida kasbiy ta’limda
sifatni ta’minlash tamoyillari, indikatorlari va samaral
i mexanizmlari borasida bir qator
tavsiyalar berishgan [2, 3, 4, 5].
Professor, p.f.d. S.
Trapitsin ta’lim jarayonida sifatni boshqarishning bir qator
tamoyillariga to‘xtalar ekan, unda tizimlilik, yaxlitlik, yagonalik, iyerarxiklik, uzluksizlik,
dinamiklik, ijtimoiy shartlanish, istiqbollilik, boshqaruvning ilgarilab boruvchi xususiyati,
texnologiklik, o‘zgaruvchalik, boshqaruvning moslashuvchanligi, samaradorlik va
natijadorlik kabi tamoyillar orqali sifati ta’minlash takliflarini ko‘rsatib o‘tgan [4].
Yevropa Ta’lim Fondining kasbiy ta’lim siyosati va tizimlari bo‘yicha mutaxassisi
M.
Nikolovskaning Janubiy Sharqiy Yevropa va Turkiya mintaqasida kasbiy ta’lim
tizimlarida sifatni ta’minlash bo‘yicha olib borgan tahlillarida kasbiy ta’lim sifatini va
uning ahamiyatliligini oshirish uchun manfaatdor tomonlarning doimiy ishtirokini
ta’minlash juda muhimligi va barcha darajalarda sifat kafolatini mustahkamlash
strategiyaning asosiy maqsadi bo‘lishi kerakligi hamda milliy va davlat darajasida mas’ul
organlar sifatni oshirish uchun aniq maqsadlar belgilashi va ushbu maqsadlarga erishish
uchun aniq mexanizmlar yaratishi zarurligi ta’kidlab o‘tilgan [3].
Aksariyat olimlarning ta’kidlashicha, ko‘pchilik davlatlar kasbiy ta’limda sifatni
ta’minlash va rivojlantirish
bo‘yicha o‘z yondashuvlarini yaratish yoki qayta ko‘rib
chiqishda Deming siklidan, ya’ni “rejalashtirish–
bajarish
–
tekshirish
–harakat qilish”
model sifatida foydalanishadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur tadqiqot ishida mamlakatimiz hamda xorijiy rivojlangan davlatlar
olimlarining kasbiy ta’limda sifatni ta’minlash orqali mehnat bozorida malakali kadrlarini
tayyorlash bo‘yicha ilmiy
-tadqiqot ishlari, olimlarning qarashlari va fikr-mulohazalari
hamda tadqiqot mavzusiga doir xorijiy davlatlardagi tajribalari tahlil etilgan.
Shuningdek, mamlakatimizdagi kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida ta’lim sifatini
ta’minlashga oid so‘rovnoma o‘tkazilishi orqali ta’lim sifatini ta’minlashning joriy holat
o‘rganilgan.
Maqolada empirik, tasviriy statistika, qiyosiy va dinamik tahlil tadqiqot usullaridan
foydalanilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
22
Xorijiyda kasbiy ta’limda sifatni ta’minlashdagi yondashuvlari
Yevropa darajasida kasbiy ta’limda sifatni ta’minlash masalasi dastlab 2000–
2010-
yillarga mo‘ljallangan Lissabon strategiyasida belgilangan, kasbiy ta’limning
maqsadlari esa Kopengagen deklaratsiyasida shakllantirilgan. Shundan buyon, Yevropa
miqyosida sifatni nazorat qilish vositalari va usullarini ishlab chiqish bo‘yicha keng
ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan. Bu ishlar natijasida 2009
-yilda Yevropa Parlamenti va
Kengashining tavsiyasi asosida Yevropa kasbiy ta’lim sifatini ta’minlash tizimi (EQAVET)
tashkil etilgan [7].
Shuningdek, 2009-
yildan boshlab, Yevropa kasbiy ta’lim sifatiga doir
ma’lumotnomasi (EQARF) kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiya q
ilishda sifatni
ta’minlashda tizimli yondashuv yoki metodologiya sifatida tavsiya etilmoqda. EQARF
-dan
asosiy foydalanuvchilar milliy va mintaqaviy hokimiyat organlari, shuningdek, kasbiy
ta’lim sifati uchun mas’ul davlat va xususiy tashkilotlardir.
1-
rasm. EQAVETning ta’lim sifatni ta’minlash sikli.
Bu metodologiya Deming sikli bo‘yicha sifatni ta’minlashning to‘rt bosqichiga
(rejalashtirish, amalga oshirish, baholash, tahlil qilish), shuningdek kasbiy ta’lim tizimi va
kasbiy ta’lim xizmatlarini ko‘
rsatuvchi provayderlar uchun sifatni baholash va
hujjatlashtirish uchun bir qator ko‘rsatkichlarga asoslangan edi.
Kasbiy ta’lim sifatini ta’minlashning EQAVET modeli yangi boshqaruv modeli
asosida sifatni oshirishning yuqori darajasiga olib chiqish uchun xizmat qilib, barcha
darajalarda
–
kasbiy ta’lim tizimi, kasbiy ta’lim provayderlari va malaka berish
jarayonlarida
–
sifatni doimiy takomillashtirish,
kasbiy ta’lim shaffofligi va imidjini
oshirishga
zarurligini ta’kidlaydi [9].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
23
Yevropa Ittifoqi davlatlari va boshqa bir qator davlatlar EQAVET asosida
o‘zlarining milliy kasbiy ta’lim tizimlarida sifatni ta’minlash indikatorlari, ko‘rsatmalari,
tavsiyalari, yondashuvlari va strategiyalarini ishlab chiqishdi.
Xorijiy davlatlar tajribalarini tahlil qilarkanm
iz, kasbiy ta’limda zamonaviy sifatni
ta’minlash yondashuvlari xalqaro va milliy standartlarga, xususan, EQAVET tizimiga
muvofiq asosiy elementlari quyidagilardan iboratliligini ko‘rishimiz mumkin:
Kompetentlikka yo‘naltirilgan ta’lim
–
amaliy ko‘nikmalarn
i rivojlantirish va
real ish sharoitiga moslashishni ta’minlash;
Sifatni monitoring qilish va baholash
–
ma’lumotlarni to‘plash, natijalarni tahlil
qilish va o‘quv dasturlarini yaxshilashga qaratilgan choralarni joriy etish;
Akkreditatsiya va sertifikatlash
–
o‘quv dasturlarining belgilangan talablarga
mosligini tasdiqlash va ta’lim sifati kafolatini berish;
Sanoat bilan hamkorlik
–
amaliy ta’limni kuchaytirish va bitiruvchilarning ish
bilan ta’minlanish imkoniyatlarini oshirish.
Bundan tashqari, aksariyat
davlatlarda kasbiy ta’limda sifatni ta’minlashda
ko‘pchilik davlatlarda kuzatiladigan quyidagi umumiy muammolarni keltirishimiz
mumkin bo‘ladi:
Eskirgan o‘quv dasturlari
–
ular dinamik rivojlanayotgan zamonaviy mehnat
bozori talablariga mos kelmasligi;
Moliyalashtirish yetishmovchiligi
–
bu yangi texnologiyalar va o‘qitish usullarini
joriy etish imkoniyatlarini cheklashi;
Sanoat bilan zaif aloqalar
–
bu esa nazariy tayyorgarlik va ish beruvchilarning
amaliyotdagi ehtiyojlari o‘rtasidagi tafovutga olib keli
shi.
Tahlil va natijalar muhokamasi
So‘ngi yillarda rivojlangan davlatlarda demografik o‘zgarishlar natijasida
iqtisodiyot tarmoqlaridagi sanoat korxonalari va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida
malakali o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan ehtiyojlar ortib bormoqda. Global darajada
doimiy va vaq
tincha ishga yollash bo‘yicha yetakchi bo‘lgan ManpowerGroup
agentligining yozishicha dunyoning yetakchi kompaniyalarida mehnat resurslarining
yetishmasligi o‘rtacha
75 foizini
tashkil etayotgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2015
-yilga
(38%) nisbattan ikki baravarga oshgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
24
Global darajada mehnat resurslarining taqchilligining yuqori ko‘rsatkichlari asosan
rivojlangan davlatlar: Yaponiya (85 %), Germaniya (82 %), Angliya (80 %) va Fransiya
(80 %) kabi davlatlarga to‘g‘ri kelmoqda.
Mehnat
resurslarining taqchilligi sohalar kesimida qaraydigan bo‘lsak sog‘likni
saqlash va inson salomatligi hamda xizmatlar sohalaridagi ehtiyoj ortib borayotganini
ko‘rishimiz mumkin.
Mehnat resurslari taqchilligi ortib borayotgan sohalar
Shuningdek, Yevropa mehnat idorasining 2024-
yildagi Yevropa Ittifoqiga a’zo
davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomasi (EURopean Employment Services)
natijalariga ko‘ra
payvandlash, santexnika
ishlari, yuk mashinalari haydovchilari,
tibbiyot amaliyotchilari, avtotransport mexanikasi, metallga ishlov berish, qurilish
va elektr ishlari
bo‘yicha malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqoriligini ko‘rsatgan [8].
Ushbu ehtiyojlarni qondirish va iqtisodiyotni rivojlanishidan to‘xtab qolishini
oldini olish maqsadida ushbu davlatlar xorijdan, ayniqsa Markaziy Osiyo davlatlaridan
malakali kadrlarni jalb qilish jarayoni jadallashmoqda.
Global darajada iqtisodiyot rivojlanishida malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning
ortishi natijasida respublikamizdagi kasbiy ta’lim tashkilotlarining o
ldida nafaqat ichki
mehnat bozori, balki tashqi mehnat bozoriga ham o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash
vazifasi turishi bilan bir qatorda, ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish orqali
sifatli ta’limni yo‘lga qo‘yishda ta’lim tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro raqobatda
muvozanatni saqlash ham turibdi.
Respublikasizda kasbiy ta’limda kadrlar tayyorlashni rivojlantirish bo‘yicha olib
borilayotgan islohotlar negizida ham asosan ta’lim sifatini ta’minlash, ta’lim tashkilotlari
mustaqilligini oshirish va mehnat bozorida raqobatbardosh mehnat resurslarini
shakllantirishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024
-yilning 16-oktabrida qabul qilingan
“Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro
ta’lim
dasturlarini joriy qilish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–
158-son Farmonining qabul
qilinishi natijasida yangi tashkil qilingan texnikumlarning imkoniyatlarini kengaydi [1].
77%
76%
76%
76%
76%
73%
72%
71%
Tibbiyot/inson salomatligi
Х
izmatlar
Axborot texnologiyalari
Transport/logistika
Sanoat va ishlab chiqarish
Aloqa xizmatlari
Moliya/ko'chmas mulk
Energetika va kommunal xizmatlar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
25
Ushbu maqolaning yozish jarayonida olib borilgan tadqiqot davomida yangi tashkil
qilingan texnikumlar o‘rtasida kasbiy ta’limda sifatni ta’minlash oid ixtiyoriy so‘rovnoma
o‘tkazildi.
So‘rovnomada turli hududlardan ishtirok etgan
40 ta
texnikumlarning
barchasi
(100 %) kasbiy ta’lim tizimida sifatni ta’minlashning ahamiyati juda
muhimligini
ta’kidlagan bo‘lsada, lekin ularda
42 foizi
sifatni ta’minlash jarayonlari milliy
standartlarga mos kelmasligini ma’lum qildi.
Ta’lim tashkilotida sifat kafolatini saqlashda eng asosiy qiyinchilik so‘ralganda
ishtirokchilarning
55,6 foizi
resurslar (moliyaviy, xodimlar, texnologiyalar)
yetishmasligini va
44,4 foizi
sanoatning ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda yetarli
darajada ishtirok etmasligini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, “Sizning fikringizcha, muassasangizning sifatni ta’minlash tizim
i
kelajakdagi sanoat talablarini qondirishga qanchalik tayyor?
–
degan savolga
ishtirokchilardan quyidagi javoblar olindi:
Natijalarda ko‘rinib turibdiki, ishtirokchilarning
61,1 foizi
o‘zlarining ta’lim
tashkilotlarida
ta’lim sifatini ta’minlash tizimi istiqboldagi sanoat o‘zgarishlarga
tayyor emasligini
bildirmoqda.
Kasbiy ta’limda sifatni ta’minlashda ish beruvchilarni ishtiroki juda muhim
hisoblanadi. Lekin so‘rovnoma ishtirokchilarning
83,3 foizi
“amaliyot jarayonlarini
tashkil qilish” ish beruvchilarning kasbiy ta’limda sifatni ta’minlash jarayonida asosiy
vazifasi deb ko‘rsatgan.
Vaholanki, kasbiy ta’limda sifatni ta’minlashda ish beruvchilarning ishtiroki
quyidagi jabhalarda muhim o‘rin egallaydi:
➢
o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda
qatnashib, ularni bozor talablariga
moslashtiradi;
➢
amaliyot, stajirovka va dual ta’lim orqali o‘quvchilarni haqiqiy ish muhiti bilan
tanishtiradi;
➢
malakalarni baholash va malaka sertifikatlarini tan olish jarayonlarida;
➢
ta’lim tashkilotlariga zamonaviy usk
unalar, texnologiyalar va moliyaviy
resurslarda yordam k
o‘rsat
ishda;
➢
davlat
va ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda ta’lim standartlarini belgilash
da;
➢
kasbiy ta’lim tashkilotlarini bitirgan mutaxassislarning ish samaradorligi haqida
fikr-
mulohazalar berib, o‘quv dasturlarini takomillashtirishga takliflar ber
ishda;
➢
xodimlar uchun doimiy malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini qo‘llab
-
quvvatlashda.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
26
Olib borilgan tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, kasbiy ta’limda ta’lim sifati
ni
ta’minlash borasida quyidagi ishlarni amalga oshirish taklif etiladi:
Birinchidan,
kasbiy ta’limda sifatni ta’minlashning normativ
-huquqiy bazasini
shakllantirish orqali EQAVET, GEMSET va boshqa xalqaro standartlar asosida sifatni
ta’minlash siyosatini belgilash, sifatni ta’minlash indikatorlarini joriy qilish hamda sifatni
tashqi baholashda mustaqil davlat organini belgilash;
Ikkinchidan,
sanoat talablariga mos natijaga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini
ishlab chiqish va kasbiy ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish;
Uchinchidan,
kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbar va o‘qituvchilarining ta’lim sifatini
ta’minlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun malaka oshirish va
sertifikatlash tizimini joriy etish qilish;
To‘rti
nchidan,
kasbiy ta’lim jarayonlarini zamonaviylashtirish va raqamlashtirish
orqali O‘qitish jarayonini kuzatish uchun elektron ta’lim platformalarini (LMS) joriy etish,
monitoring, baholash jarayonlarini hamda o‘qituvchilar va o‘quvchilarning
samaradorligi
ni baholash tizimini yo‘lga qo‘yish.
Simulyatsiyalar, amaliyot va innovatsion usullar orqali zamonaviy o‘qitish
metodlarini qo‘llash;
Beshinchidan,
o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ish beruvchilar va davlatning o‘zaro
sifatni ta’minlash jarayoniga jalb etish me
xanizmlarini ishlab chiqish hamda sifatni
oshirish uchun barqaror moliyalashtirish modelini yo‘lga qo‘yish.
Bundan tashqari, kasbiy ta’limda sifatni ta’minlash borasida ta’lim tashkilotlarida
sifat boshqaruvini tizimli ravishda tashkil etish, kasbiy ta’lim
sifatini oshirish bo‘yicha
targ‘ibot
-
tashviqot ishlarini olib borish, eng yaxshi tajribalarni rag‘batlantirish, audit va
o‘z
-
o‘zini baholash jarayonlarini muntazam o‘tkazish kabi bir qator tizimli ishlarni
amalga oshirish lozim bo‘ladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Kasbiy ta’limda sifatni ta’minlash malakali ishchi kuchini tayyorlashda muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, uning mehnat bozori talablariga javob berishini ta’minlaydi.
Amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari orqali ta’lim sifati bitiruvchilarning bandligin
i
oshirish, iqtisodiy o‘sish va ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ish beruvchilar, ta’lim tashkilotlari va davlat o‘rtasidagi hamkorlik ta’lim standartlarini
ishlab chiqish va yaxshilashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Samarali yo‘lga qo‘yilgan ta’lim sifatini ta’minlash tizimi uzluksiz rivojlanishga
turtki beradi, texnologik o‘zgarishlarga moslashadi va kasbiy ta’limning mehnat bozori
talablariga muvofiqligini ta’minlaydi. Ta’lim sifatini ta’minlashga investitsiya kiritish
nafaqat o
‘quvchilar va ish beruvchilar, balki keng iqtisodiyot uchun ham foyda keltiradi,
malaka bo‘shliqlarini to‘ldirish va uzluksiz ta’limni rivojlantirishga yordam beradi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanib borishi va turli investitsiya loyihalarni
amalga
oshirilishi natijasida vujudga kelayotgan yangi ish o‘rinlari uchun yuqori bilim va
ko‘nikmaga ega o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashga talab oshmoqda.
Shuning uchun, kasbiy ta’limda sifatni ta’minlash tobora muhim ahamiyat kasb
etmoqda, chunki aynan shu mexanizm orqali yaxshi tayyorlangan ishchi kuchini yetkazib
berish ta’minlanadi.
Tadqiqot davomida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma
natijalariga qarasak, aksariyat ta’lim tashkilotlari malakali kadrlar tayyorlashda mablag‘
yetishmasligini asosiy to‘siq sifatida ko‘rsatishgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
27
Biroq, kasbiy ta’limni jozibador, ijtimoiy inklyuziv va raqobatbardosh qilish uchun
faqat moliyaviy investitsiyalarga bog‘lamasdan, kasbiy ta’lim xizmatlarining sifatini
ta’minlashga e’tibor qaratish ham kerak bo‘ladi.
Kasbiy ta’limda sifatni ta’minlash kompleks yondashuvni talab qiladi. Bu o‘quv
dasturlarini standartlashtirish, baholash va monitoring mexanizmlarini rivojlantirish,
shuningdek, sanoat bilan faol hamkorlikni kuchaytirish kabi chora-
tadbirlarni o‘z ichiga
oladi.
Kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish bitiruvchilarning mehnat bozorida
raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi va bu esa, o‘z navbatida, mamlakatning
barqaror iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar
tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish
chora-
tadbirlari to‘g‘risida” 16.10.2024
-yildagi PF
–
158-son Farmoni.
2.
Бордовский Г.А. Управление качеством образовательного процесса: моно
-
графия / Г.А. Бордовский, А.А. Нестеров, С.Ю. Трапицын. –
СПб.: Изд
-
во РГПУ им.
А.И. Герцена, 2001. ISBN 5
-8064-0457-9.
3.
Nikolovska M. The quality approach in vocational education and training in
South Eastern Europe and Turkey: building on the Torino process findings.
4.
ManpowerGroup. 2024 Global Talent Shortage.
5.
Рыжкий П.А. Качество профессионалного образования как объект
кправления. УДК 351.11. ББК 725.
6.
Inaugural Review of Quality Assurance. Mayo, Sligo & Leitrim Education and
Training Board Self Evaluation Report February, 2021.
7.
Recommendation of the European Parliament and of the Council of 18 June 2009
on the establishment of a European Quality Assurance Reference Framework for
Vocational Education and Training. OJ C 155, 8.7.2009, p.
8.
EURopean Employment Services. Labour shortages and surpluses in Europe,
2023.
9.
Education and Culture DG. European Quality Assurance Reference Framework
for Vocational Education and Training (EQARF), 2009.
