Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Development of makom art in Uzbekistan
Umida KUDRATOVA
Tashkent State University of Economics
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
15 July 2024
Accepted 25 July 2024
Available online
15 August 2024
In establishing the foundations of the Third Renaissance in
our country, we draw directly on our centuries-old national
traditions and the rich spiritual heritage of our ancestors.
Today, however, the development of national folklore, music,
and folk performance art is at risk of disappearing. The rise of
"mass culture" in society, increased exposure of young people to
Western culture, and, in some cases, the neglect of national
traditions can lead to a sense of disregard for our cultural
heritage. To protect against this threat, enhancing the spiritual
and cultural development of our youth, preserving national
identity, promoting epic poetry, folk tunes and songs, and
nurturing the arts of dance and askiya have become key
priorities of state policy.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss7/S-pp297-303
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
makom,
spirituality,
heritage,
craftsmanship.
O‘zbekistonda maqom san’ati rivoji
ANNOTATSIYA
Kalit so‘
zlar:
maqom,
ma’naviyat,
meros,
hunarmandchilik.
Mamlakatimizda Uchinchi Renesans poydevorini yaratishda,
bevosita asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga,
ajdodlarimizning boy ma’naviy
merosiga tayanamiz. Milliy
folklorshunoslik, musiqa va xalq ijrochiligi san’ati rivoji bugungi
kunda
yo‘qolish xavfi ostida turibdi. Chunki
jamiyatda
“ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi tahdidlarning ko‘payishi,
yoshlarning g‘arb madaniyatiga oshnoligi, milliy madaniyatga
nisbatan e’tiborsizlik ayrim hollarda bepisandlikni yuzaga
keltirmoqda.
Bunday
xavfdan
himoyalanish
uchun
yoshlarimizning ma’naviy
-madaniy saviyasini rivojlantirish,
milliy maqomchilik, baxshichilik dostonlarini, xalq kuyi va
qo‘shiqlarini, raqs va askiya san’atini y
anada rivoj toptirish
davlat siyosati drajasidagi muhim masalalardan biridir.
1
PhD, Associate Professor, Tashkent State University of Economics.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
298
Развитие искусства
маком
в Узбекистане
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
маком
,
духовность,
наследие,
мастерство.
Создавая основы Третьего Возрождения в нашей стране,
мы напрямую опираемся на национальные традиции,
формировавшиеся веками, и богатое духовное наследие
наших
предков.
В
настоящее
время
развитие
национального
фольклора,
музыки
и
народного
исполнительского искусства находится под угрозой
исчезновения. Рост угроз со стороны «массовой культуры»
в обществе, знакомство молодежи с западной культурой и
пренебрежение национальной культурой в ряде случаев
приводит к утрате уважения к своему наследию. В целях
защиты от этой опасности важными направлениями
государственной политики становятся развитие духовного
и
культурного
уровня
молодежи,
сохранение
национальной самобытности, поддержка былин, народных
напевов и песен, а также искусств танца и аскии.
KIRISH
Prezidentimiz raisligida 2023-yili 22-
dekabr kuni o‘tkazilgan respublika
Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ham madaniyat
sohasining barcha tarmoqlari qatori, maqom va baxshichilik san’atini ham yanada
rivojlantirish, mavjud ijro va
ijodiy maktablarni, bu boradagi an’analarni ilmiy asosda
o‘rganish va qayta tiklash ishlarnini
yanada kuchaytirish masalasiga alohida urg‘u berildi,
bu borada aniq topshiriq va vazifalar belgilandi.
Davlatimiz rahbari, Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek: “Jamiyatda ma’naviyat boshqa
sohalardan bir qadamda oldinda yurishi kerak, ma’naviyat yangi kuchga, yangi harakatga
aylanishi shart!”
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tgan anjuman, unda bildirilgan taklif
va tashabbuslar, belgilab berilgan dolzarb vazifalar milliy maqom va baxshichilik
san’atimiz taraqqiyotida yangi davr boshlanganidan dalolat. Bu soha mutaxassislari
mavqei masalasida yuqori baho berilishi bilan birga, ularning zimmasiga katta mas’uliyat
vazifalarni ham yuklaydi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda ma’naviyat va ijodni qo‘llab
-quvvatlash
maqsadli jamg‘armasi hamda
ijtimoiy-
ma’naviy tadqiqotlar instituti tashkil etildi.
Shu sababdan, ma’naviyat va ijodni qo‘llab quvvatlash uchun
har yili 45 milliard so‘mdan
mablag‘
ajratilmoqda.
Milliy an’analarimizni asrab
-avaylash va boyitish maqsadida Maqom, Baxshichilik
va Askiya san’ati
markazlari tashkil etildi. Shuningdek, “Bahor” raqs annsambli, Davlat
filarmoniyasi, davlat simfonik orkestri kabi 20 dan ortiq muassasalar faoliyati yo‘lga
qo‘yildi.
Madaniyat va san’at sohasini davlat tomonidan qo‘llab
-quvvatlash hajmi
2017-yilga nisbatan 5 karra oshib, 2023 yilda bu maqsadlar uchun 12 milliard
so‘mdan
ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.
*
Ma’naviy
hayotimizda yangi islohotlar davri. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-dekabr kuni Respublika
Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi maa’ruzasi. 2023
-yil 23-
dekabr № 274 (8617).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
299
Boy va betakror madaniy merosimizni dunyoga targ‘ib etish bo‘yicha alohida tizim
yaratildi. Mamlakatimizda muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Maqom”, “Baxshichilik”,
“Hunarmandchilik”, “Lazgi”
kabi xalqaro festivallar shu maqsadga xizmat qilmoqda.
Ayni damda, 24 ta
xorijiy mamlakatda, jumladan, qo‘shni davlatlarda ham
“O‘zbekiston madaniyati kunlari” yuqori saviyada
o‘tkazildi. Ayniqsa, Fransiya,
Germaniya, Xitoy, Saudiya Arabistoni kabi davlatlarda namoyish etilgan milliy
madaniyatimizning noyob namunalari dunyo jamoatchiligini hayratga solgani va ular
O‘zbekistonning
o‘zlari uchun yangidan kashf etgani barchamizga ayon.
Kelgusida Italiya, Buyuk Britaniya, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklarida ham
shunday ko‘rgazmalar tashkil qilinishi belgilanmoqda.
Darhaqiqat, maqom va baxshchilik taraqqiyoti tarixi millatimiz hayotida qanday
o‘rin egallaydi?
Milliy san’atimizning eng qadimiy ko‘rinishlaridan biri
–
maqom san’atida o‘z
ifodasini topgan. Maqom
–
bu (arab.
–
joy, makon, o‘rin) –
musulmon Sharqi musiqasida
asosiy tushunchalardan biri. Dastlab muayyan balandlikdagi tovushni hosil etish uchun
torli cholg‘uning dastasida barmoq bilan bosiladigan joy, parda ma’nosida ishlatilgan.
Keyinchalik Sharq musiqa nazariyasi rivojlanishi jarayonida maqomning mazmun doirasi
to-bora kengayib, bir-
biriga nisbatan bog‘liq boshqa ma’nolarni ham anglata boshladi: lad
tuzilmasi, lad tizimi; muayyan pardalar zaminida vujudga kelgan kuy-ohanglar; shakl,
janr; bir qismli yoki turkumli cholg‘u va ashula yo‘llari; musiqiy uslub va boshqalar.
ADABIYOTLAR SHARHI
Maqomlarga oid nazariy va musiqiy-
estetik masalalar Abu Yusuf Yoqub ibn Is’hoq
al-Kindiy va Forobiy (9-10-a.), Ibn Sino va Ibn Zayla (11-a.), Safiuddin al-Urmaviy (13-a.),
Mahmud ash Sheroziy va Abdulqodir Marog‘iy (14
-a.), Jomiy va Zaynulobiddin Husayniy
(15-a.), Najmiddin Kavkabiy Buxoriy (16-a.), Darvishali Changiy (17-a.) va boshqa
olimlarning musiqiy risolalarida tadqiq etilgan. Yaqin va O‘rta Sharq mumtoz musiqa
nazariyasida 13-asrga qadar maqomlar soni aniq belgilanmagan. Safiuddin al-Urmaviy
maqom nomlaridagi parda tuzilmalarini ilmiy tasniflab, o‘n ikki maqom tizimini ishlab
chiqqan. Ushbu tizim birmuncha takomillashtirilgan holda qariyb 17-asrga qadar
qo‘llanib kelingan. O‘n ikki maqom negizida keyinchalik har xil milliy hamda mintaqaviy
maqom turlari va turkumlari vujudga keldi. Bular o‘zbek va tojiklarda maqom deyilsa,
turkman va uyg‘urlarda muqom, eron xalqlari, ozarbayjon va armanlarda murom yoki
dastgoh, turklarda makam, arab xalqlarida maqam shaklida talaffuz qilinadi. Xalqchil,
milliy-
mahalliy an’analar ta’siri ostida maqomlarning musiqiy va ijroviy xususiyatlari
yangi xislatlar bilan boyigan holda umumiy soni, nomlanishi, tartibi hamda tuzilishida
muayyan mushtaraklik va tafovutlar mavjud.
Hozirgi kunda maqomlar o‘z salmog‘i va mazmuni bilan ko‘pgina musulmon Sharq
xalqlari musiqa merosining asosiy kismini tashkil etadi. Ular shaklan va usluban rang-
barang ohangdor kuy va ashula yo‘llaridan iborat. Xususan, o‘zbek mumtoz musiqasida
Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Farg‘ona –
Toshkent maqom yo‘llari,
shuningdek, yovvoyi maqom, surnay, dutor maqom yo‘llari yuzaga kelgan. Milliy musiqa
merosining salmoqli qismini tashkil etgan maqom nomidagi cholg‘u va aytim musiqa
asarlari o‘tmish bastakorlik ijodiyotining mumtoz mahsuli bo‘lib, asrlar davomida og‘zaki
an’anada sayqal topib bizgacha yetib kelgan.
Xorazm notalashi paydo bo‘lguncha, musiqa bilimlari og‘zaki usulda “ustoz
-
shogird” an’analari asosida yetkazilgan. Notalash an’analarni davom ettirishning qadimiy
tamoyillarini o‘zgartirmadi, unga tub
burilishlar kiritmadi, uni bekor ham qilmadi. U
Xorazm musiqachilari uchun “qo‘shimcha qo‘llanma” bo‘lgan, deyilsa, to‘g‘riroq bo‘lardi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
300
Biroq eng qizig‘i, boshqa narsa, “Ustoz
-
shogird” tizimidagi og‘zaki usul hamisha
notatsiya(notalash)ga yaqin bo‘lgan qator o‘xshash komponentlarni o‘z ichiga olgan. Bu
o‘ziga xos “yoddan chiqarmaslik uchun xotiraga mixlab qo‘yish” vositasi bo‘lgan. Ammo
bugungi kundagi ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosidagi ta’lim tizimi bu an’analarni
to‘liq qamrab olamasligi ayon bo‘ldi, natijada qo‘shimcha vosita va usullrdan ham unumli
foydalanish zarurati yuzaga keldi.
XX-
asr boshlaridan shu kunga qadar o‘zbek bastakorlari va kompozitorlari
maqomlardan unumli foydalanib kelmoqdalar. Maqom negizi va uslubida bastalangan
Hoji Abdulaziz, Sodirxon hofiz, Yu. Rajabiy, F. Sodiqov, K. Jabborov, S. Kalonov,
O. Hotamov, F. Mamadalievlarning kuy va ashulalari, V. Uspenskiyning
“
Farhod va Shirin
”
musiqali dramasi, R. Glier va T. Sodiqovlarning
“
Layli va Maj-nun
”
, M. Ashrafiyning
“
Dilorom
”
operalari, M. Burhonovning
“
Alisher Navoiyga qasida
”
si, M. Mahmudovning
“
Navo
”
, M. Tojievning 3,9 va 11-simfoniyalari, shuningdek, poema, syuita, oratoriya,
kantata, xor kabi janrlarni ijodiy o‘zlashtirishda o‘zbek maqomi qonuniyatlari hamda
o‘ziga xos ifoda vositalari muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Ko‘hna Maqom san’ati o‘zining
barkamol badiiy-estetik ahamiyatini tiklab, zamonaviy musiqiy jarayonning ajralmas
tarkibiy qismi sifatida o‘zining beqiyos ijodiy, ijroviy va ilmiy salohiyatini namoyon
etmoqda.
Xususan, maqom ijrochilarining respublika tanlovlari 1983-
yildan e’tiboran har
4 yilda muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Maqom masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy
-
ijodiy konferensiyalar (“Rajabiyxonlik”, 1993, 1996, 1999), seminarlar, xalqaro
musiqashunoslik simpoziumlari (Samarqand, 1978, 1983, 1987, 2001; Berlin 1988,
Finlyandiya 1996, Istanbul 1999) o‘tkazilmoqda. Maqomlarning ilmiy
-nazariy hamda
amaliy asoslari mamlakatning boshlang‘ich, o‘rta maxsus, oliy musiqa va san’at ta’limi
muassasalarida o‘qitilib, malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. 1987
-yildan YuNESKO
huzuridagi An’anaviy musiqa bo‘yicha xalqaro uyushma (IFMC) qoshidagi “Maqam” ilmiy
guruhi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Maqom san’ati rivojiga Yunus Rajabiy ulkan hissa qo‘shgan. Yunus Rajabiy
(1897
–
1976-y.y.)
–
O‘zbekiston xalq artisti, milliy san’at rivojida ulkan hissa qo‘shgan
kompozitor, bastakor, musiqachi, folklorshunos olim va ko‘plab iste’dodli
musiqachilarning ustozi. Yunus Rajabiyga qadar o‘zbek san’atida notalar yozuvi mavjud
bo‘lmagan. Yunus Rajabiyning eng buyuk xizmatlaridan biri bu yuzlab yillar davomida
avloddan avlodga o‘tib kelgan 1500 dan ortiq o‘zbek, tojik va uyg‘ur tillaridagi xalq
qo‘shiqlari va navolarini notaga kiritish va bastalash orqali ularni abadiy yo‘qolib
ketishdan saqlab qolgan.
1919-
yilda O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi tashkil qilinadi. Yunus Rajabiy uni
1923-
yilda tamomlaydi va Samarqandga konsert faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida
boradi. Mazkur safar jarayonida Yunus Rajabiyning
–
mashhur hofiz va dutorchi Hoji
Abdulaziz Rasulov bilan ijodiy uchrashuvi bo‘ladi. Aynan Samarqandda usta maqom
yo‘nalishida faoliyatini boshlaydi va muvaffaqiyatga erishadi. Yunus Rajabiy buyuk
meroslaridan biri bo‘lgan “O‘zbek xalq musiqasi” ko‘p jildli to‘plami 1939
-yildan nashrga
chiqishni boshlagan.
Madrasada, keyinchalik Turkiston xalq konservatoriyasida (1919-23), Toshkent
Oliy musiqa maktabining tayyorlov kursi (1934) hamda Moskvada tashkil etilgan
bastakorlar kursi (1940-
41)da ta’lim olgan. Dutor chalishni Mirza Qosimdan, keyinchalik
o‘zbek mumtoz musiqa merosini Sh.
Shoumarov, Hoji Abdulaziz, To‘ychi hofiz, Domla
Halimlardan o‘rgangan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
301
Samarqand pedagogika bilim yurtida musiqa o‘qituvchisi (1923
-25), Samarqand
teatrining musiqa rahbari (1925-
27), O‘zbekiston radiokomiteti qoshidagi xalq cholg‘u
asboblari ansambli (keyinchalik xalq cholg‘ulari orkestri) tashkilotchisi va badiiy rahbari
(1927-42, 1945-
59), Yangiyo‘l teatri musiqa rahbari (1942
-
45), O‘zbekiston
teleradiosining “Maqom” ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari (1959
-
76) bo‘lib
ishlagan.
XX asrda maqomda ayol ijrochilar ham faoliyat yurita boshladi. Yunus Rajabiyning
shogirdi Barno Is’hoqova erkaklar ashulachiligining barcha jihatlarini o‘zlashtirib yorqin,
betakror, teran va jozibali o‘z ijro usulini yaratdi. Bu usul Tojikiston va O‘zbekistonda
ko‘plab ayol xonandalar ashulachiligi etaloni bo‘ldi va bugun ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan. Maqom san’ati ixlosmandlariga Berta Davidova, Saodat Qobulova, Xalima
Nosirova, Kommuna Ismoilova, Fotima Boruxova, Zaynab Polvonova, Munojot Yo‘lchieva,
Maryam Sattorova, Nasiba Sattorova, Nodira Pirmatova, Yulduz Turdieva va boshqa
ijrochilarning nomlari yaxshi tanish. Ularning san’ati maqom ijrochiligi haqidagi
tasavvurni o‘zgartirdi. Xotin
-
qizlar, o‘zining nafis tabiati tufayli, lirik va ruhiy she’riyat
mazmunini juda chuqur va uzviy ochib bera oladilar. Maqomdagi har qanday matn ham
ayollar ijrochiligiga to‘g‘ri kelavermaydi. “Xotin
-
qizlar matnlari” va ayollarga to‘g‘ri
kelmaydigan “erkaklar matnlari” bor. Shashmaqomni jamoa bo‘lib ijro qilishni
rivojlanishi Yunus Rajabiy va u tuzgan orkestrning o‘zbek radiosidagi ijodiy faoliyati
bilan bog‘liq. Bu jarayonda ayollar ovozi erkaklar ovoziga qarshi va ularga uyg‘un holda,
jaranglay boshladi. Bu juda muvaffaqiyatli ijodiy topilma bo‘lib, tajribaning keng qanot
yozishiga olib keldi.
“Maqom” ansambli bilan ishlashi jarayonida Yunus Rajabiy Shashmaqomning
6 jildli yangi nashrini (1966
–
74, F. Karomatov taxririda) hamda grammplastinka
yozuvlar mukammal to‘plamini (Toshkent grammyozuvlar studiyasida, 1970
-yillar)
tayyorladi. T. Sodiqov, D. Zokirov, D. Soatqulov, F. Sodiqov, N. Hasanov, K. Jabborov,
S. Kalonov, K.
Mo‘minov, O.
Imomxo‘jayev, B.
Davidova, K. Ismoilova, O. Alimahsumov,
T.
Alimatov va boshqa san’atkorlar Yunus Rajabiyning shogirdlaridir.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2022-
yilda Buxoroda tashkil etilgan “Shashmaqom”
festivali
xalqimiz hayotida muhim o‘rin egalladi. Unda shashmaqom ijrochiligi
an’analari
tarannum etildi. Shashmaqom
–
Markaziy Osiyoning mumtoz musiqiy janrlaridan biri
bo‘lib, Tojikiston va O‘zbekiston madaniyatida keng tarqalgan. Shashmaqom nafis cholg‘u
musiqa va yuqori professional vokal san’atidir.
Shashmaqom murakkab tushunchasining ayrim tomonlari so‘fiylik g‘oyalari bilan
ma’naviy ilohiy hamohanglikda ifoda etilishi yaqinligiga qaramasdan, bu san’at Markaziy
Osiyoning siyosiy tarixi bilan chambarchas bog‘liq: uning rivojlanishi ko‘pincha
hukumatning injiqliklariga bog‘liq bo‘lgan. Bugun ham Markaziy Osiyoda ushbu san’atning
mavjudligi va rivojlanishi davlatlarning qo‘llab
-
quvvatlashi, an’anaviy musiqachilar g‘ayrati
va sadoqatli musiqashunoslarning mehnatiga katta darajada bog‘liq.
Shashmaqom (fors.
–
olti va maqom)
–
o‘zbek va tojik xalqlari musiqiy merosida
markaziy o‘rin tutgan maqomlar turkumi; parda, ohang, usul, shakl, uslub kabi vositalar
bilan o‘zaro uzviy bog‘langan mumtoz kuy va ashulalar majmui. U muayyan
shartsharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yo‘nalishlarida orttirilgan ko‘p
asrlik ilmiy
–
ijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Shashmaqom
milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa an’analarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni
natijasida bir qator bastakorlar avlodi san’atining qomusiy mahsulidir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
302
Shashmaqomni ilk bor V.A.
Uspenskiy Ota Jalol va ota G‘iyos ijrolaridan hozirgi
nota yozuviga olib nashr ettirdi (“Shashmaqom, Shest muzikalnix Poem”, M.
–
Buxoro,
1924). Mulla Bekjon Rahmon o‘g‘li va Muhammad Yusuf Devonzodaning “Xorazm
musiqiy tarixchasi” (M., 1925), Fitratning “O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi”
(Samarqand
–
T., 1927) risolalari XX-asr maqomshunosligining dastlabki namunalari
bo‘lib, qimmatli ma’lumotlarga ega. Shashmaqomni o‘rganishga, ayniqsa, 1950
-yillardan
ko‘proq ahamiyat berila boshlandi. I.Rajabov qalamiga mansub “maqomlar masalasiga
doir” (T., 1963) tadqiqoti o‘zbek maqomshunosligi rivojlanishini yangi bosqichga
ko‘tardi. Toshkent konservatoriyasida “Sharq musiqasi” kafedrasi (1972
-yil), u asosda
“musiqiy sharqshunoslik” va “an’anaviy ijrochilik” (1992
-yildan) kafedralari orqali
Shashmaqomni ilmiy o‘rganish va amaliy o‘zlashtirish oliy, o‘rta maxsus hamda
boshlang‘ich ta’lim bosqichlarida yo‘lga qo‘yildi.
Maqomlar dastlabki davrda tarqoq shakllarda rivojlandi, 13-asrda esa Safiuddin
al-
Urmaviy ularni o‘n ikki asosiy maqomdan iborat nazariy tizim shakliga keltirdi.
XVII asrdan so‘ng o‘n ikki maqom tizimi inqirozga uchrab, uning negizida Sharq xalqlari
orasida maqomlarning yangicha milliy va mahalliy shakllari vujudga kela boshladi.
Xususan, XVIII asrning o‘rtalarida O‘rta Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri
Buxoro shahrida saroy sozanda, xonanda va bastakorlari ijodiy-ijrochilik faoliyatida
Shashmaqom uzil-kesil shakllanib, Buxoro maqomlari, Buxoro Shashmaqomi nomlarida
ham yuritildi. O‘zbek maqom turlaridan Xorazm maqomlari, Farg‘ona
-Toshkent maqom
yo‘llari, shuningdek, yovvoyi (erkin ko‘rinishdagi) maqomlar, surnay, dutor yo‘llari va
boshqalar Shashmaqom ta’sirida rivojlandi.
O‘tgan zamon bastakorligida keng qo‘llanilgan amal, kor, naqsh, peshrav, savt,
tarona, qavl kabi janrlarning noyob namunalari Shashmaqom tarkibida bizgacha yetib
keldi. Shashmaqom Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan tashkil
topgan bo‘lib, jami 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula namunalaridan iborat.
Shu kunga qadar sozanda, Hofiz va bastakorlar maqom yo‘llarining ko‘plab ijroviy
talqinlarini kashf etdilar, ovoz, tanbur, surnay, dutor va boshqalar maqom yo‘llarida bir
qismli va turkumli asarlar ijod qildilar, ular asosida yangi kuy va ashulalar yaratdilar.
Maqomlar sozanda va xonandalar tomonidan yakka tarzda, shuningdek, jo‘rovozlik va
jo‘rnavozlikda ijro etib kelingan. Xususan, Buxoro amirlari saroyida eng so‘nggi davrda
jo‘rnavozlik asosan, 2 tanbur, 2 doira (doirachilar xonanda ham bo‘lgan), afg‘on rubobi,
Sato yoki qo‘biz, imkonga ko‘ra bo‘lamon cholg‘ularidan iborat bo‘lgan. Maqom
ijrochiligida tanbur yetakchi soz hisoblanadi. Chunki u torlarini maqom pardalariga
moslab sozlashda va maqom yo‘llarini mukammal yangratishda birmuncha qulayliklarga
ega. Doira esa sozanda va xonandalarning Shashmaqom qismlarini belgilangan usul
negizida ijro etishlari uchun zarur vosita bo‘lib xizmat qiladi. Har bir maqomning bosh
tovushqatori o‘ziga xos va nisbatan barqaror bo‘lib, turkumning to‘liq musiqiy ijro
jarayonida uning pardalarida ayrim o‘zgarishlar ham sodir bo‘lib turadi. Chunki
Shashmaqom shakllanishida maqomlar tarkibiga 12 maqomdan mazkur maqom
pardalariga yaqin, kuy mavzui tabiatiga ohangdosh o‘zga sho’ba va maqom yo‘llari ham
kiritilgan. Ularning ladtonalligi asosiy maqom yo‘llariga ba’zan mos kelmasligi ham
mumkin.
Shashmaqomni tashkil etgan maqomlarning har biri ikki
–
cholg‘u (mushkilot) va
ashula (Nasr) yirik bo‘limlaridan iborat.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
303
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Shashmaqom” festivalini
Buxoroda har
2 yilda bir marotaba may oyida o‘tkazilishi rejalashtirildi. Festivalda 30 yoshgacha
bo‘lgan yakkaxon ijrochilar hamda faqat tarkibi 15 dan ortiq bo‘lmagan xonanda va
sozandalardan tashkil topgan ijodiy jamoalar faqatgina maqom asarlari bilan ishtirok
etadi. Festival 2 ta yo‘nalish: “
Mushkilot
”
(cholg‘u) va “
Nasr
”
(ashula) bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ishtirokchilarning chiqishlari 9
–11 nafar ekspertdan iborat hakamlar hay’ati tomonidan
10 ballik tizimda baholandi. Festival g‘oliblari diplomlar, qimmatbaho sovg‘alar bilan
taqdirlandi. Unda O‘zbekiston Qahramoni Munojot YO‘lchiyeva, Matluba Dadaboyeva,
Gulbahor Erqulova kabi xonandalar ishtirok etdi. Tadbir doirasida bo‘lib o‘tgan konsert
dasturida “Mustahzod”, “Mustahzodi navo qashqarchasi”, “Samarqand ushshog‘
I
”,
“Toshkent irog‘
i
”, “Qadimgi ushshoq”, “Evvoy” kabi maqom asarlari va kuy
-
qo‘shiqlar ijro
etildi.
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, Prezidentimiz Sh.M.
Mirziyoev milliy
merosimizning o‘lmas namunalari, jumladan, maqom va bahishchilik san’ati
namoyondalari zimmasiga yuklagan ushbu vazifalarni bajarishga barcha kuch va
imkoniyatlarini safarbar etishiga ishonchimiz komil. Milliy maqom, dostonchilik va
baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish yosh avlod qalbida ushbu san’at turlariiga
hurmat va muhabbat tuyg‘usini kuchaytirish, turli xalqlar o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik,
do‘stlik va birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan
mazkur festivallar, ijodiy uchrashuvlar, ilmiy tadqiqotlar ana shu noyob san’atimizni
dunyoga tarannum etish uchun berilgan ulkan imkoniyat, beqiyos g‘amxo‘rlik
namunasidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO
‘
YXATI:
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021
-yil 16-noyabrdagi
„Buxoro viloyatida yosh ijrochilarning „Shashmaqom“ Respublika festivalini tashkil etish
va oʻtkazish chora
-
tadbirlari toʻgʻrisida“gi 685
-son qarori. https://lex.uz/uz/docs/-
5731882
2.
Shashmaqom
–
Markaziy Osiyo mumtoz musiqasi. / Aleksandr Jumayev bilan
suhbat. https://www.uzanalytics.com/madaniyat/3082/
3.
Ma’naviy hayotimizda yangi islohotlar davri. Prezident Shavkat Mirziyoyev
raisligida 22 dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan
yig‘ilishidagi maa’ruzasi. 2023 yil 23 dekabr № 274 (8617)
.
