Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The concept of sanctions and economic restrictions in
international law
Mukhammadjon TURSUNOV
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
15 July 2024
Accepted 25 July 2024
Available online
15 August 2024
This article analyzes the use of sanctions and economic
restrictions in international law, their main goals and impact on
international relations. The author examines in detail the legal
basis of sanctions and their application within the framework of
international law. The article also presents various approaches
to the terminological interpretation of sanctions proposed by
academics.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss7/S-pp190-195
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
sanctions,
economic restrictions,
international law,
international relations,
League of Nations,
UN,
violator state,
international responsibility.
Xalqaro huquqda sanksiyalar hamda iqtisodiy cheklovlar
tushunchasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
sanksiyalar,
iqtisodiy cheklovlar,
xalqaro huquq,
xalqaro munosabatlar,
Millatlar Ligasi,
BMT,
huquqbuzar davlat,
xalqaro javobgarlik.
Ushbu maqolada xalqaro huquqda sanksiyalar va iqtisodiy
cheklovlarning qo‘llanishi, ularning asosiy
maqsadlari va turli
mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sirini tahlil qiladi.
Muallif sanksiyalarning huquqiy asoslari va ularning xalqaro
huquq doirasida qanday qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumot
beradi. Shuningdek, maqolada sanksiyalarni terminologik
talqin qilish bo‘yicha olimlar tomonidan ilgari surilgan turli
yondashuvlar keltirib o‘tilgan.
1
Teacher, Constitutional Law Department, Tashkent State University of Law. E-mail: tursunovm976@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
191
Понятие санкций и экономических ограничений
в международном праве
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
санкции,
экономические
ограничения,
международное право,
международные
отношения,
Лига Наций,
ООН,
государство
-
нарушитель,
международная
ответственность.
Данная статья анализирует применение санкций и
экономических ограничений в международном праве, их
основные цели и влияние на международные отношения.
Автор подробно рассматривает правовые основы санкций
и их применение в рамках международного права.
В статье также представлены различные подходы
к
терминологической
интерпретации
санкций,
предложенные научными деятелями.
Sanksiyalar va iqtisodiy cheklovlar bir yoki bir nechta davlatlar, xalqaro
tashkilotlar yoki koalitsiyalar tomonidan boshqa davlat yoki xalqaro huquq subyektiga
o‘z xatti
-
harakatlarini o‘zgartirish uchun bosim o‘tkazish maqsadida ko‘riladigan
choralardir. Ushbu choralar turli sabablarga ko‘ra, masalan, xalqaro huquq normalarining
buzilishi, inson huquqlarining buzilishi yoki xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdidlarni
bartaraf etish uchun qo‘llanilishi mumkin.
Sanksiyalar va iqtisodiy cheklovlar turli shakllarda bo‘lishi mumkin, jumladan,
savdo embargolari, aktivlarni muzlatish, sayohatlarni taqiqlash va moliyaviy cheklov
kabilardir. Ular muayyan shaxslar, yuridik shaxslar yoki sektorlarga mo‘ljallangan yoki
ular butun mamlakatga ta’sir qiluvchi kengroq chora
-
tadbirlar ham bo‘lishi mumkin.
Huquqiy lug‘atda “sanksiya” atamasi xalqaro shartnomalarni buzgan davlatga
nisbatan qo‘llaniladigan harbiy, iqtisodiy va siyosiy xarakterdagi majburlov choralari
tizimini anglatadi [1].
Sanksiyalar instituti xalqaro huquqing bir bo‘g‘ini sifatida xalqaro huquq bilan bir
vaqtda rivojlandi. Shuningdek, xalqaro huquqda iqtisodiy sanksiyalaring roli kuchayishiga
1920-yil 10-
yanvarda tashkil topgan Millatlar Ligasining ham o‘rni beqiyos, chunki Millatlar
Ligasi tashkil etilgunga qadar “sanksiyalar” birinchi navbatda iqtisodiy ta’sir choralarini
nazarda tutgan. 1920-yilda qabul qilingan Millatlar Ligasi Nizomining 16-moddasida xalqaro
huquqda sanksiyaning tutgan o‘rniga alohida e’tibor berilgan va quyidagicha belgilab
qo‘yilgan “harbiy, dengiz yoki havo kuchlari”ga zarurat tug‘ilganida Liga a’zolari bir birlarini
xurmat qilgan holda hamda qo‘llab quvvatlash maqsadida o‘z xarbiy kuchlari bilan bir
birlariga yordam qilishi shuningdek, Liga a’zolariga nisbatan cheklov choralarini qo‘llagan
davlatlarga nisbatan birgalikda xarakat qilish nazarda tutilgan [2].
Millatlar Ligasi nizomida
belgilangan qoidalar BMT o‘z faoliyatini boshlaganidan
so‘ng ancha kengroq tushunila boshladi va BMTning keyingi faoliyati bu tendentsiyani
faqat kuchaytirdi. Bundan tashqari, XX asrda xalqaro munosabatlarda xalqaro huquq
subyektlari o‘rtasida turli xil ziddiyatlarni paydo bo‘lishi zamonaviy sanksiyalarning
javobgarlik shakllariga emas, balki mohiyatiga ko‘ra majburlash choralariga yaqinroq
bo‘lishiga olib keldi. Misol uchun, ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniya va
Yaponiyaning qurolli kuchlarga ega bo‘lish huquqidan mahrum qilinishi ham BMTning
majburlov choralarini qo‘llash huquqi asosida qabul qilingan sanksiyalarning yana bir
yangi turi edi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
192
Bundan tashqari, shuni ta’kidlash joizki, BMT tomonidan xalqaro huquq
normalarini buzuvchi yoki xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid soladigan davlat
fuqarolariga nisbatan qo‘llaniladigan choralar ham xalqaro
-huquqiy adabiyotlarda
sanksiya deb ataladi. Bunga misol qiladigan bo‘lsak, ayrim davlatlar tomonidan boshqa
bir davlat fuqarolariga nisbatan davlat hududiga kirishni cheklash va yoki ularga tegishli
bo‘lgan aktivlarni muzlatib qo‘yilishini olishimiz mumkin. Hozirgi kunda fuqarolarga
nisbatan qo‘llanilgan bir qancha sanksiyalarni ko‘rishimiz mumkin, Rossiya
Federatsiyasining Ukrainaga nisbatan olib borayotgan siyosati tufayli Rossiyalik
tadbirkorlar va davlat amaldorlariga nisbatan Yevropa va AQSh tomonidan bir qancha
iqtisodiy hamda siyosiy cheklov choralari qo‘llanilmoqda.
Xususan, Buyuk Britaniya tomonidan 2023-
yilda e’lon qilingan sanksiyalar
ro‘yxatidan asli O‘zbekistonlik bo‘lgan biznesmen A.
Usmonov va unga tegishli bo‘lgan
“USM” xolding va A.
Usmonovga aloqador deb topilgan “Curzon Square” va
“Hanleu”lar
joy olgan. “USM”, “Curzon Square” va
“Hanleu”lar nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar
natijasida Buyuk Britaniyada joylashgan barcha A. Usmonovga aloqador aktivlar
muzlatilgan [3].
Xalqaro huquq nazariyasida “sanksiyalar” tushunchasini terminologik talqin
qilishda yagona yondashuv mavjud emas. Xalqaro huquqda bir qancha olimlar sanksiya
bo‘yicha turlicha fikrlar mavjud bo‘lib, ulardan bir nechtasini quyida keltirib o‘tamiz.
Huquqshunos olim V.A. Vasilenkoning fikricha sanksiyalar davlat yoki xalqaro
tashkilot tomonidan qo‘llangan bo‘lishidan qat’iy nazar ularning barchasi qonuniy
majburlov choralarini nazarda tutadi. Olimning fikricha, xalqaro huquqiy sanksiyalarning
asosiy elementlari bu: retorsiyalar; repressiyalar (faqat qurolsiz); o‘zini himoya qilish;
hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan qurolsiz va qurolli majburlov
choralari hisoblanadi [4].
Xalqaro huquqda sanksiyalarni xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga
oshiriladigan majburlov choralari sifatida tushunish ichki doktrinada bir necha bor
asoslab berilgan. Ya’ni, T.N.
Neshataeva sanksiyalar deganda “xalqaro huquq normalarida
mustahkamlangan, majburlov xarakteriga ega bo‘lgan va huquqbuzar davlatga nisbatan
huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda xalqaro huquq va tartibni himoya qilish bo‘yicha
institutsional mexanizm yordamida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan barcha choralar
tushunilishi kerak”
[
5] deb ta’rif bergan bo‘lsa, A.V.
Kalinina esa sanksiyalarga javobgarlik
mexanizmi sifatida ta’rif bergan unga ko‘ra, “sanksiyalar –
bu huquqbuzarga xalqaro
huquq subyektining institutsional mexanizmidan foydalangan holda uni xalqaro
majburiyatlarini bajarishga undash uchun qo‘llaniladigan jamoaviy majburlov chorasi
hisoblanadi”
[6]. A.V. Kalinina fikrini davom ettirib I.I. Lukashuk ham sankitsilarni
xalqaro javobgarlik huquqining elementi sifatida e’tirof etgan. I.I.
Lukashukning fikricha
saktsiya
–
xalqaro tashkilot tomonidan huquqbuzarga nisbatan uni javobgarlik huquqiy
munosabatlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishga undash uchun
ko‘riladigan majburlov choralari
[7] hisoblanadi.
Bugungi kunda, ilmiy hamjamiyatda xalqaro tashkilotlarning institutsional
mexanizmidan foydalangan holda huquqbuzar davlatga nisbatan qo‘llaniladigan
majburlash choralari sifatida sanksiyalar tushunchasi tobora ko‘proq e’tirof etilmoqda.
Huquqshunos olim P.N.
Biryukovning ta’kidlashicha sanksiyalar xalqaro huquq
tomonidan ruxsat etilgan va maxsus protsessual tartibda amalga oshiriladigan, xalqaro
huquq subyektlari tomonidan xalqaro huquqiy tartibni himoya qilish uchun
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
193
qo‘llaniladigan majburlov chorasi, ya’ni, agar huquqbuzar davlat huquqbuzarlikni
to‘xtatish hamda jabrlanganlarning huquqlarini tiklashdan ixtiyoriy tarzda bosh tortmasa
unga nisbatan xalqaro majburlov choralari qo‘llaniladi
[8].
Nemis olimlari V. Vitstum va R. Dolzer sanksiyalar xalqaro huquq normalarining
buzilishiga javoban ko‘riladigan va mas’ul davlatni uni buzganligi uchun noqulay huquqiy
oqibatlarga olib keladigan xalqaro huquqqa zid xatti-
harakatlarini to‘xtatishga qaratilgan
har qanday huquq yoki imtiyozlarni cheklovchi chora-tadbirlardir, deb hisoblaydilar [9].
Xalqaro huquqda sanksiyalarni to‘g‘ri tavsiflash uchun ushbu atamaning xalqaro
huquqiy javobgarlik va qarshi choralar tushunchalari bilan aloqasini tahlil qilish
muhimdir, chunki ko‘pchilik mazkur tushunchalarni adashtirib yuboradi.
Bizga xalqaro huquqdan ma’lumki, davlatning har qanday g‘ayriqonuniy xalqaro
xatti-harakati ushbu davlatning xalqaro javobgarligini keltirib chiqaradi, hamda xalqaro
huquqda belgilangan cheklov choralarini qo‘llash uchun sabab bo‘ladi.
Biz yuqorida keltirib o‘tgan sanksiya, javobgarlik va qarshi chora atamalari
to‘g‘risida olimlar quyidagi fikrlarni keltirib o‘tishgan. Xususan, I.I.
Lukashukning
ta’kidlashicha, javobgarlik sanksiyani amalga oshirish, harakatning natijasi va sanksiyani
qo‘llashdir
[10]. Olimlar G.V. Ignatenko va O.I. Tiunov jazo choralarini qonunbuzarning
javobgarlikka tortilishini ta’minlashga qaratilgan javob majburlov choralari sifatida
tushunadilar [11]. Ularning fikricha, javobgarlik instituti, xalqaro huquqiy sanksiyalarni
o‘z ichiga oladi. Huquqshunos olim S.A.
Yegorov esa “sanksiyalar va javobgarlik”
atamasini birlashtirib, “xalqaro huquqda sanksiya javobgarligi” tushunchasini ajratib
ko‘rsatgan
[
12] bo‘lsa, I.V.
Getman-Ravlova xalqaro huquqda sanksiyalar va xalqaro
huquqiy javobgarlik o‘rtasidagi farqlari quyidagicha ifodalagan:
1.
Javobgarlik bu
–
xalqaro huquq normalarini buzgan davlatning xarakatlari
bo‘lsa, sanksiyalari jabrlangan davlat yoki xalqaro tashkilotnig xarakatlari ifodasidir;
2.
Javobgarlik bu
–
xalqaro huquq normalarini buzgan davlatning burchi,
sanksiyalar esa jabr ko‘rgan davlatning huquqi hisoblanib uni qo‘llash ixtiyoriydir;
3.
Javobgarlik bu
–
huquqbuzar davlatning noqonuniy bo‘lgan ixtiyoriy xarakati,
sanksiya esa huquqbuzarga nisbatan jazo chorasini qo‘llash irodasi hisoblanadi
[13].
Xalqaro huquqda sanksiyalar xalqaro huquqbuzarliklar uchun javobgarlik
hisoblanmaganligi singari, xuddi shunday xalqaro huquqiy javobgarlik shakllari ham
sanksiya vazifasini bajarmaydi. Xalqaro huquqda sanksiyalar va xalqaro huquqda
javobgarlik o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida qaror qabul qilishda, birinchi navbatda,
zamonaviy xalqaro huquqning o‘ziga xos xususiyatlarini, xususan, uning normalarini
hisobga olish kerak. Masalan, BMT Nizomi, boshqa ba’zi xalqaro tashkilotlarning
ustavlari, alohida ikki tomonlama shartnomalar va xalqaro odat normalarida javobgarlik
turlari va ko‘lami aniq ko‘rsatilmagan, lekin mazkur nizom va boshqa xalqaro xujjatlarda
cheklov choralari (sanksiya) to‘g‘risida aniq tushunchalar ularni qo‘llash bilan bog‘liq
holatlar ko‘rsatib o‘tilgan. Shunday qilib, xalqaro ommaviy huquqda “sanksiya”
tushunchasi javobgarlik turlari bilan emas, balki majburlash choralari bilan bog‘liq bo‘lib,
u bilan cheklanmagan holda, xalqaro ommaviy huquqning mustaqil institutini ifoda etadi.
Demak, xalqaro huquqda sanksiyalar tufayli yuzaga kelgan imkoniyatlarni
cheklanishi huquqbuzar davlatning javobgarligini ifoda etmaydi u imkoniyatlarni
cheklanishiga qaraganda boshqacha xarakterga ega. Ya’ni, xalqaro iqtisodiy sanksiyalar
tufayli huquqbuzar davlat javobgarlikdan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarishni
o‘z zimmasiga olmaydi, balki xalqaro huquqning zarar ko‘rgan subyektlari vakolatlarini
amalga oshirmaydi. Aksincha, ta’sir etuvchi davlatlar sanksiyalarni o‘zlari amalga
oshirishda katta xarajatlarga duchor bo‘lishlari mumkin
[14].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
194
M.
Baguslavskiy ta’kidlaganidek, ba’zida zamonaviy xalqaro huquqda sanksiyalar
boshqa davlat tomonidan qurolli kuch ishlatmasdan, uning qonuniy manfaatlari yoki
huquqlariga daxldor jinoyatlar sodir etilishiga javoban o‘z
-
o‘ziga yordam berishning bir
qismi sifatida davlatlar tomonidan individual ravishda qo‘llaniladigan majburlash
choralari deb ataladi. Menimcha ta’rifda “sanksiya” emas, balki “javob choralari”
tushunchasi qo‘llansa to‘g‘ri bo‘lar edi. Shuningdek, M.
Boguslavskiy shunday ta’kidlaydi,
agar majburlash choralari xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilsa, ularni
sanksiya deb atash kerak, agar alohida davlatlar tomonidan bo‘lsa, “javob choralari” yoki
“qarshi choralar” atamalarini qo‘llash to‘g‘riroq bo‘ladi
[15].
Shunday qilib, eng umumiy shaklda xalqaro huquqda iqtisodiy sanksiyalarning
asosiy maqsadi siyosiy munosabatlardir, lekin ta’sir qilish vositasi butun mamlakat
iqtisodiyotini yoki uning alohida tarmoqlarini beqarorlashtirish maqsadida xalqaro
iqtisodiy munosabatlarni bevosita cheklovchi chora-tadbirlardir. Nazariy jihatdan
qaraydigan bo‘lsak, sanksiyalar firmalar monopoliyasiga o‘xshab, aslida davlatning
monopoliyasini ifodalaydi, bu nafaqat sanksiya ostida qolgan davlatning, balki boshqa
davlatlarning ham iqtisodiy va gumanitar xarajatlarini oshishiga olib keladi. Tashqi
siyosatni optimallashtirish nomi bilan, har qanday monopoliya singari, ular ham iqtisodiy
samaradorlikning pasayishiga va boshqa ijtimoiy-gumanitar oqibatlarga olib keladi.
Keltirib o‘tilgan tahlillardan xulosa qiladigan bo‘lsak, “sanksiyalar” tushunchasini
talqin qilishning xilma-xilligi ushbu atamaning aniq mazmunini ochib beradigan yagona
hujjatning yo‘qligi bilan bevosita bog‘liqdir, shu sababli, ilmiy jamoatchilik vakillari
mazkur atama yuzasidan tahlillariga ko‘ra, o‘zlarining mualliflik ta’riflarini taklif
qilishadi. Biz ham olib borgan o‘rganishlarimizga asosan iqtisodiy sanksiyalarga
quyidagicha ta’rif berish maqsadga muvofiq deb hisobladik:
iqtisodiy sanksiyalar
–
sanksiyalar obyekti bo‘lgan mamlakatlar hukumatlarini o‘z siyosatini o‘zgartirishga
majbur qilish maqsadida bir davlat yoki davlatlar guruhi tomonidan boshqa davlat yoki
davlatlar guruhiga nisbatan qo‘llaniladigan iqtisodiy xarakterdagi cheklovchi choralardir.
Ya’ni bunday sanksiyalar sanksiya ostidagi mamlakatlarga tovar eksport hamda
importini to‘liq yoki qisman taqiqlash, ushbu mamlakatlar bilan moliyaviy
operatsiyalarni, shu jumladan transchegaraviy hisob-kitoblarni va investitsiyalarni
cheklashda ifodalanishi mumkin.
Yuqorida keltirib o‘tilgan barcha ta’riflarni umumlashtirgan holda shuni aytish
mumkinki, xalqaro huquqda sanksiyalar va iqtisodiy cheklovlarni qo‘llash murakkab
masala bo‘lib, uni qo‘llashda ko‘zlangan maqsadlarga erishishda qo‘llanilayotgan
sanksiyalar qay darajada samarali ekanligi, maqsadli davlat va uning aholisiga ta’siri
shuningdek, qo‘llanilayotgan sanksiyaning xalqaro huquq va inson huquqlariga
muvofiqligi sinchkovlik bilan ko‘rib chiqishni talab qiladi. Sanksiyalar va iqtisodiy
cheklovlarni xalqaro huquqda qo‘llash xalqaro tinchlikni va xavfsizlikni saqlab turish
uchun muhim vosita bo‘lsa
-da, ularni tinch aholiga va asosiy xizmatlarga yetkazadigan
zararini minimallashtirish va inson huquqlarini buzmagan holda xalqaro havfsizlikni
ta’minlash vositasi sifatida qo‘llash lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Юридический словарь / гл. ред. С.Н. Братyсь [и др.]. М.: Госюриздат,
1953. [Электронный ресyрс] // Официальный сайт «Академик»; URL:
httрs://sоviеt_lеgаl.аcаdеmic.ru/1617
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
195
2.
Мирный договор междy Союзными и Объединившимися державами и
Германией (Версальский договор) (Вместе со «Статyтом Лиги Наций», «Уставом
Междyнародной организации трyда») (Подписан в г. Версале 28.06.1919)
[Электронный ресyрс] // Официальный сайт СПС «КонсyльтантПлюс»; URL:
httр://www.cоnsultаnt.ru
3.
httрs://dоcs.fcdо.gоv.uk/dоcs/UK
-
Sаnctiоns
-List.html
4.
Василенко В.А. Междyнародно
-
правовые санкции. Киев: Вища школа, 1982.
68.бет.
5.
Нешатаева Т.Н. Междyнародно
-
правовые санкции специализированныx
yчреждений ООН: автореф. дис. ... канд. юрид. наyк. М., 1985. 17.бет.
6.
Калинин А.В. Междyнародные санкции в меxанизме внешнеторгового
регyлирования: комментарии к статьям 37 и 40 Федерального закона «Об основаx
госyдарственного регyлирования внешнеторговой деятельности» // Реформы и
право. 2008. № 4.
7.
Лyкашyк И.И. Право междyнародной ответственности. М., 2007.
8.
Бирюков П.Н. Междyнародное право: yчеб. пособие. М., 1998.
9.
Междyнародное право. Vоlkеrrеcht / Вольфганг Граф Витцтyм, М. Боте, Р.
Дольцер и др.; пер. с нем. Т. Бекназара, А. Насыровой, Н. Спица; наyч. ред. Т.Ф.
Яковлева; пред., сост. В. Бергманн. М.: Инфотропик Медиа, 2011. [Электронный
ресyрс] // Официальный сайт СПС
10.
Лyкашyк И.И. Право междyнародной ответственности // Междyнародное
пyбличное ичастное право. 2002. № 2.
11.
Междyнародное право: yчебник / отв. ред. Г.В. Игнатенко и О.И. Тиyнов.
М.: Норма,2007.
12.
Междyнародное право: Yчебник 5
-
е издание, переработанное и
дополненное / отв. ред. С.А. Егоров. М.: «Статyт». 2014.
13.
Гетьман
-
Павлова И.В. Междyнародное право: yчебник для бакалавров. М.:
Юрайт, 2013.
14.
Лайтман В.И. Санкции в междyнародном пyбличном праве // Актyальные
проблемы теории и истории праоввой системы общества. 2020. № 14.
15.
Богyславский М. М. Междyнародное экономическое право. М., 1986.
