Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Legal status of physical education and sport public
associations
Sunnat KHAKIMOV
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
15 July 2024
Accepted 25 July 2024
Available online
15 August 2024
In this article, the concept of public associations was
revealed by comparing them with the concepts of "non-
governmental
non-profit
organizations",
and
"public
organization". The main attention was focused on revealing its
important elements more broadly based on the opinions of
scientists who have researched this field. The activity of public
associations was analyzed based on the Constitution and special
laws. The activity of public associations as a "third sector" was
analyzed.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss7/S-pp170-174
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
civil society institutions,
"third sector",
public organizations,
non-governmental non-
profit organizations,
public associations,
social fund,
institution.
Jismoniy tarbiya va sport jamoat birlashmalarining
huquqiy maqomi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
fuqarolik jamiyati
institutlari,
“uchinchi seKtor”,
jamoat tashkilotlari,
nodavlat notijorat
tashkilotlari,
jamoat birlashmalari,
ijtimoiy fond,
muassasa.
Ushbu maqolada jamoat birlashmalari tushunchasi “nodavlat
notijorat tashkilotlar”, “jamoat tashkiloti” tushunchalari bilan
qiyoslagan holda ochib berildi. Asosiy e’tibor uning muhim
elementlarini ushbu sohani tadqiq etgan olimlar fikrlaridan
kelib chiqib yanada kengroq ochib berishga qaratildi. Jamoat
birlashmalari faoliyati Konstitutsiya hamda maxsus qonunlar
asosida tahlil etib o‘tildi. Jamoat birlashmalari faoliyatini
“uchinchi sektor” sifatidagi ko‘rinishi tahlil etib o‘tildi.
1
Teacher, Constitutional Law Department, Tashkent State University of Law. E-mail: sunnat98hakimov@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
171
Правовой
статус
общественных
объединений
физического воспитания и спорта
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
институты гражданского
общества,
«третий сектор»,
общественные
организации,
неправительственные
некоммерческие
организации,
общественные
объединения,
социальный фонд,
институт.
В данной статье раскрыто понятие общественных
объединений
путем
сравнения
их
с
понятиями
«неправительственная
некоммерческая организация»,
«общественная организация». Основное внимание было
сосредоточено на более широком раскрытии ее важных
элементов на основе мнений ученых, исследовавших эту
область.
Деятельность
общественных
объединений
анализировалась на основе Конституции и специальных
законов. Проанализирована деятельность общественных
объединений как «третьего сектора».
Bugungi kunga kelib jamoat birlashmalarining jamiyat hayotida tutgan o‘rni tobora
muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Rivojlangan davlatlarning bugungi kundagi holati
ham aynan jamoat birlashmalari faoliyatini qay tartibda yo
‘
lga qo
‘
ygani hamda ularga
taqdim etilayotgan kafolatlar bilan chambarchas bog
‘
liqdir. Jamoat birlashmlari bevosita
mamlakatdagi aholining hayot tarziga ta
’
sir o
‘
tkaza oladigan va uni ma
’
lum maqsadga
yo
‘
naltira oladigan kuchga ega bo
’
lib bormoqda. Ayni shu nuqtayi nazardan olib
qaraydigan bo
‘
lsak O
‘
zbekistonda ham jamoat birlashmalarining faoliyatiga alohida
e
’
tibor qaratilmoqda. Bosh qomusimizning 10, 39, 69, 70, 145, 146-moddalarida jamot
birlashmalari O
‘
zbekiston xalqi nomidan ish olib bormasligi, fuqarolarning jamoat
birlashmalariga uyushish huquqi mavjudligi, jamoat birlashmalari fuqarolik jamiyati
institutlari tarkibiga kirishi, jamoat birlashmalarining turlari va ularni tarqatib yuborish
asoslari, qanday jamoat birlashmalarini tuzish hamda ularning faoliyat ko
‘
rsatishi
taqiqlanganligi ko
‘
rsatib o
‘
tilgan.
Yuqorida keltirlganidek, Konstitutsiyamizning qator moddalarida jamoat
birlashmalari faoliyatining muhimligidan kelib chiqib normalar kiritilgan. Avvalambor,
jamoat birlashmalari tushunchasiga ta
’
rif berib o
‘
tsak. Xususan, 1991-yil 15-fevralda
qabul qilingan
“
O
‘
zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to
‘
g
‘
risida
”
gi Qonunning
1-moddasida O
‘
z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish,
fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini
birgalikda ro
‘
yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin
bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasi ekanligi qayd
etib o
‘
tilgan. Bundan tashqari, 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan
“
Nodavlat notijorat
tashkilotlari to
‘
g
‘
risida
”
gi Qonunning 11-moddasida Ma
’
naviy yoki boshqa nomoddiy
ehtiyojlarni qondirish uchun o
‘
z manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda
belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmasi jamoat birlashmasi
deb e
’
tirof etilishi qayd etib o
‘
tilgan.
Shuningdek, qonunchilikka muvofiq jamoat birlashmalarining maqomidan kelib
chiqib uning quyidagi alohida belgilarini qayd etib o
‘
tishimiz mumkin:
1.
Jamoat birlashmasini tuzishga bo‘lgan tashkiliy
-huquqiy talablarning
belgilanganligi;
2. Fuqarolarning uyushish huquqi asosida tashkil topishi;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
172
3.
A’zolikka qo‘yilgan o‘ziga xos talablar (Siyosiy partiyalardan tashqari jamoat
birlashmalariga chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning birlashish
huquqi mavjudligi).
Odatda, jamoat birlashmasi hamda nodavlat-notijorat tashkilotlarini bir biriga
tenglashtirishadi. Biroq “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunniga muvofiq
jamoat birlashmasi ijtimoiy fond, muassasa singari nodavlat notijorat tashkilotning bir
shakli ekanligi qayd etilgan.
Ushbu chalkashlik holatini quyidagi bir qator sabablari bo‘lishi mumkin.
Liborakina tadqiqotlariga ko‘ra ko‘pchilik davlatlar Konstitutsiyalarida nodavlat
notijorat tashkilotlari tushunchasi uchramaydi. Lekin mazkur davlatlar qonunchiligida
nodavlat notijorat tashkilotlari uchraydi hamda konstitutsiyalarda belgilangan jamoat
birlashmalarining tarkibiy qismi deb faraz yuritishga ta’sir qiladi. Bundan tashqari,
nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida maxsus ta’riflari mavjud emasligi uni jamoat
birlashmasining sinonimi deb yuritishga ta’sir qiladi
[1].
Yoki ba’zi olimlar
nodavlat notijorat tashkilot va jamoat birlashmasiga berilgan
taʻriflarni nazariy jihatdan qiyoslab “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari
toʻgʻrisida”gi Qonunda eʻtirof etilgan “jamoat birlashmasi” tushunchasi mazmun va
mohiyati jihatidan “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunda berilgan
“nodavlat notijorat tashkilot” tushunchasidan kengroq maʻno kasb etadi
deb fikr
bildirganlar[2].
Ushbu vaziyatni shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu tushunchalarning xilma
-
xilligiga sabab jamoat birlashmasi tushunchasining nodavlat notijorat tashkilotlaridan
ertaroq qonunchiligida aks etganligida.
G‘arbda “nodavlat, notijorat, ixtiyoriylik” singari belgilarga ega [3] bo‘lgan
tashkilotga nisbatan ham jamoat birlashmasi tushunchasi qo‘llanilishini ko‘rishimiz
mumkin.
Ilmiy adabiyotlarda esa, olimlar tomonidan ba’zi holatlarda jamoat birlashmasi,
boshqa holatlarda esa notijorat tashkilotlar tushunchasi sinonim sifatida qo‘llanilishi
holatlari uchraydi.
Sh.Nazarov esa amaliyotda bu kabi holatlarga barham berish uchun “Nodavlat
notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi [4] qonun qabul qilib, ushbu
qonunda “Jamoat birlashmasi” hamda “Jamoat tashkilotlari” tushunchalarini aniq farqini
belgilashni taklif etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ham 146
-moddasi ikkinchi qismida
“
Qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya
qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga
jamoat tashkilotlari
va fuqarolar
yordam ko‘rsatishlari mumkin” ekanligi qayd etilgan. Aynan usbu moddada ko‘rsatilgan
“Jamoat tashkiloti” tushunchasi esa o‘zining maxsus ta’rifiga ega emas. Qonunchilikda
odatda “Jamoat tashkilotlari” ichiga Nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoat birlashmalari,
diniy tashkilotlarni kiritib yuborish holatlari mavjud. (Masalan, Vazirlar Mahkamasining
2018-yil 8-yanvardagi 15-son qaroriga Ilova qilingan Nizomning birinchi bandi).
Ushbu jihatdan har bir olim o‘z tadqiqotlari davomida ularning farqini ochib
berishga harakat qilishgan. Fikrimizcha, nodavlat notijrat tashkilotlarining shakllaidan
biri sifatida jamoat birlashmasining ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Har ikki tashkilotning o‘xshash jihatlari mavjudligi ham olimlar tomonidan
ta’kidlanadi. Xususan, V.
Stix [5] har ikkialasining ham o‘xshash belgisi sifatida foyda
olishni asosiy maqsad qilib olmaganligida deb ko‘rsatadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
173
Ushbu fikrga qo‘shilishimiz mumkin. Sababi ularning har ikkisi ham asosan
shaxslarning muayyan nomoddiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish uchun harakat
qiladilar. Bu vaziyatda ularning o‘xshash jihatlari mavjudligi alohida qayd etiladi. Bundan
tashqari, ularga a’zo bo‘lish holatini ham o‘xshashlik sifatida qayd etishimiz mumkin.
Fuqarolarning ushbu tashkilotlarga a’zo bo‘lishlari ularning ixityorlari asosida amalga
oshiriladi. A’zo bo‘lmaslik majburiy ravishda a’zo bo‘lish yoki javobgarlikka tortish
singari kuch ishlatishni talab etmaydi.
Garchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39
-
moddasida to‘g‘ridan
to‘g‘ri nodavlat notijorat tashkilotlariga uyushish huquqi sanab o‘tilmagan bo‘lsada
biroq
ushbu qoida talabalarida NNtlarga qo‘llash mumkindir.
Sababi uyushish huququ “insonning hayotiy faoliyatidagi
maqsadlarini amalga
oshirishda muhim o‘rin tutadi.” [6] NNTlarga a’zo shaxslar ham o‘z qonuniy
manfaatlariga erishish uchun uning a’zoligiga kiradilar.
Jamiyat hayotidagi mavjud muammolarni hal etish uchun nodavlat notijorat
tashkilotlari oʻz faoliyatlarini takomillashtirishlari va bu borada baʻzi vazifalarni amalga
oshirishlari zarur. Nodavlat notijorat tashkilotlarining jamiyatdagi vazifalarini oʻrganib
tadqiq qilgan olimlar S.
Joʻraeva [7], A.
Gonorskaya [8], Sh. Nazarov [9] lar asosan bu
borada umumiy va asoslantirilgan fikrlarni berib oʻtadilar.
S.Joʻraeva fuqarolik jamiyati institutlarining vazifalari sifatida koʻproq siyosiy
-
huquqiy jihatiga eʻtibor qaratadi. Jumladan, “aholining siyosiy hayotda faol ishtirok
etishiga koʻmaklashish oʻz taʻsir doirasidagi fuqarolarni hukumat tomonidan qabul
qilingan yoki tayyorlanayotgan qarorlar toʻgʻrisida xabardor qilish, qaror qabul qilish
jarayoniga taʻsir koʻrsatish yoʻllarini tushuntirish” [10] deb qayd etilgan.
A.V.
Gonorskaya nodavlat notijorat tashkilotlarining koʻproq moliyaviy vazifalariga
etibor qaratib, “chet el donorlaridan mustaqil” [11] boʻlishlari lozimligini, shuningdek
faoliyat yuritish chegarasini “yirik nodavlat notijorat tashkilotlarining vazifalari borasida
Sh.Nazarovning fikrlari ham diqqatga sazovordir. Jamoatchilik tashkilotlarining fuqarolik
jamiyatini shakllantirishdagi oʻrnini belgilovchi jihatlar toʻgʻrisida toʻxtalar ekan, koʻproq
huquqiy nuqtayi nazardan qonuniy asoslashga harakat qilgan.
A.V.
Gonorskaya nodavlat notijorat tashkilotlarining koʻproq moliyaviy vazifalariga
etibor qaratib, “chet el donorlaridan mustaqil” [12] boʻlishlari lozimligini, shuningdek
faoliyat yuritish chegarasini “yirik nodavlat notijorat tashkilotlarining vazifalari borasida
Sh.Nazarovning fikrlari ham diqqatga sazovordir. Jamoatchilik tashkilotlarining fuqarolik
jamiyatini shakllantirishdagi oʻrnini belgilovchi jihatlar toʻgʻrisida toʻxtalar ekan, koʻproq
huquqiy nuqtayi nazardan qonuniy asoslashga harakat qilgan.
Bundan tashqari, nodavlat notijorat tashkilotlar allaqachon xalqaro miqyosda
davlat hokimiyati, foyda olishni ko‘zlagan tashkilotlardan alohida “uchinchi sektor”
maqomini olgan. J., Han, V. Milligan va K.
Hulselar o‘z tadqiqotlarida fuqarolik jamiyati
instiutlarining tuzilishi, maqsad, funksiyalari yuzasidan tadqiqotlar olib borganlar.
Shuni ta’kidlash joizki, biz “jamoat birlashmasi”, “jamoat tashkilotlari”, “nodavlat
notijorat tashkilotlari” “uchinchi sektor” kabi atamalarga to‘xtalib o‘tdik. Ushbu
tushunchalarning huquqiy tabiatini ochib berishga harakat qildik. Tadqiqotchi
olimlarning fikrlarini, qarashlarini imkon qadar o‘z nuqtayi nazarimiz orqali tahlil qildik.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
174
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Либоракина М. Некоммерческий сектор международный опыт //
https://socpolitika.ru
2.
“Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
Qonuniga sharhlar./ Masʼul muharrir Saidov A.X. Toshkent: “Adolat”, 2001. –
B.44
3.
Chudakov M.F.
Konstitutsionnoye (gosudarstvennoye) pravo zarubejnыx stran.
Uchebnoye posobiye. -Minsk:Novoye znaniye, 2001.
–
S.112
4.
Nazarov Sh.N. Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda jamoat
tashkilotlarining roli (nazariy va huquqiy masalalar):Avtoref.dis. … yurid.fan nom..
-
Toshkent, 2009.-B.21
5.
Sitix V.M. Teoriya gosudarstva i prava.
–
M.:Bilina, 1998.
–
S.377
6.
Aliyev A.A. Konstitutsionnoye pravo na obyedineniye v sisteme prav i svobod
cheloveka i grajdanina. Uchebnoye posobiye dlya vuzov
–
M: Yuniti-Dana, 2000.
–
S.9.
7.
Joʻrayeva S. Fuqarolarning siyosiy madaniyatini yuksaltirishda fuqarolik
jamiyati institutlarining roli // Demokratlashtirish va inson huquqlari.
–
2009.
–
№ 4. –
B.24.
8.
Gonorskaya A.V. Obespecheniye zanyatosti trudovix resursov Respubliki
Uzbekistan s ispolzovaniyem potensiala negosudarstvennix nekommercheskix
organizatsiy (na primere jenskoy zanyatosti).: Dis.kan.ekon.nauk.
–
Toshkent, 2002.
–
S.118.
9.
Nazarov Sh.N. Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda jamoat
tashkilotlarining roli
(nazariy va huquqiy masalalar): Avtoref.dis. … yurid.fan nom.. –
Toshkent, 2009.-B.17.
10.
Joʻrayeva S. Fuqarolarning siѐsiy madaniyatini yuksaltirishda fuqarolik
jamiyati institutlarining roli // Demokratlashtirish va inson huquqlari.
–
2009.
–
№ 4. –
B.24.
11.
Gonorskaya A.V. Obespecheniye zanyatosti trudovix resursov Respubliki
Uzbekistan s ispolzovaniyem potensiala negosudarstvennix nekommercheskix
organizatsiy (na primere jenskoy zanyatosti).: Dis.kan.ekon.nauk.
–
Toshkent, 2002.
–
S.118.
12.
Gonorskaya A.V. Obespecheniye zanyatosti trudovix resursov Respubliki
Uzbekistan s ispolzovaniyem potensiala negosudarstvennix nekommercheskix
organizatsiy (na primere jenskoy zanyatosti).: Dis.kan.ekon.nauk.
–
Toshkent, 2002.
–
S.118.
