Авторы

  • Мирсаид Хайдаров
    Самостоятельный соискатель, Академия Министерства внутренних дел Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp537-542

Ключевые слова:

сильнодействующее вещество ядовитое вещество преступление отягчающий состав преступления особо отягчающий состав рецидив опасный рецидив крупный размер особо крупный размер зарубежный опыт

Аннотация

Данная статья посвящена отягчающим и особо отягчающим составам преступления незаконного оборота сильнодействующих или ядовитых веществ. В ней рассматриваются вопросы ответственности за совершение данного преступления при отягчающих обстоятельствах.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Aggravating circumstances for liability related to the
illegal introduction of potent or poisonous substances into
circulation

Mirsaid KHAYDAROV

1


Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025

Received in revised form

15 January 2025

Accepted 25 February 2025

Available online

25 March 2025

This article focuses on the aggravating and particularly

aggravating elements of the crime of illegal trafficking in potent

or toxic substances, and discusses issues of liability for

committing this crime under aggravating circumstances.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp

537-542

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

potent substance,

toxic substance,

crime,

aggravating element of

crime,

particularly aggravating
element,

recidivism,

dangerous recidivism,

large quantity,

very large quantity,

foreign experience.

Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga

xilof ravishda muomalaga kiritganlik uchun javobgarlikni

og‘irlashtiruvchi holatlar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

kuchli ta’sir qiluvchi modda,

zaharli modda,

jinoyat,

jinoyatning og‘irlashtiruvchi

tarkibi,

alohida og‘irlashtiruvchi

Ushbu maqola kuchli ta’sir qiluvchi yoki

zaharli moddalarni

qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish jinoyatining

og‘irlashtiruvchi va alohida og‘irlashtiruvchi tarkiblari
mavzusida bo‘lib, unda ushbu jinoyatni javobgarlikni

og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etganlik uchun javobgarlik

masalalar

i haqida so‘z boradi.

1

Independent Researcher, Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

538

tarkib,

retsidiv,

xavfli retsidiv,

ko‘p miqdor,

juda ko‘p miqdor,

xorijiy tajriba.

Отягчающие обстоятельства ответственности за
незаконный

оборот

сильнодействующих

или

ядовитых веществ

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

сильнодействующее

вещество,

ядовитое вещество,
преступление,
отягчающий состав

преступления,

особо отягчающий состав,
рецидив,

опасный рецидив,
крупный размер,

особо крупный размер,

зарубежный опыт.

Данная статья посвящена отягчающим и особо

отягчающим составам преступления незаконного оборота

сильнодействующих или ядовитых веществ. В ней

рассматриваются вопросы ответственности за совершение

данного преступления при отягчающих обстоятельствах.


Keyingi yillarda mamlakatimizda giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining

va psixotrop moddalarning, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof
muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasining 2024

-yil 5-

oktyabrdagi “O‘zbekiston Res

publikasining

Jinoyat, Jinoyat-

protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy

javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining yoki
psixotrop moddalarning, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi va zahar

li moddalarning

qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish haqida”gi O‘RQ–

971-son Qonuni [1] bilan ushbu turdagi jinoyatlarni sodir

etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normalar takomillashtirildi.

Jumladan, Jinoyat kodeksining kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni

qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi
251

1

-moddasi yangi tahrirda qabul qilindi va uning 3-

qismida kuchli ta’sir qiluvchi yoxud

zaha

rli moddalarni o‘tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash,

olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda
o‘tkazish (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda

muomalaga kiritganlik) uchun, 4 va 5-

qismlarida esa ushbu jinoyatni og‘irlashtiruvchi va

alohida og‘irlashtiruvchi tarkiblari uchun javobgarlik nazarda tutildi.

Biroq, ushbu normalarni amalda qo‘llash bilan bog‘liq sud

-tergov amaliyotining

tahlili, bu borada o‘z yechimini kutayotgan muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Jumladan, tahlil qilinayotgan moddaning 4-qismida ushbu jinoyatni takroran yoki bir
guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etganlik, 5-qismida esa uyushgan

guruh tomonidan yoki ko‘p miqdorda sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanib,

moddaning aynan bitta qismida jinoyatni kvalifikatsiyalovchi ham obyektiv, ham


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

539

subyektiv belgilar bandlarga ajratilmagan holda nazarda tutilganligi, Jinoyat kodeksining
konstruksiyasiga zid hisoblanib, norma mazmunini tushunishda turli qarashlar

shakllanishiga sabab bo‘lmoqda.

Bu boradagi xorijiy tajriba o‘rganilganda, ayrim davlatlar jinoyat qonuni

normalarida jinoyatni kvalifikatsiyalovchi obyektiv va subyektiv belgilar alohida

bandlarda nazarda tutilganligini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, Tojikiston Respublikasi

Jinoyat kodeksining [2] 206-

moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarning

qonunga xilof muomalasi) 2-

qismi “a” bandida moddaning 1

-qismida nazarda tutilgan

qilmishni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, “b” bandida takroran sodir

etganlik uchun, 3-

qismi “a” bandida uyushgan guruh tomonidan, “b” bandida esa ko‘p

miqdor

da sodir etganlik uchun javobgarlik belgilangan bo‘lsa, Turkmaniston

Respublikasi Jinoyat kodeksining [3] 302-

moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli

moddalarning qonunga xilof muomalasi) 2-

qismi “a” bandida moddaning 1

-qismida

nazarda tutilgan qilmis

hni takroran sodir etganlik uchun, “b” bandida esa

bir guruh

shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Shuningdek, Armaniston Respublikasi Jinoyat kodeksining [4] 405-moddasi

(kuchli

ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadida noqonuniy aylanmasi)

2-qismi

1-bandida moddaning 1-qismida nazarda tutilgan qilmishni bir guruh shaxslar

tomonidan oldindan til biriktirib, 2-

bandida ko‘p miqdorda sodir etganlik uchun,

3-qismida esa uyushgan guruh tomonidan sodir etganlik uchun, Gruziya Jinoyat

kodeksining [5] 261-moddasi

(psixotrop moddalar, ularning analoglari yoki kuchli ta’sir

qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, ishlab chiqarish, olish, saqlash,

tashish, jo‘natish yoki o‘tkazish)

6-

qismi “a” bandi moddaning 4 yoki 5

-qismida

ko‘rsatilgan qilmishni ko‘p miqdorda, “b” bandida bir guruh shaxslar tomonidan oldindan

til biriktirib sodir etganlik uchun, 8-

qismi “a” bandida juda ko‘p miqdorda, “b” bandida

esa uyushgan guruh tomonidan sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, mutaxassislar bilan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra

respondentlarning 88 foizi Jinoyat kodeksining 251

1

-moddasida nazarda tutilgan

jinoyatning kvalifikatsiyalovchi obyektiv va subyektiv belgilarini alohida bandlarga

o‘tkazish taklifini qo‘llab

-quvvatlashgan.

Agar shaxs Jinoyat kodeksining 251

1

-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni

ikki yoki bir necha marotaba, turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun

ham

sudlangan bo‘lmasa, uning harakatlari takroran jinoyat sodir etish sifatida ushbu

moddaning 4-qismi bilan malakalanadi. Biroq, shaxs Jinoyat kodeksining 251

1

-moddasi

3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun sudlanib, sudlanganlik

muddati

o‘tmasdan yana ushbu jinoyatni sodir etsa (xavfli retsidiv) va uning

harakatlarida boshqa javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lmasa, qilmish

yengilroq, ya’ni moddaning 3

-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ret

sidiv jinoyatlar jinoyatchilikning eng xavfli toifasi

hisoblanadi. Uning xavfliligi shaxsning javobgarlikka tortilganidan so‘ng tuzalish yo‘liga

o‘tmay, ongida antisotsial xulq

-atvorning kuchayishi va yana jinoyat sodir etishi,

shuningdek uning jinoiy ko‘nikmalari mustahkamlanishida namoyon bo‘ladi. Shu sababli

ham, retsidiv sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda

tutuvchi normalarda ularni xavfli retsidivist yoki o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir

etilganligi uchu

n jinoyatning og‘irlashtiruvchi tarkiblari nazarda tutilgan. Biroq, Jinoyat

kodeksining 251

1

-

moddasida nazarda tutilgan jinoiy qilmishlar xavfli retsidivist va o‘ta

xavfli retsidivist tomonidan sodir etilganligi uchun jinoyatning og‘irlashtiruvchi tarkibi

sifatida javobgarlik belgilanmagan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

540

Tadqiqot davomida o‘rganilgan jinoyat ishi materiallaridan ma’lum bo‘ldiki,

bugungi kunda tahlil etilayotgan jinoyat nafaqat xavfli retsidiv, balki o‘ta xavfli

retsidivistlar tomonidan ham sodir etilmoqda. Masalan, Fuqar

o S. jinoyat ishlari bo‘yicha

Shayxontohur tuman sudining 2021-yil 12-

noyabrdagi hukmiga ko‘ra, JKning

2511-moddasi 3-

qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun jazo tayinlanib,

JKning 72-

moddasiga asosan 3 yil sinov muddati belgilangan bo‘lsada, bundan o‘ziga

xulosa chiqarmasdan, Shayxontohur tumani, Farobiy ko‘chasi, 2

-uyda joylashgan

dorixonada qonunga xilof ravishda o‘tkazish maqsadida, kirim hujjatlari mavjud

bo‘lmagan, tarkibida 41,561 gramm kuchli ta’sir qiluvchi “pregabalin” moddasi bo‘lg

an

jami 150 dona kapsula ko‘rinishidagi “Zardeks 300mg” dori vositasilarini saqlab kelib,

2021 yilning 16 dekabr kuni soat 08:30 larda yuqoridagi dori vositalaridan 20 donasini

fuqaro D.ga 400.000 so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan

[6].

Shu bilan birga, o‘tkazilgan so‘rov natijalarida respondentlarning 93 foizi tahlil

etilayotgan jinoyat xavfli residivist va o‘ta xavfli residivist tomonidan sodir etilganligini

javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilash taklifini ma’qullash

gan.

Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga

kiritish jinoyatining javobgarlikni og‘irlashtiruvchi tarkiblari tahlil etilganda e’tibor

qaratilishi lozim bo‘lgan navbatdagi masala bu ushbu jinoyatni ko‘p miqdorda sodi

r

etilganligi hisoblanadi.

Kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning ko‘p miqdori Vazirlar Mahkamasining yuqorida

ta’kidlab o‘tilgan, 2019

-yil 27-sentyabrdagi 818-son qarorining 1-ilovasi bilan

tasdiqlangan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatida

[7] belgilab

qo‘yilgan. Misol

uchun, pregabalin va prasteronning 10 grammdan, tropikamidning 1 grammdan,

zaleplonning 0,5 grammdan ortig‘i ko‘p miqdorni tashkil qiladi.

Biroq, mamlakatimizning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarida zaharli

moddalarning miqdor ko‘rsatk

ichlari

(oz miqdor, ko‘p miqdor, juda ko‘p miqdor)

umuman

nazarda tutilmagan. Bu esa o‘z navbatida, huquqni qo‘llash amaliyotida turli

tushunmovchiliklarni vujudga keltiradi.

Aytish joizki, kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalar qonunga xilof ravishd

a

qancha ko‘p miqdorda muomalaga kiritilsa, jinoyat

-

huquqiy muhofaza ob’ektiga shuncha

ko‘p zarar yetadi, bu esa o‘z navbatida qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini oshiradi.

Tadqiqot davomida o‘rganilgan jinoyat ishi materiallarining tahlili, bugungi

kunda

ayrim shaxslar tomonidan jinoyat predmetlarini belgilangan “ko‘p miqdor”dan bir necha

o‘n baravar ziyod miqdorda qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish holatlari

mavjudligini ko‘rsatmoqda. Masalan, 2023

-yilning 25-fevral kuni soat 14:00 larda

Zangiota tumani, A.

Yassaviy m.f.y.dagi ko‘p qavatli xonadon yer to‘lasida joylashgan

fuqaro A.ga tegishli ofisda o‘tkazilgan tezor tadbir vaqtida ushbu ofisning dam olish

xonasidagi yumshoq mebel ostida 476 dona konvalyutadagi 6663 dona “GIRISA 300 mg

Sert Ka

psul Pregabalin G genvoen” yozuvli kapsulalar borligi aniqlanib, belgilangan

tartibda rasmiylashtirib olingan. Sudga oid kimyoviy ekspertizasining 27.02.2023-yildagi

226-

sonli xulosasiga ko‘ra, fuqaro A.dan olingan “GIRISA 300 mg Sert Kapsul Pregabalin

G g

envoen” yozuvli kapsulalar tarkibida “pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi

mavjudligi va uning miqdori 1998,3 grammni tashkil etishi aniqlangan [8].

“Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxati”

[

7]ga asosan “pregabalin” moddasining

10 grammdan yuqorisi

jinoiy harakatni tasniflashda ko‘p miqdorni tashkil etadi. Mazkur

misolda ko‘rinib turibdiki, aniqlangan kuchli ta’sir qiluvchi moddaning miqdori

belgilangan “ko‘p miqdor”dan deyarli 200 baravar ko‘pdir.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

541

Mazkur masalada ilmiy tadqiqot olib borgan M.G. Yermakov [9,8] haqli ravishda

kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda juda ko‘p miqdordagi

muomalaga kiritganlik uchun jinoyatni og‘irlashtiruvchi tarkibi sifatida javobgarlik

belgilash taklifini ilgari surgan bo‘lsa, S.

Toshniyozo

v kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli

moddalarning miqdor toifalarini qayta ko‘rib chiqish

[

10,300] lozimligini ta’kidlagan.

Ayrim xorijiy davlatlarning bu boradagi jinoyat qonunchiligining tahlili, Ukraina

Jinoyat kodeksining 321-moddasi 4-qismida [11] kuch

li ta’sir qiluvchi yoki zaharli

moddalar yoxud kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli dori vositalarini, Gruziya Jinoyat

kodeksining 261-moddasi 8-

qismi “a” bandida

[5] va Ozarbayjon Jinoyat kodeksining

240-moddasi 3-qismi 3-1-bandida [

12] esa kuchli ta’sir q

iluvchi moddalarni qonunga

xilof ravishda juda ko‘p miqdorda muomalaga kiritganlik uchun javobgarlik

belgilanganligini ko‘rsatdi.

Bundan tashqari, mutaxassislar bilan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra,

respondentlarning 91 foizi Jinoyat kodeksining 251

1

-moddasida jinoyatning alohida

og‘irlashtiruvchi tarkibi sifatida kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarni juda ko‘p

miqdorda muomalaga kiritganlik uchun javobgarlik belgilash lozimligini ta’kidlashgan.

Ma’lumki, yoshlar yurt kelajagi va millat

davomchilari hisoblanadi. Ularning

jismonan sog‘lom va aqlan yetuk bo‘lib voyaga yetishi kelgusida mamlakat ravnaqi uchun

muhim ahamiyat kasb etadi. Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar voyaga yetmaganlarga

o‘tkazilishi esa ular o‘rtasida bunday moddalar iste’molining avj olishiga sabab bo‘lib,

oxir oqibatda ularning jismonan va aqlan rivojlanishiga salbiy ko‘rsatadi. Mazkur

masalani o‘rgangan O.A.

Burkina kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning iste’moli yildan

-yilga

aholi, ayniqsa yosh bolalar va yoshlar o‘rtasida

keng tarqalayotganligini ta’kidlaydi

[13].

Biroq, mamlakatimiz JK 251

1

-moddasida bunday moddalarning voyaga yetmagan

shaxslarga o‘tkazilishi jinoyatni og‘irlashtiruvchi holat sifatida nazarda tutilmaganligi

ushbu qilmishning ijtimoiy xavfliligi qonun chiqaruvchi tomonidan yetarlicha

baholanmaganligidan dalolat beradi.

Ayrim xorijiy davlatlarning bu boradagi jinoyat qonunchiligining tahlili, Vengriya

jinoyat qonunchiligi

(JK 185-m. 3-

q. “a” b.)

da [

14] kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni voyaga

yetmagan shaxsga o‘tkazish javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgil

anganini

ko‘rsatdi.

Mazkur masalada mutaxassislar bilan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra

respondentlarning 92 foizi kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni voyaga

yetmagan shaxsga o‘tkazganlikni javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat sifatida be

lgilash

taklifini qo‘llab

-quvvatlaganlar.

Yuqoridagi tahlillar natijasi o‘laroq quyidagilar taklif etiladi:

birinchidan,

JK 251

1

-moddasining 4 va 5-qismlarida nazarda tutilgan javobgarlikni

og‘irlashtiruvchi va alohida og‘irlashtiruvchi holatlarni obyektiv

va subyektiv belgilariga

ko‘ra alohida bandlarda belgilash;

ikkinchidan,

JKning 251

1

-moddasi 3-

qismida nazarda tutilgan jinoyatni “xavfli

retsidivist” tomonidan sodir etilganligi uchun 4

-

qismda, “o‘ta xavfli retsidivist”

tomonidan sodir etilganligi uchun 5-qismda javobgarlik belgilash;

uchinchidan,

JKning 251

1

-moddasi 3-

qismida nazarda tutilgan jinoyatni “ko‘p

miqdor”da sodir etganlik uchun 4

-

qismda, “juda ko‘p miqdor”da sodir etganlik uchun

5-qismda javobgarlik belgilash;

to‘rtinchidan,

JKning 251

1

-moddasi 4-

qismida kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli

moddalarni voyaga yetmagan shaxsga o‘tkazganlik uchun javobgarlik belgilash maqsadga

muvofiq.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

542

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 5 октябрдаги “Ўзбекистон

Республикасининг Жиноят, Жиноят

-

процессуал кодексларига ҳамда Ўзбекистон

Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексига гиёҳвандлик
воситаларининг, улар аналогларининг ёки психотроп моддаларнинг, шунингдек
кучли таъсир қилувчи ва заҳарли моддаларнинг қонунга

хилоф муомаласига

қарши курашишга қаратилган ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида”ги
ЎРҚ

-971-

сон Қонуни. Электрон манба. Кириш йўли:

https://lex.uz/docs/7131778.

2.

Уголовный кодекс Республики Таджикистан от 21 мая

1998

года №

574

изменениями и дополнениями по состоянию на

19

.07.2022 г.). Электронный ресурс.

Режим доступа: https://continent

-online.com/Document/ ?doc_id=30397325#pos=6;-124.

3.

Уголовный кодекс Республики Туркменистан от 12 июня

1997

года №

222-

I

(с изменениями и дополнениями по состоянию на

1

3.11.2021 г.). Электронный

ресурс.

Режим

доступа:

https://online.zakon.kz/Document/?doc_

id=

31295286&pos=6;-106#pos=6;-106.

4.

Уголовный кодекс Республики Армения от 5 мая 2021

года № ЗР

-199-

Н.

Электронный ресурс. Режим доступа: htt

p://www.parliament.am/law_docs_8/

27052021HO199_rus.pdf.

5.

Уголовный кодекс Грузии от 22 июля 1999 года № 2287. Электронный

ресурс.

Режим доступа: https://matsne.gov.ge/ru/document/view/16426?publication=241

.

6.

Жиноят ишлари бўйича Шайхонтохур тумани суди архивидан 1

-1003-

2203/576-

сонли

жиноят иши [Электрон манба]. URL: https://public.sud.uz/#!/

sign/criminal.

7.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 27

сентябрдаги “Ўзбекистон Республикасида кучли таъсир қилувчи моддалар
муомаласини тартибга солиш тўғрисида”ги 818

-

сон қарори. Электрон манба.

Кириш йўли: https://lex.uz/docs/4532164

8.

Жиноят ишлари бўйича Загиота тумани суди архивидан 1

-1101-2402/207-

сонли

жиноят иши

[

Электрон манба]. URL:

https://public.sud.uz/#!/sign/criminal.

9.

Ермаков М.Г.

Уголовно

-

правовая характеристика незаконного оборота

сильнодействующих и ядовитых веществ

:

автореф. дис. ... кан.

юрид. наук. Омск

,

2014.

19 с.

10.

Тошниёзов,

С.

2023.

Ответственность

за

незаконный

оборот

сильнодействующих и ядовитых веществ в Узбекистане, Азербайджане и Грузии:
сравнительно

-

правовой анализ. Общество и инновации. 4, 6/S (авг. 2023), –

Б.

295

301.

11.

Уголовный кодекс Украины от 5 апреля 2001 года № 2341

-III

(с изменениями

и дополнениями по состоянию на 28.07.2022 г.)

Электронный ресурс. Режим доступа:

https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=30418109 &pos =4;-88#pos=4;-88.

12.

Уголовный кодекс Азербайджанской Республики от 30 декабря 1999 года

№ 787

-IQ

(с изм. и доп. по состоянию на

05.11

.2022 г.). Электронный ресурс. Режим

доступа:

https://continent-online.com/Document/ ?doc_id=30420353#pos=5;-124.

13.

О.А.Буркина, С.О.Теплоухова. Незаконный оборот сильнодействующих и

ядовитых веществ в целях сбыта (Ст.234 УК РФ) / Бизнес в законе. № 1. 2015. –

54-56

с

.

14.

Criminal code of Hungary. Promulgated on 13 July 2012.

Электрон манба.

Кириш йўли: https://batki.info/wp

-content/uploads/2018/08/new-criminal-code.pdf.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 5 октябрдаги “Ўзбекистон Республикасининг Жиноят, Жиноят-процессуал кодексларига ҳамда Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексига гиёҳвандлик воситаларининг, улар аналогларининг ёки психотроп моддаларнинг, шунингдек кучли таъсир қилувчи ва заҳарли моддаларнинг қонунга хилоф муомаласига қарши курашишга қаратилган ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида”ги ЎРҚ-971-сон Қонуни. Электрон манба. Кириш йўли: https://lex.uz/docs/7131778.

Уголовный кодекс Республики Таджикистан от 21 мая 1998 года № 574 (с изменениями и дополнениями по состоянию на 19.07.2022 г.). Электронный ресурс. Режим доступа: https://continent-online.com/Document/ ?doc_id=30397325#pos=6;-124.

Уголовный кодекс Республики Туркменистан от 12 июня 1997 года № 222-I (с изменениями и дополнениями по состоянию на 13.11.2021 г.). Электронный ресурс. Режим доступа: https://online.zakon.kz/Document/?doc_ id= 31295286&pos=6;-106#pos=6;-106.

Уголовный кодекс Республики Армения от 5 мая 2021 года № ЗР-199-Н. Электронный ресурс. Режим доступа: http://www.parliament.am/law_docs_8/ 27052021HO199_rus.pdf.

Уголовный кодекс Грузии от 22 июля 1999 года № 2287. Электронный ресурс. Режим доступа: https://matsne.gov.ge/ru/document/view/16426?publication=241.

Жиноят ишлари бўйича Шайхонтохур тумани суди архивидан 1-1003-2203/576-сонли жиноят иши [Электрон манба]. URL: https://public.sud.uz/#!/ sign/criminal.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 27 сентябрдаги “Ўзбекистон Республикасида кучли таъсир қилувчи моддалар муомаласини тартибга солиш тўғрисида”ги 818-сон қарори. Электрон манба. Кириш йўли: https://lex.uz/docs/4532164

Жиноят ишлари бўйича Загиота тумани суди архивидан 1-1101-2402/207-сонли жиноят иши [Электрон манба]. URL: https://public.sud.uz/#!/sign/criminal.

Ермаков М.Г. Уголовно-правовая характеристика незаконного оборота сильнодействующих и ядовитых веществ: автореф. дис. ... кан. юрид. наук. Омск, 2014. – 19 с.

Тошниёзов, С. 2023. Ответственность за незаконный оборот сильнодействующих и ядовитых веществ в Узбекистане, Азербайджане и Грузии: сравнительно-правовой анализ. Общество и инновации. 4, 6/S (авг. 2023), – Б. 295–301.

Уголовный кодекс Украины от 5 апреля 2001 года № 2341-III (с изменениями и дополнениями по состоянию на 28.07.2022 г.) Электронный ресурс. Режим доступа: https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=30418109 &pos =4;-88#pos=4;-88.

Уголовный кодекс Азербайджанской Республики от 30 декабря 1999 года № 787-IQ (с изм. и доп. по состоянию на 05.11.2022 г.). Электронный ресурс. Режим доступа: https://continent-online.com/Document/ ?doc_id=30420353#pos=5;-124.

О.А.Буркина, С.О.Теплоухова. Незаконный оборот сильнодействующих и ядовитых веществ в целях сбыта (Ст.234 УК РФ) / Бизнес в законе. № 1. 2015. – 54-56 с.

Criminal code of Hungary. Promulgated on 13 July 2012. Электрон манба. Кириш йўли: https://batki.info/wp-content/uploads/2018/08/new-criminal-code.pdf.