Авторы

  • Фирузбек Тожибоев
    Преподаватель, кафедра Теория гражданского общества, Андижанский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss10/S-pp1-5

Ключевые слова:

отношения международного сотрудничества уровень жизни населения социально-экономическая жизнь отрасли промышленности совместное предприятие производство экспортный потенциал

Аннотация

В статье рассматриваются практические меры, реализованные в последние годы в сфере производства и экспорта в нашей стране, а также международное сотрудничество, направленное на улучшение социально-экономического положения и уровня жизни населения. Особое внимание уделяется установлению международных связей в Ферганской области, внедрению новых технологий в различные отрасли промышленности, а также влиянию совместных предприятий на социально-экономическое развитие региона и укрепление экспортного потенциала страны.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Сooperation on the path of development (in the case of

the Fergana region)

Firuzbek TOJIBOEV

1


Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

15 September 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

This article highlights the practical measures undertaken in

recent years in the fields of production and export in our country,

as well as international cooperation aimed at improving the

socio-economic conditions and the population's standard of

living. It also discusses the establishment of international
cooperation links in the Fergana region, the introduction of new

equipment and technologies across various industries, and the

impact of newly created joint ventures on the region's socio-

economic life and the country's export potential.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss10/S-pp1

-5

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

international cooperation

relations,
standard of living of the
population,

socio-economic life,
industrial sectors,
joint venture,
production,

export potential.

Taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik aloqalari (Farg‘ona

viloyati misolida)

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

xalqaro hamkorlik aloqalari,
aholining turmush darajasi,
ijtimoiy-iqtisodiy hayot,

sanoat tarmoqlari,

qo‘shma korxona,

ishlab chiqarish,

eksport salohiyati.

Ushbu maqolada so‘nggi yillarda mamlakatimizda ishlab

chiqarish va eksport sohasida olib borilayotgan amaliy chora-

tadbirlar hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholining
turmush darajasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan

xalqaro hamkorl

ik aloqalari yoritib berilgan. Farg‘ona viloyatida

xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yilishi, yangi texnika va

texnologiyalarni sanoatning turli tarmoqlariga olib kirilishi,

tashkil etilgan qo‘shma korxonalarning viloyat ijtimoiy

-iqtisodiy

hayotiga

hamda, mamlakatning eksport salohiyatiga ta’siri

bayon etilgan.

1

Teacher, Theory of Civil Society Department, Andijan State University.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

2

Сотрудничество на пути развития (на примере

Ферганской области)

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

отношения
международного
сотрудничества,

уровень жизни населения,
социально

-

экономическая

жизнь,

отрасли промышленности,
совместное предприятие,
производство,

экспортный потенциал

.

В статье рассматриваются практические меры,

реализованные в последние годы в сфере производства и

экспорта в нашей стране, а также международное
сотрудничество, направленное на улучшение социально

-

экономического положения и уровня жизни населения.

Особое внимание уделяется установлению международных

связей в Ферганской области, внедрению новых технологий
в различные отрасли промышленности, а также влиянию

совместных предприятий на социально

-

экономическое

развитие региона и укрепление экспортного потенциала

страны.

KIRISH

So

nggi yillarda mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi

texnika va texnologiyalarni joriy etish bo

yicha turli xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik

dasturlari izchillik bilan amalga oshirilib, Respublikaning barcha hududlarida, qolaversa,
Farg

ona viloyatida ham amalga oshirilib borilayotgan chora-tadbirlar, iqtisodiyotni

jonlantirish, yangi iqtisodiy tarmoqlarni yaratish, ishsizlikni oldini olish, aholining
ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ijobiy o

zgarishlarga erishishga qaratilgan. O

zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son

“2022—

2026-yillarga

mo

ljallangan Yangi O

zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to

g

risida

gi Farmonida ham

aholini ish bilan band qilish va real daromadlarini oshirish, mamlakatning eksport
salohiyatini yuksaltirish masalasiga alohida e

tibor qaratilgan [1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tadqiq etilgan davrda respublikaning barcha hududlarida aholini ijtimoiy-iqtisodiy

hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirish borasida bir qancha amaliy chora

-tadbirlar amalga

oshirilib, xususan, tadqiq etilayotgan Farg‘ona viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha
xalqaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib, 2018

-

yili Farg‘ona viloyatida Koreya

Respublikasining Puchon shahridan 30 dan ortiq yirik va o‘rta biznes vakillaridan iborat
delegatsiya tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad viloyat

ning iqtisodiy

salohiyatini oshirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash ikki hudud

ishbilarmonlari o‘rtasida hamkorlik asosida qo‘shma korxonalar tashkil etishga qaratilib,

2018-

yilda Farg‘ona viloyatida 152,7 million AQSh dollari miqdoridagi to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri

xorijiy investitsiyalar jalb etildi.

Natijada viloyatdagi qo‘shma korxonalar soni 80 taga

ko‘payib, 283 taga yetdi. 2019

-yilning birinchi choragida viloyatga 66 million AQSh dollari

jalb etilib, yangi qo‘shma korxonalar ya’ni ”Winchemical”, “Listem

-

Fergana” korxonalar

tashkil etildi. “Listem

-

Fergana” qo‘shma korxonasi zamonaviy ishlab chiqarishga to‘la

moslashgan qo‘shma korxona O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari o‘rtasida tashkil
etilib, qo‘shma korxona zamonaviy tibbiy uskuna 8 turdag

i rentgen apparatlarini ishlab

chiqarishga moslashgan. Korxona o‘z faoliyati 35 nafar ishchi xodimlar bilan boshlagan edi

[2.6-

11.]. Qo‘shma korxona 2020

-

yilga kelib, tibbiyot uchun zarur bo‘lgan ultra tovush,

elektrokardiogramma moslamalari ishlab chiqarilishi bilan ushbu korxonada ishlab

chiqarish hajmi oshib, 18 turdagi tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi [3.6

-


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

3

11]. Respublikadagi dolzarb bo‘lgan aholini reproduktiv salomatligini saqlash va ularni
zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash masalasi bir muncha hal etildi.

2020-

yilda dunyo hamjamiyatida yuz bergan “Covid” korona virus pandemiyasi

sharoitida tibbiyot dori-

darmonlariga bo‘lgan ehtiyojning ortishi tufayli Farg‘ona

viloyatining Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasida Xitoy Xalq Respublikasidan import shaklida

o

lib kelingan kislorod konsentratorlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Greyt Qo‘qon”

MChJ ta’sischiligida XXR investorlari ishtirokida umumiy loyiha qiymati 300 ming AQSh
dollariga teng bo‘lgan loyiha asosida qo‘shma korxona ta’sis etilib, ishga tushi

rildi. Ushbu

korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 30 ming dona kislorod konsentratorit

balonlariga teng bo‘lib, korxona ishga tushirilishi bilan 20 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi

[4.10-11.].

NATIJALAR

O‘zbekiston Respublikasining nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lgan davlatlar

bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilib, Janubiy Koreya, AQSh, Angliya, Germaniya, Italiya,

Rossiya Federativ Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi kabi dunyoning bir qator yetakchi

davlatlari bilan ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalari mustahkamlanib, AQSh bilan 49 ta,

Turkiya bilan 50 ta, Rossiya Federativ Respublikasi bilan 56 ta, Buyuk Britaniya bilan 40
ta, Janubiy Koreya bilan 23 ta, Shveysariya bilan 18 ta yirik ishlab chiqarish subyektlari va

majmualari tashkil qilindi [5.73.]. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yangi davrda ham
respublikada aholini ish bilan ta’minlash va real daromadga ega bo‘lishida iqtisodiyotning

sinalgan uslubi hisoblangan xorijiy investitsiyalar hisobidan qo

‘shma korxonalar tashkil

etishga alohida e’tibor qaratilgan. Tashkil etilgan yangi qo‘shma korxonalarning oldida
turgan asosiy vazifalardan biri, aholini ish bilan band bo‘lmagan qismini ish bilan
ta’minlash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni raqobatdos

hligini mustahkamlash va

chet el davlatlariga eksport hajmini oshirishdan iboratdir. Jumladan, Farg‘ona viloyati

hokimligi tomonidan 2015-yil 29-

aprelda “Viloyatda korxonalarni eksport faoliyatiga jalb

etishni kengaytirish va eksport qilinayotgan mahsulot

lar turini kengaytirish bo‘yicha

qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida” gi 117

-sonli qaror qabul qilindi [6.6-7].

Viloyatning eksport geografiyasini kengaytirish va mahsulotlarni ishlab chiqarishda

jahon standartlariga mos keluvchi talablarni bajarish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar
amalga oshirish dolzarb vazifaga aylangan. Ushbu ishlarni amalga oshirish maqsadida
v

iloyatda ishchi guruh tashkil etildi. Sohada yo‘l qo‘yilgan xatolar o‘rganilib chiqilganda

eksportyor korxonalarning faoliyati muvofiqlashtirilmaganligi, logistika va xizmat

ko‘rsatish, mahsulotlarni yetkazib berishda zamonaviy axborot kommunikatsiyalardan

samarali foydalanilmaganligi aniqlanib, 36 ta qo‘shma korxonalarda eksportga
mahsulotlarni ortish ishlari boshlanmaganligi ko‘rsatib o‘tiladi [7. 158].

Viloyat xokimligi tomonidan amalga oshirilgan chora-

tadbirlar natijasi o‘laroq

2016-yilda viloyatdagi 254 sanoat korxonalari eksport faoliyatiga jalb etilib, bu boradagi

ko‘rsatkich 2015 yilga nisbatan 75 taga ortganini qo‘shma korxonalar tomonidan 533,3
mln dollarlik mahsulot eksportga yo‘naltirilganligini, mahsulotlarning 51,2 mln dollar
qiymati sanoat mahsulotlari ekanligi ta’kidlash joiz [8.30]. Lekin tadqiqot doirasida
viloyatning arxiv fondlaridan saqlanayotgan hujjatlarning tahlili shuni ko‘rsatadik

i,

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahar, Bag‘dod, Buvayda, Yozyovon, So‘x, Toshloq va
Furqat tumanlarida 2018 yilning 7 oyi mobaynida hududlarga to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy

investitsiyalarni jalb etish borasida bironta ham loyiha amalga oshirilmaganligini kuzatish
mumkin [9.3].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

4

Ushbu salbiy holat 2018-yil 21-

iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

huzurida “2018

-

yili investitsiya va infratuzilma loyihalari ro‘yxatiga kiritilgan loyihalarni

amalga oshirish, shuningdek, to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish ch

oralari

natijadorligi to‘g‘risida” o‘tkazilgan majlisida zikr etilgan kamchiliklarni bartaraf etish
bo‘yicha Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan 2018

-yil 8-

iyulda “Farg‘ona viloyatiga

2018-2019-yillarda xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish va

ularni o‘z muddatida

amalga oshirish yo‘l xaritasi” ni tasdiqlash to‘g‘risidagi №U

-XXX1U/184-sonli qarori qabul

qilindi [10.4].

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash jumladan, Farg‘ona viloyatida 2018—

2019-yillar

mobaynida hududlarda bo‘sh va foydalanilmay turgan davlat mulklari obyektlari negizida

50-

100 ming dollar to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali yangi

kichik

biznes subyektlarini tashkil etish, yuqorida nomlari qayd etilgan viloyat tumanlariga

to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni olib kelish hajmini 2 barobarga oshirish,

tumanlardagi mavjud 4 ta sektorlarining xar biriga 2 mln. AQSh dollari miqdoridagi

to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritilishi hududlarning uzluksiz eksport salohiyatini

oshirib borish borasidagi ishlar amalga oshirildi [11.5].

MUHOKAMA

Fikrimizcha respublika iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va aholining ijtimoiy

farovonligini oshirishda xalqaro hamkorlik aloqalarining mustahkamlanishi muhim
ahamiyatga ega. Hamkorlik aloqalarini mustahkamlash orqali mamlakatda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport geografiyasini kengaytirish, korxonalarning
texnik imkoniyatlarini oshirish, milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini yanada oshirish

kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirishda eng maqbul yo‘l deb hisoblaymiz. Bu borada

viloyatning ek

sport salohiyatini oshirish hamda ularni aholi bandligini ta’minlash va real

daromadga ega bo‘lishida xorijiy davlatlar bilan kelishilgan xolda tashkil qilingan qo‘shma
korxonalar alohida o‘ringa ega. Viloyatga Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi

muxto

r vakilining amaliy faoliyati natijasi o‘laroq 4 ta qo‘shma korxona tashkil etilib, 500

ta yangi ish o‘rin yaratildi [12].Tahlillardan shuni anglash mumkinki, viloyatning хalqaro
aloqalari kengayib borishi o‘z o‘rnida viloyatning ijtimoiy

-iqtisodiy hayotini samarali

rivojlanishiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi.

Jahon tajribasidan o‘tgan iqtisodiy usul ya’ni qo‘shma korxonalar tashkil etish har

-

bir rivojlanayotgan davlatning jahon bozoriga tez kirib borishiga yo‘l ochib, viloyat eksport
tarmog‘i rivoj topib, Tojikiston, Qirg‘iziston, Chexiya, Sloveniya, Bolgariya,

Rossiya kabi

davlatlarga o‘zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini yetkazib bermoqda.

XULOSA

Jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, qolaversa milliy iqtisodiyotni

raqobatdoshligini yanada oshirish, Farg‘ona viloyatida ham xalqaro hamkorlik aloqalarini

rivojlantirish zarurati mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini
tubdan oshirish, tarkibiy y

angilanishlarni davom ettirishni taqozo etmoqda. Farg‘ona

viloyatining eksport salohiyatini oshirishda qo‘shma korxonalar katta ahamiyatga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev. PF

-60-son farmoni.

2.O‘zR PAA Farg‘ona viloyat bo‘lim, Fond

-

2048, Ro‘yxat

-48, Ish 45.

3.O‘zR PAA Farg‘ona viloyat bo‘lim, Fond

-

2048, Ro‘yxat

-48, Ish 45

4.Farg‘ona viloyati iqtisodiyot boshqarmasining 2020

-yil yakunlari xisoboti.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

5

5.G‘.M.Haydarov, FarDU .ilmiy xabarlari; 2020/№2. 73

-bet.

6.O‘zR PAA Farg‘ona viloyati bo‘limi. Fond

-

2048, ro‘yxat

-

49, Yig‘ma jild

- 24,

6. varaq.

7.O‘zR PAA Farg‘ona viloyati bo‘limi. Fond

-

2048, ro‘yxat

-

40, Yig‘ma jild

-

8,158.Varaq.

8.O‘zR PAA Farg‘ona viloyati bo‘limi. Fond

-

2048, ro‘yxat

-

41, Yig‘ma jild

-

12,30.Varaq.

9.O‘zR PAA Farg‘ona viloyati bo‘limi. Fond

-

2048, ro‘yxat

-

38, Yig‘ma jild

- 38,3

Varaq.

10. O‘zRPAAFarg‘onaviloyatibo‘limi.Fond

-

2048,ro‘yxat

-

38,Yig‘majild

-38,4 varaq.

11. 10. O‘zR PAA Farg‘ona viloyati bo‘limi. Fond

-

2048, ro‘yxat

-

38, Yig‘ma jild

-38, 5-

varaq.

12.Farg‘ona viloyati iqtisodiyot boshqarmasining 2018 yil yakunlari bo‘yicha yillik

xisoboti materiallari.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev. PF-60-son farmoni.

O‘zR PAA Farg‘ona viloyat bo‘lim, Fond-2048, Ro‘yxat-48, Ish 45.

O‘zR PAA Farg‘ona viloyat bo‘lim, Fond-2048, Ro‘yxat-48, Ish 45

Farg‘ona viloyati iqtisodiyot boshqarmasining 2020 -yil yakunlari xisoboti.

G‘.M.Haydarov, FarDU .ilmiy xabarlari; 2020/№2. 73-bet.

O‘zR PAA Farg‘ona viloyati bo‘limi. Fond-2048, ro‘yxat-49, Yig‘ma jild-24, 6. varaq.

O‘zR PAA Farg‘ona viloyati bo‘limi. Fond-2048, ro‘yxat-40, Yig‘ma jild- 8,158.Varaq.

O‘zR PAA Farg‘ona viloyati bo‘limi. Fond-2048, ro‘yxat-41, Yig‘ma jild-12,30.Varaq.

O‘zR PAA Farg‘ona viloyati bo‘limi. Fond-2048, ro‘yxat-38, Yig‘ma jild- 38,3 Varaq.

O‘zRPAAFarg‘onaviloyatibo‘limi.Fond-2048,ro‘yxat-38,Yig‘majild-38,4 varaq.

O‘zR PAA Farg‘ona viloyati bo‘limi. Fond-2048, ro‘yxat-38, Yig‘ma jild-38, 5-varaq.

Farg‘ona viloyati iqtisodiyot boshqarmasining 2018 yil yakunlari bo‘yicha yillik xisoboti materiallari.