Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Participation of workers from Fergana, Andijan, and
Namangan regions in defense funds, construction of
military equipment, and providing assistance to families
of front-line soldiers
Murodjon TASHKHODJAEV
1
Andijan State Technical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2025
Received in revised form
28 February 2025
Accepted 20 March 2025
Available online
15 April 2025
This article, based on numerous facts and archival
documents, illuminates the contributions of workers in the
Fergana, Andijan, and Namangan regions during the Second
World War. It details their efforts in raising funds for defense
initiatives, their involvement in the production of military
equipment, as well as their participation in providing assistance
to the families of front-line soldiers.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
front,
defense fund,
money,
military equipment,
tank,
military aircraft,
food,
clothing,
silver,
gold,
personal savings,
railway car,
metal.
1
Teacher, Andijan State Technical Institute. E-mail: muroddomla@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
181
Fargʻona,
Andijon
va
Namangan
oblastlari
mehnatkashlarining mudofaa fondlari, harbiy texnikalar
qurilishiga va frontdagilarning oilalariga yordam
berishdagi ishtiroklari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
front,
mudofaa fondi,
pul,
harbiy texnika,
tank,
harbiy samolyot,
oziq-ovqat,
kiyim-kechak,
kumush,
oltin,
shaxsiy jamgʻarma,
vagon,
metall.
Ushbu maqolada ikkinchi jahon urushi yillarida Farg‘ona,
Andijon va Namangan oblastlari mehnatkashlarining mudofaa
fondlariga mablag‘lar to‘plashdagi va
harbiy texnikalar ishlab
chiqarishdagi yordamlari hamda frontdagilarning oilalariga
yordam berishdagi ishtiroklari ko‘plab faktlar va arxiv hujjatlari
ma’lumotlari asosida
yoritib berilgan.
Участие тружеников Ферганской, Андижанской и
Наманганской областей в строительстве оборонных
фондов, военной техники и помощи семьям
фронтовиков
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
фронт,
фонд обороны,
деньги,
военная техника,
танк,
военный самолёт,
продовольствие,
одежда,
серебро,
золото,
личные сбережения,
вагон,
металл.
В данной статье на основе многих фактов и сведений из
архивных документов в годы Второй мировой войны
освещено участие трудящихся Ферганской, Андижанской и
Наманганской областей в сборе средств для фонда обороны
и в производстве военной техники, а также в помощи
семьям фронтовиков.
Ikkinchi jahon urushi yillarida butun O‘zbekiston aholisi mudofaa jamg‘armalari
tashkil etish va frontga moddiy yordam berishda faol ishtirok etdilar. Mudofaa fondlariga
shahar va qishloq mehnatkashlaridan ko‘plab yordam vositalari kelib turdi. Ular o‘z
imkoniyatlari doirasida pul, davlat zayomlari obligatsiyalari, kumush va oltin zebu
ziynatlar, o‘zlarining shaxsiy hisoblaridagi chorva mollari, qishloq xo‘jalik mahsulotlari,
kolxoz hisobidagi mehnat kunlari jumlasidan mudofaa fondlariga o‘tkaza boshladilar.
O‘zbekiston mehnatkashlari ikkinchi jahon urushi yillarida mudof
aa fondiga hammasi
bo‘lib 475
387 ming so‘m pul, 22
377 so‘mlik qimmatbaho buyumlar, 55,7 kg qimmatbaho
metallar, 18
724 ming so‘mlik qishloq xo‘jalik mahsulotlarini topshirdilar [1.152].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
182
O‘zbek xalqi eng asosiy turdagi oziq
-ovqatlarga ehtiyoj sezsa-
da, o‘
zlari yemay
ko‘chirib keltirilgan ota
-
onasiz bolalarga berdilar. Bu O‘zbekistonga evakuatsiya
qilinganlarga nisbatan jiddiy e’tibor qaratilib, tinimsiz g‘amxo‘rlik ko‘rsatilganidan
dalolat edi. Dunyo xalqlari oldida o‘zbek xalqi o‘zining nimalarga qodir, q
anday xalq
ekanligini matonat bilan sinovlarga bardosh berib, namoyish etdi. Xalqimiz o‘zining
kulfatlari-
yu, musibatlarini bildirmasdan o‘zining oilasidagi qayg‘u
-alamlarini bir chetga
surib qo‘yib, o‘zbeklarga xos bo‘lgan xususiyatlarini ko‘rsatgan edi.
Urushda g‘alabani ta’min etish uchun esa ko‘p narsa talab qilinar edi. Sanoatchilar
armiyani zamonaviy qurollar, tank va samolyotlar bilan ta’min etish yo‘lida
qahramonlarcha mehnat qilsa, dehqonlar frontga oziq-ovqat va kiyim-kechak yetkazib
berish bilang
ina qanoatlanmay, armiyaning jangovarligini oshirish yo‘lida ham yangi
-
yangi tashabbuslari bilan chiqdilar. Buning uchun mudofaa fondlari, aviatsiya
eskadrilyalari va tank kolonnalari tashkil qilish uchun butun-butun qishloq aholisi
mablag‘ yig‘ishga kiris
hdi. Natijada respublika qishloqlaridagina emas, shaharlarida ham
ko‘plab mablag‘lar to‘plandi.
Butun O‘zbekiston aholisi qatori namanganliklar ham mudofaa jamg‘armalari
tashkil etish va frontga moddiy yordam berishda faol ishtirok etdilar. Namangan oblast
ijroiya komiteti 1941-yil 26-
dekabrda oblastning shahar va rayonlariga ko‘chirib
keltirilgan fuqarolarga moddiy yordam uyushtirish yuzasidan maxsus qaror qabul qildi.
Shu qarorga ko‘ra 118
000 so‘m mablag‘ ajratilib, ushbu mablag‘ rayon ijroiya komitetlar
i
tomonidan ko‘chirib keltirilgan aholi vakillariga taqsimlab berildi
[2.15].
1941-
yili Namangan shahar “Yangi turmush” arteli a’zolari 12 ming so‘m,
qo‘shimcha ravishda fuqarolardan 5100 so‘m mudofaa fondiga topshirdilar. O‘zbekiston
KPning Namangan viloyati tashkilot byurosi 1941-yil 11-oktyabrda yoshlar
yakshanbaliklarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 7
-
noyabrga qadar o‘tkazilgan
uch yakshanbalikda 136248 nafar yigit-qiz qatnashdi. Ular shu kunlari ishlab
chiqarishlarda va paxta dalalarida fidokorlik bilan ishlab, mudofaa fondiga 369
350 so‘m
pul o‘tkazdilar
[3.3].
1941-yil Chust shahar N.K.
Krupskaya nomli maktab o‘qituvchilaridan 23 kishi har
oylik maoshlarining bir kunligini to urush tugagunga qadar mudofaa fondi uchun
ajratdilar. Maktab o‘q
uvchilari tashabbusi bilan esa frontga posilkalar yuborildi [4.23].
Chortoq tuman ziyolilari ham mudofaa fondiga hissa qo‘shdilar. Chunonchi, 1944
-yil
maorifchilarning avgust kengashida mudofaa fondiga 380 ming pul to‘plandi
[5.64].
1941- yil viloyatda fro
nt uchun 4974 ta paxtalik fufayka, 2369 ta paxtalik shim, ko‘p
miqdorda jun, teri va boshqa mahsulotlar to‘plandi
[6.4-5].
Viloyat mehnatkashlari frontga moddiy yordam berishda alohida namuna
ko‘rsatdilar. Mudofaa fondi hisobiga tushayotgan mablag‘
miqdori kundan-kunga ortib
bordi. 1942-yil 22-iyunigacha viloyat mehnatkashlari mudofaa fondiga 1 million 41 ming
so‘m pul topshirdilar
[7.149]. 1942-
yil harakatdagi armiyaga 711 ming so‘m mablag‘
yuborildi. 1942-
yil yanvarda Namangan temir yo‘l stansiyasi
da frontga viloyatdan
to‘plangan 7 vagon oziq
-ovqat, kiyim-
kechakni jo‘natishga bag‘ishlangan ko‘p ming
kishilik miting bo‘lib o‘tdi. Namanganliklarning ushbu sovg‘asi 5 kishidan iborat
komissiya tomonidan Moskvaga yetkazib berilgan.
Namangandagi “Besh yillik” artelining hunarmandlari 1944
-yilning 3-sentyabr
dam olish kunini ish kuni deb e’lon qilishdi. Shu kungi ish haqlari –
12 ming so‘mni
arteldagi “Ko‘p bolali onalarga yordam fondi”ga taqdim etdilar. Harakatdagi armiyani
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
183
qurol-
yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash maqsadida mablag‘ yig‘ish ishlari davom
etdi. Shu maqsadda 1944-yilning dekabrida tank kolonnasi va aviaeskadrilya qurish
uchun 665116 so‘m mablag‘ to‘plandi
[7.23-24].
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining tashkiliy qo‘mitasi va O‘zbekiston KP
MK
tashkiliy byurosi 1942-yil 14-
dekabrda Namangan viloyati bo‘yicha “Namangan
kolxozchisi” nomi ostida tank kolonnasini qurish uchun mablag‘ to‘plash haqida qaror
qabul qildi [
8.209]. Unga ko‘ra xalqimiz harbiy texnikalar yetkazib berishda o‘zlarining
sh
axsiy jamg‘armalarini ham topshirishlari lozim bo‘lgandi.
Andijonlik mehnatkashlar ham g‘alaba uchun o‘zlarining munosib hissalarini
qo‘shdilar. Birgina Andijon tumanida xo‘jalik rahbari bo‘lib ishlagan Patto Azimov tank
ishlab chiqarish uchun o‘z jamg‘armasidan 14 ming so‘m pul, shu tumanning Hasan
qishlog‘idan Ozodaxon Jalilova esa 11 ming so‘m pul ajratdilar
[9.6].Tank kolonnasi,
harbiy texnika ishlab chiqarish uchun Namangan viloyati mehnatkashlari 4 mln 879 ming
so‘m
[
10.7], Qo‘qon aholisi 1943
-yil bah
orda “Qo‘qon ishchisi” tank kolonnasi qurilishi
uchun 235 ming so‘m
[
11.2], Qo‘qon tibbiyot xodimlari “Qo‘qon tibbiyot ishchisi” sanitar
harbiy samolyoti ishlab chiqarish uchun 64 ming so‘m mablag‘ topshirdilar
[12.2].
Ko‘plab fuqarolar ushbu yillarda o‘z shaxsiy jamg‘armalarini ham mudofaa fondiga
o‘tkazdilar. Masalan, “Namangan kolxozchisi” tank kolonnasini urush uchun 74 million
so‘m, “O‘zbekiston kolxozchisi” aviaeskadrilyasi tuzish uchun 38 million so‘m mablag‘
yig‘ildi
[13.2].
Mudofaa fon
diga mablag‘ to‘plashda o‘qituvchi va o‘quvchilar ham jonbozlik
ko‘rsatdilar. Masalan, 1942
-
yili Andijon viloyati o‘qituvchilari “Xalq o‘qituvchisi” nomli
tank kolonnasi qurilishiga 50 ming rubl, Andijon shahar o‘qituvchilari 60 ming rubl,
Marhamat tumani
o‘qituvchilari 41,5 ming rubl mablag‘ o‘tkazdilar
[14.2].
Bu davrda frontga yordam vositalaridan biri armiya jangchilarini issiq kiyim-bosh
bilan ta’minlash bo‘ldi. Mudofaa fondlariga yordam kompaniyasi boshlangan
1941-yilning kuzidan boshlab 1943-yilning 1-
iyuligacha respublikada 34 464 po‘stin,
21207 teridan ishlangan nimcha, 100 344 juft piyma, 192555 juft paypoq, 150086 juft
panjali va panjasiz qo‘lqop, 100966 juft issiq ichki kiyim, 192898 qalpoq, 113750 kalta
kamzul va sharvar, 395500 miqdorida boshqa ust-boshlar tayyorlandi, 8 833
300 mo‘m
pul to‘plandi va yetkazib berildi
[15.1].
Namangan oblast kolxozchilari 1941-yilning 2-oktyabrigacha jangchilarga
1500 juft kigiz etik, 3000 dona telpak, 3000 dona issiq qo‘lqop yubordilar. Shuningdek,
Andijon obl
asti bo‘yicha 1941
-
yilning oxirigacha 6300 dona po‘stin, 3000 juft qo‘lqop,
2000 dona telpak, 4000 komplekt issiq ichki kiyim, 16500 juft jun paypoq,
5500 juft piyma va boshqa kerakli narsalar mudofaa fondiga topshirildi [16.124].
Bulardan tashqari mudofa
a fondiga mevalar, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jalik
mahsulotlari ham yuborildi.
Namangan oblasti bo‘yicha esa 1941
-yilning 4-
avgustigacha zayom bo‘yicha
to‘langan mablag‘ 15 million 461 ming so‘mni tashkil qildi. Samarqand oblastining
Dehqonobod, Qamashi,
Yakkabog‘ rayonlari, Andijon oblastining Andijon, Oltinko‘l, Oyim
rayonlari, Toshkent oblastining Yangiyo‘l, Oqqo‘rg‘on, Quyi Chirchiq rayonlari, Farg‘ona
oblastining Quva, Gorkiy rayonlarining kolxozchilari davlat zayomi pullarini darhol
100 foiz qilib
to‘lab qo‘ydilar
[2.15].
Namangan oblastidan 1942-
yil oktabr oyining o‘zida frontdagi jangchilarga
1620 kg guruch, 5201 kg quruq meva, 8059 kg yong‘oq, 426 kg asal, 13570 kg ho‘l meva,
87 bosh qo‘y
-echki, 157 ta tovuq, 6070 kg sabzavot, 470 kg qurut, 2774 kg don,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
184
60556 so‘m pul, 10 kg jun, 5 ta teri jo‘natildi. Viloyatda 1943
-yili tank va samolyotlar
qurish uchun 45 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ to‘plandi. 1943
-yil 7-iyunda ikkinchi
davlat harbiy zayomiga yozilish viloyat bo‘yicha 31 mln. 93 ming so‘mn
i tashkil etdi
[17.11-18].
1941-
yil noyabrda Farg‘ona viloyatidan 570 kg go‘sht, 22309 kg quruq meva,
1034 kg guruch, 5914 kg sabzavot, 24750 so‘m naqd pul, 665 kg behi, 1620 kg un,
1016 kg turshak olindi. Jami 30 tonna atrofida mahsulot jo‘natilgan bo‘lib, bunda ko‘proq
quruq meva salmoqli o‘rinni egallagan. Ushbu ma’lumotlar shundan guvohlik beradiki
faqat ayrim viloyatlargina emas balki butun respublika miqyosida frontga yordam berib
turilgan. Bir yarim yil mobaynida yuborilgan mahsulotlar o‘rta hisobd
a 700 vagonni
tashkil etgan. Bu borada Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari ham salmoqli o‘rinni
egallagan. Masalan, Andijon viloyati, 1942-yilda 5 271
810 so‘m naqd pul, 72500 ta issiq
kiyim, 9500 telogreyka, 3400 ta piyma, 4400 ta paxtali shim, 11,5 mingta paypoq, 5400 ta
nimcha, 8900 ta ko‘rpa va 6000 juft qo‘lqopni frontga jo‘natgan
[18.38-39].
O‘zbekiston qamaldagi Leningrad shahriga ham yordam ko‘rsatgan edi. 1942
-yil
mart-aprel oylarida Toshkent viloyati Leningradga 40 ta vagonda guruch, 7 ta vagonda
go‘sht va quruq meva, 4 ta vagonda sovg‘a jo‘natdi. Shuningdek, Termiz, Andijon,
Farg‘ona va Namangandan 123 ta vagonda mahsulot yuborildi. Bu vaqtda frontga
yuborilgan vagonlarning umumiy soni 174 ta bo‘lib, bular mahsulotlarning katta hajmda
yuborilganidan dalolat beradi [19.78].
1943-yil yanvar-fevral oylarida Andijon viloyatidan Leningrad shahri va viloyatiga
281.000 so‘m naqd pul, 77784 kg un va g‘alla, 5496 kg yorma, 1160 kg guruch, 418 dona
qo‘y, 8510 kg quruq meva, 205 dona echki, 1,5 ming litr vino va 1000 dan ortiq sovg‘alar
yuborildi [20.102].
1944-
yilda Farg‘ona oblastining So‘x rayonidagi kolxozlar, kolxozchilarning o‘z
ixtiyorlarida bo‘lgan oziq
-ovqat zaxiralaridan shaharlarning ishchi va xizmatchilariga
birodarona yordam tashkil
etishning tashabbuskori bo‘ldilar. So‘x kolxozchilarining
tashabbusini butun O‘zbekiston kolxozchilari yakdillik bilan quvvatladilar. Erkak va ayol
kolxozchilar sanoat korxonalaridagi ishchi va xizmatchilarning ta’minotini yaxshilash
uchun respublikaning shaharlariga yuz ming pudlab har xil oziq-ovqat mahsulotlari
yetkazib berdilar [21.11-12].
Respublika mehnatkashlari rangli va qora metall parchalarini to‘plash borasida
katta ishlar qildi. 1941-yilning 22-iyunidan 15-
avgustiga qadar bo‘lgan vaqtning
o‘zidagina 76,2 tonna rangli metall va 3234,1 tonna qora metall to‘plandi. Qo‘qon
komsomollari ayniqsa yaxshi mehnat qilib, 160 tonna qora metall va 2800 kilogramm
rangli metall to‘plab topshirishdi. Urush yillarida O‘zbekiston mehnatkashlarining
mablag‘lari bilan “Sovet O‘zbekistoni” tank kolonnasi va aviaeskadrilyasi, “O‘zbekiston
osoaviaximchisi”, “O‘zbekiston komsomoli” va boshqa tank kolonnalari va
aviaeskadrilyalari barpo etilgan edi.
Frontda o‘zbek tilida chiqqan “Stalin bayrog‘i” harbiy front gazetasinin
g 1943-yil
29-
dekabr sonida Chust tumani Narimonqishloq mehnatkashlarining “Mard, qahramon
bo‘lingiz!” sarlavhasi ostida frontdagi jangchilarga yuborilgan xatida frontga yordam,
vatanparvarlik, do‘stlik, g‘alabaga ishonch tuyg‘ulari aks etgan. “Birgina qis
hloq
aktivlarining tashabbusi bilan,
–
deyiladi xatda frontchilarning oilalari uchun 16 tonna
g‘alla, 76 ta kiyim, 41 ta oyoq poyafzali, 81 ta mayda hayvon, 734 kub o‘tin va 2 ming
kilogramm urug‘lik hozirlab berdik. 324 jangchining uylarini remont qilib berdik”
[7.24].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
185
Urush yillarda jamoa xo‘jaliklarida front uchun qo‘shimcha tarzda “mudofaa
gektari” ekish keng tus oldi. To‘raqo‘rg‘on tumani jamoa xo‘jaliklari birinchi bo‘lib
10 gektar “mudofaa gektari” ekdilar. Viloyat mehnatkashlari 1942
-yilda front uchun
132,3 gektar “mudofaa gektari” ekdilar. Mazkur yerlarda yetishtirilgan hosil to‘laligicha
frontga jo‘natildi.
Xulosa qilib aytganda urush yillarida front orti hisoblangan yurtimiz qishloq
xo‘jaligida, zavod
-fabrikalarida asosan ayollar, keksalar, bolalar kechani kecha, kunduzni
kunduz demay fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilganliklarini hisobga oladigan bo‘lsak, bizning
xalqimiz fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qanday ulkan hissa qo‘shganligini
tasavvur qilish qiyin emas. Urush yillarida butun O‘zbekiston SSR aholisi qatori Farg‘ona,
Andijon va Namangan oblastlari mehnatkashlari ham mudofaa fondiga o‘zlarining
bisotidagi borini berishi bilan bir qatorda, frontdagilarning oilalariga ham baholi qudrat
yordam berib, g‘alabaga o‘zlarining munosib hissalarini
qo‘shdilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Вклад трудящихся Узбекистана в победу в Великой Отечественной войне.
–Ташкент, 1975.
2.
Пўлатов И. Буюк ғалабада Ўзбекистон ҳиссаси. –
Тошкент: Ўзбекистон, 1974.
3.
Наманган ВДА, 796
-
фонд, 1
-
рўйхат, 116
-
иш.
4.
Санақулов Х. Чуст.
-
Тошкент: 1992.
5.
Чортоқ тумани тарихи. –Тошкент: Университет, 1995.
6.
Наманган вилоят давлат архиви (Намаган ВДА), 796
-
фонд, 1
-
рўйхат, 116
-
иш.
7.
Ғаффоров
Ф. Наманган меҳнаткашлари Иккинчи жаҳон уруши йилларида
// Жамият тараққиёти ва ижтимоий фанлар: Наманган Давлат университетида
1995 йил 27
-
28 апрелда бўлиб ўтган илмий конференция материаллари. –
Наманган: 1996.
8.
Наманган ВДА, 13
-
фонд, 8
-
рўйҳат, 1
-
иш, 209
-
варақ.
9.
Хотира. Андижон вилояти 1
-
китоб. –Тошкент, 1994.
10.
Хотира. Наманган вилояти 1
-
китоб. –Тошкент, 1994.
11.
Правда Востока. 6 марта 1943 года.
12.
Ферганская правда. 3 июля 1944 года.
13.
Ҳакимов
Б. Юксалиш довонлари ⁄⁄ Наманган хақиқати.
-1991.-
2 апрель.
14.
Сталинское знамия. 1943 г. 12 января.
15.
ЎзР ПАА, 58
-
фонд, 19
-
рўйҳат, 1026
-
иш.
16.
Ўз МА, Р
-837-
фонд, 32
-
рўйҳат, 3847
-
иш.
17.
Наманган ВДА, 796
-
фонд, 1
-
рўйхат, 116
-
иш, 11
-18-
варақлар.
18.
Зиёев Ҳ. Ўзбекистон биринчи ва иккинчи жаҳон уруши даврида. –
Тошкент: Муҳаррир, 2011.
19.
Голованов А.А., Саидов И.М. Вклад Узбекистана в победу над фашизмом.
Часть II. –
Самарканд: Изд. СамГУ, 2006.
20.
Нуруллин Р. Узбекистан –
арсенал фронта в годы войны// Фашизм
устидан қозонилган ғалабада Ўзбекистоннинг тарихий ҳиссаси (Илмий
-
назарий
конференция материаллари). –
Тошкент,1996.
21.
Ўз МА, Р
-837-
фонд, 32
-
рўйҳат, 4178
-
иш.
22.
Наманган ВДАнинг Уйчи бўлими, 1
-
фонд, 2
-
рўйхат, 13
-
иш.
