Авторы

  • Лола Тишабаева
    Старший преподаватель, кафедра "Общественные науки и спорт", Ферганский государственный технический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp494-500

Ключевые слова:

террор терроризм идея безопасность стабильность

Аннотация

В данной статье широко проанализированы история, сущность и различные формы терроризма, представлены разнообразные мнения о его происхождении, причинах возникновения и историческом развитии. Четко указывается, что новые формы современного терроризма, такие как кибертерроризм и биологический терроризм, представляют угрозу мировой безопасности. Также подчеркивается важность разработки глобальных и локальных стратегий, необходимых для борьбы с терроризмом. Проведенное исследование показало, что терроризм является сложным и многогранным явлением.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

History and analysis of terrorism: causes, types and forms

Lola TISHABAEVA

1

Fergana State Technical University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025
Received in revised form

15 January 2025

Accepted 25 February 2025

Available online

25 March 2025

This article provides an extensive analysis of the history,

essence, and various forms of terrorism, presenting diverse

perspectives on the origins, causes, and historical development

of terrorism. It clearly indicates that new forms of modern
terrorism, such as cyberterrorism and biological terrorism,

pose a threat to global security. The importance of developing

global and local strategies necessary to combat terrorism is also

emphasized. The conducted research demonstrates that
terrorism is a complex and multifaceted phenomenon.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp

494-500

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

terror,

terrorism,

ideology,

security,

stability.

Terrorizm tarixi va tahlili: sabablari, turlari va shakllari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

terror,

terrorizm,

g‘oya,

xavfsizlik,

barqarorlik.

Ushbu maqolada terrorizmning tarixi, mohiyati va turli

shakllari keng ko‘lamda tahlil qilingan bo‘lib, unda

terrorizmning kelib chiqishi, paydo bo‘lish sabablari va tarixiy

rivojlanishiga oid turli fikrlar ilgari surilgan. Zamonaviy
terrorizmning yangi shakllari, masalan, kiberterrorizm va

biologik terrorizm, jahon xavfsizligiga tahdid solishi aniq

ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, terrorizmga qarshi kurashish
uchun zarur bo‘lgan global va mahalliy strategiyalarni ishlab

chiqish muh

imligi ta’kidlab o‘tilgan. Olib borilgan tadqiqot

terrorizmning murakkab va ko‘p qirrali hodisa ekanligini

izohlab bergan.

1

Senior Lecturer, Department of Social Sciences and Sports, Fergana State Technical University.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

495

История и анализ терроризма: причины, виды и

формы

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

террор,

терроризм,

идея,

безопасность,
стабильность.

В данной статье широко проанализированы история,

сущность и различные формы терроризма, представлены

разнообразные мнения о его происхождении, причинах
возникновения

и

историческом

развитии.

Четко

указывается, что новые формы современного терроризма,

такие как кибертерроризм и биологический терроризм,

представляют угрозу мировой безопасности. Также
подчеркивается важность разработки глобальных и
локальных стратегий, необходимых для борьбы с

терроризмом. Проведенное исследование показало, что

терроризм является сложным и многогранным явлением.


KIRISH

Terrorizm o‘ta murakkab, serqirra hodisa sifatida har bir jamiyat rivojlanishida

xavfli tahdidni yuzaga keltirib, unga qarshi kurashish uchun uning mohiyati, yuzaga

kelish sabablari, kelib chiqish omillarni chuqur o‘rganish talab etiladi. Bir qator soha

mutaxassislari tomonidan terrorizmning kelib chiqish sabablari, uning shakllari haqida
turlicha fikr-mulohazalar bildirib kelingan. Ularning ayrimlari terrorizmning paydo

bo‘lishini XIX asr oxirlari bilan bog‘lasalar, boshqalari esa qadim zamonlarga bog‘layd

i.

Shuningdek, terrorizm tushunchasiga berilgan ta’riflar ham ko‘p bo‘lishiga qaramay,
haligacha terrorizm tushunchasining umume’tirof etilgan varianti mavjud emas.

Shu sababdan ham terrorizm tushunchasi, uning turlari, yuzaga kelish omillari va uning
jam

iyat xavfsizligiga ta’sirlarini ilmiy jihatdan o‘rganish maqsadga muvofiqdir.

ASOSIY QISM

Tarixchi va siyosatshunos olimlarning terrorizm paydo bo‘lgan davr haqidagi fikrlari

bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Ayrimlar fikricha, terrorizm yuzaga kelganiga hali

ikki asr ham bo‘lmagan.

Masalan, V. Jarinov terrorizm kamida bir yarim asrlik tarixga ega,

deb hisoblaydi [10;3]. Boshqalar esa terrorizmning tarixi uzoq davrga ega deb

hisoblaydilar. Jumladan, I. Stepanov: “Olimlar va siyosatchilarning katt

a qismi orasida

terrorizmning revolyutsion kelib chiqishi haqidagi fikr tarqalganini maxsus ta’kidlab o‘tish

zarur. Uning boshlanishini, odatda, XVIII asrdagi fransuz revolyutsiyasiga hamda
1917-

yilda Rossiyada sodir bo‘lgan revolyutsiyaga olib borib taqa

shadi. Aslida terrorizm

juda qadim zamonda boshlangan, amaliyoti esa turli shakllarda xilma-xil tarixiy davrlarga

va ko‘plab siyosiy oqimlarga xosdir” –

deb ta’kidlaydi [15; 39]. Terrorizmning yuzaga

kelishi borasida boshqa fikrlar ham mavjud. Masalan, fransuz tarixchisi M. Ferro
terrorizmni XI

XII asrlardagi hashshoshiylarning

o‘ziga xos islomiy an’anasi, deb

hisoblaydi [9; 8]. Ushbu hodisani Bibliya yaratilgan davr bilan bog‘laydiganlari ham bo‘lib,
ular o‘z birodari Hobilni o‘ldirgan Qobilni dastlabki

terrorchi, deb ataydilar (masalan,

M.

Iordanov shunday deb hisoblaydi). Shunday bo‘lsa

-da, aksariyat mutaxassislar

terrorizm mutlaqo XX asr oxiri fenomeni ekanligini ilgari surishadi.

Hashshoshiylar

ismoiliylar

ichidagi yashirin terrorchilik bilan shug‘ullangan firqa tarafdorlari (XI asr oxiri

XII asr birinchi yarmi)


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

496

“Terrorizm” atamasiga 200 ga yaqin ta’rif berilgan, biroq hali ularning

birontasi

tan olinmagan [9; 8]. Bu boradagi bahs-munozaralar hanuz davom etmoqda.

Adabiyotlarda terrorizmga berilgan ta’riflarning aksariyati umumiy va birmuncha
mavhumdir. Shu bois ham bu hodisaga aniq va mukammal ta’rif berish juda mushkul.
Ushbu fikrimizning tasdig‘i uchun terrorizmga oid bir necha ta’riflarni keltirib o‘tamiz:
“Terrorizm siyosiy maqsadda amalga oshiriladigan, asoslangan zo‘ravonlikdir” [3],
“Terrorizm

bu “qo‘rqitish”, majburlash yoki cho‘chitish vositasida siyosiy maqsadlarga

erishish uchun kuch ishlatish bi

lan tahdid solish yoki uni ishga solish” [11; 448].

Biroq, terrorizm tushunchasini ochib beruvchi, yuridik jihatdan bekam-

u ko‘st,

mantiqiy jihatdan to‘g‘ri, mazmunan mutlaqo aniq xalqaro va milliy institutlar tomonidan
so‘zsiz qabul qilingan universal ta’

rif mavjud emas. Bu vaziyatni ayrim tadqiqotchi

olimlar ushbu hodisani yoritishning “o‘ta siyosiylashtirilganligi” bilan bog‘laydilar [15;7].
Ba’zi o‘rinlarda, “Terrorizm”

siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yo‘qotish yoki qo‘rqitish,

aholi o‘rtasida vahima

va tartibsizliklarni keltirib chiqarish maqsadidagi zo‘ravonlik

harakatlaridir [6; 404].

“Falsafa” qomusiy lug‘atida esa ushbu ijtimoiy hodisa “Terrorizm, terrorchilik –

zo‘rlik va jaholat mafkurasi; terror bilan amalga oshiriladigan siyosiy harakat. Terr

orizm

bir necha asrlar oldin shakllangan, geografik jihatdan barcha mintaqa va mamlakatlarda

uchrashi mumkin bo‘lgan murakkab fenomendir” –

deb ta’riflangan [2;398]. Boshqa bir

lug‘atda: “Terrorizm (lotincha “terror” qo‘rquv, dahshat) ma’lum yovuz maqsadla

r

yo‘lida, kuch ishlatib, odamlarni jismoniy yo‘q qilishdan iborat bo‘lgan g‘oyaga
asoslangan zo‘ravonlik usuli. Qo‘rqitish va dahshatga solish orqali o‘z hukmini
o‘tkazishga urinish terrorchilikka xosdir” –

deb ta’rif berilgan [5;274]. Yuqorida

keltirilga

n ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, mazkur ijtimoiy

-huquqiy hodisaga xos eng

muhim xususiyatlar qo‘rqitish, dahshatga solish, kuch ishlatish, zoʻravonlik, yo‘q qilish

kabilardir.

Ye

vropa mamlakatlarining qonunlarida terrorizmni ta’riflashga ilk urinishlar

XX asrning 20-

yillariga to‘g‘ri keladi. Masalan, Millatlar Ligasi tomonidan 1937

-yili

“Terrorizmni jazolash haqida”, “Xalqaro jinoyat sudini tuzish haqida”gi konvensiyalar

qabul qilingan [8;75].

Huquqshunos olim B.U.

Tadjixanov terrorizmga o‘zining quyidagi ta’rifini beradi:

“Terrorizm

xalqaro munosabatlarni chigallashtirish, suverenitet va hududiy yaxlitlikni

buzish, davlatlarning xavfsizligiga raxna solish, urush va qurolli to‘qnashuvlar keltirib

chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish,

aholini qo‘rqitish yoki qasos olish

maqsadida jismoniy yoki yuridik shaxslarni biror bir faoliyatini amalga oshirishga yoki

amalga oshirishdan tiyilishga majburlash uchun qilmish ko‘rinishida yoki uni amalga
oshirish bilan qo‘rqitish tarzida oshkora sodir

etiladigan, shaxsga yoki mulkka xavf

tug‘diradigan harakat” [16; 55].

Ushbu ta’riflarda keltirilgan terrorizmga xos xususiyatlarni inkor etmagan holda

O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida” gi 2000

-yil

15-dekabrdagi qonunid

a terrorizmga berilgan huquqiy ta’rifni birmuncha mukammal

deb hisoblash mumkin: “Terrorizm –

siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga

erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘ligiga xavf tug‘diruvchi, mol

-mulk va boshqa moddiy

obyektlarning yo‘q qilin

ishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda

davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir
etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

497

murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga,

xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarliklar
qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy

-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan,

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo‘rlik,
zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar” [7]. Bundan ko‘rishimiz
mumkinki, “terrorizm” ijtimoiy

-

huquqiy tushunchasiga O‘zbekiston Respublikasining

“Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonunida ko‘rsatilgan izoh yuqoridagi barcha
izohlarni o‘z ichida mujassamlashtirgan va nisbatan mukammalroqdir.

Terrorizm tarixini shartli ravishda quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin: antik

terrorizm yoki prototerrorizm, klassik

terrorizm, an’anaviy terrorizm, zamonaviy terrorizm.

Terrorizm namoyon bo‘lish darajasi va miqyosiga, oqibatlariga ko‘ra xalqaro va

ichki terrorizmga bo‘linadi

[9; 23].

Terrorchilik faoliyati subyektiga ko‘ra, uyushmagan

(individual) va uyushgan (kollektiv) terrorizm farqlanadi. Uyushmagan terrorizmda
terakt ortida qandaydir tashkilot turgan bir-ikki odam tomonidan amalga oshiriladi.
Uyushgan terrorizm holatida terrorchilik harakati maxsus tuzilma tomonidan sodir
etiladi. Hozirgi dunyoda aynan uyushgan terrorchilik ancha keng tarqalgan.

Terrorizmning uch asosiy tasnifi:

Ichki: fuqarolarning o‘z hududida o‘z davlatiga qarshi harakatlari.

Transmilliy: bir davlat fuqarolarining boshqa davlat hududidagi o‘z

vatandoshlariga qarshi harakatlari.

Xalqaro: terrorchilar xalqaro, millatlararo guruhlarining boshqa davlat yoki

davlatlarga qarshi harakatlari.

Hozirgi sharoitda

ichki terrorizm

juda keng tarqalgan. U asosan, biron-bir

mamlakatda mavjud bo‘lgan, yechimi topilmayotgan ichki ziddiyatlar negizida yuza

ga

keladi va ichki siyosiy kurashning eng keskin shakllaridan biri hisoblanadi.

Xalqaro terrorizmning

quyidagi xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

birinchidan, uning taktikaviy maqsadi muammoga e’tiborni qaratishdan, strategik

maqsadi esa xalqaro al

oqalarning har qanday larzalardan qattiq ta’sirlanadigan turiga,

davlatlararo aloqalarning bog‘lovchi bo‘g‘iniga zarba berish yo‘li bilan muayyan ijtimoiy
o‘zgarishlarga (yon berish, boshqa konkret siyosiy maqsadlarga) erishishdan iborat;

ikkinchidan, siyosiy tamagirlik yoki shantajdan foydalanish;

uchinchidan, zo‘ravonlik bilan tahdid qilishni qo‘llash;

to‘rtinchidan, terrorchilik harakatini sodir etganlik uchun javobgarlikni doimo uni

amalga oshirgan tashkilot o‘z zimmasiga oladi;

beshinchidan, bundan buy

on zo‘ravonlik sovuqqonlik bilan qo‘llanilishini anglash

tufayli yuzaga keladigan psixologik shok ta’sir etish quroli bo‘lib xizmat qiladi.

Terrorchilik faoliyatini sabablariga ko‘ra quyidagi tiplarga bo‘lish mumkin:

Siyosiy terrorizm tarafdorlari uni siyosiy kurash metodlaridan biri, deb

hisoblashadi. Ushbu metodning mohiyati siyosiy dushmanlarni bartaraf qilish, hokimiyat
tuzilmalarini muayyan ishni qilishga yoki qandaydir ishni qilmaslikka majburlash

maqsadida amalda o‘ta zo‘ravonlik choralarini ko‘rish

yoki shunday qilish bilan tahdid

solishdan iborat. Siyosiy faoliyatning ushbu turi amalda davlat arboblari va siyosiy

arboblarni shantaj qilishda, ularni o‘ldirishda, garovga olishda, transport ishiga siyosiy
aralashuvda va boshqa zo‘ravon

lik harakatlarid

a ko‘zga tashlanadi. Siyosiy terrorizm o‘z

navbatida: davlat terrori hamda oppozitsion (hukumatparast va hukumatga qarshi)
terrorga ajraladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

498

Mafkuraviy terrorizm tub ichki ijtimoiy-siyosiy mojarolar negizida shakllanadi

hamda so‘l va o‘ng terrorizmda namoyon bo‘ladi. Ayrim tadqiqotchilar bu turni

ijtimoiy

terrorizm

yoki tor ma’nodagi

siyosiy terrorizm,

deb ta’riflashadi.

Millatchilik terrorizmi etnik belgilarga ko‘ra amalga oshiriladi. Umum e’tirof

etilishicha, ekstremizmning hozirgi amaliyotida millatchilik terrorizmi ancha keng

yoyilgan. U, odatda, o‘ta shafqatsizligi va qurbonlari ko‘pligi bilan ajralib turadi.
Millatchilik terrorizmi, o‘z navbatida, separatistik, milliy

-ozodlik, repressiv-milliy va

hududiy-

separatistik tiplarga bo‘linadi.

Duny

oqarash bilan bog‘liq terrorizm

hukmron normalar va munosabatlar bilan

mutlaqo kelishmaslik sabablariga ko‘ra amalga oshirila

di. Bu turga diniy, ekologik,

feministik terrorizm kiradi.

Bular orasida eng keng tarqalgani

diniy terrorizm bo‘lib, u haqida D

.V. Olshanskiy

bunday deb yozadi: “Diniy terrorga fanatizm –

voqelikni juda tor idrok etish, “yagona

to‘g‘ri” qarashlardan farqlanuvchi qarashlarni qabul qilmaslik, an’anaviy e’tiqod xosdir.
Diniy fanatizm “kofirlarni o‘ldirgan kishi jannatga tushadi”, degan mutlaq e’tiqodga
asoslanadi” [13; 78]. Hozirgi paytda islom terrorizmi juda keng tarqalgan bo‘lib, uning

tarafdorlari musulmonlar istiqomat qilayotgan mamlakatlarda islomiy tartibotni qaror
toptirishga urinishadi.

Yadroviy terrorizm

hozirgi zamon terrorizmining eng xavfli turidir. Uni yuzaga

keltiruvchi shart-

sharoit: yadro quroliga ega mamlakatlarning ko‘pligi, yadro quroli yaratish

bo‘sag‘asida turgan ko‘plab mamlakatlar mavjudligi (mutaxassislar baholashicha, 20 dan

ziyod mamlakat yadro qurolini

yaratish bo‘sag‘asida turibdi), jahondagi 30 dan ziyod

mamlakat hududida

450 sanoat va yuzlab tadqiqot reaktorlarining mavjudligi,

infratuzilmaning ko‘plab xilma

-xil yadroviy obyektlari borligi shular jumlasidandir [9; 221].

Sovuq urush tugaganligiga qaramay hozirgi vaqtda ham qurollanish poygasi va qurol-

yarog‘

oldi-

sotdisi tobora kengayib bormoqda. Stokgolm tinchlik muammolarini o‘rganish institut

i

ma’lumotlariga qaraganda, 2008

-yilda dunyo mamlakatlari qurol-

yarog‘ savdosi bo‘yicha

rekord natijani qayd etishgan

1,454 trln dollarni tashkil etgan [4]. Bu sayyoramizdagi har

bir fuqaroga 217 dollardan to‘g‘

ri keladi.

Biologik terrorizm h

arakatida biologik vositalar

bakteriyalar, viruslar,

rikketsiyalar va boshqalardan foydalaniladi. Bioterrorizm tahdidi

suv ta’minoti tizimini,

oziq-

ovqat mahsulotlarini zararlantirish, yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilarni

tarqatish orqali amalga oshirilishi mumkin.

Ustiga ustak, fan sohasidagi so‘nggi yutuqlar

kishi xatti-

harakatini nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada o‘zgartirish maqsadida uning

ongini zararlantirishga qodir vositalarni yaratishga olib keluvchi genetik qurolni

qo‘llanish imkoniyatini beradi. Shu bilan bog‘lik, ravishda ayrim xalqaro tashkilotlar

nomidan bioenergiya sohasidagi tadqiqotlarni taqiqlashga

da’vatlar bo‘lgan. Lekin,

taqiqlovchi siyosatning o‘zi tadqiqotchilarni yashirin laboratoriyalarga o‘tib ketishga,
ya’ni davlat nazoratidan chiqib ketishga majbur qilishini ham tushunish kerak.

Kibberterrorizm.

Terrorizmning bunday shakli yuzaga kelishi In

ternet tarmog‘i

jadal rivojlanayotgani hamda undan foydalanuvchilar soni ortib borayotgani bilan

bog‘liqdir. Kiber

terrorizm deganda, kompyuter vositasida ishlov beriladigan axborotga,

kompyuter tizimlari yoki tarmog‘iga qasddan hujum qilish, kishilar hayo

ti va

salomatligiga xavf tug‘dirishi yoxud, agar bunday xatti

-harakat jamoat xavfsizligiga putur

yetkazish, aholini cho‘chitish, harbiy to‘qnashuvlarni keltirib chiqarish maqsadida qilinsa,
boshqa og‘ir oqibatlar yuzaga kelishi tushuniladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

499

Quyidagilarni terrorchilar qo‘lidagi axborot quroli deb hisoblash mumkin:

ko‘payishga, dasturlarga singishga, aloqa liniyalari, ma’lumot uzatish tarmoqlari orqali

yuqishga, boshqaruv tizimini ishdan chiqarishga qodir va x.k. kompyuter viruslari;

“mantiqiy bombalar” –

signal bo‘yicha yoki belgilangan vaqtda harakatga keltirish uchun

harbiy yoxud fuqaro infratuzilmalariga oldindan singdiriladigan dasturiy qurilmalar;

telekom-

munikatsiya tarmoqlarida axborot almashuvga to‘sqinlik qiladigan vositalar,

davlat va harbiy boshqaruv kanallarida axborotlarni soxtalashtirish, test dasturlarini

ishdan chiqarish vositalari.

Psixologik terrorizm ham keng yoyilgan bo‘lib, u

ning mohiyati shundaki, agar

terrorchilarda, aytaylik, qirgʻin quroliga ega bo‘lish va bu qurolning i

shlatishga shayligi

to‘g‘risida xomxayol uyg‘otilsa, ular orzulariga erishishlari mumkin. Shunday qilib,

psixologik shantaj yo‘li bilan jamoatchilikka tazyiq o‘tkaziladi. Shuningdek, so‘nggi

paytlarda mansabdor shaxslar, davlat muassasalari nomiga katta ma

blag‘ to‘lash

to‘g‘risidagi talablar bajarilmasa, qo‘poruvchilik sodir etilishi to‘g‘risidagi tahdidlar

bitilgan yumaloq xatlar jo‘natish

hollari ham ko‘payib qoldi. Bu ham psixologik

terrorning bir ko‘rinishidir.

XULOSA

Terrorizm tarixi va uning shakllari murakkab va xilma-

xil bo‘lib, har bir jamiyat

uchun xatarli voqelikni keltirib chiqaradi. Tarixiy manbalar va ilmiy tadqiqotlar,

terrorizmning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, turli shakllari borligini ko‘rsatadi. Tadqiqotlar

terrorizmning kelib chiqishini t

urlicha izohlaydilar. Ba’zilari uni qadim zamonlarga

taqasa, boshqalari XX asr oxirida paydo bo‘lganligini ta’kidlaydi. Shuningdek,

Terrorizmga berilgan ta’riflar ko‘plab bo‘lsa

-da, ularning barchasi bir xil tasavvurga ega

emas. Shuningdek, terrorizmning siyosiy, diniy, millatchilik va boshqa shakllari mavjud

bo‘lib, har biri o‘ziga xos motiv va maqsadlarga ega. Bugungi kunda terrorizmning yangi

shakllari, masalan, kiberterrorizm va biologik terrorizm, zamon bilan birga

rivojlanmoqda. Bu hodisalar nafaqat jahon miqyosida, balki individual davlatlar ichida

ham xavfsizlikka tahdid soladi. Bunday vaziyatda terrorizmga qarshi kurashish uchun

global va mahalliy darajadagi strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish muhim

vazifalardan biri hisoblanadi.

FOYD

ALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Falsafa: Qomusiy lug‘at. –

Toshkent, 2004.

B. 398.

2.

http://worldspol.socio.msu.ru/programmi/Mewdunarodnyi terroriz1.doc

3.

Jamiyat va boshqaruv.

2013.

№ 3

.

4.

Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalari lug‘ati. –

Toshkent, 2007.

B. 274.

5.

O‘zbek milliy ensiklopediyasi. 8

-tom.

Toshkent, 2004.

B. 404.

6.

O

‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi. 2001. –

№ 1. –

B. 15.

7.

Арифжанов Е., Ортитсов А., Содиров А.

Ўзбекистон Республикаси ички ва

ташқи

сиёсатининг долзарб муаммолари. –

Т.: Академия

, 2004.

Б. 75.

8.

Ғойибназаров

Ш. Халқаро терроризм: илдизи, омиллари ва манбаи. –

Т.:

Ўзбекистон, 2009. –

Б. 8.

9.

Жаринов В.

Терроризм и террористы. –

Минск, 1999. –

С. 3.

10.

Кожушко Е. П.

Современный терроризм: анализ основных направлений. –

Минск,

2000.

С. 448.

11.

Овчинникова Г. В.

Терроризм. –

Москва, 1998. –

С. 7.

12.

Ольшанский Д.В.

Психология терроризма. –

СПб.: Питер, 2002.

С. 78.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

500

13.

Пахрутдинов Ш. Тахдид

халокатли куч. (Мақола ва маърузалар

тўплами). –

Т.: Академия, 2001

.

Б. 57.

14.

Степанов Е.А.

Современный терроризм: состояние и перспективы. –

М.:

Эдиториал, 2000. –

С. 39.

15.

Таджиханов Б.У.

Терроризмнинг ҳуқуқий тавсифи. –

T.: Академия

, 2006.

Б. 55.

Библиографические ссылки

Falsafa: Qomusiy lug‘at. – Toshkent, 2004. – B. 398.

Jamiyat va boshqaruv. – 2013. – № 3.

Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalari lug‘ati. – Toshkent, 2007. – B. 274.

O‘zbek milliy ensiklopediyasi. 8-tom. – Toshkent, 2004. – B. 404.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi. 2001. – № 1. – B. 15.

Арифжанов Е., Ортитсов А., Содиров А. Ўзбекистон Республикаси ички ва ташқи сиёсатининг долзарб муаммолари. – Т.: Академия, 2004. – Б. 75.

Ғойибназаров Ш. Халқаро терроризм: илдизи, омиллари ва манбаи. – Т.: Ўзбекистон, 2009. – Б. 8.

Жаринов В. Терроризм и террористы. – Минск, 1999. – С. 3.

Кожушко Е. П. Современный терроризм: анализ основных направлений. – Минск, 2000. – С. 448.

Овчинникова Г. В. Терроризм. – Москва, 1998. – С. 7.

Ольшанский Д.В. Психология терроризма. – СПб.: Питер, 2002. – С. 78.

Пахрутдинов Ш. Тахдид – халокатли куч. (Мақола ва маърузалар тўплами). – Т.: Академия, 2001. – Б. 57.

Степанов Е.А. Современный терроризм: состояние и перспективы. – М.: Эдиториал, 2000. – С. 39.

Таджиханов Б.У. Терроризмнинг ҳуқуқий тавсифи. – T.: Академия, 2006. – Б. 55.