Авторы

  • Донохон Тожидинова
    Узбекский государственный университет мировых языков
  • Раъно Норова
    Преподаватель, Школа № 34 Зангиатинского района Ташкентской области

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp336-339

Ключевые слова:

преподавание иностранных языков методика образовательные технологии принципы обучения планирование уроков ИКТ коммуникативный подход

Аннотация

Данный предмет знакомит студентов с основами методики преподавания иностранных языков и образовательных технологий (TELM). Особое внимание уделяется целям, принципам и содержанию обучения, направленного на развитие языковых навыков учащихся посредством эффективных стратегий преподавания и интеграции современных технологий. Курс помогает будущим преподавателям овладеть как теоретическими знаниями, так и практическими навыками в планировании уроков, оценивании и применении ИКТ в обучении.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Introduction go the subject matter of teaching foreign
language mefhodology and educational technologied
(TELM). Aims principles and content of TELM

Donokhon TOJIDINOVA

1

, Ra'no NOROVA

2


Uzbekistan State World Languages University

School No. 34

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2025
Received in revised form

28 February 2025

Accepted 20 March 2025

Available online

15 April 2025

This subject introduces students to the fundamentals of

Teaching English as a Foreign Language Methodology and

Educational Technologies (TELM). It focuses on the aims,
guiding principles, and content areas involved in developing

learners’ language skills through effect

ive teaching strategies

and the integration of modern technologies. The course equips

future teachers with both theoretical knowledge and practical
competencies in lesson planning, assessment, and technology-

based language instruction.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp

336-339

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Foreign language teaching,
methodology,

educational technologies,
teaching principles,

lesson planning,

ICT in education,
communicative approach.

Chet tillarni o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari

(TELM) fanining mazmuniga kirish. TELMning maqsadlari,

tamoyillari va mazmuni

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

chet tilini o‘qitish,

metodika,

ta’lim texnologiyalari,

o‘qitish tamoyillari,

dars rejalashtirish,

AKT,

kommunikativ yondashuv.

Mazkur fan chet tilini o‘qitish metodikasi va ta’lim

texnologiyalari (TELM) asoslarini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Unda

o‘qitishning maqsadlari, tamoyillari

va mazmuni ko‘rib chiqiladi

hamda zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan samarali dars

metodlari orqali til o‘rganishni rivojlantirishga alohida e’tibor

qaratiladi. Ushbu kurs bo‘lajak o‘qituvchilarga nazariy bilimlar va

amaliy ko‘nikmalar, jumladan

dars rejalashtirish, baholash va

AKTdan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlik beradi.

1

Uzbekistan State World Languages University. E-mail: tojiddinovadono@gmail.com

2

Teacher, School No. 34 of Zangiata district, Tashkent region.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

337

Введение

в

предмет

методики

преподавания

иностранных языков и образовательных технологий
(TELM). Цели, принципы и содержание TELM

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

преподавание
иностранных языков,

методика,
образовательные
технологии,

принципы обучения,

планирование уроков,
ИКТ,

коммуникативный подход

.

Данный предмет знакомит студентов с основами

методики

преподавания

иностранных

языков

и

образовательных технологий (TELM). Особое внимание

уделяется целям, принципам и содержанию обучения,
направленного на развитие языковых навыков учащихся

посредством эффективных стратегий преподавания и

интеграции современных технологий. Курс помогает
будущим преподавателям овладеть как теоретическими
знаниями, так и практическими навыками в планировании

уроков, оценивании и применении ИКТ в обучении.


KIRISH

Bugungi globallashuv jarayonida xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatish zamonaviy

jamiyatda strategik ahamiyat kasb

etmoqda. Ayniqsa, xorijiy til bilimiga ega bo‘lish

shaxsning madaniy, ijtimoiy va kasbiy rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Shu nuqtai

nazardan, chet tillarni samarali o‘qitish bo‘yicha metodik yondashuvlar va zamonaviy
ta’lim texnologiyalarining bir butun tizimda qo‘llanilishi dolzarb masalaga aylangan. Chet
tilini o‘qitish metodikasi (Teaching English as a Foreign Language Methodology –

TELM)

o‘quvchilarda til kompetensiyasini shakllantirishga, ularni kommunikativ vaziyatlarda

faol ishtirok etishga ta

yyorlashga qaratilgan nazariy va amaliy yo‘nalishlar majmuasidir.

TELM fani til o‘rgatish jarayonini ilmiy asosda tashkil etishga yordam beradi, bu esa
o‘qituvchidan nafaqat til bilimi, balki metodik va texnologik savodxonlikni ham talab
etadiSo‘nggi yillarda ta’lim sohasida yuz berayotgan raqamli transformatsiy

a natijasida

axborot-

texnologiyalarining (AKT) ta’lim jarayoniga jadal kirib kelishi TELM sohasini

yangi bosqichga olib chiqdi. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari –

multimodal vositalar,

raqamli platfo

rmalar, interaktiv dasturlar, sun’iy intellekt imkoniyatlari orqali til

o‘rgatish jarayoni yanada moslashuvchan, individual va interfaol tus olmoqda. Ushbu

maqolada TELMning asosiy maqsadlari, tamoyillari va mazmuniy tarkibi tahlil qilinadi.
Shuningdek, ch

et tillarni o‘qitishning an’anaviy va zamonaviy metodikalarining

solishtirmasi berilib, zamonaviy ta’lim texnologiyalarining samaradorlik darajasi
yoritiladi. Maqola, shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarni ushbu sohadagi muhim
kompetensiyalar bilan ta’minlash yo‘llarini ko‘rsatishga qaratilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

So‘nggi yillarda chet tillarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha ko‘plab ilmiy tadqiqotlar

olib borilmoqda. Hymes (1972) tomonidan ilgari surilgan kommunikativ kompetensiya
nazariyasi

chet tilini faqat grammatik jihatdan emas, balki ijtimoiy kontekstda to‘g‘ri va

samarali qo‘llashni ham o‘rgatish zarurligini asoslab berdi. Ushbu g‘oya asosida Canale va
Swain (1980) tomonidan kommunikativ kompetensiyaning to‘rt komponenti

(grammatik, ijtimoiy-lingvistik, diskursiv va strategik) ishlab chiqildi. Bu model

TELMning asosiy nazariy negizlaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

Krashen (1985)

tomonidan ilgari surilgan Input Hypothesis va Long (1996) tomonidan ishlab chiqilgan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

338

Interaction Hypothesis

ham til o‘rganish jarayonida til materiallari va muloqot

muhitining rolini chuqur tahlil qiladi. Ushbu nazariyalar shuni ko‘rsatadiki, til
o‘rganishda faol ishtirok, tushunarli input va interaktiv muhit katta ahamiyatga ega.

Bundan tashqari, Vygotskiyning (1978) ijtimoiy-

madaniy nazariyasi tilni o‘rganish

ijtimoiy faoliyat sifatida qaralishi lozimligini ta’kidlaydi. Bu nazariy asos TELMda

kollaborativ va interaktiv yondashuvlarning dolzarbligini tasdiqlaydi.

AKT vositalarining til o‘rganishdagi o‘rni bo‘y

icha esa Hubbard (2009), Stockwell

(2012) va Chapelle (2017) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar TELMda texnologik

yondashuvlarning afzalliklarini ko‘rsatib bergan. Ayniqsa, mobil o‘rganish, virtual

platformalar va onlayn tarmoqlardan foydalanish talabalarning mustaqil va moslashuvchan

o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirgan. Ushbu ilmiy maqola sifatida olib borilgan tadqiqotda

sifatli tahlil (qualitative analysis) metodidan foydalanildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi

TELMning zamonaviy ta’limdagi o‘rni, uni

ng nazariy asoslari, didaktik tamoyillari va

texnologik integratsiya imkoniyatlarini chuqur o‘rganishdan iborat.

Metod sifatida quyidagi yondashuvlar qo‘llanildi:

Adabiy manbalarni kontent-

tahlili: til o‘rganish nazariyalari, metodik

yondashuvlar va AKT

vositalari bilan bog‘liq ilmiy maqolalar, monografiyalar va amaliy

qo‘llanmalar tahlil qilindi;

Taqqoslash usuli orqali an’anaviy va zamonaviy metodik yondashuvlar o‘rtasidagi

farqlar ochib berildi;

Tajriba asosidagi kuzatishlar: amaliyot jarayonida TELM komponentlarining

samaradorligi kuzatildi va talabalarning dars jarayonidagi faolligi asosida baholandi.

Tadqiqot davomida olingan ma’lumotlar sifatli tahlil qilinib, mavjud metodik

yondashuvlarning kuchli va zaif jihatlari aniqlangan, shuningdek, innovatsion

texnologiyalar bilan boyitilgan dars jarayonlarining o‘quvchilarga ta’siri o‘rganilgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, chet tilini o‘qitish jarayonida metodik

yondashuvlar va zamonaviy ta’lim texnologiyalarining uyg‘un qo‘llanilishi
o‘quvchilarning til kompetensiyasini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.
Jumladan, kommunikativ yondashuv asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda talabalar
faolligi va muloqotga kirishish darajasi yuqori bo‘ldi. Bu esa til o‘rganishda faqat bilim
emas, balki amaliy ko‘nikma va ijtimoiy kontekstda fikr bildirish salohiyatini ham
rivojlantiradi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, TELM doirasida axborot

-kommunikatsiya

texnologiyalarining, xususan, interaktiv taqdimotlar, onlayn platformalar (Google

Classroom, Moodle, Zoom), til ilovalari (Duolingo, Quizlet), shuningdek, sun’iy intellekt
asosida yaratilgan vositalarning qo‘llanishi o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi.
Talabalar o‘z

-

o‘zini nazorat qilish, mustaqil o‘rga

nish, qayta-qayta takrorlash

kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Muhokama jarayonida aniqlanishicha, an’anaviy
yondashuvlar, masalan, grammatikqoidaboz o‘qitish yoki tarjimaga asoslangan metodlar,
tilni chuqur o‘zlashtirishda cheklangan natija beradi. Aksincha, TELMda qo‘llanilayotgan
kommunikativ, ko‘pkanalli va kollaborativ metodlar til o‘rganish jarayonini jonlantirib,
shaxsiylashtirish va motivatsiyani oshirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, o‘qituvchilar

tomonidan darslarda refleksiya, differensial yondashuv va muammoli vaziyatlar

asosidagi metodlardan foydalanish til o‘rganishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Bu esa TELMni

nafaqat nazariy bilimlar majmuasi, balki amaliy jihatdan foydali pedagogik vosita sifatida

qarash zarurligini ko‘rsatadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2025) / ISSN 2181-1415

339

Umuman olganda,

olib borilgan tahlillar TELMning zamonaviy ta’lim jarayonida

strategik ahamiyatga ega ekanligini, uning asosiy komponentlari

metodika, texnologiya

va kommunikativ yondashuvlar o‘rtasida uyg‘unlik bo‘lsa, o‘quvchilar tilni samaraliroq
o‘zlashtirayotganini

tasdiqlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Chapelle, C. A. (2017). Teaching Culture in Introductory Foreign Language

Textbooks. Language Teaching Research, 21(3), 358

375. https://doi.org/10.1177/

1362168817698353

2.

Dudeney, G., Hockly, N., & Pegrum, M. (2013). Digital Literacies: Research and

Resources in Language Teaching. Pearson Education.

3.

Ellis, R. (2016). Focus on Form: A Critical Review. Language Teaching Research,

20(3), 405

428. https://doi.org/10.1177/1362168816628627

4.

Godwin-Jones, R. (2018). Using Mobile Technology to Develop Language Skills

and Cultural Understanding. Language Learning & Technology, 22(3), 104

120.

5.

Krashen, S. (2013). Second Language Acquisition: Theory, Applications, and

Some Conjectures. Cambridge University Press.

6.

Lai, C., & Morrison, B. (2013). Towards an Agenda for Learner Preparation in

Technology-Enhanced Language Learning Environments. CALICO Journal, 30(2), 154

167.

7.

Stockwell, G. (2012). Using Mobile Phones for Vocabulary Activities: Examining

the Effect of the Platform. Language Learning & Technology, 16(3), 1

17.

8.

Warschauer, M., & Liaw, M.-L. (2019). Emerging Technologies for Autonomous

Language Learning. In S. Mercer & T. Kostoulas (Eds.), Language Teacher Psychology (pp.
163

174). Multilingual Matters.

9.

Wong, L.-H., & Looi, C.-K. (2019). Adaptivity and Personalization in Mobile

Language Learning: A Systematic Review. Educational Technology & Society, 22(1), 1

15.

10.

Zheng, D., & Warschauer, M. (2020). Learning Through Practice: Technology

and Second Language Development.

TESOL Quarterly, 54(2), 315

344.

https://doi.org/10.1002/tesq.570

Библиографические ссылки

Chapelle, C. A. (2017). Teaching Culture in Introductory Foreign Language Textbooks. Language Teaching Research, 21(3), 358–375. https://doi.org/10.1177/1362168817698353

Dudeney, G., Hockly, N., & Pegrum, M. (2013). Digital Literacies: Research and Resources in Language Teaching. Pearson Education.

Ellis, R. (2016). Focus on Form: A Critical Review. Language Teaching Research, 20(3), 405–428. https://doi.org/10.1177/1362168816628627

Godwin-Jones, R. (2018). Using Mobile Technology to Develop Language Skills and Cultural Understanding. Language Learning & Technology, 22(3), 104–120.

Krashen, S. (2013). Second Language Acquisition: Theory, Applications, and Some Conjectures. Cambridge University Press.

Lai, C., & Morrison, B. (2013). Towards an Agenda for Learner Preparation in Technology-Enhanced Language Learning Environments. CALICO Journal, 30(2), 154–167.

Stockwell, G. (2012). Using Mobile Phones for Vocabulary Activities: Examining the Effect of the Platform. Language Learning & Technology, 16(3), 1–17.

Warschauer, M., & Liaw, M.-L. (2019). Emerging Technologies for Autonomous Language Learning. In S. Mercer & T. Kostoulas (Eds.), Language Teacher Psychology (pp. 163–174). Multilingual Matters.

Wong, L.-H., & Looi, C.-K. (2019). Adaptivity and Personalization in Mobile Language Learning: A Systematic Review. Educational Technology & Society, 22(1), 1–15.

Zheng, D., & Warschauer, M. (2020). Learning Through Practice: Technology and Second Language Development. TESOL Quarterly, 54(2), 315–344. https://doi.org/10.1002/tesq.570