Авторы

  • Бобиржон Сафаров
    Докторант, Национальный институт педагогического мастерства имени Абдуллы Авлони

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2-pp93-99

Ключевые слова:

преподавание истории историческое мышление методическое развитие учителей истории

Аннотация

В статье рассматривается общая концепция и значение методики преподавания истории в общеобразовательных школах. Автор акцентирует внимание на необходимости развития исторического мышления у учащихся, критического и самостоятельного подхода к изучению исторических событий. Проведен анализ отечественного и зарубежного опыта, включая подходы Питера Сейкса, Сиркки Ахонен, Роберта Торпа и других. Обоснована актуальность внедрения исследовательских методов в преподавание истории, а также использования инновационных педагогических технологий. Особое внимание уделено роли учителя в формировании интереса учащихся к предмету и развитии их аналитического мышления.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The general concept and importance of history teaching
methodology in comprehensive secondary schools

Bobirjon SAFAROV

1


National Institute of Pedagogical Excellence named after Abdulla Avloni

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2025

Received in revised form

15 February 2025
Accepted 15 March 2025

Available online

25 April 2025

This article explores the general concept and significance of

the methodology of teaching history in general secondary

schools. The author emphasizes the need to develop students’

historical thinking and foster a critical and independent

approach to studying historical events. The study includes an
analysis of both domestic and international experiences,

particularly the approaches of Peter Seixas, Sirkka Ahonen,

Robert Thorp, and others. The relevance of applying research-

based teaching methods and innovative pedagogical

technologies is justified. Special focus is given to the teacher’s

role in generating student interest and enhancing analytical

thinking through history education.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2-pp

93-99

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

History education,

historical thinking,
methodological
development of history

teachers.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarix fanini o‘qitish

metodikasining umumiy konsepsiyasi va ahamiyati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

tarix ta’limi,

tarixiy tafakkur,

tarix fani o‘qituvchilarning

metodik rivojlanishi.

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarix

fanini o‘qitish metodikasining umumiy

konsepsiyasi va uning

ahamiyati tahlil etilgan. Muallif tarixiy tafakkurni shakllantirish,

tanqidiy va mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashda tarix

fanining o‘rni va o‘qituvchining roli muhimligini asoslab bergan.

Xorijiy olimlar

Piter Seixas, Sirkka Ahonen, Robert Thorp

kabi tadqiqotchilarning yondashuvlari tahlil qilinib, ularning

tajribasi asosida maktablarda tarixni samarali o‘qitish yo‘llari

ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqotga asoslangan metodlar, interfaol

texnologiyalar, o‘yinli yondashuvlar va

tarixiy tafakkurni

1

PhD student, National Institute of Pedagogical Excellence named after Abdulla Avloni.

E-mail: bobur.safarov.94@mail.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

2 (2025) / ISSN 2181-1415

94

rivojlantirish usullari maqola asosini tashkil etadi. Tarix fanini

o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish o‘quvchilarning
fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning shaxsiy

rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etilad

i.

Общая концепция и значение методики преподавания
истории в общеобразовательных школах

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

преподавание истории,

историческое мышление,
методическое развитие
учителей истории.

В статье рассматривается общая концепция и значение

методики преподавания истории в общеобразовательных

школах. Автор акцентирует внимание на необходимости
развития

исторического

мышления

у

учащихся,

критического и самостоятельного подхода к изучению

исторических событий. Проведен анализ отечественного и
зарубежного опыта, включая подходы Питера Сейкса, Сиркки

Ахонен, Роберта Торпа и других. Обоснована актуальность

внедрения исследовательских методов в преподавание

истории,

а

также

использования

инновационных

педагогических технологий. Особое внимание уделено роли

учителя в формировании интереса учащихся к предмету и

развитии их аналитического мышления.


KIRISH

Bugungi globallashuv davrida tarixni bilish har doimgidan ko‘ra yanada muhim

ahamiyat kasb etgan.

Dunyoda yuz berayotgan sivilizatsion o‘zgarishlar esa

maktablardagi tarix fani o‘qitish metodikasini yanada takomillashtirish masalasini

tadqiqotchilarning diqqat markaziga olib chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh. Mirziyoyevning 2017-yil 30-iyun, PQ

3105-

sonli, “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar

Akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorining o‘ziyoq tarix va tarixni o‘qitish

mamlakatimiz siyosiy hayotida nec

hog‘lik muhimligini asoslab berdi. Tuzilgan

jamoatchilik kengashining asosiy vazifasi O‘zbekistonning eng yangi tarixini tadqiq etish
va o‘qitish samaradorligini, mazkur sohada ilmiy, o‘quv

-

metodik adabiyotlar, ma’naviy

-

ma’rifiy ishlar sifatini oshirish et

ib belgilangan [1]. Maktablarda tarix darslarini

o‘rgatishdan asosiy ko‘zlangan maqsad har qanday yod g‘oyalarga manipulyatsiya
bo‘lmaydigan, jamiyatga o‘z qilayotgan ishlari orqali foyda keltiradigan fuqarolarni
tarbiyalashdir. Tarixni o‘rganish orqali o‘

quvchilarda intellektual va axloqiy mezonlar

rivojlantiriladi. Ular tarixni tanqidiy tafakkur orqali o‘rganish davomida Nimaga?

Qachon? Qayerda? degan savollarga javob izlash jarayonida tarixiy tafakkur darajasi
rivojlanib boradi. Hozirgi kunda tadqiqotchilarimiz oldida axborot asri yanada rivojlanib

borgan bir pallada yoshlarni turli xil manipulyativ g‘oyalarga aldanmasligi uchun
maktablarda tarix fanini qanday qilib yanada samarali o‘rgatish muammosi dolzarblik
ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. Tarix ta’limi o‘quvchilarni turli stereotiplarga, diniy va
dunyoviy buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi hurfikrlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Tarix fani shunchaki o‘tilishi kerak bo‘lgan fan emas, balki voqea va hodisalarga ongli,

tanqidiy, empatiya bilan qaraydigan yoshlarni shakllantiruvchi asosiy gumanitar


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

2 (2025) / ISSN 2181-1415

95

fanlardan biridir. Tarix fani darsini samarali o‘tishga asoslangan metodikalarning

umumiy konsepsiyalari, xorij tajribasi, tadqiqotchilarning taklif va mulohazalari muhim
ahamiyat kasb etadi. Tarix fani darsini samarasini oshirish masalasi 20-asrning
70-yillaridan boshlab xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar,tarixchilar va tarix fani

o‘qituvchilarini e’tiborini o‘ziga jalb etib kelmoqda. Muammoga yechim tarzida o‘z

modellarini, nazariy dasturlarini ilmiy

nashrlarda e’lon qilishgan va bu jarayon hali ham

to‘xtab qolgani yo‘q. Chunki ular taklif qilayotgan yechim barcha davlat va hududlar

uchun birdek qulay va samarali yechim taklif etmaydi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI VA QO‘LLANILGAN METODLAR

Tadqiqot jarayoni mavzuga oid adabiyotlar sharhi, qiyosiy tahlil va xorijiy

olimlarning maktablarda tarix fanini o‘qitish metodikasining umumiy konsepsiyasi va

ahamiyati mavzusidagi tadqiqot natijalarini tahlil qilish metodlari asosida olib
borildi.Shuningdek ushbu olimlarning xulosalari va bergan takliflaridan faol foydalanildi.
Tadqiqotchi olimlar Maroz Petro Volodimirivich va Moroz Irina Volodimirovnaning

Conceptual bases of the research activity in the process of teaching world history at the

secondary school” nomli taqdiqod ishida asosiy e’tibor asosan o‘quvchilarning belgilangan
topshiriqlariga emas balki, mustaqil izlanishlariga berilgan. Shuningdek o‘qituvchilarga bu
jarayonni nazorat qilishda nimalarga e’tibor berishlari borasida tavsiyalar keltirilgan.

Olima

Sirkka Ahonen “Historical consciousness: a viable paradigm for history education”

nomli tadqiqot ishida asosan tarixiy tafakkur orqali tarix ta’limini rivojlantirish
mumkinligi to‘g‘risidagi g‘oyalarni ilgari suradi. Tadqiqotchilar Robert Thorp va Anders

Persson “On historical thinking and the history educational challenge” nomli maqolasida

tarixiy tafakkur borasida tadqiqot olib brogan Peter Seixas modeli maktab tarix darsi

akademik tarix dars saviyasida bo‘la olmasligi va uning modelida o‘quvchilarning
mustaqil ishlash imkoniyatini chegaralab qo‘yganligini tanqid ostiga oladi.

TAHLILLAR

Tadqiqotchilar Epstein va Fosterlar turli mamlakatlardagi maktablarda tarix

ta’limi o‘rtasida shakl va maqsad jihatidan farq borligiga e’tibor qaratishgan. Ular o‘z

tadq

iqotlarida ba’zi davlatlardagi maktabda o‘tiladigan tarix darslari va darsliklarida

davlatga sodiqlik va milliy g‘ururni shakllantiruvchi qurol sifatida foydalanishlarini
keskin qoralashadi [2]. Ushbu tadqiqotchilar tarixni o‘rganishda dalillar orqali tadq

iq

etish hamda tarixiy ong ta’sirida talqin qilish g‘oyalarini ilgari surishadi. Tarix darslarida
tadqiqot usulining konseptual asoslarini ishlab chiqish va uni tarix o‘qituvchilarga

malaka oshirish kurslaridagi ahamiyatini tushuntirish samarali natijalarga olib kelishi

mumkin. Tadqiqot usulini qo‘llash bosqichma

-bosqich amalga oshiriladi.

1.

Muammoni aniqlash-

ko‘plab yechimga olib keladigan muammoli savol tanlash.

2.

Gipotezalarni shakllantirish-

o‘quvchilarga savol yuzasida farazlarni ishlab

chiqishda yordam berish.

3.

Manbalarni tahlil etish

turli manbalar bilan ishlash strategiyasini o‘quvchilarga

o‘rgatish.

4.

O‘z

-

o‘zini o‘qitish –

mustaqil ravishda o‘rganishni rag‘batlantirish.

5.

Tadqiqotchi nuqtai nazari-muammoga tadqiqotchi nazari bilan qarash

ko‘nikmas

ini shakllantirish.

6.

Natijalarni taqdim etish

muammoni javobini samarali yetkazib berish

usullarini o‘rgatish.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

2 (2025) / ISSN 2181-1415

96

O‘quvchilarga tarixni o‘rganishda tadqiqot usulidan foydalanish kelajakda nafaqat

tarix, balki istalgan muammolarga mustaqil javob izlash

ko‘nikmasini shakllantiradi va

uning shaxs sifatida rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi.Tadqiqot usulida muammoga yechim

topish maqsadida turli manbalar: xaritalar, tarixiy hujjatlar, fototasvirlar, kundaliklar va

yana boshqa manbalar asosida o‘quvchilar m

uammoga shaxsiy fikr bildiradilar hamda shu

orqali ularda tarixiy ong shakllana boshlaydi. Bu usuldan foydalanish orqali

o‘quvchilarning yoshi va dunyoqarashini rivojlantirish ehtimoli katta, ayniqsa bu

boshlang‘ich sinflarda tarix faniga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otadi. Tadqiqotchilar Maroz

Petro Volodimirivich va Moroz Irina Volodimirovna tarix darslari metodikasini

rivojlantirish uchun tadqiqot metodini rivojlantirishni targ‘ib etadilar, ular bergan

yechimning foydali xususiyatlari shundaki, o‘quvchilar

da mustaqil manba topish qobiliyati

shakllanadi. Lekin bu usulni qo‘llashda bir qator kamchiliklari ham bor. O‘quvchilarda

mustaqil izlab topgan manbalarning to‘g‘riligi va ishonchliligini baholash bo‘yicha

malakaning yetishmasligi ularda noto‘g‘ri tushunc

halarni paydo qilishga olib kelishi

mumkin. Ko‘plab manbalarning hozir qo‘llanilmaydigan yozuvdaligi yoki asl nusxa va

tarjimalarning aniq bo‘lmasligi manbalar bilan ishlash samaradorligini pasaytiradi.

O‘qituvchilar va o‘quvchilar tadqiqot usulini dars jarayonida qanday qo‘llash bo‘yicha

dasturning mavjud emasligi, bu usulni qo‘llash ko‘p vaqt talab etgani uchun jarayonda vaqt

menejmentiga alohida e’tibor berish lozim. Darslik va tadqiqot usulida topilgan

ma’lumotlar o‘rtasida farq bo‘lishi mumkin, bu esa o‘quvchilarda fikriy nomutanosiblikni

yuzaga keltiradi. Agarda tadqiqot usuli doimiy va to‘g‘ri tanlangan yo‘nalishda olib borilsa,

albatta o‘quvchilarning tarix darslariga bo‘lgan qiziqishlari samaradorligini oshiradi.

AQShda universitetlarga kirish imti

honlarida tarix fanidan o‘quvchilarning past

ball to‘plashlari tadqiqotchilarni tarix ta’limini qayta ko‘rib chiqish masalasini o‘rtaga

tashladi. O‘quvchilar AQSh tarixi fanidan me’yorlashtirilgan savollardan past ball

to‘plashi milliy sharmandalik sifatida qaraldi. Tahlilchilar tomonidan o‘quvchilarning

ballari pastligiga sabab qilib o‘qituvchilarning ularga yetarlicha bilim bermayotganligi

ko‘rsatildi. Oqibatda o‘qituvchilar yangicha qarashlardan foydalanish o‘rnida ko‘proq

tarixni xronologik usulda yodla

shga urg‘u berdilar va tizim yaxshilanmasligiga sabab

bo‘ldi. Ko‘plab tadqiqotchilar tarixiy tafakkur qobiliyatini rivojlantirish orqali tarix

ta’limini rivojlantirish mumkinligi g‘oyasini ilgari surishadi. Zamonaviy pedagoglarga

amaliy konsepsiyalar va ul

arga konkret yordam ko‘rsatadigan ularning metodikasini

oshirishga yordam beradigan qo‘llanmalar salmog‘i yetarli emas. Shu sababli ham ko‘plab

tarix fani o‘qituvchilari an’anaviy uslubda dars o‘tadilar, o‘quvchilarning test va

kontekstlarni yodlashiga jid

diy e’tibor qaratadilar. Bu esa o‘quvchilarda tarixiy

voqealarni tahlil qilish va undan xulosa chiqarish imkoniyatlarini keskin kamaytiradi.

Tarix ta’limidagi dastlabki islohotlar ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar ichida

Angliyada 1972-yilda kuzatildi.

Ushbu loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad an’anaviy

yodlash texnikasiga mo‘ljallangan tarix ta’limini o‘zgartirishdan iborat edi. Loyihaning

asosiy obyekti tarix ta’limida o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilar hisoblangan va

Britaniya maktablar kengash

ida ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘quvchilarni mustaqil fikrlash

hamda dalillar asosida tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat edi.

Ushbu loyiha quyidagi loyiha va tamoyillardan iborat:

1.

Tarixiy dalillardan mustaqil foydalangan holda tahlil qilish;

2.

Tarixni faktlar majmui sifatida emas, balki vaqtlar o‘tishi davomida davlatlar,

madaniyatlar va jamiyatlar qanday o‘zgarganini jarayon sifatida ko‘ra olish qobiliyatini

shakllantirish.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

2 (2025) / ISSN 2181-1415

97

3.

Tarixiy faktlarni yodlash emas, balki sabab va natijalarini ko‘ra olis

h.

4.

Tarixiy jarayonlardagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlab olish.

5.

O‘quvchilarni passiv tinglovchi rolidan mustaqil o‘z ustida ishlaydigan

o‘quvchiga aylantirish [5].

SCHP loyihasi tarixiy tafakkurga asoslangan tarix ta’limi metodologiyasini

shakllantirishga asos bo‘ldi va Buyuk Britaniya, AQSH va Kanadada maktab tarix ta’limini

o‘zgartirishga o‘z hissasini qo‘shgan. Tadqiqotchi Peter Seixas o‘z tadqiqotlarida tarixiy

tafakkur tushunchasini turli davlatlar (Buyuk Britaniya, AQSH, va Kanada) talqinidagi

farqlar va uning fandagi ahamiyatini isbotlashga harakat qilgan. Biz yuqorida ko‘rib

chiqqan tarixiy tafakkur tushunchasiga Buyuk Britaniyada 2-darajali konsepsiya sifatida

qaralgan bo‘lsa, Germaniyada1

-

darajali konsepsiya sifatida e’tibor qarati

lgan. Tarixiy

tafakkur tushunchasini o‘rgatishni esa jamiyat va shaxsiy tushunchalar yordamida

bog‘lab tushuntirishga harakat qilishgan. Peter Seixasning tarixiy tafakkurning 6 usuli

hozirda ham Kanada maktab tarix ta’limida keng qo‘llanilishiga sabab bu m

odel

o‘quvchilarda keng dunyoqarash va voqea hodisalarga mustaqil fikr berish qobiliyatini

shakllantiradi. Maktab tarix darsliklari ham shu model g‘oyasi ta’sirida yaratilgan. Ushbu

model barcha davlatlar tarix ta’limida birdek muaffaqiyat keltirmaydi. Nem

is

tarixshunosi Rusen tarixiy ong tushunchasi 4 bosqichda bo‘lishini isbotlab bergan, bular:

1.

An’anaviy bosqich –

bunda o‘quvchilar tarixiy voqealarni oddiy hikoya tarzda

qabul qiladilar va ulardagi farqlar mohiyatini to‘la anglab yetmaydilar.

2.

Ibrat bosqichi-

bunda o‘quvchilar o‘tmishdan ibrat oladilar va tarix

takrorlanishdan iborat degan xulosaga keladilar.

3.

Kritik (tanqid) bosqichida o‘quvchilar tarixga tanqid ko‘zi bilan qaraydilar va

shaxsiy qarashlarini olg‘a suradilar.

4.

Dinamik bosqich

bu jarayonda o‘quvchilar tarixni kelajakka ta’sirini o‘rganadilar.

AQSH maktab ta’limida tarix fani tadqiqotga yaqinlashtirilgan holda o‘quvchilar

mustaqil izlanishi tamoyiliga asoslangan holda olib boriladi. Tadqiqotchi Peter Seixas

Kanadada tarix ta’limining Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSH ta’limi

yondashuvlaridan ilhomlangan holda yangi modelini tashkil etgan. Bu modelga Historical

Thinking Project (HTP ya’ni tarixiy tafakkur loyihasi)

deb nom berilgan. Loyiha Buyuk

Britaniyada qo‘llanilgan 2 darajali tarixiy ta

fakkur nazariyasi asosida tashkil etilgan va

o‘z navbatida AQSH tarixiy ta’limida qo‘llanilgan tadqiqotchilik,mustaqil izlanuvchanlikni

targ‘ib qilish vositalari ham mavjud. Tadqiqotchilar Robert Thorb va Anders Personlar bu

qarashlari bilan Sexiasning mod

eli o‘quvchilarda tanqidiy fikr bildirish qobiliyatini

rivojlantirishga qo‘shgan hissasini inkor etmaydilar.Shuning bilan birga bu yagona

yechim ham emasligini ta’kidlab o‘tadilar. Tarixiy voqealarning boshqalar talqinidagi

nazariyalarni ham tushunish lozi

m va buni tarix o‘qituvchilarni o‘z o‘quvchilarga

o‘rgatishlari lozimdir. Ayni vaziyatda biz o‘rganayotgan tarix biz yashab turgan muhit va

madaniy holatga ham uzviy bog‘liqdir. O‘qituvchilar nafaqat tarixni o‘rgatishlari balki

shaxsiy va boshqalarning taj

ribalari asosida tarixni o‘rganishni tushuntirishlari lozimdir.

Shu orqali tarix ta’limi insonparvarlashtirilishi mumkin. Tarix ta’limi bu faqatgina

akademik tarix nazariyalarni o‘rgatish emas balki fuqarolarni kelajakka tayyorlaydigan

fanlar sirasiga kira

di. O‘quvchilarga akademik tarixni o‘rgatishdan tashqari ularni

ijtimoiy va siyosiy jihatdan tarbiyalashni ham unutmaslik kerak. Hozirgi kunda internet

tizimining nihoyatda rivojlanganligi muqobil tarzda o‘quvchilarning bu ma’lumotlarni

baholash qobiliyati

yetishmasligi, o‘qituvchilarning zamon talablariga moslashishda

qiyinchiliklarga uchrayotgani turkiyalik tadqiqotchilarning ham bu muammolarga e’tibor

qaratishga sabab bo‘ldi. Tarix o‘qituvchilar fanning passiv hikoyachilari emas, balki jonli


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

2 (2025) / ISSN 2181-1415

98

ishtirokchil

ari bo‘lishi, zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishda qiyinchiliklarga

uchramasligi lozim. O‘qituvchilarning zarur bilim va ko‘nikmalariga egaligidan tashqari

o‘quvchilarda ham bazaviy bilimlarga ega bo‘lishi ta’kidlanadi. Shundagina dars

mashg‘uloti

zerikarli bo‘lmasligi ta’minlanadi. Bu borada tadqiqotchi tajriba ham o‘tkazib

ko‘radi, ya’ni universitetda ta’lim olayotgan 30 nafar ishtirokchi (mamlakatning turli

qismidan kelgan ularning 15 nafari tarix yo‘nalishida,

15 nafari esa matematika yo‘nalish

i

talabalari) bo‘lib, ulardan intervyu tarzda suhbat qilinganida ularning maktab davridagi

tarix o‘qituvchilarining shaxsiy sifatlari va qo‘llagan metodlari ularning hayotida muhim

ahamiyat kasb etganligi aniqlangan. Ulardan tarix fanini yoqtirishining asosiy sabablari

so‘ralganda, 30 nafardan 20 nafari o‘qituvchining dars o‘tishdagi mahorati sabab tarix

darslariga qiziqishgani, 5 nafari esa yoqtirmasligi va bunga shaxsiy qiziqishlarini sabab

qilib ko‘rsatgan bo‘lsalar, qolgan 5 nafar ishtirokchi betaraf

pozitsiyada qolgan [8].

Albatta tarix fani o‘qituvchisining shaxsiy fazilati va qiziqarli metodlardan foydalanishi

o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, lekin noto‘g‘ri metodni qo‘llashi esa

o‘z navbatida o‘quvchilarni qiziqishlarini pasaytirishi ham mumkin. O‘qituvchining faol

tarzda o‘z ustida ishlashi uning nafaqat kasbiy rivojlanishi va tarix darsining samarali,

shu bilan birga qiziqarli qilishini tadqiqotchi ta’kidlab o‘tadi. Lekin hamma mas’ulyatni

o‘qituvchiga qo‘yish faqat unga mas’ulyatni yuklash orqali sifatli dars mashg‘ulotiga

erishib bo‘lmaydi. Bunga albatta o‘quvchilarning ham mustaqil ishlashlari, tarixiy voqea

hodisalarga tanqidiy nazar tashlash qobiliyatisiz erishib bo‘lmaydi.

Hozirgi kunda

o‘quvchilarning tarix darsiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va an’anaviy darslar

o‘quvchilarning tarix faniga bo‘lgan qiziqishlarini yetarli darajada qondira olmasligini

hisobga olgan holda tarix fanida o‘yin metodidan foydalanish samarali natijalarga olib

kelishi mumkin. Dars jarayonida o

‘yin metodidan foydalanish orqali o‘quvchilar savol

-

topshiriqlarga javob topsa, dofamin garmoni ajralishi kuchayadi va ularning fanga

bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Lekin bu metodlarni me’yorida qo‘llash lozim agarda

me’yoridan oshirilsa, bu metodning samarasini kamaytiradi. O‘yin metodini qo‘llashda

vaqtni aniq taqsimlash va unga rioya qilish talab etiladi.

NATIJA

Maktablarda tarix fanini o‘qitish metodikasi konsepsiyasi va uning ahamiyati

zamonaviy ta’lim jarayonining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarning tarixiy

tafakkurini shakllantirish, tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va milliy hamda

umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Tadqiqot natijasi shuni ko‘rsatadiki, samarali tarix ta’limi quyidagi jihatlarga bog‘liq:

1.

Tarix ta’limini samarali qilish uchun o‘qituvchilar o‘zlari qo‘llayotgan

metodlarning ahamiyati, qo‘llash strategiyalarini mukammal bilishlari va uni qo‘llash

jarayonini izchil tashkil etishlari talab etiladi. Bu metodlar samarasining katta qismi tarix

fani o‘qituvchilarning shaxsiy sifatlariga bevosita bog‘liq.

2.

Innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash –

tarix darslarida interfaol

usullar, raqamli resurslar va muqobil ta’lim yondashuvlaridan f

oydalanish

o‘quvchilarning bilim olish jarayonini sezilarli rivojlantiradi.

3. Tarixiy tafakkurni rivojlantirish

faqatgina faktlarni yodlatish emas, balki

tarixiy jarayonlarni tahlil qilish, sabab-

oqibat munosabatlarini tushunishga yo‘naltirish

muhimdir.

Tarix fani o‘qituvchilarning tarixiy tafakkur konsepsiyasi haqida bilimlarini

oshirishi kelajakda ularning metodikasini rivojlantiradi va ular tarbiya qilgan

o‘quvchilarning bilimlari va dunyoqarashlarini rivojlantiradi.

4. Milliy va umumbashariy qadriyat

larga asoslangan ta’lim –

tarix darslari

o‘quvchilarda o‘zlikni anglash, madaniyatlararo muloqotga tayyorlik va tarixiy

jarayonlarga tanqidiy yondashuv shakllantirishga xizmat qilishi kerak.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

6

2 (2025) / ISSN 2181-1415

99

O‘rganilgan tadqiqotlar natijasida aniqlandiki, tarix fanining samarali o‘qitilishi

nafaqat o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish, balki ularning ijtimoiy faolligi va ma’naviy

yetukligini shakllantirishga ham xizmat qiladi.

Tarix ta’limida yangi innovatsion

metodlardan foydalanish, o‘quvchilarda tarixiy tafakkurni rivojlantirish, o‘qituvchilarning

kasbiy rivojlantirish orqaligina biz kutgan samarali va sifatli tarix darsiga erishish mumkin.

XULOSA

Maktablarda tarix fanini o‘qitish metodikasining takomillashtirilishi ta’lim sifatini

oshirishning muhim omillaridan biri

bo‘lib, quyidagi tavsiyalar asosida rivojlantirilishi lozim:

1.

Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish –

tarix

darslarini interaktiv va qiziqarli qilish uchun AKT vositalari, virtual ekskursiyalar, tarixiy
hujjatlar va multimedia r

esurslarini qo‘llash lozim.

2.

O‘qituvchilarning tarixiy jarayonlarni faqatgina faktlar asosida emas, balki

ularning sabab-

oqibat aloqalarini o‘rgatishga qaratilgan metodikalarini rivojlantirish.

3. Fanlararo integratsiyani kuchaytirish

tarix fanining adabiyot, geografiya,

iqtisod va huquq kabi fanlar bilan bog‘liqligini ko‘rsatish orqali o‘quvchilarning keng

dunyoqarashini shakllantirish mumkin.

4.

O‘qitish metodikasini muntazam takomillashtirish –

pedagoglarning malakasini

oshirish, yangi metodikalar va

yondashuvlarni o‘quv jarayoniga joriy etish zarur.

Shunday qilib, tarix fanini samarali o‘qitish nafaqat o‘quvchilarning bilim

saviyasini oshiradi, balki ularning tanqidiy fikrlashi, tarixiy voqeliklarga obyektiv
yondashuvi va ijtimoiy faolligini shakllantirishga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev.

PQ-3105-

sonli,”O‘zbekiston

Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha

jamoatchilik kengashi

faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qarori.Lex.uz.

2.

Epstein T.

Research methodologies in history education

.

Charlotte, NC:

Information Age Publishing, 2009.P.23-26.

3.

Maroz P.V, Maroz.I.V.

Conceptual bases of the research activity in the process of

teaching world history at the secondary school.

Український

педагогічний

журнал

№ 3.

-2015. P.102-111.

4.

Sirkka Ahonen. Historical consciousness: a viable paradigm for history

education? Journal of Curriculum November-37Vol.-2005.P 698-707.

5.

Peter Seixas. A Model of Historical Thinking. Educational Philosophy and

Theory.-2015.10.27.P1-13.

6.

Peter Seixas. A Model of Historical Thinking. Educational Philosophy and

Theory.-2015.10.27.P1-13.

7.

Robert Thorp,Anders Persson. On historical thinking and the history educational

challenge. Educational Philosophy and Theory.UK,-2020.P.892-901.

8.

Meliha Köse. The Role of High School History Teachers on University Students’

Attitudes toward History Classes. Kuram ve uygulamada eğitim bilimleri educational

sciences: theory & practice April 26, -2017.-P 1291-1316.

9.

Keith C, Barton,Linda, S. Levsti. Why don’t more history teachers engage students in

interpretation. Research and Practice Social Education 67(6),-2003.-P 358-361.

10.

F.Axmedshina, F.Aqchayev. Tarix fanini o`qitishda o‘yinli

texnologiyalardan

foydalanish,Tashkent,-2018.17-20.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev. PQ-3105-sonli,”O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qarori.Lex.uz.

Epstein T. Research methodologies in history education. – Charlotte, NC: Information Age Publishing, 2009.P.23-26.

Maroz P.V, Maroz.I.V. Conceptual bases of the research activity in the process of teaching world history at the secondary school. Український педагогічний журнал № 3. -2015. P.102-111.

Sirkka Ahonen. Historical consciousness: a viable paradigm for history education? Journal of Curriculum November-37Vol.-2005.P 698-707.

Peter Seixas. A Model of Historical Thinking. Educational Philosophy and Theory.-2015.10.27.P1-13.

Peter Seixas. A Model of Historical Thinking. Educational Philosophy and Theory.-2015.10.27.P1-13.

Robert Thorp,Anders Persson. On historical thinking and the history educational challenge. Educational Philosophy and Theory.UK,-2020.P.892-901.

Meliha Köse. The Role of High School History Teachers on University Students’ Attitudes toward History Classes. Kuram ve uygulamada eğitim bilimleri educational sciences: theory & practice April 26, -2017.-P 1291-1316.

Keith C, Barton,Linda, S. Levsti. Why don’t more history teachers engage students in interpretation. Research and Practice Social Education 67(6),-2003.-P 358-361.

F.Axmedshina, F.Aqchayev. Tarix fanini o`qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish,Tashkent,-2018.17-20.