Авторы

  • Зухриддин Мухаммадалиев
    Самостоятельный соискатель, Университет общественной безопасности Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp175-179

Ключевые слова:

охрана общественного порядка расширение полномочий подразделений Национальной гвардии обеспечение общественной безопасности вопросы административной ответственности

Аннотация

В данной статье рассматриваются действующие полномочия подразделений Национальной гвардии в сфере обеспечения общественного порядка и безопасности, а также основания для их возможного расширения. Представлены предложения и рекомендации по внесению изменений в законодательство, направленные на повышение эффективности деятельности подразделений Национальной гвардии в предотвращении административных правонарушений. Кроме того, подвергаются научному анализу результаты реализуемых в этом направлении реформ, высказываются мнения и размышления о значении и роли данных преобразований в общественной жизни.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Expanding the authority of National Guard units in
ensuring public safety and order

Zukhriddin MUKHAMMADALIEV

1


University of Public Safety of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2025

Received in revised form

28 February 2025
Accepted 20 March 2025

Available online

15 April 2025

This article presents proposals and recommendations

regarding the existing powers of National Guard units in

ensuring public order and security, the grounds for expanding

these powers, and potential amendments to legislation aimed at

broadening the National Guard units' current authority in
preventing administrative offenses. Additionally, the results of

ongoing reforms in this area have been scientifically analyzed,

and observations and reflections on their role in society's life

have been expressed.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp

175-179

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

preservation of public order,

expansion of National Guard
units' authority,

ensuring public safety,

matters of administrative
accountability.

Jamoat xavfsizligi va tartibi

ta’minlashda Milliy gvardiya

bo‘linmalarining vakolatlarini kengaytirish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

jamoat tartibini saqlash,
Milliy gvardiya

bo‘linmalarining

vakolatlarini kengaytirish,
jamoat xavfsizligini

ta’minlash,

ma’muriy javobgarlik

masalalari.

Ushbu maqolada jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda

Milliy gvardiya

bo‘linmalarining mavjud vakolatlari, ularni

kengaytirish asoslari, Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan
ma’muriy huquqbuzarliklarni oldini olishdagi mavjud
vakolatlarni kengaytirish bo‘yicha qonunchilikka kiritilishi

mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlar yuzasi

dan taklif va tavsiyalar

berilgan. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan

islohotlarning natijalari ilmiy tahlil qilinib, uning jamiyat

hayotida tutgan o‘rni bo‘yicha fikr va mulohazalar bildirib

o‘tilgan.

1

Independent Researcher, University of Public Safety of the Republic of Uzbekistan. E-mail: zuxrbo@gmil.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

176

Расширение полномочий подразделений Национальной

гвардии в обеспечении общественной безопасности и

правопорядка

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

охрана общественного

порядка,

расширение полномочий

подразделений

Национальной гвардии,

обеспечение

общественной

безопасности, вопросы

административной

ответственности.

В данной статье рассматриваются действующие

полномочия подразделений Национальной гвардии в сфере

обеспечения общественного порядка и безопасности, а также

основания для их возможного расширения. Представлены

предложения и рекомендации по внесению изменений

в

законодательство,

направленные

на

повышение

эффективности деятельности подразделений Национальной

гвардии

в

предотвращении

административных

правонарушений. Кроме того, подвергаются научному

анализу результаты реализуемых в этом направлении

реформ, высказываются мнения и размышления о значении

и роли данных преобразований в общественной жизни.

KIRISH

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar qatorida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Milliy

gvardiya tomonidan jamoat tartibi va

xavfsizligini ta’minlashda ko‘plab ijobiy ishlar

amalga oshirilmoqda. Jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash jamiyat taraqqiyotida,

uning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lib, xalqaro maydonda ushbu ishlarni

amalga oshirish, qo‘shinlarni mablag‘ bilan ta’minlash yuzasidan davlat tomonidan katta

mablag‘lar sarflanadi.

Jumladan: Dunyosining eng ko‘p pul ajratadigan 5 talagini o‘rganadigan bo‘lsak,

Amerika Qo‘shma Shtatlari 811.6 mlrd dollar, Xitoy 298 mlrd dollar, Hindiston 81 mlrd

dollar, Saudiya Arabistoni 73, Rossiya federatsiyasi esa 72 mlrd dollar xarajat qiladi

(2022-yil xolatiga).

Amalga oshirilayotgan islohotlarni ko‘rib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.M.

Mirziyoyevning ushbu so‘zlari bejizga aytilmaganligiga ishongimiz komil

lashib

bormoqda: “Jamoat xavfsizligini ta’minlash, har bir mahallada xavfsiz muhit yaratish

bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy etiladi. Huquq

-tartibot idoralarini aholi

osoyishtaligi va fuqarolar manfaatlarining chinakam himoyachisiga aylantirishga

qarat

ilgan islohotlarimiz izchil davom ettiriladi”.

Albatta, jamoat tartibi va xavfsizligni ta’minlash jarayonida fuqarolarning huquq va

erkinliklarini ta’minlash bilan bir qatorda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun

javobgarlikka tortish masalasi ham o‘z aham

iyatiga ega. Sodir etilgan huquqbuzarlik

uchun javobgarlikka tortish shaxsni qayta ushbu huquqbuzarlikni sodir etmasligi,

yetkazilgan zararni qoplash, jamiyatda qabul qilingan huquq normalariga og‘ishmay amal

qilish hamda boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlariga Zarar yetkazmaslik

maqsadida qo‘llanadi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 22

-

moddasida ham Ma’muriy jazo

javobgarlikka tortish chorasi bo‘lib, u ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni

qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek ana shu

huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi

huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qo‘llanilishi belgilangan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

177

Hozirgi kunda Milliy gvardiya bo‘linmalari jamoat tartibi

va xavfsizligini

ta’minlash, huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan Ma’muriy javobgarlik tog‘risidagi

kodeksining 36 ta moddasi bo‘yicha bayonnoma tuzish vakolati berilgan bo‘lib, undan

13 ta modda (MJtKning 63,72, 79, 88, 90, 91, 91

1

, 91

2

,161, 187, 188, 188

2

,192) bo‘yicha

tog‘ridan

-

tog‘ri qaror qabul qilish (bayonnoma rasmiylashtirish va ijroga qaratish) va

23 ta modda (61, 185

1

,194

1

,195

1

, 196, 210

1

, 183, 184

2

, 184

3

, 185, 185

2

, 188

1

, 188

3

,

189, 189

1

, 191, 79-modda 2-qismi, 90-modda 2,3,4-qismi, 91

1

-modda 4-

qismi) bo‘yicha

qaror qabul qilib, tegishli organlarga yuborish vakolatiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014

-yil 29-iyul kunidagi

“Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora

-

tadbir

lari to‘g‘risida”gi 204

-sonli qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi va Milliy

gvardiya tomonidan ommaviy tadbirlar o‘tkazish vaqtida jamoat tartibini saqlash va

huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha shartnoma asosida pullik xizmat ko‘rsatish

mumkinligi belgilangan.

Bunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar ommaviy tadbir o‘tkazilayotgan

hududda o‘z vakolatlari doirasida fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish

vakolatlariga ega hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasining 13-moddasida inson, uning hayoti,

erkinligi, sha’ni, qadr

-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi

belgilandi

. Inson hayotining naqadar buyuk ne’mat ekanligi barchamizga sir emas.

2022-yilning 12 oyi davomida yurtimizda jami 9

902 ta yo‘l transport hodisalari sodir

bo‘lgan bo‘lib, ulardan 4

449 tasi piyodalar bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari

hisoblanadi. Ularning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida tizimli

ishlar amalga oshirilib keli

nishiga qaramasdan, piyodalarning yo‘lning belgilab berilgan

qismi (yer osti o‘tish yo‘li, piyodalar o‘tish yo‘lagi)dan harakatlanmasligi natijasida yo‘l

transport hodisalari sodir bo‘lmoqda. Ahamiyatli tomoni shundan iboratki, piyodalar

o‘tish yo‘lagidan harakatlanmagan shaxs nafaqat o‘zining balki boshqa yo‘l harakati

ishtirokchilarining ham hayotiga salbiy tahdid qilib, yo‘l transport hodisasi kelib

chiqishiga sababchi bo‘lmoqda. Sodir etilgan huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida profilaktika

qilish, aybdorlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini hal etish uchun

ichki ishlar organlari xodimlarida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy

xizmatchilarida (xodimlarida) zarur vakolatlar mavjud emasligi huquqbuzarlarga

nisbatan o‘z vaqtida choralar ko‘rilishiga to‘sqinlik qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2023

-yil 11-

iyul kunidagi “Ekologiya va jamoat

tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga

o‘zgartish va qo‘shimchalar

kiritish to‘g‘risida”gi 854

-sonli Qonuni bilan Ichki ishlar vazirligi patrul-post

xizmati xodimlari MJtKning 54 (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish),

561-

moddalarida (Jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol

qilish), 911-modda

(Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash,

shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish) birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida,

110-moddasi (Hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish)ning birinchi qismida (fuqarolarga

nisbatan), 111-

moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish)ning

birinchi qismida, 122 (Tamaki mahsulotini transportda belgilanmagan joylarda iste’mol

qilish), 1286-modda (Transport vositalari haydovchilarinin

g to‘xtash yoki to‘xtab turish

qoidalarini buzishi)si, 187-

moddasi (Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol

qilish)ning birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan

taqdirda, ichki ishlar organlari patrul-

post xizmati bo‘lin

malarining mansabdor shaxslari.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

178

Ushbu Qonun bilan Milliy gvardiya bo‘linmalari 63

-

modda (G‘ayriqonuniy ov, baliq

ovlash mahsulotini, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash mahsulotini

qabul qilib olish), 72-modda (Suv resurslarini muhofaza qilish qoidalarini buzish),
79-

modda (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof

ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib
o‘tkazish), 88

-modda (Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik),

90-modda (Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan
foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish), 90

1

-modda

(Ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib
kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish), 91-modda (Sanoat

chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish,

joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish

chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish), 91

1

-modda (Belgilanmagan joylarga

qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy

chiqindilarni to‘kish), 91

2

-modda (Sanitar tozalash infratuzilmasi obyektlarini

joylashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha talablarni buzish), 161

-modda (Shaharlarni

va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish)lari bo‘yicha ma’muriy

bayonnoma rasmiylashtirish vakolati berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021

-yil 29-noyabrdagi PF

27-sonli

farmoni bilan tasdiqlangan

“O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini

tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan

tasdiqlan

gan “2022–

2025-

yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini

ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi”ning 55

-

bandida “Milliy gvardiya va ichki

ishlar organlari jamoat tartibini saqlashga mas’ul bo‘linmalarining huquqbuzarliklarni

aniqlas

h va ma’muriy jazo choralarini qo‘llash vakolatini kengaytirish” hamda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida ommaviy
tadbirlarni o‘tkazishda hamda istirohat bog‘lari, xiyobonlar va bozorlarda jamoat

tartibini saqlashni t

ashkil etish bevosita Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan amalga

oshirilishi belgilangan.

Aynan shu va Milliy gvardiyaning jamoat tartibini saqlash sohasida o‘rni oshib

borayotganligi unga yangi ma’muriy ta’sir choralarini qo‘llash vakolatini berish

zar

urligini ko‘rsatmoqda.

XULOSA

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki bugungi davrda yurtimizda inson, uning hayoti

oliy qadriyat hisoblanar ekan, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda Ichki ishlar

vazirligi patrul-

post xizmati va Milliy gvardiya bevosita mas’ul etib belgilanganligin

i

inobatga olib MJtKning 138-

moddasi (Piyodalar va yo‘l harakati boshqa

ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi) bo‘yicha “Piyodalarning yo‘l
harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, ularning yo‘lning harakat qismini

belgilanm

agan joylardan kesib o‘tishi, piyodalar yo‘lning qatnov qismida, shu jumladan

piyodalar o‘tish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblarni yoki
davriy nashrlarni o‘qishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni

eshiti

shi, shuningdek e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi,

shuningdek skuterlar, mopedlar va velosipedlarni, individual harakatlanish vositalarini,

ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxslarning hamda yo‘ldan foydalanuvchi boshqa

shaxslarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, ustunlik


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

179

beruvchi, taqiqlovchi yoki ko‘rsatma beruvchi yo‘l belgilari talablariga rioya

etmasligi” bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortish vakolatini berish orqali ushbu

huquqbuza

rliklarni soninining kamayishi va profilaktikasiga xizmat qilgan bo‘ladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI

:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat

xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi

27-sonli Farmoni. 2021 yil 29 noyabr.

3.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг

Олий Мажлис

Қонунчилик палаталари ва Сенатига Мурожаатномаси. Тошкент 2020 й.

4.

“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi” kodeksi.

1994.

5.

https://yhxx.uz/oz/statistics/2022.

6.

https://www.statista.com

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 27-sonli Farmoni. 2021 yil 29 noyabr.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг Олий Мажлис Қонунчилик палаталари ва Сенатига Мурожаатномаси. Тошкент 2020 й.

“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi” kodeksi. 1994.