Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Formation of special competencies in students based on
an integrative approach
Patmakhon ABDUKODIROVA
Andijan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
15 August 2024
Accepted 25 August 2024
Available online
15 September 2024
The article explores the formation of basic and subject-
specific competencies in students of general education schools,
grounded in an integrative approach that incorporates
integrated technologies and various scientific methodologies. It
also outlines the key aspects of integrative technological
processes in education, along with the core components of this
approach.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss8/S-pp113-117
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
informatics,
education,
informatization,
computer technology,
integrative approach,
computer,
web design,
information system,
technological competences,
private competence,
teacher competence,
teaching methodology.
Integrativ yondashuv asosida o‘quvchilarda tayanch va
fanga oid xususiy kompetensiyalarni shakllantirish
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
informatika,
ta’lim,
axborotlashtirish,
hisoblash texnikasi,
integrativ yondashuv,
kompyuter,
veb dizayn,
axborot tizimi,
texnologik kompetensiyalar,
Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning
tayanch
va
fanga
oid
xususiy
kompetensiyalarini
integrativ yondashuv asosida shakllantirish, jarayondagi
foydalanilayotgan integratsiyalashgan texnologiyalar hamda
uning shakllanishiga oid turli ilmiy yondashuvlar berilgan.
Shu bilan birga ta’limdagi integrativ texnologik jarayonlarning
asosiy mazmunini hamda bu yondashuvning asosiy
komponentlari bayon etilgan.
1
Associate Professor, (PhD), Department of Mathematics and Computer Science, Andijan State Pedagogical Institute
2
Master, Department of Mathematics and Computer Science, Andijan State Pedagogical Institute
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2024) / ISSN 2181-1415
114
xususiy kompetensiya,
o‘qituvchi kompetensiyasi,
o‘qitish metodikasi.
Формирование специальных компетенций у студентов
на основе интегративного подхода
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
информатика,
образование,
информатизация,
компьютерные
технологии,
интегративный подход,
компьютер,
веб
-
дизайн,
информационная система,
технологические
компетенции,
частная компетентность,
компетентность учителя,
методика обучения.
В статье рассматривается процесс формирования
базовых
и
предметно
-
специфических
компетенций
учащихся общеобразовательных школ с использованием
интегративного подхода, включающего интегрированные
технологии и различные научные подходы. Описываются
основные
аспекты
интегративных
технологических
процессов в образовательной сфере, а также ключевые
компоненты данного подхода.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023
-yil 11-
sentyabrdagi “O‘zbekiston –
2030” strategiyasini 2023
-
yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora
-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ–
300-son qarorida yoshlarni
talab yuqori bo‘lgan
kasb-
hunarga o‘qitish
orqali
bandligini ta’minlash bo‘yicha qator vazifalar
belgilandi [1].
Ushbu dolzarblik
asosida mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimi, shu jumladan oliy ta’lim tizimi o‘quv
jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalar va axborot
-kommunikatsiya vositalarini joriy
etish, o‘qitish intensivligini, samaradorligini oshirish, jahon andozalariga moslashtirish
bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda aholining barcha qatlamlarida raqamli koʻnikmalarni uzluksiz
shakllantirib borish, axborot texnologiyalaridan foydalanish jarayonlarini keng
ommalashtirish, raqamli kompetensiyalarga ega yangi avlodni tarbiyalashning samarali
mexanizmlarini amaliyotga joriy etishga katta eʼtibor qaratilmoqda. “Axborot
texnologiyalari sohasida masofaviy, onlayn va virtual oʻqitish texnologiyalarini joriy etish
va rivojlantirish, onlayn kurslar uchun platformalar ishlab chiqish, raqamli texnologiyalar
sohasida yuqori malakali kadrlar avlodini shakllantirish maqsadida umumtaʼlim maktabi
oʻquvchilariga dasturlashni oʻrgatish uchun sharoit yaratish” axborot texnologiyalari
sohasida taʼlim berish va malaka oshirishning ustuvor yoʻnalishlari alohida ahamiyat
kasb etadi. Bu esa, integrativ yondashuv asosida o‘quvchilarda tayanch va fanga oid
xususiy kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik tuzilmasi va komponentlarini
aniqlashtirish, algoritmik kompetensiyalar asosida boʻlajak kasbiy faoliyatga
tayyorgarlikni shakllantirish metodikasini takomillashtirishni taqozo etadi.
Integrativ ta’lim va kompetensiyaviy yondashuv muammolari o‘zining ilmiy,
nazariy va amaliy xususiyatiga ega soha ekanligi ilmiy tadqiqotlarda qayd qilingan.
Mamlakatimizda
informatika
oʻqitish
metodikasini
takomillashtirish
A. Abduqodirov, F. Zakirova, N. Xaytullayeva, D.M. Maxmudovalar; mantiqiy tafakkur,
kompyuter savodxonligi va kasbiy kompetentlikni rivojlantirish masalalari
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2024) / ISSN 2181-1415
115
U. Begimqulov, M. Lutfullayev, N. Muslimov,
oʻquvchilarda tayanch va fanga doir xususiy
kompetensiyalarni shakllantirish, kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishning
nazariy asoslari U. Inoyatov, N. Muslimov, O. Musurmonova, B. Xodjayev, M. Mirsoliyeva,
M. Pardayevalar, b
oshlangʻich sinf oʻquvchilarda algoritmik koʻnikmalarni shakllantirish
Kodirov J.A., Shodiev R.D., algoritmik kompetensiyalarni rivojlantirish orqali kasbiy
faoliyatga tayyorlash P.T.Abduqodirova, J.R. Muxitdinovalarning ilmiy-tadqiqot ishlarida
oʻz aksini topgan.
Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) mamlakatlarida
oʻquvchilarda algoritmik
tafakkurni shakllantirishning pedagogik shartlarini
Y.V. Sedelnikova, M.A. Kovrova,
N.N. Yeremeyevalar,
fizika, matematika va axborot texnologiyalari fanlarini oʻqitish
jarayonida rekursiv algoritmlarni qoʻllashga doir
T.N. Lebedeva, N.N. Golikova, A.N. Stas,
N.F.
Dolganovalar, ta’limda tizimli faoliyat yondashuvini qoʻllashga oid tadqiqotlar
E.V. Soboleva, E.G. Sabirova, N.S. Babieva, M.G. Sergeeva, J.V. Torkunovalar
tomonidan
tadqiq qilingan.
Xorijlik olimlardan
Y. Cakici, S.
Mehmet O‘zdemir
kabilar
boshlangʻich sinf
oʻquvchilarining algoritmik fikrlash koʻnikmalarini kodlash ta’limi asosida
rivojlantirish,
dasturlash tushunchalarining hisoblash va fikrlash qobiliyatidagi oʻrni xususida Umit
Demir, Hakan Cevahirlar, boshlangʻich ta’limda tezkor aqliy hisoblash tizimidan
foydalanish imkoniyatlari esa Rushan Ziatdinov Sajid Musa, John F., Sanford, Professor
Emeritus, Kursat Yendlmezlar
oʻrganishgan.
Integratsiyalashgan texnologik yondashuvlar barcha ijtimoiy jarayonlarni umumiy
tavsifini yoritish hamda ularning istiqbollarini belgilashga xizmat qiladi. Ayrim manbalarda
ishlab chiqarish texnologiyasi muayyan mahsulotni xomashyo tanlashdan iste’molchiga
yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oladigan davr bilan belgilanadigan
butun bir bosqich ekani tushuntiriladi [2]. Lekin ijtimoiy hayotdagi texnologik jarayonlar
bilan ta’lim jarayonidagi texnologiyalarning integrativ va differensial xususiyatlari
mavjud.
Tadqiqot olib borish jarayonida ta’lim texnologiyalarining integrativ xususiyatlari bir qancha
omillarga bog‘liq ekani ma’lum bo‘ldi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9
-sinfida
informatikani o‘qitish jarayoni
o‘quvchilarning fan asoslarini o‘rganishida uzviylik prinsipiga amal qilish,
ta’lim
jarayonini tashkil qilish va o‘tkazishda pedagogik hamda axborot texnologiyalarini
integratsiyalash, shuningdek,
mazkur fan asoslarining tarbiyaviy, ma’naviy, umuminsoniy
qadriyatlarga bog‘liq ekanini har tomonlama tahlil qilish zarurati tug‘ildi. Ta’limdagi
integrativ texnologik jarayonlarning asosiy mazmunini yaratilgan ilmiy manbalarga
tayanib, quyidagicha izohlash mumkin:
–
birinchidan, an’anaviy o‘qitish yozma va og‘zaki usullarga tayanib ish ko‘radi,
an’anaviy o‘qitishni zamonaviy talablar asosida tashkil etish hamda
ta’lim jarayonida
axborot-
ta’lim muhitini
shakllantirish zarur;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
kompyuterli ta’limning joriy etilmasligi
yoshlarimiz kelajagi uchun xavfli holatdir
–
ikkinchidan, axborotlar hajmining ko‘payib borishi, ulardan foydalanish uchun
vaqtning cheklanganligi hamda ularni saralash va tizimlashtirishning birmuncha
murakkabligi yangicha mediata’lim prinsiplari asosida yondashuvni taqozo qiladi
[3].
Rossiyalik tadqiqotchi L.V.
Pivovarova ishlarida integrativ metodikaning ta’limga
texnologik yondashuvlar tavsifi quyidagicha bayon qilingan:
–
“integrativ metodika” atamasini qo‘llashdan asosiy maqsad ta’limga texnologik
yondashuvning asosiy xususiyatlarini aniqlab, ulardan foydalanishda pedagogik hamda
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2024) / ISSN 2181-1415
116
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini uyg‘unlashtirishni tatbiq qilish modellarini
ishlab chiqishdir.
Ta’lim jarayonida integratsiyalashgan texnologiyalarning qo‘llanishi bir qancha
didaktik, metodik va kognitiv omillarga bog‘liq. Ta’lim jarayoni, uning subyektlari va
obyekti o‘rtasidagi integrativ jarayonlarni tashkil qilishning o‘zi o‘quvchilarda o‘quv
-
bilish faoliyati natijasidagi kognitiv kategoriyalar asosidagi modellar mavjudligini taqozo
qiladi [4].
Demak, integrativ bilimlarni
shakllantirish jarayoni uch yo‘nalishda kognitiv,
konseptual, integrativ model asosida shakllanadi.
Integrativ yondashuv
–
turli fanlardan olingan
bilimlar, ko‘nikma, malaka
va
tajribalarni hisobga olish, tayanish, birlashtirish va kompetensiyalarni baravar
rivojlanishini nazarda tutadi. [5]
Integrativ yondashuv asosida o‘quvchilarda tayanch va fanga oid xususiy
kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi
–
bu ta’lim jarayonida fanlararo
integratsiyani qo‘llash orqali o‘quvchilarning asosiy va fanga oid maxsus ko‘nikmalarini
rivojlantirishga qaratilgan uslubiy yondashuvdir. Bu metodika o‘quvchilarning bilimlarini
chuqurlashtirish va kengaytirish, ularni hayotiy muammolarni hal qilishga tayyorlash
hamda amaliyotga yaqinlashtirishga yordam beradi.
Bu yondashuvning asosiy komponentlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Turli fanlar
o‘rtasida aloqadorlikni ta’minlash va umumiy mavzular asosida darslarni tashkil etish
-
integratsiyalashgan o‘quv reja, o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, birgalikda ishlash orqali
ko‘nikmalarni rivojlantirish
-
kooperativ o‘quv faoliyat, talabalarning bilimlarini
amaliyotda qo‘llash imkoniyatini beruvchi loyihalarni bajarish
–
loyiha asosidagi o‘quv,
o‘quvchilarni turli fanlar doirasida muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan topshiriqlar
bilan shug‘ullantirish
–
muammo yechishga yo‘naltirilgan yondashuv hamda refleksiya va
baholash
–
o‘quvchilar o‘zlarining o‘quv faoliyatlarini baholab, o‘z ko‘nikmalari va
bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bu metodika orqali o‘quvchilar fundamental va maxsus bilimlarni olishadi,
tanqidiy fikrlash va tahlil qilish, muloqot va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini
o‘zlashtiradilar hamda hayotiy muammolarni hal qilishda ko‘nikma va malakalarni
rivojlantiradilar.
Ta’lim jarayoniga axborot
-
kommunikatsiya va ta’limiy texnologiyalarni integrativ
yondashuv asosida qo‘llashdan oldin, ularning nazariy va amaliy xususiyatlarini
“subyekt
-
subyekt” jamlanmasidagi ahamiyatini o‘rganish joiz bo‘ladi. Pedagogik va
axborot texnologiyalaridan integrativ yondashuv asosida foydalanish orqali
o‘quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish muammosi
bo‘yicha keyingi paytlarda juda ham ko‘p maqola va ilmiy manbalar yaratilgan. Ularning
barchasini to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri ta’lim jarayoniga qo‘llayverish yuqori samara bermasligi
mumkin. Ta’limda integrativ yondashuv asosida pedagogik va axborot
texnologiyalarni
qo‘llash uchun bu texnologiyadan foydalanuvchining kasbiy mahorati yetarli bo‘lishi
lozim [
6]. Axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni tahlil qilish, qayta ishlash,
nazariy jihatdan umumlashtirish,
xulosalash hamda o‘quvchiga yetkazib berishni yo‘lga
qo‘yish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Demak, ta’lim jarayoniga integrativ yondashuv masalasi qandaydir umumiylik
xususiyatiga ega. Chunki ta’lim jarayonida foydalanilayotgan integrativ yondashuv
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2024) / ISSN 2181-1415
117
texnologiyalarini pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarga bo‘lishni
taqozo qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI:
1.
“O‘zbekiston —
2030” strategiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son.
2.
Беспалько В.П. Педагогика и прогрессивные технологии обучения. − М
.:
Издательство ИРПО
МО РФ,
1995.
–
С.
336.
3.
Velde C. Crossing borders: an alternative conception of competence. 27 Annual
SCUTREA conference
, 1997. −
P. 27-35.
4.
Пивоварова Л.В. Теория и технология формирования биологической
грамотности на интегративной
основе. Автореф.
дисс. докт. пед. наук. –Ростов
-
на
-
Дону
, 2009.
–
С.
54
5.
Djuraev R.H. va boshq. Pedagogika. .
–
Toshkent. 2013.
–
B. 64.
6.
Берулова Г.А. Влияние современных информационных технологий на
коммуникативные характеристики личности // Гуманизaция образования. –
Москва.2013 № 6. − С. 10
-15.
