Авторы

  • Зилола Закирова
    PhD, и.о. доцента, Термезский государственный педагогический институт

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2-pp46-49

Ключевые слова:

Искусство культура музыка образцы народного устного творчества поговорки пословицы загадки крестьянские ремесленнические и скотоводческие песни

Аннотация

Доказано, что в музыкальном искусстве региона широко выражены песни, связанные с патриотизмом, гуманизмом, мужеством, храбростью, трудолюбием, любовью, а также аспекты образцов музыкального искусства, связанные с гимнами, прославляющими человеческую личность, верованиями, преувеличивающими образ героизма, и народными песнями. В статье анализируются особенности роли музыкального искусства в культурной и духовной жизни.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The place of music in the cultural and spiritual life of

Uzbekistan

Zilola ZAKIROVA

1

Termez State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2025

Received in revised form

15 February 2025

Accepted 15 March 2025

Available online

25 April 2025

It has been proven that songs related to patriotism,

humanism, courage, bravery, hard work, love, as well as aspects

of musical art samples related to hymns glorifying the human

personality, beliefs exaggerating the image of heroism, and folk

songs are widely expressed in the musical art of the region. The

article analyzes the features of the role of musical art in cultural

and spiritual life.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2-pp

46-49

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Art,

culture,

music,

examples of folk oral

creativity,

sayings,

proverbs,

riddles,

peasant,

artisan and cattle breeding

songs.

O‘zbekistonning madaniy va ma’naviy

hayotida musiqa

san’atining o‘rni

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

san’at,

madaniyat,

musiqa,

xalq og‘zaki ijodi

namunalari,

termalar,

aytishuvlar,

laparlar,

baxshilik,

topishmoqlar,

dehqon,

hunarmand,

chorva qo‘shiqlari.

Musiqa

san’atida yurtsevarlik, insonsevarlik, mardlik,

jasurlik, mehnatsevarlik, mehr-

muhabbat bilan bog‘liq

qo‘shiqlar va musiqa san’ati namunalarining inson shaxsini

ulug‘lovchi madhiyalar, bahodirlik qiyofasini bo‘rttirib

ko‘rsatadigan e’tiqodlar va xalq qo‘shiqlari bilan bog‘liq

jihatlarining hududda yuqori darajada ifodalanganligi qayd

etilgan. Ushbu maqolada madaniy va ma’naviy hayotda musiqa

san’atining o‘rni, xususiyatlari tahlil qilinadi.

1

PhD, Acting Associate Professor, Termez State Pedagogical Institute. E-mail: zakirovazilola85gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

2 (2025) / ISSN 2181-1415

47

Место музыки в культурной и духовной жизни

Узбекистана

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Искусство,

культура,

музыка,

образцы народного
устного творчества,
поговорки,

пословицы,

загадки,

крестьянские,
ремесленнические и

скотоводческие песни.

Доказано, что в музыкальном искусстве региона широко

выражены песни, связанные с патриотизмом, гуманизмом,

мужеством, храбростью, трудолюбием, любовью, а также
аспекты образцов музыкального искусства, связанные с

гимнами, прославляющими человеческую личность,

верованиями, преувеличивающими образ героизма, и

народными песнями. В статье анализируются особенности
роли музыкального искусства в культурной и духовной
жизни.


KIRISH

Jahonning rivojlangan mamlakatlarida musiqa san’atini va uning vatanparvarlik,

insonparvarlik, mehnatp

arvarlik kabi g‘oyalarni targ‘ib etishdagi ahamiyatini o‘rganish,

shuningdek, musiqa san’atini yanada yuksaltirish borasida muhim ishlar amalga

oshirilmoqda. Natijada

madaniy va ma’naviy hayotda musiqa san’ati sohasida o‘zaro

hamkorliklarni ta’minlash maqs

adida YUNESKOning Madaniyat ishlari boshqarmasi

tomonidan dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgan xalqaro musiqa festivallari, ijrochilik san’ati,

musiqa asboblarining yangi turlarini yaratish

yo‘nalishida amaliy ishlar bajarilmoqda.

Musiqa merosiy yodgorliklarining milliy madaniyatdagi ahamiyati turlicha va ular

bevosita o‘z vazifalarini bajarish jarayonida rivoj topib, odatda, insonlarning hayotiy
davri shakllari bo‘lmish marosim, mehnat, dam olish, yilnoma, sayl va shu kabi ommaviy
yig‘inlarda ijro etib kelingan.

Yuksalib takomillashgan madaniyatlarda folklor

yodgorliklari, asosan, axborot yetkazish va estetik zavq berish kabi vazifalarni bajargan

va natijada ularning ijtimoiy jarayonlarga ta’siri sezilarsiz bo‘lgan. Binobarin, jamiyatning
madaniy yo‘nalishi tizim

iga joriy qilinishi esa insoniyat faoliyatining bevosita maxsus

sohasi

folklor san’ati

orqali sodir bo‘ladi. Va u yordamida folklor materiali hamda

ma’lum etnik belgilarni ruhan tartibga solishning ijtimoiy shakli sifatida olib eshittirish

(translyatsiya) orqali amalga oshiriladi.

Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar zaminida milliy musiqa

manbalaridan foydalanish, milliy musiqa tarixi, uning namoyondalari, xalqimiz
tomonidan yaratilgan moddiy-

ma’naviy meros, madaniyatimizning yutuqlari e

ng avvalo,

globallashuv sharoitida “ommaviy madaniyat”ning keskin ravishda yoshlarni o‘ziga jalb

etayotgan hozirgi davrda, unga qarshi kurasha oladigan vositadir. Bu esa xalqaro
rivojlanish maqsadlari va erishilgan yutuqlarni tezlashtirish strategiyasi doirasida

alohida e’tibor beradigan loyihalarni amalga oshirish zaruratini tug‘dirmoqda.
Shuningdek, musiqa san’ati aslida vatan ozodligi, mustaqilligi uchun bo‘lgan kurashlarda
shahid ketganlar, xalq xo‘jaligi sohasidagi, ijtimoiy hayotdagi kamchiliklar, mua

mmolarni

ko‘tarib chiqqan, yutuqlarni tarannum etgan, hayotiy voqealarni o‘zida aks ettirgan
qo‘shiqlar, hikmatlar, maqollar va matallarni yoshlar qalbiga singdirish kabi muhim

vazifalar tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

2 (2025) / ISSN 2181-1415

48

O‘zbekiston Respublikasi Prezi

dentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ

5538-sonli

“O‘zbekistonda milliy musiqa san’atini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida”gi,

2022-yil 28-yanvardagi PF

60-sonli

2022

2026-yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonlari,

2018-yil 5-sentabrdagi PQ

3931-

sonli “O‘zbekistonda milliy musiqa tizimida yangi

tamoyillarini joriy etish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2020

-yil 27-fevraldagi

PQ

4623-sonli qarorlari hamda sohaga oid boshqa me

’yoriy

-huquqiy hujjatlarda

ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Muammoni ilmiy tadqiq etish darajasini aniqlashda mavzuga oid adabiyotlar va

ilmiy tadqiqot ishlarini ikki guruhga ajratib tahlil etish maqsadga muvofiq.

Birinchi guruhga

sovet davri mavzusiga doir e’lon qilingan ishlarni, ikkinchi

guruhga

mustaqillik yillarida mavzuga oid ishlarini kiritish mumkin. Birinchi guruh

adabiyotlari sovetlar hukumati davrida yaratilgan

bo‘lib, ularda kommunistik

mafkuraning ta’siri yaqqol sezilib turadi. “O‘zbekistonning madaniy va ma’naviy hayotida
musiqa san’atining o‘rni: tarixiy tahlil (Surxondaryo viloyati misolida)” masalasiga oid

musiqa manbalaridan foydalanish

yo‘nalishida taniql

i olimlardan I.Magidovich, X. Zarifov,

B.X. Karmisheva, B.A. Karriyev, O. Bekbaulov, N.P. Lobacheva va R.G. Lyapunovalar
tomonidan

madaniy va ma’naviy hayotida musiqa san’ati

manbalardan foydalanish

hamda

o‘rgatish madaniyatini shakllantirish, yoshlarni va

tanga, muqaddas tuproqqa,

bo‘lgan qiziqishini oshirish masalalari o‘rganilgan

Ikkinchi guruh adabiyotlari mustaqillik yillarida yaratilgan asarlar bo‘lib, bular,

O‘zbekistonning madaniy va ma’naviy hayotida musiqa san’ati orqali vatanparvarlik,

insonparva

rlik, mardlik, jasurlik hamda fidoyilik ko‘rsatishga oid manbalarni mukammal

o‘rganish natijasida xorijiy va respublika miqyosida ilmiy maqolalar to‘plami ham musiqa
sohasidagi mahalliy materiallardan foydalanish bo‘yicha qimmatli manba hisoblanadi.

Musiqa sohasida mahalliy manbalarni taqdim etishida O. Safarov, M.

Jo‘rayev,

B. Sarimsoqov, F. Rahmonov, Sh. Shomansurov, T. Salimov, M. Ibragimova, S. Pirmatova,
M. Toshmuhamedov, M. Narziqulova, K. Ochilov, B. Sayfullayevlar musiqaga oid

qo‘shimcha manbalardan

foydalanish masalalariga doir ilmiy jihatini o‘rganganlar.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqotda adekvat holatda o‘rganishni ta’

minlashga qaratilgan nazariy (qiyosiy-

taqqoslash, tahliliy, modellashtirish), diagnostik (test, kuzatish, so‘rovnomalar,

loyihalashtirilgan metodika), prognostik (umumlashtirish, erkin baholash), pedagogik
tajriba-

sinov va matematik statistik metodlar (ma’lumotlarni statistik qayta ishlash,

natijalarni rasm ko‘rinishida tasvirlash va boshqalar) dan foydalanish.

TAHLIL VA NATIJALAR

Madaniy va ma’naviy hayotida

musiqaga oid manbalardan foydalanishga oid

ma’lumotlari tarixini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar

asosida:

madaniy va ma’naviy hayotda

musiqaga

oid ilk qo‘shiqlar, ularning ijrochilari,

sozandalar, musiqa ustachilik maktablari manbalaridan foydalanish, musiqa

madaniyatini rivojlantirish va musiqa san’atiga oid eng qadimgi musiqa asbob

-

uskunalari, ularning qanday xom ashyolardan tayyorlanganligi, ularni ijro etish usullari,

musiqani o‘zlashtirish

va o‘rgatish madaniyatini takomillashtirish kabi ma’lumotlardan

foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi markazi 2022

-yil


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

2 (2025) / ISSN 2181-1415

49

16-dekabrdagi 03-12-08-5402-

son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muassasalari

subyektlari o‘rtasida musiqa materia

llaridan samarali foydalanish va uni dars

jarayonlarida joriy etishning yangi usullariga oid madaniyatni takomillashtirishning

samarali shakl va metodlaridan unumli foydalanishga xizmat qilgan;

O‘zbekistonning madaniy va ma’naviy hayotida

musiqaga oid manbalardan

foydalanish milliy va xorijiy

yo‘nalishlaridagi hamkorligini mustahkamlashga oid musiqa

maktablari, musiqa sohasidagi sulolalar, musiqiy asarlarni yaratilishi, asrlar osha

kuylanib kelayotgan qo‘shiqlar va ularni ijro etish san’atining yuksalish

omillari, mashhur

sozandalar va ularning milliy madaniyatimizga qo‘shgan hissasi haqidagi ma’lumotlardan

foydalanildi (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining huzuridagi ijtimoiy

-

ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022

-yil 21-dekabrdagi 398-

son ma’lu

motnomasi).

Natijada, musiqaga oid ma’lumotlar, musiqa asboblari, ularning tarixi, musiqa asboblarini

tayyorlash usullari, jangda, g‘alabada, mehnatda, dehqonchilikda, chorvachilikda,

hunarmandchilikda, sportda, to‘ylarda, marosimlarda aytiladigan musiqavi

y

chiqishlarning o‘ziga xos xususiyatlariga oid mahalliy materiallardan foydalanish milliy

madaniyatimizning mazmunini boyitishga xizmat qilgan.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Insoniyat borliqni ongli ravishda his eta boshlagan davrdan boshlab musiqa

san’atiga ehtiyo

j sezgan. Aytish mumkinki, musiqa ijtimoiy-

ma’naviy zarurat sifatida

paydo bo‘lgan va ibtidoiy jamoalar shakllanish hamda rivojlanish jarayonlariga

mutanosib ravishda orta borgan ijtimoiy-

ma’naviy va madaniy ehtiyojlarga muvofiq

tarzda sayqallanish bosqichlarini boshdan kechirgan. Ushbu tadqiqotning birinchi bobida

musiqa san’atining paydo bo‘lishi, davrlar davomida rivojlanib, sayqallanib borishi

hamda mazkur jarayonlarga ijobiy ta’sir etuvchi faktorlar tahlil etildi. Xususan:

1. Musiqa

san’atining paydo bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy

-madaniy va

ma’naviy shart

-

sharoitlar har bir qabila, urug‘, millat va elatlarning atrof

-borliq haqidagi

tasavvurlari, yashash tarzlari, qadriyatlari, davr va zamonlarga xos bo‘lgan yetakchi

g‘oyalar kabi faktorlarga chambarchas bog‘liq ekanligi asoslab berildi.

2.

Musiqa san’atining paydo bo‘lish tarixi xalq og‘zaki ijodining ilk namunalari

shakllana boshlagan davrlarga taqalishi, binobarin, xalq og‘zaki ijodi musiqa san’atining

eng birlamchi negizi ekanligi manbalar va soha mutaxassislarining xulosalarini tahlil

etish orqali asoslab berildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Abdullayev U. Etnologiyada terminologiya muammosi O‘zbekiston etnologiyasi:

yangicha qarashlar va nazariy metodologik yondashuvlar. Toshkent: 2004.

B. 10-14.

2.

Abdurahmonov A. Turkiy adabiyotning qadimgi davri (Eng qadimdan

islomgacha bo‘lgan davr). Toshkent: Yangi asr avlodi, 2005. –

380 b.

3.

Akramov G‘. Mifologiyaning ayrim epik janrlari bilan o‘zaro munosabati O‘zbek

folklorining epik janrlari.

Toshkent: Fan, 1981.B. 157.

4.

Azizxo‘jayeva N. Musiqiy

-

pedagogik ta’lim nazariyasi va amaliyoti. Toshkent,

2004.-B.156.

5.

Alaviya M. O‘zbek xalq marosim qo‘shiqlari. –

Toshkent: Fan, 1974.

222 b.

6.

As-Safsafiy Ahmad al-Qa

toriy // «Alpomish» dostoni va jahon xalqlari epik

ijodiyoti» mavzuidagi xalqaro konferentsiya materiallari. Toshkent: Fan, 1999. –

B. 21-24.

7.

Afzalov M. O‘zbek xalq baxshilari



SHarq yuldo‘zi. –

1946. № 10

-11.

B. 140-141.

8.

Ashirov A. «Avesto» dan

meros marosimlar.

Toshkent: Xalq merosi.

Библиографические ссылки

Abdullayev U. Etnologiyada terminologiya muammosi O‘zbekiston etnologiyasi: yangicha qarashlar va nazariy metodologik yondashuvlar. Toshkent: 2004. – B. 10-14.

Abdurahmonov A. Turkiy adabiyotning qadimgi davri (Eng qadimdan islomgacha bo‘lgan davr). Toshkent: Yangi asr avlodi, 2005. – 380 b.

Akramov G‘. Mifologiyaning ayrim epik janrlari bilan o‘zaro munosabati O‘zbek folklorining epik janrlari. – Toshkent: Fan, 1981.B. 157.

Azizxo‘jayeva N. Musiqiy-pedagogik ta’lim nazariyasi va amaliyoti. Toshkent, 2004.-B.156.

Alaviya M. O‘zbek xalq marosim qo‘shiqlari. – Toshkent: Fan, 1974. – 222 b.

As-Safsafiy Ahmad al-Qatoriy // «Alpomish» dostoni va jahon xalqlari epik ijodiyoti» mavzuidagi xalqaro konferentsiya materiallari. Toshkent: Fan, 1999. – B. 21-24.

Afzalov M. O‘zbek xalq baxshilari  SHarq yuldo‘zi. – 1946. № 10-11. – B. 140-141.

Ashirov A. «Avesto» dan meros marosimlar. – Toshkent: Xalq merosi,