Авторы

  • Гулноза Ваисова
    Начальник отдела, Отдел координации дошкольного образования, Центр педагогического мастерства Хорезмской области

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp103-106

Ключевые слова:

широкий путь интенсивный путь когнитивный процесс когнитивная способность педагогический феномен двусторонний взаимообусловленный процесс активность активизация

Аннотация

В данной статье освещается необходимость педагогического и психологического решения проблем в изучении понятия когнитивной деятельности, а также путей и методов развития когнитивной деятельности детей дошкольного возраста. Подчеркивается, что когнитивная деятельность является социально значимым качеством личности, и рассматривается важность ее формирования у детей дошкольного возраста в различных видах деятельности.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The concept of "cognitive activity" and its pedagogical-
psychological significance

Gulnoza VAISOVA

1


Khorezm Regional Center of Pedagogical Excellence

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025

Received in revised form

15 January 2025

Accepted 25 February 2025

Available online

25 March 2025

This article examines the concept of cognitive activity and

highlights the importance of addressing pedagogical and

psychological challenges in studying ways and methods to

develop cognitive activity in preschool children. It emphasizes

that cognitive activity is a socially significant quality of an
individual and underscores the importance of its formation in

preschool children through various types of activities.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp

103-106

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

broad approach,

intensive approach,
cognitive process,

cognitive ability,

pedagogical phenomenon,
bilaterally interconnected
process,

activity,

activation.

“Kognitiv faoliyat” tushunchasi, uning pedagogik

-

psixologik ahamiyati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

keng yo‘l,

intensiv yo‘l,

kognitiv jarayon,

kognitiv qobiliyat,

pedagogik hodisa,

ikki tomonlama o‘zaro
bog‘liq jarayon,

faollik,

faollashtirish.

Mazkur maqolada kognitiv faoliyat tushunchasi va

maktabgacha yoshdagi bolalar kognitiv faoliyatini rivojlantirish

yo‘llari va usullarini o‘rganishdagi muammolarni pedagogik va

psixologik jihatdan hal qilish lozimligi va kognitiv faoliyat

shaxsning ijtimoiy ahamiyatli fazilati ekanligi, maktabgacha

yoshdagi bolalarning turli faoliyat turlarida shakllanish

ahamiyati yoritilgan.

1

Head of Department, Preschool Education Coordination Department, Khorezm Regional Center of Pedagogical

Excellence.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

104

Понятие

«когнитивная

деятельность»,

её

педагогическое и психологическое значение

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

широкий путь,
интенсивный путь,
когнитивный процесс,

когнитивная способность,
педагогический феномен,
двусторонний

взаимообусловленный
процесс,

активность,

активизация.

В

данной

статье

освещается

необходимость

педагогического и психологического решения проблем в

изучении понятия когнитивной деятельности, а также
путей и методов развития когнитивной деятельности

детей дошкольного возраста. Подчеркивается, что

когнитивная деятельность является социально значимым

качеством личности, и рассматривается важность ее
формирования у детей дошкольного возраста в различных
видах деятельности.

Maktabgacha ta’lim bosqichi uzluksiz ta’limning eng mas’uliyatli, bola ta’lim va

tarbiya olishi poydevori, asoslari shakllanadigan bosqich hisoblanadi. Maktabgacha

ta’limning

muhim vazifalari sifatida maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish

ehtiyojini, o‘qib

-

o‘rganishga bo‘lgan intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam

ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, ularning tafakkurini, mustaqil fikrlashini, o‘zining

fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirishdan iborat.

Maktabgacha yoshdagi bolalar kognitiv faoliyatini rivojlantirish yo‘llari va

usullarini o‘rganish muammosi pedagogikaning muhim muammolaridan biridir. Atrof

-

olam, dunyoni anglashga q

iziqish, noma’lum narsani bilish istagi –

asosan o‘qitish va

faoliyat samaradorligini belgilaydigan ustuvor xususiyatdir. Kognitiv harakatlarni tashkil
etish bolada allaqachon shakllangan ehtiyojlarga, shu jumladan kattalar bilan muloqot
qilish zarurligiga

asoslangan bo‘lishi kerak (harakatlar, amallar, qarorlar, fikrlarni

tasdiqlash).

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, hozirgi kunda kognitiv (bilish) faoliyatini

rivojlantirish muammosini hal qilishning ikki yo‘li mavjud: keng va intensiv. Ularning

ikkalasi ham bitta yakuniy maqsadga ega: bilimli, axloqli, ijtimoiy faol, qobiliyatli shaxsni

tarbiyalash. Biroq, maqsadga erishishning yondashuvlari turlicha. Keng yo‘l, birinchi

navbatda, bolalarga yetkazilgan bilim hajmini oshirish orqali amalga oshiriladi. Intensiv

yo‘l subyektiv, shaxsiy manfaatdorlik pozitsiyasini shakllantirishga asoslanadi va bu
ta’lim dasturlari tarkibidagi o‘zgarishlarni va o‘qitish uslublarini intensivlashtirishni
(rivojlanish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim) nazarda tutadi.

Kognitiv faoliyatni rivojlantirish muammosining yana bir dolzarbligi shundaki,

insonning tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqasi faqat uning faoliyati va faolligi tufayli amalga
oshadi, bu esa o‘z navbatida mustaqillik va tashabbusni shakllantirishga yordam bera

di.

Kognitiv faoliyat bolaning faolligini, uning bilimga bo‘lgan ishtiyoqini, noma’lumdan
ma’lumni aniqlashga bo‘lgan harakatini ta’minlaydi. Ilmiy adabiyotlarda “bilish faoliyati”

tushunchasi turli talqinlarda ifoda etiladi. Kognitivlik bolaning mustaqil faoliyatga

intilishini anglatadi, ijtimoiy tajribani, insoniyat tomonidan to‘plangan faoliyat usullarini
o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni kognitiv faoliyatini rivojlantirish muammosi

bolalar pedagogikasi, psixologiyasining yildan-yilga ortib borayotgan dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi. Bolalarning atrof-

olam bilan o‘zaro munosabati, muloqoti


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

105

uning faolligi va faoliyati kognitiv jarayonlar orqali amalga oshadi. Kognitiv faoliyat
bolalarning kognitiv qobiliyatlarini, aqliy fazilatlarini, ularning tashabbuskorligi va
individualligining ajralmas qismidir. Kognitiv faoliyatning rivojlantirish mazmunini
aniqlash avvalambor

kognitiv faoliyat”, “

kognitiv jarayon

va

kognitiv qobiliyat

kabi tayanch tushunchalarni tahlil

qilish zaruratini tug‘diradi.

Bu borada quyida batafsil

to‘xtalib o‘tiladi:

Kognitiv faoliyat.

Kognitiv faoliyat shaxsning ijtimoiy ahamiyatli fazilati bo‘lib,

maktabgacha yoshdagi bolalarning turli faoliyat turlarida shakllanadi. Shaxs faoliyat
jarayonida

shakllanadi va rivojlanadi, shaxsning faoliyatga bo‘lgan munosabatiga qarab,

faoliyat turli darajaga, turlicha xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Faoliyat –

bu

shaxsning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, u shaxsning faoliyatga bo‘lgan munosabatida

namoyon bo

‘ladi: tayyorlik holati, mustaqil faoliyatga intilish, uni amalga oshirish sifati,

maqsadga erishishning maqbul usullarini tanlash. Kognitiv faoliyat katta maktabgacha

yoshdagi bolalarning yangi bilim, ko‘nikma, ichki qat’iyat va ma’lum bilimlarni to‘plash

,

kengaytirish uchun turli xil harakat usullaridan foydalanish zaruriyatiga bo‘lgan

qiziqishini aks ettiradi.

Kognitiv faoliyatni rivojlantirish muammosi o‘qituvchilar va psixologlarning turli

xil asarlarida ko‘rib chiqilgan. Ya.A.

Komеnskiy, K.D.

Ushinskiy, D. Lok, Jan-Jak Russo

kognitiv faoliyatni maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘rganishga bo‘lgan tabiiy istagi

sifatida belgilagan. M.A. Xolodnaya, T.M. Golovastikova, S.M. Vishnyakova, G.I. Sukina va
boshqalar kognitiv faoliyatning xususiyatlarini va uni maktabgacha yoshdagi bolalarda
qanday faollashtirishni tadqiq etganlar.

“Kognitiv faoliyat”ga doir tadqiqotlarda uning “pedagogik hodisa” yoki “ikki

tomonlama o‘zaro bog‘liq jarayon” kabi tavsiflari mavjud. “Kognitiv faoliyat”ni subyektiv

va obyektiv jiha

tdan ko‘rib chiqish mumkin. Subyektiv jihatdan qaraganda, tarbiyachi

-

pedagog bolaning kognitiv faoliyatini tashkil etishdagi alohida pedagogik faoliyatlarning

natijasi sifatida qaraladi. Obyektiv jihatdan qaraganda, bolaning o‘zi tashkil etgan, atrof

-

olamn

i, o‘zini va o‘zgalarni anglash jarayonidir. Ikkala jihat ham tadqiqotimiz maqsadi

nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga, bir-

birini to‘ldiruvchi, qo‘llab

-quvvatlovchi

xususiyatga ega. Didaktik materiallar ishlab chiqishda ham mazkur jihatni hisobga olish
katta ahamiyatga ega.

Bizningcha, tarbiyachining faoliyati (subyektiv) bolaning mustaqil kognitiv

faoliyatdan (obyektiv) o‘z

-

o‘zini shakllantirish, ma’lum tamoyillarga ustuvorlik berishlik

jarayoniga o‘tkazishga qaratilishi lozim. Bu esa didaktik

materiallar ishlab chiqishda

bolalarni nafaqat mashg‘ulotda biror bir kognitiv faoliyatga yo‘naltirish, balki
mashg‘ulotlardan tashqarida ham izlanuvchanligi, qiziquvchanligi, ijodkorligini
faollashtirishni hisobga olishni taqozo etadi. Ko‘plab pedagogik

-psixologik tadqiqotlarda

kognitiv faoliyatni birinchi jihatiga e’tibor qaratilgan. O‘tgan asrning 50–

70 yillardagi

psixologik-

pedagogik tadqiqotlarda “kognitiv faoliyat” bolaning pozitsiyasi sifatida

tavsiflanadi.

Е.V.

Korotaеva va A.N.

Nеfеdovalar o‘z izlanishlarida “kognitiv” tushunchasi boshqa

tushunchalar bilan mazmunan bir xil ma’noda ishlatilishiga e’tibor qaratib, bu
tushunchaning “faollik”, “faollashtirish”, “o‘rganish jarayoniga munosabat” kabi
tavsiflanayotganiga e’tibor qaratadi. Pedagogik nuqtai nazardan olib qaraganda, ta’lim

-

tarbiya jarayonida ta’lim oluvchining kognitiv faoliyatini qanday faollashtirish va

rivojlantirish tushuniladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

106

G.I.

Shukina kognitiv faoliyatni ta’lim oluvchining “o‘ziga xos holatini va uning

faoliyatga bo‘lgan munosabatini” ifodalashini ta’kidlab, “doimiy ravishda o‘quv
jarayonlarida shakllanib boruvchi shaxsiy ta’lim” ekanligiga urg‘u beradi. Kognitiv

faoliyatning manbai kognitiv qiziqish hisoblanadi. Qiziqish

shaxsning biror bir narsaga

faol hissiy-kognitiv munosabati

bo‘lib, u shaxsning barcha psixik jarayonlarini

faollashtiradi va doimiy izlanishga chorlaydi. Kognitiv faoliyatning o‘ziga xos jihatlari
quyidagilar: faoliyatga o‘z

-

o‘zidan qo‘shilish, izlanish xarakteriga egaligi, faoliyat

mazmuni va usullarini tashabbuskorlik orqali tanlash, faollikni keltirib chiqaruvchi

sharoitlarni erkin tanlash, kognitiv faoliyatga tayyorlik ko‘rish. Bular bolalarning atrof

-

muhit va dunyoni bilish, tadqiq qilishga bo‘lgan faolligini belgilab beruvchi kognitiv

qiziqishga asoslanadi.

F.I.

Xarlamov esa o‘z kitobida kognitiv faoliyatga ta’rif ber turib, ta’lim oluvchining

“atrof olamni intensiv ravishda tahlil qilish va sintez qilish faoliyati va ilmiy bilim
tizimlarini egallab borish”i ekanligiga urg‘u beradi. Bu xususidagi fikrlarini da

vom ettirib,

ta’lim oluvchining “bilim olishga intilishi uning aqliy mehnati hisoblanib, bu bilimlarni
o‘zlashtirish jarayonida ixtiyoriy amalga oshiriladigan faol harakat” deb izohlagan.
Tarbiyachi mashg‘ulot mazmunini yetkazishda bolalarni mantiqiy va iz

chillikni

tushunishga yo‘naltirishi, ularni faollashtirishi, asosiy va muhim tushunchalarni ajratish
va ularni alohida ta’kidlashi katta rol o‘ynaydi. Bolalarda mashg‘ulot mavzusiga doir
savollarni shakllantirishga undash ulardagi bilimlarning “mavjud holati”ni aniqlashga
hamda qiziqish sohalarini belgilab olishga yordam beradi. Tarbiyachining mashg‘ulot

mazmunini professional ravishda taqdim qila olishi, bolalarni qiziqtira olishi katta rol

o‘ynasa, o‘quv materiallari, topshiriqlar va o‘yinlar bolalarni ko

gnitiv faolligini oshiruvchi

ko‘plab turtki beruvchi jihatlarni o‘zida aks ettirishi lozim bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Asqarova D.Q Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi. –

T.: Navro‘z

nashriyoti, 2020.

139 b.

2.

Когнитивная психология в контексте проблем современного

образования

.

Коллективная монография. Под редакцией А.А.Вербицкого,

Е.Б.Пучковой

.

Москва,

МГПУ,

2017.

330

с.

;

3.

Лифинцева Н.И. К.Д.Ушинский о формах взаимного соотнесения и

гармонии веры и научного знания в образовании // Вестник ПСТГУ. Серия 4:
Педагогика. Психология. 2008.

4.

Холодная

М.А. Психология интеллекта: парадоксы исследования.

Санкт

-

Петербург: Питер, 2002.

С. 264

.;

5.

Головастикова Т.М. Как сделать учение увлекательным? // Начальная

школа. –

2006,

№2

.

С. 30

-34.;

6.

Вишнякова С.М. Профессиональное образование: Словарь. Ключевые

понятия, термины, актуальная лексика

.

Москва

,

НМЦ СПО, 1999. –

538 с.

Библиографические ссылки

Asqarova D.Q Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi. – T.: Navro‘z nashriyoti, 2020. – 139 b.

Когнитивная психология в контексте проблем современного образования. Коллективная монография. Под редакцией А.А.Вербицкого, Е.Б.Пучковой. – Москва, МГПУ, 2017. – 330 с.;

Лифинцева Н.И. К.Д.Ушинский о формах взаимного соотнесения и гармонии веры и научного знания в образовании // Вестник ПСТГУ. Серия 4: Педагогика. Психология. 2008.

Холодная М.А. Психология интеллекта: парадоксы исследования. – Санкт-Петербург: Питер, 2002. – С. 264.;

Головастикова Т.М. Как сделать учение увлекательным? // Начальная школа. – 2006, №2. – С. 30-34.;

Вишнякова С.М. Профессиональное образование: Словарь. Ключевые понятия, термины, актуальная лексика. – Москва, НМЦ СПО, 1999. – 538 с.;