Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Human activity and global problems
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
15 August 2024
Accepted 25 August 2024
Available online
15 September 2024
This article describes the environmental changes taking place
in the world, their causes, and the work being done to eliminate
these problems.
2181-
1415/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss8/S-pp128-132
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
manufacturing,
production,
environment,
alternative energy,
ecology,
conference,
solid household waste,
alternative energy,
to special places.
Inson faoliyati va umumsayyoraviy muamolar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
til o‘zlashtirish,
ona tili,
onaning roli,
ijtimoiy muhit,
ijtimoiy ta’sir,
til tajribasi,
sotsial-iqtisodiy muhit,
oila tarkibi.
Ushbu maqolada dunyoda ro‘y berayotgan ekologik
o‘zgarishlar, ularning
sabablari va ushbu muammolarni bartaraf
etish borasida olib borilayotgan ishlar bayon qilingan.
1
Student, Faculty of History, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami.
E-mail: yashinnarzullayev74@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2024) / ISSN 2181-1415
129
Деятельность человека и глобальные проблемы
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
производство,
окружающая среда,
альтернативная
энергетика,
экология, конференция,
твердые бытовые отходы,
специальные
места.социальное
влияние, языковой опыт,
социально
-
экономическая
среда,
структура семьи.
В
этой
статье
рассматриваются
экологические
изменения, происходящие в мире, их причины, а также
меры, предпринимаемые для решения этих проблем.
Insoniyat tarixida tabiat ne
’
matlarini o
‘
zlashtirish qadimdan, ya
’
ni ibtidoiy jamoa
davridan boshlanib, u qo
‘
l mehnatiga asoslangan bo
‘
lsa, keyinchalik, ya
’
ni O
‘
rta asrlarda
manufaktura ishlab chiqarishiga asos solindi. Bu esa kishilik jamiyatida yangi ijtimoiy
qatlamlarni vujudga kelishiga va bu qatlamlar dunyo xaritasini hamda undagi siyosiy
jarayonlarni o
‘
zgarib ketishida ma
’
lum bir ma
’
noda ahamiyat kasb etdi.
Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi, o‘z navbatida fabrika
- zavodlarning
vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Keyingi paytlarda ushbu zavod fabrikalar takomillashdi va
soni ko‘paydi. Sanoat ishlab chiqarish turlari ortdi va keng ko‘rinish ola boshladi. Ayniqsa,
kimyoviy moddalar, harbiy qurol-
yarog‘lar ishlab chiqarish muhim o‘rin tuta boshladi.
Biroq, o‘tgan asrning boshlarida sanoat ishlab chiqarishi oqibatida chiqayotgan
chiqindilar, ifloslangan gazlar hamda sanoat oqava suvlarini atrof-
muhitga ta’siririning
salbiy oqibatlari kishilik jamiyatiga solinayotgan eng yirik xavflardan biri sifatida
o‘zini
ko‘rsata boshladi. Buni insoniyat o‘zining kelajakdagi hayotiga solinayotgan xavf sifatida
anglagan bo‘lsa
-
da, o‘z vaqtida turli sabablarga ko‘ra, yetarlicha chora ko‘ra olmadi.
Ekologik o‘zgarishlarni oldini olish bo‘yicha 1913
-yilda Shveysariyaning Bern
shahrida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi, konferensiya doirasida kelgusida yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan ekologik muammolarni oldini olish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
A
mmo bu paytda dunyo davlatlarining ikkita siyosiy lagerga bo‘linib ketishi hamda
birinchi va ikkinchi jahon urushlari natijasida bu shartnomalar amal qilmay qoldi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin, aniqrog‘i o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab,
atrof-
muhit holatiga, ya’ni ekologiyaga alohida e’tibor berila boshladi. 1967
-
yilda “Rim
klubi” nomli xalqaro tashkilotga asos solindi. Tashkilotning asosiy maqsadlari ins
oniyat
oldida turgan muhim masalalarni aniqlash, ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab
chiqishdan iborat. Klubga jahonning 30 dan ortiq mamlakatlaridan yig‘ilgan olimlar,
mutafakkirlar, jamoat arboblari, iqlimshunoslar, hokimlar, o‘qituvchilar a’zo bo‘ld
i.
Shu bilan birga, dunyoda eng yirik xalqaro tashkilot hisoblangan Birlashgan
Millatlar Tashkiloti ham atrof-
muhit bo‘yicha dastur yaratdi. Bu dastur UNEP (United
Nations Environment Programme) deb nomlandi. Ushbu dasturdan butun tizim darajasida
tabiatni muhofaza qilishni muvofiqlashtirishni amalga oshirish belgilandi. Dastur BMT
Bosh Assambleyasining 1972-yil 15-dekabrdagi 2997-sonli rezolyutsiyasi asosida tashkil
etilgan. UNEPning shtab kvartirasi Kenyaning Nayrobi shahrida joylashgan. Dasturning
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2024) / ISSN 2181-1415
130
asosiy maqsadi hozirgi va kelajak avlod uchun atrof-muhitni muhofaza qilish hamda
yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirishdir.
XX asrda inson faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yana bir muammo –
bu iqlim
o‘zgarishi hisoblanadi. Tarixda turli tabiiy ofatlar va boshqa sabablarga ko‘ra, iqlim
o‘zgarishlari yuz bergani ma’lum. Hozirgi kunda yuz berayotgan iqlim o‘zgarishi insoni
yat
olamiga juda katta ta’sir etayotgani hech kimga sir emas. Uning natijasi sifatida bugun
jahon miqyosida iqlim migrantlarining paydo bo‘lishiga ham inson faoliyati sababchi, deb
aytish mumkin. Ushbu muammoning kishilik olamiga juda katta salbiy ta’sirini e’tiborga
olgan holda Butunjahon meteorologiya tashkilotiga asos solingani bejiz emas. Ushbu
xalqaro tashkilot UNEP bilan birgalikda 1988-
yilda Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha
hukumatlararo panelni (IPCC) tashkil etdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan
1992-yilning 3-14-iyun kunlarida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida xalqaro
konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu konferensiya “Rio konferensiyasi” yoki “Yer sammiti” deb
nomlandi. Sammit a’zolari “sovuq urushdan” keyin rivojlanish masalalari bo‘yicha xalqaro
hamkorlikni tashkil etish maqsadida strategik yo‘llar vazifasida o‘tkazilgan. Bunda
ekologiya va atrof-
muhit bo‘yicha bir qancha masalalar ko‘rib chiqildi.
Bugun, dunyo miqyosida energiya ta’minoti masalasi eng asosiy muammolardan
biriga aylanib ulgurdi. Chunki, Yer qa’ridan qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishni
muqobil energiya manbalari bilan almashtirish, barqaror rivojlanishni ta’minlashda
muhim omil
bo‘lib xizmat qilishi o‘z isbotini topdi. Biroq, bu birdaniga o‘zgartirib bo‘ladi,
degani emas. Bu bir necha o‘n yillarni talab qiladi. Yer qa’ridagi tabiiy resurslar ham
cheklanganini unutmaslik lozim.
Shu o‘rinda muqobil energiya yaratishni qanday hayotiy omillar talab qilmoqda,
degan savol tug‘iladi. Shaharlarda avtomobil chiqindilarini kamaytirish avvalo, shaharda
tirbandlik masalasini, bu esa yo‘l yoki boshqacha aytganda, shaharsozlik masalasida
rivo
jlanish darajalarini e’tiborga olgan holda yondashishni talab etadi.
Bugun nafaqat mintaqa mamlakatlari, balki dunyo davlatlari miqyosida ham asosiy
e’tiborni tortayotgan yana bir muammo bu
- Orol dengizi fojiasidir. Bu muammoning
paydo bo‘lishi esa subyektiv sabablar bilan bog‘liq ekanligi hech kimga sir emas. Orol
fojias
i esa noto‘g‘ri olib borilgan siyosat natijasidir.
Ekologiya o‘zgarishlariga eng avvalo sanoat korxonalari ham sabab bo‘lmoqda.
Havoga tashlanadigan turli gazlar bilan birga, sanoatdan chiqayotgan oqava suvlar hamda
sanoatdan chiqayotgan boshqa chiqindilarining ortib borishi ham atrof-muhitni
o‘zgarishiga
, yangidan-
yangi muammolarning vujudga kelishiga sabab bo‘layotgani
ma’lum.
Aytish joizki, bugun maishiy chiqindilar masalasi ham odamlar hayotiga keskin
ta’sir etmoqda. Chunki, bu kabi chiqindilar inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan turli omillar
uchun o‘ziga xos manba bo‘lib qolmoqda.
Ma’lumki, qattiq maishiy chiqindilar bu –
kishining hayoti davomida hosil qiluvchi
organik va noorganik chiqindilar, shuningdek ularning hududida tabiiy jarayonlar
natijasida hosil bo‘luvchi chiqindilar (oziq
-ovqat mahsulotlari,qurilish mahsulotlari, uy-
ro‘zg‘or buyumlar).
Dunyo davlatlarida qattiq maishiy chiqindilar aholi jon boshiga hisoblanganda ortib
borayotgani ko‘rinmoqda. Ayniqsa, bu kabi chiqindilarga to‘la qayta ishlov berish
imkoniyatining yo‘qligi ekologiyani salbiy tomonga o‘zgartirayotganiga ma’lum ma’noda
xizmat qilmoqda, deyish mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2024) / ISSN 2181-1415
131
Qattiq maishiy chiqindilar bu: Plastik buyumlar,qog‘oz chiqindilar, shishalar,
poiletilen mahsulotlari kiradi, bu mahsulotlarni chirishi ancha vaqt oladi. Masalan qog‘oz
uch oydan so‘ng chirishni boshlaydi, plastik va polietelin xaltachalarning biologik
k
omponentlariga to‘liq ajralish uchun 400
-
450 yil vaqt kerak bo‘lsa, shisha million yildan
so‘ng chiriy boshlaydi.
Butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham qattiq maishiy chiqindilar yetarli
darajada bor va bular soat sayin ko‘paymoqda. Shu sababdan ham ularga bo‘lgan
munosabatni o‘zgartirish hozirgi vaqtdagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Qattiq maishiy chiqindilar qishloqlarga nisbatan shaharlarda ko‘proq bo‘ladi,
shahar aholisi qishloq aholisiga nisbatan ko‘proq chiqindi chiqaradi. Bu urbanizatsiyaning
ta’siridir. Qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tartibga solish muammola
ri
g‘oyatda dolzarb hisoblanadi. Qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga
oshirishda o‘ziga xos muammolarimiz ham yo‘q emas.
Bugungi kunda dunyodagi rivojlangan davlatlarda yuzaga kelayotgan ekologik
muammolarni bartaraf etish maqsadida chiqindida unumli foydalanish yo‘lga
qo‘yilmoqda. Ayrim mamlakatlarda chiqindilarni turlarga bo‘lib yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan.
Dunyoda har yili 2,01 milliard tonna qattiq maishiy chiqindilar hosil bo‘ladi.
Respublikamizda o‘rtacha har bir kishidan kuniga o‘rtacha 0,75 kilogramm chiqindi hosil
bo‘ladi. Yiliga o‘rtacha 7
-8 million tonna tashkil etadi. Chiqindilarni boshqarishda ularni
yig‘ish muhim hisoblanadi, ammo hosil bo‘lgan qattiq maishiy chiqindini o‘z vaqtida olib
chiqilmasa hamda zararsizlantirilmasa, atrof muhitni jiddiy ifloslantirishi mumkin. Havoni
haroratining yuqori bo‘lishi moddalarni parchalanishi va mikrofloralarni
ng tez
rivojlanishiga olib keladi. Ba’zi viloyat va tuman markazlarida qattiq maishiy chiqindini
ruxsat etilmagan joyga to‘kilish holatlari ko‘p uchraydi, bu chiqindilarni yig‘ishni bir
muncha qiyinlashtiradi.
Masalan quruq chiqindilardan bir martalik ishlatiladigan qoshiq yoki stakan olsak
bu ko‘p marta ishlatiladigan qoshiq, stakandan gigienik jihatdan afzalroqdir.
Qattiq maishiy chiqindilarning zararli tomonlari ular yoqimsiz hid, xavfli gazlar
chiqaradi suv, havo, tuproqni ifloslaydi, kasalliklar qo‘zg‘aydi va tabiiy jozibadorlikni
buzadi. Qattiq maishiy chiqindilar asosan kundalik hayotimizda zarur bo‘lgan oziq
-ovqat
mahsulotlaridan, uy-
ro‘zg‘or buyumlaridan shisha, plastmassa, qog‘oz kabilardan hosil
bo‘ladi.
Hozirgi rivojlanayotgan davrda chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlaydigan
shaxslarni aniqlash yo‘li osonlashgan, masalan Toshkent shahrini o‘zida shaxsni
aniqlaydigan zamonaviy kameralar ko‘p o‘rnatilmoqda, bu
qonunbuzar shaxsni aniqlash
va chora ko‘rishni osonlashtiryapti. Ba’zi fuqarolarimiz esa bee’tiborlik bilan chiqindilarni
istalgan joyga tashlab ketyapdi, bu noto‘g‘ri albatta, xalqimizda chiqindilarni tashlash
madaniyati shakllanishi zarur. Zero chiqindi tashlash madaniyatimiz rivojlanmas ekan
tabiat va ekologiyaga zararimiz ko‘paysa ko‘payadi lekin kamaymasligi mumkin.
To‘plangan chiqindilardan chiqadigan noxush hidlar hosil bo‘lishi, ular atrofidan
turli xil hasharotlar, kalamush, kemiruvchilar to‘planishi sanitar ahvolni yomonlashtiradi,
ular orqali kasalliklar kelib chiqadi. Masalan pashsha orqali yuqadigan qorin tifi kasalligi,
bu yuqumligi kasallik hisoblanadi. Qattiq maishiy chiqindilarni to‘planishidan
atmosferaga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Atmosferaga milliard tonnalab zaharli gazlarning
chiqishi natijasida sayyoramizning o‘rtacha harorati yil sayin ko‘tarilmo
qda, bu global
isishga olib keladi. Atmosfera havosida haroratning ortishi muzliklarning erishiga, suv
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2024) / ISSN 2181-1415
132
sathining ko‘tarilishiga olib keladi, bu esa yog‘in
-sochin miqdorining kamayishiga olib
keladi. Har qanday qazilma yoqilg‘i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va
azot qo‘sh oksidlari bo‘ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqayotgan biri
kmalar
yomg‘irni kislotaga aylantiradi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Rossiya, Shvetsiya, Norvegiya kabi dunyoni
rivojlangan mamlakatlarida kislotali yomg‘irlar yog‘ishi katta o‘rmon maydonlarining
qurishiga sabab bo‘ladi. Atmosferani yemirilishi natijasida havo haroratini global isishi bu
mamlakatlarda o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqaryapti. Katta o‘rmonlarni yonishi atrofga
zaharli gazlar va tutun chiqarib ekologiyani buzilishiga olib keladi, bu odamlar sog‘lig‘i
uchun ham zarar. Atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar, chiqindi va chiqindi
gazlarning zaharliligi asosan yondirilgan uglevodorod yoqilg‘isining sifati, uning yonish
jarayonidagi texnologiyalarning texnik holatiga bog‘liq. Texnologiyalarning texnik holatini
yaxshilash undan chiqadigan zararli moddalarni kamayishiga olib kelishi mumkin.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ekologiya va atrof
-muhitni asrash bu
barchamizning vazifamiz. Tabiatni muhofaza qilish bu nafaqat Vatan oldidagi farzandlik
burchimizdir, balki insoniyatning kelajak avlod uchun qoldirishi mumkin bo‘lgan yagona
va bebaho xazinasidir. Tabiatni asrash va muhofaza qilish uchun albatta ekologiyaga oid
ko‘pgina qonunlar qabul qilishimiz. O‘zbekiston Respublikasida ekologiyaga doir “kodeks”
qabul qilishimiz zarur menimcha, bu hozirgi zamon uchun juda muhim sanaladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO
‘
YXATI:
1.
O`zbekistonda qattiq maishiy chiqindi (QMCH) larning atmosfera havosi, o`simlik
va hayvonot dunyosi, yer va suv resurslariga ta`sirini baholash. Monografiya-I.Ruzieva,
S.Buriev, N. Shakirov. Toshkent-2024 yil SARVAR PRINT nashriyoti.
2.
A.Norboev. “O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlar davlat tizimi va uning
barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni”. (Monografiya) T. 2014 y. «ZUXRA BARAKA BIZNES»
MChJ. B.157.
3.
Yer sammiti. https://uz.m.wikipedia.org internet sayti.
4.
Orol dengizi. https://uz.wikipedia.org internet sayti.
5.
Chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlaganlik uchun jarima miqdori. Xalq so‘zi.
https://xs.uz internet sayti.
6.
”Rim klubi”. https://uz.unansea.com internet sayti.
