Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Peculiarities of attracting pupils of the preparatory group
to books in preschool educational organizations
Zamira KHAKBERDIEVA
Samarkand Regional National Center for Training Teachers in New Methods
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
15 August 2024
Accepted 25 August 2024
Available online
15 September 2024
The article is devoted to the study of scientific and theoretical
foundations of using innovative methods in preschool educational
organizations to attract children of the preparatory group to
books and awaken interest in fiction. Modern methods and means
of teaching, their influence on the formation of interest in reading
in preschool children are considered. Particular attention is paid
to the importance of the brightness and diversity of the
approaches used, capable of effectively developing the skills of
perceiving a book and forming a sustainable interest in literature.
2181-
1415/© 2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss8/S-pp270-273
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
book,
reading,
creative development,
speech,
thinking,
fiction,
mental development.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov guruhi
tarbiyalanuvchilarini kitobga jalb qilishning oʻziga xos
xususiyatlari
АННОТАЦИЯ
Калит сўзлар:
kitob,
kitobxonlik,
ijodiy rivojlanish,
nutq,
tafakkur,
badiiy adabiyot,
aqliy rivojlanish..
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida bolalarni kitobga jalb
qilish va bolalarda badiiy adabiyotga nisbatan qiziqish
uygʻotishda innavatsion metodlardan
foydalanishning ilmiy
nazariy asoslarini oʻrganish. Bola ta’lim
- tarbiyasi uchun
qoʻllanilayotgan zamonaviy usul va vositalar turli
-tuman, yorqin
va jonli boʻlib, bolada qiziqish uygʻotmas ekan, belgilangan
maqsadga erishib boʻlmaydi. Maktabgacha yoshdagi
bolalar
hayotida kitob va undan foydalanish, badiiy adabiyotgaga
nisbatan qiziqish uygʻotish malakalarni shakllantirish.
1
Lecturer, Department of Methodology of Preschool, Primary and Special Education, Samarkand Regional National
Center for Training Teachers in New Methods.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2024) / ISSN 2181-1415
271
Особенности
привлечения
воспитанников
подготовительной группы к книгам в дошкольных
образовательных организациях
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
книга,
чтение,
творческое развитие,
речь, мышление,
художественная
литература,
умственное развитие.
Статья посвящена исследованию научно
-
теоретических
основ
использования
инновационных
методов
в
дошкольных
образовательных
организациях
для
привлечения детей подготовительной группы к книгам и
пробуждения интереса к художественной литературе.
Рассматриваются современные методы и средства
обучения, их влияние на формирование интереса к чтению
у детей дошкольного
возраста. Особое внимание уделено
важности яркости и разнообразия используемых подходов,
способных эффективно развивать навыки восприятия
книги и формирования устойчивого интереса к литературе.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyevning 2016-yil 29-
dekabrdagi”
2017-2021-
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora
-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini ta‘minlash asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kichik
kutubxonalarni tashkil etish, bolalar va ota-onalarni zarur badiiy adabiyotlar bilan
ta‘minlash, pedagog kadrlar uchun kichik kutubxonalar tashkil qilish boʻyicha amaliy
ishlar olib borilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligida 2019
-yil 19- martda
yoshlarga e‘tiborni kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektorda belgilab
berilgan 5 ta muhim tashabbusning 4-
tashabbusi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular
oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish hisoblanadi
.
Yuqorida keltirib oʻtilgan qarorning mantiqiy davomi sifatida, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-
qaroriga 1-
ilova “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030
-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”
da ham maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan
har to
amonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida ta’lim tarbiya jarayonlarini tashkil qilishda mavjud tartibini qayta koʻrib
ch
iqish hamda maktabgacha ta’limda zamonaviy metod va usullarni, innovatsion
gʻoyalarni joriy etishni talab etadi.
Bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, oʻz xalqining milliy, tarixiy
,
madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof
–
muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni
shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Ushbu vazifalarni amalga oshirish
maqsadida quydagilarni amalga oshirish lozimdir:
-
“Maktabgacha talim tashkilotlari uchun oʻquv
-metodik, didaktik materiallar va
badiiy adabiyotlarni tanlab olish va ekspertizasini ishlab chiqilgan tartibga muvofiq
oʻtkazish’’.
-
“Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, ahloqiy , estetik va jismoniy jihatdan
har tomonlama rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish maktabgacha talim
tashkilotlarida ta’lim
-tarbiya jarayonini
tashkil etishning hamda maktabgacha ta’lim
xizmatlarining
zamonaviy usullarini tashkil etishni talab qiladi”.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2024) / ISSN 2181-1415
272
-
“Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini keng joriy etish.
ASOSIY QISM
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kitobga qiziqish uygʻotish uchun bir qator
sharoitlar yaratish zarur. Har bir yosh guruhlarida kichik kutubxonalar yaratish, bu
kutubxonalarda bolalar uchun moʻljallangan rasmli
-rivojlantiruvchi kitoblar, pedagoglar
uchun
metodik qoʻllanmalar, ota
-
onalar uchun farzand tarbiyasiga bagʻishlangan qiziqarli
adabiyotlar oʻrin oladi. Bolalarga moʻljallangan kitoblarni ularning qoʻllari yetadigan,
koʻrib tomosha qiladigan tarzda joylashtirish lozim. Bolalarda kichikligidan kitob
tanlash,
oʻqish va his qilish boʻyicha didi shakllanadi. Tarbiyachi bolalarga turli rivoyat, ertak va
hikoyalarni ogʻzaki aytib berishdan tashqari, kitoblardan oʻqib beradi. Eshitish, tinglash
madaniyati bilan bir qatorda kitoblarni asrab-avaylashni ham
oʻrgatadi. Bola oʻqishni
bilmasa-
da, rangli, chiroyli dizayndagi kitoblar undagi hissiyot, qiziqish va e’tiborni oʻziga
tez jalb qiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining tayyorlov guruhidagi bola uchun harf oʻrganish,
kitob oʻqish ham yangi, ham murakkab masala. U hali oʻyinqaroqligini tashlamagan,
diqqatini bir joyga jamlab oʻtirishi qiyin. Bolalarni maktabga tayyorlash, kitobga mehr
oʻyishga oʻrgatish tarbiyachidan ham, ota
-
onadan ham sabrli boʻlishni talab etadi. Aynan
5-7 yoshli bolani kitobga qiziqtirishda kitobning dizayni ham muhim hisoblanadi. Kitoblar
turfa xil rangli va bamisoli jonli rasmlar, qiziqarli oʻyin va vazifalar bilan B
olani afsonaviy
bilimlar oʻlkasiga yetaklab boradi.
Kitob matni, dizayni shunday tanlanishi kerakki, uning har sahifasi bolani rang-
barang rasmlar dunyosiga maroqli sayr ettira olsin va real hayotdagi odamlar ,jonivorlar,
sevimli multfilm va ertaklardagi qahramonlar bilan uchrashsin.
Bolalarni badiiy adabiyotga boʻlgan qiziqishlarini va muhabbatini oʻstirish va
rivojlantirish maqsadida ularga hikoyalar, she’rlar oʻqib beriladi, ertaklar
hikoya qilinadi,
she’rlar yod oldiriladi. Kitoblardagi rasmlar koʻrib chiqilib, uni toʻgʻri idrok etish, asar
mazmunini tushinib olish, qahramonlarning xatti-
harakatlarini baholay olish, badiiy soʻz
jozibasini his eta olish qobiliyatlarini tarbiyalash kabi
vazifalar dasturda koʻrsatilgan.
Tarbiyachi bolalarda adabiy asarni idrok qilish koʻnikmasini tarkib toptiradi. U
asarni tinglar ekan, mazmunini oʻzlashtiribgina qolmay, balki muallif tasvirlayotgan his
-
tuygʻu va kayfiyatlarni his etishi ham lozim. Bolalarda eshitish malakasi, uyushqoqlik
bilan
savollarga javob berish va oʻqib berilgan asar asosida savollar berish, rasmarini diqqat
bilan koʻzdan kechirish, kitobga yaxshi munosabatda boʻlish, nutqini oʻstirish
koʻnikmalarini tarbiyalash zarur. Bolalarda kitob oʻqishga berilish, bilimga qizi
qish,
oʻqigan asar haqidagi taasurotlarni oʻrtoqlashish istagi va koʻnikmasini tarbiyalash lozim.
Bolalar kitobi bolaga tushunarli boʻlgan, uning aqli va qalbiga yetib borgan, ya’ni bola
yozuvchining hikoyasini tushunib, his eta olgan taqdirdagina u oʻzini
ng tarbiyaviy rolini
bajaradi.
Tayyorlov guruhidagi bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishning vazifalari:
1. Bolalarda hayotga nisbatan qiziqish va muhabbatni yanada kuchaytirish,
asarlardagi goʻzallikni, nafosatni his qilish kabi koʻnikmalarni mustahkamlash.
2. Ularning badiiy asardagi qahramonlar xatti-harakati va xulq-
atvorini toʻgʻri
baholash, aks ettirilayotgan voqealar mohiyatini tushunish qobiliyatini oʻstirib borish
lozim.
3. Bolalarning milliy badiiy didlarini rivojlantirish, badiiy adabiyotning oʻziga xos
xususiyatlari, ba’zi janrlari, asarning tili haqida boshlangʻich tasavvurlarni shakllantirish.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2024) / ISSN 2181-1415
273
4. Bolalarni asar gʻoyasini tushunishga, tasviriy vositalarni his etishga, ohangdorlik
va ritmni payqay olishga oʻrgatish.
5. Bolalarning oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi, sharq allomalari, yozuvchilari, shoirlari
haqida tushunchalarini boyitish. Ertak va hikoya oʻqib berganda va bolalar tomonidan
badiiy asar qayta hikoya qilinganida badiiy asarda aks etayotgan voqea va obrazlarga
ni
sbatan shaxsiy munosabatni aniqlab, toʻgʻri yoʻl koʻrsatib borish.
XULOSA
Agar farzandingizni chindan kitobga oshno qilmoqchi boʻlsangiz, quydagi
tavsiyalarga amal qiling:
-
tugʻilgandan bolaga kitob oʻqib bering;
-
oʻqishni oʻyinga aylantiring;
-
she’r yodlating;
- adabiyot tanlashga ruxsat bering;
-
farzandingizni oʻqishga majburlamang;
-
ovoz chiqarib oʻqing;
-
oʻqigan kitoblaringizni muhokama qiling.
Shu oʻrinda ota
-onalar ham farzandlari uchun eng yaxshi va qadrli
sovgʻa
-kitob
ekanligi, farzandining kitobga boʻlgan munosabatiga e’tiborli boʻlishi kerakligi takidlanadi.
Demak, tarbiyachi ota-onalar bilan ishlashda ularning aytgan fikr va mulohazalari
amaliyotiga e’tiborni koʻproq qaratishlari, ya’ni ota
-onalardan farzandi uchun qanday
kitoblar sotib olgani, qanaqa ertak yoki hikoyalarni bilishi va farzandiga qayday aytib
berayotgani, qaysi maqol, topishmoq, tez aytishlarni bilishi, ulardan qay maqsadda
foydalanayotgani xususida ham fikrlashishi kerak. Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim
tashklotlarida bolalar yozuvchilari bilan hamkorlikning yoʻlga qoʻyilishi ham maqsadga
muvofiq boʻladi. Demak, bolani kitobga boʻlgan mehr
-muhabbatini shakllantirishda
hamjihatlik zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030
-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi.
То
shkent sh.,2019-yil 8-may, PQ-4312-son.
2.Q.Shodiyeva. ”Nutq oʻstirish uslubiyoti”
,
2008-
yil Toshkent, Oʻqituvchi”, 252
-254
betlar.
3.
”Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat oʻquv dasturi. Toshkent,
2018-yil.
4. Bolaga yoʻnaltirilgan ta’lim dasturini tashkil etish. Toshkent 2012
-yil.
