Авторы

  • Арслон Мансуров
    Капитан, эксперт, Экспертно-криминалистический центр Главного управления внутренних дел г. Ташкента

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp250-255

Ключевые слова:

социальное государство социальные права социальные реформы Конституция общественный интерес сокращение бедности достойные условия жизни стратегия «УЗБЕКИСТАН – 2030» Национальное агентство социальной защиты

Аннотация

В данной статье приводятся определения понятия «социальное государство», введённого в новую редакцию Конституции Республики Узбекистан как новый принцип. Анализируются социальные и политические реформы, направленные на построение социального государства, а также вопросы развития народа, совершенствования здорового образа жизни и аспекты его развития, рассмотренные с научной и практической точек зрения.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Social State: Strong Social and Political Reforms

Arslon MANSUROV

1

Expert-Forensic Center of the Main Department of Internal Affairs of Tashkent City

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025
Received in revised form

15 January 2025

Accepted 25 February 2025

Available online

25 March 2025

This article provides definitions of the concept of "social

state", which has been introduced as a new principle in the

revised Constitution of the Republic of Uzbekistan. It analyzes

social and political reforms aimed at building a social state, as
well as issues related to the development of the people,

improvement of healthy lifestyles, and aspects of their

development, examined from both scientific and practical

perspectives.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp

250-255

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

social state,

social rights,

social reforms,

constitution,

people's interests,

poverty reduction,

decent living conditions,
"UZBEKISTAN

2030"

strategy,

National Agency for Social
Protection.

Ijtimoiy davlat

kuchli ijtimoiy siyosiy islohotlar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

ijtimoiy davlat,

ijtimoiy huquqlar,

ijtimoiy islohotlar,

konstitutsiya,

xalq manfaati,

kambag‘allikni qisqartirish,

munosib turmush sharoiti,

“O‘ZBEKISTON –

2030”

strategiyasi,

Ijtimoiy himoya milliy
agentligi.

Ushbu maqolada rivojlanib borayotgan mamlakatimizda

yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga

yan

gi tamoyil bo‘lib kirib kelgan “ijtimoiy davlat” tushunchaga

beriladigan ta’riflar, uni amalga oshirish, ya’ni yurtimizda

ijtimoiy davlat qurish uchun amalga oshirilayotgan ijtimoiy-

siyosiy islohotlar hamda uning xalqimiz ravnaqi, sog‘lom

turmush tarzini y

axshilashdagi o‘rni va ularni rivojlantirish

jihatlari ilmiy-amaliy nuqtai nazardan tahlil qilingan.

1

Captain, Expert, Expert-Forensic Center of the Main Department of Internal Affairs of Tashkent City.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

251

Государство благосостояния –

сильные социально

-

политические реформы

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

социальное государство,

социальные права,

социальные реформы,

Конституция,

общественный интерес,

сокращение бедности,

достойные условия жизни,

стратегия «УЗБЕКИСТАН –

2030»,

Национальное агентство

социальной защиты.

В данной статье приводятся определения

понятия

«социальное государство», введённого в новую редакцию

Конституции Республики Узбекистан как новый принцип.

Анализируются социальные и политические реформы,

направленные на построение социального государства, а

также вопросы развития народа, совершенствования

здорового образа жизни и аспекты его развития,

рассмотренные с научной и практической точек зрения.

Ijtimoiy davlat konsepsiyasi zamonaviy huquqiy va siyosiy fanlarda keng tadqiq

qilinayotgan dolzarb masalalardan biridir. Ijtimoiy davlat fuqarolarga ijtimoiy himoya

kafolatlari, iqtisodiy barqarorlik va teng imkoniyatlar yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib

qo‘ygan davlat shaklidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining yangi taraqqiyot yo‘lida

ijtimoiy davlat tamoyillarini amalga oshirish

ga alohida e’tibor qaratmoqda.

Ijtimoiy davlat

qat’iy bozor iqtisodiyoti, turli pandemiya va epidemiyalar

sharoitida o‘z fuqarolariga muayyan minimal farovonlikni kafolatlaydigan davlat

[1].

Ijtimoiy davlatning maqsadi muhtojlarga uy-joy, yashash uchun z

arur bo‘lgan iste’mol

tovarlarining eng kam miqdori belgilab qo‘yilishi kerakligi, ijtimoiy davlat shaxs va uning

oilasi munosib hayot kechirishi uchun yetadigan ish haqi, bandlikni ta’minlash, xavfsiz

mehnat sharoitini yaratish, kambag‘allikni qisqartiris

hni talab qilishi, ishsizlikdan

himoyalanish, kafolatlangan sifatli ta’lim, malakali tibbiy yordam, barcha uchun teng

imkoniyatlar, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama

qo‘llab

-

quvvatlash bo‘ladi. Eng muhimi, ijtimoiy davlatda hech kim e’tibordan chetda

qolmaydi, o‘z muammolari bilan yolg‘iz tashlab qo‘yilmaydi.

Bilamizki, ijtimoiy davlat deganda, ijtimoiy sohaga yuqori darajada e’tibor

qaratadigan, fuqarolarning tengligi, ularning turli tabaqalarga ajralishiga yo‘l

qo‘yilmasligi, har bir fuqaroning munosib turmush sifati va darajasiga erishishi, ijtimoiy

tafovutlarni yumshatish va muhtojlarga yordam berish uchun ijtimoiy adolat

tamoyillariga muvofiq moddiy boyliklarni adolatli taqsimlashga qaratilgan va

umumfarovonl

ik ta’minlangan jamiyat tushuniladi. Hozirgi kunda rivojlangan

Yevropaning Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Daniya, Finlyandiya, Germaniya

kabi mamlakatlari ijtimoiy davlat qurishda boshqa davlatlar uchun namunali model

sifatida namoyon bo‘lmoq

da.

Xususan, Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy davlat tamoyillarini ro‘yobga chiqarish

yo‘lida bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda, insonlarning ijtimoiy huquqlarini

ta’minlash, ular uchun yaxshi turmush sharoitlarini yaratish bilan bir qatorda boshq

a

rivojlangan davlatlarning ushbu sohada amalga oshirgan ustuvor ishlari, xato va

kamchiliklarini anglagan holda hayotga to‘g‘ri tatbiq etish choralari ko‘rilmoqda. Quyida

shularni ko‘rib, ijtimoiy davlat tushunchasi, uning huquqiy asoslari hamda O‘zbekist

on

Respublikasi misolida ijtimoiy siyosiy islohotlarning ahamiyati tahlil qilinadi.

Shuningdek, maqolada xalqaro tajriba va milliy huquqiy me’yorlar asosida tahliliy xulosa

beriladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

252

Birinchidan,

ijtimoiy davlat tushunchasi ilk bor nemis huquqshunosi L. fon Shtayn

tomonidan shakllantirilgan bo‘lib, u davlat fuqarolarining ijtimoiy farovonligini
ta’minlash uchun javobgar ekanligini ta’kidlagan

[2]. Bugungi kunda BMT va Yevropa

Ittifoqi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda ham ijtimoiy davlat tamoyillari keng
qamrab olingan [3].

Ijtimoiy davlat tamoyillari huquqiy jihatdan turli xalqaro va milliy huquqiy

hujjatlarda mustahkamlangan. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ijtimoiy himoya va iqtisodiy tenglik tamoyillari
ilgari surilgan [

4]. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi Ijtimoiy huquqlar ustaviga ko‘ra,

davlat fuqarolarning bandligi, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida ularning

manfaatlarini himoya qilishi lozim [5].

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiy

asining 1-moddasiga muvofiq, mamlakat

ijtimoiy davlat ekanligi mustahkamlangan. Shu bilan birga, 39-moddada davlatning
ijtimoiy himoya tizimini yaratish va fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini

ta’minlash majburiyati belgilangan

[6]. 2023-yilgi konstitutsiyaviy islohotlar doirasida

ushbu tamoyillar yanada mustahkamlanib, davlat tomonidan aholining ijtimoiy farovonligi

va teng imkoniyatlarini ta’minlash mas’uliyati huquqiy jihatdan aniqlashtirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavka

t Mirziyoyevning

2022-yilgi Murojaatnomasida ijtimoiy davlat tamoyillarini mustahkamlash asosiy

yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi

[

7] O‘zbekistonning “Ijtimoiy himoya to‘g‘risida”gi

qonuni ijtimoiy davlat tamoyillarining huquqiy asosini belgilaydi.

Ushbu qonunga ko‘ra,

davlat fuqarolarni ishsizlik, nogironlik va boshqa ijtimoiy xavflardan himoya qilish

bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi

[8]. Ijtimoiy davlat tamoyillari xalqaro

me’yorlarga mos ravishda huquqiy asosga ega bo‘lib, u jamiyatni

ng ijtimoiy-iqtisodiy

taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Ikkinchidan, mehnat bozorini rivojlantirish maqsadida “Bandlik to‘g‘risida”gi

qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan fuqarolarning mehnat huquqlari yanada

mustahkamlandi [9]. Xususan, ayollar va yoshlar bandligini oshirish uchun
2022

2026-

yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston” strategiyasi doirasida yangi ish

o‘rinlari yaratish belgilangan

[10].

O‘zbekistonda ijtimoiy davlat konsepsiyasini ro‘yobga chiqarishning asosiy

yo‘nalishlaridan biri ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishdir. 2022

-yilda

Oliy ta’lim va ilm

-

fan sohasida qabul qilingan qarorlar natijasida davlat oliy ta’lim

muassasalarida ta’lim olish imkoniyatlari kengaytirildi.

Uchinchidan, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 2023-

yildagi ma’ruzasida bu

borada inklyuziv va ko‘p tomonlama yondashuvni kuchaytirish, qaytadan global
birdamlikka erishish, mamlakatlar hukumatlari va xalqlari o‘rtasidagi ijtimoiy

shartnomani, shuningdek, har bir jamiyat shartnomasini

inson huquqlarini

ta’minlashga qamrovdor yondashgan holda, tubdan yangilashga hammani chorladi

[11].

Bu bejiz emas, albatta, qaysi davlatda ijtimoiy adolat bo‘lsa, u jamiyatning hayoti
yengillashadi va iqtisodiyotining samaradorligi yuqori bo‘ladi.

Chunki kuchli ijt

imoiy siyosatga ega bo‘lgan ijtimoiy davlat jamiyati a’zolarining

ijtimoiy-

iqtisodiy muammolarining yechimi osonlik bilan hal bo‘ladi. Ya’ni, uy

-joyidan

muammosi bo‘lmaga, o‘z mehnati uchun adolatli mehnat sharoiti va ish haqqiga ega,
o‘zining huquq va erk

inliklaridan emin-erkin foydalana oladigan insonlar qatlamimda

albatta baxtlilik darajasi yuqori bo‘ladi va bu bilan o‘z fuqarolarining farovon hayot


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

253

kechirishi ta’minlanadi. Mamlakatimizda ham ushbu yo‘nalishda ko‘plab salmoqli ishlar

boshlab yuborilganli

gi ham bizning barpo etayotgan Yangi O‘zbekiston –

har bir fuqarosi

uchun g‘amxo‘rlik qiladigan ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat bo‘lishining tasdig‘idir.

To‘rtinchidan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2022

-yil 20-iyun kunida

konstitutsiyaviy komissiya

a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Konstitutsiyamizda

“O‘zbekiston –

ijtimoiy davlat” degan tamoyilni mustahkamlash g‘oyasini ilgari surdi.

Shuningdek, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ham ushbu g‘oyaga alohida
e’tibor qaratilgan

[12]. Hamda 2022-

yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida: “Biz Yangi
O‘zbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurishni maqsad qilyapmiz. Buni

Konstitutsiyada mustahkamlashimiz kerak. Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson

salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot
kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, demakdir”, dedilar va
bu bilan “ijtimoiy davlat” g‘oyasini yanada

mustahkamlab, uni barpo etishning ustuvor

yo‘nalishlari belgilab berdilar

[13].

Albatta, barcha ijobiy tashkiliy islohotlar ijtimoiy davlat tamoyilini

takomillashtirish, hamda uning aholining ijtimoiy huquqlarini yanada mustahkamlash va
ularning

ijtimoiy muammolari davlat nazoratida ekanligini huquqiy jihatdan ta’minlash

doirasida qilinayotgan chora-

tadbirlar ekanligini alohida ta’kidlash joizdir.

Beshinchidan, 2023-yil 30-

aprel kunida o‘tkazilgan referendumda ishtirok etgan

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining to‘qson foizdan ko‘proq qismi inson qadri madh
etilgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini tasdiqlash uchun ovoz
berdi. Yurtboshimiz aytganidek, “inson qadri –

mamlakatning har bir fuqarosi uchun

tinch va xavfsiz hayotni, fundamental huquq va erkinliklar, malakali tibbiy xizmat, sifatli

ta’lim, kuchli va manzilli ijtimoiy himoya hamda sog‘lom ekologik muhit ta’minlanishini,

munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilmaning bosqichma-bosqich
yaratilishini anglat

adi”

[14].

Yangi Konstitutsiyamizda davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlariga taalluqli

normalar 3 barobar ortdi. Va, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning birinchi moddasiga

“O‘zbekiston –

boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokra

tik,

huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat”

[15], degan norma kiritildi.

Bu bilan, Yangi O‘zbekistonda davlat qurilishining yangicha,ya’ni, ijtimoiy davlat

qurish, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etilgan holda birdamlik, adolatli
ijtimoiy siyosat, inson kapitalini rivojlantirish tamoyillari ustuvorligiga tayanilib, har bir

fuqaroga g‘amxo‘rlik qilish, inklyuziv rivojlanish, aholining barcha qatlamlari uchun teng
huquq va imkoniyatlarni ta’minlash ekanini anglab, O‘zbekistonning millati, tili v

a

dinidan qat’i nazar, har bir fuqarosining hamisha davlat va jamiyatning e’tibori va
g‘amxo‘rligida ekanligi qat’iy belgilandi. Mazkur ustuvor prinsip ijtimoiy davlatning asl

mohiyati hisoblanadi.

Oltinchidan, yana bir muhim ijtimoiy himoya masalasiga alo

hida e’tibor qaratilgan

dasturilamal hujjat bo‘lgan “O‘ZBEKISTON –

2030” strategiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 11.09.2023-yildagi PF

158-son Farmoni ham tahsinga

sazovordir. Ushbu hujjatda aholi talablariga va xalqaro standartlar

ga to‘liq javob

beradigan ijtimoiy himoya tizimini tashkil etish asosiy g‘oyalardan biri etib belgilangan
hamda uning 100 ta ustuvor maqsadi Barqaror rivojlanish bo‘yicha O‘zbekiston milliy
maqsad va vazifalarining barchasini to‘liq qamrab olgan

[16].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

254

Bu,

professional ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish

orqali ijtimoiy himoya qilish tizimi bilan muhtojlarning barchasi to‘liq qamrab olinishini,
buning uchun ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish

maq

sadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi yaratildi.

Shuningdek, nuroniylarni har tomonlama qo‘llab

-quvvatlash borasida har yili bir

milliondan ortiq nuroniy uchun tarixiy shaharlar, qadimiy obidalar, ziyoratgohlar va

yurtimizning so‘lim go‘

shalariga sayohatlar tashkil etilishi, mehnatga layoqatli aholini,

shu jumladan, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning barqaror va samarali
bandligini ta’minlash orqali ishsizlik darajasini 7 foizgacha tushirilishi, ayollar uchun
homiladorlik va tug‘

ish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, ish beruvchi yuridik shaxs

tugatilganda va tugatilayotgan korxonaning to‘lovlar uchun mablag‘lari mavjud
bo‘lmagan hollarda ishdan bo‘shatish nafaqalari, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar
oqibatidagi sug‘urta to‘lovlarini kafolatlangan ijtimoiy sug‘urta tizimi orqali amalga
oshirish tashkil etilishi ko‘zlangan maqsadlar doirasidandir.

“O‘zbekiston

2030” strategiyasida 2026

-

yilga qadar kambag‘allikni 2022

-yilga

nisbatan ikki barobar, 2030-yilga qadar esa keskin qisqartirish belgilangan.

Kambag‘allikka tushish xavfi mavjud bo‘lgan 4,5 million aholi daromadini oshirish,

ijtimoiy sheriklik asosida 500 ming malakali mutaxassis tayyorlash maqsad qilingan.

Bugungi kunda O‘zbekiston ijtimoiy davlat va odil fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lida
ildam odimlamoqda. Shu dolzarb omilni hisobga olgan holda, “Yangi O‘zbekiston –

ijtimoiy davlat” tamoyili hayotimizning barcha sohalarida o‘z aksini topishiga alohida
e’tibor qaratilmoqda deyishimiz mumkin.

Xulosa qilib aytganda, O

‘zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lida ijtimoiy

davlat tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha qator islohotlarni amalga
oshirmoqda. Konstitutsiyaviy islohotlar, bandlik va mehnat huquqlari, ta’lim hamda
sog‘liqni saqlash sohalarida olib bor

ilayotgan chora-tadbirlar ijtimoiy davlat

konsepsiyasining barqaror rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Yurtimizni ijtimoiy davlat

sifatida o‘zini namoyon qilish juda og‘ir va uzoq yo‘l bo‘lishiga qaramasdan, bu yo‘ldan

shiddat bilan, kuchli ijtimoiy siyosat v

a islohotlarni joriy qilib, fuqarolarga sog‘lom

turmush tarzi, har tomonlama ijtimoiy himoyalangan fuqarolik jamiyatini shakllantirish,

xalq manfaatlari, tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan holda rivojlangan ijtimoiy

davlatlar qatoridan mustah

kam o‘rin egallamoqda. Xalqaro tajribaga tayanib, O‘zbekiston

o‘z ijtimoiy siyosatini yanada takomillashtirish yo‘lida muhim qadamlarni tashlamoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Zamonaviy

konstitusiyaviylik:

milliy

va

xorijiy

tajriba.

Elektron

resurs:https://pravacheloveka.uz/ru/news/sovremennyj-konstitutsionalizm-
natsionalnyj-i-zarubezhnyj-opyt

2.

Stein, L. von. "History of the Social State." Cambridge University Press, 2021.

3.

United Nations Human Development Report, 2022.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. 30.04.2023. Qonunchilik ma’lumotlari

milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. 30.04.2023. Qonunchilik ma’lumotlari

milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. 30.04.2023. Qonunchilik ma’lumotlari

milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

255

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022

-yilgi

Murojaatnomasi

8.

“Ijtimoiy himoya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qo

nuni, 2023.

9.

“Bandlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2022

-yilgi tahrir.

10.

“Yangi O‘zbekiston” strategiyasi, 2022

-2026.

11.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 2023-

yildagi ma’ruzasi.

12.

Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To‘ldi

rilgan ikkinchi

nashri.

–Toshkent: “O‘zbekiston”, 2022. –

111-120-betlar.

13.

Prezident: Betakror yurtimizda barqaror jamiyatni va bardavom taraqqiyotni

ta’minlash –

barchamizning bosh maqsadimizdir. 20.06.2022. Elektron resurs:

https://president.uz/oz/lists/view/5272

14.

A.Saidov. Konstitutsiyaviy islohotlar

saylovchilar xohish-irodasi, zamon

talabi// "Yangi O‘zbekiston" gazetasi, 2022 yil 24 may; Yelektron resurs:

https://parliament.gov.uz.

15.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. 30.04.2023. Qonunchilik ma’lumotlari

milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.

16.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023

-yildagi PF

158-sonli

“O‘ZBEKISTON –

2030” strategiyasi to‘g‘risida farmoni. Elektron resurs:

https://lex.uz/ru/docs/-6600413

Библиографические ссылки

Zamonaviy konstitusiyaviylik: milliy va xorijiy tajriba. Elektron resurs:https://pravacheloveka.uz/ru/news/sovremennyj-konstitutsionalizm-natsionalnyj-i-zarubezhnyj-opyt

Stein, L. von. "History of the Social State." Cambridge University Press, 2021.

United Nations Human Development Report, 2022.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. 30.04.2023. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. 30.04.2023. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. 30.04.2023. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yilgi Murojaatnomasi

“Ijtimoiy himoya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2023.

“Bandlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2022-yilgi tahrir.

“Yangi O‘zbekiston” strategiyasi, 2022-2026.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 2023-yildagi ma’ruzasi.

Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To‘ldirilgan ikkinchi nashri. –Toshkent: “O‘zbekiston”, 2022. – 111-120-betlar.

Prezident: Betakror yurtimizda barqaror jamiyatni va bardavom taraqqiyotni ta’minlash – barchamizning bosh maqsadimizdir. 20.06.2022. Elektron resurs:https://president.uz/oz/lists/view/5272

A.Saidov. Konstitutsiyaviy islohotlar – saylovchilar xohish-irodasi, zamon talabi// "Yangi O‘zbekiston" gazetasi, 2022 yil 24 may; Yelektron resurs: https://parliament.gov.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. 30.04.2023. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF-158-sonli “O‘ZBEKISTON — 2030” strategiyasi to‘g‘risida farmoni. Elektron resurs:https://lex.uz/ru/docs/-6600413