Авторы

  • Азим Холмахматов
    Самостоятельный соискатель, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp164-169

Ключевые слова:

работа с молодежью молодежная политика демографическая группа школьники учащиеся лицеев учащиеся колледжей студенты вузов предприниматели военнослужащие безработные специфические особенности биологические характеристики и психологические особенности

Аннотация

В данной статье основное внимание уделяется анализу исследований, связанных с категориальной структурой организации молодежной работы и вопросами её совершенствования. Также рассматриваются пути решения обозначенных проблем с опорой на взгляды практиков и теоретиков в области местного и государственного управления, социологии, социальной работы и педагогики. Отмечается, что в зависимости от концепции, содержания и масштаба, молодежь рассматривается и используется по-разному в различных сферах. Это, в свою очередь, порождает серьёзные коммуникативные и исследовательские затруднения.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Theoretical foundations for improving the categorical
structure of youth employment organization

Azim KHOLMAKHMATOV

1


National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2025

Received in revised form

28 February 2025
Accepted 20 March 2025

Available online

15 April 2025

This article focuses on the analysis of research related to the

categorical structure of the organization of youth work and

issues of its improvement. Also, it reveals ways to solve these

issues based on the views of practitioners and theorists in local

and public administration, sociology, social work, and
pedagogy. In this sense, youth is used differently in different

fields depending on its concept, content, and size, which in turn

poses significant communication and research challenges.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp

164-169

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

youth work,

youth policy,

demographic group,
schoolchild,

high school student,

college student,

university students,
entrepreneurs,

military personnel,
unemployed,

individual characteristics,

biological characteristics
and psychological
characteristics.

Yoshlar ishini tashkil etishning kategorial tuzilmasini
takomillashtirishning nazariy asoslari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

yoshlar ishi,

yoshlar siyosati,

demografik guruh,

maktab

o‘quvchisi,

litsey

o‘quvchisi,

kollej

o‘quvchisi,

OTM talabalari,

Mazkur maqolada yoshlar ishini tashkil etishning kategorial

tuzilmasi va uni takomillashtirish masalalari bilan

bog‘liq

tadqiqotlar tahliliga

e’tibor

qaratilib, ushbu masalalarning

yechimlari mahalliy va davlat boshqaruvi, sotsiologiya, ijtimoiy

ish, pedagogika sohasidagi amaliyotchi va nazariyotchi
mutaxassislarning qarashlari asosida ochib beriladi. Shu

1

Independent Researcher, National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek.

E-mail: great-king@inbox.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

165

tadbirkorlar,

harbiy xizmatchilar,

ishsizlar,

spetsifik xususiyatlar,
biologik xususiyatlar va

psixologik xususiyatlar.

ma’noda,

yoshlar tushunchasi, mazmuni va hajmiga

ko‘ra,

turli

sohalarda turlicha

qo‘llanilib,

bu esa

o‘z

navbatida jiddiy

kommunikativ va tadqiqotchilik muammolarini yuzaga

keltirishi

ko‘rsatib

o‘tildi.

Теоретические

основы

совершенствования

категориальной

структуры

организации

молодежной

занятости

АННОТАЦИЯ

Ключевые

слова:

работа

с

молодежью,

молодежная

политика,

демографическая

группа,

школьники,

учащиеся

лицеев,

учащиеся

колледжей,

студенты

вузов,

предприниматели,

военнослужащие,

безработные,

специфические

особенности,

биологические

характеристики

и

психологические

особенности.

В

данной

статье

основное

внимание

уделяется

анализу

исследований,

связанных

с

категориальной

структурой

организации

молодежной

работы

и

вопросами

её

совершенствования.

Также

рассматриваются

пути

решения

обозначенных

проблем

с

опорой

на

взгляды

практиков

и

теоретиков

в

области

местного

и

государственного

управления,

социологии,

социальной

работы

и

педагогики.

Отмечается,

что

в

зависимости

от

концепции,

содержания

и

масштаба,

молодежь

рассматривается

и

используется

по

-

разному

в

различных

сферах.

Это,

в

свою

очередь,

порождает

серьёзные

коммуникативные

и

исследовательские

затруднения.


KIRISH

Ko‘plab huquqiy hamda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasiga oid hujjatlar,

shuningdek, turli publitsistik, tadqiqot ishlarida yoshlar tushunchasi bilan bir qatorda
yoshlar sohasi tushunchasiga ham tez-tez murojaat qilinadi. Kundalik muloqotda mazkur
tushunchadan keng foydalanilishiga muloqot ishtirokchilari ayni tushuncha borasidagi

fikrlarni o‘zaro bemalol tushunishlariga qaramasdan uning kategoriya sifatidagi
iste’molini tahlil etishga zarurat mavjud.

Yoshlarning

quyi yosh chegaralarini ko‘rish imkoni yuzaga keladi. Agar yoshlarda

ularning xatti-harakatlari uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi vositachilar (ular uchun
javob beruvchi ota-

onalar, pedagogik strukturalar) mavjud bo‘lmagan holatda yosh deb

qaralsa, de

mak yosh ko‘rsatkichining quyi chegarasi shaxsga rasmiy

-huquqiy javobgarlik

yuklanadigan payt bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. Soddaroq qilib aytganda qilmishlari uchun
faqatgina o‘zi javob berishi talab qilinadigan yosh ko‘rsatkichi yoshlikni belgilovchi quy

i

chegarasi bo‘la oladi. O‘zbekistonda mazkur yosh 14 yosh qilib belgilangan bo‘lib, u hech

qanday maxsus nazariy tadqiqotlarsiz ham yuqoridagi mezonlarga mos keladi.

Mazkur so‘z birikmasining mantiqiy boshlang‘ich asosi soha tushunchasi

hisoblanadi. Bu atama esa ijtimoiy-

siyosiy fanlarda to‘laqonli bir ma’noli ta’riflangan deb

bo‘lmaydi. U iqtisodiy, sanoat, ta’lim, ilmiy va boshqa yo‘nalishlardagi tushunchalar bilan
birikma hosil qilgan holda keng qo‘llaniladi. Ularning har birida jamiyatning ichki

yaxli

tlikka ega bo‘lgan boshqalaridan alohida chegaralari bilan ajralib turuvchi qismi

nazarda tutiladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

166

T

ushunchaning turli yo‘nalishdagi ma’nolari qiyosan o‘rganilsa, ulardagi mazmun

aniq ko‘zga tashlanadi. Ammo yoshlar bilan bog‘liq yo‘nalishlarda soha tush

unchasini

aniq tasavvur hosil qilish uchun, uning nazariy chegaralarini aniqlash lozim.

MAVZU BO‘YICHA ADABIYOTLAR SHARHI

Yoshlar ishini tashkil etishning kategorial tuzilmasini takomillashtirish

masalalarini ustuvor yo‘nalish sifatida

tahlillarni amalga oshirgan olimlar qatoriga

O. Nasriddinova, N.

Jo‘rayev, F.

Muxammedjanova, T. Alimardonov, Q. Quranboev,

S. Abdunazarov, N.

Turg‘unova, D.

Kattaxanova, F. Ravshanov, M. Yuldashev, kabi taniqli

olimlarning izlanishlari va ilmiy ishlarini kiritish mumkin. Shuningdek, mazkur sohadagi
ilmiy-

nazariy qarashlar bir qator xorijiy olimlarning ishlarida ham o‘z aksini topgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqot olib borish davomida obyektivlik, tarixiylik, qiyosiy-tarixiy, tuzilmaviy,

tuzilmaviy-funks

ional, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, hujjatlarni o‘rganish,

ma’lumotni qayta ishlash guruhlash kabi usullardan foydalanildi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Har qanday jamiyat sohasining yadrosida unga mos ijtimoiy institut turadi.

Ijtimoiy institut o‘zida ijtimoiy hayot turli subyektlarning o‘zaro aloqador faoliyatlaridan

iborat barqaror tuzilmani namoyon qiladi. Ijtimoiy hayotning bunday subyektlari sifatida
individlar, jamoat birlashmalari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kabilarni
kiritish m

umkin. Ijtimoiy hayot subyektlarini birgina yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlar bilan

cheklab qo‘yish noo‘rin. Aniqrog‘i, subyektlar o‘zgarib turishi mumkin. Masalan,
subyektlikni tugatgan bir individ o‘rnini boshqasi egallaganidek, faoliyati barham topgan

tash

kilot o‘rniga yangisi tashkil etilishi mumkin. Subyektlarning almashinuviga

qaramasdan, tuzilmaning o‘zi ya’ni o‘zaro aloqador faoliyati saqlanib qolaveradi. Albatta,
tuzilma mutlaqo o‘zgarmas xususiyatga ega deb bo‘lmaydi, ammo u vorisiylik va

o‘z

-

o‘ziga

aynanlikni saqlab qoladi. Mazkur barqarorlik alohida subyektlarning turli

subyektlarning xulq-

atvor qoidalari va yo‘nalganligini belgilab beruvchi ijtimoiy

institutlarning o‘zaro aloqador qadriyatlar va me’yorlar tizimi orqali ta’minlanadi.

Ijtimoiy hayot

sohalari o‘zida tegishli qadriyatlar va me’yorlar tizimini qamrab oluvchi

turli subyektlarning tashkillashgan va o‘zaro aloqador faoliyatlarini anglatadi. Shunday
ekan, ijtimoiy institut nomoddiy qadriyatlar va me’yorlar tizimi bo‘lib ijtimoiy hayot

sohas

i esa ana shu qadriyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiluvchi

harakatlanuvchan moddiy tizim degan xulosaga kelish mumkin.

Konkret ijtimoiy institut va unga muvofiq ijtimoiy hayot sohasi o‘rtasidagi

munosabat mantig‘i tarixiy genetik emas, aksincha,

funksional xarakter kasb etadi.

Ijtimoiy hayot sohalari va unga muvofiq ijtimoiy institutlar tabiiy-tarixiy taraqqiyot

mobaynida shakllanib boradi. Ammo, yoshlar sohasiga nisbatan qo‘llanilganda vaziyat
biroz boshqacha ko‘rinish kasb etadi. Yoshlar sohasi

tarixiy taraqqiyotning iqtisodiy,

ijtimoiy, siyosiy, ta’lim sohalari vujudga kelgandan ko‘ra, kishilar biror bir sohaning
shakllanishida ongli ravishda ishtirok etadigan bosqichida paydo bo‘ldi. Shunga ko‘ra,

yoshlar sohasining chegaralari insonning nisbatan ongli faoliyati orqali belgilangan.

Albatta, yoshlar sohasining nazariy asoslari o‘ta erkin konstruksiya mahsuli

ekanligini anglatmaydi. Loyihalarning real voqelikka nomuvofiq jihatlari uzoq muddat
amal qilmaydi yoki ularni amalga oshirishning imkoni d

eyarli mavjud bo‘lmaydi. Ammo

shunga qaramay turli variantlarni tanlash imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bundan esa yoshlar
sohasining yadrosini tashkil etadigan qadriyatlar va me’yorlar tizimini nazariy aks


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

167

ettirish (refleksiyalash) yoki asoslash zarurati kelib chiqadi. Yoshlar bilan ishlash
tuzilmasini mazkur nazariy refleksiya va uning konkret jamiyat xususiyatlariga nisbati
asosida ishlab chiqish talab qilinadi.

Yoshlar sohasi qadriyatlari qatoriga yoshlarning subyektlik xususiyatini so‘zsiz

hurmat qilish, y

oshlar sohasiga ijtimoiy miqyosda e’tibor qaratish, bu sohada

professional faoliyat yurituvchi insonlarning yetarlicha yuqori ijtimoiy mavqeyiga
hurmat bilan qarash kabilarni kiritish mumkin. Sohaning eng muhim fundamental

me’yori sifatida yoshlar sohasida

boshqa subyektlar bilan o‘zaro hamkorlikda

professional faoliyat yurituvchi kishilarga yoshlarning murojaat qilishi me’yorini
keltirish mumkin. Mazkur me’yor vaqt o‘tishi bilan xuddi bolaning maktabda tahsil olishi

kabi odatiy holga aylanishi lozim. Yoshlar sohasida faoliyat yurituvchi subyektlar
qatoriga yoshlar bilan ishlashga ixtisoslashgan yoshlar, yoshlar tashkilotlari, davlat va

mahalliy hokimiyat organlari, yoshlar bilan ishlovchi kadrlar tayyorlaydigan ta’lim

muassasalari, yoshlar muammolari bilan

shug‘ullanuvchi jamoat tashkilotlari,

shuningdek, yoshlar bilan ishlovchi yoki shunga tayyor bo‘lgan har qanday boshqa

subyektlarni ham kiritish mumkin.

Yevropadagi yoshlar bilan bog‘liq masalalar, dasturlar va loyihalarni amalga

oshirish jarayonlarini umumlashtirish maqsadida mintaqada amal qiluvchi hujjatlarda

“yoshlar ishi” tushunchasi qo‘llaniladi.

Yoshlar ishi ma’nosida qo‘llanadigan “youth work” atamasini o‘zbek tiliga

to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilish bir muncha murakkab.

Turli xil manbalar va huj

jatlar tahlili asosida xorijda qo‘llaniladigan yoshlar ishi

tushunchasi mazmunini quyidagicha ifodalash mumkin:

yoshlar masalalariga yo‘naltirilgan ijtimoiy ish;

yoshlar siyosatini umumiy darajada amalga oshirish;

inqirozli vaziyatlarda

ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish

;

yoshlarning aniq muammolarini hal qilishga yo‘naltirilgan xizmatlar faoliyati

.

Shuningdek, sohaga oid o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy publististik materiallarda ham

“yoshlar ishi” tushunchasi keng qo‘llaniladi. Mazkur tushuncha yo

shlar bilan professional

ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turiga nisbatan qo‘llaniladi.

Buni “yoshlar ijtimoiy ishi”, “yoshlar ijtimoiy

-

pedagogik ishi”, “yoshlar tarbiya

ishi”, “psixokorreksiya ish”, “reabilitatsiya ishi” kabilarda ko‘rish mumkin.

Kasbiy xususiyatlari va mutaxassisligiga qarab har bir yosh yoshlar ishining

obyekti va subyekti bo‘lishi mumkin. Agar biror bir yosh kishi o‘z muammosini shaxsan
o‘zi hal qila olmasa, yoki mazkur vaziyatda unga nisbatan paternalistik yondashuv
qo‘llanilsa, u h

olda bunday shaxs professional faoliyatning (yoshlar ishining) obyekti

hisoblanadi. Professionallar bilan hamkorlikda o‘z muammolarini hal qila oladigan,
o‘zini

-

o‘zi rivojlantira oladigan o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara oladigan yosh kishini

yoshlar ishining subyekti deyish mumkin.

Mamlakatimizda bu boradagi vazifalar muhimligi yoshlar qatlamining jamiyatda

boshqa qatlamlarga nisbatan ko‘pligini tashkil etishidadir. Shu sababdan yoshlarimizning

siyosiy ongi, madaniyati hamda demokratik qadriyatlarni u

stuvor bo‘lishi biz qurmoqchi

bo‘lgan jamiyatning tayanchi va ishonchi bo‘lib xizmat qiladi.

Yoshlar ishi mutaxassisning alohida yosh kishi bilan ishlashini nazarda tutuvchi

individual, yoshlarning katta guruhlariga qaratilgan yoki alohida xususiyatlariga ega

(masalan, psixokorreksion) yoshlar guruhi bilan ishlashga qaratilgan bo‘lishi mumkin.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

168

Shuningdek, mazkur faoliyat yoshlarning nisbatan katta guruhiga qaratilgan bo‘lishi ham
mumkin. Masalan, maktab, kollej va OTMlarda yo‘lga qo‘yilgan tarbiya masalalar

iga

yo‘naltirilgan yoshlar ishi.

Yoshlar ishi uni amalga oshiradigan muassasa, tashkilotlarning yo‘nalishi va

ixtisosliklariga ko‘ra ham farqlanadi. Masalan, tarbiya ishi, bo‘sh vaqt va madaniyat ishi,
kasbga yo‘naltiruvchi, profilaktika ishi, yashash joyiga ko‘ra yoshlar ishi, korxonalar
bo‘yicha yoshlar ishi va boshqalar.

Yoshlar ishining tashkilot, muassasalar faoliyat yo‘nalishlaridan mustaqil

ravishdagi tavsifi tizimlilik, izchillik, uni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan sharoitning

yaratilganligi, kad

rlar bilan ta’minlanganlik kabilar bilan belgilanadi.

Yoshlar ishi yaxlit ijtimoiy hodisa bo‘lib, u o‘zida oila, yaqin atrof

-muhit, maktab,

an’anaviy va professional yoshlar ishi mutaxassislari tarbiyasini ko‘rgan tengdoshlar kabi

barcha ijtimoiy tarbiya va yoshlarni shakllantirish subyektlarini birlashtiradi.

Yoshlar ishi yoshlar bilan alohida-alohida ishlashni emas, balki tizimli tashkil

etilgan professional faoliyat turini anglatadi.

Aynan yoshlar bilan ishlashda harakatlarning o‘zaro aloqadorligi va fa

oliyatning

tizimlashganligi yoshlar ishining muhim tavsifi hisoblanadi. Yoshlar ishi tizim ya’ni

yaxlitlik hosil qilishi lozim. Ushbu yaxlitlik esa sohani tashkil etadi. Yoshlar ishi yoshlar

turmush sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan rejalashtirilgan ama

liy chora-tadbirlar

umumlashmasidir.

Yoshlar ishining quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

1) yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun zaruriy

sharoitlar yaratish orqali ularning tashabbuslarini

qo‘llab

-quvvatlash va motivatsiyalash;

2)

yoshlarga noformal ta’lim yo‘nalishlari orqali hayot ko‘nikmalari, bilim,

kompetensiya olishlari uchun imkoniyatlar yaratish;

3)

yoshlarga bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishi uchun qulay imkoniyat yaratish;

4) yoshlarni ularning ehtiyojlari va taraqqiyoti uchun zarur axborotlar bilan

ta’minlash.

Yoshlar ishi yoshlarga oid davlat siyosatining tegishli sohalariga muvofiq davlat

hokimiyati va o‘z

-

o‘zini boshqarish organlari, shuningdek, turli muassasalar, jumladan,

yoshlar tashkilotlari hamda yoshlar tashabbus guruhlari tomonidan amalga oshiriladi.

Yoshlar ishining bosh maqsadi yoshlarga ijtimoiy kompetentlik taqdim etishdan iborat.

Bir so‘z bilan aytganda yoshlar ishi yoshlarning individual xususiyatlari,

muammolari, ehtiyojlari va manfaatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladigan
professional faoliyat sohasi hisoblanadi.

Yoshlar ishi sohasi o‘z ichiga yoshlarning joriy vaqt va joriy sharoitda dolzarb

bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradigan, ularning

muammolarini hal qilib qiziqishlarini

rivojlantiradigan yosh kishilarni ham tashkilot va muassasalarni ham qamrab oladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Umuman olganda yoshlar, yoshlar sohasi va yoshlar ishi tushunchalari yoshlarga

oid davlat siyosatining tarkibiy elementlari sifatida metodologik asosi hamda kategorial
apparatini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tushunchalar nazariy
jihatdan yoshlar siyosatining obyekti, subyekti modellari kabilardan iborat kategorial
apparatini shakllantirib, yoshlar siyosati mohiyatini ochib berishga qaratilgan
metodologik yondashuvlar evolyutsiyasining tahliliga imkon ochsa, amaliy jihatdan
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning mexanizm va texnologiyalarini


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

169

samarali qo‘llash imkonini beradi. Buning uchun

esa eng avvalo yoshlarga oid davlat

siyosatining konseptual-

metodologik asoslari o‘rganilib shu asosda muayyan mamlakat

(masalan, O‘zbekiston) hududidagi yoshlarga oid davlat siyosati elementlari

hisoblanuvchi yuqoridagi tushunchalarning (yoshlar, yoshlar sohasi, yoshlar ishi)

institutsianallashuv jarayonlari ko‘rib chiqilishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

О‘zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеnti SHavkat Mirziyоyеv raisligida yоshlar

bandligini ta’minlash va bо‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil еtish

chоra

-tadbirlari

muhоkamasi yuzasidan vidеоsеlеktоr yig‘ilishidagi ma’ruzasi. 27.01.2021 yil.
https://prеsidеnt.uz/uz/lists/viеw/4105

2.

Mirziyоyеv Sh.M. Yangi О‘zbеkistоn stratеgiyasi. –

Tоshkеnt. “О‘zbеkistоn”,

2021.

464 b.

3.

O.Nasriddinova Huquqiy madaniyat-fuqarolik jamiyati shakllantirishda muhim

omil (talaba yoshlar misolida): Yurid.fan.nomz.dis.-Toshkent.: TDYuI 2009, B-21.

4.

N.Jo‘raev. Yangilanish konsepsiyasi: yaratilishi, evolyusiyasi va amaliyoti. –

T.:

Ma’naviyat, 2002. –

B. 43.

5.

F.Muxammedjanova Ax

borot globallashuvi va yoshlar ma’naviyati. //Yoshlarni

axborot-psixologik xurujlardan himoya qilish texnologiyalari:nazariya va amaliyot
Respublika ilmiy-amaliy konfrensiyasi materiallari. Toshkent, 2012.B

32.

6.

Социально

-

молодежная

работа:

международный

опыт:

учебно

-

методическое пособие. –

Москва, 2014. С

57.

7.

T.Alimardonov “Yoshlar ishonchi demokratiya tayanchi” “Turkiston”

gazetasining 2006 yil 4 apreldagi 1-soni

8.

Теория и практика воспитательных систем /отв. ред. Л. И. Новикова. –

Москва: Изд

-

во ИТП и

МИО РАО,

2013.

Кн. 1.С

143.

Библиографические ссылки

О‘zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеnti SHavkat Mirziyоyеv raisligida yоshlar bandligini ta’minlash va bо‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil еtish chоra-tadbirlari muhоkamasi yuzasidan vidеоsеlеktоr yig‘ilishidagi ma’ruzasi. 27.01.2021 yil. https://prеsidеnt.uz/uz/lists/viеw/4105

Mirziyоyеv Sh.M. Yangi О‘zbеkistоn stratеgiyasi. – Tоshkеnt. “О‘zbеkistоn”, 2021. – 464 b.

O.Nasriddinova Huquqiy madaniyat-fuqarolik jamiyati shakllantirishda muhim omil (talaba yoshlar misolida): Yurid.fan.nomz.dis.-Toshkent.: TDYuI 2009, B-21.

N.Jo‘raev. Yangilanish konsepsiyasi: yaratilishi, evolyusiyasi va amaliyoti. – T.: Ma’naviyat, 2002. – B. 43.

F.Muxammedjanova Axborot globallashuvi va yoshlar ma’naviyati. //Yoshlarni axborot-psixologik xurujlardan himoya qilish texnologiyalari:nazariya va amaliyot Respublika ilmiy-amaliy konfrensiyasi materiallari. Toshkent, 2012.B – 32.

Социально-молодежная работа: международный опыт: учебно-методическое пособие. – Москва, 2014. С – 57.

T.Alimardonov “Yoshlar ishonchi demokratiya tayanchi” “Turkiston” gazetasining 2006 yil 4 apreldagi 1-soni

Теория и практика воспитательных систем /отв. ред. Л. И. Новикова. – Москва: Изд-во ИТП и МИО РАО, 2013. – Кн. 1.С – 143.