Авторы

  • Фотима Алтинова
    Преподаватель, частная школа “Ibn Sino izdoshlari”
  • Шохрухбек Мирзажонов
    Начальник отдела, Следственный отдел при ГУВД города Андижана

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp228-233

Ключевые слова:

государственный язык правотворчество узбекский язык юридический перевод юридическая терминология

Аннотация

В данной статье исследуются лексико-семантические особенности лексических единиц, используемых в судебно-следственных процессах, а также роль русских и интернациональных моделей в современном переводоведении. Кроме того, представлены научные предложения и рекомендации по терминологии, встречающейся в законах и законодательных актах, лингвистическим проблемам в правотворчестве и судебно-следственной практике, а также способам их устранения. Подчеркивается необходимость сохранения единообразия и стабильности терминов, усиления сотрудничества между юристами и лингвистами в упрощении и совершенствовании текстов законов.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Lexical-semantic characteristics of terminology used in

preliminary investigations and court proceedings

Fotima ALTINOVA

1

, Shokhrukhbek MIRZAJONOV

2

Private school “Ibn Sino izdoshlari”

Andijan City Department of Internal Affairs

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025

Received in revised form

15 January 2025

Accepted 25 February 2025

Available online

25 March 2025

This article examines the lexical-semantic features of

linguistic units used in judicial and investigative proceedings, as

well as the role of Russian and international patterns in

contemporary translation studies. Additionally, it provides

scientific

proposals

and

recommendations

regarding

terminology found in laws and legislative documents, linguistic

challenges in lawmaking and judicial-investigative practice, and

methods to address these issues. The article emphasizes the

importance of maintaining consistency and stability in

terminology, as well as the need to strengthen collaboration

between legal professionals and linguists in simplifying and

improving legal texts.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp

228-233

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

State language,

law-making,

Uzbek language,

legal translation,

legal terminology.

Dastlabki tergov va sud jarayonida foydalaniladigan

atamalarning leksik-semantik xususiyatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

tergov harakati,

surishtiruv,

xolislik,

lingvokriminolingvistika,

sud lingvistikasi,

leksema, qonun

tarjimashunosligi.

Ushbu maqolada sud-tergov jarayonlarida q

o‘

llaniladigan

leksik birliklarning leksik-semantik xususiyatlari hamda ruscha va

baynalmilal qoliplarning bugungi tarjimashunoslikdagi roli tadqiq

qilingan. Shuningdek, qonun va qonunchilik hujjatlarida

uchraydigan atamalar, huquq ijodkorligi hamda sud-tergov

amaliyotidagi lingvistik muammolar va ularni bartaraf etish

y

o‘

llari yuzasidan ilmiy taklif hamda tavsiyalar berilgan.

Atamalarning bir xilligi va barqarorligi saqlanishi, qonun

matnlarini soddalashtirish va takomillashtirishda huquqshunoslar

hamda lingvistlar

o‘

rtasida hamkorlikni kuchaytirish zarurligi

ta’kidlanadi.

1

Teacher, private school “Ibn Sino izdoshlari”. E

-mail: fotimaxolmirzayeva90@gmail.com

2

Head of the Department, Investigative Department under the Andijan City Department of Internal Affairs.

E-mail: mirzajonovshoxruxbek@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

229

Лексико

-

семантические

особенности

терминов,

используемых в ходе предварительного следствия и

судебного процесса

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

государственный язык,

правотворчество,

узбекский язык,

юридический перевод,

юридическая

терминология.

В данной статье исследуются лексико

-

семантические

особенности лексических единиц, используемых в судебно

-

следственных процессах, а также роль русских и

интернациональных

моделей

в

современном

переводоведении. Кроме того, представлены научные

предложения

и

рекомендации

по

терминологии,

встречающейся в законах и законодательных актах,

лингвистическим проблемам в правотворчестве и судебно

-

следственной практике, а также способам их устранения.

Подчеркивается необходимость сохранения единообразия

и стабильности терминов, усиления сотрудничества между

юристами

и

лингвистами

в

упрощении

и

совершенствовании текстов законов.

Ma’lumki, har bir soha o‘

z leksik qatlam va atamalariga ega. Chunki sohadagi

birliklar ma’lum tushunchalarni anglatadi va

funksional uslublarda ish k

o‘

radi. Har

qanday funksional uslub ma’lum bir adabiy til doirasida ish ko‘

radi.Bu funksional

uslublar adabiy til doirasida ish k

o‘

rsa-da, adabiy tilda mavjud b

o‘

lgan barcha til

vositalarini

o‘

zida t

o‘

la aks ettira olmaydi, til vositalarining ayrim tomonlarinigina

o‘

zida

mujassamlashtirishi yoki ayrim tomonlarini umuman ifodalay olmasligi mumkin.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Adolat va qonun ustuvorligi –

xalqchil davlat

qurish, inson qadr-

qimmatini ta’minlashning eng asosi

y va zarur shartidir.

O‘

tgan davrda

O‘

zbekistonda bu borada katta ishlar amalga oshirildi. Ayni vaqtda odil sudlov tizimining

chinakam mustaqilligi va ochiqligini ta’minlash, huquq

-tartibot organlari faoliyatini

takomillashtirish, advokatura institutini kuchaytirish, ushbu sohalar faoliyatini

raqamlashtirish b

o‘

yicha oldimizda k

o‘pgina vazifalar turibdi”.

[1]

Qonun tili ham rasmiy ish uslubining asosi sifatida leksik-

semantik jihatidan o‘ziga

xos xususiyatlarga egadir. Unda qat’iylik, xolislik, rasmiylik, aniqlik va lo‘ndalik, qisqalik

va mantiqiy izchillik, shaxssizlik xususiyatlari uning asosiy belgilari sanaladi.

Qonun va qonunosti hujjatlarida foydalaniladigan atamalar, asosan

o‘z ma’nosida

q

o‘

llaniladi. Dastlab qonun loyihasi

O‘

zbekiston Respublikasi huzuridagi Atamalar

q

o‘

mitasiga, s

o‘

ng

O‘

zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot

institutiga ekspertiza uchun j

o‘

natiladi va bu yerda tilshunoslar tomonidan

muhokamadan

o‘tkaziladi va xulosalar Parlament a’zolariga taqdim etiladi. Prezidentimiz

Sh.M. Mirziyoyev sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish

kafolatlarini yanada kuchaytirish t

o‘g‘

risidagi farmonni imzoladi. [2] Hujjatda, jumladan,

huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan fuqarolarni qiynash, ularga

nisbatan shafqatsiz va kamsituvchi muomalada b

o‘

lish, ushlangan shaxsning huquqlarini

poymol qilishning oldini olishga alohida ur

g‘

u qaratildi.

Qonun matnlarida atamalarni q

o‘

llashga doir eng muhim talablardan yana biri

terminlar birligi, yaxlitligi va barqarorligini saqlash prinsipidir. Prokuratura, Ichki ishlar

organlari va Davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari tomonidan olib boriladigan tergov


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

230

jarayonlarida s

o‘

z tanlash, zarur s

o‘zni boshqa ma’nodagi so‘

zlar qatoridan ajratib olish

muhim ahamiyatga ega. S

o‘

zlarni nutqning turiga, nutqning kimga atalganiga va

maqsadiga k

o‘

ra tanlash lozim: huquqshunos-publitsist nutq uchun siyosiy-falsafiy

ruhdagi

o‘tkir, ta’sirchan so‘

zlar, ilmiy nutq uchun termin xarakteridagi atama s

o‘

zlar,

badiiy nutq uchun esa badiiylik b

o‘

yo

g‘

iga ega b

o‘

lgan, obrazlilikka xizmat qiladigan

s

o‘

zlardan foydalanadi. Rasmiy nutqning turli hujjatlar k

o‘

rinishlaridagi til xususiyatlari

ham bir-biridan birmuncha farq qiladi. [3] Tanlangan s

o‘

z adabiy nutqqa xos, nutq

madaniyati me’yorlari doirasida bo‘

lishi lozim, chunki har qanday nutq

tarbiyalovchi

omil, u eshituvchi va

o‘

quvchilarda t

o‘g‘

ri s

o‘

zlash va t

o‘g‘

ri yozish k

o‘

nikmalarini,

savodxonlikni tarbiyalaydi.

Davlatimizda bugungi kunda islohotlar keng qamrovda olib borilayotgan sharoitda

qonunlar tili va uslubi, huquq terminologiyasi muammolari hamda zamonaviy yuristning
nutq madaniyati masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Har qanday turdagi
islohotlar qonunlarni

o‘

zgartirmasdan amalga oshirilmaydi, bu esa

o‘

z-

o‘

zidan, yangi-

yangi til birliklarining rivoj topishi uchun zamin hozirlaydi.

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 18-

fevralda qabul qilingan “O‘

zbekiston

Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari

himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘

liq

o‘

zgartish va q

o‘

shimchalar kiritish

t

o‘g‘risida”gi Qonunida ko‘plab atamalar ma’no jihatidan istisno holatlari kelib chiqqani

uchun ularning ma’nodoshlariga almashtirilgan.

[4]

Dastlabki tergov va sud jarayonida foydalaniladigan atamalar va ulaning qonunosti

hujjatlarida qanday ma’nolarni anglatishini ko‘rib chiqamiz.

Dastlabki tergov

sudgacha tergov yoʻli bilan dalil toʻplash. Dastlabki tergov

davomida jinoyat va jinoyatchini aniqlash, ishni toʻgʻri hal etish uchun ahamiyatli boʻlgan
hamma holatlar boʻyicha dalillar yigʻiladi va tekshiriladi, muayyan shaxsni jinoyat

ni sodir

qilganlikda ayblov masalasi hal etiladi. Dastlabki tergov

bu jinoyat ishini q

o‘

z

g‘

atish

bosqichidan keyingi jinoiy jarayonning bosqichidir. Dastlabki tergovni Prokuratura, Ichki
ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari olib boradi. Dastlabki tergovni
prokurorlar ham olib borishlari mumkin (

O‘

zbekiston Respublikasining Jinoyat-

protsessual kodeksi

JPK 344-modda) [5]

Dastlabki tergov va sud jarayonida ishlatiladigan atamalar umumiste’moldagi

s

o‘

zlardan

o‘

ziga xos ayrim xususiyatlari bilan farqlanadi. Birinchidan, s

o‘

zlar fan-

texnikaning ma’lum tarmog‘

ida q

o‘llanilib, iste’mol doirasi chegaralansa, terminlarga

aylanadi. Masalan,

retsidivist, guvoh, taftish, surishtiruv, ekspertiza,

kabi

terminlarning leksik-semantik xususiyatlari haqida t

o‘

xtalib

o‘

tamiz.

Retsidivist (lotincha: recidivus

qaytalanuvchi, takrorlanadigan)

ilgari

sudlanib, aynan shunday yoki oʻxshash jinoyat sodir etgan shaxs Retsidivist jamiyat
uchun xavfli boʻlgani sababli birmuncha ogʻir jinoiy javobgarlikka tortiladi. Oʻzbekiston

Respublikasi jinoyat huquqida alohida xavfli retsidivistni javobgarlikka tortishning

maxsus tartiblari nazarda tutilgan. Shaxsni oʻta xavfli retsidivist deb topishga faqat sud

haqlidir

.

Oddiy retsidiv shaxs qasddan sodir etilgan har qanday jinoyati uchun

sudlanganidan s

o‘

ng, u tomonidan qasddan yangi jinoyat sodir etilganda namoyon

b

o‘

ladi. Oddiy retsidiv xavfli va

o‘

ta xavfli retsidivdan farqli

o‘

laroq, Jinoyat kodeksi

maxsus qismi moddalarida kvalifikatsiya belgisi sifatida k

o‘

rsatilmagan va faqat jazoni

o

g‘

irlashtiradigan holat sifatida tan olinadi (JK 56-

moddasi birinchi qismi “n” bandi.)


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

231

Agar jinoyatlar yoki hukmlar majmui b

o‘

yicha tayinlangan ozodlikdan mahrum

qilish tariqasidagi jazo belgilangan jinoyatlardan hech b

o‘

lmaganda biri JK 34-moddasi

uchinchi qismida k

o‘

rsatilgan b

o‘

lib, uni

o‘

tayotgan shaxs yangi sodir etgan jinoyati

uchun besh yildan kam b

o‘

lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi

jazoga sudlansa, bunday shaxs qonunda nazarda tutilgan shartlar mavjud b

o‘

lganda

o‘

ta

xavfli retsidivist deb topilishi mumkin.

“Guvoh”

s

o‘

zi umumxalq tilida biror voqea-hodisa r

o‘

y bergan paytda shaxsan

b

o‘

lgan, uni

o‘

z k

o‘

zi bilan k

o‘rgan kishi ma’nosini anglatsa, yuridik terminlar tizimida

jinoyat ishi b

o‘

yicha aniqlanishi lozim b

o‘

lgan holatlar haqida qonunda belgilangan

tartibda s

o‘roq qilinadigan shaxs ma’nosiga ega atama hisoblanadi. Jinoyat ishi bo‘

yicha

aniqlanishi lozim b

o‘

lgan biror holatni bilishi mumkin b

o‘

lgan har qanday shaxs guvoh

sifatida k

o‘

rsatuv berish uchun chaqirilishi mumkin. (

O‘

zbekiston Respublikasi

JPK VI bob, 65-modda)

Taftish

boʻlib oʻtgan ish, hodisa va boshqa yuzasidan yoki haqiqiy ahvolni aniqlash

maqsadida oʻtkaziladigan tekshiruv;

korxona, kompaniya, tashkilot, muassasalar

moliyaxoʻjalik faoliyatini, mansabdor shaxslarning xizmat faoliyatini, hujjatlar, byudjet

muassasalarida byudjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi; buxgalteriya

yozuvlarining toʻgʻri yuritilishini tekshirish; nazorat qilish usullaridan biri

dir.

O‘

zbekiston Respublikasining Jinoyat-Protsessual Kodeksining 22-bobi 187.2-moddasida

taftishni tayinlash quyidagicha keltirilgan:

Taftish tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor

shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi

bilan tayinlanadi.

Surishtiruv

jinoyat ishlarini tergov qilishning dastlabki davri. Surishtiruv

militsiya, harbiy qismlar, milliy xavfsizlik va davlat bojxona xizmati, chegarani qoʻriqlash

organlari kabilar tomonidan olib boriladi. Ularning protsessual faoliyati ustidan prokuror

nazorati oʻrnatilgan (JPK, 38–

39-

moddalar). Surishtiruv kechiktirib boʻlmaydigan

tergov harakatlari va tezkor qidiruv choralaridan iborat. Surishtiruv jinoyat ishi

qoʻzgʻatilganidan boshlab 10 k

ungacha olib boriladi va ishni tergovchiga yuborish bilan

tugallanadi. Surishtiruvchi ish boʻyicha tergovchining topshiriklarini bajarishi shart

(JPK, 339

343moddalar).

Tergovga qadar tekshiruv

deganda, jinoyat haqidagi ariza, xabar yoki boshqa

ma’lumotni

ro‘yxatga olish hamda jinoyat ishini qo‘zg‘

atish sababi qonuniyligini va

asoslar mavjudligini aniqlash maqsadida ayrim tergov va protsessual harakatlarini

o‘tkazish, olingan yoki aniqlangan ma’lumotlardan kelib chiqib, jinoyat ishi qo‘zg‘

atish

yoki ish qo

‘zg‘

atishni rad etish haqida qaror qabul qilish jarayoni tushuniladi. Tergovga

qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar zimmasiga zarur choralar ko‘rish vazifasi,

shu jumladan jinoyat alomatlarini va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish, ushbu

Kodeksn

ing qoidalariga muvofiq tekshirib chiqilganidan so‘ng jinoyat ishi yuzasidan

dalil tariqasida foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash maqsadida

ilmiy-

texnika vositalaridan foydalangan holda, zarur choralar ko‘rish vazifasi

yuklatiladi

(JPK 39.1-moddasi).

Tergov jarayoni yakunlanganidan so‘ng sud jarayoni boshlanadi.Quyida sud

jarayoniga oid bo‘lgan leksemalar va ularning ma’noviy jihatlari bilan tanishamiz.

Odil sudlov

sudning jinoyat ishini har tomonlama, to‘liq va xolisona ko‘rib

chiqish, jinoyat sodir etgan yoki jinoyat sodir etilishida aybi bo‘lgan shaxsni

javobgarlikka tortish, unga qonuniy, asosli va adolatli jazo tayinlash hamda aybsiz


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

232

shaxsni oqlashga qaratilgan faoliyatidir.

Har bir sohada adolat va qonun ustuvorligini

ta’minlash, inson qadrini yuksaltirish, uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya

qilish, sud tizimida odillik va shaffoflik mezonlarini yanada mustahkamlash

amalga

oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan eng asosiy maqsadlardan sanaladi.

Zero,

davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, “Mustaqil va kuchli sud hokimiyati inson

huquqlari, demokratiya va qonuniylikni qaror toptirishning asosiy shartidir”.

Albatta, har qanday jinoyatga jazo muqarrardir. Ayblanuvchining odil sudlov asosida

to‘g‘ri jazo

olishi muhimdir. Biroq bu masalada sud qaroridan tomonlar norozilik bildirsa,

hukmdan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan , sudlanuvchi esa hukm nusxasini
olgan kundan boshlab o‘n sutka ichida shu sud orqali tuman yoki shahar sudlov hay’atiga

apell

yatsiya tartibida, hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng esa kassatsiya tartibida

shikoyat berishga va protest bildirishga haqlidirlar ( JPK 497.2 va 499-moddalari).

Ushbu moddada

“apellyatsiya”

atamasi (lot. Appellation

murojaat qilish; shikoyat

qilish; norozilik bildirish)

sud hukmi ustidan shikoyat arizasi berishning bir shakli.

Apellyatsiya shikoyati va apellyatsiya protesti

apellyatsiya tartibida ishlarni

yuritishga sabab boʻladigan protsessual hujjatlar. Mazkur protsessual hujjatlar yozma
shaklda tuziladi. Fuqarolik va xoʻjalik ishlari boʻyicha apellyatsiya shikoyati taraflar va
ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar tomonidan, jinoyat ishlari boʻyicha

apellyatsiya shikoyati esa, mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek
jabrlanuvchi uning vakili tomonidan bildirilishi mumkin.

Hukmning fuqaroviy daʼvoga

daxldor qismi ustidan fuqaroviy davogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari shikoyat
berishga haqlidir.

Qonunlarni mukammal yaratilishi uchun huquqshunos va tilshunos olimlar

o‘

rtasida

o‘

zaro hamkorlikni y

o‘

lga q

o‘

yish kerak. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida

qonunlarni yaratish va ularni tahrir etish uchun maxsus komissiya tashkil etiladi. Ushbu
jamoaga Markaziy lingvistik va tarjimashunoslik vakillari, shuningdek, Adliya
vazirligining huquqiy ijodkorlik bosh vakili jalb qilinadi. Bundan tashqari,

O‘

zbekiston

Respublikasining Yuridik Ensiklopediyasi yaratilgan.

Yangi tahrirdagi

O‘

zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida surishtiruv,tergov

va sud jarayonida inson huquqlariga oid kafolatlar borasida ayrim moddalarga

o‘

zgarishlar kiritilgan. Mazkur konstitutsiyaviy kafolatlar sud-tergov jarayonlarida

huquqni muhofaza qiluvchi organlarni noqonuniy harakatlardan tiyib turishga,ular
tomonidan fuqarolarning shaxsiy hayot daxlsizligiga oid huquqlarining

o‘

zboshimchalik

bilan buzilishiga y

o‘

l q

o‘

ymaslik kerakligiga, shaxsning yashash joyiga asossiz kirish, uy-

joy daxlsizligini buzish, fuqarolarni mulkidan asossiz mahrum etilishi holatlarini bartaraf
etishga xizmat qiladi. Eng muhimi, bu Konstitutsiyaviy yangilanishlar orqali tergovga
qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida shaxs huquqlariga oid
tergov xatolariga y

o‘

l q

o‘

yilmasligi hamda fuqarolarimizning sudlarga b

o‘

lgan qat

iy

ishonchini oshirishga erishiladi.

Gumon qilinuvchi,ayblanuvchi,sudlanuvchi va mahkumning huquqiy himoyasini

ta’minlashda aybsizlik prezumpsiyasi muhim ahamiyatga ega. Shu bois

Konstitutsiyasining 28-moddasida gumon qilinuvchi,ayblanuvchi,sudlanuvchi va
mahkumning huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan quyidagi kafolat belgilangan:

“Aybdorlikka oid barcha shubhalar,agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan

b

o‘

lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining,sudlanuvchining yoki mahkumning

foydasiga hal qilinishi kerak.”


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

233

Qonunlarni mukammal yaratilishi uchun huquqshunos va tilshunos olimlar

o‘

rtasida

o‘

zaro hamkorlikni y

o‘

lga q

o‘

yish kerak. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida

qonunlarni yaratish va ularni tahrir etish uchun maxsus komissiya tashkil etiladi.
Ushbu jamoaga Markaziy lingvistik va tarjimashunoslik vakillari, shuningdek, Adliya
vazirligining huquqiy

Bugungi kun tarjimashunosligi masalalari ilmiy-nazariy jihatdan

o‘

rganishga

nihoyatda muhtoj. Mamlakatimizda boshqa sohalarning tarjimashunosligi b

o‘

yicha

ancha-mu

ncha ishlar qilingan. Jumladan, badiiy tarjima san’ati bo‘

yicha bir qancha ilmiy

tadqiqot ishlari hamda risolalar yaratilgan. [6] Bu asarlarda badiiy tarjimaning ilmiy-
nazariy qoidalari, usullari hamda tarjimonning mahorati kabi masalalar har jihatdan
atroflicha tahlil etiladi. [7] Lekin huquqiy-normativ hujjatlar tarjimasi, qonun
tarjimashunosligi masalalari, uning qoida va usullari b

o‘

yicha ilmiy tadqiqot ishlari

deyarli y

o‘

q darajada.

Dastlabki qonun va qonunosti hujjatlari, jumladan,

O‘

zbekiston Respublikasining

Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksi 1994-yil 22-sentyabrda tasdiqlangan
b

o‘

lsa, ushbu kodekslar

O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi

asosida

o‘

zgartirish va q

o‘

shimchalar bilan 1994-yildan buyon deyarli 30 yildan buyon

nashr etilayotgan b

o‘

lsa, ming afsuski, tarjimachilik va s

o‘

z q

o‘llash ma’nosida ko‘

z yumib

b

o‘

lmas darajada kamchiliklarga ega.

Yuridik lu

g‘

atlarni yaratish,

o‘

zbek qonunchilik uslubi yuzasidan ilmiy-tadqiqot

ishlari olib borilishi, huquqning turli sohalariga oid atamalar tartibga solinishi lozim.
Bundan tashqari, Ruscha qolip va atamalardan voz kechish, huquqiy ijodkorlikka keng
y

o‘

l q

o‘

yilishi lozim. Shundagina qonun va qonunosti hujjatlarimiz hamma uchun

tushunarli b

o‘

ladi va

o‘

z navbatida, nazariya va amaliyot birligi yuzaga keladi, huquqiy

demokratik davlat qurish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Sh.M.Mirziyoyev “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” T., 2023.

2.

O‘

zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 10.08.2020 yildagi PF-6041-

son, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020

-y., 06/20/6041/1151-son,

https://www.lex.uz/ru/docs/-4939467.,

3.

Sh. Ko‘chimov “Qonun tili lingvistikasi” T., Toshkent Davlat Yuridik Universiteti, 2022.

4.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 23.05.2019 yildagi O‘RQ

-542-son. Qonun

hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019

-y., 03/19/542/3177-son.

5.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat

-protsessual kodeksi, 01.04.1995, Qonun

hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2025

-y., 03/25/1038/0188-son.

6.

Minavarov,, X. SUD TARJIMASHUNOSLIGI VA SUD TERMINLARI TANQIDI. 2023,

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (23), 346-351.

7.

Tarjima nazariyasi: Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘lIanma II.G‘ofurov,

O,Mo‘minov, N.Qambarov. –

Toshkent: Tafakkur-

Bo‘stoni, 2012. 216 b.

8.

“Jinoyatlarni tergov qilish metodikasi” (darslik); Ichki Ishlar Akademiyasi,

“Tergov faoliyati boshqaruvi”kafedrasi, 2021

-yil.

Библиографические ссылки

. Sh.M.Mirziyoyev “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” T., 2023.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 10.08.2020 yildagi PF-6041-son, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 06/20/6041/1151-son, https://www.lex.uz/ru/docs/-4939467,

Sh. Ko‘chimov “Qonun tili lingvistikasi” T., Toshkent Davlat Yuridik Universiteti, 2022.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 23.05.2019 yildagi O‘RQ-542-son. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, 01.04.1995, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 03/25/1038/0188-son.

Minavarov,, X. SUD TARJIMASHUNOSLIGI VA SUD TERMINLARI TANQIDI. 2023, Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (23), 346-351.

Tarjima nazariyasi: Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv qo'lIanma II.G'ofurov, O,Mo'minov, N.Qambarov. - Toshkent : Tafakkur-Bo'stoni, 2012. 216 b.

“Jinoyatlarni tergov qilish metodikasi” (darslik); Ichki Ishlar Akademiyasi, “Tergov faoliyati boshqaruvi”kafedrasi, 2021-yil.