Авторы

  • Зарина Абдурашидова
    Магистрант, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss4/S-pp168-173

Ключевые слова:

парламент парламентский контроль представительный орган законодательная власть парламентский запрос «Андижоннома»

Аннотация

В данной статье рассматриваются и анализируются теоретические основы парламентского контроля, в частности понятие парламентского контроля, его правовой анализ и современное значение, особенности парламентского контроля в зарубежных странах, а также опыт развитых стран в части парламентского контроля. Как отмечается в статье, парламентский контроль важен в совершенствовании законодательства, обеспечении прав и законных интересов человека, достижении эффективности системы разделения властей. Законы принимаются в целях регулирования тех или иных общественных отношений в обществе. Лучший способ ознакомиться с состоянием исполнения закона – это контроль. Основной целью такого контроля Парламента является не наказание тех, кто не исполняет закон или тех, кто препятствует его исполнению (эту задачу выполняют другие контрольные органы), а считается устранение недостатков правоприменительного механизма. и усовершенствовать этот механизм.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Some theoretical and practical aspects of the institute of

parliamentary control under democratization

Zarina ABDURASHIDOVA

1

Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2023

Received in revised form

15 May 2023

Accepted 25 May 2023

Available online

15 June 2023

This article examines and analyzes the theoretical

foundations of parliamentary control, in particular the concept

of parliamentary control, its legal analysis and today's

importance, specific aspects of parliamentary control in foreign

countries, and the experience of developed countries in terms of

parliamentary control.

As noted in the article, parliamentary control is important in

improving legislation, ensuring human rights and legal interests,

and achieving the effectiveness of the separation of powers

system. Laws are adopted in order to regulate certain social

relations in society. The best way to get acquainted with the state

of implementation of the law is control. The main purpose of such

control of the Parliament is not to punish those who do not

implement the law or those who hinder its implementation (this

task is performed by other control bodies), but it is considered to

eliminate the shortcomings of the law enforcement mechanism

and to improve this mechanism.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss4/S-pp1

68-173

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

parliament,

parliamentary control,

representative div,

legislative power,

parliamentary inquiry.

Demokratlashtirish

sharoitida

parlament

nazorati

institutining ayrim nazariy va amaliy jihatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

parlament,

parlament nazorati,

vakillik organi,

qonun chiqaruvchi
hokimiyat,

parlament so‘rovi.

Mazkur maqolada parlament nazoratining nazariy asoslari,

xususan, parlament nazorati tushunchasi, uning yuridik tahlili

va bugungi kundagi ahamiyati, xorijiy mamlakatlarda parlament

nazoratining o‘ziga xos jihatlari, parlament nazorati bo‘yicha

rivojlangan mamlakatlar tajribasi o‘rganib chiqiladi va tahlil

qilinadi.

Maqolada ta’kidlanganidek, parlament nazorati qonunchilikni

1

Master degree student, Tashkent State University of Law


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

169

takomillashtirishda, inson huquq va qonuniy manfaatlarining

ta’minlanishida, hokimiyatlar bo‘linishi tizimining samaradorligiga
erishishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Qonunlar jamiyatdagi

muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida qabul

qilinadi. Qonunning ijro etilishi holati bilan tanishishning eng

maqbul usuli nazorat qilish hisoblanadi. Parlamentning bunday
nazorat qilishdan asosiy maqsadi qonunni ijro etmayotganlar yoki

uni ijro etishda to‘sqinlik qilayotganlarni jazolash emas (bu vazifa

boshqa nazorat organlari tomonidan amalga oshiradi), balki

qonunlarni ijro etish mexanizmidagi kamchiliklarni bartaraf etish
va mazkur mexanizmni takomillashtirishdan iborat.

Некоторые теоретические и практические аспекты
института парламентского контроля в условиях

демократизации

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

парламент,
парламентский контроль,
представительный орган,

законодательная власть,
парламентский запрос

.

В данной статье рассматриваются и анализируются

теоретические основы парламентского контроля, в

частности понятие парламентского контроля, его правовой
анализ

и

современное

значение,

особенности

парламентского контроля в зарубежных странах, а также

опыт развитых стран в части парламентского контроля.

Как отмечается в статье, парламентский контроль важен в

совершенствовании законодательства, обеспечении прав и
законных интересов человека, достижении эффективности

системы разделения властей. Законы принимаются в целях

регулирования тех или иных общественных отношений в

обществе. Лучший способ ознакомиться с состоянием
исполнения закона –

это контроль. Основной целью такого

контроля Парламента является не наказание тех, кто не

исполняет закон или тех, кто препятствует его исполнению

(эту задачу выполняют другие контрольные органы), а
считается устранение недостатков правоприменительного
механизма. и усовершенствовать этот механизм.

Oliy davlat vakillik organi deb e’tirof etiluvchi O‘zbekiston Respublikasi parlamenti

o‘z funksiyasiga ko‘ra, nafaqat qonun chiqaruvchi organ, balki parlament nazoratini

tashkil etuvchi va uni amalga oshiruvchi organ ham hisoblanadi.

Davlat konstitutsiyaviy-

huquqiy tizimining ajralmas qismi bo‘lgan

parlament

quyidagi uchta asosiy funksiyani amalga oshiradi:

1. Vakillik funksiyasi;
2. Qonunchilik funksiyasi;
3. Nazorat funksiyasi.
Shu nuqtai nazardan, nazorat funksiyasi siyosiy organga ijro hokimiyati faoliyatini

nazorat qilish va xalq manfaatlarini himoya qilish imkonini beradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

170

O‘zbekiston Respublikasida parlament nazorati O‘zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisi, xususan, uning palatalari, qo‘mitalari va komissiyalari, Qonunchilik palatasining

siyosiy fraksiyalari va guruhlari, deputatlar va senatorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur nazorat qonunlar, palatalar qarorlarini tayyorlash va qabul qilish, hukumat

a’zolarining, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining o‘z faoliyatiga

doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish, d

eputatlik so‘rovlarini yuborish va

hokazolarda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94

-

moddasiga asosan O‘zbekiston

Respublikasi Davlat budjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, davlat
organlarining mansabdor

shaxslariga parlament so‘rovini yuborish va parlament

nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari sirasiga kirishi belgilab qo‘yilgan.

Mamlakatimizda huquqiy islohotlar amalga oshirilayotgan bir davrda, inson

huquqlarining himoya qilinishida, qabul qilingan qonunlar ijrosining ta’minlanishida,
davlat boshqaruvi hokimiyatlarining o‘zaro bir

-birini tiyib turishi va muvozanatini saqlab

turishida, shu bilan birgalikda mamlakatni modernizatsiyalashda parlament nazoratini

kuchaytirish dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston

Respublikasi Qonunchilik palatasining nazorat funksiyasini amalga oshirishdan

ko‘zlangan asosiy maqsad ham aynan qab

ul qilingan qonunlarning samaradorligi va

natijaviyligiga erishish hisoblanadi. Chunki, qabul qilingan qonunlar, eng avvalo, xalqimiz

manfaatlariga xizmat qiladi va ularning huquqlari kafolatlanishini ta’minlaydi. Bundan

tashqari, Qonunchilik palatasi tomo

nidan parlament nazoratining amalga oshirilishi o‘z

navbatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11

-

moddasida belgilab qo‘yilgan

hokimiyatlar bo‘linishi prinsipining to‘laqonli ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

Xususan, parlamentning nazorat

funksiyasi davlat boshqaruvi hokimiyatlarining o‘zaro

bir-

birini tiyib turishini, hokimiyat vakolatlarining aynan bir sub’yekt tomonidan

o‘zlashtirilishining oldini olish bilan birga, ularning o‘zaro muvozanatini saqlashni
ta’minlaydi va kafolatlaydi.

Qo

nunchilik palatasining nazorat funksiyasini amalga oshirish ob’yekti bo‘lib,

davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining hamda mansabdor shaxslarining
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisi palatalarining va ular organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini ijro etish,

shuningdek o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni amalga oshirish
bo‘yicha faoliyati tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasida parlament nazorati quyidagi yo‘nalishlarda amalga

oshiriladi:

1.

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari ijrosi yuzasidan umumiy nazorat va
monitoring;

2. Moliyaviy parlament nazorati;
3. Inson huquqlari sohasida parlament nazorati;
4. Davlat organlarini shakllantirish va mansabdor shaxslarni tayinlash yuzasidan

parlament nazorati;

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muhim siyosiy qarorlar qabul

qilinganda parlament nazorati (dastlabki yoki keyingi).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

171

Demokratiya nafaqat fuqarolarning saylov kuni ovoz berishidan, balki davlat

vazifalarini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning harakati va hokimiyatini

nazorat qilishdan ham iboratdir. Zero, Harakatlar strategiyasida ham

“Xa

lq davlat

idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak”

degan

tamoyilning ilgari surilganligi fikrimizning tasdig‘i deb hisoblaymiz.

Parlament nazorati

bu hukumat va davlat boshqaruvi organlarining xatti-

harakatlarini nazorat

qilish va sanksiyalash imkoniyati bo‘lib, hukumatning o‘z faoliyati

uchun jamoatchilik oldida hisobot berishini taqozo etadi. Mazkur konsepsiya o‘z
navbatida davlat va jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlaydi. Bundan tashqari, ijro

etuvchi hokimiyatning

institutsional faoliyatini diqqat bilan kuzatib boradigan bo‘lsak,

parlament nazoratining ahamiyati dolzarb ekanligini kuzatish mumkin. Parlament

o‘zining nazorat funksiyasi orqali hokimiyatlar bo‘linishining muvozanatini saqlab

turuvchi balanslardan biri hisoblanadi. Bunda agar parlament tomonidan nazorat
funksiyasi orqali hukumat faoliyati tekshirilmasa va tanqid qilinmasa ushbu
muvozanatning buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, yuzaga kelgan
muammolarni hal qilish va ularga samarali munosabat bildirishda parlament nazorati

juda muhim ahamiyat kasb etadi. Fransuz olimi M.Lesajning ta’kidlashicha, qonunni
chiqargan organ uning ijrosini ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lmasa, qonun “o‘lik
harflar”ga aylanib qoladi.

Fikrimizcha, qonunlar shunchaki emas, balki, muayyan ijtimoiy munosabatlarning

tartibga solinishi, samarali ishlashi, mavjud muammolarning yechim topishi uchun qabul
qilinadi. Biroq ularning qay darajada ishlayotganligini, samaradorligini va natijaviyligini

o‘rganish uchun esa, albatta parlam

entlar tomonidan amalga oshiriladigan nazorat zarur.

Aks holda fransuz olimi M.

Lesaj tomonidan ilgari surilgan fikrlar o‘z tasdig‘ini topishiga

olib kelishi va o‘z navbatida jamiyat va davlat inqiroziga sabab bo‘lishi mumkin.

Bugungi kunda parlament nazorati jarayonining ilmiy asoslarini rivojlantirishga

xizmat qilib kelayotgan ko‘pgina yuridik adabiyotlar mavjud bo‘lib, parlament nazorati
tushunchasiga ta’rif berishda ko‘pgina olimlar tomonidan turlicha yondashuvlar ilgari

surilgan. Xususan, huquqshunos A.X.

Saidovning fikriga ko‘ra, parlament nazoratining

manbaini davlat hokimiyati tizimida parlamentning ustuvorligi, ijro etuvchi hokimiyat

tarmog‘i tomonidan hokimiyatning o‘zlashtirilishini oldini olish, hokimiyat tizimida “tiyib

turish va muvozanatni sa

qlash tizimi tashkil etadi. Huquqshunos olimning fikriga ko‘ra,

parlament nazorati-amaldagi qonunlarning samaradorligi va ijrosini tekshirish va ijro

etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining qonunchilikka va huquq normalariga qat’iy

muvofiqlikgini tekshirish shuningdek, bunday tekshirish natijasida aniqlangan
nuqsonlar, qonun buzilishlarini bartaraf etish hamda ularni oldini olish maqsadida

doimiy monitoring olib borish bo‘yicha kompleks chora

-tadbirlardir [1].

Huquqshunos olim E.X. Xalilov qonunchilik organi faoliyati nazorat funksiyasining

asosiy maqsadi qonunchilikdagi kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish ekanligini

ta’kidlaydi.

Ilmiy adabiyotlarda parlament nazorati, asosan, ijro hokimiyati organlari

faoliyatini kuzatish va tekshirishning belgilangan tartibini tartibga soluvchi normalar

tizimi sifatida ta’riflanadi. Shu bilan birga, uni sanksiyalarning mumkin bo‘lgan
qo‘llanilishi (ishonchsizlik votumi, ishonchsizlik rezolyutsiyasi, impichment va

boshqalar) bilan baholashga qaratilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

172

A. Latifovni

ng fikriga ko‘ra parlament nazorati davlat nazoratining bir ko‘rinishi

bo‘lib, qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarning amalga oshirilishini o‘rganish orqali

jamiyatda ro‘y berayotgan jarayonlar va hodisalar haqida ma’lumotlar olish va tahlil

qilishga

qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda uning organlari

faoliyatining mustaqil va alohida shaklidir [2].

Parlament nazoratini amalga oshirishda xorijiy tajribani huquqiy tahlil qilish jahon

amaliyotida parlament nazoratining model va shakllarining xilma-xil ekanligini

ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasida parlament nazorati

mexanizmini takomillashtirish maqsadida ularni o‘rganishni taqozo etadi.

Parlament nazorati epizodik xarakterga emas, balki regulyar xarakterga ega

b

o‘lishi kerak. Uning regulyarligini ta’minlashning turli xil usullari orqali amalga

oshirilishi mumkin. Xususan, xorijiy tajribaga yuzlanadigan bo‘lsak, parlament

nazoratining amalga oshirilishi qonunning qabul qilinganligi muddatiga bog‘liq

hisoblanadi. M

asalan, Niderlandiya qonunchiligiga ko‘ra ushbu davlatda parlament

nazorati har bir qonun qabul qilinganidan so‘ng uch, to‘rt yoki besh yil o‘tgach amalga

oshirilishi belgilangan. Mazkur parlament nazorati jarayonida ushbu qonunni qo‘llash

amaliyoti o‘rganiladi va natijasiga qarab zarur hollarda muayyan o‘zgartirish kiritish

yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi. Biroq, Fransiyada parlament nazoratini amalga

oshirish muddati Niderlandiyanikidan keskin farq qiladi. Xususan, Fransiyada parlament

nazorati qoida

tariqasida qonun qabul qilinganidan so‘ng olti oy o‘tgach amalga

oshiriladi. Bunda mazkur qonunning ijrosini ta’minlash uchun amalga oshirilgan ishlar

o‘rganiladi. Jumladan unda tegishli qonunosti hujjatlari qabul qilingan yoki

qilinmaganligi, ularning qonunga zidligi yoki zidmasligi, aholiga yetkazilganligi yoki

yetkazilmaganligi, e’lon qilinganligi yoki e’lon qilinmaganligi va shu kabi masalalar ko‘rib

chiqiladi. Fikrimizcha, O‘zbekistonda ham ushbu amaliyotni qo‘llash maqsadga muvofiq

bo‘lgan bo‘lar edi

.

Ta’kidlash joizki, xorijiy mamlakatlarda parlament nazorati jarayonida

davlatlarning umumiy jihatlari bilan birgalikda o‘ziga xos jihatlari ham mavjud. Bunday

o‘ziga xoslik tarixiy, madaniy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa omillar bilan bevosita

bog‘liqdir. Davlat boshqaruviga ko‘ra parlament nazoratining ikki turini ajratish mumkin:

1. Parlamentar respublika yoki konstitutsiyaviy monarxiyalarda parlament nazorati;

2. Prezidentlik respublikalarda parlament nazorati.

Parlamentar respublikalarda (GFR, Italiya) va konstitutsiyaviy monarxiyalarda

(Skandinaviya mamlakatlari, Ispaniya, Benilyuks mamlakatlari), parlamentar

monarxiyalarda (Buyuk Britaniya) parlament oldida hukumat mas’uliyati instituti

mavjud. Xususan, vakillik organida hukumatni shakllantirish huqu

qi mavjud bo‘lib,

hukumat o‘z faoliyati haqida hisobot berishi va agarda uning ishi qoniqarsiz deb topilsa,

hukumatning iste’foga chiqishiga sabab bo‘ladi.

Shu bilan birga, hukumatni shakllantirishda parlamentning o‘rni asosiy bo‘lgan

joyda oliy vakillik

institutining ijro etuvchi hokimiyat ustidan nazorat funksiyasi o‘zining

nazorat funksiyasi asosida emas, balki parlamentning siyosiy o‘zini

-

o‘zi tasdiqlashi

ko‘rinishida ifodalandi.

Parlament nazoratining shakllari axborot, sanksiyaviy va budjet-moliyaviy

xarakterga ega. Ushbu tasnif parlament nazorati instituti va uning yuzaga kelishi mumkin

bo‘lgan oqibatlari haqida eng to‘liq tasavvurni beradi

[3].

Parlament nazoratining axborot shakli quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1. Fuqarolar va jamoat tashkilotlaridan parlamentga axborot taqdim etilishi;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

04 (2023) / ISSN 2181-1415

173

2. Deputat savollari va so‘rovlari;

3. Parlament qo‘mitalarining majlislari;

4. Parlament tekshiruvlari;

5. Parlamentni qo‘llab

-quvvatlash xizmatlari va organlarining (ombudsmanlar,

hisob palatalari va boshqalar) faoliyati.

Parlament nazoratining budjet-moliyaviy shaklini parlament tomonidan budjetni

tasdiqlash va uning ijrosini nazorat qilish tashkil etadi.

Parlament nazoratining sanksiyaviy shakli asosida boshqaruvning turli shakllari

ha

qida tasavvurga ega bo‘lish mumkin:

1. hukumatga ishonchsizlik yoki ishonchni rad etish;
2. alohida vazirlarni (parlament monarxiyalar va respublikalarda) impichment qilish;
3.

mansabdor shaxslarni impichment yo‘li bilan jinoiy javobgarlikka tortish

(prezidentlik respublikalarida).

Xorijiy amaliyotni huquqiy tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, parlament nazoratini

amalga oshirishning turli shakllari davlatlarda konstitutsiya yoki maxsus qonun bilan

mustahkamlangan bo‘lishi, shu bilan birgalikda, ba’zi hollarda ular an’anaviy tarzda

ishlab chiqilgan va hatto normativ-

huquqiy hujjat bilan belgilanmagan bo‘lishi ham

mumkin. Parlamentning nazorat vakolatlarini tartibga solishning Yevropa amaliyotida bu
vakolatlar mamlakat konstitutsiyasida belgilangan va qonun chiqaruvchining hech
qanday ixtiyorini bildirmaydi. Biroq, parlament nazorati tartib-

taomillarining o‘zi, qoida

tariqasida, konstitutsiya bilan tartibga solinmaydi, balki amaldagi qonun hujjatlarida
belgilanadi [4].

Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, Parlament nazorati davlatda

hokimiyatlar bo‘linishi tizimining eng muhim elementlaridan biri bo‘lib, parlamentga ijro

hokimiyati va boshqa davlat hokimiyati organlari faoliyati, shu bilan birgalikda
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazoratni
amalga oshirish va shu orqali qonunchilikni takomillashtirish imkonini beruvchi
mexanizm hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Саидов А.Х. Парламент назорати назариясининг долзарб муаммолари //

Фалсафа

ва ҳуқуқ. Ғ №2. –

2006.

Б.7.

2.

Қаранг: Латифов А. Проблемы совершенствования парламентского

контроля в Узбекистане: Автореф. дисс... канд.юрид.наук. –

Т., 2002. –

С.8.

3.

Коврякова Е.В. Санкционирующий парламентский контроль в системе

разделения властей // Актуальные проблемы экономики и права. 2014. № 3 (31). С.

158

164.

4.

Тлембаева Ж.У. Зарубежный опыт организации... с. 91–105. Научный

ежегодник ИФиП УрО РАН. 2016. Том 16. Вып. 4

Библиографические ссылки

Саидов А.Х. Парламент назорати назариясининг долзарб муаммолари // Фалсафа ва ҳуқуқ. Ғ №2. – 2006. – Б.7.

Қаранг: Латифов А. Проблемы совершенствования парламентского контроля в Узбекистане: Автореф. дисс... канд.юрид.наук. - Т., 2002. – С.8.

Коврякова Е.В. Санкционирующий парламентский контроль в системе разделения властей // Актуальные проблемы экономики и права. 2014. № 3 (31). С. 158–164.

Тлембаева Ж.У. Зарубежный опыт организации... с. 91–105. Научный ежегодник ИФиП УрО РАН. 2016. Том 16. Вып. 4