Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Developing speech competence and communication
techniques
Shakhnozakhon KHALIKOVA
1
Andijan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2025
Received in revised form
28 February 2025
Accepted 20 March 2025
Available online
15 April 2025
His article presents ideas related to the issues of speech and
speech culture, as well as the development of communication
skills. Students' ability to speak in accordance with the
phonetic, grammatical, lexical, and stylistic norms of the Uzbek
literary language can serve as a foundation for their effective
communication.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
communication aspect,
stylistic norm,
pronunciation norms,
speech competence,
correct pronunciation.
Nutqiy kompetentlik va muloqot texnikasi ustida ishlash
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
muloqot aspekti,
stilistik me’yor,
talaffuz normalari,
nutqiy kompetentlik,
to‘g‘ri talaffuz
.
Mazkur maqolada nutq va nutq madaniyati muammolari,
muloqot qilishni rivojlantirish masalalari bilan bog‘liq fikrlar
beriladi. O‘quvchilarning o‘zbek adabiy tilining
fonetik,
grammatik va leksik, stilistik me’yorlariga rioya qilgan holda
so‘zlash malakasiga ega bo‘lishi ularni samarali muloqot qila
olishlari uchun tayanch bo‘la oladi.
Работа над речевой компетентностью и техникой
коммуникации
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
коммуникативный аспект,
стилистическая норма,
произношение,
речевая компетентность,
правильное роизношение
.
В данной статье представлены идеи, связанные с
проблемами речи и речевой культуры, вопросами развития
общения. Умение студентов говорить в соответствии с
фонетическими,
грамматическими,
лексическими
и
стилистическими нормами узбекского литературного
языка может быть основой их умения эффективно
общаться.
1
PhD, Acting Associate Professor, Andijan State Pedagogical Institute. E-mail: xoliqovashahnoza86@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
98
Muloqot qilish, so‘z san’ati haqida o‘ylash, fikrlash azal
-azaldan buyon
xalqimizning diqqat e’tiborida bo‘lgan. Muloqot faqat insonlarga xos bo‘lgan jarayon
hisoblanib, kishilarda faoliyat davomida bir-
birlari bilan o‘zaro muloqotda bo‘lish ehtiyoji
tug‘iladi. O‘zaro muloqot esa, tabiiyki, kishilik jamiyati vujudga keli
shining asosiy unsuri
hisoblanadi.
Muloqot odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi o‘rinni egallab, u
insondagi eng muhim ehtiyojni
–
jamiyatda yashash va o‘zini shaxs deb hisoblash bilan
bog‘liq ehtiyojini qondiradi. Bu ehtiyoj albatta nutq
orqali amalga oshadi. Shu bois inson
farzandi tug‘ilganida uning “tili chiqishi” go‘dak hayotidagi muhim hodisalardan sanaladi.
Agar vaqtida gapirishni boshlamasa, ota-onalar chuqur xavotirga tushishadi va darhol
shifokor tekshiruviga olib borishadi. Shuning uchun ham muloqotning har bir inson
uchun ahamiyati kattadir.
Ona tili o‘qitishda maktabning vazifasi o‘quvchilarni o‘zbek adabiy tilining
fonetik, grammatik va leksik, stilistik me’yorlariga rioya qilgan holda so‘zlash malakasiga
ega qilis
hdan iboratdir. Ularga orfoepik me’yorlarni singdirish ham shu ishning ajralmas
tarkibiy qismidir. Adabiy til me’yorlarini egallashda, orfografiya bilan bir qatorda, to‘g‘ri
talaffuz ham muhim ahamiyatga ega. Bu narsa bir masalaning ikki tomonidir. Adabiy til
talaffuz normalaridan chetlashish, o‘zaro fikr olishuvida, yozuv chalasavodligi bilan
tengdir.[1]
Nutqiy muloqot samarasidagi sifatni ta’minlovchi asosiy jihatlardan yana
biri albatta
–
bu to‘g‘ri talaffuzdir. Chunki inson har qancha go‘zal, kiyinishl
ari bashang,
qaddi-
qomati kelishgan bo‘lmasin, undagi ohang, so‘zlaridagi talaffuz yaxshi bo‘lmas
ekan, muloqotning sifati ham shunga yarasha bo‘ladi. Shoir Iqbol Nazarov aytganidek:
Bilsa kishi so‘z qadrini,
Yuksak tutar o‘z qadrini.
Angla talaffuz qadrini,
Nutqing ravon bo‘lsin, bolam.
(Iqbol Nazarov)[2]
Ta’kidlash o‘rinliki, har bir bolada muloqot jarayonida o‘z nutqiga va
nutqning til elementlariga ongli va ixtiyoriy munosabatda bo‘lishni amalga oshirish,
talaffuzining to‘g‘riligiga e’tibor qaratish umumta’lim maktablaridagi ona tili darsining
muhim vazifalaridan biridir. Muloqotni to‘g‘ri amalga oshirish uchun nutq
tadbirkorligidan unumli foydalanishimiz kerak. Chunki “Nutq tadbirkorligini singdirish
makta
bda ona tili mashg‘ulotlarining bosh vazifasidir. Shuning uchun birinchi soatdan
boshlab oxirgi mashg‘ulotgacha ona tili darslari o‘quvchilarda nutq tadbirkorligini
tarbiyalashga xizmat qilishi kerak”,[3] degan edi A.Q.G’ulomov va B.Sh.Qobilovalar ham.
Shu
o‘rinda prof. Sh.Yusupovaning “O‘qituvchi kitobi” deb nomlangan o‘quv
metodik qo‘llanmasida talabalarning o‘quv jarayonining asosiy ishtirokchisi ekanini,
ularning faol bo‘lishiga to‘siq bo‘luvchi omillar sifatida quyidagilarga yo‘l qo‘ymaslik
kerakligini
ta’kidlaydi:
1.
Gapirishdan qo‘rqish hissi.
2.
Talabaning bildirayotgan fikrlariga hurmatsizlik bilan qarash.
3.
Berilgan materialni yodlab olishga yo‘l qo‘ymaslik.
4.
Bilim oluvchining xotira va qobiliyatini hisobga olmaslik.
5.
O‘qishga bo‘lgan qiziqish
motivasiya hosil qilishga keng yo‘l ochib bermaslik.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
99
Va bu kabi to‘siqlarga chora sifatida, o‘qishga ishtiyoq, qiziqish uyg‘otish, ayniqsa,
o‘zining muvaffaqiyatidan xuzur topib, mamnun bo‘lishga odatlantirish muvaffaqiyat
garovi ekanligini ham aytib o‘ta
di.[4]
Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish bajarilishi muqarrar bo‘lgan vazifalarning
eng muhim omiliga aylangan. Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ta’lim
islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi renessans
poy
devorini yaratishni asosiy maqsad qilib belgilaganligi ta’lim sohasiga aloqador
bo‘lgan har bir shaxsni befarq qoldirmasligi kerak. Bu borada olib borilayotgan islohotlar
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan tortib umumta’lim maktablari hamda oliy ta’lim
mu
assasalari faoliyatlariga qadar ta’sir etadi.
Shunday ekan, umumta’lim maktablari hamda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
sifatini oshirish, ona tilini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish, ayniqsa, talaba va
o‘qituvchilarning muloqot madaniyatini r
ivojlantirish zarur masalalardan biridir.
Ma’lumki, har bir fanni o‘zlashtirish, avvalo, ona tilimiz orqali amalga oshadi.
Hattoki, oila davrasida bo‘ladimi yoki jamoat joyidami har bir inson o‘z ona tilida
muloqot qilishga ehtiyoj sezadi. Va aynan kishini
ng muomalasi va nutq madaniyati o‘sha
shaxs uchun ma’lum baho berilishiga sabab bo‘ladi. Demakki, ta’lim maskanlarida ona tili
darslarida, eng avvalo, o‘quvchilarning nutqiy muloqot kompetensiyasiga alohida
ahamiyat qaratilmog‘i lozim bo‘ladi. Bu borada kompetensiyaviy ta’limni amalga oshirish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kompetensiya (lotincha so‘z bo‘lib, “erishaman”, “to‘g‘ri
kelaman” ma’nolarini bildiradi) –
subyektning maqsadni qo‘yish hamda unga erishish
uchun tashqi va ichki zaxiralarni samarali amalga oshirishga tayyorgarligi, boshqacha
qilib aytganda, bu subyektning muayyan faoliyat obyekti bilan bog‘liq muammolarni
muvaffaqiyatli hal etishga doir shaxsiy qobiliyatidir.[5] Kompetensiyaviy yondashuvga
asoslangan ta’lim –
bu o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z
shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish nuqtai nazaridan
beriladigan ta’limdir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limdan maqsad esa
o‘quvchini keng qamrovli fikr
-mulohaza yuritadigan va muloqotga kirisha oladigan
barkamol shaxs qilib yetishtirishdir.[6]
Kompetensiyaning turlari juda ko‘p. Biroq nutqiy muloqot kompetensiyasini
rivojlantirish hamon dolzarb masala bo‘lib kelmoqda. Chunki yaxshi nutq va samarali
muloqot odamlar amalga oshiradiga
n faoliyatlar ichida yetakchi o‘rinda turadigan va u
insondagi eng muhim ehtiyojni, ya’ni jamiyatda yashash va o‘zini shaxs deb hisoblash
bilan bog‘liq ehtiyojni qondiradigan vositadir. Buning esa umumta’lim maktabi
o‘quvchilari uchun ham ahamiyati kattadi
r.
“So‘zlashni biladigan har bir inson notiqlikni ham, albatta, uddalaydi... Buning
uchun fikrlash va gapirish uslubi ustida uzoq va davomli mashq qilish lozim. Ko‘pgina
olimlar borki, ularning ilmlari chindan-
da bisyor, ammo uni ommaga ko‘ngildagidek
yetk
aza olmaydilar. Ammo, kutilmaganda ularning qo‘liga notiqlik san’ati haqida biror
qo‘llanma tushib qolsa
-
chi?! Ular darhol bu ilmni ham o‘zlashtirib oladilar. Chunki ularda
ilmiy salohiyat, qobiliyat bor! Ularga faqat yo‘llanma ko‘rsatilsa, bas”.[7]
So‘nggi yillarda ona tili ta’limida kompetentlik, kompetensiyaviy yondashuv
kabi atamalar keng qo‘llanilmoqda. Shuni aytish o‘rinliki, ona tili o‘qitishda
layoqatlilikning bir qirrasi nutqiy kompetentlikdir. Shunday ekan, umumta’lim maktabi
o‘quvchilari nafaqat
ona tilini o‘zlashtirishda, balki boshqa fanlarni o‘zlashtirish va
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
100
keyinchalik kasbiy faoliyati doirasida ham, eng avvalo, nutqiy kompetentlikka ega bo‘lishi
lozim.
Nutqiy kompetentlik deganda, asli o‘zlashtirilgan bilimning mukammal va yetuk
ifodasi sifa
tida qarash mumkin. Ya’ni:
a) mustaqil fikrlay olish;
b) o‘z fikrini ona tilida ravon, tushunarli, aniq va lo‘nda ifodalay olish;
ye) adabiy tilda so‘zlash;
f) yozma nutq savodxonligini yaxshi o‘zlashtirgan holda imloviy, ishoraviy va
uslubiy xatolarsiz yoza olish;
g) xorijiy tillarni bilish va hokazo.
O‘tkir Hoshimov yozganidek, “Qancha ko‘p tilni bilsangiz, shuncha yaxshi. Biroq
odam ona tilida tafakkur qiladi, ona tilida tush ko‘radi, ona tilida yig‘laydi... O‘limi oldidan
onasini ona tilida yo‘qlaydi...”[8]
Bugun O‘zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan –
milliy yuksalish sari” degan bosh
tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko‘tarilmoqda. Bu
jarayonda o‘zbek tilining ahamiyati yuqori cho‘qqilarga chiqishi ham bejiz emas. Ayniqsa,
o
na tilimizning xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari
istiqbollarini belgilash, yosh avlod uchun xorijiy tillar, axborot va kommunikatsiya
texnologiyalarini har tomonlama puxta egallashni ta’minlash, hatto o‘zbek tilining
kompyuter dasturlarini yaratish kabi bir-
biridan muhim vazifalar kun tartibiga qo‘yildi
va bu jarayonlar bugun ham izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Xalqimizda “Ona tili –
bu millatning ruhidir” degan hikmat bor. Til millat ko‘zgusi,
uning
g‘ururi, tafakkuri manbaidir. Abdulla Avloniy yozganidek: “Har bir millatning
dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurg‘on oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni
yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”.[9] Bu borada professor N.Uluqovning ham
quyidagi fik
rlari mavjud: “Anglashiladiki, ona tili –
insonning mavjudligi asosi, tamal
toshi. Inson ona tillisi bilan tirik. Shu bois maktab, akademik litsey va kollej o‘quvchisida,
oliy o‘quv yurti talabasida lingvistik kompetentlikni shakllantirish, avvalo, ona til
ining
muqaddas-u-
mo‘tabarligini, azizu
-
mukarramligini uqtirishdan boshlanmog‘i va uni ta’lim
oluvchining yosh xususiyatiga ko‘ra rivojlantirib borilmog‘i kerak”.[10]
Shu o‘rinda aytish mumkinki, umumta’lim maktablarida ona tili ta’limida nutqiy
kompetentli
kka xos malaka va ko‘nikmalarni tarbiyalashga, muloqot qila olish darajasini
egallashga alohida e’tibor qaratish lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Abdurasulova U.S. Ona tili ta’limida o‘quvchilarda morfologik
kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalari: p.f.d. Diss.
–
Namangan, 2020.
–
12 B.
2.
Ahmedov N. Dialektal sharoitda o‘quvchilarni talaffuzga o‘rgatish (Ona tili
o‘qituvchilari uchun qo‘llanma). –
Andijon, 1992. 66 b.
–
3 B.
3.
Inomxo‘jayev S. Notiqlik san’ati asoslari. –T.: O‘qituvchi, 1982, 110
-111-
betlar.
4.
Yusupova Sh. Ona tili talimi samaradorligini oshirish va ilg‘or
pedagogik
texnologiyalarni joriy etish. Ped. Fan. Nom-di diss.- Toshkent:TPDI, 1998. -137b.
5.
Yo‘ldoshev R.A. O‘zbek tili darslarida o‘quvchilarning og‘zaki nutqini ularni
ko‘p gapirtirish orqali o‘stirish metodikasi. –
T.: Fan va texnologiya, 2012.
–
216 b.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2025) / ISSN 2181-1415
101
6.
G’ulomov A.Q., Qobilova B.Sh. Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari: (O‘qituvchilar
uchun metodik qo‘llanma). –
T.: O‘qituvchi, 1995.
160 b.
–
3 B.
7.
Yusupova Sh. O‘qituvchi kitobi. –
T.: “Yangi asr avlodi”, 2003. 148 b. –
37 B.
8.
Inoyatov
U.,
Xodjayev
B
.
Umumta’limiy
kompetensiyalarni
loyihalashtirishning konseptual asoslari // Xalq ta’limi ilmiy
-metodik jurnali, 2016. -
№
2.
–
B. 8.
9.
Qahhorov I. Notiqlik san’ati 170 maslahat. –
T.: “Turon zamin ziyo”, 2015.
216 b.
–
3 B.
10.
Hoshimov O‘. Daftar hoshi
yasidagi bitiklar. T.: Sharq, 2009. 39-bet.
11.
Xalikova Sh. O‘zbek muloqot kompetensiyasida milliy qadriyatlar ifodasi //
Journal of Academic research in educational science. ISSN 2181-1385. Volume 2, issue 6,
june, 2021.
–
B. 33-37. (23) Scientific Journal Impact Factor. 5.7.
12.
Uluqov N. Lingvistik kompetentlikni shakllantirish omillari. Til va adabiyot
ta’limi. 2018, 6 –
son. 16-17- betlar.
