Авторы

  • Мухриддин Хасанов
    Докторант, Правоохранительная академия Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss8/S-pp219-226

Ключевые слова:

коррупция органы труда внутренняя и внешняя система противодействия коррупции специальные меры государственная гражданская служба расследование коррупционных преступлений

Аннотация

В данной статье рассматриваются вопросы выявления коррупционных правонарушений, совершённых в органах труда, а также обсуждаются внутренние и внешние механизмы реализации мер по борьбе с коррупцией. Особое внимание уделено полномочиям государственных органов, уполномоченных на выявление коррупционных ситуаций в системе органов труда. Кроме того, описаны ключевые аспекты, на которые отечественным юристам следует обратить внимание при выявлении коррупционных проявлений в данной сфере.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Issues of determining the commission of corruption

offenses in labor agencies

Mukhriddin KHASANOV

1

Law Enforcement Academy of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2024

Received in revised form

15 August 2024
Accepted 25 August 2024

Available online

15 September 2024

This article examines the issues of identifying corruption

offenses committed in labor agencies, and discusses internal and

external mechanisms for implementing measures to combat

corruption. Particular attention is paid to the powers of state

bodies authorized to identify corruption situations in the labor

agency system. In addition, the article describes the key aspects

that domestic lawyers should pay attention to when identifying

corruption in this area.

2181-

1415/© 2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss8/S-pp219-226

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

corruption,

labor agencies,

internal and external anti-

corruption system,

special measures,

state civil service,

investigation of corruption

crimes.

Mehnat organlarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir

etilishini aniqlash masalalari

ANNOTATSIYA

Kalit soʻzlar:

korrupsiya,

mehnat

organlari,

korrupsiyaga

qarshi kurashishning ichki

va tashqi tizimi,

maxsus choralar,

davlat fuqarolik xizmati,

korrupsiyaviy jinoyatlarni

tergov qilish.

Mazkur maqolada mehnat organlarida sodir qilinayotgan

korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni aniqlash masalalari yoritilgan

boʻlib, ushbu chora

-tadbirlarni amalga oshirishning ichki va

tashqi tizimi haqida soʻz

yuritilgan. Ayniqsa, korrupsiyaga qarshi

kurashishni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan davlat

organlarining mehnat organlari tizimidagi korrupsiyaviy

holatlarni aniqlashdagi vakolatlari haqida fikr yuritilgan hamda

sohadagi milliy huquqshunos olimlarning korrupsiyani

aniqlashdagi e’tibor qaratishi kerak boʻlgan muhim jihatlari

bayon etilgan.

1

Doctoral student, Law Enforcement Academy of the Republic of Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2024) / ISSN 2181-1415

220

Вопросы определения совершения коррупционных

правонарушений в органах труда

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

коррупция,

органы труда,

внутренняя и внешняя

система противодействия
коррупции,

специальные меры,

государственная
гражданская служба,
расследование
коррупционных

преступлений.

В данной статье рассматриваются вопросы выявления

коррупционных правонарушений, совершённых в органах

труда, а также обсуждаются внутренние и внешние
механизмы реализации мер по борьбе с коррупцией. Особое

внимание уделено полномочиям государственных органов,

уполномоченных на выявление коррупционных ситуаций в

системе органов труда. Кроме того, описаны ключевые
аспекты, на которые отечественным юристам следует

обратить внимание при выявлении коррупционных

проявлений в данной сфере

.

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan

korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etishga qaratilgan 30 dan ziyod idoraviy hujjatlar qabul
qilingan.

Mazkur hujjatlarda vazirlik tizimida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishini

aniqlash, bartaraf etish hamda korrupsiyaviy qilmishlar oqibatida yetkazilgan zararni
qoplashga doir choralarni qabul qilish qabul qilingan idoraviy choralar samaradorligi bilan

bevosita bogʻliq. Idoraviy choralar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish esa bunga mas’ul
boʻlgan boʻlinmalar faoliyati bilan bevosita bog‘liq.

Milliy ekspertlar B.I.Ismailov va I.Nasrievlar asosli ta’kidlaganlaridek, korrupsiyaga

qarshi idoraviy choralar barcha davlat organlari va xususiy sektor tuzilmalarida tashqi va
ichki omillardan kelib chiqib belgilanadi hamda har bir sohaning xususiyatlarini aks
ettiradi.

Shubhasiz, mazkur choralarni ishlab chiqish va tegishli sohalarga joriy etish zarur

vazifalarni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlinma va mansabdor shaxslar faoliyati bilan
chambarchas bogʻliq hisoblanadi.

Mehnat organlarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishni aniqlashda tashqi

tizimning oʻrni va ahamiyati nihoyatda muhim deb hisoblaymiz. Ta’kidlash kerakki, bir

qator ilmiy va amaliy manbalarda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishini

aniqlashda tashqi tizimning ta’siri toʻgʻrisida turli yondashuvlar mavjud.

Shundan kelib chiqib, milliy darajada korrupsiyaviy holatlarni aniqlash tashqi

tizimiga siyosiy organlar va maxsus vakolatlar kiritiladi.

Bizning fikrimizcha, mazkur tizimga nafaqat yuqorida koʻrsatilgan organlar balki

mazkur sohada faoliyat yurituvchi balki barcha manfaatdor davlat organlari, xususiy
biznes tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlarini kiritish zarur. Bu borada biz bir qator
nufuzli xalqaro tashkilotlar (Transparency International, Basel Committee, World
Economic Forum, OECD) tomonidan ilgari suriladigan yondashuvlar asosli deb

hisoblaymiz. Fikrimizcha, korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul boʻlgan davlat

boshqaruv organlari, nazorat va huquqni muhofaza etuvchi organlar, fuqarolik jamiyati
institutlari va bevosita fuqarolarni kiritish mumkin.

Shundan kelib chiqib, mehnat organlarini aniqlashga mas’ul boʻlgan va tegishli

vazifalarni bajaruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2024) / ISSN 2181-1415

221

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Bosh
prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish agentligi, Ichki ishlar

vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati hamda fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrni

va

ahamiyati muhimdir.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:

mehnat organlarida korrupsiyaviy holatlar va huquqbuzarliklar sodir etilish

sabablarni tahlil etish;

vazirlik faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta’minlash, davlat

boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlarining, ular mansabdor

shaxslarining va boshqa xodimlarining oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarilishi;

korrupsiyaga oid jinoyatlarni, birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasining

milliy manfaatlariga va xalqaro obroʻsiga putur yetkazadigan korrupsiyaga oid jinoyatlarni

tergov qilish natijalarini kompleks tahlil qilish;

normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining korrupsiyaga qarshi

ekspertizasini oʻtkazish tizimi samaradorligini tahlil qilish;

fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda korrupsiyaning darajasini, shu

jumladan, hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimidagi darajasini
baholovchi Korrupsiyani idrok etish milliy indeksini tahlil qilish;

davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish

maqsadida davlat buyurtmachisining ISO: 37001 korrupsiyaga qarshi standartni

qoʻllashini nazarda tutuvchi talablarga rioya qilishni tekshirish;

vazirlikning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi

faoliyatini muvofiqlashtirish,

vazirlik va uning mansabdor shaxslari qarorlarida korrupsiya belgilarini aniqlashda

ishtirok etadi.

M

isol uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

2022-yilda vazirlik hamda uning quyi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning
oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlarning ahvoli, shuningdek, ularning sodir
etilishi

sababi va sharoitlari oʻrganildi. 2023

-yil 13-sentyabrda vazirlikning kengaytirilgan

hay’atida agentlikning taqdimnomasi muhokama qilindi.

Vazirlikning 2023-yil 13-sentyabrdagi 20-36-son majlis bayoni asosida mehnat

organlarida korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilishini keskin kamaytirish maqsadida

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va uning tizimida

korr

upsiyaga sabab boʻlayotgan omillarni bartaraf etish boʻyicha chora

-tadbirlar dasturi

tasdiqlandi hamda vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari ijro etilishi ta’minlan vazifasi

mas;ullar zimmasiga yuklatildi.

Oʻz oʻrnida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

mehnat organlarida korrupsiyaviy holatlar va huquqbuzarliklarni:

davlat fuqarolik xizmati

sohasida yagona siyosatning amalga oshirilishini ta’minlash;

kadrlar siyosati sohasidagi faoliyati samaradorligini tahlil etish;

boshqaruv sohasida ilgʻor va umume’tirof etilgan tamoyillarni joriy etish;

inson resurslari rivojlantirish borasida ilgʻor usullarini amaliyotga tatbiq etish;

davlat idoralarida kadrlar zaxirasini boshqarish;

xizmatchilar faoliyati samaradorligini baholash;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2024) / ISSN 2181-1415

222

jamoatchilik fikrini oʻrganish asosida davlat tashkilotlari rahbarlarining reytingini

shakllantirish;

boshqaruv sohasida istiqbolli kadrlarni shaffof va mustaqil tanlov asosida qabul

qilishni ta’minlash;

mansabdor shaxslar hamda davlat xizmatchilarida yuksak kasbiy axloq-odobni,

korrupsiyaga qarshi toqatsizlik madaniyatini shakllantirish;

davlat xizmatchilarining ish beruvchilar bilan munosabatlarida ularning huquq va

qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash, shuningdek, ularning faoliyati va ijtimoiy

himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishda ishtirok etadi.

O.Y.Ismoilov, Sh.R.Qobilov, X.Q.Mirsoatov, T.U.Safarov va boshqa bir qator

huquqshunos olimlar asosli ta’kidlaganidek, mazkur organlar korrupsiyaviy jinoyatlar

yuzasidan dastlabki tergov olib borish, tezkor-qidiruv faoliyatni, tergovga qadar
tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan

qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish orqali aniqlashga mas’ul hisoblanadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Ijtimoiy sohada qonunchilik ijrosi

ustidan nazorat boshqarmasi mehnat organlari tizimida turli xil korrupsiyaviy

huquqbuzarliklarni oldini olish masalasi bilan shugʻullanadi. Mazkur boshqarma
Oʻzbekiston Resp

ublikasi bosh prokurorining 2021-yil 25-maydagi 229-

son buyrugʻiga

asosan Bosh prokuraturaning mustaqil tarkibiy tarmogʻi hisoblanadi hamda ijtimoiy

sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, mazkur sohaga doir
normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tahlil qiladi, tashkiliy-uslubiy, axborot-tahliliy va
nazorat tadbirlarini tashkil etadi.

Boshqarma mehnat organlari tizimida korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilishini

oldini olish maqsadida bir qator amaliy ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, 2023-
yilda fuqarolarning ijtimoiy huquq va erkinliklari himoyasiga oid qonunchilik ijrosi
usti

dan nazoratni ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Bu jarayonda asosiy e’tibor aholi bandligini ta’minlash, sogʻligʻini saqlash, ijtimoiy

himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qoʻllab

-quvvatlash, ish haqi, pensiya va nafaqalarning

oʻz vaqtida toʻlanishiga doir qonunchilik ijrosiga qaratildi.

Mazkur sohadagi nazorat tadbirlari davomida:

27 mingdan ziyod prokuror nazorati hujjatlari qoʻllanilgan;

qonunbuzilishi sabablarini bartaraf etish borasida 5.100 dan ortiq taqdimnomalar

yuborilgan;

sudlarga qariyb 30 mlrd. soʻmni undirish borasida 2.300 dan ziyod arizalar

kiritilgan.

B.I.Ismoilov ta’kidlaganidek, prokuratura organlari davlat organlarida shu oʻrinda

mehnat organlarida ham korrupsiyaga qarshi holatlarni aniqlash borasida oʻz faoliyatini
bir qator yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga

qarshi kurashish departamenti mehnat organlarida ham korrupsiyaga qarshi holatlarni

aniqlash borasida oʻz faoliyatini quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiradi :

-

iqtisodiy va korrupsiya bilan bogʻliq boshqa jinoyatlar boʻyicha tezkor

-qidiruv

faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni va surishtiruvni amalga oshirish;

- j

inoiy ta’qib etishni tashkil qilish va huquqiy ta’sir koʻrsatishning boshqa

choralarini koʻrish uchun tegishli davlat organlarini korrupsiyaga oid aniqlangan
huquqbuzarliklar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilinishi;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2024) / ISSN 2181-1415

223

-

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oʻz vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va

ularga chek qoʻyilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularga imkon

beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqishi;

-

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda

ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilish holatini

oʻrganish orqali.

Korrupsiyaning barcha sohalarda shu oʻrinda mehnat organlari tizimida ham oldini

olish borasida davlat organlaridan tashqari fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrni va

ahamiyati muhim hisoblanadi.

Aynan shuning uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish

toʻgʻrisida”gi Qonunining 14

-

moddasiga binoan, “Nodavlat notijorat tashkilotlari ushbu

moddada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Milliy kengash va
hududiy kengashlar faoliyatida, shuningdek davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar,
komissiyalar va jamoat-maslahat organlari faoliyatida qonunchilikda belgilangan tartibda

ishtirok etadi” .

Fuqarolik jamiyati institutlari (vazirlik huzuridagi Jamoatchilik Kengashi,

fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy

axborot vositalari) mehnat vazirligida korrupsiyaviy holatlarni:

korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan

jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, aholi va bevosita fuqarolarning vazirlikdagi
muhit, tizimdagi mansabdor shaxslarning qonunchilikka rioya qilmasligi, korrupsiyaviy
harakatlar sodir etilishi, xodimlarning kasbiy odob-axloq normalarini poymol qilishi

to‘gʻrisidagi ma’lumotlarni oʻrganish asosida aniqlashga koʻmaklashadilar

.

Mehnat organlarda korrupsiyaviy holatlarni aniqlashda idoraviy choralarni

koʻrishga mas’ullar (vazirlikning rahbariyati, korrupsiyaga qarshi idoraviy nazorat, inson
resurslarini rivojlantirish va boshqarish, yuridik ta’minlash boʻlimlari, tashkiliy

-nazorat,

moliya-

iqtisod, ichki audit boʻlinmalari, vazirlik huzuridagi odob

-axloq komissiyalari,

vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi) korrupsiyaviy holatlarni korrupsiyaviy xavf-
xatarlarni baholash, mansabdor shaxslar faoliyatini monitoring qilish ularning

qonunchilik talablariga rioya etishini nazorat qilish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl
qoʻymaslik, xodimlarni tanlash, rotatsiya qilish, moddiy ragʻbatlantirish, boʻshatish,
vazirlik tizimiga kiruvchi va tasarrufida boʻlgan tashkilotlarni muntazam tekshirish

, ichki

hujjatlar ishlab chiqishda shaxsiy manfaatdorlik holatlarni aniqlash, davlat xaridlari

qonunchilikka mosligini oʻrganish, oʻtkazilgan xayriya va homiylik tadbirlar asosini tahlil
etish, “sirli mijoz” tadbirlarni tashkil etish, aholi, OAVlar, huquq

faollarining murojaatlarini

oʻrganish, shaxsiy qabullar oʻtkazishda aholidan tushgan shikoyatlarni oʻrganish va

boshqalar orqali aniqlashadi.

Koʻrganimizdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda ichki idoraviy tizimning oʻrni

nihoyatda muhim hisoblanadi. Bu dunyo amaliyotida ham keng qoʻllanadi. Masalan Kosta

-

Rikaning 29.01.2024-

yildagi “Korrupsiya holatlari toʻgʻrisidagi ma’lumot

beruvchilarni

himoyalash toʻgʻrisida”gi 10437

-son Qonunida ham ichki idoraviy tizimning korrupsiyaviy

holatlarni bartaraf etish tizimi alohida koʻrsatilgan:

Oʻz oʻrnida mehnat organlarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishni

aniqlashda tashqi tizimiga korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul boʻlgan davlat
boshqaruv organlari (Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi) nazorat va huquqni muhofaza


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2024) / ISSN 2181-1415

224

etuvchi organlar (prokuratura organlari, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy

jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi,
Davlat xavfsizligi xizmati) hamda fuqarolik jamiyati institutlari kirishini koʻrishi

miz

mumkin.

Huquqni muhofaza qilish organlari korrupsiyaviy jinoyatlar yuzasidan dastlabki

tergov olib borish, tezkor-qidiruv faoliyatni, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni,
dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi
ust

idan nazorat qilish orqali aniqlashga mas’uldirlar.

Fuqarolik jamiyati institutlari (vazirlik huzuridagi Jamoatchilik Kengashi,

fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy
axborot vositalari) mehnat vazirligida korrupsiyaviy holatlarni quyidagi koʻrinishda:

korrup

siyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan

jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, aholi va bevosita fuqarolarning vazirlikdagi
muhit, tizimdagi mansabdor shaxslarning qonunchilikka rioya qilmasligi, korrupsiyaviy
harakatlar sodir etilishi, xodimlarning kasbiy odob

axloq normalarini poymol qilishi

to‘gʻrisidagi ma’lumotlarni oʻrganish asosida aniqlashga koʻmaklashadilar.

Vazirlikning “Komplaens nazorat” tuzilmasi xodimlari tomonidan mehnat organlari

tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida muntazam ravishda faoliyat olib boradi.
Masalan 2022

2023-yillarda tuzilma xodimlari tomonidan vazirlik mansabdor shaxslari

oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida
vazirlik tizimida barcha xodimlar tomonidan yillik deklaratsiya toʻldirishni ta’minlagan.

Deklaratsiyalarni tekshirish oqibatida 3-ta real (qarindoshlik alomatlari mavjud

boʻlgan) hamda 18

-

ta ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi (bir

-

biriga boʻysunish holatlari

mavjud boʻlmagan qarindoshlar) holati aniqlangan va bu toʻgʻrisida vazirlik rahbariyatga

ma’lumot kiritilgan.

Boʻlinma xodimlari tomonidan 2022—

2023-yil davomida davlat xaridlari

jarayonlaridagi manfaatlar toʻqnashuvi hamda kontragentlarni tekshirish tadbirlari

oʻtkazilgan. Natijada belgilangan tartibda vazirlik rahbariyatiga 8 ta xulosa taqdim etilgan.

Vazirlikning 26.05.2023-yilda 89-ICh-

son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Ishga qabul

qilinayotgan nomzodlarni tekshirish boʻyicha yoʻriqnomaga asosan mehnat organlari

tizimiga ishga qabul qilinadigan 190-ta boshqaruv xodimlari va 48-ta texnik xodim shtat
birli

giga ishga qabul qilingan xodimlar boʻyicha 258 ta nomzodlari boʻyicha ijobiy xulosa

berilgan.

Vazirlikning “Komplaens nazorat” tuzilmasi tashabbusi bilan 2022—

2023-yillar

davomida vazirlik markaziy apparatining 40 nafar rahbar-xodimlari 2023-yil iyul va

avgust oylarida malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda 18 soatlik oʻquv kurslarida
oʻqitildi, vazirlik xodimlarining malakasini oshirish markazida esa “Korrupsiyaga qarshi
kurashish samaradorligini oshirish” dasturi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va tuman boʻlimlari, vazirlikning

viloyatlar

dagi bosh boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari 4344 nafar xodimlari

oʻqitilgan hamda 1922 tasi malaka sertifikatini olgan.

Koʻrinib turibdiki, vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida

oʻtkazilgan bir qator amaliy tadbirlar natijasida mazkur sohadagi huquqbuzarliklar soni

kamaymoqda.

Vazirlikda korrupsiyaviy xatti-

harakatlar va huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi

xabarlarni oʻrganish boʻyicha ham bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan 2023

-


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2024) / ISSN 2181-1415

225

yil davomida vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarning aloqa kanallari orqali jami - 186

ta murojaat kelib tushgan boʻlib, murojaatlarning koʻpchiligi pochta hamda ishonch
telefoni orqali qabul qilingan. Ulardan, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni

qisqartirish va bandlik vazirligiga 20 ta, Tashqi migratsiya agentligiga 31 ta, Oila va xotin-

qizlar qoʻmitasiga 2 ta, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga 15

ta, Andijon viloyatiga 27 ta, Buxoro viloyatiga 8 ta, Samarqand viloyatiga 5 ta, Sirdaryo

viloyatiga 10 ta, Fargʻona viloyatiga 9 ta, Jizzax viloyatiga 2 ta, Navoiy viloyatiga 1 ta,

Namangan viloyatiga 36 ta, Xorazm viloyatiga 11 ta, Qashqadaryo viloyatiga 6 ta va
Toshkent shahri bosh boshqarmalariga 3 ta murojaatlar kelib tushgan.

Kelib tushgan 186ta murojaatlar belgilangan tartibda qabul qilinib oʻrganib

chiqilgan, 169 ta murojaat yuzasidan tushuntirish berilgan, 72 ta

xizmat oʻrganishi

oʻtkazilgan, 32 ta holatda “hayfsan” va boshqa intizomiy jazo chorasi koʻrilgan boʻlib,

xodimlar 16 ta holatda egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 3 ta holatda xodimni
boshqa lavozimga rotatsiya qilish ishlari amalga oshirilgan. 7 ta holatda murojaatda

koʻtarilgan masala yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga huquqiy baho berish

uchun yuborilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mehnat organlarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar

sodir etilishini aniqlash tashqi va ichki idoraviy tizim doirasida amalga oshirilishini

koʻrishimiz mumkin.

Davlat boshqaruv organlari vazirlik faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini

ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlarining,
ular mansabdor shaxslarining va boshqa xodimlarining oʻz zimmasiga yuklatilgan

vazifalarni bajarilishi, korrupsiyaga oid jinoyatlarni, tergov qilish natijalarini kompleks
tahlil qilish, normativ-huquqiy hujjatlar va loyihalarning korrupsiyaga qarshi

ekspertizasini oʻtkazishga mas’uldirlar.

ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ

:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 maydagi “Byudjet

mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga

qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida”, PF

-5446-

son Farmoni//Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021 y., 06/21/6252/0617

-

son; 21.07.2023 y., 06/23/110/0506-son; 04.01.2024 y., 06/24/1/0001-son

2. Ismailov B.I., Nasriev I.I.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha idoraviy chora

-

tadbirlarning samaradorligini oshirish masalalari//Oʻquv

-

uslubiy qoʻllanma.

-T.:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi

Sudyalar oliy kengashi Sudyalar oliy maktabi. 2020.-452 b.

3. Sharipov M.L. Korrupsiya va u bilan bogʻliq jinoyatlarning inson va jamiyat

hayotiga

tahdidlari//Academic

research

in

educational

sciences

2020//https://cyberleninka.ru/article/n/korruptsiya-va-u-bilan-bo-li-zhinoyatlarning-
inson-va-zhamiyat-ayotiga-ta-didlari; Shirinov, Dj. 2022.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023

-yil 5-

sentabrdagi 03-07/4260-sonli taqdimnomasi.

5. Maxmudov F. Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari

manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish mexanizmi sifatida// Obshestvo i innovasii 1(1/s):

October 2020.319-328


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2024) / ISSN 2181-1415

226

6. Ley de protección de las personas denunciantes y testigos de actos de corrupción

contra represalias laborales No. 10437).

https://anticor.hse.ru/main/news_page/v_kostarike_prinyat_zakon_o_zaschite_ra

zoblachiteley

7. https://mehnat.uz/uz#

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 maydagi “Byudjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, PF-5446-son Farmoni//Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021 y., 06/21/6252/0617-son; 21.07.2023 y., 06/23/110/0506-son; 04.01.2024 y., 06/24/1/0001-son

Ismailov B.I., Nasriev I.I. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha idoraviy chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish masalalari//Oʻquv-uslubiy qoʻllanma. -T.: Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Sudyalar oliy maktabi. 2020.-452 b.

Sharipov M.L. Korrupsiya va u bilan bogʻliq jinoyatlarning inson va jamiyat hayotiga tahdidlari//Academic research in educational sciences 2020//https://cyberleninka.ru/article/n/korruptsiya-va-u-bilan-bo-li-zhinoyatlarning-inson-va-zhamiyat-ayotiga-ta-didlari; Shirinov, Dj. 2022.

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023-yil 5-sentabrdagi 03-07/4260-sonli taqdimnomasi.

Maxmudov F. Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari – manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish mexanizmi sifatida// Obshestvo i innovasii 1(1/s): October 2020.319-328

Ley de protección de las personas denunciantes y testigos de actos de corrupción contra represalias laborales No. 10437). https://anticor.hse.ru/main/news_page/v_kostarike_prinyat_zakon_o_zaschite_razoblachiteley