Авторы

  • Санжарбек Абдурахманов
    Докторант, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp168-173

Ключевые слова:

махалля сходы граждан местные органы исполнительной власти отчеты хокима отчеты начальников территориальных подразделений МВД Республики Узбекистан созыв сходов граждан

Аннотация

В статье рассматривается значение взаимоотношений местных советов и институтов гражданского общества в Республике Узбекистан, а также поселков, сел и аулов, являющихся органами самоуправления граждан, а также кварталов в городах, поселках, селах и аулах, дается подробный анализ политико-правовых аспектов этих взаимоотношений, выдвигаются обоснованные предложения и рекомендации.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Political and legal aspects of the relationships between
local councils and citizen self-governance bodies

Sanjarbek ABDURAKHMANOV

1


National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025

Received in revised form

15 January 2025

Accepted 25 February 2025

Available online

25 March 2025

This article discusses the importance of the relationship

between local councils and civil society institutions in the

Republic of Uzbekistan, as well as between towns, villages and

auls, which are considered to be bodies of self-government of

citizens, as well as neighborhoods in cities, towns, villages and
auls, and provides a detailed analysis of the political and legal

aspects of these relationships, and puts forward substantiated

proposals and recommendations.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp

168-173

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

makhalla,

citizens’ meetings,

local executive authorities,
reports of the governor,

reports of the heads of
territorial divisions of the
Ministry of Internal Affairs
of the Republic of

Uzbekistan,

convening of citizens’

meetings.

Mahalliy kengashlar hamda fuqarolar o‘zini o‘zi
boshqarish organlari o‘rtasidagi munosabatlarning

siyosiy-huquqiy jihatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

mahalla,

fuqarolar yig

inlari,

mahalliy ijroiya hokimiyati,
hokim hisoboti,

O‘zbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi hududiy

bo‘linmalari rahbarlarining

hisoboti,

fuqarolar yig’ini chaqirilishi.

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida mahalliy

kengashlar va fuqarolik jamiyati instituti hisoblanadigan fuqarolar

o‘zini o‘zi boshqarish organlari hisoblanadigan shaharchalar,

qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi,

qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar o‘rtasidagi

munosabatlar aham

iyati to‘g‘risida muhokama yuritilib, ushbu

munosabatlarning siyosiy-huquqiy jihatlari atroflicha tahlil qilinib,

asoslantirilgan taklif hamda tavsiyalar ilgari surildi.

1

PhD Student, National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

169

Политико

-

правовые

аспекты

взаимоотношений

местных советов с органами самоуправления граждан

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

махалля,

сходы граждан,

местные органы

исполнительной власти,
отчеты хокима,

отчеты начальников

территориальных
подразделений МВД
Республики Узбекистан,
созыв сходов граждан.

В статье рассматривается значение взаимоотношений

местных советов и институтов гражданского общества в

Республике Узбекистан, а также поселков, сел и аулов,
являющихся органами самоуправления граждан, а также

кварталов в городах, поселках, селах и аулах, дается

подробный анализ политико

-

правовых аспектов этих

взаимоотношений,

выдвигаются

обоснованные

предложения и рекомендации.


KIRISH

Hozirgi kunda O‘zbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini

shakllantirishda mahalliy kengashlar hamda fuqarolar

o‘zini o‘zi boshqarish organlari

o‘rtasidagi

munosabatlarning

tashkiliy

asoslarini

takomillashtirish

hamda

mustahkamlash

muhimdir.

Xususan,

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Sh.M. Mirziyoyev 2023-yil 11-avgustda Buxoro viloyat xalq deputatlari kengashida

bo‘lib

o‘tgan yig‘ilishida o‘zining haqli e’tirozlarini bildirib o‘tdi: “Agar xulosa qilmasanglar,
buni zamon ko‘tarmaydi. Faqat va faqat kengash, kengash, kengash. Qonunlar nuqtai
nazaridan, talab nuqtai nazaridan, “Yangi O‘zbekiston” shiori nuqtai nazar

idan joylarda

kim ishlamayotgan bo‘lsa, ketishi kerak, menga taklif beringlar.

Kengash ovozi baralla

xalq ovozi bo‘lishi kerak, xalqning dardi bilan yashashi kerak. Kengash qaror qildimi,
qonun bo‘lishi kerak. Nimaga desangiz, jamiyatimizda sifat nuqtai na

zaridan odamlarning

talabi o‘sib bormoqda”. [1]

Bundan tashqari,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 28-yanvardagi

“2022–

2026-

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi

to‘g‘risida”gi PF–

60-son Farmonida 2-maqsad sifatida xalq deputatlari Kengashlarini

hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish uchun xalq

deputatlari kengashlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini
shakllantirish va ularning vakolatlarini kengaytirish orqali hududiy ijro organlari
faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish, xalq deputatlari kengashlarining mahallalardagi
muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish,
aholining turmush darajasini oshirish, mahalliy budjetni shakllantirish va nazorat qilish

bo‘yicha ularning mas’uliyatini kuchaytirish, mahallalarning joylardagi vakillik organlari

bilan, xalq deputatlari Kengashlarining Oliy Majlis Senati bilan, hokimliklarning

vazirliklar va ularning hududiy bo‘linm

alari bilan aloqalarini mustahkamlash, mahalliy

kengashlarning kotibiyatlari faoliyatini yanada kuchaytirish choralarini ko‘rish kabi

vazifalarni amalga oshirish belgilangan. [2]

Bu esa o‘z

-

o‘zidan O‘zbekistonda

mahalliy kengashlar

hamda fuqarolar o‘zini o‘zi

boshqarish organlari o‘rtasidagi munosabatlarning siyosiy

-huquqiy tahlilini amalga

oshirish

dolzarb masala ekanligini ko‘rsatib beradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

170

MATERIAL VA TADQIQOT USULLARI

O‘zbekistonda

mahalliy kengashlar

hamda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari

o‘rtasidagi munosabatlarning siyosiy

-huquqiy tahlili

ga bog‘liq masalalar Z.

Isroilova,

S. Adilxodjayeva, Sh. Asadov, D. Bekchanov, A. Dadasheva, Sh. Jalilov, G. Ismailova,

A.

Yo‘ldoshev, G.

Malikova, A. Mahmudov, S. Muratayev, X. Odilqoriyev, M. Radjabova,

X. Ruzmetov, I. Sobirov, A.

To‘laganov, I.

Xamedov, O. Xusanov, A. Babadjanovlar

tomonidan, MDH davlatlari miqyosida V. Avseenko, A. Akmalova, G. Atamanchuk,

M. Baglay, V. Baranchikov, G. Barabashev, N. Bandar, V. Bocharov, T. Byalkina,

O. Kishakovskaya, R. Muxayev, M. Yegorovalar tomonidan, xorijiy mamlakatlarda esa

A. Gerbert, M. Jefferi, A. Tompson, U. Donald, V. Smitburg, Jesse Ribbot, Keys Miller Allin

Lokner (AQSH), A. Chandler, J. Kingdom, Stiv Parkinson, Rod Latham, Rojer Kemp (Buyuk

Britaniya), Karlos Silva Jan Buchek (Shveytsariya), Maleka Banu, Siddik Kamal

(Bangladesh), Orapin Sopchokchai (Tailand) tomonidan yetarlicha hamda atroflicha

o‘rganilgan. Shuningdek, ushbu maqolada hujjatlar tahlili, holat o‘rganish (case

-study),

teoretik va nazariy tahlil, komparativ (solishtirma) tahlil, interdisiplinar yondashuv kabi

siyosatshunoslik va huquqshunoslik fani metodlaridan foydalanildi.

NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI

Avvalo, shuni ta’kidlab o‘tish

lozimki, O‘zbekiston Respublikasining yangi

tahrirdagi 2013-yil 22-

apreldagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

to‘g’risida”gi O‘RQ

-350-son Qonun 3-

moddasiga ko‘ra,

fuqarolar shaharchalarda,

qishloqlarda, ovullarda, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va

ovullardagi mahallalarda o‘zini o‘zi boshqarishga doir o‘z konstitutsiyaviy huquqini

fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yig‘inlari (fuqarolar

vakillarining yig‘ilishlari) orqali amalga oshirad

i. [3]

Shuningdek, yuqoridagi Qonun 8-moddasi birinchi qismiga binoan, shaharchalar,

qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda

ovullardagi mahallalar fuqarolar yig‘inlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish or

ganlaridir. [3]

Demak, mahalliy kengashlar

hamda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari

o‘rtasidagi munosabatlar deyilganda, mahalliy kengashlar hamda shaharchalar,

qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda

ovullardagi mahallalar fuqarolar yig‘inlari o‘rtasidagi munosabatlar tushuniladi.

Huquqshunos olim A.

Maxmudovning fikriga ko‘ra, mahalliy kengashlar

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini nazorat qilmaydi, aksincha

ular

bilan ijtimoiy sheriklik tamoyili asosida faoliyat olib boradi. [4]. Ya’ni, yuqoridagi

huquqshunos olimning fikrini qo‘llab

-quvvatlagan holda mahalliy kengashlar hamda

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi munosabatlarda bo‘ysunish e

mas,

balki ijtimoiy sheriklik tamoyilini qaror topishi muhimdir. Shu bilan birgalikda, professor

S.M.

Adilxo‘jayevanning fikriga ko‘ra, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari

tegishli tuman va shahar kengashlari sessiyalarida qatnashib, o‘z ra

hbarligidagi hudud

ahvoli haqida kengash deputatlariga xabar bilan murojaat qilishi maqsadga muvofiqdir.

[5] Ushbu fikrni qo‘llab

-

quvvatlagan holda, shuni ta’kidlash lozimki, mahalliy kengashlar

asosiy faoliyat me’zoni o‘z hududida joylashgan fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari

faoliyatiga ko‘maklashishda namoyon bo‘lishi lozim.

Shu bilan birga, mahalliy kengashlar

hamda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish

organlari o‘rtasidagi munosabatlarni ham shartli ravishda ikki xil munosabatlarga, ya’ni,

mahalli

y kengashlarning fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatidagi ishtiroki

hamda o‘z navbatida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mahalliy kengashlar

faoliyatidagi ishtirokiga oid munosabatlarga ajratishimiz mumkin.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

171

Bizning fikrimizcha

, O‘zbekistonda mahalliy

mahalliy kengashlar hamda fuqarolar

o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi munosabatlarning siyosiy

-huquqiy jihatlari

quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

Birinchidan, mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati O‘zbekiston Respublikas

i davlat

hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlashi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 1993

-yil

2-

sentabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g’risida”gi 913

-XII-son Qonun 1-modda

uchinchi qismida xalq deputatlari Kengashi va hokim O‘zbekiston Respublikasi davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlashi belgilab qo‘yilgan. [6] Bizning fikrimizc

ha, ushbu

huquqiy normadagi hokimning O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni
ta’minlash vakolatini chiqarib tashlash lozim. Chunki, birinchidan, O‘zbeki

ston

Respublikasining 2023-yil 8-

avgustdagi “Normativ

-huquqiy hujjatlarning va ular

loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–

860-son Qonun

13-moddasiga binoan, davlat organlarining bir-birini takrorlovchi vakolatlari va
vazifala

ri mavjudligi vakolatlar, huquq va majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan

korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar jumlasiga kiradi. [7] Ikkinchidan, mahalliy

kengashlar xalq tomonidan to‘g’ridan to‘g’ri saylanganligi uchun tayinlanadigan
organlardan ko‘ra saylanadigan organ vazifa hamda vakolatlari ko‘proq bo‘lishi
demokratik tamoyillarga to‘g’ri keladi.

Ikkinchidan,

fuqarolar yig’ini kengashi mahalliy kengash deputatlariga o‘z

faoliyatini amalga oshirishda ko‘maklashishi belgilanganligi. Xususan, O‘zbekisto

n

Respublikasining yangi tahrirdagi 2013-yil 22-

apreldagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi

boshqarish organlari to‘g’risida”gi O‘RQ–

350-son Qonun 13-moddasiga binoan, fuqarolar

yig‘inining kengashi fuqarolar yig‘inining qarorlarini bajarish va fuqarolar yig‘inla

ri

oralig‘idagi davrda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining joriy faoliyatini amalga

oshirish uchun shakllantiriladigan organdir. Shuningdek, yuqoridagi modda uchinchi

qismi beshinchi xatboshisiga asosan, fuqarolar yig‘inining kengashi xalq deput

atlari

viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga ularning saylovchilar bilan

uchrashuvlarini uyushtirishda, fuqarolarni qabul qilishda, ular o‘z saylov okruglarida
boshqa vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashadi. [3]

Uchinchidan, fuqarolar yi

g’ini chaqirilishida mahalliy kengashlar tashabbusi

majburiylik xususiyatiga egaligi. Xususan,

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi

2013-yil 22-

apreldagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g’risida”gi

O‘RQ–

350-son Qonun 21-modda b

irinchi qismiga asosan, fuqarolar yig’ini xalq

deputatlari tuman, shahar Kengashining tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin. [3]

To‘rtinchidan, xalq deputatlari Kengashi tomonidan hokim va O‘zbekiston

Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari

rahbarlarining hisobotlarini

eshitishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari taklif etilishi mumkinligi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 1993

-yil 2-

sentabrdagi “Mahalliy davlat

hokimiyati to‘g’risida”gi 913–

XII-son Qonun 25

1

-moddaning beshinchi qismiga asosan,

viloyat, tuman, shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli hududda joylashgan

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari taklif etilishi mumkin. Shuningdek,

yuqoridagi Qonun 25

2

-moddaning uchinchi qi

smiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitishga tegishli

hududda joylashgan fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari taklif etilishi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

172

mumkin. [6] Bizning fikrimizcha, yuqoridagi siyosiy-

huquqiy normada fuqarolar o‘zini

o‘zi boshqarish organlari vakillarining taklif etilgan holatda ishtirok etishi emas, balki

ularning o‘zlari ham xohish bildirganda ishtirok etishini ta’minlab beradigan siyosiy

-

huquqiy mexanizmni mustahk

amlab qo‘yish lozim.

Beshinchidan, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini

tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va

o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashi

vakolat doirasiga kirishi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2014-yil 4-martdagi 48-

son qarori bilan tasdiqlangan “Shaharlar, sha

harchalar,

qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish,

shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va

ularning nomini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom 7, 21, 36

-bandlariga asosan,

shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish,

bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga

nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tegishli fuqarolar yig’ining

iltimoslariga

asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va

Toshkent shahar Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. [8]

XULOSALAR

Bizning fikrimizcha, mahalliy kengashlar

hamda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish

organ

lari o‘rtasidagi munosabatlar deyilganda, mahalliy kengashlar hamda shaharchalar,

qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda

ovullardagi mahallalar fuqarolar yig‘inlari o‘rtasidagi munosabatlar tushuniladi.

Shu bilan birga, mahalliy kengashlar

hamda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish

organlari o‘rtasidagi munosabatlarni ham shartli ravishda ikki xil munosabatlarga, ya’ni,

mahalliy kengashlarning fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatidagi ishtiroki

ham

da o‘z navbatida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mahalliy kengashlar

faoliyatidagi ishtirokiga oid munosabatlarga ajratishimiz mumkin.

O‘zbekistonda mahalliy

mahalliy kengashlar

hamda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish

organlari o‘rtasidagi mu

nosabatlarning siyosiy-huquqiy jihatlari quyidagilarda namoyon

bo‘ladi:

mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati

va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi

aloqalarni t

a’minlashi;

fuqarolar yig’ini kengashi mahalliy kengash deputatlariga o‘z faoliyatini amalga

oshirishda ko‘maklashishi;

fuqarolar yig’ini chaqirilishida mahalliy kengashlar tashabbusi majburiylik

xususiyatiga egaligi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish o

rganlari xalq deputatlari Kengashi

tomonidan hokim va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari

rahbarlarining hisobotlarini eshitishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari

taklif etilishi tavsiyaviy ekanligi;

shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish,

birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va

o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashi

vakolat doirasiga kirishi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

173

Shuningdek,

quyidagilarni

nazarda

tutadigan

takliflar

O‘zbekiston

Respublikasining 1993-yil 2-

sentabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g’risida”gi

913

XII-son Qonun tegishli moddalariga kiritilishi maqsadga muvofiq:

hokimning O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari

bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlash

vakolatini chiqarib tashlash hamda ushbu vakolatni faqatgina mahalliy kengashlarda
qoldirish;

xalq deputatlari Kengashi tomonidan hokim va O‘zbekiston Respublikasi Ichki

ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitishda fuqarolar
o‘zini o‘zi boshqarish or

ganlari vakillarining taklif etilgan holatda ishtirok etishi emas,

balki ularning o‘zlari ham xohish bildirganda ishtirok etishini ta’minlab beradigan

siyosiy-huquqiy mexanizmni mustahkamlash.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

O‘zbekiston Respublikasi P

rezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2023-yil 11-avgustda

Buxoro viloyat xalq deputatlari kengashida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishidagi nutqi,

https://www.gazeta.uz/oz/2023/08/14/kengash/.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–

2026-

yillarga mo‘ljallangan

Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–

60-son Farmoni, 2022-yil

28-yanvar, https://lex.uz/docs/-5841063.

3.

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi

boshqarish organlari to‘g’risida”gi O‘RQ

-350-son Qonun, 2013-yil 22-aprel,

https://lex.uz/docs/-2156899.

4.

Maxmudov A. O‘zbekiston Respublikasida mahalliy vakillik organlarining

nazorat faoliyatini takomillashtirish. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy

darajasini olish uchun dissertatsiya.

T..: 2019.

B.92.

5.

Адилходжаева. С.М. Работа с регионами –

в приоритети функции Сената. –

Т.: 2007. –

C.80.

6.

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi

913-XII-son Qonun, 1993-yil 2-sentabr, https://lex.uz/ru/docs/-112170.

7.

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ

-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga

qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘RQ

-860-son Qonuni, 2023-yil 8-avgust,

https://lex.uz/docs/-6561894.

8.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 48-son qarori bilan

tasdiqlangan “Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish,
birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va
o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom,

2014-yil 4-mart, https://lex.uz/docs/-2349371

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2023-yil 11-avgustda Buxoro viloyat xalq deputatlari kengashida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishidagi nutqi, https://www.gazeta.uz/oz/2023/08/14/kengash/.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmoni, 2022-yil 28-yanvar, https://lex.uz/docs/-5841063.

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g’risida”gi O‘RQ-350-son Qonun, 2013-yil 22-aprel, https://lex.uz/docs/-2156899.

Maxmudov A. O‘zbekiston Respublikasida mahalliy vakillik organlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya. –T..: 2019.– B.92.

Адилходжаева. С.М. Работа с регионами – в приоритети функции Сената. – Т.: 2007. –C.80.

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g’risida”gi 913-XII-son Qonun, 1993-yil 2-sentabr, https://lex.uz/ru/docs/-112170.

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-860-son Qonuni, 2023-yil 8-avgust, https://lex.uz/docs/-6561894.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 48-son qarori bilan tasdiqlangan “Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, 2014-yil 4-mart, https://lex.uz/docs/-2349371.