Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Localization process and its results in Uzbekistan
Shoira DAVLATOVA
Termez State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
15 September 2024
Accepted 15 October 2024
Available online
25 November 2024
This article discusses the policy of localization implemented
by the Soviet authorities in Uzbekistan during the 1920s. The
process of localization, which began in 1923 and continued until
1933, was carried out across various regions: Samarkand,
Tashkent, Fergana, Khojand, Bukhara, Zarafshan, Kashkadarya,
Surkhandarya, Andijan, and Khorezm. It was also applied across
organizations including soviet, party, state, economic,
cooperative, public, and industrial entities, encompassing all
enterprises and their subdivisions.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss5-pp45-50
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
nation,
national,
local,
local population,
representatives of local
nationality,
localization,
Uzbekistan,
Central Commission of
Uzbekistan,
national minority,
national discrimination.
O‘zbekistonda mahalliylashtirish jarayoni va uning natijalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
millat,
milliy,
mahalliy,
mahalliy aholi,
mahalliy millat vakillari,
mahalliylashtirish,
o‘zbeklashtirish,
o‘zbeklashtirish Markaziy
Komissiyasi,
milliy ozchilik, milliy
kamsitish.
Ushbu maqolada XX asrning 20-
yillarida O‘zbekistonda sovet
hokimiyati
tomonidan
o‘tkazilgan
mahalliylashtirish,
o‘zbeklashtirish siyosati haqida fikr yuritilgan. 1923
-yilda
boshlanib, 1933-yillargacha davom etgan mahalliylashtirish,
o‘zbeklashtirish jarayoni okruglar bo‘yicha: Samarqand,
Toshkent, Farg‘ona, Xo‘jand, Buxoro, Zarafshon, Qashqadaryo,
Surxondaryo, Andijon,
Xorazmda; tashkilotlar bo‘yicha: sovet,
partiya, davlat, xo‘jalik, kooperativ, jamoat, sanoat, ya’ni barcha
korxonalar va ularning qismlarida olib borilgan.
1
Doctor of Philosophy (PhD) in History, Termez State University. E-mail: shoiradavlatova@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
46
Процесс локализации в Узбекистане и его результаты
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
нация,
национальный,
местный,
местное население,
представители местной
национальности,
локализация,
узбекизация,
Центральная комиссия
узбекизации,
национальное
меньшинство,
национальная
дискриминация.
В данной статье рассматривается политика локализации,
проводимая советской властью в Узбекистане в 1920
-
е годы.
Процесс локализации, начавшийся в 1923 году и
продолжавшийся до 1933 года, осуществлялся по областям:
Самаркандской, Ташкентской, Ферганской, Ходжентской,
Бухарской,
Зарафшанской,
Кашкадарьинской,
Сурхандарьинской, Андижанской, Хорезмской. Локализация
проводилась в различных организациях: советских,
партийных,
государственных,
хозяйственных,
кооперативных, общественных, отраслевых –
то есть во всех
предприятиях и их подразделениях
.
KIRISH
XX asr 20-
yillarining o‘rtalarida O‘rta Osiyo xalqlari hayotida sodir bo‘lgan katta
siyosiy o‘zgarishlar –
bu hududda majburan milliy-hududiy chegaralanishning
o‘tkazilishi, O‘zbekiston SSRning tashkil etilishi tub yerli aholining iqtisodiy, siyosiy,
ijtimoiy, madaniy, diniy, milliy huquqlarining cheklanishini yanada kuchaytirdi. Bu holat
mahalliy aholi, milliy rahbar xodimlarning noroziliklariga sabab bo‘ldi. Mustabid
tuzumning zo‘ravonligi, o‘zbek tilining mavqei kamayib, rus tilining asosiy muomala tili
sifatidagi obro‘sining oshirilishi yerli millat vakillarining turli siyosiy talablar bilan
harakat boshlashga majbur qildi. Milliy rahbar kadrlar xalq xohish-irodasini ifodalovchi
sa’y
-harakatlar bilan markaz idoralariga murojaat qilishdi. Chunki mahalliy aholini
ayniqsa, o‘z tilidan mahrum qilish, milliyligidan judo etish, milliy kamsitish kabi
tahqirlash harakatlari to‘xtovsiz o‘sib borayotgan edi.
TAHLILLAR VA NATIJALAR
Mahalliylashtirish 1923-yilda boshlanib, 1933-yillargacha davom etib,
o‘zbeklashtirish jarayoni okruglar bo‘yicha: Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Xo‘jand,
Buxoro, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Xorazmda; tashkilotlar bo‘yicha:
sovet, partiya, davlat, xo‘jalik, kooperativ, jamoat, sanoat, ya’ni barcha korxonalar va
ularning qismlarida olib borildi. Bu siyosatni amalga oshirish uchun 1925-
yil “Davlat
apparatini mahalliylashtirish Markaziy Komissiyasi”
tashkil etildi. 1927-yildan ushbu
komissiyaning nomi o‘zgartirilib, “Davlat apparati va sanoatni o‘zbeklashtirish Markaziy
Komissiyasi” deb nomlandi. Mazkur Komissiya o‘z faoliyatini ikki yo‘nalishda:
1.
Apparatni o‘zbeklashtirish.
2. Mahalliy aholini sanoatga jalb qilish sohasida yuritishi ish rejaga kiritildi.
Mahalliylashtirish, o‘zbeklashtirish siyosatini tashkil etish, olib borish va nazorat
qilishda Mehnat Xalq Komissarligi, Mehnat birjalari, kasaba uyushmalari, Maorif Xalq
Komissarligiga ko‘proq mas’uliyat yuklatildi. Mehnat Xalq Komissarligi, o‘zbeklashtirish
Markaziy Komissiyasi va sovet kasaba uyushmalari tomonidan o‘zbeklashtirish birinchi
navbatda sovet apparatidan boshlanishi kerakligi ta’kidlanadi. [1; 23] Mahalliylashtirish
siyosati boshlangan dastlabki yillarda barcha sohalarda milliy kadrlar qatlamini
ko‘paytirish, ish yuritishni o‘zbek tilida yoki ikki tilda, ya’ni o‘zbek va rus tillarida tashkil
etish, mahalliy millat vakillaridan mutaxassis xodimlar tayrlash ishlariga keng e’tibor
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
47
qaratildi. Masalan, 1925-yil okruglarda davlat apparatlarida ishlayotgan 100 nafar
xodimning 30 nafari o‘zbek millatiga mansub bo‘lsa, 1927
-yilda 100 nafar xodimning
49 nafari o‘zbek millatiga mansub edi. 1925
-
yil Farg‘ona okrugida 100 nafar xodimdan
28 nafari o‘zbek bo‘lgan bo‘lsa, 1927
-yil 100 nafar xodimning 54 nafari, Xorazm okrugida
100 nafardan 45 nafari (1925-
yil) o‘zbek bo‘lgan bo‘lsa, 1927
-yil 55 nafar xodimlar
o‘zbek millatiga mansub edi. “Qo‘shchi” ittifoqida o‘zbeklashtirish siyosati yaxshi tashkil
etildi [2; 9].
1925-
yil temir yo‘l xodimlarining 100 nafaridan 10 nafari o‘zbek, 1926
-yil esa
22 nafari o‘zbeklar hissasiga to‘g‘ri kelgan. “Turkipak” korxonasining 100 nafar
xodimining
62
nafari
o‘zbek
bo‘lgan.
“O‘zbek
neft”
korxonasi
esa
48,6% mahalliylashtirilgan [3; 10]. 1925-
yil respublika bo‘yicha mahalliylashtirish
jarayoni 28% ni tashkil etgan [4;18].
Bu ko‘rsatkich respublikadagi barcha korxonalarda
mahalliylashtirish siyosati rejadagidek amalga oshirilmaganligini bildiradi. Markaziy
apparatlarda o‘zbeklashtirish sohasida nafaqat yutuqlar yo‘qligi, balki bu davrda o‘zbek
xodimlar soni kamayib ketganligi ta’kidlanadi. Jumladan, markaziy xo‘jalik tashkilotlarda
1925-
yil o‘zbek xodimlar 34 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, 1927
-yil ularninrg soni 16 nafar
bo‘lib, 18 nafarga kamaygan [5;10].
Turkiston MIQ, O‘zSSR MIQlarining ish yuritishni ikki tilda tashkil qilish
to‘g‘risidagi qarorlarini bajarish bo‘yicha tahlillar 1925
-yil bu qaror davlat apparatlarida
35%, xo‘jalik tashkilotlarida 27%, kooperativ tashkilotlarda 14% bajarilganligidan,
banklarda, jamg‘arma g‘aznalarda esa ish yuritish rus tilida tashkil qilinganligini dalolat
beradi [6;11].
1925-
yilda qishloq sovetlari va volostlarda ish yuritish to‘liq o‘zbek tilida olib
borilgan. Uyezd soveti apparatlari ham 70-
90% mahalliy xodimlar bilan to‘ldirilgan.
Okrug apparatlari 1925-yil 30%, 1927-yil 1-
yanvargacha 49% o‘zbeklashtirilgan.
Samarqand okrugi 35%, Xorazm okrugi 44,5% o‘zbeklashtirilgan. 1925
-yil respublika
miqyosidagi davlat korxonalari 18%, xo‘jalik korxonalari 33% o‘zbeklashtirilgan [7;13].
1927-yil 16-sentabrda VKP(b) MKga VKP(b) MK tashkiliy-
taqsimot bo‘limining
sovet, partiya, kasaba uyushmasi va kooperativ apparatlarni mahalliylashtirish amaliyoti
haqidagi hisobot materiallarida ta’kidlanishicha, 1924
- yil mahalliy aholining kasaba
uyushmalariga a’zoligi 40%, 1926
-yil 43,5%, markaziy organlarda 48,1%, uyezdlarda esa
62,4%ni tashkil etgan [8;507]. 1924-
yil mahalliy aholini sanoatga jalb qilish ko‘rsatkichi
41% bo‘lgan bo‘lsa, 1926
-
yil bu ko‘rsatkich 35 % ni tashkil qilgan, ya’ni 6% ga kamaygan
[9;506].
Hisobot ma’ruzasida keltirilishicha, 1924
-1926-
yillarda O‘zbekistonda mas’ul
xodimlarning 35 foizi, xizmatchilarning foizi, o‘rta texnik xodimlarning foizi, mutaxassis
ishchi xodimlarning 8 foizi o‘zbek millatiga mansub bo‘lgan.
1924
–
1926-
yillar davomida ishchilar soni 49,3% bo‘lgan. 1927
-yilga kelib
ishchilar soni 4,5% ga qisqargan, dehqonlar 2,2% ko‘paydi. Partiya saflaridagi ishchi
-
dehqonlardan boshqalar 27,7% dan 30,4 % gacha ko‘paygan.
1925-yil 1-yanvardan 1927-yil 1-
iyulgacha O‘zbekistonda partiya tashkilotlarida
kommunistlar 64,3%, mahalliy kommunistlar esa 43,8% ga teng bo‘lgan. Respublikadagi
partiya tashkilotlarida ishchilar soni 1925-yil 38,1%, 1927- yil 41,5 foizga
ko‘paygan.
Dehqonlar soni 37,3 foizdan 33,8 foizga kamaygan, xizmatchilar 24,6 foizdan 24,7 foizga
ko‘paygan
[10;504].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
48
1927-
yil partiya a’zolarining 46,1 foizi, okruglardagi plenumlar tarkibining
61,2 foizi, rayon komiteti kommunistlarining 53,4 foizi o‘zbek millatiga mansub bo‘lgan.
Markaziy Komitet va okrug komitetlarida partiya a’zolari tarkibida mahalliy millat
vakillari 41,5 foizni tashkil etgan [11;505].
1926-
yil O‘zbekistondagi turli qisqa muddatli kurslarda 1015 nafar o‘zbeklar
o‘qitilgan. Shu davrda respublika markaziy tashkilotlarida 70 nafar amaliyotchi bo‘lgan.
VKP(b) Markaziy Komitetining mazkur ma’ruzasida aytilishicha, O‘zbekistonda kadrlar
tayyorlashning bu usuli (ya’ni amaliyotchilar usuli) yaxshi natija bermagan.
Amaliyotchilarni tanlash qoniqarli tashkil etilmagan, rahbarlar tomonidan
amaliyotchilarga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Agar amaliyotchi yaxshi bo‘lsa, amaliyot
muddati boshlanishi bilan ishga olib qolingan. 1927-
yil O‘zbekistonda amaliyotchilar
tayyorlash usulidan voz kechilgan [12;509].
Kadrlar tayyorlash masalasi bevosita maorif, maktab tizimlari bilan aloqador. Shu
nuqtai-
nazardan ma’ruzada 1924–
1926-
yillarda O‘zbekistonda mahalliy millat
vakillarining bolalarini maktablarga jalb qilish darajasi haqida ham bir qancha
ma’lumotlar beriladi. Jumladan, 1926
-
yil O‘zbekistonda mahalliy millat bolalarini o‘qitish
maktablari 30,4% ni tashkil qilgan. Shu davrda maktab yoshidagi bolalarni qamrovi
mahalliy millat bolalari
–
8%, rus millatiga mansub bolalar
–
23% bo‘lgan.
O‘zbekistondagi 1042 maktabdan 103 tasi 3
-
4 yillik bo‘lgan. Kambag‘al va dehqonlarning
bolalarini maktablarning boshlang‘ich pog‘onalariga qabul qilinishi juda sust bo‘lgan.
Boshlang‘ich maktablarda o‘qitish mahalliy tilda tashkil etilgan. Mahalliy aholi bolalari
ikkinchi bosqich maktablariga juda kam jalb qilingan. 1925- yil ikkinchi bosqich
maktablarida 3200, 1926-
yili esa 3500 bolalari o‘qitilgan, ular butun o‘quvchilarning
11 foizini tashkil qilgan.
1924
–
1925-
yillarda O‘zbekistondagi texnikumlarda o‘qiganlar mahalliy millat
vakillari 899 nafarni tashkil etib, 1925-1926-yillarda 1754 nafarga yetgan. Ular butun
o‘quvchilarning 64 foizini tashkil qilgan.
1924-
yil sotsialistik tarbiya maktablarida 858 nafar o‘zbek o‘qituvchilar ishlagan
bo‘lsa, 1925
-1926 yillarda ularning soni 2546 nafarga yetgan. 1924-1926- yillarda
O‘zbekistonda 1780 nafar o‘qituvchi qayta tayyorlashdan o‘tgan [13;516
-517].
O‘zbekistonda bolalarni maktablarga jalb qilish darajasi o‘rtacha 20,7%, o‘zbeklar
orasida 8,9% ni, milliy ozchilik orasida 6,8 % ni tashkil qilgan [14;519].
Bulardan tashqari RKP(b) Markaziy Komiteti tashkiliy-
taqsimot bo‘limining
RKP(b) Markaziy Komitetiga bergan mazkur hisobot ma’ruzasida O‘rta Osiyo byurosining
1927-
yil yanvardagi Plenumdagi O‘rta Osiyo byurosi raisi Zelenskiyning quyidagi
fikrlarini keltiriladi: “Sharqdagi milliy respublkalarda apparatga jalb qilingan
xodimlarning malakasini oshirish masalasiga e’tibor qaratilmayapti. Tashkilot rahbarlari
jalb qilinganlarning o‘qishiga umuman rahbarlik qilmaydi va ulardan to‘g‘ri foydalanishni
tashkil etmaydi. Tashkilotlarda
ayrim yevropaliklar tomonidan apparatni
mahalliylashtirishga passiv munosabat, qarshiliklar yuzaga kelmoqda. Ko‘pgina
yevropalik xodimlar milliy xodimlarga yordamchilik vazifasini bajarmayapti, mahalliy
aholiga nisbatan “ishlashga halaqit berma”, “225 rubl olib, xohlasang choyxonada o‘tir,
istasang maktabga bor, mening ishimga halaqit berma, men bu ishni sendan yaxshi
bajaraman”, degan qarashlar bilan munosabat bildirmoqda”. Ushbu fikrlardan shu narsa
aniqki, yevorpalik oddiy yoki boshliq o‘rinbosari lavozimida o‘tirgan xodimlar milliy
rahbarlar va mahalliy aholi vakillariga mansub xodimlarga past nazar bilan qaragan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
49
O‘zbeklashtirish, mahalliylashtirish siyoasatini deyarli tan olmagan. Shu manbada yana
bir fikr mavjudki, unda joylarda o‘zbeklashtirish siyosatini amalga oshirish uchun yoki
oddiy mehnat qilish uchun mehnat sharoitlari tashkil etilmaganligidan dalolat beradi:
“Ko‘p hollarda partiya tashkilotlari rahbarlik lavozimiga ishga olinayotgan xodimlarning
sifatiga e’tibor qaratilmaydi. Masalan, Farg‘ona okrugi Yer ishlari bo‘limi
mahalliylashtirildi. Bo‘lim boshlig‘i o‘zbek, ssuda boshlig‘i o‘zbek, omborxona boshlig‘i va
boshliq o‘rinbosari o‘zbek. Ikki yildan buyon ularning o‘tirib ishlashlari uchun stol ham,
stul ham yo‘q. Mijozlarni deraza tokchalarida qabul qilishmoqda…” [15;511].
Xuddi shu davrda ijtimoiy ta’minot Xalq Komissari Fayzulin, uning o‘rinbosari
Dmitreyev, ijtimoiy ta’minot Xalq Komissarligi bo‘limining boshlig‘i Yeryomenko, ijtimoiy
ta’minot tashkilotlar bo‘limi boshlig‘i Haqberdiyev, viloyat ijtimoiy ta’minot okrug
bo‘limlarining rahbarlari –
Chekasin (Samarqand), Lavrin (Toshkent), Jukov (Farg‘ona),
Borodov (Zarafshon), Oleynikov (Qashqadaryo), Pamfilov (Surxondaryo), Avengerov
(Xorazm), Vittol (Konimex)lar kabi yevropalik millat vakillaridan iborat bo‘lgan [16;25].
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, mahalliy aholi o‘zbeklashtirish siyosatidan kutayotgan
maqsad asosiy millatlardan bo‘lgan mehnatkashlar ommasini sovet qurilishiga tortish,
madaniy qurilish uchun milliy kadrlar yetishtirish, boshqaruv tizimiga yerli millat
vakillari sonini ko‘paytirish edi. Mahalliylashtirish siyosatining rejalari risoladagidek
tuzilgan bo‘lsa ham, amaliyotda o‘zini to‘la oqlamadi. Partiya o‘zining soxta milliy
siyosatini xalq ommasiga tushuntirishga, singdirishga har tomonlama harakat qilmasin,
yerli millat vakillaridan kundalik turmush tarzida, ish faoliyatida, amaliyotda duch
kelayotgan muammoalr bu siyosatdan mahalliy aholini talablarini cheklash, chalg‘itish
uchun qilinayotganligini tobora anglab bormoqda edilar. Mahalliylashtirish siyosati
qarorlarini bajarishda mas’ul tashkilotlar, mas’ul rahbarlar, hatto partiya tashkilotlari
ham yetarlicha yondoshmadilar, komissiya faoliyatini namunali tarzda tashkil etishda
sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ldilar. Shu bois bu siyosat yerli millat vakillari kutgan
natijani bermadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Milliy arxivi, 86
-fond, 1-
ro‘yxat, 4470
-ish, 23-varaq.
2.
Шубин и Нестербург. Брошюра по узбекизации. Глава 5. O‘zbekiston Milliy
arxivi, 86-fond, 4-
ro‘yxat, 5248
-ish, 9-varaq.
3.
Шубин и Нестербург. Брошюра по узбекизации. Глава 5. O‘zbekiston Milliy
arxivi, 86-fond, 1-
ro‘yxat, 3653
-ish, 10-varaq.
4.
Шубин и Нестербург. Брошюра по узбекизации. Глава 5. O‘zbekiston Milliy
arxivi, 86-fond, 1-
ro‘yxat, 3653
-ish, 18-varaq.
5.
Шубин и Нестербург. Брошюра по узбекизации. Глава 5. O‘zbekiston Milliy
arxivi, 86-fond, 1-
ro‘yxat, 3653
-ish,10-varaq.
6.
Шубин и Нестербург. Брошюра по узбекизации. Глава 5. O‘zbekiston Milliy
arxivi, 86-fond, 1-
ro‘yxat, 3653
-ish,11-varaq.
7.
Шубин и Нестербург. Брошюра по узбекизации. Глава 5. O‘zbekiston Milliy
arxivi, 86-fond, 1-
ro‘yxat, 3653
-ish,13-varaq.
8.
ЦК РКП(б) и национальный вопрос. Кн. 1. 1918
-
1933 гг. Составители:
Л.С.Гатагова, Л.П.Кошелева, Л.А.Роговая. –
М.: РОССПЕН, 2005. –
стр.
507.
9.
ЦК РКП(б) и национальный вопрос. Кн. 1. 1918
-
1933 гг. Составители:
Л.С.Гатагова, Л.П.Кошелева, Л.А.Роговая. –
М.: РОССПЕН, 2005. –стр.
506.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
5 (2024) / ISSN 2181-1415
50
10.
ЦК РКП(б) и национальный вопрос. Кн. 1. 1918
-
1933 гг. Составители:
Л.С.Гатагова, Л.П.Кошелева, Л.А.Роговая. –
М.: РОССПЕН, 2005. –стр.
504.
11.
ЦК РКП(б) и национальный вопрос. Кн. 1. 1918
-
1933 гг. Составители:
Л.С.Гатагова, Л.П.Кошелева, Л.А.Роговая. –
М.: РОССПЕН, 2005. –стр.
505.
12.
ЦК РКП(б) и национальный вопрос. Кн. 1.
1918-
1933 гг. Составители:
Л.С.Гатагова, Л.П.Кошелева, Л.А.Роговая. –
М.: РОССПЕН, 2005. –стр.
509.
13.
ЦК РКП(б) и национальный вопрос. Кн. 1. 1918
-
1933 гг. Составители:
Л.С.Гатагова, Л.П.Кошелева, Л.А.Роговая. –
М.: РОССПЕН, 2005. –стр.
516-517.
14.
ЦК РКП(б) и национальный вопрос. Кн. 1. 1918
-
1933 гг. Составители:
Л.С.Гатагова, Л.П.Кошелева, Л.А.Роговая. –
М.: РОССПЕН, 2005. –стр.
519.
15.
ЦК РКП(б) и национальный вопрос. Кн. 1. 1918
-
1933 гг. Составители:
Л.С.Гатагова, Л.П.Кошелева, Л.А.Роговая. –
М.: РОССПЕН, 2005. –
стр.
511.
16.
O‘zbekiston Milliy arxivi, 86
-fond, 1-
ro‘yxat, 2448
-ish, 25-varaq.
