Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Scientific and pedagogical characteristics of organizing
professional development days
Akhror TURGUNOV
1
National Institute of Pedagogical Excellence named after Abdulla Avloniy
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2025
Received in revised form
28 February 2025
Accepted 20 March 2025
Available online
15 April 2025
Continuous professional development of teachers is an
essential condition for the effective functioning of modern
educational systems. Within the framework of lifelong learning,
it is particularly important to organize the educational process
taking into account the needs of all its participants, as well as
the current challenges in the fields of education, science, and
industry. One of the key requirements of our time is identifying
problems that arise in pedagogical practice and addressing
them in a timely manner.
The article analyzes the practice of conducting professional
development days from a scientific and pedagogical perspective,
examines effective methodological approaches to their
organization, and explores pedagogical strategies applied in the
process of teacher professional development. Special attention is
given to the role of such events in the education system and their
impact on the professional growth of teaching staff.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
basic school,
professional development
day,
continuous professional
development,
educational system,
effective management,
teaching staff.
Kasbiy rivojlanish kunlarini tashkil etishning ilmiy-
pedagogik xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit s
o‘
zlar:
tayanch maktab,
kasbiy rivojlanish kuni,
uzluksiz kasbiy rivojlanish,
ta
’
lim tizimi,
samarali boshqaruv,
pedagog kadrlar.
Pedagoglarning hozirgi kunda
o‘
z malakalarini uzluksiz
ravishda oshirib borishlari dunyo miqyosidagi mavjud ta
’
lim
tizimlari uchun birdek muhim ahamiyat kasb etadi.Shuningdek
uzluksiz ta
’
lim tizimida ta
’
lim jarayonlari ishtirokchilari
ehtiyojlari, shuningdek ta
’
lim, fan va ishlab chiqarish
ehtiyojlarini inobatga olgan holda ta
’
lim jarayonlarini
1
Doctoral student, National Institute of Pedagogical Excellence named after Abdulla Avloniy.
E-mail: ahrorturgunov70@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
190
samaradorli tashkil etish,pedagogik jarayonlarda vujudga
kelayotgan muammolarni
o‘
rganish va ushbu muammolarni
bartaraf etish bugungi kunning eng asosiy talablaridan biri
hisoblanadi.
Maqolada kasbiy rivojlanish kunlari ilmiy-pedagogik nuqtai
nazardan tahlil qilinib, ularni tashkil etishning samarali metodik
yondashuvlari,
o‘
qituvchilarni professional rivojlantirish
jarayonida q
o‘
llaniladigan pedagogik strategiyalar va ularning
ta
’
lim tizimidagi roli k
o‘
rib chiqiladi
Научно
-
педагогическая
особенность
организации
дней профессионального развития
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
основная школа,
день повышения
квалификации,
непрерывное
профессиональное
развитие,
система образования,
эффективное управление,
педагогические кадры.
Непрерывное повышение квалификации педагогов
является
неотъемлемым
условием
эффективного
функционирования современных образовательных систем.
В рамках системы непрерывного образования особенно
важно организовать образовательный процесс с учётом
потребностей всех его участников,
а также актуальных
задач в сфере образования, науки и производства. Одним
из ключевых требований настоящего времени является
выявление проблем, возникающих в педагогической
практике, и их своевременное устранение.
В статье с научно
-
педагогической точки зрения
анализируется практика проведения дней профессионального
развития, рассматриваются эффективные методические
подходы к их организации, а также педагогические стратегии,
применяемые в процессе повышения квалификации учителей.
Особое внимание уделяется роли таких мероприятий в
системе образования и их влиянию на профессиональный
рост педагогических кадров.
KIRISH
Zamonaviy ta
’
lim tizimi, o
‘
qituvchilardan nafaqat pedagogik bilimlar, balki
innovatsion metodlar, zamonaviy texnologiyalar va samarali muloqot ko
‘
nikmalarini ham
talab qiladi.Kasbiy rivojlanish kunlari (KRK) ta
’
lim tizimida o
‘
qituvchilarning malakasini
oshirish va pedagogik faoliyatini samarali tashkil etish uchun muhim tadbir hisoblanadi.
Ushbu kunlar o
‘
qituvchilarga yangi pedagogik texnologiyalar, metodikalar va innovatsion
yondashuvlar haqida bilim berish, ularning kasbiy ko
‘
nikmalarini takomillashtirishga
qaratilgan. Kasbiy rivojlanish kunlari faqat ma
’
lumot berish bilan cheklanmay,
o
‘
qituvchilarni amaliy tajriba orqali o
‘
z bilimlarini yangilash, zamonaviy ta
’
lim
metodlarini sinovdan o
‘
tkazish va o
‘
zaro tajriba almashishga imkon yaratadi. Bunday
pedagogik jarayonlar o‘qituvchilarning professional rivojlanishiga turtki bo‘lib, ta’lim
tizimining sifatini yaxshilashda katta ahamiyatga ega.
Kasbiy rivojlanish kunlarini tashkil etishning ilmiy-pedagogik jihatlari esa bu
jarayonning samaradorligini, ishtirokchilarning faoliyatini, o‘qitishning innovatsion
usullarini qo‘llashni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Kasbiy rivojlanish kunlarining
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
191
ilmiy-pedagogik xususiyatlari, ularning pedagogik yondashuvlar, metodologiya va
didaktik tamoyillarga asoslanishini taqozo etadi. Kasbiy rivojlanish kunlarining asosiy
maqsadi
–
ishtirokchilarga kasbiy mahoratini oshirish, ya
ngi ilmiy bilimlarni o‘rganish,
hamda kasbiy tajribalarini yanada boyitishdir.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI VA METODOLOGIYA
Ushbu tadqiqot ishi mobaynida ko‘plab mahalliy va xorijiy olimlarning ushbu
yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari qiyosiy o‘rganildi hamda ular tomonidan
tayyorlangan adabiyotlar qiyosiy tahlil qilindi.
O‘qitish va o‘rganish xalqaro so‘rovnomasi (TALIS) ma’lumotlariga ko‘ra,
o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi ularning malakasi, bilimi, tajribasi va pedagog
sifatida
gi roliga mos keladigan boshqa xususiyatlarini oshiradigan faoliyatni o‘z ichiga
oladi. Ushbu ta’rif Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan
2009-yilda berilgan.
Kasbiy rivojlanish kuni
–
bu o‘qituvchilarga pedagogik bilim va ko‘nikm
alarni
oshirish, yangi metodlar va texnologiyalarni o‘rganish uchun tashkil etilgan maxsus
tadbirdir. U seminarlar, treninglar, konferensiyalarni o‘z ichiga oladi. Kasbiy rivojlanish
kunlarining maqsadi o‘qituvchilarni yangi bilimlar bilan ta’minlash, peda
gogik
yondashuvlarni yangilash va o‘qitishning innovatsion usullarini joriy etishdir.
Bu tadbirlar ta’lim tizimini takomillashtirish, o‘quvchilarning bilim olish sifatini oshirish
va o‘qituvchilarni kasbiy jihatdan rivojlantirish uchun muhim vosita hisobl
anadi.
Kasbiy rivojlanish kunlari o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga
yo‘naltirilgan maxsus tadbirlardir. Ushbu kunlarni tashkil etishda pedagogik
xususiyatlarni hisobga olish zarur, chunki ular o‘qituvchilarni o‘qitish va ta’lim jarayonin
i
yaxshilashga yordam beradi. Bu masala bo‘yicha bir qator olimlarning ilmiy qarashlari
mavjud bo‘lib, bulardan progressiv ta’limning asosiy namoyondalaridan John Dewey
o‘qituvchilarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi samarali ta’lim uchun asos ekanligini
ta’kidlaydi. Deweyning fikricha, o‘qituvchilar o‘z ta’lim usullarini doimiy ravishda
takomillashtirish va o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashish uchun uzluksiz ta’lim,
reflektiv amaliyot va tajribaga asoslangan o‘rganish bilan shug‘ullanishlari kerak.Uni
ng
qarashlariga ko‘ra kasbiy rivojlanish kunlarida:
–
Nazariy ma’ruzalardan ko‘ra amaliy mashg‘ulotlar, muammolarni hal qilish
usullari va tajriba almashish mashg‘ulotlari muhim.
–
O‘qituvchilar darslarini qayta ko‘rib chiqishi, refleksiya va o‘z
-
o‘zini b
aholash
amaliyotlari bilan shug‘ullanishi lozim.
John Deweyning ushbu fikrlarini davom ettirgan holda,kasbiy rivojlanish kunlarida
o‘qituvchilar uchun nazariy bilimlardan ko‘ra ulaning ehtiyojlarini inobatga olgan holda
bevosita kasbiy faoliyatlari davomid
a zarur bo‘ladigan amaliy bilimlar jumladan turli
muammoli vaziyatlar tahlili,tajriba almashinuvi,o‘qituvchilarning o‘z
-
o‘zlarini faoliyatiga
baho berishlari va tahlil qilishlari orqali kasbiy rivojlanish kunlarini yanada samarali
tashkil etish mumkin deb hisoblaymiz.
Bu borada taniqli psixolog Lev Vygortsky ham o‘qarashlarini bildirgan bo‘lib,uning
fikricha o‘rganish ijtimoiy hamkorlik orqali sodir bo‘ladi.Shuningdek u quyidagi omillar
orqali kasbiy rivojlanish kunlarini yanada samarali tashkil etish mumkin deb hisoblaydi:
–
Tajribali o‘qituvchilar yangi pedagoglarga yo‘llanma berishi va ularga yordam
berishi kerak.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
192
–
Kollektiv muhokamalar va jamoaviy loyihalar kasbiy rivojlanishning samarali
usullaridan biridir.
–
Praktik seminarlarda rolli o‘yinlar va m
uammoli vaziyatlarni tahlil qilish orqali
o‘qituvchilar o‘z mahoratini oshirishlari mumkin.
Shunindek ushbu mavzuda taniqli olim Etienne Wenger ning fiklari ham
Lev Vygortskyning fiklariga qisman yaqin bo‘lib,u o‘qituvchilar doimiy ravishda bir
-
birlari bi
lan tajriba almashishlari muhim deb hisoblaydi. Bundan tashqari o‘qituvchilar
uchun tajriba almashish seminarlarini o‘tkazish va ijtimoiy tarmoqlar (masalan,
Telegram yoki Facebook dagi pedagoglar guruhlari) orqali doimiy muloqotni yo‘lga
qo‘yish ham pedag
og kadrlarning rivojlanishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.Bu
o‘z navbatida kasbiy rivojlanish tadbirlarini uzluksiz bo‘lishini hamda ushbu pedagogik
jarayonlarni yanada samarali o‘tishini ta’minlaydi.
Hozirgi kunda yurtimizda joylashgan tayanch maktab
larida o‘tkazilayotgan kasbiy
rivojlanish kunlari ham o‘z navbatida pedagogik jarayonlar hisoblanadi. Pedagogik
jarayon atamasi turli olimlar tomonidan turlicha ta’riflansada mazkur jarayon ta’lim
jarayoni sifatida shaxsning rivojlanishida muhim o‘rin tuta
di chunki ushbu jarayonlarda
ma’lum bir avlodning egallagan tajribasini keying avlod vakillari tomonidan o‘rganilishi
uchun kerakli shart-sharoitlar yaratiladi.
Tadqiqotchilar V.A. Slastenin va A.I.
Mishenkolaming ta’kidlashicha, pedagogik
jarayon
–
bu ta’
lim-
tarbiyaviy maqsadlarga yo‘naltirilgan va maxsus tashkil etilgan
pedagoglar va tarbiyalanuvchilaring o‘zaro ta’sir jarayonidir. Pedagoglar va
tarbiyalanuvchilar subyekt sifatida pedagogik jarayonning asosiy komponentlari
hisoblanadi. Bundan anglashiniladiki tayanch maktablarda tashkil etilayotgan kasbiy
rivojlanish tadbirlariga pedagogik jarayon sifatida qaraydigan bo‘lsak, ushbu jarayonlar
mentorlar va pedagog kadrlarning ma’lum bir maqsadlardagi o‘zaro ta’sirlaridan iborat
hisoblanadi.
A.A.
Bodalyovning fikricha, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir inson psixologiyasi va
shaxsiy xususiyatlarini rivojlanishining eng asosiy omili bo‘lib, mazkur jarayon
ishtirokchilarining o‘zaro teng harakatlari shaxslar aro aloqalaring vujudga kelish sharti
hisoblanadi.
Uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish
yo‘nalishidagi muammolarning ko‘p qirraliligi va murakkabligi, nafaqat pedagogik
jarayonlarni tashkil etish va boshqarishni sifat jihatdan o‘zgartirishni nazarda tutadi,
balki uning mazmunini takomillashtirish zaruriyatini ham belgilaydi.Shu sababli tayanch
maktablarda tashkil etilayotgan kasbiy rivojlanish kunlari tadbirlarini yanada samarali
tashkil etish uchun ma’lum bir tizim yaratilishi kerak deb hisoblaymiz.
Tadqiqotchi
M.U.
Dexqanovaning ta’kidlashicha, tizim ma’lum bir ketma
-ketlikda tartiblangan,
nisbatan mustaqil, mantiqan o‘zaro uzviy bog‘langan va birgalikda umumiy funksiyani
bajaruvchi elementlar majmuidir.
S.T.
Turg‘unov va boshqa olimlarning fikriga ko‘ra uzluksiz ta’lim tizimida
pedagogik jarayonlar bir butun organizm sifatida ichki o‘zgarishlarga asosan rivojlanadi
va o‘zaro aloqalar tizimi barqarorlashadi. Turli xil muammolami hal etish zamonaviy
usullar yordamida maqsadga erishishdagi vazifalar amalga oshiriladi, natijalar zamon
talablariga moslashadi va pedagogik tizim samaradorligi ta’minlanadi. Yuqoridagi
fikrlarni fikrimizcha kasbiy rivojlanish kunlari samarali bolishi uchun ma’lum bir
maqsadga yo‘naltirilgan tizimga tayanishi lozim deb hisoblaymiz.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
193
Uz
luksiz ta’lim tizimida pedagogik jarayonlami tashkil etish va boshqarishda
o‘qituvchi faoliyatining ilmiyligi –
yangiliklarini izlash, o‘rganish va ularga asoslanish
hamda ilmiy asoslangan ma’lumotlardan foydalanish, pedagogik jarayonlami tashkil etish
va boshqarishning pedagogik, psixologik va ijtimoiy-
iqtisodiy asoslarini o‘zlashtirish,
shular qatori pedagogik jarayonlarga innovatsion yondashuv texnologiyalarini joriy etish
kabi vazifalami belgilaydi.
Uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik jarayonlami ilmiy a
soslarda samarali tashkil etish
va boshqarish, belgilangan maqsadlarga erishish subyektlaming birgalikdagi samarali
faoliyati, ya’ni hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etishni hamda hamkorlikdagi faoliyatni
ma’lum bir izchillikda muvofiqlashtirish asosida ta
komillashtirishni nazarda tutadi.
Kasbiy rivojlanish, ayniqsa ta’lim sohasida, o‘qituvchilarning professional o‘sishi va
o‘zgarib borayotgan ta’lim tizimiga moslashishi uchun zarur bo‘lgan jarayon sifatida alohida
ahamiyatga ega. Tayanch maktablaridagi kas
biy rivojlanish kuni (KRK) o‘qituvchilar uchun
malakani oshirish, yangi pedagogik uslublar va texnologiyalarni o‘zlashtirishga, hamda
o‘quvchilarga samarali ta’lim berish imkoniyatlarini yaratishga yordam beradi.Bu maqsadga
erishish uchun bir qator ishlar amalga oshirilishi lozim. Jumladan,
1)
Pedagog kadrlarni zamonaviy metodlarga o‘rgatish.
Kasbiy rivojlanish
kunlarida o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan tanishtirish kerak.
Konstruktivizm, faol o‘qitish metodlari, muammoli o‘qitish va
interfaol metodlar, KRKni
tashkil etishda qo‘llanilishi zarur. Bu metodlar o‘qituvchilarga o‘quvchilarni faol ishtirok
etishga undash, ta’lim jarayonida muammolarni hal qilishda mustaqil fikrlashni
rivojlantirishga yordam beradi.
2)
Psixologik yondashuvlar va stressni boshqarish
.
O‘qituvchilarning psixologik
yondashuvlari ham KRKni tashkil etishda muhim o‘rin tutadi. O‘qituvchilarni motivatsiya
qilish, stressni boshqarish, va emotsional intellektni rivojlantirish, ularning kasbiy
o‘sishiga yordam beradi. Tadbirlar davomida ovqituvchilarga o‘zini boshqarish,
psixologik stressni kamaytirish va o‘quvchilarga psixologik qo‘llab
-quvvatlashni qanday
amalga oshirish haqida ma’lumot beriladi.
3)
Innovatsion texnologiyalarni joriy qilish.
Bugungi kunda ta’li
mda innovatsion
texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. KRKda yangi ta’lim texnologiyalarini joriy etish,
masalan, onlayn ta’lim platformalari, multimedia vositalari, va interfaol dars materiallari
o‘qituvchilarni yangi metodlarga o‘rgatish uchun zarur. Innovatsion texnologiyalar ta’limni
yanada interaktiv va samarali qilishga yordam beradi. Tadbirda o‘qituvchilarga zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari taqdim etiladi.
4)
Tajribani almashish. Kasbiy rivojlanish kunlarining tashkil etilishida tajriba
almashish va hamkorlik o‘qituvchilarni yanada samarali ovqitishga undaydi.
O‘qituvchilar ovz tajribalari bilan bovlishib, yangi metodlar va yondashuvlarni
ovrganadilar. Bu, o‘z navbatida, ta
’
lim sifatini oshirishga yordam beradi. Hamkorlikni
rivojlantirish, ovqituvchilarni bir-biriga yordam berishga va kasbiy tarmoq yaratishga
undaydi, bu esa kasbiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Kasbiy rivojlanish kunlari o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga
mo‘ljallangan, ammo ularning tashkil etilishi va mazmuni zamonaviy ta’lim talablariga
javob berishi kerak. Hozirgi kunda ta’lim tizimlarida kasbiy rivojlanishning
samaradorligini oshirish uchun bir qator yangi tendensiyalar va yondashuvlar paydo
bo‘lgan. Quyida zamonaviy pedagogik yondashuvlar va tendensiyalarni ko‘rib chiqamiz:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
194
1. Individuallik.
Zamonaviy ta’limda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi ularning
shaxsiy ehtiyojlari va rivojlanish darajasiga mos bo‘lishi lozim. Har bir o‘qituvchining
o‘ziga
xos pedagogik yondashuvi, tajribasi va ehtiyojlari mavjud, shuning uchun kasbiy
o‘sish jarayonini individual tarzda tashkil etish zarur.
2.
Zamonaviy texnologiyalardan ta’lim jarayonlarida foydalanish
. Hozirgi kunda
texnologiyalar ta’lim jarayoniga yanada chuqurroq kirib bormoqda. O‘qituvchilarning
kasbiy rivojlanishida zamonaviy texnologiyalar, masalan, onlayn kurslar, vebinarlar,
mobil ilovalar va masofaviy treninglar tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda.
3. Jamoviy ishlash.
Kollaboratsiya va jamoaviy ish o‘qituvchilarning o‘zaro bilim va
tajriba almashishiga yordam beradi. Kasbiy rivojlanish kunlarida o‘qituvchilarni
jamoaviy ishlashga yo‘naltirish, ularning bir
-
biridan o‘rganishlarini rag‘batlantirish,
zamonaviy tendensiyalardan biridir
4.
O‘z
-
o‘zini rivojlanti
rish.
O‘qituvchilarni o‘z
-
o‘zini rivojlantirishga rag‘batlantirish
va ularga mustaqil o‘rganish imkoniyatlarini taqdim etish zamonaviy kasbiy
rivojlanishning asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
Zamonaviy kasbiy rivojlanish kunlarini tashkil etishda asosiy tendensiyalar
shundan iboratki, ular o‘qituvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olish,
texnologiyalarni integratsiya qilish, jamoaviy ishni rag‘batlantirish, amaliyotga
asoslangan yondashuvlarni qo‘llash, inkluziv ta’limni ilgari surish va o‘qituvchilarni o‘z
-
o‘zini rivojlantirishga undash kabi zamonaviy pedagogik prinsiplarni o‘z ichiga oladi.
Yuqoridagi omillarni hisoga olgan holda kasbiy rivojlanish kunining samaradorligi
besh asosiy xususiyatga bog‘liqligini ko‘rsatadi: kontentga e’tibor, faol o‘rganish, izchillik,
davomiylik va jamoaviy ishtirok. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mazmunga
yo‘naltirilgan, o‘qituvchilarni faol jalb qiladigan va o‘qituvchilarning ishi va o‘quvchilar
natijalari bilan bog‘liq bo‘lgan kasbiy rivojlanish kuni eng
samarali hisoblanadi.
Kasbiy rivojlanish kunlari (KRK) o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishida va ta’lim
jarayonidagi samaradorlikni oshirishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. KRKlarning
o‘qituvchilarga ta’siri, nafaqat ularning pedagogik bilimlarini, balki o‘quvchilarning
bilim olish jarayonini ham yaxshilashga yordam beradi. O‘qituvchilar innovatsion
yondashuvlar, yangi pedagogik metodlar va zamonaviy texnologiyalarni o‘rganib, o‘z
ishlarida qo‘llashga muvaffaq bo‘lishadi. Bunda, o‘qituvchilarning professional o‘sishi va
ta’limda yangi yondashuvlarni qo‘llashning ijobiy ta’siri ta’lim tizimiga umumiy
samaradorlikni oshirishga yordam beradi.
Pedagogik jaraonlarni tashkil etish jarayonlarida oldinga qo‘yilgan maqsadlarga
qay darajada erishilganligi ushbu jarayonlarning qanchalik samarali tashkil etilganligini
anglatadi.
Jumladan tayanch maktablarida o‘tkaziladigan kasbiy rivojlanish kunlari uchun
reja qilingan maqsadlarga erishilganlik darajasi ushbu tadbirlarning qanchalik samarali
tashkil etilganligini ko
‘rsatadi.
Pedagogik jarayonlarning ilmiy jihatdan samarali tashkil etishning dolzarbligi
shundan iboratki, pedagog kadrlarning hozirgi globallashuv jarayonlarida hamda kundan
kunga jadal rivojlanib borayotgan axborot-texnologiyalari zamonida erishilayotgan
ilm-
fan yutuqlaridan bohabar bo‘lishlari va o‘zlarining kasbiy faoliyatlarida qo‘llashlari
bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bundan tashqari, KRKlar o‘qituvchilarni faqat malaka oshirishga emas, balki
psixologik jihatdan ham qo‘llab
-quvvatlashga yordam beradi. Chunki hozirgi zamonaviy
pedagogik yondashuvlarga ko‘ra pedagog kadrlarning nafaqat o‘z kasbiy bilim va
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
195
ko‘nikmalarini oshirishlari balki turli yosh davrlaridagi insonlarning psixologik o‘ziga
xosliklarini inobatga olgan holda o‘z
-
o‘zini ri
vojlantirishlari chun zarur shart-sharoitlar
yaratish kerak deb qaraladi.
Pedagogik jarayonlarning ilmiy jihatdan samarali tashkil etishning dolzarbligi
shundan iboratki, pedagog kadrlarning hozirgi globallashuv jarayonlarida hamda kundan
kunga jadal rivojlanib borayotgan axborot-texnologiyalari zamonida erishilayotgan ilm-
fan yutuqlaridan bohabar bo‘lishlari va o‘zlarining kasbiy faoliyatlarida qo‘llashlari
bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
O‘qituvchilarning motivatsiyasini oshirish, stressni boshqarish va o‘z
-
o‘zini
tahlil qilish kabi psixologik yondashuvlar KRKlar orqali taqdim etilishi mumkin.
Bu o‘qituvchilarning professional bilim va ko‘nikmalarini oshiradi va ta’lim jarayonida
yanada samarali ishlashlariga xizmat qiladi.
Kasbiy rivojlanis
h kunlari o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish, pedagogik
ko‘nikmalarini rivojlantirish va yangi ta’lim usullarini o‘rganish imkonini beradi. Biroq,
bu jarayonning ijobiy va salbiy tomonlari ham mavjud. Jumladan salbiy tomonlaridan
vaqtning chegaralanganli, ruhiy va jismoniy charchoq,yangi yondashuvlarga
moslashishdagi qiyinchiliklarda ko‘rishimiz mumkin.
Ijobiy tomonlari esa
o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshishida hamda zamonaviy texnologiyalar va
yangi medotlarni amaliyotda qo‘llashda namoyon bo‘ladi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak
kasbiy
rivojlanish kunlarini tashkil etishning ilmiy-pedagogik xususiyatlarida ijobiy va salbiy
tomonlar mavjud. Ijobiy tomonlari sifatida o‘qituvchilarning malakasini oshirish, yangi
pedagogik metodlarni o‘rganish, o‘qituvchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish va
texnologiyalarni integratsiya qilishni keltirish mumkin. Biroq, vaqtning cheklanganligi,
resurslarning yetishmasligi va o‘qituvchilarning yangi metodlarga moslashishdagi
qiyinchiliklari salbiy tomonlar sifatida qaraladi.
Hozirgi kunda dunyo miqiyosida kasbiy rivojlanish kunlarida o‘qituvchilar uchun
samarali va samarasiz vostilarani aniqlash bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilmoqda
lekin hozirgacha bu borada aniq bir to‘xtamga kelinmagan.
Hukumatlar darajasida ushbu
pedagogik jarayonlar ya’ni kasbiy rivojlanish kunlarini tashkil etish uchun katta
sarmoyalar ajratilmoqda.
Jumladan qisqa muddatli seminarlar, ko‘rgazmalar,
konferensiyalar shular jumlasidandir. Ammo bunday qisqa muddatli pedagogik
jarayonla
rda ishtirok etayotgan har bir o‘qituvchini faol ishtirokini ta’minlash
shuningdek ularning individuval ehtiyojlarini inobatga olish bir muncha qiyinlik
tug‘dirishi qisqa muddatli kasbiy rivojlanish tadbirlarini uzluksiz kasbiy rivojlanish
tadbirlariga qar
aganda nisbatan kam samarali ekanligini ko‘rsatadi.
Shu sababli kasbiy
rivojlanish jarayonlarini puxta ishlab chiqish, farqlash va qo‘llab
-quvvatlash,
o‘qituvchilarni o‘quv jarayonining faol ishtirokchilari sifatida jalb qilish kerak.
Shuningdek ularning samaradorligini aniqlash va kerakli tuzatishlarni kiritish uchun
ularni muntazam ravishda baholab borish kerak.
Kasbiy rivojlanish kunlarini tashkil etishning ilmiy-pedagogik hususiyatlari
o‘qituvchilarning shaxsiy va kasbiy ehtiyojlarini to‘liq
qondirishga qaratilgan. Zamonaviy
ta’limda, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini ta’minlash uchun individual yondashuv,
texnologiyalarning integratsiyasi, jamoaviy ishlash va amaliyotga asoslangan
yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, inkl
uziv ta’lim va o‘qituvchilarni
o‘z
-
o‘zini rivojlantirishga rag‘batlantirish orqali ularning pedagogik mahoratini oshirish
mumkin. Bu jarayonlar zamonaviy pedagogik prinsiplar asosida amalga oshirilishi,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
196
o‘qituvchilarning sifatli ta’lim berish qobiliyatini va kasbiy o‘sishini doimiy ravishda
rivojlantirishga imkon yaratadi.
Kasbir rivojlanish kunlarining maqsadi o‘qituvchining
samaradorligini oshirish orqali talabalar natijalarini yaxshilashdir.
XULOSA:
Yuqoridagi tahllilarga va ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib brogan olimlarning
nazariy qarashlariga tayangah holda, samarali kasbiy rivojlanish kunlarini tashkil etishda
quyidagi ilmiy va pedagogik hususiyatlar inobatga olinishi zarur deb hisoblaymiz:
Birinchidan,kasbiy rivojlanish kunlari ehtiyojlarga asoslangan holda tashkil etilishi
lozim. Bu ehtiyojlar o‘qituvchilarning bilim darajasi, yangiliklarga ochiqligi,
o‘quvchilarning natijalari kabi ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi.
Ikkinchidan,
mashg‘ulotlar zamonaviy pedagogik tadqiqotlar, innovatsion metodlar
asosida qurilishi zarur.
Uchinchidan,
ushbu tadbirlar o‘qituvchilarning faol ishtirokini va o‘zaro tajriba
almashinuvini ta’minlashi lozim.
To‘rtinchidan,
Kasbiy rivojlanish kunlari faqat bir martalik tadbir sifatida emas,
balki doimiy jarayon sifatida yo‘lga qo‘yilishi lozim.
Beshinchidan,
Natijalar doimiy ravishda monitoring qilinishi,
ishtirokchilar o‘z
tajribasini tahlil qilishlari, o‘rganilgan bilimlar amaliyotda qanday aks samara
berayotganligini baholashlari lozim.
O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, kas
biy rivojlanish samarali amalga oshirilsa,
o‘qituvchi faoliyatida ham, o‘quvchilarning yutuqlarida ham sezilarli yaxshilanishlarga
olib kelishi mumkin Shuning uchun kasbiy rivojlanish kunlarini samarali tashkil etish,
nafaqat o‘qituvchilarning malakasini oshirish, balki ta’lim tizimini yangilash va sifatini
yaxshilash uchun muhim ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
OECD Creating Effective Teaching and Learning Environments: First Results
from TALIS.(2009). The Professional Development of Teachers, Chapter 3. OECD.
2.
Dewey, J. (1986). Experience and Education.
The Educational Forum
,
50
(3), 241
–
252. https://doi.org/10.1080/00131728609335764
3.
Eun, B. (2010). A Vygotskian theory‐based professional development:
implications for culturally diverse classrooms.
Professional Development in Education
,
37
(3), 319
–
333. https://doi.org/10.1080/19415257.2010.527761
4.
Wenger, E. (2022). Jean Lave and Etienne Wenger.
Understanding and using
educational theories
, 257.
5.
Сластенин В.А.Мищенко А.И. Целостный
педагогический процесс как
объект профессиональной деятельности учителя. Москва, 1997. –
19-6.
6.
Бодалев А.А. О предмете акмеологии //Психологический журнал. –
М.,
1993.
–
Т. 14. –
N° 5. –
С. 73
-79.
7.
Dexkanova M.U. Kasb-hunar ta
’
limi rahbar xodimlarining malakasini oshirish
jarayoniga tizimli yondashuv.: Ped. f.n. ... diss. avtoref.
–
Toshkent, 2005.
–
19b.
8.
S.T. Turg‘unov. L.A. Maqsudova. Va boshqalar: “Pedagogik jarayonlarni tashkil
etish va boshqarish sifat va samaradorligini oshirish
texnologiyalari” Toshkent
-2014.
